Press "Enter" to skip to content

MAKTABGACHA TA’LIMDA PSIXOLOGIK XIZMATNING USTUVOR VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

5. Джураева, М. А. (2022, May). ПРИЁМЫ КОНТРОЛЯ УРОВНЯ ЗНАНИЙ НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE (Vol. 1, No. 3, pp. 28-32).

Mavzu Rivojlanish psixologiyasiga kirish Reja 1 Rivojlanish psixologiyasi

Reja: 1. Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari 2. Rivojlanish psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi 3. Rivojlanish psixologiyasining tadqiqot metodlari 4. Psixologik tadqiqotni o’tkazishga qo’yiladigan talablar

Adabiyotlar • 1. E. Goziey “Yosh davrlari psixologiyasi” Toshkent • 2. E. Goziey “Ontogenez” Toshkent 2010 • 3. Z. T. Nishonova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullaeva, M. X. Xolnazarov “Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya” Toshkent 2017 • 4. F. I. Xaydarov, N. I. Xalilova “Umumiy psixologiya” Toshkent 2010 TDPU nashriyoti, 2010 y • 5. Z. T. Nishonova, D. Qarshieva, N. Atabaeva, Z. Qurbonova “Psixodiognostika va eksperimental psixologiya” Toshkent 2014 • 6. Z. T. Nishonova, G. Alimova “Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi” • 7. SH. A. Do’stmuhamedova, Z. T. Nishonova, S. X. Jalilova, SH. T. Karimova, SH. T. Alimbaeva “Yosh davrlari va pedagogik psixologiya” Toshkent-2013

Rivojlanish psixologiyasi – psixologiya fanlarining bir tarmog‘i bo‘lib, shaxs rivojlanish jarayonining qonuniyatlari va aniq dallillari, yosh xususiyatlari va turli yosh davrlaridagi psixik o‘zgarishlar dinamikasini o‘rganadi. Rivojlanish psixologiyasining o‘rganish ob’ekti – ontogenez jarayonida shakllanuvchi, rivojlanuvchi va o‘zgaruvchi sog‘lom inson. Rivojlanish psixologiyasi turli yosh davrlarida inson hulq atvorida yuzaga keluvchi o‘zgarishlarni kelib chiqish sabablarini aniqlaydi va ularni tavsiflaydi, insonlardagi ko‘nikma va malakalarni hosil bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganadi

Rivojlanish psixologiyasining predmeti – inson psixikasining yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining ontogenezini o’rganishdan iborat

• Rivojlanish psixologiyasi o’z navbatida bir qancha • • • sohalarga bo’linadi. Bular. Bolalar psixologiyasi Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar psixologiyasi O’smir psixologiyasi Ilk o’spirinlik yoshi psixologiyasi Katta yoshdagilar psixologiyasi Gerontopsixologiya ( qarilik )psixologiyasi

Rivojlanish psixologiyasining umumiy vazifalari – Psixik jarayonlarning, bilimlarning o’zlashtirishning yosh imkoniyatlarini tadqiq qilish. – Shaxs rivojlanishining muhim omillarini o’rganish – Psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini tadqiq etish – Har bir yoshning psixologik va individual xususiyatlarini o’rganadi

Rivojlanish psixologiyasining nazariy vazifalari: – insonning butun hayot yo‘li davomida psixik rivojlanishiga ta’sir etuvchi va harakatga keltiruvchi kuchlar, mexanizmlarni o‘rganish; – ontogenezda psixik rivojlanishni davrlashtirish; – psixik rivojlanish davomida yosh xususiyatlari, rivojlanish qonuniyatlari va bilish jarayonlarini o‘rganish; – ma’lum tarixiy davrda shaxs rivojlanishi hamda shaxs sifatida shakllanishini tadqiq etish. Rivojlanish psixologiyasining amaliy vazifalari: – insonning psixik funksiyalarining yosh davriga mos me’yorlarni va ijodiy qobiliyatning mavjudligini aniqlash; – psixologik rivojlanishda bolaning rivojlanishi, psixologik salomatligini nazorat qilish va tizimlashtirish; – yosh va tibbiy diagnostika; – inson hayotining inqirozli davrlarida yordamni amalga oshirish.

• Rivojlanish psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi • Pedagogika va rivojlanish psixologiyasi- pedagogika ta’lim va tarbiya qonunlari, metod va usullari haqidagi fan. U ta’lim va tarbiyaning maqsad va vazifalarini, ularning shaxs taraqqiyoti va jamiyat hayotidagi o’rnini ochib beradi. Bolaga ta’lim va tarbiya berishga oid vazifalarni hal etishda pedagogika qanday qilib ta’lim-tarbiya berish kerakligini aytsa, psixologiya nima uchun aynan shunday qilish kerakligini aniqlaydi. Masalan, pedagogika maktabgacha yoshdagi bolalar ta’limi va tarbiyasida o’yin usullaridan foydalanish kerakligini ta’kidlaydi. Psixologiya esa buning sababi ushbu yosh davrida o’yin etakchi faoliyat ekanligini tushuntiradi.

