Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni ovlagan qashqadaryoliklar qo‘lga olindi
Qashqadaryoda karantin qoidalarini buzib, Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni ovlagan fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Qizil kitobga kiritilgan SUT EMIZUVChILAR
1. Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Qizil kitobga kiritilgan SUT EMIZUVChILAR
-
Bu sahifa navigatsiya:
- Qizil kitobga kiritilgan PARRANDALAR
- Parrandalarning boshqa turlari
- Qizil kitobga kiritilgan SUDRALIB YuRUVChILAR
- Quruqlikda va suvda yashovchilar
- Umurtqasiz jonivorlar
- Qizil kitobga kiritilgan SUTEMIZUVChILAR
- Alohida muhofaza qilinadigan sutemizuvchilar
- Sport maqsadida ovlash taqiqlangan, alohida muhofaza qilinadigan parrandalar
Yovvoyi hayvonlarni tibbiyot maqsadlarida tutish (odam va hayvonlarning xavfli kasalliklarini tashuvchilar) bepul amalga oshiriladi.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqib ketish hamda ovchilik-baliqchilik xo‘jaligini yuritish tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
Hayvonot dunyosidan foydalanish tartibi buzilishi sababli yetkazilgan zarar miqdorini hisoblash uchun to‘lovlar miqdori
mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 50 foizi miqdorida
mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 25 foizi miqdorida
mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 20 foizi miqdorida
mazkur tur uchun undiriladigan zarar summasining 3 baravari miqdorida
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qaroriga
3-ILOVA
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.05.00 O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.13.00 Hayvonot dunyosidan foydalanganlik uchun to‘lovlar]
Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov sifatida tushgan mablag‘larni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash to‘g‘risida
NIZOM
1. Yovvoyi hayvonlarni tutish va O‘zbekiston Respublikasining tashqarisiga olib ketish uchun ruxsatnoma berish va yovvoyi o‘simliklarni olib ketish uchun to‘lov undirishdan olinadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha respublika davlat inspeksiyasining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi, undan:
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi o‘simliklarning turlari uchun 80 foizi respublika budjeti daromadiga va 8 foizi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga o‘tkaziladi;
yovvoyi hayvonlar va yovvoyi o‘simliklarning boshqa turlari uchun 60 foizi mahalliy budjetlar daromadiga o‘tkaziladi.
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
2. Yovvoyi hayvonlarni boshqa joyga ko‘chirish yoki urchitish uchun tutishga ruxsatnoma berilganligi uchun tushadigan mablag‘lar, 100 foiz miqdorida:
Davlat ovchilik fondining tashkil etilmagan ovchilik-baliq ovlash maydonlarida ovlashda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha respublika davlat inspeksiyasining maxsus hisob raqamiga;
ovchilik-baliq ovlash xo‘jaliklarida ovlashda — ushbu xo‘jalikni yurituvchi ovchilikdan foydalanuvchining hisob raqamiga;
davlat o‘rmon fondi yerlarida ovlashda — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
3. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarima solishdan undirilgan va hayvonot va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirilgan mablag‘lar 100 foiz miqdorida:
huquqni buzish davlat qo‘riqxonasi hududida sodir etilgan taqdirda — uning hisob raqamiga;
foydalanuvchilarga biriktirilmagan yer maydonlarida huquqni buzish sodir etilgan taqdirda — qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, tabiatni muhofaza qilish viloyat qo‘mitalari hisob raqamlariga;
ovchilik-baliq ovlash xo‘jaliklarida huquqni buzish sodir etilgan taqdirda — ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yurituvchi foydalanuvchining hisob raqamiga;
davlat o‘rmon fondi yer maydonlarida huquqni buzish sodir etilgan taqdirda — amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qolgan barcha hollarda — qoidabuzarlik hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan qo‘riqxonalar hududida tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan ochilgan hollardan tashqari, yer maydonlarining tegishliligidan qat’i nazar, jarimalar va yetkazilgan zarardan tushadigan barcha summa O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha respublika davlat inspeksiyasining maxsus hisob raqamiga tushadi, undan jarima to‘lashdan tushgan summaning 60 foizi Respublika budjetiga o‘tkaziladi.
(3-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
4. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarima summalarini va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar qoplanishi uchun mablag‘larni undirishda, sud ijrochilari tomonidan majburiy tartibda tushgan mablag‘larni taqsimlash qonunchilikning boshqa hujjatlari talablari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
5. Musodara qilingan ov va baliq ovlash qurollari, noqonuniy ov qilish va baliq ovlash natijasida olib qo‘yilgan mahsulotlarni sotishdan hamda o‘simlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanishdan olingan mahsulotlarni sotishdan tushgan mablag‘lar qonun hujjatlariga muvofiq taqsimlanadi.
6. Hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlagan barcha shaxslarga tabiatni muhofaza qilish organlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi, davlat qo‘riqxonalari, ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yurituvchi yuridik shaxslarning hisob raqamlariga zararni undirishdan va pul jarimasidan tushadigan summaning 30 foizigacha (hayvonot dunyosi bo‘yicha) va 10 foizigacha (o‘simlik dunyosi bo‘yicha) to‘lanadi. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni noqonuniy ovlaganlik uchun da’vo bo‘yicha mukofot puli zararni to‘lash va pul jarimasi summasining 20 foizi, o‘simliklar bo‘yicha esa — 5 foizi miqdorida to‘lanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish bo‘yicha respublika davlat inspeksiyasining maxsus hisob raqamidan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan smeta bo‘yicha sarflanadi.
Maxsus hisob raqami mablag‘laridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Kalendar yil oxiridagi maxsus hisob raqamining foydalanilmagan mablag‘lari qoldig‘i xizmat ko‘rsatuvchi bankning hisob raqamida qoladi, yopilmaydi va olib qo‘yilmaydi, keyingi yilga o‘tadigan qoldiq hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qaroriga
4-ILOVA
I. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSJ hududida ov qilish va ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1991-yil 10-apreldagi 95-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 4-son, 10-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ularning ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1993-yil 30-avgustdagi 436-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 8-son, 33-modda) 2-ilovaning 5-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlar va o‘simliklarni muhofaza qilishni kuchaytirish hamda ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 15-dekabrdagi 600-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-dekabrdagi 600-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1995-yil 24-apreldagi 145-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” va “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1998-yil 27-martdagi 136-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 3-son, 13-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning 9-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2000-yil 14-apreldagi 149-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 20-modda) ilovaning 10-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga 3-ilovaning 1 va 5-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda).
II. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 24-maydagi 246-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 5-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari to‘g‘risidagi nizomning 5-bandida:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslardan ma’muriy va sud tartibida undiriladigan jarimalar va pul summalarining 50 foizi, hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bog‘liq qonun buzilishlari uchun undiriladigan jarimalar va pul summalari bundan mustasno”;
o‘n birinchi xatboshidagi “o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish haqidagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar va xizmatlar) ro‘yxatining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlari va mahsullari, botanika kolleksiyalari importi, shuningdek yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, ular hayotiy faoliyatining mahsullari, kolleksiyalar va o‘ljalar eksporti va importi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 44-son, 459-modda, 2010-y., 14-15-son, 106-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2013-y., 10-son, 126-modda, 41-son, 550-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda)
Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni ovlagan qashqadaryoliklar qo‘lga olindi
Qashqadaryoda karantin qoidalarini buzib, Qizil kitobga kiritilgan baliqlarni ovlagan fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Foto: Qashqadaryo ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Ta’kidlanishicha, joriy yilning 20-aprel kuni Yakkabog‘ tumanining tog‘li hududlarida brаkonyerlarga qarshi kurashish maqsadida reyd tadbiri o‘tkazilgan.
Tadbirda boshqarma xodimlari “Qizildaryo”da baliq ovlayotgan ikki nafar shaxsni uchratgan.
Tumanning Suvlisoy qishlog‘ida yashovchi Nodir Ashurov va o‘zini tanishtirishni istamagan yana bir fuqaro baliq ovlash taqiqlangan paytda tartibni buzib, Qizil kitobga kiritilgan Amudaryo gulbalig‘ini ovlayotgani ma’lum bo‘lgan. Hamda ov quroli va 4 dona baliq ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda fuqarolar qilmishini prokuratura o‘rganmoqda.
Ma’lumot uchun, 2009-yilda chop etilgan Qizil kitobga baliqlarning 17 turi kiritilgan. Ular orasida Amudaryo gulbalig‘i ham bor.
- Buxoroda jayronlarni ovlab tabiatga qariyb 67 million so‘m zarar yetkazgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
- Suv havzalarida ov qilish va baliq ovlashga bir qator taqiqlar qo‘yildi