Press "Enter" to skip to content

Python dasturlash tili haqida tushuncha

Ko‘pchilik uni taniganlar yillar davomida kamtarin, o‘qimishli va yumshoqtabiat bu odam hatto pashshaga ozor bermagan deb hisoblagan.

Python dasturlash tili haqida tushuncha

Данный сайт посвящен различным языкам и технологиям программирования, компьютерам, мобильным платформам и ИТ-технологиям. Здесь будут выкладываться различные руководства и учебные материалы, статьи и примеры.

На сайте можно найти материалы по таким направлениям, как язык C# и семейство технологий (ASP, WPF, Entity Framework и т.д.), технологии на базе Java ( Java SE, программирование под ОС Андроид и т.д.), Python, Dart (в том числе Flutter), работа с базами данных (MS SQL Server, MySQL, MongoDB) а также WEB-технологии, такие как HTML5, AJAX, jQuery, Node.js, ExtJS, Angular, React и др.

Поскольку жизнь не стоит на месте, все материалы по возможности дополняются и обновляются, чтобы соответствовать духу времени и не терять своей актуальности.

По всем вопросам касательно сайта пишите по адресу metanit22@mail.

Спасибо за посещение сайта.

Что нового

Добавлена статья про Упаковка и распаковка в Python

OpennetUZ

Salom. Manimcha ko’pchilik unicode haqida eshitgan bo’lsa kerak. Ushbu maqolam ham web dasturlashga kirib kelib, nimaga saytimda “ҲҒҚЎ” harflari o’rnida “?” belgisi chiqib qolyapti degan savollarni bergan dasturchilarga bag’ishlamoqchiman. Chunki bir paytlar o’zim ham shu savolni berganman.

Godot dagi birinchi o’yinim.

Salom. Ochig’i o’yin tuzishga kompyuter degan matoxni ko’rganimdan beri qiziqaman. Shu qiziqishlarim samarasi mana asta sekin chiqishni boshladi. Shu kungacha OpenGL va 3D grafika haqida o’qimagan kitoblarim qolmadi desam ham bo’ladi. Ancha tushunchaga ega bo’lgan paytimda o’rtada engine degan narsani topib oldim.

C++ dasturlash tilini o‘rganamiz (boshlovchilar uchun). I DARS

Sanoq sistemalari va dastur haqida tushuncha.

Barcha OpenNet a’zolariga alangalik salom! Bugundan boshlab dasturlashga qiziquvchilar (lekin bu sohada bilimi kam bo‘lganlar) uchun bu olamga birgalikda C++ tili misolida kirib boramiz. Yozganlarimni kimgadir foydasi tegsa juda xursand bo‘laman.

Pythonda client/server umumiy kanalli chat dasturi

Salom. Shu kunlarda Python ni o’rganyapman. Ochig’ini aytsam man pythonda kod yozish yoqdi. Chunki kodni TAB ni bosmasdan yozib bo’lmaydi. Bu degani kodingiz har doim chiroyli ko’rinishda bo’ladi. Ayrim dasturchilarga o’xshab bir qatorda yozolmaysiz (ayrim holalrdan tashqari).

Python class va functionlar (OOP)

Xammaga salom,
Bugun classlar bilan birgalikda funksiyalarni yana bir takrorlaymiz, va yana albatta yozgan kodimizda yangi uchragan amallarga izoh keltirishga harakat qilaman.

Python va asosiy amallar

Xammaga yana bir bor salom,
Ushbu maqolada python (va dasturlash) asoslarini ko’rib chiqamiz, aniqroq: sikllar, shartlar, funksialarni yaratish va ulardan foydalanishni ko’rib chiqamiz. Dasturlash asoslaridan ozgina bo’lsa xam habaringiz bor deb hisoblayman 🙂 ha aytganday pythonni xamma har xil uqidi, piton, payton buyogi o’zingizga hovola.

Salom Python

Xammaga salom,
shu kunlarda pythonda ko’p ishlashimga to’g’ri kelyapti. Bilmaganlar uchun bu erdagi Python bu ilon emas, a dasturlash tili. Bu judayam keng tarqalgan tillardan biri bo’lib linux tizimidagi ko’p programmalar shu tilda qilingan. Undan tashqari bu tilda Web saytlar xam ko’p ishlab chiqilmoqda. Pythonda web uchun asosan django, tornado va hakozo frameworklari mavjud. Python seriasidagi maqolalarni xozircha uzun qilib yozish niyatim yo’q. 0 dan o’rganishni istaganlar bo’lsa bemalol qo’shilib commentlarda yoki forum.opennet da savollarini berishi mumkin. Bugungi maqolamda ananalarga ko’ra «Salom Dunyo»dan boshlayman.

Dasturlash tillariga oid o’zbekcha kitoblar(TAS – IX)

Quyidagi kitoblarning barchasini TAS IX dan yuklab olish mumkin.
Bu ro’yxatga yana boshqa kitoblarni ham qo’shishga harakat qilamiz.
Agar sizga quyida keltirilgan kitoblardan boshqa o’zbek tilidagi yaxshi kitoblar bo’lsa, uni ham qo’shib qo’yishimiz mumkin.
Kitoblarni dsq2190@gmail ga yuborishingiz mumkin. Biz siz yuborgan kitoblarni ham ushbu ro’yhatga qo’shib qo’yamiz

C++ da konsolni ushlab turish.

C++ da konsol loyihalar bilan ishlaganimizda konsol natijani chiqaradiyuv va faoliyatini to’xtatadi.
Bizning bu kichik maqolamiz ayni shu muammochani ikkita yo’l bilan yechishga qaratilgan.

Dasturlash bo‘yicha video-dars tayyorlaymiz!

O‘tgan safargi maqolam dasturlashni qaysi usulda o‘rganish eng samarali degan mavzuda bo‘lgandi va o‘zbek tilida video-darslar kamligi haqida ham aytib
o‘tgandim. Bugun shu bo‘yicha sizlarga ayrim o‘rganganlarimni ulashmoqchiman.

Python dasturlash tili haqida tushuncha

Ahmedova Odinaxon Abdullajon qizi,

Andijon davlat universiteti o‘qituvchisi,

Kalit so’zlar: lingvokulturologiya, lingvokulturema, madaniyat, antroposentrizm, fenomen, lingvokulturologik tahlil, paradigma, moddiy va ma’naviy madaniyat.

XX asrning 90 – yillarida tilshunoslik bilan ma’daniyatshunoslik orasida yangi fan sohasi, lingvokulturologiya (lingvomadani-yatshunoslik) paydo bo’ldi. U tilshunoslikning mustaqil yo’nalishi sifatida tan olindi. Lingvokulturologiyaning shakllanishi haqida deyarli barcha tadqiqotchilar ushbu nazaryaning ildizi V. fon Gumboldtga borib taqalishini ta’kidlaydilar.

Lingvokulturologiya sohasida jiddiy tadqiqotlar yaratgan V.A. Maslova ushbu sohaning rivojini 3 bosqichga ajratadi:

1) fan shakllanishiga turtki bo’lgan dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi (V. Fon Gumboldt, E.Benvnist, L.Vaysgerber, A.A. Potebnya, E.Sepir) kabi tilshunoslarning ishlari );

2) lingvokulturologiyaning alohida soha sifatida ajratilishi;

3) lingvokulturologiyaning rivojlanish bosqichi;

XXI asr boshiga kelib lingvokulturologiya dunyo tilshunosligidagi yetakchi yo’nalishlardan biriga aylanib ulgurdi. Lingvokulturologiya tilni madaniy fenomeni sifatida o’rganuvchi fan bo’lib, o’zaro aloqadorlikda bo’lgan til va madaniyat uning predmetini tashkil etadi. Jumladan, V.N. Teliya bu haqida shunday yozadi: “Lingvokulturologiya inson omiliga, aniqrog’i insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shuni bildiradiki, lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo’lgan inson to’g’risidagi antropologik paradigmaga xos bo’lgan yutuqlar majmuasidir” [3.222]

V.V.Vorobyev “lingvokulturologiya – sintezlovchi toifadagi kompleks ilm sohasi bo’lib, u madaniyat va til o’rtasidagi o’zaro aloqalar va ta’sirlashuvlarni o’rganadi. Bu jarayonni yagona lisoniy va nolisoniy (madaniy) mazmunga ega birliklarning yaxlit tarkibi sifatida mazkur jarayonni zamonaviy nufuzli madaniy ustuvorliklarga (umuminsoniy me’yorlar va qadryatlar) qaratilgan tizimli metodlar yordamida aks ettiradi”, – deb ko’rsatadi. Ushbu tushunchalarning o’zaro farqli jihatlarini professor O’. Yusupov quydagicha izohlaydi. “Lingvokulturema – o’z semantikasida (ma’nosida) madaniyatning biror bo’lagini aks ettiruvchi til yoki nutq birligi.

Lingvokulturemalarga madaniyatning biror bo’lagini aks ettiruvchi so’zlar, frazeologik birliklar, so’z birikmalari, gaplar, paremiyalar, murakkab sintaktik butunliklar, matnlar va hokazolar kiradi. Lingvokulturema mazmun va ifoda planiga ega, ifoda plani yuqorida ko’rsatilgan birliklar, mazmun planini esa o’sha birliklarning semantikasi tashkil qiladi. Demak, lingvokulturema kontseptdan o’zining mazmun va ifoda planiga ega bo’lishi bilan farq qiladi, lingvokulturologiya uchun xalq madaniyatini lisoniy ko’rinishda namoyon etish asosiy vazifa hisoblanadi. Uningcha, “lingvokulturema” tushunchasi qiyosiy tilshunoslik uchun foydali, “zero til – madaniy fakt, biz meros qilib oladigan madaniyatning tarkibiy qismi va ayni paytda qurol hamdir. Xalq madaniyati til orqali verballashadi, aynan til madaniyatining tayanch, asosiy tushunchalarini harakatga keltiradi va ularni belgilar ko’rinishida, ya’ni so’zlar vositasida ifoda etadi” [4.15].

Agar madaniyatshunoslik insonning tabiat, jamiyat, san’at, tarix va boshqa ijtimoiy va madaniy borliq sohalarida o’z-o’zini anglash xususiyatini o’rgansa, tilshunoslik tilda dunyo lisoniy manzarasining mental modellari sifatida aks etuvchi dunyoqarashni o’rganadi. Lingvokulturologiyaning asosiy tadqiqot predmeti esa doimiy o’zaro ta’sirlashish holatida bo’lgan ham til, ham madaniyat hisoblanadi.

“Madaniyat” lotincha “Colere” so’zidan olingan bo’lib, “ishlov berish, tarbiyalash, rivojlanish, hurmat qilish, ibodat” ma’nolarini anglatadi. XVIII asrdan boshlab “madaniyat” atamasi inson faoliyatining mahsuli bo’lgan barcha narsalarga nisbatan qo’llanila boshlagan. Bu ma’nolarning barchasi “madaniyat” so’zining qo’llanilishida saqlanib qolgan, ammo aslida bu so’z “insonning tabiatiga maqsadli ta’siri, tabiatning inson manfaatlari uchun o’zgartirilishi , ya’ni yerga ishlov berilishi” (qishloq xo’jalik madanyati) degan ma’noni anglatgan. Keyinchalik “madaniyat” atamasi bilimdon, marifatli, yuksak tarbiyali insonlarni tariflashda ham ishlatila boshlagan. Hozirga kelib “madaniyat” atamasining fan va amaliyotning turli sohalarida 500 dan ortiq variantda ishlatilishi ma’lum [6. 1-2].

Mualliflarning madaniyatga bergan ta’riflari umumlashtirilsa, madaniyatga butun tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tomononidan yaratilgan va yaratilayotgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar yig’indisi” deb ta’rif berish mumkin. Shunga asosan madaniyatning ikki turi farqlanadi: 1) moddiy madaniyat; 2) ma’naviy madaniyat; Moddiy madaniyat inson faoliyati tufayli yaratilgan “ikkinchi tabiat”, ya’ni ishlab chiqarilish vositalari, mehnat qurollari, mehnat ko’nikmalari, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan hayot uchun hizmat qiladigan barcha boyliklarni anglatadi. Ma’naviy madaniyatning qamrovi behad keng bo’lib, u ijtimoiy ongning barcha shakllari, ya’ni falsafiy, ilmiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlar, maorif, ta’lim-tarbiya, maktab, o’rta va oliy ta’lim, fan, madaniyat muassasalari, ommaviy axborot vositalari, san’at, xalq ma’naviy ijodiyotning barcha turlarini qamrab oladi. Moddiy va ma’naviy madaniyat bir biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, biri ikkinchisini to’ldiradi. Masalan, moddiy boylikning biror turini inson aql-zakovatisiz, tafakkurisiz, aqliy mehnatisiz yaratib va takomillashtirib bo’lmaydi. Demak, moddiy madaniyatni barpo etish zamirida ma’naviy madaniyat ham yotadi. Har qanday moddiy va ma’naviy madaniyat durdonalari inson aqliy va jismoniy mehnati sintezi asosida yuzaga keladi. Ma’naviy ma’daniyat voqealikni badiiy aks ettirish va o’zlashtirish vositasidir. Moddiy madaniyat dunyo va insonlarning moddiy hayot sharoitlari bilan, ma’naviy madaniyat esa urf-odat, rasm-rusm, an’ana, marosim va milliy qadriyatlar bilan chambarchars bog’liqdir.

Madaniyat qanchalik chuqur va tafsilotlari bilan o’rganilsa, uning inson fikrlashi bilan bog’liq ekanligi yakdil seziladi. Shunday ekan, inson ko’z o’ngida aks etgan voqea-hodisalarni madanyati orqali ongiga singdirishga hamisha intiladi. Ma’lumki, insonlar ma’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda yashaydilar, u yoki bu milliy tilda so’zlashadilar va ular muayyan milliy ma’naviyat va madaniyatga ega. Milliy ma’naviyat, uni ro’yobga chiqishida muhim o’rin tutadigan til madaniyati va nutq ma’naviyatining o’ziga xos xususiyatlari insonlarning lisoniy kognitiv faoliyatida o’z aksini topadi. Masalan, stol ustidagi biror narsani yerga tushib ketishidagi emotsional holatni ingliz ayoli “Oaps”, nemis ayoli “Mein Got!”, rus ayoli “Боже мой!”, o’zbek ayoli esa “Voy, o’lay” tarzlarida ifodalaydi. Turli millatlarga mansub bo’lgan ayollar til madaniyati va nutq ma’naviyatini qiyosiy tahlil qilish imkonini beruvchi ushbu misoldan ko’rinib turganidek, to’saddan sodir bo’lgan his – hayajonni ifodalashda hech qanday lug’aviy ma’noga ega bo’lmagan “Oaps!” undov so’zidan, nemis va rus ayollari o’z ajdodlarining til madaniyati va nutq ma’naviyatiga amal qilgan holda Allohni rozi qiladigan “Mein Got”, “Боже мой” so’zlaridan foydalanadilar. O’zbek ayoli esa bunday holda salbiy ma’noga ega bo’lgan “Voy, o’lay!” so’zlarini ishlatadi.

Insonning hayot kechirishida kerakli predmetlar hamda yuzaga keladigan voqea-hodisalarni madaniyat vositasi deb fikr yuritsa ham bo’ladi. Masalan, quyoshni yoki oyni madaniyatga kiritish bir tomomdan mumkin emasdek ko’rinadi. Ammo barcha xalqlar madaniyatida ushbu tushunchalarning mavjud ekanligi ma’lum. Lekin ba’zi salqin ob-havo sharoitida yashovchi Yevropa xalqlari (slavyanlar va germanlar) quyoshni issiqlik, ardoqlash va iltifot belgilari sifatida ijobiy baholaydi. Arab davlatlari madaniyatida esa quyosh yoz paytida ularni qiyin ahvolga soluvchi jazirama haroratga tenglashtirib, salbiy baholanadi. Demak, quyoshni faqat tabiat hodisasi emas, balki madaniyat mahsuli sifatida tushunsa bo’ladi.

Janubda yashovchi xalqlar madaniyatida oy alohida e’tirof bilan tilga olinadi. Ruslar ongida u qorong’ilik, oxirat bilan bog’lanib, ba’zida hayot- va momot bilan (жить «под луной», » в подлунном мире» – hammaning hayoti birdek sharoitda kechadi) tasavvur qilinsa, oy nuri boshqa slavyanlarda homilador hamda norasidalar uchun havfli, ziyon keltiradigan hodisaga taqqoslanadi. Vetnamliklarda esa boshqa janubiy Osiyo xalqlaridagi kabi oyga munosabat tomoman boshqacha, ya’ni ular oy kalendari bo’yicha yashashadi, maxsus nishonlanadigan Oy bayrami bolalarning sevimli bayrami hisoblanadi. Go’zal, nozik va beg’ubor yosh qizlar oyga o’xshatiladi, sevishganlar oy yorug’ida guringlashib, unga bag’ishlab she’rlar to’qishadi va qo’shiqlar aytishadi. Shuning uchun Vetnam xalqi hayotidagi barcha ezguliklarni oy orqali tasavvur etadilar.

Shu kabi oyga munosabat – o’zbek xalqiga ham mansub ekanligini alohida ta’kidlash lozim. Chunki o’zbeklarda oy quyoshdan nur olib, yog’du soluvchi samoviy jismgina emas (“oyni etak bilan yopib bo’lmaydi” – maqol), balki “go’zal, chiroyli yuz” ( oy yuzini qora chimmat zulmidan qutiltirg’il. “juda go’zal, juda ham chiroyli”) (“Oy desa oyga, kun desa kunga o’xshaydi”), safarga ketayotgan kimsaga yaxshilik tilash (“Oy borib omon qayt”) ma’nolarida ishlatiladi [5, 205]. Shuni aytib o’tish joizki, rus xalqida ham “лицо как луна” iborasi go’zalikka tan berishni anglatadi .

Bunga o’xshagan misollarni boshqa xalqlar madaniyatida ham uchratish mumkin. Turli xalqlar madaniyatida mavjud yuqorida keltirilgan o’ziga xos alohidaliklarning tilda aks etishini o’rganish lingvokulturologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.

Hozirgi vaqtda lingvokulturologiya jahon, xususan, rus, o’zbek tilshunosligida eng rivojlangan yo’nalishlardan biri bo’lib, bu borada bir qancha o’quv qo’llanmalar yaratilgan. Tilshunoslarning e’tirof etilishicha, ularning orasida eng mashhuri V.A. Maslova tomonidan yaratilgan o’quv qo’llanma hisoblanadi. Mazkur o’quv qo’llanmada lingvokulturoligiya sohasining metodlari, obyekti va predmeti, yo’nalishlari yoritib berilgan, muayyan til birligini lingvokulturologik tahlil qilish namunalari ko’rsatilgan [1. 208].

Lingvokulturologik yondashuvdagi tadqiqotlar o’zbek tilshunosligida oxirgi o’n yilliklarda paydo bo’la boshladi. Professor N. Mahmudovning “Tilning mukammal tadqiqi va yo’llarini izlab…” nomli maloqasida lingvokulturologiya, umuman, antropotsentrik paradigmaning mohiyati va bu boradagi muammolar chuqur va asosli yoritib beriladi. Ushbu maqolani o’zbek tilshunosligida lingvokulturologiya haqida jiddiy mulohazalar bayon qilingan birinchi asar sifatida baholash mumkin. Maqolada lingvokulturologik nazariyaning shakllanishi uchun hizmat qilgan omillar, undagi asosiy tushunchalar, ularning talqinidagi har xilliklar haqida juda asosli mulohazalar aytilgan [2. 3-16].

Xulosa qilib aytganda, XIX asrda V.Gumboltdning til va tafakkur munosabatlarini o’rganishda millat madaniyatiga asosiy e’tibor berilishi lozimligi haqidagi mulohazalari XX asrning 90-yillarida qator tilshunoslar tomonidan yangi fan lingvokulturologiyaning yuzaga kelishiga sabab bo’lib, ushbu fan hozirgi zamon tilshunosligida o’ta tez sur’atlarda rivojlanib, umumiy tilshunoslikdan alohida o’rin egalladi.

Adabiyotlar ro’yxati:

1. Maslova V.A. Lingvokulturologiya: Ucheb. Posobie. – M.: Academia, 2001-208s.

2. Mahmudov N. – Tilning mukammal tadqiqi yo’llarini izlab…// O’zbek tili va adabiyoti.-Toshkent, 2012.-№5.-B. 3-16.

3. Teliya V.N. Russkaya frazeologiya: semanticheskiy, pragmaticheskiy i lingvokultrologicheskiy aspekti. – M.: Shkola “Yaziki russkoy kulturi”, 1196- S.222.

4. Vorobyev V.V. Lingvokulturologiya. Teoriya i metodi. –M., 1997.

5. O’zbek tilining izohli lug’ati. I.I. – M: Russkiy yazik, 1981.

6. blib // refcairc allbcsi. Ru

Ahmedova O. Lingual culture as cultural pehomenon of a language. This article explores linguoculturology as a phenomenon of language and is one of the most important aspects of linguistics. The study of national marker linguistic linguoculturology and the process of understanding speech in the context of interc.

Ахмедова О. Лингвокультурология как культурное явление языка. В этой статье исследуется лингвокультурологии как феномен языка, который является одним из наиболее важных аспектов языкознания. Изучение национального маркера лингвокультурологии и процесса понимания речи в контексте межкультурной коммуникации.

22-dekabr – Chikatilo birinchi qotillikni sodir etgan kun. Butun SSSRni qo‘rquvda ushlab turgan manyak haqida nimalarni bilamiz?

Uning ustidan tergov ishlari davom etar ekan, hibsga olingan jinoyatchi yakka tartibda saqlangan. Aksariyat tergovchilar Chikatilo boshqa jinoyatchilar bilan bitta xonada sudni kutadigan bo‘lsa, u bu kamerada tirik qolmasligiga ishongan. Buning sababi uning jinoyatlari naqadar jirkanch va g‘ayriinsoniyligidadir. Hatto jinoyat olami ham sadistlarni qabul qilmaydi va bunday jirkanch insonlarni qattiq jazolaydi.

Bir qarashda oddiy bo‘lib ko‘ringan bu odamni shunday qotilliklar qilishiga nimalar undadi? Nima uchun qishloqdan kelgan oddiy yigit butun dunyo hanuzgacha gapiradigan eng dahshatli, shafqatsiz va qo‘rqinchli qotilga aylandi? Bu savollarga “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov javob qidiradi.

Inson qotil bo‘lib tug‘ilmaydi, hayot uni shunday tarbiyalashi mumkin. Ko‘pincha tajovuzkorlik va buzuqlik bolalikdagi psixologik muammolar, kamsitilish va komplekslar natijasidir.

Bolalik

Chikatilo 1936-yil 16-oktabrda Xarkov viloyatining (Ukraina) Yablochnoye qishlog‘ida tug‘ildi. Shu yerda o‘sgan va o‘qidi. Ko‘pchilikning ta’kidlashicha, u tug‘ma nevrologik kasallik – gidrotsefaliya bilan og‘rigan. Nisbatan balog‘at yoshida ham siydik ushlab tura olmaslik muammosidan aziyat chekdi. Bu noqulaylik bola onasi tomonidan ko‘p kaltaklanishining asosiy sabablaridan biri bo‘lgan.

U otasini eslay olmas edi, chunki Ikkinchi jahon urushi davrida asirlikdan qaytgach, otasi vatan xoiniga tenglashtirildi va qatag‘on qilindi.

Chikatilo 1944-yilda maktabga bordi. Uning muammolari tufayli tengdoshlari tomonidan doimiy masxara qilish obyekti bo‘ldi. Doimiy cheklanish tufayli u normal o‘qiy olmadi, o‘qituvchilarga savol berishdan va diqqatni jalb qilishdan qo‘rqdi.

Bolaning psixikasini onasining uning akasini dahshatli ocharchilik davrida pishirib yeb yuborishgani haqidagi hikoyalari buzishda davom etdi. 1946-yilda Sovet Ittifoqida ocharchilik boshlanganida u o‘zini boshqalar tutib olib yeb qo‘yishlaridan qo‘rqib ko‘chaga chiqmay qo‘ydi. Doimiy o‘zini nazorat qilish va komplekslar uning tuyg‘ularini bo‘g‘ib qo‘ydi va biror narsadan taskin topishga imkon bermadi.

Armiya

Chikatilo 1954-yilda o‘rta maktabni tugatib, Moskva davlat universitetiga o‘qishga kirishga harakat qildi, lekin kira olmadi. Chikatilo imtihondan o‘ta olmaganiga ishonmadi. O‘qishga kira olmaganining sababini “xoinning o‘g‘li” degan tamg‘a bilan yashaganida deb o‘yladi. Shunga qaramay, Chikatilo texnikumni tamomladi.

1957-yildan 1960-yilgacha bo‘lajak manyak bir qator yangi muammolarni boshidan kechirishi kerak edi. Bu vaqt davomida Chikatilo armiyada xizmat qildi. U yerda yana xizmatdoshlaridan masxara, haqorat va hatto jinsiy tajovuzga uchradi.

Stress, doimiy zo‘riqish, kamsitilish va atrofdagi adolatsizlikdan xalos bo‘lolmaslik Chikatiloda butun dunyoga nisbatan nafratni keltirib chiqardi. U tengdoshlariga qarshi tura olmas edi, lekin o‘zidan zaif odamlarni ezishdan zavq olardi. Buni o‘ninchi sinfda u bilan yuz bergan bir voqea tasdiqladi.

O‘zini anglash kuni

O‘sha kuni o‘spirin birinchi marta jinsiy qoniqishni boshdan kechirdi. Bu jinsiy aloqa paytida sodir bo‘lmagan, aynan o‘zidan ojiz insonga qarshi kuch ishlatgan paytda sodir bo‘ldi. Chikatiloning hovlisiga tashrif buyurgan qiz birmuncha vaqt yigitni asabiylashtirib, u bilan ziddiyatga kirishdi. Bunga bardosh berolmay Andrey uni yerga yiqitdi. U 13 yoshli qizga nisbatan hech qanday jinsiy tajovuz qilmadi, shunchaki qizning qichqiriqlari ushbu kutilmagan natijani berdi.

O‘qituvchi

Armiyadan so‘ng Chikatilo Rostov-Don viloyati yaqinidagi Rodionov-Nesvetayskaya qishlog‘iga ko‘chib o‘tdi. U muhandislik ishini ijodiy kasb bilan uyg‘unlashtirdi. Chikatilo viloyatning “Znamya” gazetasi uchun maqolalar yozdi. Bu ishlar unga zavq va qoniqish olib kelmadi.

Keyinroq Rostov universitetining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirib, uni tugatdi. Besh yil o‘tgach, u yana bir oliy ma’lumotli bo‘ldi. Pedagogika instituti qoshidagi marksizm-leninizm universitetini tamomladi. Bu unga o‘quv muassasalarida rahbarlik o‘rinlarini egallashga va dars berishga imkon berardi. Aynan shu yerda Andrey Chikatiloning yo‘li boshlandi. Insonlar qonidan iz qoldirilgan yo‘l.

Tuman jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasining raisi bo‘lish (1965) kelajakdagi qotilga yoqadigan birinchi ish edi. O‘smirlar bilan muloqot qilish, ularni kuzatish va bolalar psixologiyasini o‘rganish – bularning barchasi uni qiziqtirdi. Yosh bolalarga qiziqish asta-sekin o‘sib bordi.

1970-yilda u 32-sonli maktab-internat jamoasiga qo‘shildi. Bu yerda u rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi, o‘rinbosar va hatto direktor bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Martabasining bunday tez o‘sishiga qaramay, u ishdan ketishga majbur bo‘ldi. Bunga ikki o‘quvchi qizning u tomonidan ta’qib qilinayotgani to‘g‘risidagi shikoyatlari sabab bo‘ldi.

Maktabni “o‘z xohishi bilan” qoldirib, Novoshaxtinsk GPTU-39 da ishlab chiqarish ta’limi ustasi lavozimini egalladi. U bu yerda ham ichki his-tuyg‘ularini va bolalarga qiziqishini yashira olmadi.

Shaxsiy hayot

Andrey Chikatilo uylandi va ikkita farzand ko‘rdi.

Chikatiloning oilaviy hayoti tinch va osoyishta edi. Hattoki xotini uning barcha qilmishlarini bilib, eshitganlariga ishona olmagan. Uning sokin, moslashuvchan, mehnatsevar va hamdard eri, ikki farzandning otasi bolalarni shafqatsizlarcha o‘ldirib, keyin uyiga qaytib, qizi va o‘g‘li bilan o‘ynaganiga ishonmagan.

Ko‘pchilik uni taniganlar yillar davomida kamtarin, o‘qimishli va yumshoqtabiat bu odam hatto pashshaga ozor bermagan deb hisoblagan.

U butun SSSR ota-onalarining qalbiga qo‘rquv singdirdi. O‘n yil davomida tezkor qidiruv xodimlari manyakni topishga harakat qildi, ota-onalar va o‘z farzandlarini hamma joyda kuzatib yurdi, bundan tashqari, rasmiylar Chikatiloning ishlarida begunoh Aleksandr Kravchenkoni ayblab, unga oliy hukm e’lon qilib, otib tashlashga ham ulgurgan edi.

Birinchi qon

Chikatiloning birinchi qurboni to‘qqiz yoshli Yelena Zakotnova edi. Aynan ushbu qotillik zo‘ravonni mamnun qiladigan narsani aniq ko‘rsatib bergan edi. Zakotnovaning o‘ldirilishida mutlaqo boshqa odam – Aleksandr Kravchenko ayblanib, otib o‘ldirilgan.

Tergov davomida qiz birinchi qurbon bo‘lganini Chikatiloning o‘zi aytgan.

Qizni kulbaga olib kirganimdan keyin unga tashlandim. U qichqirdi, men og‘zini qo‘llarim bilan yopdim. Bu qichqiriqlar ehtirosimni haddan tashqari yuqori nuqtaga olib keldi. Men uni bo‘g‘ib qo‘yganimda u hirillardi. Aynan o‘sha paytda men hayotimdagi eng yorqin orgazmni boshdan kechirdim.

Qiz bilan bo‘lgan voqeadan so‘ng Chikatilo uch yil o‘zini ushlab turdi. Lekin o‘sha “yorqin hislar”ni takrorlash istagi kuchayib borardi.

Mahluq

1982-yil Sovet Ittifoqining har bir fuqarosini dahshatga soldi. Qo‘rquv ota-onalar va bolalarni tark etmas edi. Militsiya xodimlari yangidan yangi jasadlarni shaxsini aniqlash uchun har oy (ba’zan bir necha bor) o‘rmon yo‘liga tashrif buyurardi.

Jinoyatchi qurbonlarini shafqatsizlarcha va vahshiyona o‘ldirardi: o‘g‘il bolalarning moyagini kesib tashlar, ayollarning ko‘krak bezini g‘ajib, jinsiy a’zolarini kesib tashlardi, pichoq bilan tanalariga ko‘p sonli jarohatlar yetkazar, ko‘zlarini o‘yib olardi.

Qurbonlarining jinsiy a’zolariga nisbatan bunday shafqatsizligi va nafratining sababi uning o‘ziga bo‘lgan shubhasi edi. Chikatilo o‘zini qurbonlarining azobini tomosha qilishdan zavqlanadigan yarim impotent deb hisoblardi.

U birinchi marta 1984-yilda qo‘lga olingan. Uchastka inspektoriga bu odamning fe’l-atvori shubhali tuyulgan. U juda hayajonlangan va o‘spirinlarga tegajog‘lik qilgan. Uning jomadonidan chiqqan pichoq, arqon, iflos sochiq, vazelin esa bu shubhalarni tasdiqlardi.

Aybni tasdiqlaydigan yoki rad etadigan asosiy dalil sperma izlari edi. Afsuski, u paytda tibbiyot unchalik rivojlanmagan, urug‘lik guruhi qon guruhiga to‘g‘ri kelishi kerak deb ishonilgan. Chikatiloning bu borada o‘ziga xosligi (bu ikkala tahlil o‘rtasidagi nomuvofiqlik) uning foydasiga o‘ynadi. Ko‘p o‘tmay dalillar yo‘qligi tufayli u aybsiz deb topilib, qo‘yib yuborildi.

Chikatiloning hibsga olinishi

Shu tariqa qotil ozod qilindi va yana olti yil davomida shafqatsizliklarini davom ettirdi.

Jinoyatlar davom etayotgan paytda tergovchilar “O‘rmon kamari” operatsiyasini boshladi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari bir necha yillar davomida ayyor manyakning iziga tushdi va faqatgina 1990-yilda Chikatiloni hibsga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Navbatdagi qotillikdan keyin manyak temir yo‘l stansiyasiga yo‘l oldi va u yerda politsiya serjanti tomonidan to‘xtatildi. Serjant undan hujjatlarini ko‘rsatishni so‘radi. Shubhali narsani sezmagan militsioner Chikatilo familyasini yozib olib, uni qo‘yib yubordi.

Jasad topilishi so‘nggi bir hafta ichidagi barcha hujjatlar qayta ko‘rib chiqishga undadi. Tergovchilar Chikatilo familiyasiga duch kelganida uni qo‘lga olishni rejasini boshladi. Ular manyakni do‘kondan uyga qaytayotganida ushladi. Chikatilo hibsga olinganidan o‘n kun o‘tib gapira boshladi.

Sud hukmi

1992-yilgi sudda Chikatilo 56 ta qotillikda aybni tan oldi. Uni otuvga hukm qilishdi, bu sud zalida o‘tirganlarning barchasini qoniqtirdi. G‘azablangan ota-onalar o‘sha yerning o‘zidayoq uni o‘ldirishni xohlardi, manyakni bundan baland temir qafas saqlab turardi xolos.

Chikatilo prezident Yelsinga ko‘plab maktublar yozdi, avf etishni, hayotini saqlab qolishni so‘radi. Lekin uning so‘rovlari rad etildi. Nihoyat 1994-yil 14-fevral kuni qonxo‘r sadist, bolalar va ayollar kushandasi Andrey Chikatilo boshining orqa qismiga to‘pponcha o‘qini qabul qilib oldi.

Hozirgi vaqtda bu sadist va manyak haqidagi gaplar to‘xtagani yo‘q. U haqida hikoya qiluvchi hujjatli filmlar va dasturlar suratga olindi. Bu mehr va e’tiborsiz qolib, haqiqiy yirtqich hayvonga aylangan bolaning tarixi edi.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

Python dasturlash tili haqida tushuncha

“Olmaliq KMK” AJ Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni boshqarishmasi quyidagi boʻsh ish oʻrinlariga onlayn qabul jarayonlari 2022 yilning 11-23-mart kunlari tashkil etiladi.

1) Mis boyitish zavodining texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish bo’limi boshlig’i

Malakaviy talablar:

  1. Oliy ma’lumot.
  2. Ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini prognoz qilish ko’nikmalari.
  3. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish qobiliyati.
  4. Tashkilotchilik qobiliyati.
  5. Texnik, loyiha-smeta hujjatlari, ko’rsatmalar va me’yoriy materiallar bilan ishlash ko’nikmalari.
  6. Ishlab chiqarishni rejalashtirish ko’nikmalari.
  7. Bajarilgan ish samaradorligini baholash ko’nikmalari.
  8. Hujjatlar bilan ishlash ko’nikmalari, mustaqil ravishda va yozma fikr bildirish, uslubiy tavsiyalar berish, hisobot berish qobiliyati.

2) Dasturchi muhandis (ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimlari uchun dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish)

Malakaviy talablar:

  1. Oliy ma’lumot.
  2. Dasturlash ko’nikmalari.
  3. PHP, JavaScript, C#, Pascal veb dasturlash tillaridan foydalanish ko’nikmalari
  4. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari bilan ishlash ko’nikmalari.
  5. Ma’lumotlar bazalari va SQL so’rov buyruqlari bilan ishlash ko’nikmalari.
  6. Mantiqiy vazifalar bilan ishlash ko’nikmalari.
  7. Texnik hujjatlarni ishlab chiqish, hisobot berish ko’nikmalari.
  8. Axborot tizimlarini joriy etish va texnik qo’llab-quvvatlash ko’nikmalari.
  9. O’rganishga moslashuvchanlik.

3) Mis boyitish fabrikasiinig yetakchi elektronika muhandisi

Malakaviy talablar:

  1. Oliy texnik ta’lim.
  2. Kompyuter texnikasi va PLK o’rnatish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish ko’nikmalari.
  3. Nosozliklarni bartaraf etishda test dasturiy vositalaridan foydalanish ko’nikmalari.
  4. Periferik qurilmalarni o’rnatish va ularni operatsion tizimga ulash ko’nikmalari.
  5. Lokal tarmoqni tashkil etish va rivojlantirish ko’nikmalari.
  6. Texnik hujjatlar bilan ishlash va hisobot berish qobiliyatlari.
  7. O’rganishga moslashuvchanlik.

4) Jizzax sement zavodi dasturchi muhandis (ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimlari uchun dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish)

Malakaviy talablar:

  1. Oliy ma’lumot.
  2. Nazorat texnologiyasi (dasturlash, sozlash) bilan ishlash tajribasi. Dasturlash tillari LAD, FBD, CFC, WinCC Runtime, Step 7.
  3. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari bilan ishlash asoslari.
  4. Texnik hujjatlarni ishlab chiqish, hisobot berish ko’nikmalari.
  5. Operatsion tizimlar va Microsoft Office dasturlarini bilish (o’rnatish, olib tashlash, Backup).
  6. Axborot tizimlarini joriy etish va texnik qo’llab-quvvatlash ko’nikmalari.
  7. O’rganishga moslashuvchanlik.
  8. Ishlab chiqarish tarmoqlari bilan ishlash ko’nikmalari (Profinet, Profibus, Modbus)
  9. Xizmat safarlariga tayyorlik.

5) Avtomobil transportini boshqarmasi yetakchi dasturiy muhandisi

Malakaviy talablar:

  1. Oliy texnik yoki o’rta-maxsus ta’lim.
  2. Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni boshqarishning texnik masalalarini yechishda rasmiylashtirilgan dasturlash tillaridan foydalanish ko’nikmalari.
  3. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining arxitekturasi, tuzilishi, o’rnatilgan ob’ektlari, kommunal xizmatlari, ish xususiyatlari va asosiy imkoniyatlari.
  4. Texnik hujjatlarni ishlab chiqish, hisobot berish ko’nikmalari.

6) Sanoat temir yo’l transport boshqarmasi uchun yetakchi dasturiy muhandis (ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimlari uchun dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish)

Malakaviy talablar:

  1. Oliy kasbiy (texnik yoki iqtisodiy-muhandislik) ta’lim.
  2. Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni boshqarish bo’yicha texnik vazifalarni hal qilishda dasturiy tillar, yordamchi dasturlar va dasturiy muhitlardan foydalanish ko’nikmalari.
  3. Ish vazifalarini hal qilish uchun axborotni qayta ishlashga mo’ljallangan dasturlarni ishlab chiqish, sinovdan o’tkazish va sozlash ko’nikmalari.
  4. Texnik hujjatlarni ishlab chiqish, hisobot berish ko’nikmalari.

7) Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni boshqarishmasi yetakchi dasturiy muhandisi (axborot tizimlari, resurslari va xizmatlarini ishlab chiqish va texnik qo’llab – quvvatlash)

Malakaviy talablar:

  1. Oliy kasbiy (texnik yoki iqtisodiy-muhandislik) ta’lim.
  2. Dasturlash ko’nikmalari.
  3. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari bilan ishlash ko’nikmalari.
  4. Texnik hujjatlarni ishlab chiqish, hisobot berish ko’nikmalari.
  5. Axborot tizimlarini joriy etish va texnik qo’llab-quvvatlash ko’nikmalari.
  6. O’rganishga moslashuvchanlik.

8) Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni boshqarishmasi uchun loyixalovchi muhandis

Malakaviy talablar:

  1. Oliy kasbiy (texnik yoki iqtisodiy-muhandislik) ta’lim.
  2. AutoCAD, kompas va boshqal dasturlarda ishlash ko’nikmalari.
  3. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish qobiliyatlari.
  4. Muhandislik grafikasi ko’nikmalari.

10) Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni boshqarishmasi uchun dasturchi muhandisi (ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimlari uchun dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish)

Malakaviy talablar:

  1. Oliy yoki o’rta maxsus ma’lumot.
  2. Nazorat texnologiyasi (dasturlash, sozlash) bilan ishlash tajribasi. Dasturlash tillari LAD, FBD, CFC.
  3. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari bilan ishlash asoslari.
  4. Texnik hujjatlarni ishlab chiqish, hisobot berish ko’nikmalari.
  5. Axborot tizimlarini joriy etish va texnik qo’llab-quvvatlash ko’nikmalari.
  6. O’rganishga moslashuvchanlik.
  7. Ishlab chiqarish tarmoqlari bilan ishlash ko’nikmalari (Profinet, Profibus, Modbus)
  8. Ish safarlariga tayyorlik.

11) Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni boshqarishmasi hisoblash mashinalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha elektrik (kompyuter va orgtexnika ta’mirlash)

Malakaviy talablar:

  1. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi.
  2. Hisoblash mashinalari va periferik qurilmalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish sohasidagi amaliy tajriba ko’nikmalari.
  3. Hisoblash mashinalari bazasi va periferiya qurilmalaridan foydalanish ko’nikmalari.
  4. Nosozliklarni bartaraf etishda test dasturiy vositalaridan foydalanish ko’nikmalari.
  5. Mahalliy xisoblash tarmog’ida ishlash ko’nikmalari.

12) Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni boshqarishmasi hisoblash mashinalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha elektrik (ma’lumotlar uzatish tarmoqlariga texnik xizmat ko’rsatish)

Malakaviy talablar:

  1. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi.
  2. Tarmoq uskunalari bilan ishlash ko’nikmalari.
  3. Raqamli kompyuter qurilmalari va tashqi qurilmalarda nosozliklarni aniqlash, sinash va ta’mirlash ishlari.
  4. Mahalliy xisoblash tarmog’ida ishlash ko’nikmalari.

13) Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni boshqarishmasi radiometrist laboranti

Malakaviy talablar:

  1. O’rta maxsus ta’lim.
  2. Yig’ish, sxematik, funksional diagramma va chizmalarni o’qish malakalari.
  3. O’rta maxsus ta’lim doirasidagi elektronika, elektrotexnika bo’yicha ko’nikmalar.
  4. Radioizotop uskunalari, dozimetrik qurilmalarning ishlash prinsipi ko’nikmalar.
  5. Uskunalar va qurilmalarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashni amalga oshirish qoidalari va usullari ko’nikmalari.

Nomzodlar quyida koʻrsatilgan talab va shartlar asosida rezyume va tegishli hujjatlarini srp_2@agmk elektron manziliga joriy yilning 11-23 mart kunlari yuborishlari mumkin.

Ishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.