• Tibbiyot va rivojlanish psixologiyasi. Tibbiyot inson salomatligi va kasalliklarini, kasalliklarning oldini olish va ularni da’volash, shuningdek, salomatlikni mustahkamlash haqidagi fan. Bolalarda uchraydigan ko’pgina kasalliklarning manbayi psixologik xatakterga egadir. Masalan, tadqiqotlarning ko’rsatishicha, bronhial astma bilan og’rigan kasalliklarning ko’pchiligiga bolaligidan ota-onalari emosiyalarni erkin ifodalash, tashabbus ko’rsatish imkoniyatini chegaralaganlar. Kasallikning zo‘rayishi bir tomondan psixik omillarga (tushkunlikka berilish vasvasaga tushush, hadiksirash va shu kabilarga) bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan dardning o‘zi ham, jumladan terapevtik muolajaning samaradorligini pasaytirib yuborishi mumkin bo‘lgan alohida psixik holatlarni keltirib chiqaradiki, bu hol vrach va psixologning kuch-g‘ayratlari birlashtirilishini zarurat qilib qo‘yadi.

• Umumiy psixologiya va rivojlanish psixologiyasi. Umumiy psixologiya umumiy psixologik qonuniyatlarini, psixologiyaning nazariy tamoyillarini, asosiy kategoriyalarini, metodlarini o’rganuvchi nazariy va eksperimental tadqiqotlardir. Masalan, umumiy psixologiya tafakkur faoliyatining xususiyatlari, tafakkur turlari va operasiyalari haqida umumiy tasavvurni hosil qiladi. Rivojlanish psixologiyasi esa turli yosh bosqichlarida tafakkurning qanday xususiyatlar kasb etishini, tafakkurning qanday rivojlanishini o’rganadi. Bunda u, albatta, umumiy psixologiyadagi tasavvurlarga tayanadi, uning metodlari va kategoriyalaridan foydalanadi

• Ijtimoiy psixologiya va rivojlanish psixologiyasi. Ijtimoiy psixologiya fanining tarmog’i bo’lib, insonlarning ijtimoiy guruhlarga mansubligi bilan taqozolangan xulq-atvori va faoliyatini, shuningdek, shu ijtimoiy guruhlarning o’zini o’rganish bilan shug’ullanadi. Rivojlanish psixologiyasi shaxs psixik taraqqiyotini o’rganar ekan, albatta, shaxslar guruhi, bu guruhda shaxslar o’rtasida amalga oshuvchi munosabatlarni e’tibordan chetda qoldirmaydi. Rivojlanish psixologiyasi, ayniqsa, bolaning tengdoshlari va kattalar bilan bo’lgan muloqoti va uning bola rivojlanishiga ta’sirini o’rganishga alohida e’tibor qaratadi

Rivojlanish psixologiyasining tadqiqot metodlari Kuzatish- psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, rejali, biror maqsad asosida o’rganish. Rivojlanish psixologiyasida bu metodning ob’ektiv va sub’ektiv kuzatish turlari bor. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: -Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi -Kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi -Sinaluvchining yoshi, jinsi aniqlanadi -Tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi -Kuzatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi -Kuzatish insonning qaysi faoliyatida ( o’yin, o’qish, mehnat, sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi -Kuzatishning shakli ( yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazilishi ) tayinlanadi -Kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari ( kundalik, kuzatish varaqasi va boshqalar) taxt qilinadi

Eksperiment metodi- tabiiy va labaratoriya eksperimenti turlariga bo’linadi. Tabiiy eksperiment- ( birinchi marta 1910 yilda A. F. Lazurskiy taklif etgan) mo’ljallanganiga ko’ra, eksperiment o’tkazilayotganini biladigan sinaluvchida hosil bo’ladigan zo’riqishga yo’l qo’ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga ( dars, suhbat, o’yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) ko’chirishi lozim. Masalan, materialni yodlashning samaradorligi uni uzoq vaqt xotirada saqlab qolish to’g’risidagi ko’rsatmaga bog’liqligini tadqiq qilish tabiiy eksperimentga misol bo’la oladi. Labaratoriya eksperiment- ko’pincha individual ( goho guruh va jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo’lyo’riqlar, tavsiyalar, ko’rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasidagi o’zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari, qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ular odamdagi psixologik jarayonlar, holatlar, funksiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va o’lchashda qo’llanadi.

Longityud metodi- boshqa metodlardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto o’n yillab tekshiriladilar. Longityud metodidan nemis psixologi V. Shtern, fransuz psixologi R. Zazzo, rus psixologlari N. A. Menchinskaya, V. S. Muxina, o’zbek psixologi E. Goziev va boshqalar ko’p yillardan beri foydalanmoqdalar. Mazkur metod orqali bir xil jinsli ( Hasan-Husan, Fotima-Zuhra yoki aralash jinsli Hasan. Zuhra, Fotima-Husan) egizaklar kuzatiladi

Test metodi • “Test”inglizcha so’z bo’lib sinash tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy o’sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llaniladigan qisqa standart masala, topshiriq test deb ataladi. Test ayniqsa, odamning qanday kasbni egallashi mumkinligi, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, istedodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda keng qo’llaniladi. 1905 yildan fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon insonning aqliy o’sishi va iste’dod darajalarini o’lchash imkoniyati borligi g’oyasini ilgari surgandan keyin psixologiyada test metodi qo’llanila boshladi.

Sosiometrik metod- bu metod kichik guruh a’zolari o’rtasidagi bevosita emosional munosabatlarni o’rganish va ularning darajasini o’lchashda qo’llaniladi. Bunda Amerikalik sosiolog Dj. Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruh a’zolarining bir-birlari bilan munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi so’raladi. Olingan ma’lumotlar matrisa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko’rsatkichlar guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari to’g’risida tasavvur hosil qiladi. Bu ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko’rinishini aks ettiradi.

Biografiya-(tarjimai hol) metodi- inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayot faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, xotiralari, esdaliklari, o’zgalar ijodiga bergan baholari, taqrizlari alohida o’rin egallaydi. Shu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai hol haqidagi materiallar, esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, magnitafon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar o’rganilayotgan shaxsni to’liqroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Tarjimai hol ma’lumotlarni inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatishda uning suhbat va tajriba metodlari bilan o’rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishga yordam beradi.

• Proektiv metodlar test usullarining bir ko’rinishi bo’lib, ularda tekshiriluvchi uchun aniq ko’rinishga ega bo’lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharhlash topshirig’i beriladi. Proektiv testlar sinaluvchining yashirin va anglanilmagan psixologik xususiyatlarini psixodiagnostika qilish zarurati tug’ilganda qo’llaniladi. Masalan, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo’lgan rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq ko’rinishi mavjud bo’lmagan buyumlar berilishi va ularni tekshiriluvchi o’zining hissiy kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtaiy nazaridan baholashi kutiladi. • Proektiv metodlar qatoriga Rorshaxning “Siyoh dog’lari”testini kiritish mumkin.

“Proyeksiya” tushunchasi dastlab Z. Freyd tomonidan sub’ektning ongli va ongsiz tarzda ko’chirilgan shaxsiy xususiyatlari, tashqi ob’ektlarga nisbatan holatlarning mazmunini ifodalash uchun qo’llanilgan. Proyeksiya lotincha “proektio” so’zidan olingan bo’lib, oldinga irg’itish, tashlash ma’nosini bildiradi. Mashhur psixolog olim L. Frank proektiv metodikalarning klassifikasiyasini birinchilardan bo’lib ishlab chiqdi.

Konstitutiv metodlar • Rorshax metodikasi 10 ta jadvaldan iborat, bir xil rangdagi va polixromli simmetrik ko’rinishlar, dog’lar. Savol- “Bu nima bo’lishi mumkin, bu nimaga o’xshaydi”. Bunda insonning ichki ustanovkasini, xarakatlarini bilsa bo’ladi.

Konstruktiv metodlar • Senotestnarsalar, daraxtlar, figuralar yasaydi- bundan uni qurshagan atrof muhit xaqida bilib olish mumkin.

Interpretativ metodlar. Bunda qandaydir vaziyat haqida bosh qotirib aniqlash topshiriladi. “Tematik appersepsion testi”. Insondagi qiziqishlar, xissiy kechinmalar, ichki imkoniyat va yashirin maqsadlarni aniqlaydi. Metodika muallifi G. Murrey va Morganlar sanaladi.

Katartik metodlar • O’yin faoliyati- psixodramma, ixtiyoriy teatr sahnasi, terapevtik chiqishlar – natijasida tadqiqotchi insonning konfliktlarini, muammolarini ochib beradi. Psixoterapiya ko’p qo’llanadigan va shaxsni tarbiyalaydigan vosita hisoblanadi. Rollar, issiq stul o’yinlari.

• Refraktiv metodlar – bu shaxs xususiyatlaridagi yashirin motivlarni aniqlashga yordam beradi. Masalan, insonning gapirganidan, yuz mimikalaridan, yozuvidan. Refraktiv taxlil – jinoyat turini aniqlashda yoki bo’lmasa davlat axamiyatiga molik rasmiy hujjatlardagi o’z boshimchalik va qonunbuzarlik holatlarini ochishda, mansabdor shaxslar yoki davlat xizmatchilari qo’ygan imzolarni aniqlashda refraktiv usul qo’l kelishi tadqiqotlarda ta’kidlangan.

Ekspressiv metodlar- bu alohida topshirilgan yoki erkin mavzu bo’yicha rasm chizdirish orqali o’tkaziladi. “Uy-daraxt-odam”, “Oila”, “Avtoportret”, “Odam qomati”, “Mavjud bo’lmagan hayvon”, “Ochiq eshiklar” testlari misol bo’la oladi. Metodika Dj. Morgan tomonidan 1948 -yilda qo’llangan. Kattalar va bolalarni o’rganish uchun ham qulay sanaladi.

“Avtoportret (Odam qomati)”

“Avtoportret (Odam qomati)”

Impressiv metodlar Bu stimul materialdan tanlangan narsalarning natijasiga ko’ra aniqlanadi. “ Lyusherning ranglarni tanlash testi” 8 -rangli kvadratdan iborat. Ranglar orqali insonda qo’rquv, ichki dunyo sirliligini yashirin ochish, nizoli vaziyatga moyillik, emosional qiyofa kabi psixologik masalalar o’rganiladi.

Lyusher bo’yicha ranglarni ta’riflash 4 asosiy va 4 ta qo’shimcha ranglarni o’z ichiga oladi • • Asosiy ranglar Ko’k – qoniqishga, xotirjamlikka, barqaror ijobiy mehribonlikka bo’lgan ehtiyoj Yashil – o’zini ta’kidlashga bo’lgan ehtiyoj, dadillik, qatiylik gohida qaysarlik hissini ifodalaydi Qizil – faol harakatga va niyatga erishish ehtiyoji Sariq – istiqbolga, aktivlik, muloqotga intiluvchanlik, xushchaqlik hissi

Qo’shimcha ranglar Siyohrang, jigarrang, qora rang, nolga barobar bo’lgan ranglar. Ular salbiy yo’nalishlarni: xavotir, stress, qo’rquv, xafagarchilik hislarini bildiradi.

Additiv metodlar Gapni, hikoyani, tarixni tugallash “Tugallanmagan gaplar” metodikasi. Bu metodikalar xar hil shaxslik o’zgaruvchilar, motivlardan u yoki bu xarakatlardan tortib, to jinsiy tarbiya munosabatlarigacha aniqlashga mo’ljallangan.

SUXBAT METODI Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo’llaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali qo’lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo’llaniladi. Suxbat metodidan moxirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin.

Psixologik tadqiqotni o’tkazishga qo’yiladigan talablar • Tadqiqotlarni tashkil qilish tekshiruvda qo’llaniladigan metod va metodikalarni tanlash handa sinab ko’rishni o’z ichiga oladi. Tadqiqotga tayorgarlik jarayonida tekshiriluvchilar va ularning soni aniqlanadi. • Tadqiqot o’tkazish joyi turli xil tashqi shovqinlardan holi bo’lishi, shu bilan birga sanitariya-gigiena qoidalariga javob berishi lozim. Majbur qilmaydigan ish holati ta’minlanishi kerak. • Tadqiqotning texnik ta’minlanishi hal qilinishi lozim bo’lgan masalalarga mos tushishi kerak.

. Sinaluvchilarni sifat jihatdan bir xil qilib tanlash zarur • Tadqiqotchi tadqiqotning borishiga, uning barcha bosqichlarini o’tkazishga ta’sir etadi ( rejalashtirishdan, to xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishgacha) • Yo’riqnoma yoki ko’rsatma tadqiqot boshlanishidan oldin, tayorgarlik bosqichida tuziladi. U aniq, qisqa va bir ma’noli bo’lishi lozim • Tadqiqot natijalari bayonnomalarda qayd etilib, u bir vaqtning o’zida ham to’la, ham maqsadga qaratilgan bo’lishi kerak • Tadqiqotdan olingan ma’lumotlar sifat va miqdor jihatdan analiz, sintez qilinishi, y’ani qayta ishlanishi zarur

Psixodiognostik metodikalarga qo’yiladigan talablar Psixodiagnostik metodikalar qo’llanilishidan oldin yuqori sifat va samaradorligini ko’rsatuvchi mezonlar asosida tekshiruvdan o’tkazilishi zarur. Psixodiagnostik metodikalarni baholashning asosiy mezonlari sifatida ishonchlilik va validlik olinishi mumkin Psixodiagnostik metodikalar ishonchliligi- psixodiagnostik metodikaning sifati bo’lib, u ushbu metodika yordamida etarlicha barqaror natijalarga erishish imkoniyati bilan belgilanadi. Ishonchli metodikalarni qayta o’tkazish o’xshash natijani ko’rsatishi kerak

Metodikani baholashning yana bir muhim mezoni validlik hisoblanadi Validlik atamasi Evtopa tillaridan olingan bo’lib u quyidagi ma’noni anglatadi: “to’laqonli”, “yaroqli”, “mos”. Metodika validligi – metodika yordamida olingan ma’lumotlarning nimani aniqlashga qaratilganligi, y’ani metodika mohiyati bilan mosligi. Validlik – metodikaning samaradorligi, amaliy foydasini ko’rsatuvchi mezon.

Nazariy validlik Qo’llanilgan metodika yordamida olingan ko’rsatkichlarni, boshqa metodik vositalardan olingan ko’rsatkichlar bilan ya’ni ko’rsatkichlar orasida nazariy asoslangan bog’liqlik borligini va tadqiqot qilinayotgan sifat ko’rsatkichlari mosligi bilan aniqlanadi Empirik validlik Sinaluvchining reaksiyasi va xatti-harakatini kuzatish orqali, uning haqqoniy xulqidagi diagnostik ko’rsatkichlarning bir-biriga mosligi bilan tekshiriladi

Ichki validlik Metodikadagi topshiriqlar, subtestlar, mulohazalarning umumiy maqsadga mosligini anglatadi Tashqi validlik Xuddi empirik validlikka o’xshash, undan farqli tomoni shundaki, sinaluvchining xulqiga taalluqli asosiy tashqi ko’rinishlarning ko’rsatkichlari bilan metodikadagi ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liqligiga e’tibor qaratiladi

Savollar – Rivojlanish psixologiyasi o’z navbatida bir qancha sohalarga bo’linadi. Bular-? – Kuzatish metodining avzalligi va kamchiligi ? – Longityud metodining asoschilari kimlar ? – Test metodining asoschilari kimlar ? – Sosiometrik metodning asoschisi kim?

