Press "Enter" to skip to content

Python dasturlash tili: 3.1-dars

Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik kriptovalutalar bozorida ham o‘smoqda. Hozircha Rossiya faqat tashqi savdo operatsiyalarida kriptovalutalar bilan to‘lov usulini sinovdan o‘tkazmoqda. Ammo Markaziy bank 2023 yilda transchegaraviy hisob-kitoblarni raqamli rublda — milliy raqamli valutada (CBDC) olib borish rejasini ishlab chiqmoqda. Hozirda ikkita variant bor, birinchisi — banklar o‘rtasidagi vakillik hisoblarining muqobili sifatida CBDC platformalarini integratsiya qilish bo‘yicha ikki tomonlama shartnomalar tuzish, ikkinchisi — davlatni, unda ishlaydigan turli mamlakatlarning raqamli valuta platformalari o‘rtasidagi to‘lovlarni amalga oshiradigan yagona integratsiya platformasiga ulash.

Tobutga kitob bilan ko‘milgan, «Brilliant qo‘l»dagi mayorning hayoti

Stanislav Chekan 1922 yilning 2 iyunida Rostov-Donda Yulian Yegorovich va Matilda Ivanovna oilasida tug‘ilgan. Uning ota-onasi fuqarolar urushida, Budyonniy qo‘shinida jang qilishgan, hatto jajji Stasikni Semyon Mixaylovich qo‘lida ko‘tarib yurgan ham edi.

Stasning onasini yuvosh Fil deb atardilar, alp kelbatli bu ayol Rostov shahridagi yarim hududni parvarish qilardi. Oradan o‘n yil o‘tib, 1932 yili Chekanlar oilasida yana bir bola – Volodya dunyoga keldi. Matilda Ivanovna o‘g‘illarini judayam yaxshi ko‘rar, ammo serg‘ayrat Stasning yomon bolalarga qo‘shilishidan xavotirda edi. Bu bejiz emas, o‘sha paytlarda Rostov-Don o‘g‘ri-talonchilar bilan tanilgandi.

Stanislav 15 yoshda bo‘lganida otasi Yulian Yegorovichni xalq dushmani sifatida hibsga olishdi. U oshpaz sifatida sovet askarlarini zaharlashni rejalashtirgan emish! Ko‘p o‘tmay, Matilda Ivanovnani ham qamashdi. O‘sha qo‘rqinchli yillarda nemis va polyak millatlarini xalq dushmani deb ayblash ayni muddao edi.

Besh yoshli Volodyani bolalar uyiga, Stanislavni esa mehnat koloniyasiga yuborishdi. U ilk bor mustaqil hayot bilan yuzma-yuz keldi. «Men och o‘tiribman, – deb eslagandi Chekan, – yon tomonda esa bayram namoyishi bo‘lib o‘tyapti. Bolakaylar «Baxtli bolaligimiz uchun o‘rtoq Stalinga rahmat» deb yozilgan plakat ko‘tarib olishgan».

Koloniyada sobiq aktrisa tarbiyachi bo‘lib ishlardi. U Stasning iste’dodiga e’tibor qaratdi va qo‘yarda-qo‘ymay drama to‘garagiga chaqirdi. Ammo Stas pasport olganidan so‘ng tunukachilik zavodiga qochib qoldi.

Oradan ikki yil o‘tgach, Matilda Ivanovna ozod qilindi. U avval Stasni, sal keyinroq esa Volodyani topdi. Yulian Yegorovichni esa «asirlik»dan Budyonniyning o‘zi xalos etdi. Er-xotin uzoq umr kechirdilar. Ular o‘tgan yillarini bir og‘iz jumla bilan tilga olishardi: «Biz kurortda bo‘lganimizda. »

Rostovda Stanislav teatr institutiga o‘qishga kirdi, Yuriy Zavadskoy kursini tanladi. Uning yonida qorachadan kelgan yigitcha tipirchilar, hayajonlanganidan burnigacha terlagandi. Tanishishdi. Yigitcha o‘zini Sergey Bondarchuk deb tanishtirdi. Ularning har ikkisi ham tanlovdan o‘tishiga ishonmasdi. Qarangki, 200 nafar da’vogardan faqat Stas va Sergey kursga qabul qilindi.

Ular hamisha birga edilar. Tushlik paytida Stasning otasi huzuriga – restoranga chopishardi. Qirq birinchi yili urush boshlandi. Stanislav oddiy askar bo‘lib ketdi. Novorossiysk ostonasida og‘ir yaralanganidan so‘ng front ansambliga o‘tkazishdi. U yerda Stas rassom Tina Mazenko-Belinskaya bilan tanishdi va fuqarolik nikohi asosida birga yashay boshladi.

