Press "Enter" to skip to content

Android uchun mobil dasturlashga kirish: qaysi tillarni o rganishdan boshlash zarur

Mobil dasturlashning ko’plab tillari mavjud, ammo men eng asosiy va an’anaviy Java — dan boshlab o’rganishni maslahat beraman. Ushbu til 2002 yildan boshlab dasturchilar orasida barqaror 1-chi yoki 2-chi mashhurlikni saqlab keladi(TIOBE dasturlash tillari indeksiga asoslangan holda).

10 List Funksiyalari – Python dasturlash tilini o’rganish – Python Uz

Listni.jadval.shaklini.chiroyli chiqarsa ham.boladimi?

Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo

2 года назад

Assalomu alaykum. Yaxshmisiz. Video ajoyib chiqibdi. Ayni kerakli vaqtda. manga foydasi tegdi. Raxmat.

Windows Pro

2 года назад

Android programma yasashni ham orgating

Miyirbek

2 года назад

​.sort() modulini ham korsating iltimos
shuni soragandm aka

Сейчас смотрят
1 десятилетие назад 343 просмотров

Color Glo Franchise

7 месяцев назад 229 просмотров

Unpacking | Go Kart, Buggy 420MM Steering Gear Rack Pinion U Joint Tie Rod With Steering Wheel

5 месяцев назад 468 просмотров

CARA MERAWAT ANAKAN ENTOK YANG BAIK

1 десятилетие назад 353 просмотров

Color Glo Testimonial Video – Tosh Sugiyama, Japan

Смотрите далее

11 For takrorlash operatori – Python dasturlash tili

Python Haqida Malumot | “Python dasturlash tilini o`rganamiz” | Muqaddima.

12 Pythonda Funksiyalar – Python dasturlash tili

09 Pythonda Lists – Ro’yxatlar bilan ishlash

2. Dastlabki buyruqlar – C++da dasturlash darslari

PYTHONDA MASALALAR ISHLAYMIZ! – PYTHON DARSI

YOUNG PROGERS – Dasturlash Darslari!

PYTHON DASTURLASH TILINI 1 SOATDA O’RGANAMIZ!

YOUNG PROGERS – Dasturlash Darslari!

PYTHONDA O`YIN YARATISH | 2D O`YIN YARATAMIZ | PYGAMEDA O`YIN YARATAMIZ

11 месяцев назад

Barchasi qanday boshlangan edi?!

Python dasturlash tilida list turidagi massiv bilan ishlash | Python #10

Популярные видео

Видео недоступны, обновите страницу

Хотите хорошо провести время за просмотром видео? На нашем видео портале вы найдете видеоролики на любой вкус, смешные видео, видео о животных, видео трансляции и многое другое

report@zvideox – Почта для связи

Android uchun mobil dasturlashga kirish: qaysi tillarni o’rganishdan boshlash zarur?

Mobil dasturlash sohasi juda tez rivojlanmoqda, shu bilan birga smartfonlar dunyodagi texnologik tovarlar bozorida peshqadamlikni ushlab turib, ularning barcha maishiy texnika va elektronika o’rtasidagi ulushi 44 foizni tashkil qiladi. Gartner analitik kompaniyasi ma’lumotlariga ko’ra, 2018 da 1,56 milliard smartfon iste’molchilar tomonidan sotib olingan.

Shu bilan birga, Android operatsion tizimi yildan-yilga mashxurligi oshib borib, o’tgan 2018 yilda dunyodagi barcha smartfonlarning 80% dan ortig’i Android operatsion tizimida ishlab chiqarildi. Agarda siz smartfonlardan tashqari — soatlar, planshetlar, televizorlar, terminallar va hatto muzlatgichlarni ham mavjudligini hisobga olsangiz, Android ulushi yanada yuqori bo’ladi.

Biroq, operatsion tizimning bunday ortib borayotgan mashhurligini hisobga olgan holda, foydalanuvchi talablari ham doimiy ravishda o’zgarib, ortib boradi. Hozirgi kun insonlari har qanday vazifani bajarishi kerak — bankdagi xizmatlarni to’lash, oziq-ovqat buyurtma qilish, do’stlar bilan suhbatlashish, o’yin o’ynab vaqtini o’tkazish va hokazo. Bunday ilovalar doimo Google Play do’konida joylab kelinyapti.

Aynan shuning uchun Androidda mobil ilovalar ishlab chiquvchi dasturchi kasbining rivojlanishi ulkan salohiyatga ega, siz eng yirik kompaniyalarda ishlashingiz va minglab odamlar foydalanadigan foydali ilovalarni yaratishingiz mumkin. Indeed ma’lumotlariga ko’ra, Androidda dasturchilarning Amerika Qo’shma Shtatlaridagi o’rtacha ish haqi yiliga – $115,779$, Rossiyaning Headhunter tizimida esa har oyda 500 dan ortiq android dasturchilari bo’sh ish o’rinlarini nashr etadi. O’z sohasini yaxshi biladigan Android mutaxassis, albatta, ishsiz qolmaydi.

