Press "Enter" to skip to content

Jinsiy aloqa qilish usullari

O‘zbekistonda qozoq tilidagi maktablar bir necha yuzdan ortiq.

O‘zbekistonda boshqa tillarda kitob chiqarish

Kitobga munosabat ham 1980-yillardagidan farq qiladi.

Toshkentdagi “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyotining 2013 yil nashr rejasiga ko‘ra bolalar uchun birdaniga uch tilda jahonning mashhur ertaklarini nashr etish mo‘ljallagan.

Mazkur rejaga muvofiq “Alibobo va qirq qaroqchi”, “Etik kiygan mushuk”, “Uyqudagi go‘zal” kabi ertaklar kitob shaklida birdaniga uch tilda – o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etiladi.

“Bizning maqsadimiz, ertak mazmunidan ko‘ra, bolalar ongida muhrlangan ertak personajlari bahona, ularni ingliz tiliga o‘rgatish, bu borada ularga ilk saboq berishdir. Har bir sahifada ingliz, o‘zbek, rus tillarida ertakning qisqartirilgan shakli bayon etiladi va unga monand ishlangan ajoyib rasmlar beriladi. Kitob oxirida ingliz tilini o‘zlashtirishga qaratilgan ertak mazmuni bilan bog‘liq bezakli masalalar, topishmoqlar, muhim so‘zlar lug‘ati keltirilgan”, deya sharh berilgan nashriyot rejasida.

Ertaklar kamida 10 ming nusxada chop etilishi ko‘zda tutilgan.

Ayni shu nashriyot rejasiga ko‘ra yetti tilda – o‘zbek, rus, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman, qoraqalpoq tillarida maktablar uchun darsliklar nashr etiladi.

“Sho‘rolar paytida va mustaqillikning dastlabki yillarida o‘zbek tilidagi darsliklardan boshqa darsliklar o‘sha paytdagi ittifokdosh respublikalardan yuborilardi. Lekin O‘zbekistonda milliy g‘oya yaratishga kirishilgach, maktab darsliklarini mamlakatning o‘zida yaratish ma‘qul topildi”, deydi darsliklar yaratishda qatnashishini aytgan suhbatdosh.

Ayni bir paytda O‘zbekistonda o‘zbek tilidan boshqa tillarda badiiy kitoblar nashr etish masalasida gap ketganda, turlicha fikrlar yangraydi. Jumladan, tojik va qozoq tillarida bosilayotgan badiiy adabiyotlar Sho‘rolar paytidagiga nisbatan ko‘paygani turlicha izohlanadi.

Mustaqillik sharofatimi yo bozor iqtisodiga moslashish

Men fikrini so‘raganim o‘zbekistonlik o‘n nafar suhbatdoshdan yetti nafariga ko‘ra masalan, tojik tilidagi badiiy adabiyotlar tez-tez bosilayotganligining sababi mamlakat istiqloli tufaylidir. Lekin ikki nafar suhbatdosh buning boisini nashriyotlarning tijorat yo‘liga o‘tishlari sabab deb biladi.

“Bozor iqtisodi, deb qo‘yishibdi. Puling bo‘lsa, kitob chiqarishing mumkin”, deydi suhbatdoshlardan biri.

“Sho‘rolar paytida tojik tilidagi badiiy kitoblarni ham O‘zbekistonga Tojikistondan yuborishardi. O‘sha yillari men Jonibek Quvnoq va bir-ikki kishini hisobga olmaganda, O‘zbekistonning o‘zida yashab, ijod qilayotgan tojik ijodkorlarini bilmasdim. Endilikda kitobini chiqarishga muvaffaq bo‘layotgan tojik ijodkorlarining soni ancha oshgan”, deydi Toshkent viloyatida yashaydigan Baxtovar ismli kishi.

Toshkentdagi “Sharq” nashriyot birlashmasida nashr etilgan tojik tilidagi “Gulistoni adab” to‘plamiga 50 nafardan ortiq zamonaviy tojik yozuvchi va shoirlarining asarlari kiritilgan. Mazkur to‘plam O‘zbekistondagi tojik maktablari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan.

