Python dasturlash tili: 1-dars
jihozlangan kompyuter xonalari. Python dasturlash tilida dastur tuzish uchun
Toshboyeva Guljahon O`tkir qizi “python dasturlash tili va uning imkoniyatlari bo`yicha uslubiy qo`llanma”
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan uzviy bog’liq еkanligining aniq ko’rsatilishidir.
Hozirgi kunda ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini
joriy etish, ta’limni kompyuterlashtirish muammolarini hal qilish muhim ahamiyat
O’zbekiston Respublikasi mustaqillik odimlarini dadil qo’yayotgan hozirgi
davrda axborotlashgan jamiyat qurish masalasi mamlakatimiz uchun naqadar katta
ahamiyat kasb etayotgani hech kimga sir emas. Internet hayotimizning bir bo’lagiga
biz uning xizmatlaridan har kuni
Respublikamizda o’qitish texnologiyalarini zamonaviylashtirishni jadllashtirish
rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb ahamiyatga ega.
Chunki hozirgi kunda milliy ta’lim tizimining salohiyati iqtisodiy rivojlanishning
yanada yuqori pog’onasiga ko’tarilishga amaliy imkoniyat ta’minlovchi asosiy
ijtimoiy resurs sifatida gavdalanadi.
Respublikamiz ta’lim tizimidagi asosiy vazifa jahon talablariga mos keluvchi
axborot texnologiyalarini o’qitish jarayoniga qo’llashdan iborat. O’zbekistonda
ta’lim tizimining axborotlashtirilishi xalqaro hamjamiyatda ham tan olindi.
Masofaviy ta’limni rivojlantirish bo’yicha bir qator dasturlar ishlab chiqilmoqda.
Iqtisodiyot va jamiyatda islohotlarning o’tkazilishi natijasida o’quv jarayonining
zahira hajmini keskin oshirish bo’yicha yangi talablar qo’yildi. Hozirgi kunda
axborot eng asosiy ishlab chiqaruvchi resurslardan biriga, iqtisodiyot va umuman
jamiyatning rivojlanish poydevoriga aylanmoqda.
Yangi axborot – kommunikatsion texnologiyalar hozirgi kunda eng dolzarb
mavzulardan biri bo’lib kelmoqda, sababi har bir sohani o’rganish, izlanish va tajriba
orrtirish uchun turli usullardan foydalanish kerak bo’ladi. Shuning uchun yangi
axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning tarkibida yuqori malakali
mutaxasislarning roli benihoya kattadir. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek,
”Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan zamonaviy bilimga ega bo’lgan yuksak
malakali mutaxasislarni talab etadi”. Shu sababli xalqimizning boy intellektual
merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan,
texnika va texnologiyalar asosida yuksak mutaxasislar tayyorlash tizimi ishlab
chiqildi va jadal sur’atlar bilan hayotga tadbiq etilmoqda.
O’zbekistonda o’qitish texnologiyalarini zamonaviylashtirish, jadallashtirish
rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb ahamiyatga ega.
Chunki hozirgi kunda milliy ta’lim tizimining salohiyatli tizimli rivojlanishi yanada
yuqori pog’onaga ko’tarildi.
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi: mavzuning dolzarbligi
shundan iboratki, Python bu umumiy maqsadli dasturlash uchun keng tarzda
foydalaniladigan yuqori darajali dasturlash tili,
chunki o’rganish oson va qulay
sintaksisga ega. Undan tashqari skriptli dasturlash tillariga kiradi. Python dinamik
tipizatsiyaga ega, obyektga yo’naltirilgan dasturlash, funksional dasturlash,
strukturali, avtomatik xotirani boshqarish va albatta ko’p patokli dasturlash tillaridan
Python har xil platformalar uchun yozilgan masalan Windows, Linux, Mac
OSX, Palm OS, Mac OS va hokazo. Python Microsoft.NET platformasi uchun
yozilgan realizatsiyasi ham bor uni nomi IronPython. Bugungi kunda dunyoga
mashhur ko`plab kompaniyalar NASA, Google, Yandex, CERN, Apple computer,
Dream Works, kosmik teleskop institutlari Pythonni ishlatishadi. Dunyoning
rivojlangan mamlakatlari AQSH (Koliforniya Universiteti, Florida Universiteti,
Lova Universiteti, Massachustva Texnologiya Universiteti), Kanada (Toronto
Universiteti, Alberto Universiteti), Buyuk Britaniya (Oksford Universiteti),
Fransiya, Rossiya, Avstraliya, Ispaniyaning universitet va kollejlarida o`qitishda
Python dasturlash tili qo`llaniladi. Pythonning o`ziga xos jihatlaridan biri bu
dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani
boshqarishni hisobga olishga hojat qolmaydi. Shuningdek dasturni yozish davomida
ortiqcha kod yozishdan xalos bo`linadi. Masalan: massiv elementlarini tartiblash
misolini Paskal va Python dasturidagi talqinini taqqoslab solishtirib ko`raylik.