1945 yili armiyaning Odessa teatri aktyori bo‘lgan Stanislav Chekan Bondarchukdan xat oldi: «Men VGIKka kirdim. Sen ham kel!» Ammo Chekan Moskvaga ko‘chib o‘tish arafasida turgandi – uni armiyaning markaziy akademik teatriga ishga taklif qilishgandi.

Urushdan keyingi yillarda Stanislav Yulyanovich kinoga kirib keldi va umrining asosiy qismini unga bag‘ishladi. «Polk o‘g‘li» , «Moviy yo‘llar» filmlaridagi rollari zig‘ircha ham mashhurlik keltirmadi. Chekan esa har safar o‘qidi, o‘zlashtirdi, o‘zini kinoaktyor sifatida ko‘raverdi. Nihoyat Igor Savenkoning «Taras Bulba» (1951) filmidagi ushoqdek lavhada iste’dodi bilan yarq etib ko‘rindi. Uning qahramoni bag‘ri keng oddiy aravakash bo‘lib, taqiqlangan qo‘shiqni xirgoyi qiladi.

Keyingi yili Chekan sarguzasht film bo‘lgan «Tog‘dagi zastava»da Marchenko rolini ijro etish uchun O‘rta Osiyoga keldi. Uning kartina rejissyori Konstantin Yudin bilan do‘stlashuvi katta ish berdi. 1956 yili Yudin rus sirkining mashhur artistlari – pahlavon Ivan Poddubniy va masxaraboz Vladimir Durov haqida «Kurashchi va masxaraboz» filmi ustida ish boshladi.

Konstantin Konstantinovich Stanislav Chekanni hech qachon mag‘lubiyatga uchramagan rus polvoni va kurashchisi Ivan Maksimovich Poddubniy roliga taklif qildi. Ammo Yudin filmni yakunlay olmay, 1957 yili vafot etdi. «Kurashchi va masxaraboz»ni afsonaviy kino ustasi Boris Barnet poyoniga yetkazdi.

50-yillarning oxirida Stanislav Yulyanovich bo‘lajak rafiqasi Nonnani uchratdi. Nonna Sergeyevna xotiralaridan: «Stanislav Yulyanovich xuddi fil jajji itga qaragandek menga qiziqish bilan boqdi». U eridan 17 yosh kichik edi. To‘y bo‘lib o‘tdi. 1960 yili ularning o‘g‘li Sergey tug‘ildi. Chekan kinoaktyorlar teatr-studiyasi tarkibida edi. U o‘ttiz yildan ziyod vaqt davomida (1958 – 1993) shu dargohda xizmat qildi.

Chekanning kinodagi rollari turli-tuman: komediyadan tragediyagacha. Epchil polvonlar, aroqxo‘rlar, zobitlar, askarlar, bosqinchilar, milliya xodimlari, haydovchilar, sport ustalari – Chekan qanchadan-qancha qahramonlarni o‘ynamadi, deysiz!

Leonid Gaydayning «Brilliant qo‘l» filmidagi militsiya xodimi Mixail Ivanovich rolidan so‘ng tomoshabinlar uni yanada yaxshi ko‘rib qoldilar. Artist shon-shuhratga ko‘mildi.

Chekan tomoshabinni jalb qilish mahoratiga ega bo‘lgan. U o‘z rolini samimiy o‘ynar, shu bois qahramonlari esda qolardi. «Tergovni bilimdonlar olib boradilar» serialining ilk lavhalaridanoq Chekan ijro etgan omadsiz o‘g‘ri Silinni his eta boshlaysan. Uning qahramoni – omborni o‘margan talonchi, jinoyat bilan qo‘lga tushgan, biroq butun kelbati va hamisha sevimli ayoli haqida gapirishi, ma’yus ko‘zlari o‘yga toldiradi: Silinning o‘zi qurbon emasmikan? Do‘sti deb o‘ylagan odam tomonidan ayovsizlarcha aldangan qurbon!

«Odam-amfibiya», «Ot bilan yurish», «Kunduzgi seansga ikkita chipta», «Menga ishoning, odamlar», «Va yana Aniskin» filmlari muxlislar tomonidan hozirgacha sevib tomosha qilinadi. Chekan qahramonlari – «Navbatdagi reys» dagi haydovchi, «Ikki hayot» dagi komissar Ivan Petrenko, «Urush va tinchlik» dagi Tixon Sherbatiy, qisqa metrajli «Shatakka olingan qiz»dagi botsman San Sanich bor bo‘yi bilan namoyon bo‘ladi. Aktyorning ulkan gavdasi, ovozi, asosiysi, iste’dodi – urush ko‘rgan, o‘z ishiga fidoyi artist iqtidori yarq etib ko‘zga tashlanadi.

