Python haqida tushuncha
Python Artificial Intelligence (Sun’iy intellekt) va Data Science (Ulkan ma’lumotlar bilan ishlash) sohalarining tili hisoblanadi. Bugungi kunda keng ommalashib borayotgan sun’iy intellekt asosida ishlovchi dasturlarning aksari Pythonda yozilgan.
Python Ma’lumot turlari.
Assalomu Alaykum ya’na bir yangi darsimizga xush kelibsiz! Bu maqolamda sizlarga ma’lumot turlari haqida tushunchalar berib o’taman! Dasturlashda ma’lumot turlari katta ahamiyatga ega! buni bilib quyish bilan dasturlash tilini katta qismini tushunib yetishingizga yordam beradi! O’zgaruvchilarda har xil turdagi ma’lumotlarni saqlash mumkin va har xil tip ga ega bo’lishi mumkin.
Python dasturlash tilida quyidagi ma’lumot turlari mavjud.
Matn turi: | str |
Raqam turlari: | int , float , complex |
Tarkib turlari: | list , tuple , range |
Xarita turi: | dict |
Turlarini o’rnatish: | set , frozenset |
Boolean turi: | bool |
Ikkilik turlari: | bytes , bytearray , memoryview |
Python dasturlash tilida ma’lumot turlari
Python dasturlash tilida type() Funktsiya yordamida istalgan ob’ekt ma’lumotlarini olishingiz mumkin. misol uchun: print(type(attribute))
n = 13 print(type(n))
Python haqida tushuncha
Python – mashhur dasturlash tili. U Guido van Rossum tomonidan 1991 yilda ishlab chiqilgan.
Bu dasturlash tili o’rganish uchun oson, foydalanish uchun qulay, ko’p qirrali dasturlash tili bo’lib, dasturlashga yangi kirganlar uchun ham, soha mutaxassislari uchun ham zo’r tanlov.
Python quyidagilar uchun ishlatiladi:
- veb-ishlab chiqish (server tomonida),
- dasturiy ta’minotni ishlab chiqish,
- matematik amallar,
- tizim skriptlari.
Bu dasturlash tilida nimalar qilishi mumkin?
- Python serverda veb-ilovalar ishlab chiqish uchun ishlatilinishi mumkin.
- Python ish oqimlarini yaratish uchun dasturiy ta’minot bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin.
- Python ma’lumotlar bazasi tizimlariga ulanishi mumkin. Bundan tashqari, u fayllarni o’qishi va o’zgartirishi mumkin.
- Python katta ma’lumotlarga ishlov berish va murakkab matematikani bajarish uchun ishlatilishi mumkin.
- Pythonni tezkor prototiplash yoki ishlab chiqarishga tayyor dasturiy ta’minotni ishlab chiqish uchun ishlatish mumkin.
Nima uchun aynan Python?
- Python turli xil platformalarda ishlaydi (Windows, Mac, Linux, Raspberry Pi va boshqalar).
- Python ingliz tiliga o’xshash oddiy sintaksisga ega.
- Python dasturlash tiliga bo’lgan talab yildan yilga oshib kelmoqda. CodingDojo portalining tadqiqotlariga ko’ra, 2020 yilda aynan Python tilida dasturlovchi mutaxassislarga eng ko’p talab bo’lgan.
- Python Artificial Intelligence (Sun’iy intellekt) va Data Science (Ulkan ma’lumotlar bilan ishlash) sohalarining tili hisoblanadi. Bugungi kunda keng ommalashib borayotgan sun’iy intellekt asosida ishlovchi dasturlarning aksari Pythonda yozilgan. Bu sohalardagi mutaxassislar bugungi kunda eng noyob va qimmatbaho kadrlar hisoblanadi.
- Keng qamrovli va universal til. Python dasturlari deyarli barcha operativ tizimlarda va platformalarda ishlaydi.
- O’rganish uchun ham, tushunish uchun ham juda qulay va sodda kod.
- Moslashuvchanlik —Python dasturlash tili ma’lum bir masalalarni yechish bilan chegaralanmagan. Bu til dasturchilarga yangi va yangi yo’nalishlarga ki’rish imkonini beradi. Python quyidagi sohalarda qo’llaniladi: Web va Internet dasturlash, kompyuter o’yinlarini yaratish, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash (DB), computer vision, foydalanuvchilar uchun grafik interfeys (GUI), juda tez rivojlanayotgan buyumlar interneti (IoT) texnologiyasi va hokazo.
Data Science / Sun’iy Intellekt
Agar siz ma’lumot bilan ishlab, uni tahlil qilmoqchi yoki machine learning yoki sun’iy intellekt bilan ishlamoqchi bo’lsangiz, Python sizning eng yaqin “do’stingizga aylanadi”.
Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun Pythonda juda muhim va ajoyib kutubxonalar mavjud. Ularning ba’zilari: Pandas, Numpy, Matplotlib, Seaborn, Tensorflow, Pytorch, scikit-learn, Keras, NLTK, OpenCV.
Bu kutubxonalar bilan siz data science va sun’iy intellekt bilan bog’liq tayyor loyihalarni qilishingiz mumkin.
Python bilan qilish mumkin bo’lgan ba’zi ommabop loyihalarni keltirib o’tamiz:
– Tilni qayta ishlash;
– Tavsiya tizimlari (masalan, musiqa, videolar va boshqalar);
Scripting deb vazifalarni avtomatlashtiradigan buyruqlar qatoridan tashkil topgan kichkina dasturlarga aytiladi.
Python haqida.
Python Artificial Intelligence (Sun’iy intellekt) va Data Science (Ulkan ma’lumotlar bilan ishlash) sohalarining tili hisoblanadi. Bugungi kunda keng ommalashib borayotgan sun’iy intellekt asosida ishlovchi dasturlarning aksari Pythonda yozilgan.
Keng qamrovli va universal til. Python dasturlari deyarli barcha operativ tizimlarda va platformalarda ishlaydi. Python dasturlash tili o’rganish uchun ham, tushunish uchun ham juda qulay va sodda kod.
Qayerlarda ishlatiladi?
Mashine learning,Sun’iy intellekt, veb dasturlash,data science, business applications,mobile ilovalarini ishlab chiqish, kompyuter ilovalarini ishlab chiqish, mikrokontrollerlar, veb saytlarni ishlab chiqish, IOT qurilmalari, devOps, tizim boshqaruvi va hatto video o’yinlar.
O’rganish darajasi: O’rganish va foydalanish oson
Dasturchilarning fikrlari: Stackoverflow so’rovnomasiga ko’ra, dasturchilarning 67,8 foizi ularga Python yoqishini bildirgan.
Dasturlash olamiga endigina qadam qo’yganlar uchun Pyhon ideal tildir.
O’rganish oson. Sintaksisi ingliz tiliga o’xshashligi uchun tez tilga moslashib olish mumkin. Bu esa boshqa tillarga nisbatan sizda “bosh og’riq” kamroq bo’lishini anglatadi
Yangi boshlanuvchilar uchun juda qulay bo’lishidan tashqari, u «universal» tildir, ya’ni u muayyan turdagi loyiha bilan cheklanmaydi va machine learning, sun’iy intellekt, data science va boshqa sohalarda qo’llanilishi mumkin.
1991-yilda yaratilgan bo’lsada, Python hozirda jadallik bilan o’smoqda.
Google (qidiruv tizimi va Youtube uchun) va Meta kabi yirik kompaniyalar Pythonning “kattalashtirish” imkoniyatini bergani uchun uni ishlatilishadi.
Nafaqat bunday yirik kompaniyalar, balki kichik va o’rta biznes ham Pythondan aktiv foydalanib, o’zlarining loyihalarida ishlatib kelishmoqda.
Hattoki, ko’plab dasturlashdan xabari bo’lmagan, marketologlar, moliyachilar Pythonda skript yozib, o’zlaridagi vazifalarni avtomatlashtirib, ishini yengillashtirmoqda.
Xulosa
1. Python o’rganish uchun eng oson dasturlash tillaridan biridir;
2. Kodni o’qish juda oson;
3. Loyihalarni kattartirish imkoniyatini beradi;
4. Python dasturlash tillari orasida eng katta kutubxonalarga ega. Python bilan deyarli hamma narsani qilishingiz mumkin;
5. U Obyektga Yo’naltirilgan dasturlash (OOP) til hisoblanadi;
6. Ochiq manbali dasturlash tili hisoblanadi;
7. Faol hamjamiyat. Savollaringizga tezda javob topishingiz mumkin.
Mohirdev ta’lim platofrmasi 6 oy davom etuvchi, onlayn Python Praktikum kursini taklif qiladi. Kursni Anaconda kompaniyasida ishlovchi Jahongir Rahmonov olib boradi.