Shu bilan birga Pythonda dastur yozayotganda begin-end, <> yoki satr tugagani
bildirish uchun nuqtali vergul (;) qo`yilmaydi.
Tadqiqot ob’yеkti va prеdmеti: Python dasturlash tili. Dasturiy ta’minotlar bilan
jihozlangan kompyuter xonalari. Python dasturlash tilida dastur tuzish uchun
WingWare, Paycharm, Paydev, Notepad++ va boshqa muhitlari. Dasturlarni
tuzishda va muhitlar bilan ishlashda kompyuter texnologiyalari, shu bilan birgalikda
eng zamonaviy usullardan foydalanish. Biz tadqiqot obyekti sifatida Wingware
muhitida ishlab dastur natijalarini olishga harakat qildik.
Ishning maqsadi va vazifalari: Python dastulash tili haqida uslubiy qo`llanma
yaratish. Python dasturini o`rnatish, uning sintaksisini, operator va funksiyalarini
o`rganish, arifmetik amallarni bajarishni, sonlar, satrlar bilan ishlashni hamda
ulardan foydalanib masalalar yechishni o`rganish. Masalalarr yechimini to`griligini
kompyuterga WingWare muhitiga kiritib tekshirib ko`rish. Python tilining
imkoniyatlarini ko`rish, uni bugungi kundagi qanday loyihalarni tuzishda
ishlatilishini o`rganish. Talabalar mustaqil shug’ullanishlari uchun uslubiy
qo’llanma ko’rinishida tayyorlash. Talabalarga kompyuterda mustaqil masala
yechish usullarini ko’rsatish va talabalarni dasturlashga bo’lgan qiziqishlarini
For i:=0 to N-1 do
For j:=N-2 downto i do
If A[j] > A[j+1] then begin
Tadqiqot usuli va uslubiyoti: Wingwareda operatorlarni ishlatilishini,
sintaksisini o`rganib dasturlash tilida kiritib natijalarni olib xulosalab har bir
operator va funksiyalar haqida to`liq ma’lumot berishga harakat qilish.
Olingan asosiy natijalar: Qo’llanmamizda Pyhton dasturlash tili uning
imkoniyatlari sintaksisi kutubxonalari va Python dasturi haqida boshlang’ich va
mukammal tushunchalar amaliy misollar bilan birgalikda yoritildi. Boshqa
dasturlash tillariga nisbatan Python dasturini operator, funksiya, standart
kutubxonalarini o`rganib dastur tuzishda qo`llash va undan olingan natijalarning
afzallik tomonlari ko’rsatib berildi. Shular asosida Python dasturlash tili va uning
imkoniyatlari bo`yicha o`zbek tilida uslubiy qo`llanma yaratildi.
Natijalarning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati: Mazkur Python dasturlash
tilini o`rganish talabalarga dasturlarni tuzish va masalalarni yanada mukammal
ishlay olish, samaradorligi va ahamiyatlilik darajasini oshirish kabi imkoniyatlar
yaratib bera oladi. Python dasturlash tilidan zamonaviy dasturlash tillari fanini
o`qitishda foydalanish ilmiy yangilikdir va bu borada uslubiy qo`llanma juda katta
ahamiyat kasb etadi.
Tadbiq etish darajasi va qo’llanish sohasi. Ushbu qo`llanma Python dasturlash
tili haqidagi boshlangich tushunchalarni akdemik litsey, kasb-hunar kolleji va oliy
ta’limning talabalariga o`rgatishga mo`ljallangan. Bundan tashqari olimpiada
masalalarini yechishda va yaxshi natijalarga erishishda ushbu dasturlash tilidan
foydalanishni amalga oshirishda mazkur qo`llanmadan foydalanish maqsadga
Ishning hajmi va tuzilishi: Kirish, 2 ta bob, har bir bobning qisqacha xulosasi,
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va xotimalardan iborat holda bayon qilingan. I
bobda Python dasturlash tili va uning sintaksisi haqida malumot keltirilgan bo`lib
40 betdan iborat, II bobda Pythonda ma’lumotlar tuzilmasi va tilning standart
modullari keltirilgan. Bu bob 21 betdan iborat. Jami 11 ta chizma dan tashkil topgan.