Biroq artistning hayoti ko‘ngildagidek emasdi. Stanislav Yulyanovichning keng fe’li turli holatlar, kutilmagan voqealarga duch qilardi. «Chekan uchun chorakta ichimlik filni pashsha chaqqandek ta’sir qilmaydi», – deb hazillashishardi do‘stlari.

Stanislav Yulyanovich namunali ota bo‘lishga harakat qildi, biroq ichishni tashlamadi. Shu bois o‘g‘li bilan munosabatlari yaxshi emasdi. Sergey ziyrak, ko‘ngli nozik bo‘lib, otasi bilan faxrlanar, biroq uning aroqxo‘rligini qoralardi.

1991 yilning 5 sentyabida Polina Chekan – aktyorning nabirasi dunyoga keldi (u kelgusida teatr bilim yurtida tahsil olib, bir nechta filmlarda suratga tushdi).

Umrining oxirgi yillarida Stanislav Chekanni kasallik ko‘p azobladi, urushda orttirilgan jarohati qiynadi. Oyoqlari bo‘ysunmay qoldi. Shu bois Chekanni kinoga kam taklif qilishar, teatrda ham band emasdi. Aktyor ijodiy kechalar munosabati bilan mamlakat bo‘ylab yurar, polkdoshlari bilan uchrashardi. 1994 yili u xotiniga shunday dedi: «Bilasanmi, endi men yashamasligim kerak. Kasbim, u bilan birga esa hammasi ketib qolgan». Bu haqiqat edi.

Chekan qattiq og‘rib qoldi va Nonna Sergeyevna «Tez yordam» chaqirdi, u kelgunicha esa oynani urib sindirdi. Shifoxonada erining uch haftalik umri qolganini aytishdi – o‘tkir leykoz (qon hosil qiluvchi a’zolarning kasalligi). Nonna Sergeyevna umr yo‘ldoshiga o‘layotganini bildirmasliklarini iltimos qildi. Soddalik pand bermadi, aktyor bu haqda bilmadi.

Stanislav Yulyanovich Chekan 1994 yilning 11 avgustida hayotdan ko‘z yumdi. Nonna Sergeyevna erining tobutiga Lermontovning kitobini solib qo‘ydi.

Python dasturlash tili: 3.1-dars

Kommentariy # simvolidan keyin yoziladi va dastur kodini o’qiyotgan dasturchi uchun eslatma bo’lib xizmat qiladi.

print(‘Hello World!’) # print — bu funksiya

# print — bu funksiya

print(‘Hello World!)

Dasturingizda imkon qadar ko’p foydalik sharh yozishga harakat qiling.

Ular quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:

• yechimdagi muhim joylarni;

• muhim bo’lgan qismlarni;

• yechishga harakat qilayotgan muammolaringizni va boshqalarni;

Bularning hammasi sizni dasturingiz kodini o’qiyotganlar uchun foydalik bo’ladi va dasturingiz nima qilishini oson tushunishga yordam beradi.

Literal konstantalar

Literal konstanta son bo’lishi mumkin, misol uchun 5, 1.23, 9.25e-3 yoki

Ularning literal deb nomlanishiga sabab biz ularni qiymatini ishlatamiz xolos.

2 soni bu konstanta chunki uni qiymatini o’zgartirib bo’lmaydi.

Sonlar python dasturlash tilida 3 turda bo’ladi:

  1. butun sonlar,
  2. haqiqiy sonlar va
  3. kompleks sonlar.

• Butun songa misol 2.

• Xaqiqiy sonlarga misol 3.23 va 52.3e-4.

• Kompleks sonlarga misol (-5 + 4i) va (2.3 – 4.6i)

Satrlar – bu belgilar ketma-ketligi. Ko’p hollarda satrlar so’zlar jamlanmasidan tashkil topadi.

Satrlarni quyidagicha xosil qilish mumkin.

Bir tirnoqdan foydalangan holda.

Misol uchun: ‘Python dasturlash tili’

Qo’sh tirnoqdan foydalangan holda.

Misol uchun: ” Ismingiz kim?”

Bir tirnoq(‘) yoki qo’sh tirnoqni(“) 3marta takrorlash orqalik ko’p qatorlik satrlarni xosil qilish mumkin.

“‘Bu ko’p qatorlik satr. Bu uning birinchi qatori.

