7Qadam turkumi
• bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;
Ilk qadam davlat dasturining qo’llanilishi.
Ilk qadam davlat dasturi Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o’quv dasturi (quyida: «MTM davlat o’quv dasturi») O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo’lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o’quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g’oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o’tishidagi asosiy kompetentsiyalari belgilangan.
Davlat o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida qo’llash uchun majburiy:
• davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
• maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko’rsatuvchi nodavlat muassasalari; maktabgacha guruhlarga ega bo’lgan«Mehribonlik» bolalar uylari; maktabgacha va boshlang’ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari.
MTM davlat o’quv dasturini qo’llash
Davlat o’quv dasturi variativ o’quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o’quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ta’lim muassasasi Davlat o’quv dasturi asosida o’zining MTM ishchi o’quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o’quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi.Ilk qadam davlat dasturi
MTMning maqsad va vazifalari
MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
• bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o’quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
• maktabgacha yoshdagi bolalarning o’quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;
• bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;
• bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o’zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.
MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari
MTM ta’lim jarayonining maqsadlari
O’quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetentsiyalar va rivojlanish sohalari kompetentsiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.
MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari. MTM ta’lim jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat:
• bola huquqlari, o’ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;
• ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o’zaro bog’liqligi;
• bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish; bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo’llab-quvvatlash;
• o’yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;
• bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;
• bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;
• MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi; milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasidagi rivojlanishini qo’llabquvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo’ladi. Ilk qadam davlat dasturi
Muallif: SHаkаrоv А.B., Ulаshev X.А.
7Qadam turkumi
Bugungacha 50 mingdan ortiq oʻquvchilar eʼtiborini qozongan kitoblar toʻplamini eʼtiboringizga havola qilaman.
Oʻzlik sari yetti qadam turkum kitoblarini PDF yoki EPUB koʻrinishida yuklab olishingiz mumkin:
Lotin yozuvida | Kirill yozuvida | |
---|---|---|
Birinchi kitob | PDF / EPUB | PDF / EPUB |
Ikkinchi kitob | PDF / EPUB | PDF / EPUB |
Uchinchi kitob | PDF / EPUB | PDF / EPUB |
To’rtinchi kitob | PDF / EPUB | PDF / EPUB |
Beshinchi kitob | PDF / EPUB | PDF / EPUB |
9 thoughts on “7Qadam turkumi”
Sherzod Sherov 21-Mart, 2020 at 10:34
Assalomu alaykum Javlon aka. Juda ham yaxshi ish qilibsiz. O’zimning nomimdan minnatdorchilik bildirib qolaman.
Шерзод Ҳайдарбеков 12-Yanvar, 2021 at 10:45
Ассалому алекум қадрли Жавлон Жураев! Очиғи, сизнинг китобингизни ўқиб, ўзимга ташқаридан бир назар солгандек, гўё айтмоқчи бўлган гапларимни сизнинг тилингиздан тинглагандек бўлдим. Балки ишонмассиз. лекин мен ростини айтаман – китобларингизни икки ҳафтага бормай ўқиб тугатиб бўлдим! Ҳар куни битта бобдан ўқимоқчи ҳам бўлдим, бироқ сабрим чидамади! Тезроқ мени ҳаяжонга солувчи китоб томон ошиқа бошладим! Ижодкорлик ва қоғоз қоралаш дардини жуда яхши биламан! Ўзим ҳам айрим нарсалар қоралаб юраман (агар интернетдан мени излаб, ёзганларимга бир қўр назар солиб қўйсангиз, каминанинг боши осмонга етган бўларди) Хуллас гапимни сизга ўхшаб якунламоқчиман: Раҳмат сизга!