1.1 Python dasturlash tili yaratilishi tarixi, imkoniyatlari va uni
Python dasturlash tilini yaratilishi 1980-yil oxiri 1990-yil boshlaridan
boshlangan. O`sha paytlarda uncha taniqli bo`lmagan Gollandiyaning CWI instituti
xodimi Gvido van Rossum ABC tilini yaratilish proektida ishtirok etgan edi. ABC
tili Basic tili o`rniga talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini o`rgatish uchun
mo`ljallangan til edi. Bir kun Gvido bu ishlardan charchadi va 2 hafta davomida
o`zining Macintoshida boshqa oddiy tilning interpretatorini yozdi, bunda u albatta
ABC tilining ba’zi bir g`oyalarini o`zlashtirdi. Shuningdek, Python 1980-1990-
yillarda keng foydalanilgan Algol-68, C, C++, Modul3 ABC, SmallTalk tillarining
ko`plab xususiyatlarini o`ziga olgandi. Gvido van Rossum bu tilni internet orqali
tarqata boshladi. Bu paytda o`zining “Dasturlash tillarining qiyosiy taqrizi” veb
sahifasi bilan internetda to 1996-yilgacha Stiv Mayevskiy ismli kishi taniqli edi. U
ham Macintoshni yoqtirardi va bu narsa uni Gvido bilan yaqinlashtirdi. O`sha
paytlarda Gvido BBC ning “Monti Paytonning havo sirki” komediyasining muxlisi
edi va o`zi yaratgan tilni Monti Payton nomiga Python deb atadi (ilon nomiga emas).
Til tezda ommalashdi. Bu dasturlash tiliga qiziqqan va tushunadigan
foydalanuvchilar soni ko`paydi. Boshida bu juda oddiy til edi. Shunchaki kichik
interpretator bir nechta funksiyalarga ega edi. 1991-yil birinchi OYD(Obyektga
Yo`naltirilgan Dasturlash) vositalari paydo bo`ldi.
Bir qancha vaqt o`tib Gvido Gollandiyadan Amerikaga ko`chib o`tdi. Uni
CNRI korparatsiyasiga ishlashga taklif etishdi. U o`sha yerda ishladi va korparatsiya
shug`ullanayotgan proektlarni Python tilida yozdi va bo`sh ish vaqtlarida tilni
interpretatorini rivojlantirib bordi. Bu 1990-yil Python 1.5.2 versiyasi paydo
bo`lguncha davom etdi. Gvidoning asosiy vaqti korparatsiyani proektlarini
yaratishga ketardi bu esa unga yoqmasdi. Chunki uning Python dasturlash tilini
rivojlantirishga vaqti qolmayotgandi. Shunda u o`ziga tilni rivojlantirishga
imkoniyat yaratib bera oladigan homiy izladi va uni o`sha paytlarda endi tashkil
etilgan BeOpen firmasi qo`llab quvvatladi. U CNRI dan ketdi, lekin shartnomaga
binoan u Python 1.6 versiyasini chiqarib berishga majbur edi. BeOpen da esa u
Python 2.0 versiyani chiqardi. 2.0 versiyasi bu oldinga qo`yilgan katta qadamlardan
edi. Bu versiyada eng asosiysi til va interpretatorni rivojlanish jarayoni ochiq
Shunday qilib 1.0 versiyasi 1994-yil chiqarilgan bo`lsa, 2.0 versiyasi 2000-
yil, 3.0 versiyasi esa 2008-yil ishlab chiqarildi. Hozirgi vaqtda uchinchi versiyasi
Python – bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo’lgan
oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi
ma’lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo’naltirilgan dasturlash
uslublarini taqdim etadi.
Pythonning o’ziga xosligi
• Oddiy, o’rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun
qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta’minot.
• Dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani
boshqarishni hisobga olish shart emas.
• Ko’plab platformalarda hech qanday o’zgartirishlarsiz ishlay oladi.
• Interpretatsiya(Интерпретируемый) qilinadigan til.
• Kengayishga (Расширяемый) moyil til. Agar dasturni biror joyini tezroq
ishlashini xoxlasak shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu
qismni python kodi orqali ishga tushirsa(chaqirsa) bo’ladi.
• Juda ham ko’p xilma-xil kutubxonalarga ega.