Bu uning ikkinchi qatori.

“Isming kim?”, – so’radim men.

U javob berdi: “Bond, James Bond.”

Satr konstantalarini birlashtirish uchun ularni yonma-yon joylashtirishning o’zi kifoya. Python avtomat ularni birlashtiradi. Misol uchun: “Ismingiz” “kim?” avtomat “Ismingiz kim?” ga aylanadi.

Eslatma: Bir tirnoq va qo’sh tirnoqdagi satrlar bir-biridan hech ham farq qilmaydi.

format metodi

Ba’zan satrni ba’zi bir ma’lumotlar asosida tuzish kerak bo’ladi. Bunda bizga format() metodi yordam beradi.

Quyidagi kodni str_format.py fayliga yozing va uni python interpretatori yordamida ishga tushiring:

print(‘ning yoshi — da.’.format(‘Swaroop’, 26))

print(‘Nima uchun Python bilan qiziqadi?’.format(‘Swaroop’))

Natija quyidagi rasmda ko’rsatilgan.

Bu qanday amalga oshadi:

Satrning ma’lum joylariga aniq bir qiymatni joylashtirish uchun satrning o’sha joylari ” va ” lar bilan belgilanadi. Python hisobni 0 dan boshlagani uchun birinchi belgilangan joyga 0 va ikkinchi belgilangan joyga 1 qo’yildi.

Biz bunday natijaga

‘Swaroop’ + ‘ning yoshi’ + ‘–‘ + str(26) + ‘da’ kabi yozib xam erishishimiz mumkin. Lekin ko’rib turganizdek bunday uslubda yozish qulay emas va biror xatolikka yo’l qo’yish oson.

Satrdagi ma’lum joylarni raqamlar bilan ifodalash shart emas. Quyidagicha yozsak ham bo’ladi:

print(‘<>ning yoshi — <> da.’.format(‘Swaroop’, 26))

print(‘Nima uchun <> Python bilan qiziqadi?’.format(‘Swaroop’))

va yuqoridagi kabi natija olish mumkin.

‘format’ metodi imkoniyatlari.

Kasr qiymatini mingdan bir aniqlikda olish mumkin:

Satrni ma’lum uzunlikkacha to’ldirish berilgan satrni markazda saqlagan holda:

Kalit so’zlar yordamida satrni xosil qilish:

>>>’ning yozgan kitobi dasturlash tili xaqida’.format(name=’Swaroop’, lang=’Python’)

‘Swaroopning yozgan kitobi Python dasturlash tili haqida’

‘format’ metodi imkoniyatlariga keyinchalik yana qaytamiz.

«Pythonda dasturlash asoslari»

Ushbu kitob bugungi kunda dasturlash asoslariga oid o’zbek tilidagi mukammal tuzilgan qo’llanmalardan biridir. Qo’lingizdagi kitobning o’ziga xos jihati shundaki, uning har bir bo’limi uchun tayyorlangan qo’shimcha onlayn materiallar, jumladan, 50 dan ortiq video darslar, amaliy mashg’ulotlar va vazifalarning kodlari e’tiboringizga havola etilgan. O’quvchilar bu materiallarni maxsus QR kod yordamida o’z komputerlariga yuklab olib, ulardan unumli foydalanishi mumkin.

Muallif: Anvar Narzullayev
Nashriyot: «Akademnashr»
Hajmi: 336 bet
Sana: 2021
ISBN: 978-9943-6964-5-7
Muqovasi: qattiq

1-bob. Kompyuter va dastur.

2-bob. IIk qadamlar.

3-bob, O‘zgaruvchilar va maʼlumot turlari.

4-bob. Shartlar va tarmoqlanish.

5-bob. Lug‘at va to‘plami.

6-bob. While sikli

7-bob. Xatolar bilan ishlash.

9-bob. Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash

10-bob. Fayllar bilan ishlash.

11-bob. Dasturni tekshirish.

13-bob. “Son topish” va “so‘z topish” o‘yinlari.

14-bob. Veb -dastur yaratamiz

15-bob. Tarjimon telegram boti

ITUz.BlogSpot

Java dasturlash tili yuqori darajali, zamonaviy va kuchli dasturlash tillaridan biridir. Java dasturlash tili 1990-yili dezaynlashtirilgan va u payti Sun Microsystems kompaniyasiga tegishli bo’lgan. Xozir esa Oracle kompaniyasiga tegishli.

1995-yili James Gosling tomonidan Sun Microsystems kompaniyasining kompanenti bo’lib realizatsiya bo’lib ishlab chiqilgan (Java 1.0 [J2SE]).

