Press "Enter" to skip to content

Qish faslida kayfiyatni qanday ko‘tarsa bo’ladi

Ba’zan kayfiyatni ko’tarish uchun to’yib uxlash yetarli bo’ladi. Ko’pincha asabiylik va tushkunlik ishlar ko’pligi tufayli uyquga yetarli vaqt ajrata olmaslik natijasida yuzaga keladi. Bir necha soat sog’om uyqu esa muammoga boshqa tomondan nazar tashlashga yordam beradi.

Qish mavsumida ko’proq qanday taomlar iste’mol qilinadi?

Yanvar – bu issiqina uyda o’tirib, do’stlar va oila a’zolaringiz bilan yig’ilib, mazali yeguliklar iste’mol qilinadigan ajoyib fursat hisoblanadi. Bugun biz siz azizlarga to’yimli, shuning bilan birga tez tayyorlaniladigan ovqatlar haqida to’liq ma’lumot beramiz.

Iste’mol qilish qulay bo’lgan ovqatlar: qanday va nima uchun kerak?

Iste’mol qilish qulay bo’lgan ovqatlar iborasi aslida inglizcha comfort food so’zidan olingan bo’lib, u birinchi bo’lib 1966-yilda ilk bor ishlatilgan. Qulay ovqat deb – bu hammani kayfiyatini ko’tarib, dimog’ini qitiqlaydigan, uyda pishirilgan ovqatlarga aytiladi. Odatda bunday ovqatlar o’zlarida ko’proq uglevodlarni saqlab, tayyorlanilishi ham juda osonligi bilan sizlarni quvontiradi.

Bunday ovqatlar, ayniqsa, qishning sovuq kunlarida ayni muddao bo’lib, kun mobaynida to’q tutib turadi. «Qulay ovqatlar» iborasi psixologiyada ham mavjud bo’lib, psixologlarning aytishicha bunday ovqatlar mavsumiy tushkunlikka tushish holatidan chiqishga katta yordam berar ekan. Chunki to’q qornim, tinch qulog’im degan gap bejizga emasku.

Nimalar tayyorlasa bo’ladi?

Qizdirib pishirilgan toblatmalar-u, maromida pishgan sho’rvalardan tortib mazali pishiriqlar – bularning hammasi ko’pchilikka juda yoqsa kerak. Ular ichida eng mazali va foydalisi, shuningdek juda oson tayyorlaniladigani esa bu Sabzavotlardan tayyorlanilgan tovuqli sho’rvadir. Bunday sho’rvani tayyorlashning ko’pgina usullari bo’lib, ulardan biri sabzavotli tovuq sho’rvadir.

Sabzavotli tovuq sho’rva

Toblatmalarning turi juda ko’p bo’lib, ular juda to’yimli ovqatlar qatoriga kiradi. Agar sizda g’oyalar bo’lmasa, unda biz pishirdan kartoshkali graten retseptidan foydalaning. Tillarangli, usti qarsildoq-u ichi yumshoqqina bu ovqat katta-yu michikka birdek yoqishi aniq.

Tovuqli julyen taomi ayni sovuq qish mavsumida tayyorlanilsa, issiqqina uyda o’tirib mazali ovqat kutayotgan har bir oila a’zolaringizning ko’nglidan joy egallashi aniq.

Qaymoqli qaylada pishirilgan qiymali koptokchalar ham xuddi frikadelkalarga o’xshab ketadi, ammo bular ulardan ancha mazaliroq. Chunki ularni smetanali qaylada pishirib olamiz.

Kayfiyatni ko’taruvchi eng dilga yoquvchi yeguliklarga albatta shirinliklar kiradi. Bu borada shokoladli pechenyelardan ham mazaliroq shirinlik bormi? Faqat shokoladli tomchilardan tayyorlangan shokoladli pechenyelar! Bu pechenyelarning usti qarsildoq bo’lishiga qaramasdan ichi deyarli kremdek juda mayin bo’lib pishadi.

Ustidagi yoriq naqshlari tufayli ham juda chiroyli, ishtahaochar ko’rinishga ega bo’lgan Sshokoladli yoriq pechenyelarimizga nazar tashlang, albatta yoqadi.

Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!

Qish faslida kayfiyatni qanday ko‘tarsa bo’ladi?

Kuz va qish fasllari — inson organizmi ko‘pgina qiyinchiliklarga duch keladigan davr hisoblanadi. Bular — ham haroratning keskin pasayishi, ham qon bosimining o‘zgarib turishi, ham vitaminlar yetishmovchiligi va hokazolar…

Xuddi shu davrda bizning ko‘pincha qayg‘u va yomon kayfiyatga duch kelishimiz ajablanarli emas. Har bir kishining kayfiyatini ko‘tarishning o‘z usullari bor. Biz bularning eng ommabop va eng samaralilarini to‘pladik.

Kayfiyatni ko‘tarishning eng foydali va ayni paytda eng oson usuli — qarindoshlaringiz bilan muloqotda bo‘lish. Ularga qo‘ng‘iroq qiling yoki o‘zingiz, o‘sha paytda yoqmasa ham, ziyofatlarga qilingan takliflarni rad etmang.

Do‘stlaringiz va qarindoshlaringiz har doim sizning kayfiyatingizni ko‘tarishga harakat qilishadi, yoki hech bo‘lmasa yoqimli suhbat davomida muammolaringizni biroz bo‘lsa ham unutishga yordam berishadi.

Ba’zi mahsulotlar ham kayfiyatni ko‘tarishga juda yordam beradi. Masalan, shokolad keng tanilgan antidepressant deb e’tirof etiladi. Shuning uchun, hatto, siz to‘g‘ri ovqatlanishga amal qilsangiz ham, xayrli maqsadda o‘zingizga biroz shokoladni ravo ko‘ring.

Shokoladning pozitiv ta’sirini choy yoki qahva bilan to‘ldirish mumkin. To‘g‘ri, shirinliklar kabi, ularni ham ko‘p iste’mol qilish zararli hisoblansa ham, kayfiyatni yaxshilash va tetiklikni oshirish uchun biroz ichish mumkin.

Salbiy hissiyotni yengishning yana bir yo‘li — ularni qog‘ozda aks ettirish. Negativ hissiyotlar manbasini aniqlashga harakat qiling va uning rasmini chizing (masalan, badjahl amaki — boshlig‘ingiz ko‘rinishida) yoki sizda yomon kayfiyat uyg‘otuvchi narsalarni chizing (qora bulut yoki yomg‘ir). Chizish jarayoni sizni chalg‘itadi, mehnatingiz samarasi esa ancha kayfiyatingizni ko‘taradi.

Ko‘nglingizga hech narsa sig‘mayotgan bo‘lsa, qalamni tashlang va boks grushasi tomon yo‘l oling. Mana, sizni alahsitadigan va ranj-alamlaringizni chiqarib olishingiz mumkin bo‘lgan narsa. Grushaning ta’zirini bering — yengil tortganingizni his qilasiz. Agar sizga boks to‘g‘ri kelmasa, sportning boshqa faol turlari ham bo‘laveradi.

Ayniqsa, bunday mashqlar nafaqat qonga baxt gormonlarini qo‘shadi, balki mushaklarni chiniqtirishga va sog‘liqni mustahkamlashga imkon beradi. Nima, bu ijobiy hissiyot va yaxshi kayfiyat uchun sabab bo‘lolmaydimi?

Musiqa — kayfiyatni yaxshilashning sinalgan usuli. Sevimli qo‘shiq, hatto, agar u g‘amgin bo‘lsa ham, negativni chiqarishga imkon beradi va yaxshi fikrlar uchun aqlni bo‘shatadi. Ayniqsa, quvnoq musiqa. Shunday ekan, musiqani baland qo‘ying va qo‘shiq ayting, yaxshisi o‘yinga tushing. Faqat, qo‘shnilaringiz militsiya chaqirmoqchi emasligiga ishonch hosil qiling!

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

So‘nggi yuklangan mavzular

Ko‘p o‘qilgan mavzular

Bo‘limlardan birini tanlang

Kayfiyatni ko’tarish usullari — 10 ajoyib usul, sinalgan tavsiyalar

Har bir insonning hayotida kayfiyat joyida bo’lmaydigan kunlar bo’ladi, bu vaqtda odam qo’li ishga bormaydi, uni atrofidagi narsalar qiziqtirmaydi, ba’zan esa yaqin insonlarga qo’pol munosabatda bo’lish kuzatiladi. Biroq noxushliklarni oldini olish uchun kishi shunchaki o’z vaqtida fikrlash va hissiyotini o’zgartishi kerak.

Kayfiyatni haqiqatdan ham boshqarish mumkin. Buni istalgan vaqtda: uyda, ishda, sayr paytida amalga oshirish mumkin. Tushkunlik ustunlik ola boshlagach, shunchaki uni yengish uchun quyidagi 10 oddiy «kalitni» yodga olish kifoya.

Kayfiyatni ko’tarish usullari

1. Sevimli musiqa

Musiqa insonga qanday ta’sir qilishi mumkinligi hech kimga sir bo’lmasa kerak. Kayfiyat tez-tez o’garib turadigan bo’lsa, doim qo’l ostidagi mobil telefonda bir-ikkita sevimli musiqa olib yurish tavsiya etiladi. Ular bo’shashishga yordam beradi, depressiv hayollardan uzoqlashtiradi.

Eng muhimi, musiqa qayg’uli bo’lmasligi kerak, aks holda ahvol faqatgina yomonlashadi. Yaxshisi doimo ruhiyatni ko’taradigan qo’shiqlarni tinglash kerak. U sokin, ilhomlantiradigan bo’lishi maqsadga muvofiq.

2. Komedik filmlar

Kayfiyatni ko’tarishning yana bir oddiy usuli. Kulgi stressni kamaytiradi va salomatlikni mustahkamlaydi. Shu sababli, bir kechani komediyalar uchun ajratish tavsiya etiladi. Bu noxush fiklarga ijobiy munosabatda bo’lishga ko’maklashadi.

Ish haftasi davomida xursandchilikni saqlab turish uchun tanaffuslar vaqtida kuniga bir necha marta qiziqarli videolarni tomosha qilish mumkin. Bu hayvonlar haqida videolar yoki muammolardan qochishga yordam beradigan boshqa kulgili lavhalar bo’lishi mumkin.

3. Istaklarni amalga oshirish

Albatta yangi mashina sotib olish yoki dunyo bo’ylab sayohatga chiqish shart emas. Shubhasiz, har bir kishi bir muddatdan buyon xohlab turgan, lekin vaqti yo’qligi yoki boshqa sabablarga ko’ra uni ortga qoldirib kelayotgan istaklari mavjud.

Shu tufayli vaqt toping. O’zingizni shokolad yoki mazali shirinlik bilan mehmon aylang, istirohat bog’ida attraktsionlarda uching. Bolalikda bu quvonchlarni qay darajada intiqlik bilan istaganingizni yodga oling.

4. Yaxshilik ulashish

Muammolar, yomon ahvol haqidagi o’ylarni bir muddatga unutib, yaqin insonlar haqida o’ylab ko’ring.

Ularning ko’nglini qay tarzda ko’tarish mumkinligi haqida fikr yuriting. Ota-onangiz, o’zingiz uchun qadrli bo’lgan boshqa yaqinlaringizga kutilmagan syurpriz tashkil eting. Qadrdonlarning shukrona va minnatdorchiligi har bir insonning ruhiyatini ko’tarishga qodir.

5. Tabiatdan bahramand bo’lish

O’rmonga yoki ochiq suv havzasiga borish imkoni bo’lsa ajoyib, biroq buning imkoni bo’lmasa, yaqin atrofdagi istirohat bog’laridagi baland daraxtlar soyasi ostida fikrlar bilan yolg’iz qolish, tabiat go’zalligidan bahramand bo’lish ham mumkin.

Agar oyna ortida qish fasli hukmronlik qilayotgan va uning birgina ko’rinishi ko’ngilga sovuqlik kiritayotgan bo’lsa, internet tarmog’idagi ajoyib tabiat manzaralarini tomosha qilish mumkin.

Favorit kuzatish ob’yektingizni aniqlang. Kim uchundir bu quyosh chiqishi, kim uchundir baland tog’lar, boshqalar uchun esa gullar.

6. Sevimli mashg’ulot

Agar sevimli mashg’ulotingiz bo’lsa, uni bajarishga kirishing. Ijodkorlik doim ko’tarinki kayfiyat baxsh etadi. O’zingizni ijodiy inson deb hisoblamasangiz, shunchaki sevimli mashg’ulotingiz bilan band bo’ling.

Bu hatto uyni tozalash ishlari yoki kichik xaridlar bo’lishi ham mumkin. Yangi ko’nikmalar o’rganish ham shu qatorda. Masalan bo’sh vaqtda Photoshop dasturida ishlashni o’rganib (yoki hech bo’lmaganda Paint dasturini ochishni bilib), telegramda ajoyib stikerlar yasab, guruhdagi do’stlarni quvontirish mumkin. Bu bir misol, xolos.

7. Miriqib uxlash

Ba’zan kayfiyatni ko’tarish uchun to’yib uxlash yetarli bo’ladi. Ko’pincha asabiylik va tushkunlik ishlar ko’pligi tufayli uyquga yetarli vaqt ajrata olmaslik natijasida yuzaga keladi. Bir necha soat sog’om uyqu esa muammoga boshqa tomondan nazar tashlashga yordam beradi.

8. Yaqinlarning suratlari

Agar yaqinlaringiz bilan muloqot qilish imkoni bo’lmasa, ularning fotosuratlarini tomosha qilish mumkin. Bugungi kunda deyarli har bir kishida mobil telefon mavjud ekan, yoqimli lahzalarni esga soladigan suratlarni yonida olib yurish muammo tug’dirmaydi.

Uyda bo’lganda esa oldini fotoalbomlarni ko’zdan kechirish ayni muddao. Unda aks etgan suratlar insonning ko’nglini ko’taradi, eski xotiralarni jonlantiradi.

9. Do’stlar bilan uchrashish

Do’stlaringizni choyga taklif qiling, mazali taomlar tayyorlang. Birgalikdagi ovqat pishirish ham kayfiyatni ko’taradi, dilkashlik qilish uchun bir sababga aylanadi. Hayotdagi kulgili hodisalarni eslang, ularni bir-biringiz bilan baham ko’ring.

Buning imkoni bo’lmasa, qadrdonlar bilan kafelarda yig’ilish mumkin. Ishonavering, yaxshi do’stlarning ikki og’iz suhbati barcha muammolarning unut bo’lishiga, hafta davomida yig’ilib qolgan salbiy hissiyotlarning «erib» ketishiga, ko’tarinki ruhiyatga ega bo’lishga ulkan hissa qo’shadi.

10. Kayfiyatni ko’taruvchi narsalar haqida eslash

Bu usulning afzalligi — u tasavvurdan boshqa hech narsani talab etmaydi. Undan har qanday vaqtda foydalanish mumkin — jamoat transportida, uzun navbatda va hokazo. Tanaffus vaqtlarida osmonga qarab, yaxshi hayol surish, yoqtirgan narsalar haqida o’ylash kerak.

Bu xobbi, sevimli kitoblar, uy hayvonlari bilan sodir bo’lgan kuligili voqealar, kiyinish uslubi, musiqalarning ma’nosi va boshqalar bo’lishi mumkin. Ijobiy va ko’tarinki ruhiyat esa o’zini uzoq kuttirmaydi.

O’zingizga yaqin bo’lgan usullarni tanlang va vaziyatga qarab har qanday vaqtda kayfiyatni boshqarishni o’rganing. O’ta tushkun holatlarda yuqoridagi usullarning bir nechtasidan foydalanish mumkin. Tajribalar o’tkazing, sinab ko’ring, harakat qiling va tez orada fikrlaringiz va his-tuyg’ularingiz ustidan to’liq nazoratni qo’lga kiritasiz.