Press "Enter" to skip to content

O‘zbekiston “Qarshi-Kitob” temir yo‘l liniyasini elektrlashtirishni boshlamoqda

QARSHI SHAHRIDAGI TEMIR YO’L VOKZALI – Qarshi tashkilot/kompaniyaning aloqa ma’lumotlari: telefonlar, joylashuvi, faoliyat turlari va boshqa foydali ma’lumotlar). Agar siz ushbu ma’lumotni o’zingiz uchun foydali deb hisoblasangiz, iltimos, ularga murojat qilganingizda, ma’lumotlarini Golden Pages – Uzbekistan biznes-katalogining veb-saytida topganingizni xabar qiling.

QARSHI SHAHRIDAGI TEMIR YO’L VOKZALI

QARSHI SHAHRIDAGI TEMIR YO’L VOKZALI – Qarshi tashkilot/kompaniyaning aloqa ma’lumotlari: telefonlar, joylashuvi, faoliyat turlari va boshqa foydali ma’lumotlar). Agar siz ushbu ma’lumotni o’zingiz uchun foydali deb hisoblasangiz, iltimos, ularga murojat qilganingizda, ma’lumotlarini Golden Pages – Uzbekistan biznes-katalogining veb-saytida topganingizni xabar qiling.

QARSHI SHAHRIDAGI TEMIR YO’L VOKZALI Qarshi shahar xaritasidagi joylashuvi

Ko’proq ko’rsatish

Shahar xaritasida: QARSHI SHAHRIDAGI TEMIR YO’L VOKZALI tashkilotning joylashgan joyi – Qarshi shahri

Tashkilotining joylashuvi QARSHI SHAHRIDAGI TEMIR YO’L VOKZALI – Qarshi, O’zbekiston xaritada Qarshia maksimal darajada aniq ko’rsatilgan, xato 100 metrdan oshmasligi kerak. Agar siz ushbu tashkilotning joylashuvi noto’g’ri deb hisoblasangiz yoki joylashuv xatosi 100 metrdan ortiq bo’lsa , iltimos, bizga bu haqida xabar bering. Xat mavzusida “xaritadagi xato”ni ko’rsating QarshiА”. Xatda tashkilot yoki kompaniyaning nomini yozing va nega bu tashkilot noto’g’ri joylashgan deb o’ylaysiz.Yaqin kelajakda biz ushbu tashkilotning to’g’ri joylashuvini aniqlashga harakat qilamiz . Hamkorlik uchun oldindan rahmat!

Tegishli havolalar:

  • Toshkent Xaritasi.
  • Toshkentdagi ko’cha nomlarini o’zgartirish.
  • Tashkilotingizni shahar xaritasida qanday joylashtirish kerak.

Kompaniya hozircha mahsulot/xizmatlarni www.goldenpages.uz saytida joylashtirmagan. Agar Siz mahsulot/xizmatlaringizni joylashtirmoqchi bo’lsangiz, havola bo’yicha o’ting.

O‘zbekiston “Qarshi-Kitob” temir yo‘l liniyasini elektrlashtirishni boshlamoqda

O‘zbekiston “Qarshi-Kitob” temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish” investitsion loyihasini yo‘lovchi poyezdlarining tezyurar harakatini tashkil etish bilan amalga oshirishni boshlamoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 10 iyul kuni ushbu investitsion loyihani amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqladi.

Prezident qaroriga ko‘ra, loyiha 2017-2018 yillarda amalga oshiriladi.

Investitsion loyihaning taxminiy qiymati 58,87 mln dollarni tashkil etadi, deyiladi qarorda.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ushbu loyihani amalga oshirish uchun o‘zining 18,58 mln dollarlik mablag‘larini yo‘naltiradi. «O‘zbekenergo» AJ esa 7,31 mln dollarlik sarmoya kiritadi.

Taxminan 14,06 mln dollar markazlashtirilgan sarmoyalar bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot Jamg‘armasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga 18,92 mln dollarlik kredit taqdim etadi.

Investitsion loyiha doirasidagi tashqi elektr ta’minoti obektlarini loyihalashtirish va qurish «O‘zbekenergo» AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston rahbari investitsion loyiha ishtirokchilariga soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etdi.

​QARShI-KITOB TEMIR YO`L UChASTKASINI ELEKTRLAShTIRISh IShLARI BOShLANDI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog`ida Shahrisabz shahriga sayohlar oqimini oshirish va yo`lovchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Qarshi-Kitob temir yo`l uchastkasini elektrlashtirish hamda tezyurar poezd harakatini tashkil etish” loyihasini tayyorlash bo`yicha ko`rsatma berilgandi. Joriy yilning 10 iyul kuni qabul qilingan qarorga asosan ushbu yo`nalishda amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar boshlab yuborildi.

Qarshi-Kitob temir yo`l liniyasining umumiy uzunligi 124 kilometrni tashkil etadi. Yo`nalishda 3ta vokzal, 8 ta stansiya, 46 ta ko`prik va 107 boshqa sun`iy inshootlar mavjud. Loyiha doirasida 1ta tortish elektrostansiyasini va 94 kilometr masofada tutashtirish tarmog`i, tashki elektr ta`minoti ob`ektlarini qurish belgilangan. Umumiy uzunligi 8 kilometr bo`lgan temir yo`llar ta`mirlanadi va yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar qatnovi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

Shuningdek, “Kitob” va “G`uzor” stansiyalarini tubdan ta`mirlash, temir yo`l atrofini panjaralar bilan o`rash, signallashtirish va telekommunikasiya tizimlarini modernizasiya qilish ko`zda tutilgan.

2017-2018 yillar oralig`ida amalga oshiriladigan mazkur loyiha Toshkent, Samarqand, Qarshi va Kitob yo`nalishida yagona turistik yo`nalishni yaratish va xalqaro turizmni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Poezdlar harakati vaqtini qisqartirish, ortiqcha xarajatlarni tejash imkonini yaratish barobarida, vohadagi qadimiy yodgorliklarni kelib ko`rishga oshiqayotgan sayyohlar sonining keskin ortishiga zamin yaratadi.

Ushbu yo`nalishda poezdlar 160 kilometr/soat tezlikda harakatlanib, yo`lovchilar Qarshidan Kitobgacha 50 daqiqada zamonaviy servis xizmatlaridan foydalangan holda manziliga borish imkonini beradi, deya xabar beradi Kompaniya axborot xizmati.