Sun Microsystems Java dasturlash tilining keying versiyasini boshqacha nomladi, Java 2.0 versiyasi Java SE, Java EE va Java ME nomlari berildi. Bu narsalar unga quyidagi eng zo’r imkoniyatlardan birini berdi : WORA – Write Once, Run Anywhere. Ya’ni bir marta yoziladi, xohlagan joyda ishga tushiriladi.

Java quyidagi imkoniyatlari bilan boshqa tillardan ajralib turadi :
Obyektga yo’naltirilganligi, Java dasturlash tilida hamma narsa obyekt

Platformaliligi – Java dasturlash tili C va C++ dasturlash tillariga ko’p jihatdan o’xshash, lekin Java C va C++ ning xatoliklari va hokazolardan xoli qilingan. Java dasturlash tilida dasturni boshda bayt kodga o’giriladi (byte code), keyin qaysi platformada, ya’ni qaysi operatsion sistemaga qarab shu platforma uchun mashina kodiga o’giriladi va ishga tushiriladi. Bayt kod JVM ya’ni Java Virtual Mashinasi orqali ishga tushiriladi. Bu JVM dasturi xozirda hamma kompyuterlarda o’rnatilgan bo’ladi.

Oddiylig: Java dasturlash tili o’rganish uchun va ishlash uchun juda soda qilingan. Shuning uchun boshlovchi dasturchilarga aynan shu til taklif qilinadi. Agar siz OOP haqida bilimlarga egamisiz, demak siz tez kunda Java dasturlash tili bo’yicha master bo’laolasiz. Chunki OOP [ (object oriented programming) ] Java dasturlash tilining ildizi desak ham bo’ladi.

Kuchli himoyaga ega ekanligi: Java kodlarini ishga tushiruvchi dasturlar kodlarni xavfsiz qilib keyin bizga ishlatish uchun xizmat qiladi.

Dinamikligi: Java dasturlash tili o’zi C va C++ lardan kuchlidir. To’g’ri har bir dasturlash tilining o’z yo’nalishi bor. Shunday bo’lsada xozirda Java dasturlash tili birinchilikni qo’lda saqlab kelyabti. Buning yana bitta sababi til dinamikligi. Bu degani Java dasturlash tilining o’zi hisob kitob jarayonida xotirani tejab beradi.

Java dasturlash tilining imkoniyatlarini sanab chiqamiz desak, adog’iga yetmaymiz. Shuning uchun shu yerda to’xtatamiz.

Java dasturlash tilida ishlash uchun nimalar kerak? Kompyuter xarakteristikasi qanday bo’lishi kerak? Shu savollarga javob beramiz

Python dasturlash tili haqida kitob

Urushni davom ettirayotgan Rossiya uchun asosiy muammolardan biri bu tashqi savdo hisob-kitoblarini qanday hal qilish masalasidir. Rossiyaning yirik banklari SWIFT tizimidan uzib qo‘yildi, transchegaraviy operatsiyalar uchun kanallar soni keskin kamaydi, dollar va yevroda valuta operatsiyalarini amalga oshirish ancha qiyinlashdi. Hukumat eksport uchun pul olish va import uchun to‘lovni amalga oshirishning yangi sxemalari va yechimlarini izlashga majbur bo‘ldi.

Agar 2022 yil bahorida urush uzoq davom etmasligi va avvalgi tartiblarga qaytish mumkinligi haqida hali ham kichik umid bo‘lgan bo‘lsa, hozir vaziyat juda chigal. Kreml ayni vaqtda hatto Eronda keng tarqalgan «havala» to‘lov tizimidan foydalanish masalasini muhokama qilishga ham tayyor, bu tizim pul yuvishga qarshi qonunlar tufayli ko‘plab mamlakatlarda noqonuniy hisoblanadi.

Hukumat va biznes milliy valutada operatsiyalar amalga oshirish, barter, naqd to‘lovlar va boshqa sxemalarga o‘tishga harakat qildi, biroq 2022 yil uchun tizimli yechim topilmadi. Ammo ushbu qidiruvlar davomida allaqachon aniq trend shakllandi: asosiy e’tibor kriptovalutalarga va to‘lovlarni yuanlashtirishga qaratildi. Bu esa, o‘z navbatida Rossiya iqtisodiyotining barcha xavflar bilan birga Xitoy valutasiga qaramligini tez sur’atlar bilan oshirib boryapti.