O‘zbekistonda yashab, ijod qilayotgan tojik ijodkorlari orasida Ozarmehr (Jumanazar Eshonqulov)ning nomi tez-tez tilga olinadi. Qirq yoshli bu shoir “Buxoro” nashriyotida nashr etilgan “Rozi dil” va “Chashmi dil” kitoblari bilan tanilgan.

Tojik tilida eng so‘nggi marta nashrdan chiqqan kitoblardan biri esa, Ja‘far Muhammad Termiziyning “Tajarrud” kitobidir. U o‘tgan yilning oxirrog‘ida kitobxonlar qo‘liga yetib bordi.

“Hozirda mustaqil O‘zbekiston tuprog‘ida bir qator tojik ijodkorlari o‘z ajdodlariga munosib tarzda ijod qilishmokda. Ularning kitoblari O‘zbekistonning turli tomonlaridagi nashriyotlarda nashr qilinmoqda”, deb yozilgan “Gulistoni adab” to‘plami so‘zboshisida.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda nashr etilgan tojik tilidagi badiiy kitoblar Toshkentdagi G‘afur G‘ulom nomidagi, Buxorodagi “Buxoro”, Samarqanddagi “Samarqand”, “Sug‘diyon”, Termizdagi “Jayhun” nashriyotlarida chop etilgan.

“Har yili tojik tilida bir necha kitob qo‘limizga kelib tegmoqda. Lekin bu kitoblarning tiraji juda oz. Ustiga kitoblar orasida saviyasi badiiy jihatdan baland deb bo‘lmaydiganlari ham anchagina”, deydi Sirdaryo viloyatida yashaydigan Ma‘ruf Majidov.

Dostoyevskiyni o‘qish yaxshimi yo oldi-qochdi voqealarni?

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tojik tilidagi kitoblar nashr etish ko‘paygan bo‘lsa, aksincha rus tilidagi kitoblar chop etish Sho‘rolar davridagiga qaraganda kamayib ketgan.

O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida kitob do‘konlarida rus tillaridagi kitoblarni istagancha topish mumkin edi. Bora-bora rus klassiklari va jahondagi taniqli adib va shoirlarning kitoblari o‘rnini sarguzasht-kechinma kitoblar egallay boshladi.

Bundan o‘n-o‘n ikki yil oldin Toshkent shahrida o‘sha paytdagi markaziy universal magazin ortidagi eski kitoblar do‘konida arzon narxda sotilayotgan Dostoyevskiy asarlari to‘la to‘plamini ko‘rganimni eslayman. Bu kitoblar narxini ikki-uch marta so‘rasamda, quloqlarimga ishonmadim. 1980-yillarda obuna bo‘lish mushkul bu bebaho kitoblarning narxi arzimas bir pul edi… Qaysi bir hashamga o‘ch odamning kitob tokchalariga vaqtida chiroyli qilib terib qo‘yilgan, ohori ketmagan kitoblar…

Agar boshqa qo‘shni mamlakatlar – Tojikiston va Turkmaniston bilan solishtirganda O‘zbekistonda hali ruslar va rus tilida so‘zlashayotganlar soni ko‘p ekanligi hisobga olinsa, ularning rus tilidagi kitoblarga nisbatan ehtiyojlari ham ma‘lum bo‘ladi.

Lekin sotuvda bo‘lgan rus tilidagi badiiy kitoblarning asosiy qismi Rossiyadan keltiriladi.

“Rus tilida badiiy kitoblar deyarli chiqarilmaydi. Ilmiy adabiyot ko‘p chiqariladi. Lekin hozirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va adiblarning o‘zlari zamonaviy o‘zbek adabiyotini jahonga tanitish uchun tarjima qilishning vaqti yetganligini anglab yetishdi”, deydi tarjimon va adabiyotshunos olima Saodat Komilova.

