Press "Enter" to skip to content

Афсонавий изқувар — Пуаро ролини ижро қилган актёр Дэвид Суше ҳақида 7 та факт

Suratga olishni yaxshi ko‘radi

Afsonaviy izquvar: Puaro rolini ijro qilgan aktyor Devid Sushe haqida 7 fakt

Mashhur izquvar rolini ijro qilish taklif qilinganda Devid Sushe 41 yoshda bo‘lgan. Avvaliga rozilik berishga ikkilangan aktyor keyinchalik to‘g‘ri tanlov qilganini tushunib yetgan.

Suratga olish ishlari 25 yil, 1988-yildan 2013-yilgacha davom etgan serialdagi belgiyalik izquvar qahramoni muxlislar qalbidan joy olgan.

Puaro roli bilan yaxshi tanish bo‘lishiga qaramay, yana 90 ta film va seriallarda suratga tushishga ulgurgan aktyor haqidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Suratga olishni yaxshi ko‘radi

Onasi Joan Patrisiya aktrisa, otasi Jek Sushe esa shifokor bo‘lgan. Ular 1932-yilda Janubiy Afrikadan Angliyaga ko‘chib kelgan. Buvasi Jeyms Jarshe mashhur suratchi bo‘lgan.

Devid ham fotografiyani yaxshi ko‘rgan, suratga olish maydonchasidagi aktyor va aktrisalarni ish jarayonida suratga tushirib yurgan.

Yoshligida sport bilan shug‘ullanish joni-dili bo‘lgan Sushe regbi, tennis va kriket o‘ynagan.

Kasbini tashlab, o‘zini oilasiga bag‘ishlagani sabab rafiqasidan minnatdor

U bo‘lajak rafiqasi Sheyla Ferris bilan teatrda tanishgan. Bir-birini yoqtirib qolgan Devid va Ferris ma’lum vaqt davomida his-tuyg‘ularini yashirib yurgan.

“Drakula” spektaklida birga rol ijro qilgan aktyorlar 1972-yilda turmush qurgan. 1981-yil juftlik ilk marta farzandli bo‘lgan. Oradan ikki yil o‘tib ikkinchi farzandi dunyoga kelgan.

Shundan keyin Sheyla aktrisalik faoliyatga nuqta qo‘yib, farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullana boshlagan. Devid intervyularda u bilan yashash osonmasligi, ishiga juda ham jiddiy yondashishi va rolidan boshqa narsani o‘ylay olmasligini ta’kidlaydi.

Oila a’zolari uchun bu oson bo‘lmasligiga qaramay, sabrli rafiqasi uni hamisha qo‘llab-quvvatlaydi, o‘ziga ishonishga undab, rollarga tayyorgarlik qilishiga yordam beradi.

 

Puaro haqidagi barcha hikoyalarni o‘qib chiqqan

Izquvar rolini gavdalantirish taklif qilinmagunicha Sushe biron marta ham Puaro haqidagi hikoyalarni o‘qimagan bo‘lgan. Ammo rolga tayyorgarlik jarayonida hammasini o‘qib chiqqan.

Puaroning odatlari va fe’l-atvoriga oid, barcha detallarni o‘z ichiga olgan 93 ta qayddan iborat 5 sahifalik ro‘yxat tuzgan. U tomoshabinlar e’tiroz bildirmasligi uchun obraz va ijro benuqson bo‘lishini xohlagan.

Suratga olish maydonchasida ro‘yxatni o‘zi bilan birga olib yurgan va film ustida ishlagan har bir rejissordan u bilan tanishib chiqishini so‘ragan.

Semizroq ko‘rinishi uchun kostyum ichidan nakladka kiyishiga to‘g‘ri kelgan

Sushe suratga olish ishlari boshlanishidan avvalroq obrazga tayyorgarlik ko‘rish uchun uyida Puaro kostyumini kiyib yurgan.

Bundan tashqari, Agata Kristi tomonidan tasvirlanganidek, Puaro singari kalta qadamlar bilan tez-tez yurishni o‘rgangan. Urinish o‘xshashi uchun bog‘ bo‘ylab yurib chiqqan.

Puaro yashagan uyni sotib olish mumkin

Londonning Florin-Kort uyining ikkinchi qavatida joylashgan va serialda qahramon Puaro yashaydigan 203-xonadon sotuvga qo‘yilgan.

Bir xonadan iborat ar-deko uslubidagi studiya narxi 335 ming funt sterling (455 712 dollar)ni tashkil qiladi.

