Qizil kitob va uning atrof muhitni muhofaza qilishdagi ahamiyati referat
Miroki davlat qo’riqxonasi 1976-yilda Qashqadaryo viloyatida tashkil qilingan. Oqsuv va Tanxozdaryo havzalarida joylashgan. Qo’riqxona hududida Seversov muzligi ― o’zbekistondagi yirik muzliklardan biri joylashgan. Bu yerda g’orlar ko’p, lekin ular hali yaxshi o’rganilmagan. Oqsuv daryosida juda chiroyli sharshara mavjud.
Qizil kitob va uning atrof muhitni muhofaza qilishdagi ahamiyati referat
Reja:
1. Qizil kitob va uning o’rni.
2. O’zbekiston qo’riqxonalarining qisqacha tarixi.
3. O’zbekiston “Qizil kitobi”ning zarurligi .
4. Kelajak oldidagi burchimiz.
“Qizil Kitob ― bu hujjat bo’lib u Insonning vijdonidir. Har qaysi millat dunyo oldida o’zining tabiat boyliklarini asrash mas’uliyatini olgan“ .
(Xalqaro Qizil Kitobdan)
Qizil kitob va uning o’rni
Qizil Kitob – nima? Bu xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qayg’u-alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yo’qolib ketayotgan hayvon zotlari va o’simlik turlarini o’zida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob – harakatga chaqiruvchi kitobdir.
Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yo’qolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, o’simliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2- tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so’z yuritiladi.
Qizil Kitob tabiatni sevuvchilar, mutaxassislarni diqqatini o’ziga tortib, hamma mintaqada mashhur bo’ldi. Bu kitob xuddi kalendardek bezalgan bo’lib, uning har bir varag’i har xil rangdadir. Har qaysi rangni o’z ma’nosi bo’lib, masalan, qizil rangda yozilgan hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketayotgani va ularning himoyaga muhtojligini bildiradi.
Yer yuzida hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketishining ikki sababi bor bo’lib, birinchi sababi ― bu tabiiy sharoitning o’zgarishi natijasida bo’lsa (tabiiy sabab), ikkinchi sababi esa ― (antropogen) inson harakatlari natijasidir.
Tirik tabiatdagi o’simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi. Yer yuzidagi hayotni ta’minlashda o;simliklar dunyosi, ayniqsa, o’rmonlarning ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi vaqtda yer yuzi quruqligining 25 % ni o’rmonlar tashkil etadi. Ular shimoliy yarim sharda va tropik mintaqalarda tarqalgan. Biroq hozirgi kunda o’rmonlarning holatini yaxshi deb bo’lmaydi. Chunki, har yili 3 mlrd m 3 hajmda o’rmonlar qirqilmoqda. FАО ma’lumotlariga ko’ra bu ko’rsatkich yaqin yillar ichida 1,5 martaga ortishi mumkin.
Insoniyatni, ayniqsa, tropik va subtropik o’rmonlar muammosi tashvishga solmoqda. U yerlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi kerak bo’lgan o’rmonlarning yarmidan ko’pi kesib tashlanmoqda. 160 mln gektar tropi k o’rmonlar vayron bo’lgan, atigi yiliga 11 mln gektar maydon tiklanmoqda. Floraning kamayib ketishi “Qizil Kitob” yaratilishiga sabab bo’ldi (1-jadval).
Yo’qolish xavfidagi turlar soni
(Xalqaro «Qizil Kitob» ma’lumoti bo’yicha )
Kenja turlar
Umumiy turlar soniga nisbatan % hisobida
Chuchuk suvdagi baliqlar
25000 dan kam emas
10 dan kam emas
Dunyoda umumiy qushlar va hayvonlarning 1/4 qismi tabiiy sabablar natijasida yo’qolgan bo’lsa, 3/4 qismi esa inson ta’sirida yo’qolgandir. Oldin bu raqamlarni faqat biologiya mutaxassislari bilishsa, endi esa millionlab odamlarga ham ayon bo’ldi va insonlar oldida savol tug’ildi: Inson, sen nima qilyapsan? To’xta – sen o’z uyingni buzyapsan!