Dollardan yuanga

Iqtisodiy mustaqillik Vladimir Putin dunyoqarashiga ko‘ra, suverenitet asoslaridan biridir. G‘arb moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash orqali Rossiyaning ushbu sohadagi zaifligini ko‘rsatdi, ya’ni Rossiya hukumati uchun hozirda asosiy vazifa dollarni chetlab o‘tgan holda (ya’ni Amerika banklaridagi vakillik hisoblarisiz), boshqa davlatlar bilan hisob-kitob qilish imkonini beradigan yangi yechim yaratishdir.

Agar hisob-kitob mexanizmi, qoida tariqasida, moliyaviy ma’lumotlarni uzatishning an’anaviy kanallaridan mustaqil bo‘lsa bu yanada yaxshi xabar. Chunki bunday tizim sabab sanksiyalar, jurnalistlarning e’tibori va boshqa yoqimsiz narsalardan qo‘rqishga hojat qolmaydi.

Biroq Kreml dollardan mustaqillik haqida xayol surayotgan bir paytda, reallikda muqobil variantlar yo‘qligi Rossiya firmalarini rubl va Xitoy yuanidagi operatsiyalarni amalga oshirishga majbur qilmoqda.

Urushdan oldin ham Rossiya banki Rossiya moliya sektorining Moskvaga qarshi sanksiyalar qo‘llagan G‘arb davlatlari valutalariga, birinchi navbatda, AQSh dollariga bog‘liqligini kamaytirish yo‘lidan borayotgandi.

Urush boshlanib, sanksiyalar kengaytirilgach, bu jarayonni tezlashtirishga to‘g‘ri keldi. 2022 yilning uchinchi choragida Rossiya bank tizimidagi valuta aktivlari darajasi 15 foizga tushib ketdi, bu tarixdagi eng past qiymat bo‘ldi. To‘qqiz oy ichida Rossiya bozorida dollardagi hisob-kitoblar ulushi 52 foizdan 34 foizga, yevrodagi amaliyotlar esa 35 foizdan 19 foizga kamaydi. Ularning o‘rnini rubl (12,3 foizdan 32,4 foizgacha) va yuandagi (0,4 foizdan 14 foizgacha) hisob-kitoblar egalladi. Yuanning ulushi birja savdolarida ham keskin oshdi — 3 foizdan 33 foizga.

Dollar va yevrodan foydalanish xavfini minimallashtirish istagi firmalarni savdo operatsiyalari uchun yuandan tobora ko‘proq foydalanishga majbur qildi, banklar yuan vositalarini taklif qila boshladi, kompaniyalar Xitoy valutasida obligatsiyalar chiqardi. 2023 yilda Moliya vazirligi budjet yuritish qoidasini yangilaydi. Budjetning neft va gaz daromadlari 8 trillion rubldan o‘tgandan keyingina vazirlik ochiq bozorda valuta sotadi yoki sotib oladi.

13 yanvardan 6 fevralgacha 54,5 milliard rubllik valuta sotish rejalashtirilgan. Valuta operatsiyalari uchun asos Moliya vazirligi hisobvaraqalaridagi taxminan 3,1 trillion rublni tashkil etadigan yuandagi likvid aktivlar (Milliy boylik jamg‘armasining likvid aktivlari tarkibidagi taqsimlash uchun mavjud bo‘lgan jami mablag‘ning 40 foizdan ortiq qismi) bo‘ladi. Bu miqdor hozircha katta emas va Rossiyadagi so‘nggi uch oydagi yuan aylanmasining atigi 3 foizini tashkil qiladi, xolos. Ammo umuman olganda, rubl kursi uchun bu o‘zgaruvchanlikning pasayishini anglatadi.

Moliya vazirligi operatsiyalari valuta tebranishlarini yumshatadi, neft narxi o‘zgarishi ortidan valuta kursida keskin sakrashlar kamroq bo‘ladi hamda ular firmalar va aholini bezovta qilmaydi, inflyatsion kutilmalarni pasaytiradi. Ammo Moliya vazirligi endilikda Xitoy valutasining barqaror manbasiga muhtoj. Moskva birjasida esa yuan tanqisligi yangi yil ta’tili oldidan allaqachon kuzatildi.

2022 yil oxirida Moliya vazirligi Milliy boylik jamg‘armasining (Rossiya davlat zaxira fondi) valuta tarkibiy qismi tuzilmasini ham qayta ko‘rib chiqdi: yuanning maksimal ulushi ikki baravarga oshib, 60 foizni tashkil qildi. Agar Rossiya 2023 yilda neft va gazdan qo‘shimcha daromad olishga muvaffaq bo‘lsa, u holda ularni dollar va yevroda emas, yuanda jamg‘aradi.

Rossiya hukumati faxrlanib ta’kidlayotgan dollarsizlashtirish aslida yuanlashtirishga aylanmoqda. Rossiya yuan valuta maydoniga intilmoqda va dollarga qaramlikni yuanga qaramlikka almashtirmoqda. Bunday almashuvni ishonchli deb atash qiyin: Rossiya zaxiralari va to‘lovlariga Xitoy kommunistik partiyasi va Xitoy Xalq bankining valuta kursini boshqarish bo‘yicha qarorlari bevosita ta’sir qiladi. Va agar Kremlning Pekin bilan munosabatlari yomonlashsa, zaxiralarni yo‘qotish yoki to‘lovlarni to‘xtatish xavfi yana paydo bo‘ladi.

Yuanning globallashuvi

Xitoydagi kapital operatsiyalari bo‘yicha mavjud cheklovlar tufayli yuan to‘liq zaxira valutasiga aylana olmaydi. Uning global zaxiralardagi ulushi (atigi 3 foiz) dollar (60 foiz) va yevro (20 foiz) gegemonligi fonida arzimas ko‘rinadi. Ammo Xitoyga yirik energiya eksport qiluvchi va u yerdan turli tovarlarni import qiluvchi Rossiyaning yuanga tobora ortib borayotgan qaramligi Xitoy hukumatiga yuanni xalqaro darajaga olib chiqishga yordam bermoqda. Oktyabr oyida Moskva Xitoydan tashqarida yuan bilan savdo qilish hajmi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Aprel oyida shahar bu borada o‘n beshtalikka ham kirmas edi.

Yuanning globallashuvi o‘ziga xos yo‘lga ega. Bu uning boshqa mamlakatlar zaxiralaridagi ulushining o‘sishi orqali emas, balki berilgan hisob-fakturalar va to‘lovlar soni ko‘payishi orqali amalga oshiriladi. Mamlakatlar Xitoy bilan qanchalik ko‘p savdo qilsa, ularning zaxiralaridagi yuanning ulushi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Xitoy yuandagi savdoni rag‘batlantirishda juda mohir, bunda u panda obligatsiyalari, Xitoy taraqqiyot banklari kreditlari, global kliring tarmog‘i va CIPS to‘lov tizimidan (SWIFT’ning analogi) foydalanadi.

Xitoy valutasi global to‘lovlarda dollar, yevro, ingliz funti va yapon iyenasidan so‘ng barqaror ravishda beshinchi o‘rinni egallaydi (iyenaga deyarli yetib olgan). Savdo ekspansiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun boshqa mamlakatlar bilan yuan swap-liniyalarini ochish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlar tuzilmoqda — Xitoy Xalq banki hozirda kamida 39 ta davlat markaziy banki bilan shunday kelishuvlarga ega bo‘lib, ushbu bitimlarning umumiy qiymati 3,7 trillion yuanga (550 milliard dollar) teng.

Favqulodda likvidlik liniyasi sifatida swap liniyalaridan foydalanadigan AQSh Federal zaxira tizimidan farqli o‘laroq, Xitoy Xalq banki ularni savdoni qo‘llab-quvvatlash vositasi sifatida ko‘radi. swap’lar hajmi odatda shartnoma imzolagan mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotiga nisbatan ancha katta.

Rossiyalik siyosatchilar yuanning xalqaro ekspansiyasi dollar qulashiga olib kelishini aytishni yaxshi ko‘rishadi. Ammo aslida bunday emas. Yuanning globallashuvi qanchalik kuchaysa, Xitoy hukumatining dollar zaxiralariga bo‘lgan ehtiyoji ham shunchalik ortadi. AQSh valutasi Xitoy hukumatiga ofshor bozorlarda, birinchi navbatda Hongkongda yuanning bashorat qilinadigan kursini qo‘llab-quvvatlash uchun kerak.

Shunday qilib, yuanning zaxira valutasi sifatida kuchayishi dollarning zaiflashishiga olib kelmaydi, aksincha, valutalar bir-birini to‘ldiradi. Moskva uchun bu birinchi navbatda Pekin dollarga nisbatan salib yurishida unga yomon ittifoqchi bo‘lishini anglatadi.