Yelizaveta II tomonidan taqdirlangan

2002-yilda Sushe Yelizaveta II tomonidan Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlangan. Qirolicha aktyorning o‘zi, oilasi va xalqining zavqlanishiga sababchi bo‘lganini e’tirof etgan.

2020-yilning oktabrida dramaturgiya sohasidagi xizmatlari va xayriya ishlarida faol ekani sabab Sushega ritsar-bakalavr unvoni berilgan.

Devid bir necha yildan buyon BAFTA — Buyuk Britaniya kino va televizion san’ati akademiyasining a’zosi hisoblanadi, shuningdek, Britaniyadagi daryo va kanallarni saqlash uchun kurashib keladi.

Og‘ir kasallar qo‘llab-quvvatlanishi tarafdori

2014-yilda Devid nabirali bo‘lgan. Ammo chaqaloq davolab bo‘lmaydigan irsiy kasallik — tuberoz skleroz bilan tug‘ilgan.

Shundan keyin aktyor ushbu kasallikka chalinganlarga yordam beradigan uyushma hamda kam uchraydigan kasallarga dori-darmon topishga yo‘naltirilgan internet-kampaniyaga a’zo bo‘lgan.

U nabirasining ahvoli yaxshilanishga yordam beradigan dorini bepul qo‘lga kiritib bo‘lmasligi, u kabi og‘ir kasalliklarga uchragan bemorlar tibbiyot nog‘orasiga o‘ynashiga to‘g‘ri kelishidan tashvishlanadi.

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

So‘nggi yuklangan mavzular

Ko‘p o‘qilgan mavzular

Bo‘limlardan birini tanlang

Афсонавий изқувар — Пуаро ролини ижро қилган актёр Дэвид Суше ҳақида 7 та факт

Машҳур изқувар ролини ижро қилиш таклиф қилинганда Дэвид Суше 41 ёшда бўлган. Аввалига розилик беришга иккиланган актёр кейинчалик тўғри танлов қилганини тушуниб етган. Суратга олиш ишлари 25 йил, 1988 йилдан 2013 йилгача давом этган сериалдаги бельгиялик изқувар қаҳрамони мухлислар қалбидан жой олган. Пуаро роли билан яхши таниш бўлишига қарамай, яна 90 та фильм ва сериалларда суратга тушишга улгурган актёр ҳақидаги маълумотларни эътиборингизга ҳавола этамиз.

Фото: «Домашний очаг»

Суратга олишни яхши кўради

Онаси Жоан Патрисия актриса, отаси Жек Суше эса шифокор бўлган. Улар 1932 йилда Жанубий Африкадан Англияга кўчиб келган. Буваси Жеймс Жарше машҳур суратчи бўлган. Дэвид ҳам фотографияни яхши кўрган, суратга олиш майдончасидаги актёр ва актрисаларни иш жараёнида суратга тушириб юрган. Ёшлигида спорт билан шуғулланиш жони-дили бўлган Суше регби, теннис ва крикет ўйнаган.

Касбини ташлаб, ўзини оиласига бағишлагани сабаб рафиқасидан миннатдор

У бўлажак рафиқаси Шейла Феррис билан театрда танишган. Бир-бирини ёқтириб қолган Дэвид ва Феррис маълум вақт давомида ҳис-туйғуларини яшириб юрган. «Дракула» спектаклида бирга рол ижро қилган актёрлар 1972 йилда турмуш қурган. 1981 йил жуфтлик илк марта фарзандли бўлган. Орадан икки йил ўтиб иккинчи фарзанди дунёга келган. Шундан кейин Шейла актрисалик фаолиятга нуқта қўйиб, фарзандлар тарбияси билан шуғуллана бошлаган. Дэвид интервьюларда у билан яшаш осонмаслиги, ишига жуда ҳам жиддий ёндашиши ва ролидан бошқа нарсани ўйлай олмаслигини таъкидлайди. Оила аъзолари учун бу осон бўлмаслигига қарамай, сабрли рафиқаси уни ҳамиша қўллаб-қувватлайди, ўзига ишонишга ундаб, ролларга тайёргарлик қилишига ёрдам беради.

