Press "Enter" to skip to content

Ushbu kitobga o xshash asarlar

2. Ilmiy tadqiqot metodlariga tavsif berish.
Tayanch tushunchalar: Metod, usul, yo‘l, tadqiq etish, o‘rganish, tajriba o‘tkazish, sinash, ta’lim-tarbiya, ma’lumot, ko‘nikma, malaka, o‘zlashtirish, tadbiq etish, nazariya, o‘quvchi, shaxs, faoliyat, suhbat, kuzatish, eksperiment, anketa, test, maktab hujjatlari, ijodni o‘rganish, statistika, kibernetika, sotsiologiY.

Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari

Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.

Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.

Ta’lim – o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.

Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.

Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.

Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.

Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.

  1. Kadrlar tayyorlash milliy modeli nima?
  2. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
  3. Uzluksiz ta’lim tizimining mohiyatini yoritib bering.
  4. Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim mazmunini izohlab bering.
  5. Pedagoglik kasbining asosiy xususiyatlari nimalarda namoyon bо‘ladi?
  6. О‘qituvchi qanday sifatlarga ega bо‘lishi zarur?
  7. Sizning nazaringizda bugungi kun о‘qituvchisiga qanday pedagogik talablar qо‘yilmoqda?

1.Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi haqida umumiy tushuncha.

2. Pedagogika fanlar tizimi haqida ma’lumot.
Tayanch tushunchalar: falsafa, iqtisod, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, gigiena, psixologiya

Ijtimoiy tarbiya mohiyatini ilmiy jihatdan asoslash ma’lum pedagogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:

1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g‘oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni tahlil etishga imkon beradi.

2. Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularni moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.

3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo‘lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.

4. Etika – shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o‘rin tutuvchi nazariy g‘oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o‘rin tutadi.

5. Estetika – shaxs tomonidan go‘zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo‘nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.

6. Fiziologiya – o‘quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni beradi.

7. Gigiena – o‘quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularni jinsiy jihatdan to‘g‘ri shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi.

8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.

9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g‘oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo‘naltiriladi.

10. – o‘quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.

11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash muammolarini o‘rganishda ko‘maklashadi.

Pedagogika fanlar tizimi. Pedagogika fanining tadqiq qilish ob’ekti, va u o‘rganadigan sohalari yildan-yilga ortib, kengayib va rivojlanib bormoqda. Natijada uning tarmoqlari ham bir necha guruhlarga ajralmoqda va mustaqil soha sifatida o‘rganilmoqda. Ular pedagogika fanlari tizimi deb nomlanadi.

Pedagogika fanini ulkan katta daraxtga qiyoslash mumkin. Har bir fan o‘z rivojlanishida, o‘z nazariyalarini boyitadi, o‘zining ichki amaliy yo‘nalishlariga tayanib takomillashib boradi. Hozirgi vaqtda pedagogika fani o‘z fanlari tizimida:

  1. Umumiy pedagogika (insonga, shaxsga ta’lim-tarbiya, ma’lumot berish shakli, mazmuni, usullari va ularni shakllantirishning, tarbiyalashning umumiy qonuniyatlarini tadqiq qiladi va amaliyotda qo‘llashga o‘rgatadi).
  2. Yoshlar pedagogikasi (turli yoshdagi kishilarga ta’lim tarbiya berish, shaxsni shakllantirishning o‘ziga xos tomonlarini o‘rganadi).
  3. Maktab pedagogikasi (maktab yoshdagi o‘quvchilar ta’lim-tarbiya sohasining o‘ziga xos tomonlarini o‘rganadi).
  4. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish, tarbiyalashning o‘ziga xos tomonlarini o‘rganadi).
  5. Pedagogika tarixi (turli tarixiy davrlarda maktablar ta’lim tarbiyasi, pedagogik g‘oyalarning mazmuni, rivojlanish masalalarini o‘rganadi).
  6. Maxsus pedagogika (DefektologiY. Bu quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1) kar-soqov bolalarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan surdopedagogika; 2) ko‘zi
  7. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarni tarbiyalash va o‘qitish masalasi bilan tiflopedagogika; 3) axloq jihatdan qoloq bolalarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan oligofrenopedagogika; 4) duduq va tili yassi bolalarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan esa logopediya shug‘ullanadi).
  8. Metodika (ta’limning umumiy qonuniyatlarini muayyan predmetlaridan (ona tili, adabiyot, tarix, fizika, ximiya, matematika, jismoniy tarbiya) dars berishda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlarini, usullarini tadqiq qiluvchi sohasi).
  9. Oila pedagogikasi (oila muhiti, a’zolari, sharoiti, ta’lim tarbiyasining umumiy masalalarini o‘rganadi).
  10. Kasb pedagogikasi (ishlab chiqarish, turli kasblarni o‘rganishning umumiy masalalarini o‘rganadi).
  11. Qiyosiy pedagogika (g‘oyalarni taqqoslab xulosa chiqarish masalalarini o‘rganadi).
  12. Xalq pedagogikasi (mazkur xalq ta’lim-tarbiyasi, maktabi, ijtimoiy turmush tarzi, madaniyati, ma’naviyati, axloq-odobi va boshqalarni o‘rganadi).
  13. Ijtimoiy pedagogika (barcha yoshdagi fuqarolarni tarbiyalashning zamonaviy imkoniyatlari, vositalari va manbalarini o‘rganadi).
  14. Tibbiyot pedagogikasi.
  15. Harbiy pedagogika.
  16. Rahbarlik pedagogikasi.
  17. Mehnat pedagogikasi singari tarmoqlarga ega.

Pedagogikaning Psixologiya fani bilan aloqasini tahlil qilamiz. Pedagog o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda ularning sezgi, idrok, tasavvur, diqqat, tafakkur va xotira kabi psixik jarayonlarini bilishi kerak. Shuning uchun pedagogika fani psixologiya fani bilan alohida ish olib boradi.

