Press "Enter" to skip to content

7 ta qishki kiyim: ularni xarid qilib hech ham afsuslanmaysiz

Qavima kurtka

Qishki uy kiyimlari

Yangi mavsum kelishi bilan kiyim-kechaklarni yangilash, keraksizlaridan xalos bo‘lish va qishki kiyimlarni javonning uzoq burchaklariga “safarga yuborish” ehtiyoji tug‘iladi. Bunday paytda qishki buyumlarni saqlash qoidalariga rioya qilish zarur.

Qo‘llash kerak bo‘lgan eng asosiy qoida — bu issiq kiyimlarni olib qo‘yishdan avval ularni tozlashdir. Bundan kimyoviy tozalash xizmatidan foydalanish mumkin, biroq mustaqil ravishda tozalamoqchi bo‘lsangiz, kiyimlardagi yorliqlarga e’tiborli bo‘ling. Bundan tashqari, qishki kiyimlar cho‘ntaklarini bo‘shatishni ham unutmang.

Kiyimlarni havo yaxshi aylanadigan, quruq, salqin va qorong‘i joyda saqlash lozim. Buyumlarni poliyetilen paketlarga solmang. Poliyetilen havo aylanishiga to‘sqinlik qiladi va natijada yoqimsiz hid yuzaga kelib, kuya paydo bo‘lishi uchun qulay sharoit yaraladi. Bundan tashqari, oq rangdagi buyumlarning buklangan qismlari poliyetilenda sarg‘ayib qoladi. Shu tufayli, kiyimni yaxshisi tabiiy matolardan qilingan g‘iloflarda yoki zig‘irpoya tolasi va qalin paxta matosidan tikilgan xaltalarda saqlagan ma’qul.

Mo‘ynali kiyim-kechaklar

  • Mo‘ynani keng va qorong‘i shkafda, batareya va boshqa issiqlik manbalaridan uzoqda saqlash lozim;
  • Salqin va bulutli havoda mo‘ynani vaqti-vaqti bilan ochiq havoga chiqarib turish zarur;
  • Bo‘yalgan va tabiiy rangga ega mo‘ynalarni bitta idishda saqlamang;
  • Kuyaga qarshi vositadan albatta foydalaning;
  • Mo‘ynani to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlaridan saqlang;
  • Bunday buyumlarni poliyetilen g‘iloflarda saqlash yaramaydi.

Jun gazlamali buyumlar

Jun gazlamadan tikilgan kiyimlarni olib qo‘yishdan oldin ularni yaxshilab shamollating. Singib qolgan ovqat, tamaki yoki atir hidi ham kuyani o‘ziga chaqiradi.

Bunday buyumlarni kimyoviy tozalashga bergan ma’qul. Qo‘lda yuvmoqchi bo‘lsangiz, bolalar shampuni yoki jun kiyimlar uchun maxsus vositadan foydalaning.

Kuya paydo bo‘lishining oldini olish uchun eng yaxshi chora — jun kiyimlarni germetik poliyetilen paketga solgan holda muzlatgich kamerasida 3—4 kun saqlashdir.

Charm buyumlar

Kuchli kirlangan bo‘lsa, charm kiyimni faqat professionallarga berib tozalatish lozim. Uyda uning ifloslangan qismlarini qaynatilmagan iliq sut yordamida artish mumkin, undagi yog‘ charmga yaxshi singadi.

Charmdan tikilgan kiyimlarni xona haroratida kiyimosgichga ilgan holda quritish mumkin. Tekislash kerak bo‘lsa, astarini ag‘darib, uch qavat doka bilan past haroratda dazmollash mumkin.

Hech qanday vaziyatda charm buyumlarni kir yuvish mashinasida tozalash yaramaydi, oqibatda charm qo‘pollashib, bo‘yog‘i to‘kiladi, dog‘ va kirlar esa aksincha, qolib ketadi.

Charm buyumlarni havo o‘tmaydigan poliyetilen paketlarda saqlash kerak emas.

7 ta qishki kiyim: ularni xarid qilib hech ham afsuslanmaysiz

Qish – bu garderobni yangilash uchun eng qulay fursat. Chunki yangi zamonaviy va yorqin liboslar mavsumiy stressdan olib chiqish bilan birga sizni sovuq havodan asraydi. Biroq dizaynerlar va ommaviy bozorlar taklif etayotgan liboslar orasidan eng ma’qulini tanlab olish ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘yadi. Do‘konda yaxshi ko‘ringan narsa uyga olib kelganimizda o‘zimizga yoqmay qoladi. Bunday bo‘lmasligi uchun esa, o‘zingizga kerakli kiyimlar tanlashni bilishingiz kerak. Biz sizga tavsiya qilyotgan 7 ta kiyim qishki mavsumni kiyinish borasidagi o‘ylovlarsiz o‘tkazib olishingizga yordam beradi. Ularni xarid qilganingizdan hech qachon afsuslanmaysiz .

Baxmal liboslar

Kuz o‘zining injiqligi bilan boshqa fasllardan ajralib turadi. O‘zgaruvchan ob-havo sharoitida esa ayollarni nima kiyish haqidagi xayollar chulg‘ab oladi. Ko‘pchiligimiz kiyim tanlashdagi xayollardan charchab, jinsi shim-u kofta bilan cheklanib qo‘ya qolamiz. Lekin ayollarga hech qaysi libos ko‘ylakchalik yarashib turmaydi. Bu yilgi mavsumda baxmal ko‘ylaklar urfga kirdi. Bunday ko‘ylaklar odamni sovuqdan himoyalaydi. Shuning uchun bu matodan tikilgan kiyimlarni bemalol qishda ham kiyishingiz mumkin. Yana bir muhim narsa: baxmal mato qomatdagi kamchiliklarni yaxshigina berkita oladi.

Ideal palto

Ideal palto uzun yoki kalta bo‘lishi haqidagi munozaralar hech qachon tugamaydi. Biroq rang barcha bahslarga chek qo‘yadi. Och jigarrang, qumrang va tuyarangli paltolar moda olamidagi eng universal palto ranglari hisoblanadi. Agar siz bunday ranglarni xushlamasangiz, unda kulrang, ko‘k, xaki (moshrang), yoki och pushti ranglarga e’tibor bering. Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumda uzun paltolar urfda bo‘ladi. Ular chiroyli ko‘rinishi bilan birga sovuq havoda odamni issiq tutadi.

Katta o‘lchamdagi sviterlar

O‘lchamsiz (standart) sviterlar kuz va qish fasllarida sizga hamrohlik qila oladigan eng yaxshi kiyimdir. Tabiiy jun matodan tikilgan sviterlar har taraflama qulay hisoblanadi. Ular chiroyli ko‘rinishi bilan birga qomatdagi kamchiliklarni mutlaqo bilintirmaydi.

Qavima kurtka

Qalin shishirilgan kurtkalar hammaga yarashmasa ham, hamisha trendda turadi. Chunki ular sovuq havoda jon saqlashning eng yaxshi usuli. Biroq bunday kurtkalarni tanlayotganda rangiga, o‘lchamiga, qavimalariga yaxshilab e’tibor berish kerak.

Bomber (Uchuvchi, aviator)

Bu mavsumda baxmal yoki atlas matodan tikilgan bomberlar moda ixlosmandlarining haqiqiy o‘ljasiga aylanadi. Ayniqsa, turli xil naqshli, yozuvli va kontrast qo‘shimchalilari boshqalaridan ajralib turadigan modellar hisoblanadi. Asosiysi, bomberni sport kiyimlari bilan kamroq uyg‘unlashtirib, o‘rniga midi ko‘ylaklar va klassik shimlar bilan birga kiyish kerak.

Katak-katak kiyimlar

Katakli liboslar qishda kiyiladigan eng zamonaviy va ommabop kiyimlar sirasiga kiradi. Katak-katak shim, kostyum, ko‘ylak, palto va yana boshqa ko‘plab kiyimlar ko‘pchilikning ko‘rinishiga moslashib ketaveradi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, bunday ko‘rnishdagi kiyimlar hali ancha vaqtgacha trendda bo‘ladi.

Sharf

Qishki mavsumning eng muhim detallaridan biri bu, albatta, sharfdir. Palto va kurtkalar bilan uyg‘unlashtirib taqilgan sharf sizni jozibador ko‘rsatish bilan birga sovuqdan himoya qilib turadi.

  • Ulashing

Bu video ko’rinishi uchun sizning brauzeringiz JavaScript’ni qo’llab quvvatlashi kerak