Ushbu maqolada, agar siz Android dasturchi bo’lishga qaror qilsangiz, mobil dasturlashni qayerdan boshlashni tushuntirib o’taman. Birinchi navbatda qaysi tillarni o’rganish kerak? Ta’limni qanday bosqichlarga ajratish kerak? Shuningdek, zamonaviy mutaxassis bir vaqtning o’zida bir nechta dasturlash tillarini bilishi kerakmi degan savolga javob berib o’taman.

Nimadan boshlash kerak?

Mobil dasturlashning ko’plab tillari mavjud, ammo men eng asosiy va an’anaviy Java — dan boshlab o’rganishni maslahat beraman. Ushbu til 2002 yildan boshlab dasturchilar orasida barqaror 1-chi yoki 2-chi mashhurlikni saqlab keladi(TIOBE dasturlash tillari indeksiga asoslangan holda).

Undagi dasturlash asoslarini o’rganganib bo’lganingizdan so’ng, qolgan ixtiyoriy tillarga o’tishingiz ancha oson kechadi. Biroq, men birdaniga bir nechta tilni o’rganmaslikni maslahat bergan bo’lar edim. Avvaliga bitta narsa bilan shug’ullanish yaxshi va shundan keyingina boshqasiga o’tish eng to’g’ri yo’ldir.

Nima uchun Java?

Java-da ko’plab loyihalar va ilovalar, shuningdek, yirik korporativ dasturlar, masalan, onlayn banklar yozilgan. Java klassik, qat’iy tiplarga ajratilgan tildir va shuning uchun boshlang’ich darajadagi o’rganuvchilarga mos keladi.

Java-ning afzalliklarini quyidagicha qayd etgan bo’lar edim:

  • Java kodi ko’p so’zlik va uzun. Bir tomondan, bu sizni qo’rqitishi mumkin, ammo bunda ham o’ziga yarasha plyus tomoni bor. Kodni yozish jarayonida hamma narsa juda aniq va ravshan bo’ladi, sizning xato qilish yoki kutilmagan xatti-harakatlarga qo’l urishingiz ehtimoli juda kam.
  • Java-da til tuzilmalari juda kam va ularning aksariyati bir xilda talqin etiladi (ya’ni, bir xil shablonda yoziladi).
  • Java-da eski versiyalar qo’llab quvvatlanishi mavjud, ya’ni tilning yangi versiyasi chiqarilganda, eski kodda hech narsa buzilmaydi. Masalan, bunaqa ko’ngilbuzarlik ko’proq Swift dasturlash tilida uchrab turadi.
  • Yangi boshlanuvchilar uchun Java mashhurligining ko’plab afzalliklari mavjud. Eng kamida, u katta jamoaga (community) ega. Bu shuni anglatadiki, tafsilotlarni tushunadigan va o’rganishga yordam beradigan odamlarni topish juda oson. Misol uchun, do’stlar orasida, stackoverflowda, githubda yoki ijtimoiy tarmoqlarda.
  • Bundan tashqari, doimiy ravishda yangilanib turadigan ko’plab maqolalar, videolar va kitoblar ham mavjud, bu shuni anglatadiki, ekzotik tillardan ko’ra ushbu tilda yordam topish osonroq bo’ladi.

Shuning uchun, Java — siz dasturlash o’rganish boshlash kerak bo’lgan tildir. Ushbu til yordamida mobil dasturlashni o’rganishingizni, o’zingizning birinchi mobil ilovangizni yozib tugatishingizni, so’ngra boshqa dasturlash tillarini o’rganishingizni tavsiya qilgan bo’lar edim.

Qanday qilib Java da kod yozishni boshlash kerak?

Agar siz Java-ni noldan o’rganmoqchi bo’lsangiz, darhol o’zingizga savol bering, amaliyotga qancha vaqt berishga tayyorsiz. Chunki har qanday dasturlash tili ingliz tiliga o’xshaydi: faqat kitoblar va nazariyalar o’rganilmaydi.

Birinchidan, asosiy dasturiy tushunchalarni tushunishingiz kerak. Ular barcha tillarda o’xshash, o’zgaruvchilar va ularning turlari (tiplari) bilan tanishishdan boshlang, keyinchalik shartli operatorlar, sikllar, funksiyalar va massivlar bilan tanishib chiqing. Bu siz kod yozishingiz uchun foydalanadigan tilning sintaktik konstruktorlaridir.

OYD – obyektga yo’naltirilgan dasturlashga (OOP – Object Oriented Programming) e’tibor berish muhimdir. Bu xususiyat va metodlarni birlashtirib, kodda haqiqiy dunyodagi narsalarni ta’riflashning paradigmasidir (yondashuv, g’oya). Misol uchun, har bir avtomobil o’ziga xos xususiyatlarga ega: tovar, yoqilg’i turi, quvvat, ishlab chiqarish yili — bu avtomobilning xususiyatlari. O’z navbatida, har bir mashina bir qator funksiyalarga ham ega: yurish, tormozlash, faralar nurini boshqarish va boshqalar.