Фото: «Домашний очаг»

Пуаро ҳақидаги барча ҳикояларни ўқиб чиққан

Изқувар ролини гавдалантириш таклиф қилинмагунича Суше бирон марта ҳам Пуаро ҳақидаги ҳикояларни ўқимаган бўлган. Аммо ролга тайёргарлик жараёнида ҳаммасини ўқиб чиққан. Пуаронинг одатлари ва феъл-атворига оид, барча деталларни ўз ичига олган 93 та қайддан иборат 5 саҳифалик рўйхат тузган. У томошабинлар эътироз билдирмаслиги учун образ ва ижро бенуқсон бўлишини хоҳлаган. Суратга олиш майдончасида рўйхатни ўзи билан бирга олиб юрган ва фильм устида ишлаган ҳар бир режиссёрдан у билан танишиб чиқишини сўраган.

Фото: «Домашний очаг»

Семизроқ кўриниши учун костюм ичидан накладка кийишига тўғри келган

Суше суратга олиш ишлари бошланишидан аввалроқ образга тайёргарлик кўриш учун уйида Пуаро костюмини кийиб юрган. Бундан ташқари, Агата Кристи томонидан тасвирланганидек, Пуаро сингари калта қадамлар билан тез-тез юришни ўрганган. Уриниш ўхшаши учун боғ бўйлаб юриб чиққан.

Фото: «Домашний очаг»

Пуаро яшаган уйни сотиб олиш мумкин

Лондоннинг Флорин-Корт уйининг иккинчи қаватида жойлашган ва сериалда қаҳрамон Пуаро яшайдиган 203-хонадон сотувга қўйилган. Бир хонадан иборат ар-деко услубидаги студия нархи 335 минг фунт стерлинг (455 712 доллар)ни ташкил қилади.

Фото: «Домашний очаг»

Елизавета II томонидан тақдирланган

2002 йилда Суше Елизавета II томонидан Британия империяси ордени билан тақдирланган. Қиролича актёрнинг ўзи, оиласи ва халқининг завқланишига сабабчи бўлганини эътироф этган. 2020 йилнинг октябрида драматургия соҳасидаги хизматлари ва хайрия ишларида фаол экани сабаб Сушега рицар-бакалавр унвони берилган. Дэвид бир неча йилдан буён BAFTA — Буюк Британия кино ва телевизион санъати академиясининг аъзоси ҳисобланади, шунингдек, Британиядаги дарё ва каналларни сақлаш учун курашиб келади.

Фото: «Домашний очаг»

Оғир касаллар қўллаб-қувватланиши тарафдори

2014 йилда Дэвид набирали бўлган. Аммо чақалоқ даволаб бўлмайдиган ирсий касаллик — тубероз склероз билан туғилган. Шундан кейин актёр ушбу касалликка чалинганларга ёрдам берадиган уюшма ҳамда кам учрайдиган касалларга дори-дармон топишга йўналтирилган интернет-кампанияга аъзо бўлган. У набирасининг аҳволи яхшиланишга ёрдам берадиган дорини бепул қўлга киритиб бўлмаслиги, у каби оғир касалликларга учраган беморлар тиббиёт ноғорасига ўйнашига тўғри келишидан ташвишланади.

Afsonaviy izquvar — Puaro rolini ijro qilgan aktyor Devid Sushe haqida 7 ta fakt

Mashhur izquvar rolini ijro qilish taklif qilinganda Devid Sushe 41 yoshda bo‘lgan. Avvaliga rozilik berishga ikkilangan aktyor keyinchalik to‘g‘ri tanlov qilganini tushunib yetgan. Suratga olish ishlari 25 yil, 1988-yildan 2013-yilgacha davom etgan serialdagi belgiyalik izquvar qahramoni muxlislar qalbidan joy olgan. Puaro roli bilan yaxshi tanish bo‘lishiga qaramay, yana 90 ta film va seriallarda suratga tushishga ulgurgan aktyor haqidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Suratga olishni yaxshi ko‘radi

Onasi Joan Patrisiya aktrisa, otasi Jek Sushe esa shifokor bo‘lgan. Ular 1932-yilda Janubiy Afrikadan Angliyaga ko‘chib kelgan. Buvasi Jeyms Jarshe mashhur suratchi bo‘lgan. Devid ham fotografiyani yaxshi ko‘rgan, suratga olish maydonchasidagi aktyor va aktrisalarni ish jarayonida suratga tushirib yurgan. Yoshligida sport bilan shug‘ullanish joni-dili bo‘lgan Sushe regbi, tennis va kriket o‘ynagan.

Kasbini tashlab, o‘zini oilasiga bag‘ishlagani sabab rafiqasidan minnatdor

U bo‘lajak rafiqasi Sheyla Ferris bilan teatrda tanishgan. Bir-birini yoqtirib qolgan Devid va Ferris ma’lum vaqt davomida his-tuyg‘ularini yashirib yurgan. “Drakula” spektaklida birga rol ijro qilgan aktyorlar 1972-yilda turmush qurgan. 1981-yil juftlik ilk marta farzandli bo‘lgan. Oradan ikki yil o‘tib ikkinchi farzandi dunyoga kelgan. Shundan keyin Sheyla aktrisalik faoliyatga nuqta qo‘yib, farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullana boshlagan. Devid intervyularda u bilan yashash osonmasligi, ishiga juda ham jiddiy yondashishi va rolidan boshqa narsani o‘ylay olmasligini ta’kidlaydi. Oila a’zolari uchun bu oson bo‘lmasligiga qaramay, sabrli rafiqasi uni hamisha qo‘llab-quvvatlaydi, o‘ziga ishonishga undab, rollarga tayyorgarlik qilishiga yordam beradi.

Foto: “Domashniy ochag”

Puaro haqidagi barcha hikoyalarni o‘qib chiqqan

Izquvar rolini gavdalantirish taklif qilinmagunicha Sushe biron marta ham Puaro haqidagi hikoyalarni o‘qimagan bo‘lgan. Ammo rolga tayyorgarlik jarayonida hammasini o‘qib chiqqan. Puaroning odatlari va fe’l-atvoriga oid, barcha detallarni o‘z ichiga olgan 93 ta qayddan iborat 5 sahifalik ro‘yxat tuzgan. U tomoshabinlar e’tiroz bildirmasligi uchun obraz va ijro benuqson bo‘lishini xohlagan. Suratga olish maydonchasida ro‘yxatni o‘zi bilan birga olib yurgan va film ustida ishlagan har bir rejissordan u bilan tanishib chiqishini so‘ragan.

Foto: “Domashniy ochag”

Semizroq ko‘rinishi uchun kostyum ichidan nakladka kiyishiga to‘g‘ri kelgan

Sushe suratga olish ishlari boshlanishidan avvalroq obrazga tayyorgarlik ko‘rish uchun uyida Puaro kostyumini kiyib yurgan. Bundan tashqari, Agata Kristi tomonidan tasvirlanganidek, Puaro singari kalta qadamlar bilan tez-tez yurishni o‘rgangan. Urinish o‘xshashi uchun bog‘ bo‘ylab yurib chiqqan.

Foto: “Domashniy ochag”

Puaro yashagan uyni sotib olish mumkin

Londonning Florin-Kort uyining ikkinchi qavatida joylashgan va serialda qahramon Puaro yashaydigan 203-xonadon sotuvga qo‘yilgan. Bir xonadan iborat ar-deko uslubidagi studiya narxi 335 ming funt sterling (455 712 dollar)ni tashkil qiladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Yelizaveta II tomonidan taqdirlangan

2002-yilda Sushe Yelizaveta II tomonidan Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlangan. Qirolicha aktyorning o‘zi, oilasi va xalqining zavqlanishiga sababchi bo‘lganini e’tirof etgan. 2020-yilning oktabrida dramaturgiya sohasidagi xizmatlari va xayriya ishlarida faol ekani sabab Sushega ritsar-bakalavr unvoni berilgan. Devid bir necha yildan buyon BAFTA — Buyuk Britaniya kino va televizion san’ati akademiyasining a’zosi hisoblanadi, shuningdek, Britaniyadagi daryo va kanallarni saqlash uchun kurashib keladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Og‘ir kasallar qo‘llab-quvvatlanishi tarafdori

2014-yilda Devid nabirali bo‘lgan. Ammo chaqaloq davolab bo‘lmaydigan irsiy kasallik — tuberoz skleroz bilan tug‘ilgan. Shundan keyin aktyor ushbu kasallikka chalinganlarga yordam beradigan uyushma hamda kam uchraydigan kasallarga dori-darmon topishga yo‘naltirilgan internet-kampaniyaga a’zo bo‘lgan. U nabirasining ahvoli yaxshilanishga yordam beradigan dorini bepul qo‘lga kiritib bo‘lmasligi, u kabi og‘ir kasalliklarga uchragan bemorlar tibbiyot nog‘orasiga o‘ynashiga to‘g‘ri kelishidan tashvishlanadi.