MAKTABGACHA TA’LIMDA PSIXOLOGIK XIZMATNING USTUVOR VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Saipova Mexrixon, Ergasheva Gulasalxon

Mazkur maqolada bugungi kunda maktabgacha ta’lim sohasida psixologning vazifasi hamda psixologik xizmatning ustuvor vazifalari,maktabgacha yosh davridagi bolalarning psixologik xususiyatlari va bu borada nazariyachi olimlarning fikrlari,bolalar psixologiyasining muammolari va ularni bartaraf etish yo’llari va metodikalar ko’rsatib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по психологическим наукам , автор научной работы — Saipova Mexrixon, Ergasheva Gulasalxon

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIK XIZMAT KO’RSATISHNING O’ZIGA XOS MEXANIZMLARI
Maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim mazmuni
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KITOB O’QISHGA QIZIQTIRISHDA PSIXOLOGIYANING O’RNI
MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA TARBIYACHI BOLA UCHUN QULAY INTERFAOL MUHITNI YARATISH
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR FAOLIYATIDA O‘YINNING AHAMIYATI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIMDA PSIXOLOGIK XIZMATNING USTUVOR VAZIFALARI»

MAKTABGACHA TA’LIMDA PSIXOLOGIK XIZMATNING USTUVOR

Qo’qon Davlat Pedagogika Instituti, “Amaliy psixologiya” kafedrasi stajyor o’qituvchisi

Qo’qon Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika va psixologiya fakulteti talabasi. +998905655194.(asalergesheva994@gmail.com

Mazkur maqolada bugungi kunda maktabgacha ta’lim sohasida psixologning vazifasi hamda psixologik xizmatning ustuvor vazifalari,maktabgacha yosh davridagi bolalarning psixologik xususiyatlari va bu borada nazariyachi olimlarning fikrlari,bolalar psixologiyasining muammolari va ularni bartaraf etish yo’llari va metodikalar ko’rsatib o’tilgan.

В данной статье изложены задачи психолога и приоритетные задачи психологической службы в сфере дошкольного образования на сегодняшний день,психологические особенности детей дошкольного возраста и мнения ученых-теоретиков в этой области, проблемы детской психологии и пути их преодоления и методики.

In this article, the task of a psychologist in the field of pre-school education, the priority tasks of psychological service, the psychological characteristics of children of pre-school age, the opinions of theoretical scientists in this regard, the problems of childrens psychology and ways and methods of their elimination are presented.

Kalit so’zlar: maktabgacha ta’lim tashkiloti,tarbiya,sog’lom turmush tarzi,psixologik xususiyat,psixologik nazariyalar, kichik guruh,bilish jarayonlari,sezgi,nutq,psixologik xizmat.

Ключевыеслова: дошкольная образовательная организация, воспитание, здоровый образ жизни, психологическая характеристика, психологические теории, подгруппа, процессы познания, речь, интуиция, психологическое обслуживание.

Keywords: preschool organization, upbringing, healthy lifestyle,psychological trait, psychological theories, subgroup, cognition processes, speech, intuition, psychological service.

Hammaga ma’lumki,inson hayotining dastlabki yetti yilini o’z ichiga qamrab oluvchi maktabgacha ta’lim yosh davri o’z ahamiyatiga ko’ra noyob hisoblanadi.Ana

shu yillarda bolada asosiy insoniy qobiliyatlarning shakllanishi yuz beradi,shaxsiy rivojining asoslari qo’yiladi.Insonning kelajagi, xulq-atvori, qobiliyati,dunyoqarashi bolalik qanday bo’lganligiga,ta’lim qanday berilganiga ko’pjihatdan bog’liq.

Komil insonni ,ya’ni o’zida ruhiy boylik ,axloqiy poklik va jismoniy yetuklikni to’la mujassamlashtirgan o’quvchi yoshlarni kelgusi faoliyatga psixologik jihatdan tarbiyalash uchun ta’lim-tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish lozim.Buning uchun bolalarning psixik taraqqiyoti qonuniyatlari , yosh va individual xususiyatlarini o’rganish zarurdir. Buning uchun avvalo katta e’tibor , albatta, maktabgacha ta’lim sohasiga qaratilishi kerak. Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan bu borada qator islohotlar yo’lga qo’yilib,jumladan,bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish maqsadida nafaqat davlat balki nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini chekka tuman va qishloqlarda ham tashkil etishni yo’lga qo’yildi.

