Payg‘ambarlar ismining ma’nosi haqida
U zot: «Odam alayhissalomdir», dedilar.
– Keyingisichi?
– Nuh payg‘ambar, (ularning o‘rtalarida 20 asr (qarn) o‘tgan). «Mustadrak» asarida Ibn Abbos roziyallohu anhudan bunday rivoyat keltiriladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Nuh alayhissalom 40 yoshida payg‘ambar qilib yuborilgan va o‘z qavmini 950 yil haq yo‘lga da’vat qilgan. To‘fondan keyin yana odamlar ko‘payib tarqalguncha 60 yil yashagan. Ibn Jarirning yozishicha, Nuh alayhissalom Odam alayhissalom vafot etganlaridan so‘ng 126 yil o‘tib Nuh payg‘ambar tug‘ilgan. Imom Navaviyning «Tahzib» asarida, Nuh alayhissalomni eng uzun umr ko‘rgan payg‘ambar, deya qayd etiladi.
Download Пайгамбаримиз МУХАММАД с.а.в. тарихи. Тўлиқ талқинда. Payg`ambarimiz MUHAMMAD s.a.v. tarixi. MP3
Пайгамбаримиз МУХАММАД с.а.в. тарихи. Тўлиқ талқинда. Payg`ambarimiz MUHAMMAD s.a.v. tarixi. (33.33 MB) ~ Free Download Пайгамбаримиз МУХАММАД с.а.в. тарихи. Тўлиқ талқинда. Payg`ambarimiz MUHAMMAD s.a.v. tarixi. (24:16 Min) mp3 and mp4 ~ Download lagu mp3 & mp4 Пайгамбаримиз МУХАММАД с.а.в. тарихи. Тўлиқ талқинда. Payg`ambarimiz MUHAMMAD s.a.v. tarixi. for free, fast and easy on MP3 Music Download.
Select one of the working servers :
Server 1 [mp3/Audio]:
Server 2 [mp3/Audio]:
Share It Now:
Related Song of Пайгамбаримиз МУХАММАД с.а.в. тарихи. Тўлиқ талқинда. Payg`ambarimiz MUHAMMAD s.a.v. tarixi.
Нух алайхиссалом киссаси. Янги ва тўлиқ талқинда. Нух пайгамбар.
20:29 28.13 MB 54,519
Аллоҳ таоло Нуҳ сурасида марҳамат қилади: «Нуҳ деди: «Роббим, улар менга исён қилдилар ва моли, бола-чақаси зиёндан бошқани зиёда қилмаганга.
Пайгамбаримиз с.а.в нинг Ташки коринишлари #obuna #bo’ling #tarqating
09:10 12.59 MB 2,124,060
Ассалому алейкум Азизлар manba©vakillik.uz Азиз Биродарлар, Аллох кунингизни,тунингизни хайрли килсин ИншаАллох Аллох Барча билиб билмай килган.
КАЪБА аслида нима | Каъбанинг тарихи ва унга яширин мўжизалар!
11:01 15.13 MB 3,011,453
KA’BA aslida nima? | Ka’baning tarixi va unga yashirin mo’jizalar! Каналга марҳабо: youtube.com/c/MADINASTUDIOTV1 Телеграм каналимиз: .
РАВЗАДА АЗОН ЭШИТИБ ВА НАМОЗ УКИГАНМИСИЗ +998945670055
04:01 5.52 MB 19,665
AL AMIN TRAVEL UZBEKISTAN
Payg‘ambarlar ismining ma’nosi haqida
Odam alayhissalom
Bashariyatning otasi bo‘lgan Odam alayhissalom ismining kelib chiqishi haqida turli fikrlar bildirilgan. Ba’zilar arabcha «udma» so‘zidan olingan solishtirma sifat, «af’alu» vaznidagi «to‘qroq» ma’nosidagi so‘zdir, deyishgan. Imom Javoliqiyning aytishicha, Odam, Solih, Shuayb va Muhammad alayhimussalomdan boshqa barcha payg‘ambarlarning ismlari arabcha emas. Ibn Abbosdan qilingan bir rivoyatda Odam alayhissalomning odam deyilishini sababi u yerning po‘stidan yaralganidir. Yana boshqa bir rivoyatlarda, Odam suryoniycha ism, keyin arabchalashtirilgan, deyiladi. Imom Sa’labiyning qayd etishicha, ibroniy tilida tuproq odom va shundan Odam ismi olingan.
Ibn Haysama Odam alayhissalomni 960 yil yashagan, deb yozadi. Imom Navaviy «Tahzib»ida: «Tarix kitoblarida uni 1000 yil umr ko‘rgani haqidagi ma’lumot keng tarqalgan, deyiladi.
Nuh alayhissalom
Javoliqiyning aytishicha, «nuh» arablashtirilgan ajamcha so‘zdir. Kirmoniy uni suryoniy tilidan olingan bo‘lib, «shokir», ya’ni «shukr qiluvchi» ma’nosini anglatadi, deydi. Imom Hokim aytadi: «Nuh alayhissalomning asl ismi Abdulg‘affor bo‘lgan. U zot Alloh taolodan qo‘rqib ko‘p yig‘lagani uchun uni «Nuh», deyishgan. Aksar sahobalar, uni Idris alayhissalomdan oldin o‘tgan deydilar («Mustadrak»). Imom Tabaroniy Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Men: «Yo Rasululloh, eng birinchi payg‘ambar kim bo‘lgan?
U zot: «Odam alayhissalomdir», dedilar.
– Keyingisichi?
– Nuh payg‘ambar, (ularning o‘rtalarida 20 asr (qarn) o‘tgan). «Mustadrak» asarida Ibn Abbos roziyallohu anhudan bunday rivoyat keltiriladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Nuh alayhissalom 40 yoshida payg‘ambar qilib yuborilgan va o‘z qavmini 950 yil haq yo‘lga da’vat qilgan. To‘fondan keyin yana odamlar ko‘payib tarqalguncha 60 yil yashagan. Ibn Jarirning yozishicha, Nuh alayhissalom Odam alayhissalom vafot etganlaridan so‘ng 126 yil o‘tib Nuh payg‘ambar tug‘ilgan. Imom Navaviyning «Tahzib» asarida, Nuh alayhissalomni eng uzun umr ko‘rgan payg‘ambar, deya qayd etiladi.
Idris alayhissalom
Ba’zilar, Idris alayhissalomni Nuh payg‘ambardan avval o‘tgan, deyishadi. Ibn Ishoq aytadi: «U Odam alayhissalomning payg‘ambar bo‘lgan birinchi farzandi va Uxnux ibn Yarod shu bo‘ladi. Vahb ibn Munabbahning aytishicha, Idris alayhissalom Nuh payg‘ambarning buvasidir, uning ismi Xanun bo‘lgan. U suryoniycha ism, arabchani ko‘p o‘qigani uchun uni Idris, deyilgan. Ayrimlar, «Idris» o‘qish, o‘rganish ma’nosidagi dirosa so‘zidan olingan, deydi. «Mustadrak» kitobida zaif sanad bilan bunday rivoyat kelgan: «Idris payg‘ambar oq tanli, baland bo‘yli, katta qorinli, keng yag‘rinli, kam tukli, ammo qalin sochli kishi bo‘lgan. Ko‘kraklarida oq dog‘ bo‘lgan, lekin yomon oqlik emas edi, deyiladi. Alloh o‘z amrini bajarayotgan odamga yer ahli tarafidan ko‘rsatilayotgan jabr-sitam va adovatlarni ko‘rgach, uni oltinchi osmonga olib chiqib qo‘ydi. Bu haqda «Biz uni baland joyga ko‘tarib qo‘ydik» deyiladi. Ibn Qutaybaning aytishicha, osmonga ko‘tarilaginad uning yoshi 53 da bo‘lgan. Ibn Hibbonning «Sahih»ida bunday keltiriladi: «U (Idris) ham nabiy, ham rasul va birinchi bo‘lib qalam bilan yozgan inson bo‘lgan». «Mustadrak» kitobida Ibn Abbos (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi: «Nuh payg‘ambar bilan Idris payg‘ambarning orasi 1000 yil o‘tgan».
Ibrohim alayhissalom
Javoliqiy aytadi: ««Ibrohim» qadimgi ismlardan biri bo‘lib, u arabcha emas. Arablar uni turlicha talaffuz qilishgan, eng keng tarqalgani Ibrohim, Ibrohom ham deyishgan. Yetti qiroatda Ibrohim, Ibrohm va Ibrohbm deb ham o‘qilgan. Ma’nosi, suryoniy tilida «rahmdil ota» degan ma’noni anglatadi. U Ozarning o‘g‘lidir. Uning ismi Torah bo‘lgan. Voqidiy aytadi: «Ibrohim Odam alayhissalom yaralganidan keyin ikki ming yillikning boshida tug‘ilgan. «Mustadrak» asarida Abu Hurayra roziyallohu anhuning ushbu so‘zlari keltiriladi: «Ibrohim alayhissalom 120 yoshdan keyin xatna qildirgan va 200 yil yashagan. Navaviy va boshqalar 175 yil yashagan» deyishadi.