Ushbu ma’lumotlarni o’rganish bosqichida oddiy kalkulyator yoki o’yin kabi birinchi dasturni yaratish uchun yetarli bo’ladi deb o’ylayman.

Keling, yangi boshlanuvchilar o’rganish boshlanishida tahlil qilishi uchun bitta kodning oddiy misolini keltiraylik. Bizning vazifamiz ijtimoiy tarmoqdan xabarni ko’rsatish uchun bitta karta yaratib, uni ekranga chiqarish bo’lsin. Java kodi quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:

// dto/Post.java fayli public class Post < private long id; private String author; private String content; private boolean likedByMe; public Post(long id, String author, String content) < this(id, author, content, false); >public Post(long id, String author, String content, boolean likedByMe) < this.id = id; this.author = author; this.content = content; this.likedByMe = likedByMe; >public long getId() < return id; >public void setId(long id) < this.id = id; >public String getAuthor() < return author; >public void setAuthor(String author) < this.author = author; >public String getContent() < return content; >public void setContent(String content) < this.content = content; >public boolean isLikedByMe() < return likedByMe; >public void setLikedByMe(boolean likedByMe) < this.likedByMe = likedByMe; >@Override public boolean equals(Object o) < if (this == o) return true; if (o == null || getClass() != o.getClass()) return false; Post post = (Post) o; return post.id && likedByMe == post.likedByMe && Objects.equals(author, post.author) && Objects.equals(content, post.content); >@Override public int hashCode() < return Objects.hash(id, author, content, likedByMe); >@Override public String toString() < return "Post'; > > // activity/MainActivity.java fayli public class MainActivity extends AppCompatActivity < @Override protected void onCreate(Bundle savedInstanceState) < super.onCreate(savedInstanceState); setContentView(R.layout.activity_main); final Post post = new Post(1, "Vasya", "First Post in our network!"); final TextView authorTv = findViewById(R.id.authorTv); authorTv.setText(post.getAuthor()); final TextView contentTv = findViewById(R.id.contentTv); contentTv.setText(post.getContent()); final ImageButton likeBtn = findViewById(R.id.likeBtn); if (post.isLikedByMe()) < likeBtn.setImageResource(R.drawable.ic_favorite_active_24dp); >likeBtn.setOnClickListener(view -> < // Qisqartirish uchun yozilmadi >); final ImageButton shareBtn = findViewById(R.id.shareBtn); shareBtn.setOnClickListener(view -> < Intent intent = new Intent(); intent.setAction(Intent.ACTION_SEND); intent.putExtra(Intent.EXTRA_TEXT, post.getAuthor() + "\n\n" + post.getContent()); intent.setType("text/plain"); startActivity(intent); >); > >

Agar siz allaqachon dasturlash asoslarini bilsangiz, unda 2 hafta davomida Java-da yozishni boshlashingiz mumkin. Tilning har bir jihati aniq va bir xil qilib belgilab qo’yganligi sababli, o’rganish muammosiz o’tadi. Agar siz Java-ni noldan o’rganmoqchi bo’lsangiz, kamida 1 oy vaqtni dasturlash asoslari va amaliyotga qo’yishni tavsiya bergan bo’lardim.

Endi, Java o’rganishning eng qulay usulini tanlash masalasiga to’xtalamiz. Men o’z faoliyatimdan kelib chiqqan holda bir nechta variantni taklif qilaman. Birinchisi: universitetda dasturchi mutaxassisligi olish. Bir tomondan, bu nafaqat Java, balki boshqa tillar va dasturlash turlarini ham bilib olish imkonini beradi, siz asosiy dasturiy bilimlarga ega bo’lasiz. Ammo universitetda o’qish-Androidda tezda dasturlashni boshlashni istaganlar uchun juda uzoq va murakkab yo’ldir.

Ikkinchi variant: kitoblarni, videolarni va maqolalarni mustaqil ravishda o’rganish. Yuqorida aytib o’tganimdek, internetda mobil dasturlash va ayniqsa Java uchun juda ko’p materiallar mavjud. Ushbu ta’lim usuli sabr-toqat va qat’iyatlilikka ega bo’lganlar uchungina o’z natijasini beradi. Hamma narsani qunt bilan o’rganish va tushunish talab etiladi. Agar sizning bilim darajangiz nol bo’lsa, unda asosiy tushunchalar va konstruksiyalar birinchi navbatda juda murakkab va tushunarsiz ko’rinishi mumkin. Bundan tashqari, amaliyotsiz nazariya to’liq kartinani bera olmaydi.