Maktabgacha ta’lim tizimida bilim ,amaliy ko’nikma va malakalar,ma’lum psixologik- pedagogik ko’nikmalar nuqtayi nazaridan,eng avvalo bolalarni tarbiyalash uchun to’laqonli o’zlashtirish zarur,bolaning keyingi rivojlanishi, noto’g’ri yo’ldan ozdirilishining oldini olishga bog’liq. Ma’lumki,maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari vazifalari sirasiga shaxsga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiyani amalga oshirish,bolalarda ijtimoiy-kommunikativ,

axloqiy,estetik,intelektualjismoniy sifat va salohiyatlarni uyg’otish va rivojlanishtirish,sifat va salohiyatlarni uyg’otish va rivojlantirish,bolalarda mustaqillik,mas ‘ uliyatlilik,tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirish,bolalarning yosh,individual,psixologik va jismoniy xususiyatlari hamda qobiliyatini inobatga olgan ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etish kiritilgan1.

Zamonaviy nazariyalar XX asrda bolalar bog’chalari va boshqa maktabgacha ta’lim muassasalarining ko’payishi bir qator o’zgarishlar bilan bog’liq:

• Psixologiya,tibbiyot, psixiatriya va ta’lim sohalarida qo’llanishi natijasida erta bolalikka yangi ilmiy qiziqish;

• bolalarga yo’l -yo’riq ko’rsatish va ota-onalar ta’limning muhimligini tan olish;

• Ishlaydigan onalarning bolalarini parvarish qilish uchun allaqachon tashkil etilgan bolalar bog’chalarining ta’lim dasturlarini takomillashtirishbo’yicha sa’y-harakatlar.

Katta nazariyachilardan biri psixolog John Piaje va uning izdoshlarining eng katta hissalari rivojlanish psixologiyasi bo’lib,ular bolalar intellektual rivojlanishning muntazam bosqichlaridan o’tishlariga ishonch hosil qilganlar.Dastlabki ikki davr -sensomotor intellekt(tug’ilgandan ikki yoshgacha),shuningdek vakillik (ikki yoshdan,yetti yoki sakkizgacha) erta bolalik sohasiga tegishli. Birinchi bosqichda

1 Maktabgacha ta’limning davlat talablari. TOSHKENT.2018.

(sensomotor)bola tili shakllana boshlagan paytda tashqi ob’ektlar va hodisalar bilan shug’ullanish uchun mushaklari va sezgi organlaridan foydalanishni o’rganadi. U, shuningdek,narsalar bilan shug’ullana boshlaydi va hatto uning ko’rishi va tegishi mumkin bo’lmagan narsalar mavjudligini biladi va “ramzlash”ni boshlaydi(narsa so’z yoki imo-ishora bilan ifodalaydi).Ikkinchi bosqichda bola eng katta til o’sishini boshdan kechiradi.bu bosqichda bolaning moslashuvi sinov va xato orqali o’rganishga bog’liq Bu bosqichda bolaning moslashuvi sinov va xato orqali o’rganishga bog’liq, lekin u ham narsalarni sezgi orqali boshqaradi. U mantiqiy va matematik munosabatlar (guruhlar, o’lchamlar, miqdorlar va sifatlar) va fazoviy va vaqtinchalik munosabatlar kabi simvolizatsiya va munosabatlarning elementar turlarini birlashtira boshlaydi. J.Piaje nazariyasi yosh bolada kognitiv ta’lim jarayonlari va kontseptsiyani shakllantirishning ahamiyatini tan olish uchun asos yaratdi. Piaje, shuningdek, zarur ko’nikmalarni o’rganish uchun qulay muhit muhimligini ta’kidladi.

Bolalar bog’chalari va bolalar bog’chalarining asosiy muammolaridan biri tilni rivojlantirishdir. Ko’pgina tadqiqotchilarning fikricha, haqiqiy nutq bola o’zi ishlatadigan so’zlar bilan mazmunli aloqalar hosil qila boshlaganida boshlanadi (ona so’zini uning ma’nosini tushunmasdan taqlid qiladigan chaqaloq haqiqiy nutqqa qo’shilmaydi). Ikki yoshdan olti yoshgacha bo’lgan bola uchun og’zaki nutq asosiy vazifa bo’lib, ifodalash va tushunishni o’z ichiga oladi. Taxminanto’rtyoshida u

o’ztiliningtizimligrammatikasiasoslarinio’zlashtiradi. Oltiyoshgakelib, o’rtacha bola o’zso’zboyliginitaxminan 2500 so’zgako’paytiradi – buuningmuhitiningsifatiga, ayniqsakattalarning bola bilanmunosabatdabo’lishgatayyorligigabog’liq. Ko’pgina tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bolalar uyi kabi shaxssiz muassasadagi juda yosh bola, odatda, oddiy oila sharoitida bir xil yoshdagi bolalardan orqada qoladi. Erta bolalik davridagi ta’limning ko’plab vazifalaridan biri barcha bolalar uchun, ayniqsa, kompensatsiya ishlariga muhtoj bo’lganlar uchun boshlang’ich til ko’nikmalarini o’rgatishdir. Ularning tushunish va nutqini yaxshilash uchun tinglash va til o’yinlari mavjud. Ta’lim o’yinlarini muvaffaqiyatli o’qitish moslamasi deb topadigan o’qituvchilar, ular bolaning o’rganishga bo’lgan qiziqishini rag’batlantirishini ta’kidlaydilar .Bolalar kuchli o’rganish va o’zaro ta’sir qilish qobiliyatiga ega bo’lib tug’iladi.