Hayvon va o’simlik dunyosini asrashda ko’pgina amaliy ishlar qilinib va ularni hisobga olib har qaysi davlat, viloyat, tuman va mintaqalarda o’z Qizil Kitoblari tashkil etilyapdi. O’zbekiston Qizil Kitobi ham 1984 yilda tashkil topgan. Unda ko’pgina o’simlik turlari va hayvon zotlari kiritilgan. Masalan, o’simliklardan lolaning barcha turlari, anzur piyozi, boychechak va h.z.
Qizil Kitob haqida yana bir muhim joyi bo’lib, Qizil Kitobning sahifalari hech qachon tugallanmaydi, doimo uning sahifalarini yangi o’simlik turlari va hayvon zotlari bilan to’ldirilib boriladi.
Qizil Kitobning sahifalarini qisqartirish uchun inson madaniyati va hulqini doim oshira borish kerak, bu olimlar oldida qo’yilgan muhim muammolardan biridir.
O’zbekiston Qo’riqxonalarining qisqacha tarixi
Yer yuzida yildan – yil tabiat burchaklariga inson qo’li yetmagan yerlar kamayib bormoqda, ya’ni tabiatdagi cho’l, tog’ va o’rmonlarning asl qiyofasini ko’rishga imkoniyat qolmayapti. Tabiatning asl muhitini va unda yashayotgan barcha jonzotlarni saqlab qolish uchun davlat tomonidan Qo’riqxonalar tashkil qilingan.
Qo’riqxona nima? Qo’riqxona ― bu akvatoriya yoki territoriya, xo’jalikdan butunlay ajratiigan yer maydoni bo’lib hisoblanadi. Qo’riqxonalar – tabiatning ilmiy laboratoriyalari bo’lib, u erda tabiat rivojlanish qonuniyatlarining murakkab tekshirishlari va kuzatishlari o’tkaziladi.
Qo’riqxonalarda ayrim hayvon zotlari va o’simlik turlari o’rganiladi, hamda bu yerda insonning har qanday ta’siri umuman ta’qiqlanadi.
O’zbekistonda birinchi Qo’riqxona – 1929 yilda Turkistonning g’arb qismida tashkil qilingan. Hozirgi kunda uning yer maydoni 26840 gektar. U hozirda Zomin nomini olgan. Archazorlar, noyob o’simliklar va u yerda yashovchi hayvonlar: tog’ echkisi, tog’ qo’yi, oq tirnoqli ayiq, qushlar, suvdagi baliqlar muhofaza qilinadi.
Ikkinchi Qo’riqxona – 1947 yilda Toshkent oblastining Ohangaron va Parkent tumanlari atrofida tashkil qilingan bo’lib, maydoni 451,6 km 2 va hozirda Chotqol nomi bilan ataladi. O’simlik dunyosida 1100 dan ortiq daraxt va butalar turi bor. Qoyalarda 2 tur archa o’sadi, daryolar bo’ylari qarag’ayzorlar bilan qoplangan, qo’riqxona hayvonlarga boy. Bu yerda Sibir tog’ echkisi, to’g’iz, Turkiston silovsini, oq tirnoqli ayiq, tulki, Menzbir sug’uri, jayra, relikt yumronqoziq, irbis va turli qushlar qo’riqlanadi. Ugom-Chotqol tabiiy milliy bog’ 1990-yilda tashkil etilgan, maydoni 5760 km 2 .