Uchinchi variant ham bor: qo’shimcha kurslarda kerakli bilim va ko’nikmalarni olish, masalan, onlayn. Hozirda Java kurslari har xil maktablarni taklif qilmoqda va siz o’zingiz uchun dasturning murakkabligi va davomiyligini tanlashingiz mumkin. Ushbu yondashuvning afzalligi shundaki, siz Mentor bilan birga o’qiysiz. U uy vazifasini tekshiradi va siz hali ham yopishingiz kerak bo’lgan bilimlardagi bo’shliqlarni ko’rsatadi. Bunday dasturning standart davomiyligi 4-5 oy davom etadi. Lekin kurslarga e’tiborliroq bo’lishni tavsiya qilardim, sababi ko’pchilik o’rganuvchilar o’z mentorining qolipiga tushib qoladi va u qolipdan tashqaridagi hayotni manqurtlarcha xato deb o’ylashni boshlaydi.

Lekin Java o’rganishda to’xtamaslik kerak. Siz boshlang’ich asoslarni mustahkamlaganingizdan so’ng, birinchi dasturni yozdingiz ham deylik. Keyinchalik, men bugungi kunda mashhurlik kasb etadigan va bozorning yirik o’yinchilaridan tan olinadigan boshqa tilni o’rganishni maslahat beraman.

Keyingi bosqich — Kotlin

Kotlin Java bilan maksimal darajada mos keladi va shuning uchun uni o’rganish jarayoni siz uchun juda oson va tez bo’ladi.

Kotlin tili yosh til hisoblanadi. 2011 yildan buyon mavjud bo’lsa-da, faqat 2019 may oyida Google uni Android platformasi uchun ustuvor dasturlash tili deb e’lon qildi va Google Android-ni ishlab chiqayotganini hisobga olsak, ushbu tadbirdan so’ng Kotlinning dasturchilar orasida mashhurligi tez o’sib bormoqda. Tendentsiyalardan so’ng, ko’plab ish beruvchilar Kotlin bilimlarini talab qilishni boshlab yuborganlar.

Google tomonidan tan olinishidan tashqari, Kotlinning mobil rivojlanishdagi mashhurligi qulaylik bilan bog’liq.

  • Tilning Java bilan to’liq muvofiqligi bor. Asosan, loyihaning yarmini bir xil tilda yozishingiz va keyin boshqasiga o’tishingiz mumkin. O’tish tufayli mavjud kod, kutubxonalar va Android SDK-ga bo’lgan bog’liqliklar yo’qolmaydi.
  • Kotlin kodi Java-ga qaraganda ancha qisqa va mazmunli. 4-5 satrda Java-da yozishingiz mumkin bo’lgan hamma narsa Kotlin-da bitta satrga mos keladi. Ba’zan dasturchilar tezlashishni istaydilar va Java-dagi kabi dardini birovga aytgandek kod yozib o’tirmaydilar.
  • Java-ning yangi versiyalari doimo paydo bo’lishiga qaramasdan, bu Android-ning rivojlanish dunyosiga ta’sir qilmaydi, bu yerda hamma narsa Java 6 darajasida saqlanadi. Va yangi imkoniyatlarni ishlatish uchun vaqtinchalik yechimlar mavjud bo’lsa-da, Kotlin-da, yangi xususiyatlar tez-tez paydo bo’ladi.
  • Kotlin — Android Studio-ning asosiy qismida joylashgan Intellij Idea IDE-ning dasturchilari, ya’ni JetBrains kompaniyasining ish mahsulidir. Buning natijasida Kotlin IDE tomondan juda yaxshi qo’llab-quvvatlanadi: aqlli maslahatlar, kodni qayta ishlash, fayllarni navigatsiya qilish va h.k.

Kotlin-ni o’rganish oson

Kotlin-ni Java-ga “shiringina qo’shimcha” deb nomlash mumkin, ular juda o’xshash. Shuning uchun, asosiy til bilan tanish bo’lganlar, Kotlinni o’rganish uchun maksimal 1-2 haftani sarflasa yetarli bo’ladi. Shu bilan birga, tilning barcha xususiyatlarini darhol ishlatishingiz shart emas, siz “Java uslubida” yozishni boshlashingiz va asta-sekin yangisini o’rganishingiz, uni kodingizga kiritishingiz mumkin.

Shunday qilib, dasturlashni boshlovchilar uchun JetBrains dasturchilari Kotlin haqida rasmiy resurslarga murojaat qilishni maslahat berishadi. Ular yangi boshlanuvchilar uchun materiallar kutubxonalariga, shuningdek, til tarixining batafsil tavsiflariga va konstruksiyalarning o’ziga xos xususiyatlariga ega. Faqat qiyinchiligi shundaki – resurs ingliz tilidadir. Biroq, bu texnik til va ko’pgina atamalar, asosan, rus va o’zbek tillariga tarjima qilinmaganligi sababli, bu bilan hech qanday muammo bo’lmasligi kerak.