Bolalar dunyo haqidagi tushunchalarini har bir yangi tajriba bilan solishtirishadi , ular ba’zan “sodda nazariyalar” deb ataladigan nazariyalarni yaratadilar.Bu bosqichda bolaning moslashuvi sinov va xato orqali o’rganishga bog’liq, lekin u ham narsalarni sezgi orqali boshqaradi. U mantiqiy va matematik munosabatlar (guruhlar, o’lchamlar miqdorlar va sifatlar) va fazoviy va vaqtinchalik munosabatlar kabi simvolizatsiya va munosabatlarning elementar turlarini birlashtira boshlaydi.2 J.Piaje nazariyasi yosh

2J.Piaje”Yosh davrlarining an’anaviy tasnifi”

bolada kognitiv ta’lim jarayonlari va kontseptsiyani shakllantirishning ahamiyatini tan olish uchun asos yaratdi. J. Piaje shuningdek, zarur ko’nikmalarni o’rganish uchun qulay muhit muhimligini ta’kidlaydi.Ularning tushunish va nutqini yaxshilash uchun tinglash va til o’yinlari mavjud.

Bolalar bog’chalarida matabgacha ta’lim sohasi uchun maxsus ishlab chiqilgan psixologik xizmatning asosiy mazmuni ishlab chiqilgan bo’lib,uning asosiy maqsadi,tarbiyachi hamda tarbiyalanuvchilarni umumiy va maxsus ta’lim maqsadlariga erishishlarida ularni qo’llab quvvatlashdan iborat. Psixologik xizmatning yana bir maqsadlaridan biri bolalarning jinsi, ijtimoiy va madaniy kelib chiqishi, didi, millati, jismoniy va ruhiy tuzilishdan qat’iy nazar, ularning optimal rivojlanishiga yordam berishdir.

Psixologik xizmat bolalarni qo’llab -quvvatlaydi; eng yaxshi rivojlanish uchun maktabgacha ta’lim muassasiga qabul qilish,bir guruhdan ikkinchi guruhga o’tkazish bilan bog’liq masalalar bilan guruhda moslashish va hamkorlik qilish bilan bog’liq muammolarini hal qilish uchun va rivojlanish muammolarini hal qilish vazifalarini bajaradi. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishida bolaning emotsional ruhiy holati, ijtimoiy tajribasi, turli ta’sirlarga chidamliligi o’z-o’ziga bo’lgan ishonch qaror topganligi, o’zini-o’zi rivojlantirishga motivatsiyani hosil qilish muhim ahamiyatiga ega. Buning uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yaratilgan sog’lom psixologik muhit bolalarni o’zlarini emin -erkin his qilishlariga, o’z nuqtai nazarlarini bemalol bildirishiga va uni himoya qilishiga, atrofdagilar bilan samarali muloqot qilishlariga va eng muhimi guruhdagi bolalarning barchasi teng huquqga ega ekanliklarini his qilishiga asos bo’ladi.

Bunday natijaga erishish uchun tarbiyachi hamda muassasa psixologi bolalar faoliyatini maqsadga muvofiq yo’naltirib borishi zarur.Guruhlardagi ayrim bolalarda jamoaga kirishib ketishning qiyin kechishi, ularda hadiksirash, o’ziga nisbatan ishonchsizlik , hissiy tushkunlik holatlariga alohida e’tibor qaratishlari zarur, buning uchun ular boladagi bunday holatning sababini aniqlashi , o’z kuchiga bo’lgan ishonchni ortishiga imkon berish ,kichik bo’lsa-da muvaffaqiyatni qo’llab -quvvatlash, muvaffaqiyatsizliklaridan ko’ra yutuqlarini e’tirof etish , birgalikdagi faoliyatlarda bunday bolaga bosh rollarni bajarishni topshirish , harakatlari natijasini ijobiy bo’lishiga ishonch bildirish muhim hisoblanadi. Shuningdek tarbiyachi tomonidan bolaning guruhli topshiriq natijalarini umumiy tarzda baholash bilan birga, bolaning shaxsiy ma’suliyatini ham rag’batlantirib borish zarur. Ya’ni guruh a’zolarinining muvaffaqiyatida har bir bolaning shaxsiy hissasi borligini e’tirof etib borish maqsadga muvofiq.Buning natij asida bola guruhli topshiriqlarda nomigagina emas, balki, astoydil ishtirok etishga bel bog’laydi va bola o’zini guruh jamoasining bir qismi deb hisoblay boshlaydi. Bu esa bolada guruhining muvaffaqiyatidan quvonish ,muvaffaqiyatsizligidan afsuslanish kabi ijtimoiy his-tuyg’ulari tarkib topishiga asos bo’ladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini bola shaxsiga yo’naltirishda pedagogik sharoitlarga e’tibor qilish zarur deb hisoblaymiz.

• Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagogik jamoasida , bolalar jamoasida sog’lom psixologik muhitning ustuvorligiga e’tibor berish;

• Bolaning ijtimoiy tajribasi, individual psixologik va yosh xususiyatiga asoslanib yakka tartibda yondashishga ustuvorlik berish;

• Bolani ichki imkoniyati , jismoniy, ijodiy, intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishga imkon beradigan shart-sharoitlarni yaratish , rivojlantiruvchi markazlar faoliyatidan samarali foydalanishga erishish;

• Guruhdagi bolalarning pedagogik, psixologik jihatdanbir-birlariga moslashishga erishish orqali bolalar o’rtasidagi bir-biriga hayrixohlik, hamfikr bo’lish ,o’zaro tushunish ,hamkorlik faoliyatini qo’llab -quvvatlash orqali bolalar jamoasining jipsligiga erishib borish.

• Ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning hamkorlikdagi , guruhli ish usullaridan ko’proq foydalanishni yo’lga qo’yish,topshiriqlarni taqsimlashda bolaning fikrlariga tayanish;

Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi pedagogik jamoani bola shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga oid yangi texnologiyalar bilan qurollantirish, “bolalarga do’stona munosabat “bo’yicha seminar treninglarni tizimli tashkil etibborish orqali pedagog tarbiyachilarning kasbiy mahoratlarini shakllantirishga erishish maqsadga muvofiq.3

Demak, maktabgacha yoshdagi bolalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishning muhim shartlaridan biri ular bilan ishlash chog’ida qo’llanilayotgan usul va tarbiya shakllarining bolalar psixofiziologik xususiyatlariga mos bo’lishidir.Ta’lim-tarbiya jarayoni asosan didaktik o’yinlar, turli xil amaliy va tasviriy faoliyat shakllarida o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Bolalar bilan an’anaviy maktab darsi shaklida also ishlab bo’lmaydi.Bolalar bog’chada ta’lim olishlari uchun bu jarayon ularning tabiiy rivojlanishi bilan bog’liq bo’lishi kerak. MTT psixologining mashg’ulotidan maqsad bilim va ko’nikma bilan qurollantirish emas, balki , rivojlantirish ekanligini unutma sligi kerak. Psixologning rivojlantiruvchi ishlarining mohiyati shundaki,ular yordamida bolaning turli tuman bilish jarayonlari va shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishiga ijobiy turtki beriladi, ular takomillashtiriladi. Psixolog ishining natijalari darhol namoyon bo’lmaydi .Shu tufayli ko’pincha tarbiyachi va ota-onalarning xafsalasi pir bo’lib ketadi .Shuning uchun ota-ona va bog’cha tarbiyachisi onggiga shuni yetkazish kerakki , psixologning ishi o’qitish emas ,balki rivojlantirish. Rivojlanish esa asta-sekin yuz beradi.Shu sababli bolaning rivojlanish jarayoni sezilmay o’tadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o’tkaziladigan rivojlantiruvchi ishlarning asosiy shakli o’yindir, chunki

‘ MaKapeHKO A.C.O BoenmaHHH .// 30^0TOH$0Hgnegar0rHKH

o’yin bu davrdagi yetakchi faoliyat sifatida bolaning psixik rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi .Ayni vaqtda bola o’yin davomida yangi bilimlarni egallab boradi.4

Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, bolani har tomonlama rivojlantirishda nafaqat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida bolani qo’llab -quvvatlash, balki bolani oilada ota-ona, kattalar, tengdoshlari tomonidan tushunish va qo’llab -quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun tarbiyachi hamda muassasa psixologi o’zining ijtimoiy pedagogik faoliyatida ota-onalar bilan ishlash jarayonida ularning pedagogik psixologik savodxonligini oshirishga ,oiladagi sog’lom muhit va bola tarbiyasiga ma’suliyat bilan yondashish, bu sohada maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda ishlash bolani maktab ta’limiga muvaffaqiyatli tayyorlashning sharti ekanligini ota-onalarga yetkazish muhim sanaladi.

1. Ravshanbek, J. (2022). CREDIT-MODULE SYSTEM, ITS BASIC PRINCIPLES AND FEATURES. Yosh Tadqiqotchi Jurnali, 1(4), 304-309.

2. O’G’Li, J. R. M. (2022). METHODS OF ORGANIZING INDEPENDENT STUDY OF STUDENTS IN THE CREDIT-MODULE SYSTEM. Ta’lim fidoyilari, 25(5), 93-97.

3. Jorayev, N. S. (2021, July). QUALITY LEARNING PROCESS-AS A MECHANICAL SUM OF TEACHING AND LEARNING PROCESSES. In Euro-Asia Conferences (pp. 57-59).

4. Sadullayevich, J. N. (2021). Improving psychological technologies for the development of professional reflection in future teachers. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 229-232.

5. Джураева, М. А. (2022, May). ПРИЁМЫ КОНТРОЛЯ УРОВНЯ ЗНАНИЙ НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE (Vol. 1, No. 3, pp. 28-32).

6. Abdukakhhorovna, Z. M. (2022). Lexical Polysemy of the Russian Language. Middle European Scientific Bulletin, 22, 77-81.

4Z. Nishanova “Psixologik xizmat” TOSHKENT “YANGIYUL POLIGRAF SERVICE”2007