Nurota tog’-yong’oq qo’riqxonasi Jizzax viloyatining Forish tumanida Nurota tog’larining shimoliy yonbag’irlarida 1975-yili noyob hayvon turi Seversev qo’ylarining populyatsiyasini saqlash va yong’oq turlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan. Bu yerda 900 ga yaqin o’simlik turlari uchraydi, ularning ayrimlari endemic: Viktoriya, Korolkov, Velikiy lola turlari, Yelena chinniguli, Suvorov piyozi, poyali piyoz, Seversev ungeriyasi, daraxtsimon o’simliklar asosan soylar bo’yida uchraydi. Bu yerda asosiy o’rmon hosil qiluvchi turlarga yong’oq, yovvoyi o’rik, olxo’ri, olma, tut, tol teraklar, qayrag’och toshloq yonbag’irlarda xandon pista va Buxoro bodomi o’sadi. Maydoni 17752 km 2 .
Hayvonot olami ham juda boy. Bu yerda karakanga tulkisi, cho’l bo’risi, korsak, tosh suvsar, jayra, tolay quyoni va to’g’iz keng tarqalgan. Cho’l hayvonlaridan bu qo’riqxonada uzunoyoq kirpi, qizil dumli, katta qumsichqonlar va Seversov tovushkonini umumkin. Qizil kitobga kiritilgan Seversov qo’yi, berkut va boshqalar bu qo’riqxonada qo’riqlanadi.
Qizilsuv tog’-archa davlat qo’riqxonasi 1975-yilda Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumanida tashkil qilingan. Umumiy matdoni 30094 ga, uning 4192 gektari o’rmon bilan qoplangan. 400 dan ortiq o’simlik turlari o’sadi. Hayvonot olami ham boy, turli sutemizuvchi hayvonlarning 23 turi mavjud. Qushlarning 66 turi uchraydi, ulardan 27 turi shu yerda qishlaydi. Oq tirnoqli ayiq, bars, Markaziy Osiyo silovsini, qizil sug’ur, Pamir oqtishi, tolay quyoni va Markaziy Osiyo takasi qo’riqlanadi.
Miroki davlat qo’riqxonasi 1976-yilda Qashqadaryo viloyatida tashkil qilingan. Oqsuv va Tanxozdaryo havzalarida joylashgan. Qo’riqxona hududida Seversov muzligi ― o’zbekistondagi yirik muzliklardan biri joylashgan. Bu yerda g’orlar ko’p, lekin ular hali yaxshi o’rganilmagan. Oqsuv daryosida juda chiroyli sharshara mavjud.
Qo’riqxonada o’sadigan o’simliklarning ko’pi oziq-ovqat, dori-darmon va manzaraliligi bilan katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Maksimovich rovochi, anzur piyozi, kiziliya, tog’ rayhon, kiyik o’ti, lolalar, shirach, tog’olcha, qoraqant va boshqalar ko’p uchraydi.
Hayvonot olami ham ancha boy. Qorli cho’qqilarda bars yoki uning izlarini uchratish mumkin. Archzorlarda Turkiston silovsini va oq tirnoqli ayiq hayot kechiradi. Qo’riqxonaning janubiy qismida Markaziy Osiyo takasi, bo’ri, tulki, jayra, qizil sug’ur, tolay quyoni tarqalgan. Qo’riqxonada turli sayroqi va yirtqich qushlarni uchratish mumkin.
Payg’ambar Orol qo’riqxonasi. 1971-yilda Amudaryodagi payg’ambar orol qo’riqxona deb e’lon qilingan. Umumiy maydoni 4043 gektar, shundan 964 gektari to’qayzor. Qo’riqxona Amudaryo yuqori oqimining to’qayzor namunasi sifatida saqlash maqsadida tashkil qilingan. Bu yerda asosan Buxoro bug’usi-xongul muhofaza etiladi.
Baday to’qay davlat qo’riqxonasi 1971-yilda Qoraqalpog’iston hududida, Amudaryoning quyi oqimida tashkil qilingan. To’qay o’rmonlari va u yerdagi hayvonlarni saqlash maqsadida ochilgan.
1975-yilda Samarqand viloyatida maydoni 2360-2518 gektar bo’lgan Zarafshon davlat qo’riqxonasi tashkil etildi. Bu qo’riqxonani ornitologik deb atasa ham bo’ladi, chunki bu yerda asosan turli qushlar keng tarqalgan (160 dan ortiq tur). Asosiylaridan biri Zarafshon qirg’ovulidir.
Abdusamad davlat qo’riqxonasi 1978-yilda tashkil etilgan bo’lib, maydoni 2158 ga, shundan 1459 gektari to’qayzor. Sirdaryoning o’rta oqimida joylashgan. Farg’ona vidysida saqlanib qolgan kichik-kichik noyob to’qayzorlar va shu yerlarda uchraydigan Sirdaryo qirg’ovuli, suv parrandalari hamda boshqa to’qayzorga xos bo’lgan jonivorlarni saqlash maqsadida tashkil qilingan.
Qorako’l cho’l davlat qo’riqxonasi 1971 (1990)-yilda Buxoro viloyatida amu-Qorako’l kanallari atroflaridagi uchar qumlarni saksovul-buta o’simliklari bilan mustahkamlash, irrigatsion inshootlarning qum ostida qolishidan himoya qilish, Janubiy Qizilqum fauna va flora majmualarini tiklash, uchib o’tish davrida qushlarning dam olishi va oziqlanishi uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil qilingan maydoni 10000 ga.
Vardanzil davlat qo’riqxonasi 1975-yilda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tashkil qilingan. Asosiy maqsadi, qadimiy Vardanzi shahrining xarobalari va 50 yoshlik saksovul daraxtlarini muhofaza qilish. Maydoni 3 km 2 .
Arnasoy davlat qo’riqxonasi 1983-yilda Jizzax viloyatida tashkil qilingan. Maydoni 63 ming gektar. Uning tarkibiga Tuzkon ko’li ham kiradi. Asosan qushlar qo’nib o’tadigan paytida dam olishga qo’nadigan qushlarni muhofaza qilish maqsadida ochilgan. Bu yerda jingalak birqozon, qora va kulrang laylaklar, g’oz, qirg’ovul va loyxo’raklarni uchratish mumkin.
Biosfera qo’riqxonalari – inson xo’jalik faoliyatining tabiatga ta’sirini ayrim regionlar va sayyora ko’lamida o’rganish, baholash, ularni nazorat qilib turish uchun xalqaro va milliy darajada tashkil etiladigan qo’riqxonalardir. Atrof-muhit ustidan sayyora miqyosida nazorat sistemasi, biosfera qo’riqxonalari ma’lumotlariga asoslanadi.
O’zbekistonda mavjud Nurota tog’-yong’oqzor qo’riqxonasi asosida biosfera qo’riqxonasi tashkil etilgan.
O’zb е kistonning muhofaza etiladigan tabiiy hududlari tizimiga umumiy maydoni 2164 kvadrat kilom е tr bo’lgan to’qqizta davlat qo’riqxonasi, 6061 kvadrat kilom е tr maydonni egallagan ikkita milliy bog’, maydoni 12186,5 kvadrat kilom е trni o’z ichiga olgan to’qqizta davlat buyurtmaxonasi va bitta noyob hayvon turlarini ko’paytirish bo’yicha R е spublika markazi (“Jayron” Ekomarkazi) kiradi. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 20520 kvadrat kilom е tr yoki r е spublika umumiy hududining 5,2 foizini tashkil qiladi. Shulardan yirik va e’tiborni jalb qiladigan Chotqol o’rmon-tog’ biosf е ra qo’riqxonasi (356,8 kv.km) Chotqol tog’ tizmasining g’arbiy tarmog’ida joylashgan. Yana Hisor (814,3 kv. km) va Zomin (268,4 kv. km) tog’-archa qo’riqxonalari, Qoraqalpog’istonda joylashgan Baday-To’qay (t е kislik-to’qayzordagi 64,6 kv. km maydonni egallagan o’rmonlarni himoyalaydi) qo’riqxonasi, Qizilqum (101,4 kv.km) va Zarafshon (23,5 kv.km) vodiy-to’qayzor qo’riqxonalari, Surxon o’rmon-tog’ (2136,9 kv.km) va Kitob (53,7 kv.km.) g е ologiya qo’riqxonalari ona tabiatimiz musaffoligi asralayotgan juda so’lim go’shalardir.