Bundan tashqari, Google-dan gaydni o’qishni taklif qilaman, bu yerda Java-da yozilgan dasturni Kotlin-ga qanday tarjima qilishni batafsil bayon qilingan. Maqolada fayllarni kengaytma bilan qanday aylantirish haqida gap boradi. Java fayllar .java kengaytmasida va Kotlin fayllar uchun .kt kengaytmalar qo’llaniladi. Bundan tashqari Android SDK bilan ishlashda Java va Kotlindagi kod qismlarini taqqoslashlar ham gaydda keltirib o’tilgan.

Men ham yuqorida Java-da yozilgan kodni Kotlin-da ham yozib ko’rsatmoqchiman, bitta solishtirib ko’ring:

// dto/Post.kt fayli data class Post( val id: Long, val author: String, val content: String, val likedByMe: Boolean = false ) // activity/MainActivity.kt fayli class MainActivity : AppCompatActivity() < override fun onCreate(savedInstanceState: Bundle?) < super.onCreate(savedInstanceState) setContentView(R.layout.activity_main) // Ma'lumotlar internetdan olinishi lozim, lekin men misolni kichraytirdim val post = Post(1, "Netology", "First post in our network!") // Kotlin Android Extensions yordami tufayli hech qanday findViewById ishlatilmaydi authorTv.text = post.author contentTv.text = post.content if (post.likedByMe) < likeBtn.setImageResource(R.drawable.ic_favorite_active_24dp) >// lambda likeBtn.setOnClickListener < // Qisqartirish uchun hech narsa yozilmadi >shareBtn.setOnClickListener < val intent = Intent().apply < // lambda with receiver action = Intent.ACTION_SEND putExtra(Intent.EXTRA_TEXT, """ $$ """.trimIndent()) type = "text/plain" > startActivity(intent) > > >

Shuni esda tutingki, agarda siz Java asoslarini bilsangiz va unga eng oddiy ilovalar yozsangiz, Kotlinni o’rganish uchun bir xil yo’lni bosib o’tishingiz shart emas. Siz umumiy qabul qilingan konstruktorlarni, o’zgaruvchilarni va ma’lumotlar turlarini (tiplarini) bilsangiz bas. Java-ga juda o’xshash kodni yozishni boshlashingiz mumkin, keyin Kotlinni o’rganish jarayonida undan ko’proq ishlar qilishni boshlashingiz mumkin.

Ushbu maqolada Android mobil dasturlash sohasiga kirishning aniq va universal usulini taklif qilindi. Birinchi bosqich Java-ni uzoq, ammo an’anaviy va tushunarli sintaktik konstruktsiyalar bilan o’rganishdir. Ularni o’zlashtirganingizdan keyin siz “shakar” Kotlinga o’tishingiz mumkin. Bunday tartib siz uchun qulay bo’ladi deb o’ylayman.

Mobil dasturlashning eng mashhur ikki tilini bilish — Java va Kotlin-boshqa Android dasturchilari orasida sizga foyda keltiradi. Yuqorida aytib o’tilganidek, ish beruvchilar Kotlin dasturlash tilida bilimi bor dasturchilarni izlaydi, va Kotlin bilimlari Java-siz o’zlashtirilishi mumkin emas. Har qanday holatda, siz va sizning kelajakdagi jamoangizni qiziqtiradigan narsalarni tanlash uchun turli tillarda mobil ilovalarni yozishni o’rganishingiz kerak.

Posted on October 10, 2019

Python’da dasturlashni 3 oy davomida bepul o‘rganing!

AQShning Toshkent shahridagi elchixonasi Python’da dasturlash bo‘yicha uch oylik bepul kurslar boshlanishini e’lon qildi, deb yozadi terabayt.

Ushbu kurs kompyuterda dasturlashni va yangi ko‘nikmalarni egallashni istaganlar uchun ajoyib ko‘mak bo‘la oladi. Kurslarga 3 oktyabrda AQShning Toshkent shahridagi elchixonasida start beriladi.

Ushbu kurslarga ariza topshirish uchun nomzodlar:

  • 16 yosh yoki undan katta bo‘lishi
  • Shaxsiy kompyuterdan foydalanish bo‘yicha bazaviy bilim va tajribaga ega bo‘lishi
  • Ingliz tilini o‘rtacha yoki undan yuqori darajada bilishi
  • O‘zining bor qiziqish va shijoatini dasturlashga bag‘ishlay olishi
  • Diqqatli talaba bo‘lishi, ko‘rsatmalarni tinglab tushuna olishi
  • Aytilgan vaqtda va kunlarda kurslarga kelishi lozim.

Barcha nomzodlar kursga ariza topshirish uchun pasportga ega bo‘lishi lozim. Agar ariza topshiruvchi pasportini taqdim qilmasa, bu holda murojaat ko‘rib chiqilmaydi.

Ariza topshirishning oxirgi muddati 11 sentyabr kuni yakunlanadi. Kurs admistratorlari munosib deb topilgan nomzodlar bilan aloqaga chiqadi va ularni suhbatga taklif qiladi.

Kursga arizani be yerda topshirish mumkin.

Agar yana savollar tug‘iladigan bo‘lsa ushbu pochta manziliga mujojaat qilishingiz mumkin:

Python dasturlash tilini oʻrnatish

O‘zbekistonda ham dasturchilikka qiziqish ortib borayotganini hisobga olib, muvaffaqiyatli dasturchilardan biri Botir Ziyatov bilan suhbat uyushtirdik va ko‘plab yoshlarni qiziqtirayotgan savollarga javob oldik.

― Botir aka, siz bilan ko‘rishishdan oldin ish takliflari joylanadigan saytlardagi dasturchilar va umuman IT sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan talab va maoshni ko‘rib, hayron qoldik. Nima uchun dasturchilar bunchalik qadrlanadi?

― Bunga asosiy sabab – IT sohasining rivojlangani. Ya’ni biz doim hayotimizda texnologiya bilan birga yurganimiz uchun ham shunday. Misol uchun, siz ish qidirish uchun qidiruv tizimidan foydalandingiz. Darrov ko‘chaga chiqib, biror korxonaning oldiga bormadingiz yoki e’lonlarni ko‘rmadingiz. Shunchaki, o‘tirgan joyingizdan qidirdingiz. Bu qidiruv tizimini aynan dasturchilar yaratgan.

Bundan tashqari, millionerlar ro‘yxatidagi badavlat insonlarning ko‘pi IT sohasidagi gigantlardir. Misol uchun, Jyef Bezos (Amazon), Mark Tsukerberk (Facebook), Bill Geyts (Microsoft). Ularning dasturlari doimiy ishlab turishi uchun ularga aynan dasturchilar kerak.

― Siz tashkil etgan «dasturchilar inkubatori»ning boshqa markazlardan farqi nimada?

― Biz ularga dasturlashni boshqacha usulda o‘rgatamiz, ya’ni ularning qo‘liga real loyihalar beramiz. O‘quvchilarimiz dasturlashni loyihani amalga oshirish jarayonida o‘rganishadi. Nazariya va leksiyalar kam bo‘lib, ular loyiha ustida jamoa bo‘lib ishlashadi. Ular doimo ish jarayonida bo‘lishadi. Biror korxonaga ishga borsa ham, jamoa bo‘lib ishlashda qiynalishmaydi.

― Sodda qilib tushuntirganda, dasturlash o‘zi nima?

― Kundalik hayotimizda ko‘p shu holatga duch kelamiz. Misol uchun, kimdir bilan suhbatlashsam, nima ish qilishimni so‘raydi. Dasturchiman desam, ko‘pchilik telefon yoki kompyuterini ko‘rib berishimni iltimos qilib qolishadi. Ko‘pchilik dasturchilarni kompyuter yoki telefonni tuzatib beruvchi sifatida tushunadi. Aslida tuzatish vazifasini bajaruvchilar dasturlardan foydalanishadi. Dasturchilar esa ular foydalanadigan dasturlarni yaratib berishadi. Ular ijodkorlar hisoblanadilar.

― Kurslarning davomiyligi qancha?

― Kurslar ikki xil: intensiv va odatiy shaklda tashkillashtiriladi. Intensiv shaklda davom etadigan kurslar odatda 4 oy, odatiy kurslar esa 6 oy davom etadi. Kurslar 4 oydan kam emas. Biz bolaning ishlab keta olishi uchun zarur bilimlarni shuncha vaqt ichida bera olamiz.

― Dasturchi bo‘lish qanchalik qiyin, ya’ni bunga o‘zgacha bilim, xohish kerakmi? Har kim ham dasturchi bo‘la oladimi?

― Dasturchi bo‘lish uchun xohishning o‘zi kamlik qiladi. Ochig‘ini aytsam, dasturchi bo‘lish qiyin, lekin dasturlashni o‘rganish mumkin.

Juda ko‘pchilik maosh yaxshiligi sabab dasturchi bo‘lishni xohlaydi. Maosh sabab dasturchi bo‘lishni istaganlarning ko‘pi muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Boshida pul emas, yaxshi dasturchi bo‘lish maqsad qilinsa, dasturlashni o‘rganish mumkin.

Bundan tashqari, dasturchi bo‘lishni xohlagan kishida fikrlash qobiliyati yaxshi bo‘lishi kerak.

― Aytaylik, menda dasturchi bo‘lishga xohish bor. Sizning oldingizga keldim. Menga yana nima kerak bo‘ladi?

― Dasturlashga kirib kelgan vaqtingizda sizdan noutbuk talab qilinadi. Biz o‘zimiz ham noutbuk berishimiz mumkin. Ammo sizning o‘zingizda doimiy ishlashga shaxsiy noutbuk bo‘lishi kerak.

Shuningdek, sizdan kompyuter savodxonligi ham talab etiladi. Axir dastur tuzmoqchi bo‘lgan odam eng oddiy dasturlardan foydalanishni bilmasligi mumkin emas.