• xml/html fayllar bilan ishlash
• http so`rovlari bilan ishlash
• Web ssenariy tuzish
• FTP bilan ishlash
• Rasmli audio video fayllar bilan ishlash
• Matematik va ilmiy hisoblashlarni programmalash
Pythonni katta proyektlarda ishlatish mumkin. Chunki, uni chegarasi yo`q,
imkoniyati yuqori. Shuningdek, u sodda va universalligi bilan programmalash tillari
orasida eng yaxshisidir.
Python dasturlash tilini o`rnatish.
Agar siz biror GNU/Linux distributivini ishlatayotgan bo’lsangiz ko’p xollarda
sizning tizimingizda python o’rnatilgan bo’ladi. Buni tekshirib ko’rish uchun
terminalingizdan quyidagi buyruqni ishga tushirib ko’ring. python -V
Agar sizda Python 3.4.3 yozuvi yoki shunga o’xshash yozuv hosil bo’lsa unda
Windows operatsion tizimiga o’rnatish uchun www.python.org/downloads
web sahifasiga o’tamiz va u yerdan oxirgi python versiyasini yuklab olamiz.
Pythonni o’rnatish odatiy dasturlarni o’rnatish kabi kechadi. Hech qanday qiyin joyi
Python dasturining o`rnatiluvchi fayli.
Python dasturlash tilining o`rnatuvchi paketini ustiga sichqoncha
ko`ratkichini 2 marta bosamiz va bizga quyidagi oyna hosil bo`ladi
1.1.2-chizma. Python dasturini o`rnatishni boshlashni ko`rsatuvchi oyna
Bu yerda Install for all users-barcha foydalanuvchilar uchun. Install just for me–
faqat siz uchun, agar buni tanlab istalyatsiya qilsak ya’ni o`rnatsak Windows Vista
operatsion sistemasida xatolik yuz beradi va dastur ishlamaydi. Shuning uchun
Install for all users ni tanlaganimiz maqul. Keyin next tugmasi bosamiz.
1.1.3-chizma. Python dasturini o`rnatilish joyini ko`rsatish oynasi.
Bu yerda esa Python dasturlash tilini qayerda o`rnatilishi ko`rsatilayapti.
1.1.4-chizma. Python dasturini o`rnatilish jarayoni.
Python o`rnatilyapti va bir necha sekunddan so`ng quyidagi oyna namoyon bo`ladi:
.1.5-chizma. PIP kutubxonasini qo`shish jarayonida hosil boladigan oyna.
Bunda Console rejimida dastur ishga tushib pip kutubxonasini qo`shadi
1.1.6-chizma. Python dasturini o`rnatish tugallanganligi haqidagi muloqot oynasi.
Va dasturni o`rnatish muofaqqiyatli tugallandi.
1.2.Python tili sintaksisi, asosiy operatorlari.
• Satr oxiri instruksiyaning oxiri hisoblanadi (nuqta vergul shart emas)
• Har bir qator boshidagi bo`sh joy(отступ) muhim ahamiyatga ega. Kiritilgan
amallar bo`sh joylarning kattaligiga qarab bloklarga birlashadi. Bo`sh joy
istalgancha bo`lishi mumkin asosiysi bitta kiritilgan blok chegarasida bo`sh joy bir
xil bo`lishi kerak. Noto`g`ri qo`yilgan bo`sh joylar xatolik yuz berishiga olib kelishi
mumkin. Bitta probel bilan bo`sh joy hosil qilish yaxshi qaror emas uni o`rniga
to`rtta probel yoki Tab belgisini ishlatish kerak.
• Pythonga kiritilgan amallar bir xil shablonda yoziladi. Bunda asosiy amal ikki
nuqta bilan tugatiladi va uning orqasidan kiritilgan blok kodi ham joylashadi.
Odatda, asosiy amalning ostidagi satr bo`sh joy bilan ajratiladi.
• Bazan bir nechta amalni bitta satrga nuqtali vergul bilan ajratgan holda yozish
a = 1; b = 2; print(a, b)
Buni ko`p ham qo`llamang! Yaxshisi bunday qilmang, o`qishga noqulay.
• Bitta amalni bir nechta satrga yozish mumkin faqat aylana, to`rtburchak va
figurali qavslardan foydanish kerak.
if (a == 1 and b == 2 and
Kalit so`zlar
False – yolg`on.
True – rost.