Sham yorug‘ida kitob o‘qiyotgan rus ayol

Saodat Komilova o‘zbek ijodkorlarining asarlarini rus tiliga o‘girib keladi. Uning bu tarjimalardan tashkil topgan kitobi anchadan beri nashrga tayyor. Lekin tarjimonning mablag‘i yo‘qligi bois hali-hozircha bu kitob nashr etilmay turibdi.

“Menimcha rus tilidagi boshqa kitoblarning taqdiri ham mening kitobimga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Noshirlar rus tilidagi kitoblarni nashr etishni unchalik xushlashmaydi. Ularni ingliz, nemis, turk tillariga qilingan tarjima kitoblar yoki boshqa tillardan o‘zbek tiliga qilingan tarjimalar qiziqtiradi”, deydi Saodat Komilova.

Taniqli ijodkor, moxir tarjimon A‘zam Obidovning fikricha esa, keyingi paytlarda O‘zbekistonning o‘zida rus tilida ijod qilayotgan adib va shoirlarning asarlari ham tez-tez bosilmoqda.

“O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida rus va qozoq sektsiyalari borligidan xabarim bor. Rus sektsiyasi keyingi oylarda ancha faollashdi, u rus tilida ijod qiladigan ijodkorlar, asosan, Yesenin muzeyida tadbirlar o‘tkazib turadigan yozuvchi-shoirlarni birlashtiradi”, deydi A‘zam Obidov.

Ruslardan boshqa millatlarning rus tilidagi kitoblarga munosabati haqida gap ketganda A‘zam Obidov shunday deydi:

Menimcha, O‘zbekistonda rus tilidagi kitoblarni asosan sovet zamonida katta bo‘lgan avlod va rus maktabini tugatganlar o‘qiyapti, ammo ular juda ko‘p deb aytolmasam kerak. Shu o‘rinda bir voqea esimga tushdi: bir rus xotin bo‘lardi, kechqurunlari chiqindi tashlashga chiqsam, qachon qarama, axlatxona burchidagi mitti kulbada sham yorug‘ida u ayol kitob o‘qib o‘tirardi. Men bu ajoyib kitobxon haqida bir she‘r ham yozgandim, u Kolumbiyada qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketgan”.

Zamonaviy qozoq ijodkorlari asarlarini topish osonmi?

O‘zbekistonda qozoq tilidagi maktablar bir necha yuzdan ortiq.

S. Xalilova – Konimex tumanidagi 23-maktab direktori.

“Maktabimizda ta‘lim qozoq tilida olib boriladi. Fanlar oyligi doirasida buyuk o‘zbek mutafakkiri Alisher Navoiy hamda taniqli qozoq shoiri Abay ijodiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Unda yuqori sinf o‘quvchilari ikki buyuk ijodkorning bebaho asarlaridan namunalar o‘qib, badiiy sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi”, deydi S.Xalilova.

Yuqorida aytilganidek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida qozoq sektsiyasi ish ko‘rmoqda. Lekin O‘zbekistonda yashayotgan qozoqlar o‘z tillarida Qozog‘istondagi zamonaviy qozoq ijodkorlari kitoblarini topish qiyinligidan yozg‘iradilar.

Muxtoriyat imtiyozlari

O‘zbekistonda yashayotgan xalqlar orasida qoraqalpoq tilida eng ko‘p va muntazam tarzda kitoblar nashr etiladi.

Bu mamlakatda Qoraqalpog‘iston muxtor respublikasining borligi va bundan kelib chiqadigan imtiyozlar, imkoniyatlar bilan bog‘lanadi.

Qoraqalpoq ijodkorlarining asarlari o‘zbek tiliga ham tez-tez tarjima qilib turiladi. Masalan, taniqli qoraqalpoq shoiri Baxtiyor Genjamurodning “Oftobning umri” (1987), “Saraton” (1990), “O‘q qadalgan oy” (1997) she‘riy to‘plamlari qoraqalpoq tilida, “O‘kuzdaryo bitiklari”, “Made xon so‘zi yoxud Chin ipagidagi bitik” (2006) kabi asarlari o‘zbek tilida nashr etilgan.

