Toshkent bozorlarida «Qizil kitob»ga kiritilgan qushlar sotilmoqda
Ushbu tur bahor mavsumida, mart-iyun oylari oralig‘ida Markaziy Osiyoda ko‘payadi. oktabr oyida yo‘rg‘a tuvaloq nisbatan issiq bo‘lgan hududlarga — Afg‘oniston, Eron, Pokiston, Hindiston va Arabiston yarim oroliga — qishlash uchun uchib ketadi. Yo‘rg‘a tuvaloqlarning soni va diapozoni 1960 yillardan kamaya boshlagan.
Podshoxlar ovlaydigan noyob qushning 400 dan ortig‘i Ustyurt tekisligiga qo‘yib yuborildi
Ustyurt tekisligiga noyob qush — 402 bosh yo‘rg‘a tuvaloq («drofa-krasotka») qo‘yib yuborildi, deb xabar berdi Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
O‘zbekiston «Qizil kitobi» hamda xalqaro Qizil kitobga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan ushbu qushlar Davlat ekologiya qo‘mitasi va «Falcon hunting solutions» kompaniyasi tomonidan tabiat qo‘yniga qaytarildi.
O‘zbekistonda bu qushlarning ko‘payishini asosan Birlashgan Arab Amirliklari moliyalashtiradi. Buxoro viloyatida qushlarni muhofaza qilish va ko‘paytirish Amirliklar markazi («Emirates Bird Breeding Center for Conservation») shuningdek, 2008 yildan buyon Navoiy viloyatida yo‘rg‘a tuvaloq qushlarini saqlash bo‘yicha Amirliklar markazi («Emirates Center for Conservation of Houbara») faoliyat olib boradi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ular yo‘rg‘a tuvaloq qushlarini tabiatdagi sonini qayta tiklash bilan shug‘ullanadi. Qoraqalpog‘istonda 2017−2021-yillar oralig‘ida jami 9491 bosh yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborilgan. Arablarning bu qushni ko‘paytirishga qiziqishi bejizga emas.
«Podshoxlar ovi»
Qoraqalpog‘iston axborot agentligida berilgan ma’lumotga ko‘ra, har yili Dubay shayxlari Qoraqalpog‘istonga ov mavsumini o‘tkazish uchun kelishadi va ushbu Qizil kitobga kiritilgan qushlarni ruxsatnoma asosida ovlashadi. Arablar asosan ovchi qush — lochin bilan yo‘rg‘a tuvaloq qushini ovlashni ota dasturiga aylantirgan.
Arablarning bu qushni ovlashini «podshoxlar ovi», avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan qadimiy an’ana ham deyishadi.
Arablar ov qilishda qatiy tartiblarga bo‘ysinishadi. Ya’ni, brakonerler va boshqa ovchilar singari ko‘z to‘ymaslik qilmasdan, faqatgina ma’lum miqdorda ovlashadi. 2015 yilda Qoraqalpog‘istonning Ustyurt tekisligiga tuvaloq qo‘shini ovlash uchun Dubayning merosxo‘r shaxzodasi shayx Hamdan bin Muhammad al-Maqtum tashrif buyurgan.
Foto: Shayx Hamdan bin Muhammed al-Maqtum / Qoraqalpog‘iston axborot agentligi
Qushni ovlash uchun ruxsatnoma
Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasi matbuot kotibi Ulbosin Mirzanazarovaning «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, bir bosh yo‘rg‘a tuvaloqni ovlashga ruxsatnoma to‘lovi mavjud. U O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 8 iyuldagi «Ov qilish vaovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonuni 1-ilovasiga asosan chet ellik jismoniy va yuridik shaxslar uchun 7000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, yo‘rg‘a tuvaloq asosan O‘zbekistonning Qizilqum cho‘lida, shuningdek, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Kavkaz orti, Misr, G‘arbiy Osiyo, Mo‘g‘ulistonda yashaydi.
Ushbu tur bahor mavsumida, mart-iyun oylari oralig‘ida Markaziy Osiyoda ko‘payadi. oktabr oyida yo‘rg‘a tuvaloq nisbatan issiq bo‘lgan hududlarga — Afg‘oniston, Eron, Pokiston, Hindiston va Arabiston yarim oroliga — qishlash uchun uchib ketadi. Yo‘rg‘a tuvaloqlarning soni va diapozoni 1960 yillardan kamaya boshlagan.
Toshkent bozorlarida «Qizil kitob»ga kiritilgan qushlar sotilmoqda
O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan qushlar Toshkent bozorlarida bemalol sotilmoqda. Xususan, poytaxtning Yangiobod va Chorsu bozorlarida noyob qushlar savdosi kuzatilgan. Bu haqda tabiatni himoya qilishga qaratilgan kanalda ma’lumot berib o‘tildi.
«Aksariyat sotuvchilar qushlarni umumiy nom bilan «sayroqi» deb atashadi. Ekologik partiya hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi qush va jonivorlar sotiladigan bozorlarni jiddiy nazoratga olishi, yo‘qolib borayotgan flora va fauna namoyondalarining sotilishiga chek qo‘yishi, sotuvchilarni jazoga tortishi lozim», — deyiladi xabarda.
Ana shunday qushlardan biri qorabosh sa’va O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan. Qushchaning vazni atigi 20 gramm, qanotlarini yeyganda 23 sm.gacha boradi. Xattoki tutqunlikda ham tinmay sayraydi. Agarda yaxshi boqilsa 15-20 yil yashaydi.
Qorabosh sa’va sayraganda ovoz ohangi 20 marotaba o‘zgaradi. Uning ana shu chiroyli sayrashi qushchalarni ommaviy ravishda tutilib, qora bozorda sotilishiga olib keldi.
Navoiyda “Qizil kitob”ga kiritilgan qushlarni ovlagan brakonyer ushlandi
Navoiy viloyatida 3 ta Zarafshon qirg‘ovuli va 2 ta yovvoyi quyonni ovlagan brakonyerlar qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda Davlat ekologiya qo‘mitasi.
Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi
Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyatidagi nazorat reyd tadbiri davomida Buxoro viloyati Vobkent tumani “Uzbakom” MFYda yashovchi fuqaro A.A. tomonidan Qiziltepa tumani O‘rtacho‘l mavzesi hududida ov yo‘llanmasi asosida noqonuniy ravishda “Qizil kitob”ga kiritilgan 3 dona Zarafshon qirg‘ovulini ovlaganligi aniqlandi.
Bundan tashqari, 2 dona yovvoyi quyon ham ovlangani ma’lum bo‘ldi.
Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 94-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli hujjatlar Ma’muriy sud organlariga yuborildi hamda 6 690 000 so‘m miqdoridagi tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.
- Video: Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida noyob qor qoploni ko‘rinish berdi
- “O‘zbekiston 24” telekanali Angrenda aylanib yurgan ayiq otib o‘ldirilganini ma’lum qildi. Toshkent viloyati IIBB esa ayiq tirikligini bildirdi
Avvalroq Bekobodda narxi 150 ming dollargacha baholanuvchi 7 bosh noyob lochinni O‘zbekistondan olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs, Navoiyda kiyik ovlab, tabiatga qariyb 33,5 million so‘mlik zarar yetkazgan brakonyer va Buxoroda “Qizil kitob”ga kiritilgan baliqlarni noqonuniy ovlagan fuqaro qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.