― Dasturlash tillarining bir-biridan farqi nimada va hozirda istiqboli dasturlash tillariga qaysilar kiradi?

― Dasturlashning alohida-alohida yo‘nalishlari bor. Misol uchun, veb-saytlar – dasturlashning veb dasturlash yo‘nalishi, telefonlar esa mobil dasturlash yo‘nalishida amalga oshiriladi. Kompyuterlar esa desktop dasturlash olami, o‘yinlar uchun o‘yin dasturlash olami kabilarga bo‘linib ketadi.

Aynan shu yerda siz dasturlash tillarini tanlab olishingizga to‘g‘ri keladi. Ya’ni veb dasturlash uchun siz php, python, javascript dasturlash tillaridan birini tanlashingiz mumkin. Yoki mobil dasturlar uchun java, swift kabi dasturlash tillari bor.

Dasturlash tillarini bir-biri bilan solishtirish to‘g‘ri emas. Har bir dasturlash tilining o‘z maqsadi bor.

Hozirgi kunda juda ko‘p dasturchilar ishlatadigan mashhur dasturlash tillari – python, javascript va java kabilardir. O‘zbekistonda esa php, python, java ko‘proq ommalashgan.

― Yaxshi dasturchi bo‘lishga qancha vaqt va mablag‘ kerak bo‘ladi?

― Yaxshi dasturchi bo‘lish qimmat hamda uzoq vaqt talab qiladi. Boshlovchi dasturchilar kurslarni tugatib, yaxshi dasturchiman deya olmaydi. Chunki yaxshi dasturchi yillar davomida shakllanadi.

Boshlovchi dasturchi darajasiga erishish uchun 10–11 million so‘m mablag‘ talab qilinadi. Ammo buncha mablag‘i bo‘lmaganlar dasturlashni YouTube orqali o‘rganishsa ham bo‘ladi. Faqat bu uzoq vaqt talab qilishi mumkin. Masalan, o‘zim ham dasturlashni o‘rgatadigan videolarni YouTube’ga joylab boraman.

― Dasturlash bilan shug‘ullanayotganingizga qancha vaqt bo‘ldi?

― Dasturlashni 2009 yilda boshlaganman. 2011 yildan boshlab IT korxonalarida dasturchi bo‘lib ishlaganman. U paytda bepul ishlaganman. Shu vaqtgacha 50dan ortiq loyihada qatnashganman. Bularning ichida O‘zbekistondagi yirik loyihalar ham bo‘lib, ularda bosh dasturchi bo‘lganman.

― O‘zbekistonda dasturlashga bo‘lgan talab qanday va yosh dasturchilar qancha oylik olishi mumkin?

― O‘zbekistonda yaxshi dasturchilarga doim yuqori talab bor. Ko‘pchilik ularni qidirib yuradi. Yosh, ya’ni dasturlashga yangi kirib kelgan dasturchilar 200 dollar atrofida oylik oladi. Ular tajriba orttirish uchun bepul ishlashsa ham bo‘ladi, chunki boshida ularga talab yuqori bo‘lmaydi. Shu holatda sabr qilib, yosh dasturchi 1 yil ishlasa, maoshi 800 dollarga chiqishi mumkin.

Dasturchilarning maoshi ularning ish tajribasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq.

― O‘zbekistonda ko‘p yillik tajribaga ega kuchli dasturchilarning maoshi qancha?

― O‘zbekistonda yaxshi dasturchilarga 1000–3000 dollargacha oylik berishadi. Bu asosan ularning qiladigan ishiga bog‘liq.

― O‘zbekistonda turib, chet el uchun ishlash imkoniyati dasturlash sohasida ham bormi?

― Hozirgi kunda chet eldagi IT korxonalari boshqa davlatlardagi arzon ishchi kuchini o‘sha davlatning o‘zida ishlatishadi. Ya’ni ular o‘z dasturlarini autsours qilib, boshqa davlatga chiqarishadi. Bunda win-win holati yuzaga keladi, ya’ni bunda IT korxonasi kam xarajat qiladi, ular berayotgan maosh esa dasturchi uchun juda yaxshi hisoblanadi. Bunda ikki tomon ham yutadi.

O‘zbekistonda ham hatto jamoa bo‘lib, ishlab, o‘z xizmatini chet elga sotayotgan dasturchilar ko‘paymoqda. Ular 4000–6000 dollargacha daromad olishadi.

― Dasturlovchi o‘qituvchi sifatida O‘zbekistonda yoshlarning dasturlashni o‘rganishga bo‘lgan qobiliyatini qanday baholaysiz?

― O‘z tajribamdan aytadigan bo‘lsam, dasturlashni o‘rganadigan bolalarni ikki toifaga bo‘lish mumkin: birinchi toifadagilar pul topish uchun dasturchi bo‘lishni istaydiganlar. Ikkinchisi – dasturlashga qiziqqani uchun dasturlashni o‘rganishni istaydiganlar. Ikkinchi toifadagilarning muvaffaqiyat qozonishi ehtimoli ko‘proq.

O‘zbekistoning turli joylaridan dasturlashni o‘rganishga istak bildirganlar bor. Ammo ularning ba’zilarida mablag‘, kompyuter bo‘lmaydi yoki ba’zi joylarda internet yaxshi ishlamaydi. Umuman olganda, o‘zbek dasturchilarining iqtidori yaxshi, hatto buni chet elda ham e’tirof etishadi.

Ma’lumot o‘rnida, Botir Ziyatov asos solgan o‘quv markazi bilan quyidagi forma orqali ariza berilsa, markaz vakillari siz bilan bog‘lanishadi: ://forms.amocrm/ccrmmm

Manzil: Toshkent shaxar Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy ko‘chasi 39

Mo‘ljal: Oloy bozori

Telefon: +998 95 341 42 42

Python dasturlash tilini oʻrnatish

Copyright © 2012-2023 RUplayers
Intresting videos

Python dasturlash tili

1- dastur | Python dasturlash tili

python dasturlash tilini kompyuterga o’rnatish va 1 – dasturni yozishni ko’ramiz. Instagram: botirziyatov .

Просмотров 386 тыс. 2 года назад

PYTHON DASTURLASH TILINI 1 SOATDA O’RGANAMIZ!

PYTHON DASTURLASH TILINI 1 SOATDA O’RGANAMIZ! Assalomu aleykum, kanalimizga xush kelibsiz. Ushbu videoda Python .

Просмотров 70 тыс. 2 года назад

Python nimalarga qodir?

Python dasturlash tili o’z qulayligi bilan dasturchilarga juda ko’plab imkoniyatlarni yaratib beradi. Bugungi videodagi «Python» .

Просмотров 8 тыс. Год назад

2- dastur | O‘zgaruvchilar, Python dasturlash tili

python dasturlash tilida o’zgaruvchilar bilan ishlash. pythonda 2-dasturni yozib ko’rish. Instagram: .

Просмотров 189 тыс. 2 года назад

3- dastur | Ma’lumot turlari, Python dasturlash tili

Dasturchi bilishi kerak bo’lgan navbatidagi tushuncha Ma’lumot turlarini o’rganamiz. pythonda 3-dasturni yozib ko’ramiz.

Просмотров 100 тыс. 2 года назад

Похожие запросы для Python dasturlash tili
botir ziyatov 2-dars
teacher azam
python dasturlash tili 3-dars
saidbek arislonov
python dasturlash tili 4-dars
kadirov dev
dasturlash 1 dars
mohirdev
web dasturlash 2-dars
python da bot yaratish
payton
pycharm
python / уроки
Dasturlash tili | Dasturlash nima? [Texnoplov]

~ Instagram – texnoplov Telegram – t/texnoplov Reklama: +998 93 120 22 11 +998 90 127 .

Просмотров 84 тыс. 5 месяцев назад

Python dasturlash tili haqida qiziqarli ma’lumotlar. PYTHON

Просмотров 1,1 тыс. Год назад

Python dasturlash tili | #1 dars What is Python? | Что такое Python | IT Learning

Python nima? Python dasturlash tili haqida: -python tarixi -python qanday sohalarda ishlatiladi -pythonda nima ishlar qilingan .

Просмотров 1,2 тыс. 2 года назад

PYTHON DASTURLASH TILI HAQIDA!

PYTHON DASTURLASH TILI HAQIDA! Assalomu aleykum, kanalimizga xush kelibsiz. Ushbu videoda men Python dasturlash tili .

Просмотров 22 тыс. 3 года назад

Telegram bot yozamiz! | python dasturlash tilida

Python dasturlash tili orqali telegram bot yozamiz. Koronovirus statistikasi haqida ma`lumotlarni olib telegram bot orqali ko`rsatish.

Просмотров 111 тыс. 2 года назад

4- dastur | Operatorlar, Python dasturlash tili

Operatorlar – Siz bilishingiz kerak bo`lgan tushunchalardan biri. Python dasturlash tilida turli xil operatorlar mavjud. Ma’lumot .

Просмотров 98 тыс. 2 года назад

5- dastur | string, Python dasturlash tili

Matnli ma’lumotlarni formatlash va string ma’lumot turini funsiyalari bilan ishlashni ko’ramiz. Instagram: .

Просмотров 57 тыс. 2 года назад

PYTHON �� DASTURLASH TILIDA OVOZLI DASTUR | GAPIRADIGAN DASTUR | JARVIS

SALOM INTERNET Ushbu video ro`likda biz o`zimizning ovozli yordamchimizni yaratdik. Lekin Tan olish kerak uning ustida .

Просмотров 11 тыс. Год назад

6- dastur | chiziqli dastur, Python dasturlash tili

Dasturlashdagi birinchi missiyasi yakunidamiz. Chiziqli dasturlar tuzib uni mohiyatini tushinib oling. Keyingi missiyaga o’tishga .

Просмотров 40 тыс. 2 года назад