Lekin qoraqalpoq ijodkorlari orasida ham bozor iqtisodidan norozi bo‘layotganlar, uzoq yillardan buyon asarlar to‘plamini chiqarish uchun imkoniyat topa olmayotganini aytayotganlar ham oz emas.

(Maqolani tayyorlashda internet-manbalardan ham foydalanildi).

Jinsiy aloqa qilish usullari

Jinsiy aloqa qilish usullari bu vaqtlar davomida er-xotin juftliklar oʻzlari uchun jinsiy hayotlari davrida kashf etib, foydalanib kelayotgan usuldir. Jinsiy hayot har bir juftlik uchun alohida bir dunyodir. Shunday ekan eng qulay jinsiy yaqinlik usullari kashf etilishi jarayonida juftliklar oʻzaro izlanishlari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Jinsiy aloqa qilish usullari har bir juftlik kashf etgani singari turlicha boʻlishi mumkin. Shunga qaramay, seksolog mutaxassislar jinsiy aloqa sifatini yaxshilash maqsadida, er-xotinlar uchun maxsus jinsiy aloqa usullarini ham tavsiya etishadi.

Quyidagi maqolada jinsiy aloqa usullari surati bilan keltiriladi. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, aloqa usullari har bir juftlikning xohish-istaklariga, fantaziyasiga koʻra turlicha boʻlishi mumkin.

Jinsiy aloqa qilish usullari yoxud yaqinlik paytida qanday yotish kerak?

Missionercha

Shifokor konsultatsiyasi

Diagnostika va Analizlar

Bu jinsiy yaqinlik usuli sodda, samarali va hayratlanarli darajada koʻp qirrali hisoblanadi. Homiladorlikda va ogʻirlikni ayolga tashlagan holda qoʻllash taʼqiqlanadi.

Yonbosh tomondan jinsiy aloqa qilish usuli

Bu jinsiy pozitsiya sizning teringizni juftingiz terisi bilan koʻproq aloqa qilishingizga imkon beradi, bu sizning stimulyatsiyangizni yana ham oshiradi.

Doggy usuli

Doggy pozitsiyasi — jinsiy aloqa qilish usullari ichida chuqur penetratsiya va G-nuqta stimulyatsiyasini oshirish uchun eng qulay usul hisoblanadi.

Balet raqqosasi

Ushbu jinsiy aloqa usuli er-xotinning yuz bilan hissiyotlarni boʻlishishga va oʻzaro hissiy bogʻlash imkoniyatini taqdim etadi.

Stol ustida jinsiy yaqinlik qilish usuli

Bu pozitsiya yuzma-yuz harakat qilish uchun juda yaxshi hisoblanadi. Bundan tashqari, agar siz ikkalangiz balandlik jihatdan bir-biringizdan keskin farq qilsangiz, bu juda yaxshi imkoniyatdir, chunki stol ikkalangizni bir xil balandlikda boʻlishga imkon yaratadi.

Leap Frog — jinsiy aloqa usuli

Doggy jinsiy aloqa usulining oʻzgargan holati boʻlib, bu jinsiy pozitsiya chuqurroq kirib borish uchun imkoniyat beradi.

Oyoq-yelka usuli

Ayol oyoqlarini koʻtarganida, u qinni toraytiradi va G nuqta stimulyatsiyasi uchun bu juda qoʻl kelishi mumkin. Va shunisi bilan bu usul jinsiy yaqinlik qilish usullari ichida ajralib turadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Balanit – erkaklar kasalligi

Homiladorlikda jinsiy aloqada qanday yotish kerak?

Homiladorlik jinsiy aloqa usullari haqida gap ketganda, qorin boʻshligʻidagi bosim va ogʻirlikga keskin ta’sir oʻtkazmaydigan pozitsiyalarga amal qilish kerak.

Bunda homilador ayol orqa umurtqasiga tayanilgan holatdagi pozitsiyalarni qoʻllash mumkin. Toʻgʻri tanlangan usul qon oqimining yuzaga kelishi mumkin boʻlgan siqilishini oldini olishga yordam beradi.

Homiladorlik vaqtida qon ketishlar, ogʻriqlar va noodatiy oʻzgarishlar yuzaga kelsa, jinsiy aloqa qilish mumkin emas. Bunday hollarda, albatta, davolovchi ginekolog shifokor koʻrigiga borish lozim.

Shuningdek, homiladorlik paytida juftliklar missionercha usuldan hamda qoringa bosim berishi mumkin boʻlgan har qanday jinsiy usullardan qochishi lozim.

Bu davrda ham homilador ayol oʻzi uchun qulay boʻlgan usulni aniqlash uchun izlanish olib borishi lozim.

Seksolog mutaxasislar tomonidan bu davrda yonbosh tomondan jinsiy yaqinlik qilish usuli, tik turgan holatdagi aloqa, ayol yuqorida boʻlishi kabi jinsiy aloqa usullari tavsiya etiladi.

Homiladorlik davrida jinsiy aloqa qilish qoidalari, mumkin va mumkin boʻlmagan holatlar, xavfli jihatlari haqida mana bu maqolamiz orqali toʻliq maʼlumot oling: Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish xavflimi? (Yangi koʻrsatmalar) →

Homilador bo’lish uchun jinsiy aloqa usullari muhimmi?

Spermatozoidlar juda tez harakatlanish imkoniyatiga ega. U harakati davomida bir qator toʻsiqlarni bartaraf qilib oʻtadi. Shu sababli urugʻlantirish har qanday pozada ham amalga oshadi. Ya’ni homilador bo’lish uchun qanday yotish ahamiyatli emas.

Jinsiy yaqinlik qanday holatda amalga oshirilganligi urugʻlantirish ehtimoliga juda minimal darajada taʼsir oʻtkazadi.

Shunga qaramay, baʼzi mutaxassislar ayol gorizontal joylashadigan, missionercha, doggy, oyoq-yelka kabi jinsiy aloqa usullari homilador boʻlish ehtimolini oshirishi mumkin, deya taʼkidlashadi.

Yosh oilalar, baʼzida jinsiy aloqaning sifati, undan ayol va erkakning zavqlanishi hamda qoniqishi, hattoki homilador boʻlish faqatgina jinsiy aloqa usuliga bogʻliq, degan notoʻgʻri fikrga borishadi. Yuqorida taʼkidlagan holatlar nafaqat tanlangan usulga, balki ikkala organizmning umumiy salomatligiga, toʻgʻri ovqatlanishga, jismoniy va ruhiy jihatdan chiniqqanligiga hamda boshqa koʻplab omillarga bogʻliq.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Tuqqandan so‘ng erkak va ayol jinsiy munosabatlari

Shunday ekan, jinsiy aloqaning sifat jihatdan yaxshi boʻlishiga intilgan har bir juftlik barcha omillarga diqqat qaratishi maqsadga muvofiqdir. Saytimizdagi “Jinsiy quvvatni oshirish” maqolasi orqali jinsiy hayot sifatli boʻlishi uchun toʻgʻri ovqatlanish, jismoniy va jinsiy chiniqish uchun mashqlar hamda seksopatolog maslahatlari berib oʻtilgan. Ushbu maqolani oʻqish orqali oilangizda sifatli jinsiy hayotga erishish sari dadil qadam tashlashingiz mumkin.

Jinsiy aloqa mavzusi haqida koʻproq ishonchli maʼlumot olishni istasangiz saytimizning “Jinsiy hayot” ruknini kuzatib boring.

Maqolamizni qoralab, uni suratlari bilan berganimizdan maqsad suratlar orqali shahvatni qoʻzgʻatib, jinsiy aloqa mavzusini targʻib qilish emas, balki yosh oilalarning internet orqali koʻp soʻralgan asosiy savollariga, asosli va ishonchli javob topishlariga imkon yaratishdan iborat.

Mavzuga aloqador maqolalar: