Press "Enter" to skip to content

Python dasturlash tili: 1-dars

Keyingi bosqichda python interpretatorini buyruqlar qatoridan(командной строки) ishga tushira olishimiz uchun biz python o’rnatilgan joy manzilini PATH deb nomlanuvchi o’zgaruvchiga qo’shib qo’yishimiz kerak bo’ladi.

Python dasturlash tili muhiti

Python nima? Python haqida (ba’zi birlar “piton” deyishsa-da, “piton” deyish yaxshidir) – ushbu tadqiqot mavzusi ushbu dasturlash tilining yaratuvchisi, gollandiyalik Gido van Rossum tomonidan eng yaxshi aytilgan: “Python – bu izohlangan, ob’ektga yo’naltirilgan, dinamik -.

Python 184

2. Python uchun IDE muharrirlari

Python kompilyator rejimida ishlash qobiliyatiga ega, unda buyruqlar va operatsiyalar ular kiritilgandan so’ng darhol bajariladi. Python kompilyatori buyruq qatoriga python buyrug’ini kiritish orqali chaqiriladi. Kompilyator ishlashning namunasi (interfaol qobiq) rasm. 1.1&nbsp.

Python 238

3. Python dasturlash tili va sintaksisi

Python dasturi Python dasturi bir yoki bir nechta modullardan iborat bo’lishi mumkin. Har bir modul 7 bitli ASCII kodlash bilan mos keladigan shifrlangan matnli fayldir. Eng muhim bitdan foydalanadigan kodlashlar uchun kodlashning nomi aniq ko’rsatilishi kerak. .

Python 274

4. PYTHONDA MA’LUMOT TURLARI

O’ZGARUVCHI O’zgaruvchi —kompyuter xotirasida ma’lum bir qiymatni saqlash uchun ajratilgan joy. Pythonda qiymatlar son, matn, ro’yxat va hokazo ko’rinishida bo’lishi mumkin. O’zgaruvchilar qiymatlari o’zgarib turishi mumkin. Biz 3 ta o’zgaruvchi yaratdik (fam, ism va yoshi) va.

5. INPUT va SONLAR

Shu paytgacha biz o’zgaruvchilarning qiymatini dasturning ichida berayotgan edik. Keling endi qiymatni o’zimiz emas, balki dastur foydalanuvchilariga kiritish imkonini beramiz. Buning uchun input() funktsyasidan foydalanamiz. ism = input(“Ismingiz nima?”) print(“Assalom alaykum, ” + ism) Yuqor.

Python 167

6. PYTHONDA MA’LUMOT TO’PLAMLARI VA TURLARI

RO’YXAT(LIST) BILAN ishlash Avvalgi mavzuimizda biz o’zgaruvchi yaratish, va uning ichida biror qiymatni (matn yoki son) saqlashni o’rgandik. Bunda biz bitta o’zgaruvchiga bitta qiymat berdik xolos. Bugun o’rganadigan navbatdagi mal’umot turi Ro’yxar (List) deb ataladi. Ro’yxat.

Python 110

7. Chiziqli dasturlar. Raqamlar va satrlar bilan ishlash

Chiziqli dasturlar – bu hisoblar qat’iy ketma-ketlikda bajariladigan dasturlar. 1-topshiriq. A va b ikkita son berilgan. Ularning qiymatlari o’rni almashtirish amali bajarilsin. Masalani qo’yilishi: Ba’zi bir qiymatlarga ega.

Python 298

8. Pythonda shart operatorlari

Masalalarni echishda eng muhim elementlardan biri bu “shart” deb nomlangan va bu “agar to’g’ri borsang, boshingni yo’qotasan, to’g’ri ketasan va otingni yo’qotasan. ” yoki ko’proq oddiygina vaziyat “agar. bo’lsa”. aks holda. Agar “Shart” blokida ko’rsatilgan shart bajarilsa, “YES shart” ga (.

Python 1236

9. Pythonda siklik operatorlar.

Takrorlanuvchi algoritm yoki dasturning bir necha marta (shu jumladan nol marta) takrorlanishi mumkin bo’lgan qismidir. Har bir siklik tashkil etuvchilar sikl sarlavhasi bilan boshlanadi va yakuniy tasdiq bilan tugaydi. Ularning orasida “sikl tanasi” deb nomlangan operatorlar mavjud. .

10. LUG’AT HAQIDA TUSHINCHA VA U BILAN ISHLASH

Lug’at Pathon dasturlash tilining turi hisoblanadi va u ikki qismdan tashkil topgan: kalit so’z va izoh (yoki tarjima). Lug’atlar <> qavsda keltiriladi. Sodda lug’atga misol keltiramiz: talaba= <’familiya’:’Aliyev’,’ismi’:’Salim’>Bu.

Python dasturlash tili: 1-dars

Python dasturlash tilini o’rganishga bag’ishlangan darslarni boshlamoqdamiz. Darslarimizda bu dasturlash tili imkoniyatlarini boshlang’ich o’rganuvchilar uchun tushunishga yengil – sodda tilda ifodalashga harakat qilamiz.

1-dars. Python’ni o’rnatish.

Python – bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo’lgan oz sonlik dasturlash tillari qatoriga kiradi. Va shu bilan birga unda dasturlash juda ham yoqimlik.

Rasmiy sayt – www.python.org

Python dasturlash tili muallifi – Gvido van Rossum (Гвидо ван Россум)

Kirish

Python samarador yuqori darajadagi ma’lumotlar strukturasi (предоставляет эффективные высокоуровневые структуры данных,) va oddiy, lekin samarador ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi.

Pythonning o’ziga xosligi

Oddiy, o’rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta’minot.

O’z dasturingizni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni xisobga olishingizga xojat qolmaydi.

Ko’plab platformalarda hech qanday o’zgartirishlarsiz ishlay oladi.

Interpretatsiya(Интерпретируемый) qilinadigan til.

Kengayishga (Расширяемый) moyil til. Agar siz dasturingizni biror joyini tezroq ishlashini xoxlasangiz shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu qismni python kodingiz orqali ishga tushirsangiz(chaqirsangiz) bo’ladi.

Juda xam ko’p hilma-hil kutubxonalarga ega.

O’rnatish

Agar siz biror GNU/Linux distributivini ishlatayotgan bo’lsangiz ko’p xollarda sizning tizimingizda python o’rnatilgan bo’ladi. Buni tekshirib ko’rish uchun terminalingizdan quyidagi buyruqni ishga tushirib ko’ring.

python -V

Agar sizda Python 3.4.3 yozuvi yoki shunga o’xshash yozuv xosil bo’lsa unda xammasi joyida.

Windows operatsiyalar tizimiga o’rnatish uchun www.python.org/downloads web saxifasiga o’tamiz va u yerdan oxirgi python versiyasini yuklab olamiz. Pythonni o’rnatish odatiy dasturlar ni o’rnatish kabi kechadi. Xech qanday qiyin joyi yo’q.

Keyingi bosqichda python interpretatorini buyruqlar qatoridan(командной строки) ishga tushira olishimiz uchun biz python o’rnatilgan joy manzilini PATH deb nomlanuvchi o’zgaruvchiga qo’shib qo’yishimiz kerak bo’ladi.

Misol uchun python C:\Python34\ manzilida o’rnatilgan bo’lsin.

Quyidagi rasmlarda bu amallar batafsil ko’rsatilgan.

Shu bilan pythonni o’rnatish tugallandi. Endi tekshirib ko’ramiz. Buning uchun windows + R tugmalarini bosamiz va cmd buyrug’ini yozin enter tugmasini bosamiz.

Xosil bo’lgan qora oynada python –version buyrug’ini ishga tushiramiz.

Agar sizda xam rasmdagidek yozuv xosil bo’lgan bo’lsa demak amallar to’g’ri bajarilgan.

Keyinga darslarimizda biz imkon qadar Linux/Ubuntu operatsiyalar tizimidan foydalanishga xarakat qilamiz.

Ushbu darsni tayyorlashda quyidagi manbalardan foydalanildi.

Python Muhitini o’rnatish.

Python dasturlash tilini o’rnatish bo’yicha maqolamda siz qisqa mazmunda ma’lumot berishga harakat qilaman. Horizgi kunda biz uchun INTERNET muammo emas biz o’zimizga kerak narsalarni internet orqali topish imkoniyati yaratilgan. Jumladan Python muhitini o’rnatish jarayonida bevosita internet tarmog’idan foydalanamiz. O’rnatish jarayonini qadam va qadam ta’riflab o’taman. sizga muammo yoki shunga o’xshash tushunmovchiliklar yuzaga kelsa MasterSherkulovBot ga yozing va online kursga yoziling. Demak o’rnatish jarayonini boshlaymiz.

ESDAN CHIQARMANG.

Python dasturlash tili o’zgaruvchan til hisoblanadi. Oxirgi versiyasi Python 3.7.4 chiqdi (3.09.2019). Boshda sizga aynan qanday versiyasi kerakligini anglab oling. har bir versiya uchun o’zgarishlar mavjud siz python2.7 tuzgan kodingizni ayrim joylari yoki foydalangan kutubxonalari yangi o’rnatgan versiyangiz uchun boshqa tusda yoki bo’lmasam u kutubxona o’rniga aynan yangi texnologiya sifatida boshqa bir kutubxonadan foydalangan bo’lishi mumkin.

1 – qadam. Python ni yuklab olish.

Python dasturlash tiling rasmiy sayti python.orgga kiring va Downloads ni bosing. Bunda sizga Operatsion sistemalar uchun kutubxonalar taklif qiladi. hozir biz WINDOWS uchun python dasturlash tilini o’rnatamiz. hozir python-3.6.1-amd64.exe yuklab olamiz.

2 – qadam. Python-3.6.1-amd64.exe fayl.

Yuklagan Python fayli Kompyuteringizda Downloads papkasida tushadi. Uni o’rnatish uchun ustiga ikki marta bosing.

3-qadam. python-3.6.1-amd64.exe o’rnatish.

Install Now buyrug’ini bosing va unutmang Add Python 3.6 to PATH buyrug’ini tanlash esingizdan chiqmasin. Shunday qilib keyingi oynalar quyidagicha ko’rinishda bo’ladi.

Muaffiqiyatli o’rnatib bo’ldik endi siz bilan python muhitini to’g’ri ishlayotganiga ishonch hosil qilamiz. buning uchun START+R ni bosin CMD yozamiz. Hosil bo’lgan oynaga

ni yozamiz. siz to’g’ri o’rnatgan bo’lsangiz quyidagicha oyna hosil bo’ladi.

Python dasturlash tili muhiti muaffiqiyatli o’rnatildi.

https://youtu.be/bD-EkEcrgM0

  • Python Kirish.
  • Python Muhitini o’rnatish.
  • Python Izoh qoldirish.
  • Python O’zgaruvchi.
  • Python Ma’lumot turlari.
  • Python Sonlar.
  • Python Satrlar.
  • Python Boolean (Mantiqiy)
  • Python Operator.
  • Python Ma’lumot to’plami. List.
  • Python Ma’lumot to’plami. Tuple.
  • Python Ma’lumot to’plami. Set
  • Python If … Else (shart amali)