Kriptovaluta bo‘yicha hamkorlar

Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik kriptovalutalar bozorida ham o‘smoqda. Hozircha Rossiya faqat tashqi savdo operatsiyalarida kriptovalutalar bilan to‘lov usulini sinovdan o‘tkazmoqda. Ammo Markaziy bank 2023 yilda transchegaraviy hisob-kitoblarni raqamli rublda — milliy raqamli valutada (CBDC) olib borish rejasini ishlab chiqmoqda. Hozirda ikkita variant bor, birinchisi — banklar o‘rtasidagi vakillik hisoblarining muqobili sifatida CBDC platformalarini integratsiya qilish bo‘yicha ikki tomonlama shartnomalar tuzish, ikkinchisi — davlatni, unda ishlaydigan turli mamlakatlarning raqamli valuta platformalari o‘rtasidagi to‘lovlarni amalga oshiradigan yagona integratsiya platformasiga ulash.

Birinchi variant juda qulay: raqamli rubldan pul o‘tkazmalari yoki import uchun qisman to‘lov kabi transchegaraviy to‘lovlarni amalga oshirishda foydalanish mumkin. Ushbu variantdagi maqsadlar va summalar xalqaro shartnomalar bilan cheklanishi mumkin.

Ikkinchi variant texnologik jihatdan ilg‘orroq: platforma namunaviy standartlar va o‘zaro aloqa protokollariga ega bo‘ladi va shunga mos ravishda milliy raqamli valutasi kamroq rivojlangan davlatlar ularga muvofiq hamkorlik qiladi.

Ushbu CBDC varianti ma’lum xavflarni ham o‘z ichiga oladi: fiat valutaga (kursi bozor, bank zaxiralaridan emas, hukumat tomonidan ta’minlanuvchi valutalar) bog‘langan xorijiy raqamli milliy valutalar beqaror inflatsiya va valuta kurslari mavjud bo‘lgan mamlakatlarda faol jamg‘arma to‘plashi yoki to‘lovlarni CBDC’da to‘lashni rag‘batlantirishi mumkin.

Faqatgina Xitoy Rossiya uchun ikkala variantda ham sherik bo‘lishi mumkin. Xitoyda Alipay va WeChat Pay platformalari orqali raqamli tranzaksiyalar hajmi 2019 yilning birinchi yarmida 166,1 trillion yuanga (23,8 trillion dollar) yetgan edi. Bundan tashqari, Xitoy ikki yildan beri CBDC’ning prototipi bo‘lgan E-CNY’ni ichki pulning uchinchi shakli sifatida sinab ko‘rmoqda. 2022 yil kuz fasli o‘rtalarida xitoyliklarning 140 millionga yaqini E-CNY raqamli hamyoniga ega bo‘ldi va undagi tranzaksiyalar 62 milliard yuandan (9 milliard dollar) oshdi. Texnologik jihatdan rivojlangan Pekin, katta ehtimol bilan, platformaning ishlashi uchun o‘z shartlari va qoidalarni qo‘yadi, Moskva esa ikkinchi darajali rolga o‘tadi.

Strategik qullik

Rossiya rahbariyati Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik haqida gapirishni yaxshi ko‘radi va o‘zaro hamkorlikning chegarasi yo‘qligini ta’kidlaydi. Aslida esa, bu hamkorlik tobora kuchayib borayotgan iqtisodiy qaramlikka aylanmoqda.

Rossiya Xitoy tovarlari uchun ancha likvid bozor va G‘arb sanksiyalari tufayli Xitoy Rossiyaning asosiy savdo sherigiga aylandi. Xitoy firmalari parallel import dasturlariga qo‘shilib, Rossiyani tark etgan G‘arb kompaniyalari o‘rnini egallashga harakat qilmoqda. Misol uchun, Rossiya avtomobil bozorida hozirda faqatgina 14 ta brend qolgan va ulardan 11 tasi Xitoyniki.

Xitoyning UnionPay to‘lov tizimi rossiyaliklar uchun chet elda karta bilan to‘lov qilishning yagona yo‘lidir. 2022 yil oxiriga kelib Xitoy Rossiya tovar importining 40 foizdan ortig‘ini ta’minlay boshladi. Xitoydan yetkazib beriladigan ta’minotga qaramlik ko‘lami bo‘yicha Rossiya Shimoliy Koreyadan keyin ikkinchi o‘ringa chiqdi.

Rossiya rasmiylarining Xitoy Moskvaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam beradi, degan umidlari amalga oshmadi. Xitoy sanksiyalarga qo‘shilmadi, lekin joriy qilingan cheklovlarga ehtiyotkorlik bilan amal qildi. Bu paytda Rossiyaning Xitoyga iqtisodiy qaramligi yanada kuchayib bormoqda. Demak, Kreml o‘zining «Sharqqa burilishi» siyosatida hatto o‘z rejalariga zarar yetkazgan taqdirda ham Xitoyning geoiqtisodiy manfaatlarini hisobga olishga majbur bo‘ladi.