None – “bo`sh” obyekt.
and – mantiqiy VA amali.
with / as – konteks menejeri.
break –tsikldan chiqish.
class – metod va atributlarda iborat.
continue – tsikldan keyingi iteratsiyaga o`tish.
def – funksiyani aniqlash.
del – obyektni yo`qotish.
elif – aks holda, agar.
else – for/else yoki if/elsega qarang.
for – for tsikli.
from – moduldan bir nechta funksiyani import qilish.
import – moduldan import.
is –xotirani bitta joyida 2 ta obyektni jo`natsa bo`ladimi.
lambda –yashirin funksiyani aniqlash.
not –mantiqiy inkor amali.
or –mantiqiy Yoki amali.
while – while tsikli.
Kommentariy.
Kommentariy # simvolidan keyin yoziladi va dastur kodini
o’qiyotgan dasturchi uchun eslatma bo’lib xizmat qiladi. Misol uchun:
print(‘salom dunyo!’) # print — bu funksiya
# print — bu funksiya
print(‘salom dunyo! ‘)
Komentariy dastur kodini o’qiyotganlar uchun foydali bo’ladi va dastur nima
qilishini oson tushunishga yordam beradi. Unga yechimdagi muhim joylarni, muhim
bo’lgan qismlarni yozish mumkin.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Python dasturlash tili: 1-dars
Python dasturlash tilini o’rganishga bag’ishlangan darslarni boshlamoqdamiz. Darslarimizda bu dasturlash tili imkoniyatlarini boshlang’ich o’rganuvchilar uchun tushunishga yengil – sodda tilda ifodalashga harakat qilamiz.
1-dars. Python’ni o’rnatish.
Python – bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo’lgan oz sonlik dasturlash tillari qatoriga kiradi. Va shu bilan birga unda dasturlash juda ham yoqimlik.
Rasmiy sayt – www.python.org
Python dasturlash tili muallifi – Gvido van Rossum (Гвидо ван Россум)
Kirish
Python samarador yuqori darajadagi ma’lumotlar strukturasi (предоставляет эффективные высокоуровневые структуры данных,) va oddiy, lekin samarador ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi.
Pythonning o’ziga xosligi
Oddiy, o’rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta’minot.
O’z dasturingizni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni xisobga olishingizga xojat qolmaydi.
Ko’plab platformalarda hech qanday o’zgartirishlarsiz ishlay oladi.
Interpretatsiya(Интерпретируемый) qilinadigan til.
Kengayishga (Расширяемый) moyil til. Agar siz dasturingizni biror joyini tezroq ishlashini xoxlasangiz shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu qismni python kodingiz orqali ishga tushirsangiz(chaqirsangiz) bo’ladi.
Juda xam ko’p hilma-hil kutubxonalarga ega.
O’rnatish
Agar siz biror GNU/Linux distributivini ishlatayotgan bo’lsangiz ko’p xollarda sizning tizimingizda python o’rnatilgan bo’ladi. Buni tekshirib ko’rish uchun terminalingizdan quyidagi buyruqni ishga tushirib ko’ring.
python -V
Agar sizda Python 3.4.3 yozuvi yoki shunga o’xshash yozuv xosil bo’lsa unda xammasi joyida.
Windows operatsiyalar tizimiga o’rnatish uchun www.python.org/downloads web saxifasiga o’tamiz va u yerdan oxirgi python versiyasini yuklab olamiz. Pythonni o’rnatish odatiy dasturlar ni o’rnatish kabi kechadi. Xech qanday qiyin joyi yo’q.
Keyingi bosqichda python interpretatorini buyruqlar qatoridan(командной строки) ishga tushira olishimiz uchun biz python o’rnatilgan joy manzilini PATH deb nomlanuvchi o’zgaruvchiga qo’shib qo’yishimiz kerak bo’ladi.
Misol uchun python C:\Python34\ manzilida o’rnatilgan bo’lsin.
Quyidagi rasmlarda bu amallar batafsil ko’rsatilgan.
Shu bilan pythonni o’rnatish tugallandi. Endi tekshirib ko’ramiz. Buning uchun windows + R tugmalarini bosamiz va cmd buyrug’ini yozin enter tugmasini bosamiz.
Xosil bo’lgan qora oynada python –version buyrug’ini ishga tushiramiz.
Agar sizda xam rasmdagidek yozuv xosil bo’lgan bo’lsa demak amallar to’g’ri bajarilgan.
Keyinga darslarimizda biz imkon qadar Linux/Ubuntu operatsiyalar tizimidan foydalanishga xarakat qilamiz.
Ushbu darsni tayyorlashda quyidagi manbalardan foydalanildi.