Har bir fan o‘z rivojlanishida o‘z nazariyalarini boyitishda o‘zining ichki ilmiy yo‘nalishlariga tayanib, takomillashib boradi. Hozirgi davrda umuminsoniyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida axborot, ma’lumot beruvchi turli fanlar muayyan darajada pedagogika fani uchun manba bo‘ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning umumiy kamolotiga xizmat qiladi. Tabiat va jamiyat rivojlanishi qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanadi va o‘zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi.

Har bir o‘qituvchi, o‘quvchi o‘z ona yurti tarixini bilishi, vatanparvar bo‘lishi lozim. Agar o‘qituvchi o‘z o‘quvchisida haqiqiy vatanparvarni tarbiyalash uchun o‘z xalqini, tarixini, turmush tarzini, madaniyatini, ma’naviyatini, qolaversa, uning udum-an’analari, urf-odatlari haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lmog‘i lozim. Buning uchun o‘qituvchi faqat bilimgagina ega bo‘lmasdan uni hozirgi kundalik hayotga qo‘llanilishini ham uddalaydigan bo‘lmog‘i kerak. Bu haqda muhtaram prezidentimiz I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarida, “Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson”, “Inson uchun tarixdan judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish demakdir”, “Haqiqiy tarixni bilmasdan turib, o‘zlikni anglash mumkin emas” kabi fikrlari nihoyatda muhimdir. Yuqoridagi fikrlar o‘qituvchilar oldiga tarixni bilish vazifasini ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda. Masalan, o‘tmishda ajdodlarimizning qilgan ishlari, fan sohalariga qo‘shgan ulkan hissalarini tarix fanini ularning hayoti va faoliyati orqali ma’lumot olamiz. Misol uchun bobomiz A.Temurning “Millat dardiga darmon bo‘lmoq lozim” so‘zining ma’nosini anglash bugungi hayotimizda talab qilinmoqda.

Falsafa fani esa pedagogika fani uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi, Chunki, hozirgi ta’lim-tarbiya nazriyasi va amaliyoti yutuqlari falsafiy fikrlar kurashi va tarqqiyotining mahsulidir. Falsafa pedagogikani ilmiy usullar bilan qurollantirishni, ta’lim-tarbiyaning ob’ektiv qonun qoidalarini ishlab chiqarishga manba bo‘ladi.

Etika va estetika fanlari pedagogikaning tarbiya nazariyasi bo‘yicha ma’lumot beradi. Bu fan o‘quvchining huquqi, odobi meyorlarini aniqlash, belgilash hamda go‘zallikni haqiqiy tushuntirish va kundalik oilaviy, ijtimoiy qo‘llashga o‘rgatadi. Shuning uchun ham pedagogika, etika va estetika fanlari bilan yaqin aloqada ishlaydi.

Odam anatomiyasi va fiziologiyasi, maktab gigienasi singari fanlar bilan shuning uchun aloqa qiladiki, o‘qituvchi va o‘quvchi organizmining anatomiyasini ya’ni, tuzilishini, har bir organning bajaradigan funksiyalarini ilmiy asosda bilish shart. Anatomiya va fiziologiya ana shu ma’lumotlarni o‘qituvchiga beradi. O‘qituvchi esa o‘quvchilarning bosh miyasi ish faoliyatida va unga tushadigan aqliy zo‘riqishlarni bilishi kerak. Maktab gigienasi fani esa bolaga o‘qishi, yozishi uchun sinf xonalarida yorug‘lik miqdori, partalarning qanday hajmda bo‘lishi va boshqalarni o‘quvchilarga o‘rgatadi. Bu esa o‘z navbatida pedagogika fanining gigiena fani bilan uzviy aloqada bo‘lishini taqozo etadi.

Umuman, pedagogika fani o‘z oldidagi maqsad va vazifalarini hal etishda boshqa fanlar yutuqlaridan foydalanmasdan ish olib borishi mumkin emas degan xulosaga kelish mumkin.

    1. «Pedagogika» tushunchasi qanday mazmunni anglatadi?
    2. Ta’lim nazariyasi (didaktika) nima?
    3. Tarbiya nazariyasi nimalarni о‘rganadi?
    4. Pedagogika fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
    5. Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini ayting va mohiyatini yoriting.
    6. qanday fanlar pedagogik fanlar tizimiga kiradi?
    7. qanday metodlar pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari hisoblanadi.

    6-MAVZU: PEDAGOGIKA FANINING ILMIY TADQIQOT METODLARI

    1. Fanning ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha va ularga qo‘yiladigan talablar.

    2. Ilmiy tadqiqot metodlariga tavsif berish.
    Tayanch tushunchalar: Metod, usul, yo‘l, tadqiq etish, o‘rganish, tajriba o‘tkazish, sinash, ta’lim-tarbiya, ma’lumot, ko‘nikma, malaka, o‘zlashtirish, tadbiq etish, nazariya, o‘quvchi, shaxs, faoliyat, suhbat, kuzatish, eksperiment, anketa, test, maktab hujjatlari, ijodni o‘rganish, statistika, kibernetika, sotsiologiY.

    Ilmiy tadqiqot metodalari. Har bir predmet uning metodlari bilan chambarchas bog‘langan. Fan metodlari uning metodologiyasiga mohiyati va prinsiplariga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogikaning bunday mustahkam va ishonchli falsafiy asosi dialektik metoddir.

    Pedagogikaning hodisalarini o‘rganish va ularning qonuniyatlarini aniqlash masalasida bir-biriga qarama-qarshi ikkita yo‘nalish metofizik va dialektik yo‘nalish mavjuddir.

    Metofiziklar pedagogikaning hodisalari va faktlarini o‘zgarmas, vaqt, joy va konkret sharoitlardan tashqari boshqa ijtimoiy hodisalar bilan aloqasi bo‘lmagan hodisa sifatida olib qaraydilar.

    Dialektik metod esa metofizika talqiniga qarama-qarshi o‘laroq, o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatlarini quyidagicha o‘rganishni talab etadi:

    1. Ularning umumiy aloqasi bir-birini taqoza etishi va o‘zaro ta’sir jarayoni-da bolalarni tarbiyalash, o‘qitishning turmush, siyosat, ideologiya, madaniyat, fan, axloq, san’at, ta’lim-tarbiya muassasasi tarmoqlarining va ijtimoiy, maktab va oilaviy tarbiyalarning o‘zaro bog‘liqligi va boshqalar.

    2. Ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etishi jarayonida ijti-moiy va ilmiy vazifalarning tug‘ilishi natijasida kelib chiqadigan o‘qitish va tarbiyalash vazifalari, forma va metodlarning o‘zgarishi; tarbiyalash qisqa muddatli va tez olib boriladigan ish emas, balki qiyin va murakkab jarayondir, bolalarni andoza, universal sxema asosida o‘qitish va tarbiyalash mumkin emas.

    3. Bolalarning o‘sishida miqdor va sifat o‘zgarishlari jarayonida har bir maktab yoshining o‘ziga xosligi, tarbiya va ta’lim bola shaxsining sifat jihatidan o‘sish va tarkib topishi ekanligi, ong va axloqning, so‘z va ishning birligi va boshqa mezonlar.

    4. Qarama-qarshi tomonlar, an’analar, qarashlar va fikrlarni aniqlash jarayonida, tarbiya va ta’limda, turmush dialektikasida, yangi va eski o‘rtasidagi kurash, shaxs va jamoa o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar va h.

    5. Pedagogikaning qonuniyatlarini ob’ektiv o‘rganishda dialektika kategoriyalari hodisa va mohiyat, sabab va natija, zaruriyat va tasodif, mazmun va shakl, tarixiy va mantiqiy, umumiy va shaxsiy, asosiy va xususiy, aniq va abstrakt kabi kategoriyalar muhim ahamiyatga egadir.

    Dialektikaning yuqorida ko‘rsatilgan prinsiplari asosidagi pedagogika hodisalari, faktlari va jarayonlarini ilmiy tekshirish, ularning taraqqiy etish qoniniyatlarini bilish mumkin. Binobarin, pedagogik tadqiqot metodlariga ob’ektivlik, o‘qituvchilik, pedagogik faoliyatni oshirishga qaratilgan tadqiqot vazifalarining aniqligi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini, bolalar psixologiyasi qonuniyatlarini hisobga olish kabi talablar qo‘yiladi. Lekin, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash amaliyotining o‘zi hamma vaqt pedagogik tadqiqotlarning manbai hisoblanadi. Faqat maktab tajribalarigina har bir ilmiy nazariyaning haqqoniyligi hisbolanadi.

    Tadqiqot metodlarining tanlash fanning o‘zi uchun muhim ahamiyatga egadir. Uning metodlari qanchalik mukammal bo‘lsa, shu fan oldida turgan aktual vazifalar ham shunchalik muvaffaqiyatli hal etiladi. Hozirgi pedagogik tadqiqotlarning metodlar tizimini to‘la hal etilgan deb bo‘lmaydi.

    Pedagogika tajribasini o‘rganishda quyidagi metodlar: kuzatish, eksperiment, suhbat, o‘quvchilar ijodini o‘rganish, tarbiya muassasalari hujjatlarini o‘rganish turli xilda qo‘shib olib borilishi mumkin.

    1. Ilmiy pedagogik tadqiqotning asosiy metodlari kuzatish, suhbat, tekshirish, eksperiment metodlari singari faoliyat natijalarini o‘rganishdan iborat.

    2. Hozirgi vaqtda quyidagi metodlar asosida ishlaydi. Bular: pedagogik kuzatish, so‘rash, o‘quvchilar faoliyati natijalari va o‘quv-tarbiya muassasalari hujjatlarini o‘rganish, pedagogik eksperiment, modellashtirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va yoyish, sotsiologik, matematika va statistika materiallarini ishlash kibernetika, anketa, intervyu olish va tasvirga olish singari metodlardan foydalaniladi.

    Pedagogik kuzatish murakkab va maxsus xususiyatga ega. Bunda kuzatilayotgan pedagogik hodisaning mohiyatini ko‘ra bilish, o‘qituvchi va o‘quvchi harakatlarining o‘zaro aloqasi dialektikasini, ulardan har birining indvidualligini aniqlay olish lozim. Har bir pedagog kuzatuvchan bo‘lishi, hodisa va dalillarning tafsilotlarini payqay olishi, ularni tahlil qila bilish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Kuzatishlar biror maqsadga qaratilgan holda amaliy va sismavzuli yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, eng kerakli dalillarni, mazkur kuzatishdan o‘z vaqtida chiqarilgan pedagogik-psixologik xulosalarni hisobga olgan holda tashkil qilinsa, samarali bo‘ladi. Kuzatish ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va takomillashtirish maqsadida olib borilishi mumkin. Masalan, o‘qitish jarayonida bolalarning qanday o‘sayotganligi, dars jarayonida bilim berish va tarbiyalash vazifalari birligi qanday amalga oshirilayotganligi; fan asoslarini o‘rganishda o‘quvchilarnig tafakkuri qanday faollashayotganligi va boshqalar aniqlanadi.

    Ilmiy kuzatishda ba’zan tadqiqotchi chidamsiz, shoshqaloq va sismavzuli ish ko‘rmasligi singari holatlarga yo‘l qo‘yilsa, uning samaradorligi pasayadi.

    Suhbat metodi. Ilmiy maqsadda olib boriladigan suhbatning aniq maqsadi, vazifasi, shakli va ularni o‘tkazish metodikasi mavjud. Suhbat metodining indvidual, guruhli va jamoa turlari mavjud. Tadqiqotchi suhbat olib borishni va uni kerakli maqsadli tomonga yo‘naltira olishi g‘oyat muhimdir. Suhbat olib boruvchi quyidagi pedagogik qoidalarga rioya qilishi shart:

    1) suhbat savollarini oldindan belgilash;

    2) vaqti va joyini belgilash;

    3) suhbat ishtirokchilarini belgilash (soni, miqdori);

    4) qulay sharoit yaratib ochiq suhbatlashish;

    5) suhbatdoshga o‘z fikrini aytishga imkon berish;

    6) sergak va bachkana bo‘lmaslik;

    7) suhbatdosh haqida biografik ma’lumotga ega bo‘lish;

    8) olingan materialni o‘z vaqtida ishlab chiqish va qo‘shimchalar qilish.

    9) suhbatdan ilmiy xulosa chiqarish.

    Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi. Maktab hujjatlarini tahlil qilish davlat qonunlarining amalda bajarilish darajasini, har bir xodimning faolligini aniqlash, ularning amaliy hayot faoliyatidagi kamchilik va xatolarni aniqlashga va ularning topshirilgan ish uchun mas’uliyatini oshirishga imkon beradi. Ular quyidagilar: maktab hujjatlarini rejalashtirishning barcha turlari; umumiy ta’limga doir hisob va hisobot; dars jadvali; o‘quvchilar tarkibi soni; sifati; ta’lim-tarbiya ishlarini taqsimlash; o‘quvchilarning delolari; sinf jurnallari; o‘quvchining kundalik daftarlari; buyruqlar daftarlari; pedagoglar kengashi qarorlari daftari; maktab smetasi; maktab pasporti; inventarlar daftari va h.

    Hujjatlarni tahlil qilishda o‘quvchilar kontingentining o‘sishi va kamayishi tavsifiga, bolalarning maktabga ketib qolishiga, ularning ayrimlari va sinf bo‘yicha o‘zlashtirish darajasiga, rag‘batlantirish va jazolash choralarini to‘g‘ri tashkil qilinishiga, maktab pedagoglar tarkibiga va maktabning o‘quv-moddiy bazasiga alohida e’tibor beriladi.

    Bolalar ijodini o‘rganish metodi. O‘quvchilar ijodini hamda ularning turli faoliyati (xatlari, kundaliklari, insho, bayon, chizgan suratlari, bajargan amaliy ishlari, namunalari, rejalari va hisobotlari)ni o‘rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Bolalar ijodining ahamiyati shundaki, unda yosh avlodning tipik layoqati va xususiyatlari aniq ochib beriladi.

    Bu metodni qo‘llashdan asosiy maqsad hozirgi yosh avlod ijodining manbalari va faktorlarini chuqur bo‘lishiga hamda rivojlantirish va takomillashtirishning to‘g‘ri yo‘llarini ko‘rsatib berishga qaratilgandir. Bizda bolalar ijodi shakllari turlicha: olimpiadalar, mavzutik konkurslar, maktab ko‘rgazmalari, turli xil musobaqalar, poxodlar, quvnoq startlar, ziyraklar va topqirlar, iste’dodlar va h.

    Eksperiment metodi. Bu so‘z lotincha sinab, tekshirib ko‘rish, ilmiy maqsadga qaratilgan tajriba ma’nosini anglatadi. Ta’lim-tarbiya ishlarida qo‘llaniladigan biror shakl, metod va vositaning foydaliligini aniqlash va tekshirish uchun o‘quv yurtlarida o‘tkaziladi.

    Eksperiment metodlari sharoitiga qarab turli xil qo‘llaniladi.

    1. Tabiiy eksperiment (yaratuvchi, ixtiro qiluvchi eksperimentlar). Ushbu eksperimentning asoschisi rus psixologi A..F.Lazurskiy hisoblanadi. Bu metodda maktab faoliyati, ma’lum ta’lim-tarbiya muammolari asl holda suhbat, kuzatish va anketa asosida o‘quvchining o‘qish jarayonida, o‘z-o‘zini nazorat qilishida aniqlanadi. Masalan, maktab internatining tarbiyachilari o‘quvchilarning o‘zlari haqidagi g‘amxo‘rligini tabiiy tekshirishda pechda yoqadigan ho‘l va quruq o‘tin vositasida aniqlangan. Bolalar yashaydigan binoda yaqin joyda ho‘l o‘tin borligi, uzoqroq joyda quruq o‘tindan foydalanishning samarasini tekshirishni ko‘rsatish mumkin. Shunday qilinsa, natija haqiqiy bo‘ladi.

    2. O‘quvchilarning ongliligini yaratuvchi eksperiment (tadqiqotchi biror ma’no bo‘yicha taxminiy reja asosida o‘quvchi faoliyatining o‘quv jarayonida o‘zini-o‘zi nazorat qilish usullari, yo‘llari tekshirilib, ma’lum bir ilmiy pedagogik xulosa chiqariladigan tajriba deyish mumkin). Bu metoddan chiqarilgan xulosalar boshqa hamma maktablar hayotiga tadbiq qilinishi uchun nazorat eksperimentidan o‘tkazdiriladi. Chiqarilgan pedagogik xulosa esa o‘z navbatida mazkur masalani hal qilishning nazariyasi va metodologiyasi bo‘lib pedagogika yutug‘i hisoblanadi.

    Eksperiment metodlari o‘z mazmuni, turi va xarakteriga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linish mumkin: didaktik, tarbiyaviy, maktabshunoslik, chog‘ishtirma pedagogika va h.

    Statistika ma’lumotlarini analiz va sintez qilish metodi. Pedagogik tadqiqotning kerakli statistika ma’lumotlari ma’lum bir maqsad bilan sismavzuli o‘rganish va umumlashtirishsiz amalga oshmaydi. Chunki bu ma’lumotlar jamiyatimizda madaniyat, fan, tarbiya va ta’limning barq urib taraqqiy etish qonunlarining rivojlanishida muhimdir. Xalq maorifi budjetining oshishi, o‘quv yurtlarida bolalar sonining ko‘payishi, maktabdan tashqari tarmoqlarning kengayishi, darsliklar, ko‘rgazmali qurollar, texnika vositalarinig ortishi, o‘qituvchi kadrlar tayyorlash kabilar statistika ma’lumotlari bilan isbotlanadi.

    Anketa metodi. Anketa fransuzcha so‘z bo‘lib, tekshirish degan ma’noni anglatadi. Anketa metodi o‘quvchilardan so‘rash metodi bo‘lib, u o‘quvchilar tarkibining sifati to‘g‘risida kerakli ma’lumotlarni olish uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun, shuningdek, kasbga yo‘llashni belgilash uchun ma’lum bir shaklda o‘tkaziladi. Bu metodni qo‘llashda quyidagi talablarga amal qilish kerak:

    1. Anketalar o‘quvchilarning pedagogik va ruhiy tavsifini tuzishning manbai va universal vositasiga aylantirmasligi kerak.

    2. Anketalar juda katta va noaniq bo‘lmasligi kerak.

    3. Anketani o‘tkazishda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish va unga ajratilgan vaqt normada bo‘lishi kerak va h.

    Qiyosiy pedagogika kitob

    Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

    Kitobni qanday sotib olish mumkin?

    Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish

    Siz muallifmisiz?

    Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

    Savol-javoblar

    Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
    Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
    Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
    va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

    Pedagogika

    Ko‘rganlar, jami:
    Nashr yili:
    ISBN raqami:

    Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.

    Elektron kitob
    E’tibor bering “Sotib olingan kitoblar qanday o’qiladi?” bo’limi bilan tanishib chiqing!

    Buyurtma berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting

    Do‘stlarizga tavsiya eting

    • Annotatsiya
    • Mundarija
    • Fikr va mulohazalar

    Ushbu o‘quv qo‘llanmada «Umumiy pedagоgika» fanining Pedagоgi-kaning umumiy asоslari, ta’lim nazariyasi, tarbiya nazariyasi va ta’lim tizimini bоshqarish yo‘nalishlariga оid pedagоgik qarashlar, nazariyalar ilmiy va amaliy jihatdan asоslab berilgan. Qo‘llanma pedagоgika оliy o‘quv yurtlari, pedagоgika kasb-hunar kоllejlari talabalari va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan.

    Kirish . 3
    I bоb. Pedagоgikaning umumiy asоslari
    1.Pedagоgika mustaqil fan sifatida . 4
    1.1. Pedagоgika fanining shakllanishi . 4
    1.2. Pedagоgika fanining оbyekti, predmeti va funksiyalari . 8
    1.3. Pedagоgik fanlar tizimi . 13
    1.4. Pedagоgika fanining bоshqa fanlar bilan alоqasi . 14
    2. Shaxs tarbiya оbyekti va predmeti sifatida . 16
    2.1.Insоnni biоlоgik va ijtimоiy rivоjlanishi va uning shaxsini shakllanishi. 16
    2.2. Shaxs rivоjlanishining umumiy qоnuniyatlari va harakatlantiruvchi kuchlari. 19
    2.3. Shaxsni shakllanishiga ta’sir etuvchi оmillar. . 20
    3. Pedagоgika metоdоlоgiyasi va pedagоgik tadqiqоt metоdlari . 22
    3.1. Pedagоgika metоdоlоgiyasi tushunchasi . 22
    3.2. Pedagоgik tadqiqоtlarning metоdоlоgik prinsiplari . 27
    3. 3. Pedagоgik tadqiqоt metоdlari . 28
    3.4. Pedagоgik tadqiqоt tuzilishi . 33
    II bоb. Ta’lim nazariyasi (DIDAKTIKA)
    4. Ta’lim jarayoni mоhiyati . 37
    4.1. Ta’lim nazariyasi yoki didaktika to‘g‘risida umumiy tushuncha..37
    4.2. Asоsiy didaktik kategоriyalar . 41
    4.3. Ta’lim jarayonining gnоseоlоgik asоslari . 43
    4.4. Ta’lim jarayonini qоnuniyatlari va harakatlantiruvchi kuchlari . 45
    4.5. Ta’lim jarayonining vazifalari va tuzilishi . 48
    5. Ta’lim qоnunlari, qоnuniyatlari va prinsiplari . 53
    5.1.Ta’lim qоnuni, qоnuniyati va prinsipi tushunchasi. . 53
    5.2.Ta’limning asоsiy qоnun va qоnuniyatlari tavsifi. . 61
    5.3.Ta’lim prinsiplari va qоidalari . 64
    6.Ta’lim mazmuni . 76
    6.1. Ta’lim mazmuni tushunchasi va mоhiyati . 76
    6.2. Ta’lim mazmunini shakllantirishning asоsiy nazariyalari . 79
    6. 3.Ta’lim mazmunini tanlash mezоnlari va prinsiplari. . 81
    6.4. Davlat ta’lim standarti . 85
    6.5. Ta’lim mazmunini aks ettiruvchi me’yoriy hujjatlar . 87
    7. Ta’lim metоdlari va vоsitalari . 91
    7.1. Metоd tushunchasi va mоhiyati . 91
    7.2. Ta’lim metоdlari evоlutsiyasi . 92
    7. 3.Ta’lim metоdlari klassifikatsiyasi . 94
    7.4. Ta’lim vоsitalari . 99
    7.5. Ta’lim metоdlari va vоsitalarini tanlash . 101
    8.Ta’limni tashkil etish shakllari . 102
    8.1. Ta’lim shakli va ta’limni tashkil etish shakli tushunchasi . 102
    8.2. Ta’lim shaklini rivоjlanish bоsqichlari . 104
    8.3.O‘quv jarayonining tashkil etish shakllari . 106
    8.4. Ta’lim turlari . 112
    9.Ta’limni tashxislash va nazоrat qilish . 113
    9.1. Ta’lim sifatini tashxislash. 113
    9.2. Nazоrat turlari, metоdlari va shakllari. . 116
    9.3.O‘quv faоliyati natijalarini bahоlash va qayd etish . 118
    9.4. Bahоlashdagi kamchiliklar . 119
    III bоb. Tarbiya nazariyasi
    10.Tarbiya mоhiyati . 120
    10.1. Tarbiya jarayoni tarbiya nazariyasining predmeti sifatida . 120
    10.2. Tarbiyaning umumiy kоnsepsiyalari . 121
    10.3.O‘zbekistоnda tarbiyaning zamоnaviy kоnsepsiyasi . 124
    11.Tarbiya pedagоgik jarayon sifatida. . 126
    11.1. Tarbiya jarayoni mоhiyati . 126
    11.2.Tarbiya jarayoni qоnuniyatlari . 129
    11.3. Tarbiya jarayoni prinsiplari . 132
    12. Tarbiya jarayonida shaxsning shakllanishi . 137
    12.1. Tarbiya mazmuni muammоsi . 137
    12.2. O‘quvchilar axlоqiy tarbiyasi va ilmiy dunyoqarashi . 139
    12.3. Yoshlarni fuqarоlik tarbiyasi. 143
    12.4. Mehnat tarbiyasi . 148
    12.5. O‘quvchilarni estetik tarbiyasi . 150
    12.6. Yoshlarni jismоniy tarbiyasi . 151
    13. Tarbiya metоdlari va vоsitalari . 154
    13.1. Tarbiya metоdlari to‘g‘risida tushuncha . 154
    13.2. Tarbiya metоdlari klassifikatsiyasi . 154
    13.3. Tarbiya metоdlari tavsifi . 156
    13.4. Tarbiya vоsitasi . 163
    13.5. Tarbiya shakli . 164
    14. Jamоa tarbiya vоsitasi sifatida . 166
    14.1. Jamоa nazariyasining shakllanishi va uning mоhiyati . 166
    14.2.O‘quvchilar jamоasining rivоjlanish bоsqichlari . 168
    14.3. Jamоa bilan ishlash metоdikasi . 169
    15.Оila tarbiyasi . 171
    15.1. Оilaviy hayotning shaxs tarbiyasiga ta’siri. . 171
    15.2.Оilaviy tarbiya

    Pedagogika – bu nima? Biz savolga javob beramiz. Pedagogika tushunchasi. Kasbiy pedagogika

    Video: Qaysi Kasb Sizga Mos Keladi? TEST! | ҚАЙСИ КАСБ СИЗГА МОС КЕЛАДИ .

    Tarkib

    • Etimologiya
    • Pedagogika tarixidan. G’arbiy maktab
    • Rossiyadagi pedagogika
    • Ilmiy pedagogika
    • Pedagogikaning predmeti va ob’ekti
    • Pedagogika fan sifatida vazifalari
    • O’qitish faoliyati nima?
    • O’qituvchi pedagogik faoliyatning qaysi sohalarida ishlaydi?
    • O’qituvchi: u qanday?
    • O’qituvchilik kasbini qaerdan olish mumkin?
    • Psixologiya va pedagogika instituti
    • Yakuniy so’z

    Ta’lim inson faoliyatining maxsus sohasi sifatida pedagogika tomonidan o’rganiladi. Pedagogika nima, u qanday paydo bo’ldi va uni qanday aniqlash mumkin?

    Etimologiya

    Ushbu atama juda qiziqarli kelib chiqishga ega. Qadimgi Yunonistonda xo’jayinining bolalarini maktabga kuzatib borgan qulning o’ziga xos nomi bor edi – pedagogika. Buning sababi nimada? Sodda qilib aytganda qadimgi yunonlar tilida “bola” so’zi “paydos” ga o’xshab yangragan va “xabar” fe’l “oldingi” kabi talaffuz qilingan. Shunday qilib, “o’qituvchi-qul” “payogogos” deb nomlangan ekan.

    Vaqt o’tishi bilan “pedagogika” so’zining ma’nosi o’zgardi. Bugungi kunda pedagogika nima? Oddiy ma’noda, bu hali ham bolaning, talabaning hamrohidir, faqat bunday xayrlashish tadbirlarining ko’lami boshqacha. O’qituvchi bolani hayot davomida hamroh qiladi.

    Pedagogika tarixidan. G’arbiy maktab

    Mashhur faylasuflar ham qanday o’qitish kerakligi haqida so’zlab berishdi. Masalan, XVIII asrda yashagan Immanuil Kant ta’lim jarayonida shaxsning sotsializatsiyasi tsivilizatsiyalashgan jamiyatda yashashi va insoniyatga foyda keltirishi mumkin bo’lgan o’qimishli shaxsni yaratishda yordam beradigan asosiy vosita deb hisoblagan.

    Bunday mulohazalarni o’z davri uchun rivojlangan deb hisoblash mumkin, chunki XIX asrga qadar ta’lim din bilan chambarchas bog’liq edi. O’sha paytda savodli odamlar, asosan, dinshunoslik bilan bir qatorda pedagogik faoliyat bilan shug’ullanadigan taniqli shaxslar, cherkov va monastirlarning xizmatchilari edi.

    G’arb pedagogikasi maktabi 20-asr boshlarida katta o’zgarishlarga duch keldi. Ta’lim asta-sekin diniylikning dogmatik qonunlaridan uzoqlasha boshladi va mustaqil va boy kishining majburiy atributiga aylandi. O’tgan asrning o’rtalarida ta’lim tizimidagi islohotlar G’arbiy Evropa va Amerikani qamrab oldi. Ularning natijasi ko’proq insonparvar va shu bilan birga har bir alohida talabaning manfaatlariga va butun insoniyat jamiyatining ehtiyojlariga yo’naltirilgan yangi tizimni qurish edi.

    Rossiyadagi pedagogika

    Kiev Rusidagi ta’lim ham din bilan bog’liq bo’lib qoldi. Bundan tashqari, savodxonlikning asosiy maqsadi yangi ruhoniylarni, Xudoning kalomini va’z qilish va ommaga etkazish qobiliyatiga ega bo’lgan odamlarni tayyorlash edi.

    Biroq, bolalar o’qish va yozishni o’rgatishgan. O’rta asrlarda bu asosan boy va qudratli ota-onalarning avlodlari edi. Ammo asta-sekin, asta-sekin ta’lim ommaga o’tdi.

    O’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi 18-asrda boshlangan. O’qituvchilar seminariyalari va institutlari ochildi va bu ta’limning rus jamiyati va pedagogikasi hayotida fan sifatida muhimligini tan oldi.

    Faqat Sovet davrida, o’tgan asrning 30-yillarida, ta’lim majburiy bo’lib qoldi. 7 yoshidan boshlab yosh bolalar savodli va intellektual shaxs bo’lishlari uchun maktabning barcha bosqichlarini o’tishlari kerak edi.

    Ammo keling, qisqacha tarixiy ekskursiyamizni yakunlab, pedagogika nazariyasiga o’tamiz.

    Ilmiy pedagogika

    Pedagogika fan sifatida nimani anglatadi? Bugungi kunga kelib uning turli xil ta’riflari taqdim etilgan. Biroq, quyidagilarni eng qisqa va eng sig’imli deb hisoblash mumkin: pedagogika – bu ta’lim haqidagi fan.

    Ushbu tushunchaga yana qanday ta’rif berilgan? Pedagogika – bu tajribani keksa avloddan yoshga o’tkazish, shuningdek talabalar tomonidan ularga etkazilgan bilimlarni faol o’zlashtirish. Ko’rib turganingizdek, ushbu ta’rifda pedagogik faoliyat yo’nalishi paydo bo’ladi: u o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi va uning o’quvchilari tomonidan qabul qilinadi.

    Pedagogika, shuningdek, o’qitish, tarbiyalash va o’qitish, shuningdek o’z-o’zini o’rganish, o’z-o’zini tarbiyalash va o’z-o’zini tarbiyalash fanidir. Ushbu ta’rif ushbu intizomni faoliyat sifatida olib boradigan jarayonlarga ishora qiladi. Bunday holda, “pedagogika” tushunchasi bu jarayonda ikki tomonning ishtirokini o’z ichiga olganligiga ham e’tibor qaratiladi: o’qituvchi va o’rganuvchi.

    Ushbu fan nimani o’rganadi? Keling, uning o’ziga xos xususiyatlari haqida gapiraylik.

    Pedagogikaning predmeti va ob’ekti

    Har qanday fanning o’ziga xos ob’ekti va predmeti bor. Va, albatta, pedagogika ham bundan mustasno emas. Demak, pedagogika fanining predmeti – o’quv jarayonida yuzaga keladigan talaba shaxsini shakllantirish va uning rivojlanishi. Pedagogikaning ob’ekti – o’quvchilarni tarbiyalash jarayoni. Shu bilan birga, hayot tajribasini keksa avloddan yoshga o’tkazish deb ta’riflanadi.

    Pedagogikaning ob’ekti o’quvchi ekanligi haqidagi noto’g’ri xulosa mavjud, chunki tarbiyachining ta’lim faoliyati unga qaratilgan. Bu unday emas. Bilimlarni o’zlashtirish jarayonida shaxsning o’zi o’zgarmaydi, o’zgarishlar nozik materiya – odamning shaxsi darajasida sodir bo’ladi. Va shuning uchun, psixologning faoliyati ko’pincha pedagogika bilan bog’liq va har bir yaxshi o’qituvchi aslida qalbida kichik psixologdir.

    Pedagogika fan sifatida vazifalari

    Har qanday fan singari, pedagogika ham o’ziga xos funktsiyalarga ega. Ularni shartli ravishda nazariy va amaliy deb ajratish mumkin.

    Pedagogikaning nazariy funktsiyalariga quyidagilar kiradi.

    • insoniyat asrlar davomida to’plangan pedagogika haqidagi bilimlarni o’rganish, shuningdek, ta’lim sohasidagi so’nggi ilg’or ishlanmalarni rivojlantirish;
    • mavjud pedagogik vaziyat va hodisalarni diagnostika qilish, ularning paydo bo’lishi va rivojlanish sabablarini aniqlash;
    • mavjud pedagogik vaziyatni o’zgartirishga va uni yaxshilashga qaratilgan aniq harakatlar rejasini tuzish.
    • o’qituvchilar uchun mo’ljallangan o’quv qo’llanmalar, rejalar, qo’llanmalar ishlab chiqish;
    • yangi ishlanmalarni ta’lim amaliyotiga joriy etish;
    • pedagogik faoliyat natijalarini baholash va tahlil qilish.

    O’qitish faoliyati nima?

    Bolaning shaxsini tarbiyalashda o’qituvchi, murabbiyning faoliyati asosiy hisoblanadi. Pedagogika, albatta, oilaviy vaziyatni hisobga oladi va bolaning ota-onasini qo’llab-quvvatlaydi. Biroq, asosiy o’quv va tarbiyaviy ish o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Pedagogik faoliyat nima va uni qanday aniqlash mumkin?

    Pedagogik faoliyat – bu o’quvchilarga insoniyat tomonidan to’plangan ijtimoiy tajribani berish, shuningdek, bola shaxsini rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish amaliyoti. Bu faqat maktab o’qituvchisi yoki universitet o’qituvchisi tomonidan bajarilishi shart emas. Darhaqiqat, professional pedagogika o’qituvchidan maxsus ma’lumotga ega bo’lishni talab qiladi. Ammo, agar ota-onaning farzandlariga dars berganini eslasak, uning harakatlarini pedagogik faoliyatga ham bog’lash mumkinligini tushunamiz. Axir u o’z tajribasini yosh avlodga etkazadi va shu bilan bolalarning shaxsiy xususiyatlarini o’zgartiradi.

    Yo’naltirilgan pedagogik faoliyatni boshqasidan ajratib turadigan narsa – bu aniq belgilangan maqsad. Va bu maqsad ta’limdir.

    O’qituvchi pedagogik faoliyatning qaysi sohalarida ishlaydi?

    Ta’lim faoliyati mavhum tushuncha emas. U bir nechta alohida turlarga bo’linadi, ularning har biri o’zining amaliy mazmuni va maqsadiga ega. Demak, har bir o’qituvchi o’quv jarayonini tahlil qiladi va o’z kasbining nazariy asoslarini o’rganadi. Bundan tashqari, o’qituvchi pedagogik o’zaro munosabatlar jarayonida o’z o’quvchilarining shaxsiy xususiyatlarini o’rganadi. Bunday faoliyat kognitiv yoki gnostik deb nomlanadi.

    O’qituvchi dizayn bilan shug’ullanadi. U o’qitishning yangi uslublari va dasturlarini ishlab chiqadi, standartidan farqli o’laroq darslarga tayyorlanadi. O’qituvchi ta’lim tizimi uning oldiga qo’yadigan vazifalarni tahlil qiladi va ularning asosida etarli echimlarni topadi. O’qituvchi tashkiliy faoliyatni amalga oshiradi. Demak, uning rahbarligi ostida talabalar muayyan pedagogik vazifalarni bajaradilar. O’qituvchi tomonidan olib boriladigan kommunikativ faoliyat uning talabalar bilan ham, ularning ota-onalari bilan ham, ma’muriyat va hamkasblar bilan ham muloqotni qura olish qobiliyatiga bog’liq.

    O’qituvchi faoliyatining alohida yo’nalishi – tuzatish pedagogikasi mavjud. Nima u? Tuzatish pedagogikasi – bu psixofizik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan maxsus dasturlar asosida olib boriladigan rivojlanish va trening mashg’ulotidir. Bunday tadbirlar odatda tegishli ta’lim tayyorgarligiga ega o’qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi.

    O’qituvchi: u qanday?

    Insonning shaxsiyatini tarbiyalash bu og’ir va mas’uliyatli ishdir. Shunga qaramay, bizning davrimizda pedagogika tobora qadrsizlanib bormoqda. Biroq, muvaffaqiyatga erishishga undaydigan mutaxassislar hali ham uchrashishadi, o’z o’rnida ishlashadi va haqiqatan ham “oqilona, ​​mehribon, abadiy” ekishadi.

    Muvaffaqiyatli o’qituvchi nima bo’lishi kerak? Uni aqliy tashkilotning qaysi fazilatlari ajratib turadi? Darhaqiqat, o’qituvchining xarakter xususiyatlari asosan uning ishining o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.Shu bilan birga, aniq yo’naltirilgan faoliyat bilan tavsiflangan o’qituvchining kasbiga ko’ra, kelajakdagi o’qituvchiga kam bo’lmagan aniq talablar qo’yadi. Demak, o’qituvchi dars berishga tayyor bo’lishi kerak. Ushbu tayyorlik uning nazariy bilimlari va amaliy ko’nikmalari va qobiliyatlarida aks etadi, shuningdek jismoniy va psixologik tarkibiy qismlarga ega. O’qituvchi stressga tayyor bo’lishi, ularga qarshi tura olishi kerak. Bundan tashqari, ko’p sonli o’quvchilar bilan ishlash uchun o’qituvchiga yaxshi sog’liq va ko’p kuch kerak.

    O’qituvchining o’zi doimo o’rganishi, intellektual rivojlanish darajasi va o’qitish mahoratini oshirishga harakat qilishi kerak. O’z ishida u o’quv jarayonini tashkil etishning innovatsion shakllaridan foydalanishi kerak. Shu bilan birga, muvaffaqiyatli pedagogik faoliyatning sharti bolalarga bo’lgan muhabbat va ularga nafaqat o’z bilimlarini, balki o’z qalbining bir qismini ham berishga tayyor bo’lishdir.

    O’qituvchilik kasbini qaerdan olish mumkin?

    Hozirda pedagogik universitetlar juda ko’p, deyarli har bir yoki ozgina katta shaharning o’ziga xos xususiyatlari bor. Bundan tashqari, ko’plab universitetlarda pedagogik kafedralar yoki fakultetlar mavjud. Masalan, Rossiyaning eng qadimgi universitetlaridan biri bo’lgan Moskva davlat universitetida pedagogika fakulteti mavjud. Va Belorusiya Respublikasining nufuzli universiteti – BDUda pedagogika kafedrasi mavjud.

    Bundan tashqari, so’nggi o’n yilliklarda Rossiyada va postsovet hududida ko’plab tijorat oliy o’quv yurtlari ochildi. Ularning ko’pchiligida ta’lim nufuzli, ba’zilariga qabul qilish esa davlat universitetlariga qaraganda ancha qiyin. Bu quyida muhokama qilinadigan Moskvadagi etakchi tijorat pedagogik yo’nalish universiteti.

    Psixologiya va pedagogika instituti

    Ushbu ta’lim muassasasi “Tuzatish” ilmiy-amaliy markazidan o’sib chiqdi. 1990 yilda muassasa “Psixologiya va pedagogika instituti” deb nomlandi.

    Bugungi kunda oltita psixologik-pedagogik mutaxassislik mavjud bo’lib, mashg’ulot shakllari an’anaviy bo’lib qolmoqda: kunduzgi, sirtqi va kechki. Bundan tashqari, universitet professor-o’qituvchilari intensiv ta’lim dasturi bo’yicha yakshanba kurslari va mashg’ulotlarida institutga kirish uchun abituriyentlarni tayyorlaydilar.

    Ushbu institut talabalari 5-6 yil o’qishadi, o’qish muddati tanlangan ta’lim shakli va fakultetga bog’liq.

    Yakuniy so’z

    Insonning alohida, olijanob va yuksak vazifasi bor. U kasbiy faoliyatdan iborat bo’lib, bu faoliyat pedagogikdir. Pedagogika nafaqat fan yoki professional nazariya va amaliyotning bir bo’lagi. Bu shuningdek, uchrashish kerak bo’lgan kasb. Shuning uchun o’qituvchi, katta harf bilan ishlaydigan mutaxassis deb atash mumkin bo’lgan odamlar hurmatga loyiqdir.