Yuqorida aytib o’tilgan Qo’riqxonalardan boshqa respublikamiz territoriyasida yana bir qancha Qo’riqxonalar bor. Ulardan tashqari milliy bog’larimiz, tabiiy yodgorliklarimiz ham bor. Har qaysi Qo’riqxonada ma’lum bir o’simlik turlari va hayvon zotlari saqlanadi, ularning yashashi, ko’payishi, fiziologiyasi, tabiati o’rganiladi.
Qo’riqxonalar, Qizil Kitobning asosiy va muhim vazifalari tabiatimizni asrashimizga qaratilgandir. Siz ham o’z hissangizni qo’shing!
O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi» ning zarurligi.
Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o`simliklar) o`simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo`lib, ularning 93% uchun quruqlik va 7% i uchun suv yashash muhiti hisoblanadi.
Turlarning hosil bo`lishi va ularning yo`qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo`lib, yerda geologik sharoitlarning o`zgarishiga ham bog`liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o`simliklarning antropogen (inson faoliyati) ta’sirlari natijasida yo`qolib borish jarayoni tezlasha boshladi.
Odam tomonidan yangi yerlarning, orollarning va kontinentlarning o`zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.
Turlarning qirilishi qadim zamonlardayoq boshlangan edi. O`n minglab yillar ilgari ovchilar tomonidan mamontlar, qalin junli karkidonlar, gigant bug`ular, g`or arsloni va ayiqlari, o`rta asrlarda Yevropa turi, Steller sigiri qirilib ketdi. Hozirgi biz yashab turgan davrda turlarning yo`qolib ketish jarayoni juda jadallik bilan davom etmoqda. 1600-yildan 1875-yilgacha sut emizuvchilarning 63 turi, qushlarning 74 turi yo`qolib ketdi. Keyingi yillarda har yili 1 tadan 10 tagacha hayvon va 1 tadan o`simlik turlari yo`qolib ketmoqda. Hozirgi vaqtda umurtqali hayvonlarning 600 ga yaqin turi, juda ko`p o`simliklar turlari butunlay yo`qolib ketish xavfi ostida turibdi.
O`simlik va hayvon turlarining tobora yo`qolib borish xavfi mamlakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug`dirmoqda.
1948 yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda «qora ro`yxat»ni chop etdi, unda batamom yo`qolib ketgan hayvonot turlari ro`yxati keltirilgan.
Jahon «Qizil kitobi» 1979 yilgacha chop etildi, shuningdek sobiq SSSR da ham «Qizil kitob» 1979 yilda chop etildi. «Qizil kitob» xavf xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo`qolib ketayotgan o`simlik va hayvonlarning turlari to`g`risida ma’lumotlar berilgan.
O`zbekiston o`simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo`lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o`simliklar, zamburug`lar va suvo`tlari esa 11000 atrofida.
O`zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o`simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko`pgina kamyob, endem va relikt turlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo`lib, ular O`zbekiston florasining 10-12% ini tashkil qiladi.
Zarafshon vohasining florasi 2600 tur, Samarqand viloyatining 1700 tur, undan 201 tur dorivor o`simliklardir.
O`zbekiston florasining yo`qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur «Qizil kitob»ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi «Qizil kitob»da esa (1998) kiritilgan o`simlik turlarining soni 301 taga yetdi.
O`zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar -108, qushlar – 432, sudralib yuruvchilar – 58, amfibiyalar – 2 va baliqlar – 77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq.
O`zbekistonning birinchi «Qizil kitob»i 1983 yilda nashr qilingan bo`lib, unga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi.
Yangi «Qizil kitob» (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo`lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, baliqlarning 17 turi, xalqasimon chuvalchanglarning 3 turi, mollyuskalarning 14 turi va bo`g`imoyoqlilarning 61 turi kiritildi.
Ta’kidlash lozimki, «Qizil kitob»ga kiritilgan o`simliklar va hayvonlar ro`yxati yildan-yilga aniqroq bo`lmoqda va biz ularning yangi nashrlariga guvoh bo`lamiz.
O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»ida o`simlik va hayvonot turi, oilasi, avlodi, turkumi tartibida alfavit bo`yicha ro`yxatga olingan va har bir o`simlik ko`rgazmali tarzda suratlari keltirilgan. Bu o`z navbatida noyob va yo`qolib borayotgan o`simlik va hayvonot turlari to`g`risida keng omma tomonidan aniq tasavvurga ega bo`lishlariga yordam beradi.
«Qizil kitob» muhofaza choralarini kuchaytirish, qo`riqxona va buyurtma hududlarini kengaytirish, yovvoyi o`simliklar bilan savdo-sotiqni tartibga solishda litsenziyalar tizimini joriy qilish kabi bir talay muhim tadbirlarni kun tartibiga qo`yadi.
Umuman, bu kitob barcha o`simlik va hayvonot muhofaza qilish borasida qonun asoslariga tayangan muhim hujjat hisoblanadi.
Kitobga kiritilgan o`simlik turlari 4 kategoriyaga bo’lingan:
«0» maqomi berilgan o`simlik turlari yo`qolgan yoki yo`qolish arafasida turgan o`simliklardir.
«1» maqomidagi o`simliklar turlari esa yo`qolib borayotgan turlardir. Bunga yo`qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan o`simlik turlari kiritilgan.
«2» maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma’lum kichik maydonlarda o`ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo`qolib ketishi mumkin bo`lgan va ularning saqlanishini ta’minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi.
«3» maqomidagi o`simlik turlari kamayib borayotgan o`simliklardir. Bu guruhga kiritilgan o`simlik turlari ma’lum vaqt ichida soni va tarqalish maydonlari tabiiy sabablarga yoki antropogen omillari ta’siri ostida qisqarib ketayotgan turlar kiradi.
Mazkur risolaga Samarqand viloyati hududida uchraydigan va O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan noyob va yo`qolib borayotgan, inson muhofazasiga muhtoj o`simlik va hayvon turlari to`g`risidagi ma’lumotlar matnlari o`zgartirishlarsiz kiritildi.
Kelajak oldidagi burchimiz.
Tabiatni asrash va boyliklaridan tejamkorona foydalanish insoniyat oldidagi eng muhim muammolaridan biri. Qaysikim, tabiat ehson – tuhfalarini ko’r – ko’rona sarflash va uning boyliklarini talon- taloj qilishga hech kimning haqqi yo’q.
Tabiat haqida qayg’urish – insoniyat o’zi haqida qayg’urishdir, chunki inson tabiatning farzandidir. Tabiat uchun yetkazilgan zarar insonning o’ziga qaratilgan zarardir. Texnika va ilmiy taraqqiyotning rivojlanishi insonning tevarak atrofga bo’lgan ta’sirini kuchaytirdi, bu esa hayvon va o’simlik dunyosining qashshoqlanishiga olib keldi. Bizning bu xatolarimizni kelajak avlod kechirarmikan? Yo’q. Bizdan oldingi qadimgi avlodlarimiz flora va fauna dunyosini tarixiy va madaniy yodgorliklarni shafqatsizlarcha qirishgan, qaysikim, endi ular haqida biz faqatgina rasmlar, qo’lyozmalar, arxeologik topilmalar orqali bilamiz. Lekin bu bilan biz ularni qattiq qoralay ham olmaymiz, chunki ularning ongi – bilimlari yetarli darajada emas edi. Ammo bizning zamonamiz insonlarini kelajak avlod kechirmaydi – sababi, biz ixtisoslashgan, takomillashgan va mukammal insonlardirmiz.
Tabiat o’zining go’zalligi bilan o’ziga insonoyatni jalb etadi. Har bir kishini maftunkor tog’larni qoplab turgan doimiy muzlar, ulardagi xushbo’y gullar, dorivor o’simliklar, hayvon turlari, toza havo, sho’x sharsharalari, muz chuqqilari, qoyalari bilan rom etadi. Bularning hammasidan zavq olish kerak, har bir narsaning o’z qadriga yetish, tabiatdagi mo’jazgina bir jonli mavjudotni ham asrab-avaylash lozim. Lekin insonlar bularning qadriga yetish, zavq olish o’rniga ularga ozor yetkazishadi, masalan, tog’da endi ochilgan gullarning eng kattasi, eng chiroylisini uzib olib, guldasta tayyorlaydi, lekin o’ylab ko’rishmaydi-ki ozgina vaqt o’tib bu gullar so’lib, qurib qolishini, o’z chiroyini yuqotgan guldastani esa tashlab yuboriladi. Boshqa mamlakatlarda bunday olishda ko’pgina ishlar qilingan. Masalan, Fransiyada tog’ etaklarida odamlar, uchun turli mavzularda “murojaatnoma”lar taxtakachlarda qoqib qo’yilgan, jumladan, gullarning dam oluvchi sayyohlarga murojaati: “Bizni uzmang, uzib siz bizni o’ldirasiz va bizni avlod qoldirishdan mahrum etasiz“. Gullarni asray bilish, uning qadriga yetish har bir kishining madaniyati va tarbiyasidan darak beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Ahmatqul Ergashev, Temur Ergashev. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. T.: “Yangi asr avlodi”, 2005.
Mavzu:“Qizilkitob”vauningatrof-muhitnimuhofazaqilishdagiahamiyati
MAVZU:“Qizil kitob”va uning atrof-muhitni muhofaza qilishdagi ahamiyati
Qizil Kitob – nima? Bu xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qayğu-alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yo’qolib ketayotgan hayvon zotlari va o’simlik turlarini o’zida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob – harakatga chaqiruvchi kitobidir
- Qizil Kitob – nima? Bu xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qayğu-alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yo’qolib ketayotgan hayvon zotlari va o’simlik turlarini o’zida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob – harakatga chaqiruvchi kitobidir
Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2 – tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so’z yuritiladi
- Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2 – tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so’z yuritiladi
Bu kitob xuddi kalendardek bezalgan bo’lib, uning har bir varaği har xil rangdadir. Har qaysi rangni o’z ma’nosi bo’lib, masalan, qizil rangda yozilgan hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketayotgani va ularning himoyaga muhtojligini bildiradi
- Bu kitob xuddi kalendardek bezalgan bo’lib, uning har bir varaği har xil rangdadir. Har qaysi rangni o’z ma’nosi bo’lib, masalan, qizil rangda yozilgan hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketayotgani va ularning himoyaga muhtojligini bildiradi
Dunyoda umumiy qushlar va hayvonlarning 1/4 qismi tabiiy sabablar natijasida yo’qolgan bo’lsa, 3/4 qismi esa ) inson ta’sirida yo’qolgandir. Oldin bu raqamlarni faqat biologiya mutaxassislari bilishsa, endi esa mln.lab odamlarga ham ayon bo’ldi va insonlar oldida savol tuğildi
- Dunyoda umumiy qushlar va hayvonlarning 1/4 qismi tabiiy sabablar natijasida yo’qolgan bo’lsa, 3/4 qismi esa ) inson ta’sirida yo’qolgandir. Oldin bu raqamlarni faqat biologiya mutaxassislari bilishsa, endi esa mln.lab odamlarga ham ayon bo’ldi va insonlar oldida savol tuğildi
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling