Press "Enter" to skip to content

Python haqida tushuncha

Bu dasturlash tilida nimalar qilishi mumkin?

Python dasturlash tili haqida malumot

Python — boshlang‘ich bosqichdagi dasturchilar uchun eng mos dasturlash tilidir. Quyida keltirilgan 5 ta dalil — buning yorqin isbotdir.

1. Python deyarli hamma joyda ishlaydi.

Python deyarli hamma narsada ishlaydi, cho‘ntak kompyuterlari va smartfonlardan tortib tarmoq serverlarigacha. Phyton’ning Windows, Linux/UNIX, macOS va macOS X, iPhone OS 2.0 va undan kattaroq, Palm OS, OS/2, AS/400 va hattoki OS/390, Windows Mobile, Symbian va Android uchun versiyalari mavjud.

2. Python’ning ildizlari qadimiy.

Python ustida ishlash 1980-yillarning oxirlarida boshlangan va birinchi to‘liq versiyasi 1991 yilda paydo bo‘lgan. Shunday ekan, Python o‘z balog‘at yoshini nishonlaganiga uzoq vaqt bo‘lgan. Bu yetuk va rivojlanayotgan dasturlash tilidir, ayrimlar ishonganidek — hech ham o‘lik til emas.

3. Phyton yirik kompaniyalarda ham ishlatiladi.

Google, Yahoo, NASA, Industrial Light & Magic va hattoki Microsoft Python’dan foydalanishadi. Microsoft hattoki Python Developer Center’ni ochgan.

4. Python – dunyodagi eng mashhur dasturlash tillaridan biri.

TIOBE ma’lumotlariga ko‘ra, Python eng mashhur dasturlash tillari reytingida beshinchi o‘rinni egallagan. Birinchi o‘rinda — Java, keyingi o‘rinlarda — C, C++, C# tillari oilasi. Agar bu tillarning barchasi bir deb hisoblansa, Python uchinchi o‘rindadir!

5. Python’ni o‘rganish boshqa tillarga nisbatan ancha oson.

Python – oson o‘rganiladigan dasturlash tilidir. Dasturlashni ko‘p joylarda aynan shu tildan boshlash tavsiya etiladi. Bir kuni u qachonlardir Turbo Pascal egallab turgan faxriy mavqega ega bo‘lishi mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat. Yoqqan bo’lsa, albatta Layk bosing!

Mabrur Hayitboyev va yana 5 kishi layk bosishdi.

Python haqida tushuncha

Python – mashhur dasturlash tili. U Guido van Rossum tomonidan 1991 yilda ishlab chiqilgan.

Bu dasturlash tili o’rganish uchun oson, foydalanish uchun qulay, ko’p qirrali dasturlash tili bo’lib, dasturlashga yangi kirganlar uchun ham, soha mutaxassislari uchun ham zo’r tanlov.

Python quyidagilar uchun ishlatiladi:

  • veb-ishlab chiqish (server tomonida),
  • dasturiy ta’minotni ishlab chiqish,
  • matematik amallar,
  • tizim skriptlari.

Bu dasturlash tilida nimalar qilishi mumkin?

  • Python serverda veb-ilovalar ishlab chiqish uchun ishlatilinishi mumkin.
  • Python ish oqimlarini yaratish uchun dasturiy ta’minot bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin.
  • Python ma’lumotlar bazasi tizimlariga ulanishi mumkin. Bundan tashqari, u fayllarni o’qishi va o’zgartirishi mumkin.
  • Python katta ma’lumotlarga ishlov berish va murakkab matematikani bajarish uchun ishlatilishi mumkin.
  • Pythonni tezkor prototiplash yoki ishlab chiqarishga tayyor dasturiy ta’minotni ishlab chiqish uchun ishlatish mumkin.

Nima uchun aynan Python?

  • Python turli xil platformalarda ishlaydi (Windows, Mac, Linux, Raspberry Pi va boshqalar).
  • Python ingliz tiliga o’xshash oddiy sintaksisga ega.
  • Python dasturlash tiliga bo’lgan talab yildan yilga oshib kelmoqda. CodingDojo portalining tadqiqotlariga ko’ra, 2020 yilda aynan Python tilida dasturlovchi mutaxassislarga eng ko’p talab bo’lgan.
  • Python Artificial Intelligence (Sun’iy intellekt) va Data Science (Ulkan ma’lumotlar bilan ishlash) sohalarining tili hisoblanadi. Bugungi kunda keng ommalashib borayotgan sun’iy intellekt asosida ishlovchi dasturlarning aksari Pythonda yozilgan. Bu sohalardagi mutaxassislar bugungi kunda eng noyob va qimmatbaho kadrlar hisoblanadi.
  • Keng qamrovli va universal til. Python dasturlari deyarli barcha operativ tizimlarda va platformalarda ishlaydi.
  • O’rganish uchun ham, tushunish uchun ham juda qulay va sodda kod.
  • Moslashuvchanlik —Python dasturlash tili ma’lum bir masalalarni yechish bilan chegaralanmagan. Bu til dasturchilarga yangi va yangi yo’nalishlarga ki’rish imkonini beradi. Python quyidagi sohalarda qo’llaniladi: Web va Internet dasturlash, kompyuter o’yinlarini yaratish, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash (DB), computer vision, foydalanuvchilar uchun grafik interfeys (GUI), juda tez rivojlanayotgan buyumlar interneti (IoT) texnologiyasi va hokazo.

Data Science / Sun’iy Intellekt

Agar siz ma’lumot bilan ishlab, uni tahlil qilmoqchi yoki machine learning yoki sun’iy intellekt bilan ishlamoqchi bo’lsangiz, Python sizning eng yaqin “do’stingizga aylanadi”.

Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun Pythonda juda muhim va ajoyib kutubxonalar mavjud. Ularning ba’zilari: Pandas, Numpy, Matplotlib, Seaborn, Tensorflow, Pytorch, scikit-learn, Keras, NLTK, OpenCV.

Bu kutubxonalar bilan siz data science va sun’iy intellekt bilan bog’liq tayyor loyihalarni qilishingiz mumkin.

Python bilan qilish mumkin bo’lgan ba’zi ommabop loyihalarni keltirib o’tamiz:

– Tilni qayta ishlash;

– Tavsiya tizimlari (masalan, musiqa, videolar va boshqalar);

Scripting deb vazifalarni avtomatlashtiradigan buyruqlar qatoridan tashkil topgan kichkina dasturlarga aytiladi.

Python haqida.

Python Artificial Intelligence (Sun’iy intellekt) va Data Science (Ulkan ma’lumotlar bilan ishlash) sohalarining tili hisoblanadi. Bugungi kunda keng ommalashib borayotgan sun’iy intellekt asosida ishlovchi dasturlarning aksari Pythonda yozilgan.

Keng qamrovli va universal til. Python dasturlari deyarli barcha operativ tizimlarda va platformalarda ishlaydi. Python dasturlash tili o’rganish uchun ham, tushunish uchun ham juda qulay va sodda kod.

Qayerlarda ishlatiladi?

Mashine learning,Sun’iy intellekt, veb dasturlash,data science, business applications,mobile ilovalarini ishlab chiqish, kompyuter ilovalarini ishlab chiqish, mikrokontrollerlar, veb saytlarni ishlab chiqish, IOT qurilmalari, devOps, tizim boshqaruvi va hatto video o’yinlar.

O’rganish darajasi: O’rganish va foydalanish oson

Dasturchilarning fikrlari: Stackoverflow so’rovnomasiga ko’ra, dasturchilarning 67,8 foizi ularga Python yoqishini bildirgan.

Dasturlash olamiga endigina qadam qo’yganlar uchun Pyhon ideal tildir.

O’rganish oson. Sintaksisi ingliz tiliga o’xshashligi uchun tez tilga moslashib olish mumkin. Bu esa boshqa tillarga nisbatan sizda “bosh og’riq” kamroq bo’lishini anglatadi ��

Yangi boshlanuvchilar uchun juda qulay bo’lishidan tashqari, u «universal» tildir, ya’ni u muayyan turdagi loyiha bilan cheklanmaydi va machine learning, sun’iy intellekt, data science va boshqa sohalarda qo’llanilishi mumkin.

1991-yilda yaratilgan bo’lsada, Python hozirda jadallik bilan o’smoqda.

Google (qidiruv tizimi va Youtube uchun) va Meta kabi yirik kompaniyalar Pythonning “kattalashtirish” imkoniyatini bergani uchun uni ishlatilishadi.

Nafaqat bunday yirik kompaniyalar, balki kichik va o’rta biznes ham Pythondan aktiv foydalanib, o’zlarining loyihalarida ishlatib kelishmoqda.

Hattoki, ko’plab dasturlashdan xabari bo’lmagan, marketologlar, moliyachilar Pythonda skript yozib, o’zlaridagi vazifalarni avtomatlashtirib, ishini yengillashtirmoqda.

Xulosa

1. Python o’rganish uchun eng oson dasturlash tillaridan biridir;

2. Kodni o’qish juda oson;

3. Loyihalarni kattartirish imkoniyatini beradi;

4. Python dasturlash tillari orasida eng katta kutubxonalarga ega. Python bilan deyarli hamma narsani qilishingiz mumkin;

5. U Obyektga Yo’naltirilgan dasturlash (OOP) til hisoblanadi;

6. Ochiq manbali dasturlash tili hisoblanadi;

7. Faol hamjamiyat. Savollaringizga tezda javob topishingiz mumkin.

Mohirdev ta’lim platofrmasi 6 oy davom etuvchi, onlayn Python Praktikum kursini taklif qiladi. Kursni Anaconda kompaniyasida ishlovchi Jahongir Rahmonov olib boradi.

Python Ma’lumot turlari.

Assalomu Alaykum ya’na bir yangi darsimizga xush kelibsiz! Bu maqolamda sizlarga ma’lumot turlari haqida tushunchalar berib o’taman! Dasturlashda ma’lumot turlari katta ahamiyatga ega! buni bilib quyish bilan dasturlash tilini katta qismini tushunib yetishingizga yordam beradi! O’zgaruvchilarda har xil turdagi ma’lumotlarni saqlash mumkin va har xil tip ga ega bo’lishi mumkin.

Python dasturlash tilida quyidagi ma’lumot turlari mavjud.

Matn turi: str
Raqam turlari: int , float , complex
Tarkib turlari: list , tuple , range
Xarita turi: dict
Turlarini o’rnatish: set , frozenset
Boolean turi: bool
Ikkilik turlari: bytes , bytearray , memoryview

Python dasturlash tilida ma’lumot turlari

Python dasturlash tilida type() Funktsiya yordamida istalgan ob’ekt ma’lumotlarini olishingiz mumkin. misol uchun: print(type(attribute))

n = 13 print(type(n))

Python dasturlash tili haqida malumot

Python nima? Python haqida (ba’zi birlar “piton” deyishsa-da, “piton” deyish yaxshidir) – ushbu tadqiqot mavzusi ushbu dasturlash tilining yaratuvchisi, gollandiyalik Gido van Rossum tomonidan eng yaxshi aytilgan: “Python – bu izohlangan, ob’ektga yo’naltirilgan, dinamik -.

Python 176

2. Python uchun IDE muharrirlari

Python kompilyator rejimida ishlash qobiliyatiga ega, unda buyruqlar va operatsiyalar ular kiritilgandan so’ng darhol bajariladi. Python kompilyatori buyruq qatoriga python buyrug’ini kiritish orqali chaqiriladi. Kompilyator ishlashning namunasi (interfaol qobiq) rasm. 1.1&nbsp.

Python 219

3. Python dasturlash tili va sintaksisi

Python dasturi Python dasturi bir yoki bir nechta modullardan iborat bo’lishi mumkin. Har bir modul 7 bitli ASCII kodlash bilan mos keladigan shifrlangan matnli fayldir. Eng muhim bitdan foydalanadigan kodlashlar uchun kodlashning nomi aniq ko’rsatilishi kerak. .

Python 233

4. PYTHONDA MA’LUMOT TURLARI

O’ZGARUVCHI O’zgaruvchi —kompyuter xotirasida ma’lum bir qiymatni saqlash uchun ajratilgan joy. Pythonda qiymatlar son, matn, ro’yxat va hokazo ko’rinishida bo’lishi mumkin. O’zgaruvchilar qiymatlari o’zgarib turishi mumkin. Biz 3 ta o’zgaruvchi yaratdik (fam, ism va yoshi) va.

5. INPUT va SONLAR

Shu paytgacha biz o’zgaruvchilarning qiymatini dasturning ichida berayotgan edik. Keling endi qiymatni o’zimiz emas, balki dastur foydalanuvchilariga kiritish imkonini beramiz. Buning uchun input() funktsyasidan foydalanamiz. ism = input(“Ismingiz nima?”) print(“Assalom alaykum, ” + ism) Yuqor.

Python 163

6. PYTHONDA MA’LUMOT TO’PLAMLARI VA TURLARI

RO’YXAT(LIST) BILAN ishlash Avvalgi mavzuimizda biz o’zgaruvchi yaratish, va uning ichida biror qiymatni (matn yoki son) saqlashni o’rgandik. Bunda biz bitta o’zgaruvchiga bitta qiymat berdik xolos. Bugun o’rganadigan navbatdagi mal’umot turi Ro’yxar (List) deb ataladi. Ro’yxat.

7. Chiziqli dasturlar. Raqamlar va satrlar bilan ishlash

Chiziqli dasturlar – bu hisoblar qat’iy ketma-ketlikda bajariladigan dasturlar. 1-topshiriq. A va b ikkita son berilgan. Ularning qiymatlari o’rni almashtirish amali bajarilsin. Masalani qo’yilishi: Ba’zi bir qiymatlarga ega.

Python 271

8. Pythonda shart operatorlari

Masalalarni echishda eng muhim elementlardan biri bu “shart” deb nomlangan va bu “agar to’g’ri borsang, boshingni yo’qotasan, to’g’ri ketasan va otingni yo’qotasan. ” yoki ko’proq oddiygina vaziyat “agar. bo’lsa”. aks holda. Agar “Shart” blokida ko’rsatilgan shart bajarilsa, “YES shart” ga (.

Python 1179

9. Pythonda siklik operatorlar.

Takrorlanuvchi algoritm yoki dasturning bir necha marta (shu jumladan nol marta) takrorlanishi mumkin bo’lgan qismidir. Har bir siklik tashkil etuvchilar sikl sarlavhasi bilan boshlanadi va yakuniy tasdiq bilan tugaydi. Ularning orasida “sikl tanasi” deb nomlangan operatorlar mavjud. .

10. LUG’AT HAQIDA TUSHINCHA VA U BILAN ISHLASH

Lug’at Pathon dasturlash tilining turi hisoblanadi va u ikki qismdan tashkil topgan: kalit so’z va izoh (yoki tarjima). Lug’atlar <> qavsda keltiriladi. Sodda lug’atga misol keltiramiz: talaba= <’familiya’:’Aliyev’,’ismi’:’Salim’>Bu.