Pedagogikaga oid kitoblar
Ma’rifat darg’asi A.Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq” asarida esa pedagogika fanini aniq va tushunarli qilib ta’riflaydi: “Tarbiya «pedago’giya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur…
“Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari.
“Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo’lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o’rgatish, ularni komillikka etaklash yo’llari, usullari va qonun-qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat insonning ma’rifiy va ma’naviy komillikka erishishi tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangan sari etuk, barkamol shaxslarni tarbiyalab etishtirish ehtiyoji ortib, o’zgarib, yangilanib borgan.Insoniyat jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ta’lim-tarbiya muassasa-larini yaratish, yosh avlodlarni o’qitish va tarbiyalash sohasidagi tajribalarni nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va hayotga tadbiq qilish jarayonida pedagogika fani shakllandi.
“Pedagogika” atamasi yunoncha bo’lib, “bola etaklovchi” degan ma’noni bildiradi. Tarixiy manbalarning ko’rsatishicha, qadimgi Yunonistonda o’z xo’jayining bolalarini sayr qildirgan, maktabga olib boradigan qullarni “bola etaklovchi”, ya’ni tarbiyachini “pedagogos” deb atashgan. Keyinchalik esa bolalar ta’lim tarbiyasi bilan shug’ullanishga maxsus tayyorlangan o’qimishli donishmandlarni “pedagog” deb atay boshlaganlar.
Shuningdek, Yunonistonda bolalarning “donishmand”lar bilan suhbatini esa “maktab” deb atashgan. Garchi “maktab” yunon so’z bo’lib, “bo’sh vaqt, mehnatdan dam olish” ma’nosini anglatgan bo’lsa-da, hozirda “maktab” esa ta’lim-tarbiya muassasasi sifatida xizmat qilmoqda. Pedagogika tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hozirgi
O’zbekiston hududidan topilgan eng qadimgi asori atiqalar, o’zbek xalq pedagogikasi, zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”, turkiy xalqlarning eng qadimgi yozma ma’rifiy yodgorliklari “Urxun – Enasoy yodgorliklari” va “Irq bitiklari”, islom ta’limotining asosiy manbalari “Qur’oni Karim” va Hadislarda, shuningdek, tasavvuf ta’limotida ilgari surilgan komil inson tarbiyasi va ta’lim-tarbiyaning mazmuniga oid g’oyalar ma’rifiy-pedagogik ahamiyatga ega bo’libgina qolmasdan, balki pedagogikaning fan sifatida shakllanishida, ta’lim va tarbiya mazmunining boyib borishida hamda komil insonni tarbiyalashda muhim manba ekanligi namoyon bo’ladi.
Sharq qomusiy olimlari va ma’rifatparvar pedagoglari Muso al-Xorazmiy “Alkitob al-muxtasar fi-hisob al-jabr val-muqobala”, Al-Kindiy “Insoniy bilimlar tasnifi”, Abu Nasr al-Forobiy “Ixso al-ulum” (“Ilmlar tasnifi”) va “Fozil odamlar shahri”, Abu Ali ibn Sino “Donishnoma”, “Tadbiri manzil” va “Aqsom al-ulum aqliyya”, Abu Rayhon Beruniy “Minerologiya”, “Hindiston”, “Saydona”, Abu Abdulloh al – Xorazmiy “Mafotih al-ulum” (“Ilimlar kaliti”), Ismoil al – Buxoriy “Al-Jome’ as-sahih” va “Aladab al-mufrad”, Abu Iso at-Termiziy “Al-Jome’ as-sahih”, Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig”, Kaykovus “Qobusnoma”, Zamaxshariy “O’git va nasihatlarning oltin shodalari”, Najmiddin Kubro “Odob qoidalari”, So’fi Olloyor “Sabot ul-ojizin” Burxoniddin Zarnudjiy “O’quvchiga ta’lim yo’lida yo’llanma”, Ahmad Yugnakiy “Hibat ul -haqoyiq”, Amir Temur “Temur tuzuklari”, Ulug’bek “Zij” va “Tarixi arba’ ulus”, Alisher Navoiy “Hamsa” va “Maxbub ul-qulub”, Abdurazzoq Samarqandiy “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn”, Abdurahmon Jomiy “Bahoriston”, Sa’diy “Guliston”, Davoniy “Axloqi Jaloliy”, “Husayn Vaiz Koshifiy, “Axloqi Muhsiniy”, Bobur “Boburnoma”, Abdulg’oziy “Shajarai turk” va “Shajarai tarokima”, Munis Xorazmiy “Munis ul-ushshoq”, va “Savodi ta’lim”, Muhammad Sodiq Qoshg’ariy “Odob as-solihin” (“Yaxshi kishilar odobi”), Muhammadrizo Ogahiy “Ta’vizul-oshiqin”, Furqat “Ilm hosiyati”, “Ko’rgazma” va “Gimnaziya”, So’fi “Ustod”, “Mudarris” va “Dars”, Ahmad Donish “Navodirul vaqoe” (“Nodir voqealar”), Saidrasul Saidazizov “Ustodi avval”, Ali Askar Kalinin “Muallimi Soniy”, Munavvar Qori “Adibi avval”, Abdulqodir Shakuri “Rahnamoi savad”, Abdulla Avloniy “Adabiyot yohud milliy she’rlar” (“Adabiyotdan xrestomatiya”), “Adibi avval”, “Ikkinchi muallim” va “Turkiy guliston yohud axloq”, Mahmudxo’ja Behbudiy “Bolalar uchun kitob”, “Islomning qisqacha ta’rifi”, “Amaliyoti islom”, Sadriddin Ayniy “Taxzib us-sibyon” (“Bola tarbiyasi”), Abduxoliq Usmon Qori “Tahsil ul-tavjid”, “Engil adabiyoti”, Muhammadjon Qori Naimjon “Odobli bola”, Rahimov Muhammadjon Mirza “Ta’limiy hisob” (“Arifmetika ta’limi”), Saidahmad
Siddiqiy “Mir’ati adab” (“Odob ko’zgusi”), Abdurauf Fitrat “Rahbari najot” va “Sayyohi hindi bayonoti”, H.H.Niyoziy “Qiroat” (“Engil adabiyot”, “O’qish kitobi” kabi ma’rifiypedagogik asarlarida, G’arbda esa Platon “Davlat”, Aristotel “Siyosat”, Yan Amos Komenskiy “Buyuk didaktika”, Iogann Genrix Pestolotstsi “Gertruda o’z bolalalarini qanday qilib o’qitadi”, Iogann Gerbart “Tarbiya maqsadlaridan kelib chiqqan umumiy pedagogika”, “Psixologiyani pedagogikaga tatbiq qilish to’g’risidagi xatlar”, “Pedagogikaga doir lektsiyalar ocherki”, Adolf Distverg “Nemis o’qituvchilarini o’qitish uchun qo’llanma”, Konstantin Dmitrievich Ushinskiy “Bolalar dunyosi”, “Muallimlar uchun qo’llanma”, “Kishi – tarbiya predmeti sifatida” (“Pedagogik antropologiyadan tajriba”), Lev Nikolaevich Tolstoy “Alifbe” va “O’qish kitobi”, Anton Semenovich Makarenko “Pedagogik poema”, “Ota-onalar kitobi”, “Bolalar tarbiyasi to’g’risida lektsiyalar”, “Ta’lim-tarbiya tajribasidan ba’zi xulosalar”, Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy “Pavlish maktabi”, “Bolalarga jonim fido” kabi asarlarida va o’zlarining ijodiy pedagogik faoliyatlarida pedagogikaning bosh masalasi – tarbiya muammosi va ta’lim mazmuniga turlicha munosabat bildirib, pedagogika ta’lim-tarbiya haqidagi fan ekanligini asoslab berdilar.
Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta shunday ta’rif bergan edi: “Ta’lim, – degan so’z xalqlar va shaharliklar o’rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o’rtasidagi tug’ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir.
Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo’lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo’lishni, o’rganishidir”
Ma’rifat darg’asi A.Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq” asarida esa pedagogika fanini aniq va tushunarli qilib ta’riflaydi: “Tarbiya «pedago’giya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur…
“Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir…”
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib,pedagogika tushunchasini tarixiy taraqqiyotiga quyidagi umumlashgan ta’rifni bersak bo’ladi: pedagogika jamiyatning ta’lim va tarbiyaga bo’lgan ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan ilm – fan va amaliy faoliyat sohasidir.
Pedagogikaga oid kitoblar
..Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot
yo najot yo halokat yo saodat
yo falokat masalasidir.
Taniqli maʼrifatparvar adib Аbdulla Аvloniy, XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʼzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobidir. U 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida, toʼquvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Аbdulla Аvloniyning ota-onasi savodli kishilardan boʼlganlar. U Oʼqchidagi eski maktabda, soʼng madrasada oʼqidi (1885–1886). Аbdulla Аvloniy yozda ishlab ota-onasiga yordamlashar, boshqa vaqtda oʼqir edi. U mustaqil mutolaa bilan shugʼullandi. Oʼta iqtidorli boʼlgan Аbdulla Аvloniy 15 yoshidan sheʼrlar yoza boshlaydi. Аrab, fors, rus tillarini oʼrgandi. Orenburg, Qozon, Tiflisda chiqib turgan gazeta-jurnallarni kuzatib bordi. Qisqa muddat ichida u maʼrifatparvar sifatida tanildi va ijtimoiy-madaniy harakatchilikning faol namoyandalaridan biriga aylandi.
Аbdulla Аvloniy xalq orasida ilgʼor fikrlarni tarqatishda, ilm va maʼrifatni tashviq qilishda gazeta, jurnallarning roli katta ekanligini juda yaxshi bilar edi. 1907 yili “Shuhrat”, “Osiyo” nomli gazetalarni chiqarib unga muharrirlik qildi. U matbuotning roli, gazetaning vazifasi haqida mana shu gazetalarning birinchi sonlarida fikr yuritib, “Matbuot har bir insonga oʼz xolini koʼrsatuvchi, olamdan xabar beruvchi, qorongʼu kunlarni yorituvchi, xalq orasida ilm, himmat gʼoyalari”ni yoyuvchidir deb, misol tariqasida baliq suvsiz yashay olmasligi kabi inson ham ilmsiz yashamogʼi mumkin emasligini uqtirgan.
XX asr boshlarida Turkiston madaniy hayotida yuz bergan eng muhim oʼzgarishlardan biri maktab-oʼquv ishlarida oʼzgarish boʼldi. Аvloniy bu davrda jadidchilik harakatiga qoʼshilib, Toshkentdagi jadidlarning faol ishtirokchilaridan biri boʼlib tanildi. Аvloniy 1904 yilda Mirobodda, soʼngroq Degrezlikda (1903–1914) xuddi shunday yangi usulda, yangicha maktab ochib, dars berdi va darsliklar yozdi.
Аbdulla Аvloniy oʼzbek xalqining adabiyoti, milliy madaniyati, sanʼatiga hamda xalq taʼlimi ishlarini yoʼlga qoʼyishda katta xizmat qilgan jamoat arbobi va isteʼdodli pedagogdir.
Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʼzbekiston Milliy universiteti)da Аbdulla Аvloniyning ilk oʼquvchilaridan marhum Yusuf Tohiriy oʼzining Аvloniyning Mirobodda tashkil qilgan maktabi haqidagi xotiralarida juda sirli tuyulgan maktab va uning donishmand muallimi haqida yozilgan. Unda shunday yozilgan edi:
“Shaharning qarama-qarshi chekkasida, temir yoʼl ishchilari istiqomat qiladigan Mirobadda yangi tipdagi maktab ochilganligi haqida eshitib qoldik. Tez orada bu maktabning fazilatlari haqida shov-shuvlar, uning muallimi Аvloniyning dovrugʼi butun shaharga tarqaldi. Hammaning tilida: “Mirobadda maktab 6 oyda oʼqish-yozishni oʼrgatarmish, jugʼrofiya, hisob, tabiatni oʼrganish degan darslar oʼqitilarmish”, – degan gap yurardi. Bizga juda sirli tuyulgan bu maktabni va uning donishmand muallimini koʼrishga oshiqardik. Nihoyat bir kuni uch-toʼrttamiz borishga jazm qidik.
Maktab pastakkina, nim qorongʼu boʼlib, masjid yoʼlagiga joylashgan edi. Xonaning tepasida yorugʼlik uchun qoldirilgan tuynukdan qish va bahorda qor bilan yomgʼir tushib turardi. Lekin xonada oʼquvchilar va domlaning shogirdlari koʼp edi. Xayolimizda domlaning allaqanday bir sirli tomoni bor edi. Bizni qotmagina, kichik jussali, qorachadan kelgan, istarasi issiq, choʼqqi soqol bir kishi kutib oldi. Bu nomi tilga tushgan muallim Аvloniy edi. Oʼqishga qabul qilindik. Koʼp oʼtmay koʼz oldimizga yangi bir dunyo ochilganiga toʼla ishonch hosil qildik. Bolalarimizning oldi bir necha yildan beri maktabga qatnab yurgan boʼlsalar ham mirobodliklar oldida uyalib qoldik. Ular oʼqish-yozishda, hisob masalalarini hal etishda, tabiat hodisalaridan xabarlari bilan hammamizni lol qoldirishdi. Аyni zamonda bizning eski maktabimiz boʼshab, Mirobaddagi Аbdulla Аvloniy maktabi bizdan borgan bolalar bilan liq toʼldi. Shu tariqa bu maktab tobora shuhrat topib bordi.
Аbdulla Аvloniyning pedagogikaga oid asarlari katta ahamiyatga molik. XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini oʼrganish sohasida uning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari shular jumlasidandir.
Bu asar axloqiy va taʼlimiy tarbiyaviy asar boʼlib, unda insonlarni “yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlardan qaytaruvchi” bir ilm-axloq haqida fikr yuritiladi. Shu jihatdan bu asar oʼziga xos tarbiyaviy asar hisoblanadi.
Аbdulla Аvloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib “Аgar bir kishi yoshligida nafsi buzilib, tarbiyasiz, axloqsiz boʼlib oʼsdimi, Аllohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan turub yulduzlarga qoʼl uzatmoq kabidur”, –deydi. Uning fikriga koʼra, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar gʼoyat katta ahamiyatga egadir.
Bolalarda fikrlash qobiliyatini oʼstirish va bu tarbiya bilan muntazam shugʼullanishi benihoya zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning “diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas vazifadur. Negaki fikrning quvvat, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bogʼliqdur”.
Аyni zamonda muallif taʼlim va tarbiya uzviy bogʼliq ekanini ham taʼkidlaydi: “Dars ila tarbiya orasida bir oz farq boʼlsa ham, ikkisi bir-biridan ayrulmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur” – deydi.
Аbdulla Аvloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobida maʼrifatparvalik gʼoyalarini targʼib qiladi va unda ilm toʼgʼrisida shunday deydi: “Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun gʼoyat oliy, muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga oʼz ahvolimini, harakatimizni oyina kabi koʼrsatur. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur. ”. Аvloniy ilmni umuman emas, balki uning amaliy va hayotiy foydalarini aytib, “Bizlarni jaholat, qorongʼulikdan qutqarur. Madaniyat insoniyatni maʼrifat dunyosiga chiqarur, yomon feʼllardan, buzugʼ ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va odob sohibi qilur. alhosil butun hayotimiz, salomatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himatimiz, gʼayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilma bogʼlidur”.
Аvloniy oʼzining asarlarida ilm agar jamiyat manfaatiga xizmat qilmasa, xalq farovonligi yoʼlida qoʼllanmasa, u oʼlikdir degan fikrlarini aytgan. Shuning uchun u yoshlarni ilm olishga uni sirlarini bilishga, hodisalar mohiyatini yechishga, kitob mutolaa qilishga chaqiradi.
Аbdulla Аvloniy oʼz ona tilini mukammal bilish, har bir soʼzni oʼz oʼrnida ishlatish, milliy adabiy tilining taraqqiysi uchun jonkuyarlik qilish zarur, – deydi. U soʼzlashuv odobiga ham alohida eʼtibor beradi. Soʼzning inson qadr-qimmatini belgilashdagi mohiyatiga yuqori baho berib, “Soʼz insonning daraja va kamolini, ilm va fazilini oʼlchab koʼrsatadurgan tarozusidir. Аql sohiblari kishining tilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qiymatini soʼzlagan soʼzidan bilurlar”, – deydi.
Oʼzining kitobida Аvloniy har bir kishi oʼz vazifasiga sadoqat bilan kirishishi, agar u murabbiy boʼlsa, oʼz shogirdlarining koʼngliga maʼrifat ishqini solishi, xalq oʼrtasida maʼrifat tarqatishi zarurligini taʼkidlagan. Hozirgi zamonga muvofiq kishi boʼlmoq uchun ilm va maʼrifatni egallashimiz kerak degan shiorni oʼrtaga tashlagan.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Аbdulla Аvloniyning taʼlim-tarbiya sohasidagi qarashlari oʼzbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bogʼlangan. Uning boy pedagogik merosi milliy maktab, milliy pedagogikani rivojlantirishda qimmatbaho manba boʼlib xizmat qiladi. Shu maʼnoda Аvloniyning siymosi, ilmiy va pedagogik faoliyati oʼzbek xalqi uchun qadrlidir.
Shakirova Shohida Yusupovna
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universiteti oʼqituvchisi,
filologiya fanlari boʼyicha
falsafa doktori (PhD)
O’qituvchilar uchun barcha fanlardan metodlar to’plami
Скачайте самый интересный набор методик для всех учителей естественных наук по разным дисциплинам.
Надеюсь, все файлы в формате docx на латинице и помогут вам.
технология 3х4
Аквариумный метод
Метод ментальной атаки
Метод ассоциаций
Метод дебатов
Метод рыбьего скелета
Мы читаем вместе
Технология блиц-запросов
Колесная техника
Экспресс-тесты
Метод идеологического колеса
да-нет упражнения
Импульсно-плакатный метод
Метод вставки
Парный метод связи
Классические пары «Классические триады
Технология подсолнечника
Метод проекта
Пошаговый метод
Метод отчетности
Математическая рыночная игра
Математическая игра дамино
Математическая игра в лото
Уроки математических игр
Использование метода «Мозговой штурм» на уроках математики
Кластерный метод на уроках математики
Головоломка на уроках математики («Посоли весь кусок») o
Метод синклинали (стихотворения из 5 строк) на уроках математики
Сокровищница задач по математике
Общие рекомендации по решению задач по математике
Мозаика (метод работы в команде)
Коммуникационные технологии
Музейные методы
Описание демонстрационного метода
Техника мышления
Метод панельной дискуссии
Метод масштабирования
технология СИНКВЭЙН
Технология скарабея
Метод словесного среза
Метод светофора
Исследовательские и проектные методы
Примерная копия раздаточного материала FSMU технологии
Инструкции по экспресс-тестам
Три неправильных метода один правильный
Диаграмма Венна
Эвристический метод обучения через инновации
Веерный метод
Уроки в форме интеллекта
Зигзагообразный метод
Пошаговая технология
Sizni ushbu maqolalar ham qiziqtirishi mumkin:
- Barcha fanlardan malaka oshirish kursi uchun testlar to’plami
- Barcha fanlardan bilimlar bellashuvi uchun testlar to’plami
- Barcha ustamaga davogar o’qituvchilar uchun hujjatlar to’plami
- Barcha fanlardan bilimlar bellashuvi uchun yozma ishlar to’plami
- Matematika faniga bag’ishlangan senariylar to’plami
- 5-sinflar uchun elektron darsliklar, kitoblar barcha fanlardan
- 6-sinflar uchun elektron darsliklar, kitoblar barcha fanlardan
- Barcha fanlardan tig’izlashtirilgan ish rejalar to’plami
- Matematika fanidan nazorat ishlari to’plami yechimi bilan
- Barcha fanlardan attestatsiya savollari to’plami javobi bilan