Press "Enter" to skip to content

Saytning eski versiyasi

B klass

Qishki oyoq kiyimlar

Foto: Shuhrat Latipov / «Gazeta.uz»

Sovuq fasllar kirib kelishi bilan binolarda yong‘in xavfi ortadi. Yong‘inga qarshi kurashning eng samarali vositasi o‘t o‘chirgich hisoblanadi. Ularni ko‘pincha ofislarda va mashinalarda uchratish mumkin, ammo hamma ham ulardan qanday foydalanish to‘g‘risida ma’lumotga ega emas. O‘t o‘chirgichning turlari va ulardan to‘g‘ri foydalanish qoidalari haqida o‘t o‘chiruvchi Aleksey Sorochin «Gazeta.uz»ga so‘zlab berdi.

Кириллчада 29 noyabr 2021, 19:00 Foydali Jamiyat

Yong‘inlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, lekin har qanday yong‘inning ham oldini olish mumkin. Yong‘inga qarshi birlamchi kurashish vositasi o‘t o‘chirgichlar hisoblanadi. Ular barcha xonalarda va transport vositalarida o‘rnatilishi kerak. O‘t o‘chirgichlarning turli xil bo‘lishini esa hamma ham bilmaydi. Bundan tashqari, hammada ham ulardan qanday foydalanish to‘g‘risida ma’lumot mavjud emas. 30 yillik tajribaga ega yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Aleksey Sorochin «Gazeta.uz»ga o‘t o‘chirgichlar, ularning xususiyatlari va o‘t o‘chirgichdan to‘g‘ri foydalanish to‘g‘risida gapirib berdi.

Yong‘in sodir bo‘lganda, avvalo uning turini aniqlab olish lozim. Yong‘inlar quyidagi tarzda klassifikatsiya qilinadi:

A klass

Organik tabiatdagi qattiq materiallar — yog‘och, qog‘oz, tamaki va boshqalar orasida yuzaga kelgan yong‘inlar, ular sodir bo‘lganida, qizg‘ish qatron hosil bo‘ladi. Bunday yong‘inga qarshi kurashning eng samarali vositasi suvdir.

B klass

Benzin mahsulotlari, bo‘yoq, erituvchilar, yog‘ va moy kabi suyuq yoki suyultirilgan qattiq moddalar yonadigan yong‘inlar. Bu vaziyatda kukunli, ko‘pikli va karbonat angidridli (CO2) o‘t o‘chirgichlardan foydalanish kerak. Bunday o‘t o‘chirgichlarini generator xonalarida, qozonxonalarda, garajlarda, laboratoriyalarda, oshxonalarda, oson yonuvchan suyuqliklar omborlarida topish mumkin.

C klass

Gaz yong‘ini. Ushbu turdagi yong‘inni o‘chirish uchun o‘t o‘chirgichlardan foydalanilmaydi. Bunday yong‘inni o‘chirishni boshlamaslik tavsiya etiladi. Gaz ta’minoti manbasi yopilmaguncha yong‘inni nazorat qilish kerak.

D klass

Magniy, alyuminiy, natriy kabi metallar yongan paytdagi yong‘in. Ushbu metallarga odatda suv yaxshi ta’sir qilmaydi, shuning uchun kukunli vositalardan foydalanish kerak.

E klass

Yuqori kuchlanish ostidagi elektr vositalari kuyishi oqibatida kelib chiqadigan yong‘inlar. Bunday yong‘inga qarshi karbonat angidridli va kukunli, shuningdek, galoidlangan uglevodorodli aerozolli o‘t o‘chirgichlar samarali bo‘ladi.

O‘t o‘chirgichlar quvvat massasi va hajmi bo‘yicha ham farqlanadi. Maishiy foydalanish va transport vositalari uchun og‘irligi 20 kg gacha va hajmi 10 litrgacha bo‘lgan ixcham modellar mos keladi.

O‘t o‘chirgichlar turlari va ularning tarkibi

O‘t o‘chirgichlar suvli, ko‘pikli, kukunli, karbonat angidridli va aerozolli bo‘ladi. Qaysi o‘t o‘chirgich qanday turdagi yong‘inni o‘chira olishini o‘t o‘chiruvchi moddasiga qarab aniqlash mumkin.

Suvli o‘t o‘chirgichlar suv yoki suv asosidagi eritmalardan tarkib topgan. Bunday kompozitsiya B, C, D va E klassidagi yong‘inlarni o‘chirish uchun mos kelmaydi.

Suvli o‘t o‘chirgichlar tabiiy tarkibiy qismlari tufayli sog‘liq uchun eng xavfsiz hisoblanadi. Ushbu qurilmalar yiliga kamida bir marta tekshirilishi va qayta zaryadlanishi lozim.

Ko‘pikli-havoli o‘t o‘chirgichlar qattiq materiallarni va yonuvchan suyuqliklarni o‘chirish uchun ishlatiladi. Ular yong‘inning dastlabki bosqichlarida samaraliroq hisoblanadi. Ishqoriy metallarni, tarmoqqa ulangan elektr jihozlarini va yonish uchun kislorodga muhtoj bo‘lmagan materiallarni bunday aralashmalar bilan o‘chirish taqiqlanadi.

Agar bo‘yoq mahsulotlari, yog‘och, yog‘ va qog‘oz yonayotgan bo‘lsa (A va B yong‘in klasslari), ko‘pikli-havoli o‘t o‘chirgichlardan foydalanish mumkin.

Ko‘pikli-havoli o‘t o‘chirgichlar yiliga bir marta tekshirilishi va qayta zaryadlanishi kerak.

Karbonat angidridli o‘t o‘chirgichlari 1000 V gacha kuchlanishga ega yonayotgan elektr jihozlarini, avtomobil dvigatellarini va yonuvchan suyuqliklarni (B, C, E yong‘in klasslari) o‘chirish uchun ishlatiladi. Bunday qurilmalarni muzeylar, arxivlar, kimyoviy laboratoriyalar va idoralarda topish mumkin. Bundan tashqari, bunday o‘t o‘chirgichlar har bir transport vositasida bo‘lishi kerak.

Yonayotgan odamni karbonat angidridli o‘t o‘chirgich bilan o‘chirish qat’iyan man etiladi.

Ushbu turdagi o‘t o‘chirgichlarning kamchiliklari orasida o‘t o‘chirish vositalarining uchuvchanligi, qurilmaning o‘t o‘chiruvchi vositani yetkazib beruvchi elementlarini bilan ehtiyotsizlik bilan ishlashda qo‘llarning muzlashi xavfi, shuningdek, gaz bug‘larining inson tanasiga salbiy ta’siri kiradi.

Karbonat angidridli o‘t o‘chirgichlari bosimni tekshirish uchun yiliga bir marta o‘lchanadi va har besh yilda bir marta yong‘in o‘chiruvchi vosita bilan to‘ldiriladi.

Kukunli o‘t o‘chirgichlar 1000 V gacha kuchlanishga ega yonayotgan elektr jihozlarini va yonuvchan suyuqliklarni o‘chirish uchun foydali. Ularni kislorod yo‘qligida yonadigan materiallarni o‘chirish uchun ishlatish taqiqlanadi.

Bunday qurilmalar har yili tekshiruvdan o‘tkaziladi va har besh yilda bir marta yong‘inga qarshi vosita bilan to‘ldiriladi.

Karbonat angidridli va kukunli o‘t o‘chirgichlar ko‘pincha kundalik hayotda uchraydi. Ulardan ofislarda va transport vositalarida ko‘p foydalaniladi. Ushbu turdagi o‘t o‘chirgichlar har qanday turdagi yong‘inlarga qarshi kurashishi mumkin (lekin buni yong‘in miqyosi bilan adashtirmaslik kerak).

Aerozolli o‘t o‘chirgichlar nisbatan yangi ixtiro hisoblanadi. Bu yong‘inga qarshi kurashning birlamchi samarali vositasidir. O‘t o‘chiruvchi vosita yonayotgan narsalar yuzasida zich plyonka hosil qiladi. Bu yong‘inga kislorodning kirishiga to‘sqinlik qiladi. Plyonka buyumga zarar yetkazmaydi, chunki uni yuvish vositasi bilan ketkazish mumkin.

Agar qurilmaning o‘zi muayyan bir kechikishni nazarda tutmagan bo‘lsa, aerozolli o‘t o‘chirgichlar deyarli bir zumda ishlaydi. Ular ishonchli va uzoq muddat mobaynida xizmat ko‘rsatadi.

Aerozol metallar va kislorodli birikmalardan tashqari deyarli har qanday qattiq va suyuq moddalarni o‘chirishga qodir. Bunday o‘t o‘chirgichlar har qanday klassdagi yong‘inga qarshi kurashda qo‘llaniladi, biroq ko‘pchilik modellarni faollashtirilganidan keyin ularni to‘xtatib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, qurilma korpusi Tselsiy bo‘yicha 300 darajagacha qiziydi.

Aerozolli o‘t o‘chirgichlarni odamlar evakuatsiya qilingandan keyingina bino ichida ishlatish mumkin. Chiqarilgan aerozol aralashmasining konsentratsiyasi zaharli bo‘lib, odamlar uchun zararli bo‘ladi.

Avtomobillardagi o‘t o‘chirgichlar

Transport vositalarida qanday o‘t o‘chirgichlar qo‘llaniladi?

Quvvat og‘irligi 2−5 kg bo‘lgan karbonat angidridli va kukunli o‘t o‘chirgichlari. Ilgari favqulodda vaziyatlarga duch kelgan haydovchilar o‘zlari bilan ikkita o‘t o‘chirgichni olib yurishga tayyor turishadi.

O‘t o‘chirgichlarni mashinaning qayerida saqlash kerak?

O‘t o‘chirgichlar birinchi tibbiy yordam to‘plami bilan birga ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan joylarda biriktirilgan holatda joylashtirilgan bo‘lishi kerak.

Agar bunday joylar nazarda tutilmagan bo‘lsa, yengil mashinada o‘t o‘chirgich yo‘lovchi salonida yoki avtomobil bagajida, mikroavtobusda — haydovchi uchun qulay joyda saqlanishi kerak. Avtobusda ikkita qurilma bo‘lishi kerak — haydovchi kabinasida bitta va yo‘lovchilar salonida bitta.

Yirik va o‘rta avtobuslarda oynalarni sindirish uchun bolg‘acha ham bo‘lishi lozim.

Binodagi o‘t o‘chirgichlar

Elektr jihozlari mavjud bo‘lgan binolarda odatda karbonat angidridli va kukunli o‘t o‘chirgichlar qo‘llaniladi. Ularning soni ehtimoliy xavf va binolarning vazifasiga bog‘liq. O‘t o‘chirgichning yorlig‘ida qurilma samarali bo‘lgan yong‘in turi doimo ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Binolardagi o‘t o‘chirgichlarni ehtimoliy yong‘in sodir bo‘ladigan joydan 30 m uzoqroqqa yugurish talab etilmaydigan tarzda joylashtirish kerak.

O‘t o‘chirish moslamalarini saqlash va ulardan foydalanishga qo‘yiladigan talablar

Barcha o‘t o‘chirgichlar har yili tekshirilishi lozim. Agar qurilma standartlarga javob bermasa, uni almashtirish zarur.

Ballonda ko‘rsatilgan o‘t o‘chirgichning amal qilish muddati tugashi bilan qurilmani almashtirish kerak.

Oyiga bir marta o‘t o‘chirgichlarni ko‘zdan kechirish va jarayonni qayd qilish lozim.

O‘t o‘chirgichlar evakuatsiya yo‘llariga tutash chiqish joylaridagi devorga o‘rnatilishi kerak.

Bitta binoda o‘rnatilgan barcha o‘t o‘chirgichlar bir xil ishlash printsipiga ega bo‘lishi zarur.

Agar o‘t o‘chirgichdan foydalanilgan bo‘lsa, uni to‘liq qayta zaryadlash darkor.

Agar o‘t o‘chirgichning bosimi tushib ketsa, uni darhol to‘ldirish kerak.

O‘t o‘chirgichdan qanday foydalanish kerak?

Qo‘lingizda qanday turdagi o‘t o‘chirgich bo‘lishidan qat’i nazar, uni qanday ishlatishni bilishingiz zarur. Bunday ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun muntazam mashg‘ulotlar talab etiladi. Afsuski, mamlakatimizda aholi o‘rtasida, jumladan, ta’lim muassasalarida bunday mashg‘ulotlar o‘tkazilmaydi.

Biroq, biz o‘t o‘chirgichdan foydalanishning asosiy bosqichlarini tavsiflovchi qisqa video qo‘llanmani tayyorladik.

O‘t o‘chirgichdan foydalanishdan oldin, to‘g‘ri o‘t o‘chirgichni tanlash uchun yong‘in turini aniqlash kerak.

O‘t o‘chirgichdan foydalanish uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

  • qurilmani o‘rnatilgan joydan olish;
  • muhrni (plombani) buzish;
  • og‘zini qat’iy gorizontal ravishda joylashtirish;
  • richagni bosish;
  • o‘t o‘chirgichdan chiquvchi vositani olov tomon yo‘naltirish.

«Газета.uz» 17 262

  • # fvv
  • # o‘t o‘chirgich
  • # qo‘llanma
  • # yong‘in xavfsizligi

Saytning eski versiyasi

Yaqin kunlargacha qadimgi tsivilizasiya oddiy va ibtidoiy ko’rinar edi. So’nggi yillarda qilingan ko’plab kashfiyotlar qadimgi madaniyatlar bilan bog’liq bir qator ajoyib faktlarni ochib berdi. Ma’lum bo’lishicha, o’sha davrda odamlar metallurgiya, matematika, kimyo, astronomiya va boshqa sohalarda ilg’or bilimlarga ega bo’lishgan. 1. Akveduklar va gidrotexnika XXI asrda mamlakat hukumati suvga kirish muammosini hal qilish uchun 1500 yillik texnologiyaga murojaat qiladi, deb kim ham o’ylabdi deysiz? Ammo aynan Peru Respublikasi poytaxti Lima shahrida shunday hol sodir bo’lmoqda. Peru jiddiy suv inqiroziga duch keldi, chunki suvning ifloslanishi va atrof-muhitning o’zgarishi butun mamlakat bo’ylab suv xavfsizligini zarar etkazmoqda. Peruning Sedapal kommunal suv ta’minoti kompaniyasi aholini toza suv bilan ta’minlash uchun eramizning 500 yillarida qurilgan qadimgi tosh kanallarni qayta tiklash bo’yicha yangi rejani ilgari surdi. 2. Po’lat Qadimgi davrlarda Suriyaning Damashq shahri yirik metallga ishlov berish markazi bo’lgan. Damashq po’lati Wootz po’lati deb nomlanuvchi Osiyodan olib kelingan xom ashyolardan tayyorlangan. Kvant darajasida kimyoviy reaktsiyalarni yaratish uchun po’lat quyish jarayonida boshqa tarkibiy qismlar qo’shildi. U birinchi marta miloddan avvalgi 300 yil atrofida ishlatilgan, ammo 1100 yildan 1700 yilgacha yaqin Sharqda ommaviy ishlab chiqarilgan. 3. Beton Rimliklar ohak, vulqon tosh va dengiz suvlarini aralashtirib beton yaratishgan. Ushbu uchta tarkibiy qismlarning birlashishi kimyoviy reaktsiyaning darhol boshlanishiga yordam berdi, unda ohak kul bilan tsementga aylandi. Dengiz suvi qo’shilishi bilan qadimgi beton tobermoritning ideal kristalli tuzilishini o’z ichiga olgan bo’lib, u zamonaviy muqobiliga qaraganda kattaroq kuch va mustahkamlikka ega. 4. Yo’l qurilishi Hozirda eng yaxshi yo’lni yiliga qurish mumkin. Ammo har doim ham bunday emas. Qadimgi odamlar turli mintaqalar va mamlakatlardagi shahar va aholi punktlarini bog’laydigan yo’llar va tarmoqlarning muhimligini yaxshi bilishgan . va ularni tezda qurishdi! Qhapaq Nan yoki and asosiy yo’li bu qadimgi zamonlarda kuchli Ink imperiyasi tomonidan 30 ming kilometrdan ortiq uzunlikda ishlatilgan ulkan yo’llar tarmog’idir. Ink imperiyasining siyosiy va iqtisodiy qudratining asosi bo’lib, Hindistondan oldingi and madaniyatining sanoat, ma’muriy va marosim markazlarini bog’ladi. 5. Toshni kesish Qadimgi tosh kesishning yorqin namunasini Boliviyadagi arxeologik yodgorlik bo’lgan Puma Ripkida topish mumkin, bu tarixchilarga ko’ra, 15000 yillik tarixga ega. U shunday ajoyib tosh tokchadan iboratki, go’yo toshlar olmos asbobi bilan o’yilganga o’xshaydi. 800 tonnagacha bo’lgan ulkan bloklar hatto tekis qirralarga ham ega. Ushbu kunlarda tokchaning aniqligini qayta tiklash urinishlari muvaffaqiyatsiz bo’ldi. 6. Qishloq xo’jaligi Odamlarni qurbonlik qilish, odatda, asteklar va boshqa Mezoamerika madaniyati haqida o’ylaganda sodir bo’ladigan birinchi narsa. Biroq, bu tsivilizasiyalar haqiqiy yutuqlari bilan mashhur bo’ldi. Ulardan biri Chinampa qishloq xo’jaligi tizimi, “suzuvchi bog’lar” deb nomlangan bo’lib, uni Meksika vodiysidagi sayoz ko’l vodiylarida ko’rish mumkin. 7. Devorlar Ink tsivilizasiyasi, shuningdek, Peru shahridagi Machu-Pikchu va Saksayuaman ham mukammal tosh ishlari bilan tanilgan. Tosh devorlari juda katta kesilgan poydevorlardan yasalgan bo’lib, ular qorishmasiz va benuqson aniqlik bilan bir-biriga mahkam o’rnashgan. 8. Shaharsozlik Arxeologlar Pokistonda 5000 yillik Mohenjo Daroni kashf etganlarida, ular shaharning ajoyib tartib va obodlikni namoyish etganidan hayratda qoldilar. Uylarning g’ishtli hammomlari, hatto ko’plarida hojatxonalari ham bor edi. Ulardan oqava suvlar ko’chaning markazidan o’tib, g’isht yoki tosh plitalar bilan qoplangan g’isht kanalizasiyasiga oqardi. Qovoqsimon g’ishtdan qurilgan tsisterna va quduqlarda umumiy ichimlik suv ta’minoti mavjud edi. Shahar gullab-yashnagan paytda unda 40 mingga yaqin aholi istiqomat qilgan. 9. Astronomiya Qadimgi Yunoniston sopol buyumlari tasvirlangan Burjlar, tubjoy amerikaliklarning quyoshning turib qolishi tasvirlangan tosh rasmlar, qadimgi Yapon qabrlaridagi yulduzli xaritalar, mashhur astronomik voqealarni aks ettiruvchi Avstraliya aborigenlarining tushlar haqidagi hikoyalari va Shotlandiyadagi 10 000 yillik megalitik taqvim – bularning barchasi shundan dalolat beradiki, dunyo bo’ylab qadimiy tsivilizasiyalar Kosmos haqida g’ayrioddiy tushunchaga ega edilar. 10. Qurollar Qadimgi yunon olimi va muhandisi Arximed (mil. avv. 287-212) Sisiliyadagi tarixiy shahar Sirakuza kemalaridan himoya qilish uchun issiqlik nurlari qurolini yaratgan (ba’zan “o’lim nuri” deb nomlanadi).
Miloddan avvalgi II asr muallifi lyusianning so’zlariga ko’ra, qurol katta nur qaytaruvchi (masalan, bronza yoki misdan) yasalgan bo’lib, ular quyosh nurlarini kemalarga yaqinlashishga qaratgan va ularni yonib ketishiga olib kelgan. Manba https://zen.yandex.ru/media/planetka/desiat-vescei-kotorye-drevnie-delali-luchshe-nas-5ea2888e6766da1f3c9c531b

Yangiliklar

  • Sport tibbiyoti
  • Intervyu
  • Ochiq ma’lumotlar
  • Davlat dasturi ijrosi
  • Ijtimoiy roliklar

O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi

  • citius
  • altius
  • fortius

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

  • Manzil: Toshkent 100027, Olmazor ko‘chasi, 6
  • E-pochta: info@olympic.uz,media@olympic.uz
  • Ishonch telefoni: +99871 205 5205
  • Telefon: +99871 244 4141

Obuna bo’ling va hech narsani o’tkazib yubormang

© 2018 – –> –>
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International. Sayt yaratuvchisi: Online Service Group

Ovozli o`qish

Saytda ovozli oʼqish imkoniyati mavjud, Matnni ovozli eshitish uchun matinni belgilang va paydo bolgan tugmani ustiga bosing