O‘zbek dorivor o‘simliklari
Shifobaxsh o‗simliklar insoniyatga juda qadim zamonlardayoq ma‘lum
Mavzu: “ Qizil kitob”ga kiritilgan dorivor o’simliklarni bioekologiyasi
“Qizil kitob” — yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda oʻsimlik va hayvon turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari yoritiladi; ularni saqlab qolish uchun tavsiyalar berib boriladi.
1948-yilda tashkil etilgan Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi kamyob va yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan oʻsimlik va hayvon turlarining roʻyxatini tuzish gʻoyasini amalga oshirishga kirishdi. Turlarni saqlab qolish boʻyicha maxsus xalqaro komissiya tuzilib, 1966-yildan boshlab boshqa tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqaro Qizil kitobning dunyo va alohida mintaqalar florasiga bagʻishlangan nashrlar chop etila boshlandi.
Oʻzbekistonning noyob va kamayib borayotgan oʻsimlik va hayvonlari toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar 1974-yil taʼsis etilgan Qizil kitobda oʻz aksini topgan. Oʻzbekiston Qizil kitobi 1978 da taʼsis etildi. Birinchi marta Oʻzbekiston Qizil kitobining faunaga bagʻishlangan qismi 1983-yil nashrdan chiqdi. Unga umurtqali hayvonlar (baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) ning 63 turi kiritilgan edi. Oʻsimliklar olamining kamyob, yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan 163 turi haqida ilk bor mukammal maʼlumotlar 1984-yil bosmadan chiqqan Qizil kitobda keltirilgan. Qizil kitob — davriy nashr hisoblanadi. Unga kiritiladigan oʻsimlik va hayvon turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi taklif etgan tasnifga binoan 4 guruhga ajratiladi: 1) yoʻqolgan yoki yoʻqolish arafasida turgan (jiddiy muhofaza talab etuvchi) turlar; 2) yoʻqolib borayotgan (areali va soni kun sayin kamayib borayotgan, maxsus muhofazaga muhtoj) turlar; 3) kamyob, bevosita yoʻqolish xavfi boʻlmasada, kichik maydonlarda kamdankam uchraydigan (muhofazaga muhtoj) turlar; 4) muayyan vaqt davomida soni va tarqalgan maydonlar tabiiy sabablarga koʻra yoki inson taʼsirida qisqarib borayotgan (sonini nazorat qilib turish talab qilinadigan) turlar. Qizil kitobga, unga kirgan turlar maqomining oʻzgarishi, maxsus muhofaza choralari tufayli baʼzi turlar sonining tiklanishi, aksincha, yashash sharoitining oʻzgarishi va boshqalar omillar taʼsirida sonining kamayishi natijasida boshqa toifaga oʻtkazilishini yoritish maqsadida qayta nashr etiladi. Oʻzbekiston florasining yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan 301 turining hozirgi holatini tavsiflaydigan Qizil kitob 1998-yil da qayta bosmadan chiqdi. Keyingi yillarda Oʻzbekiston faunasi turlari maqomini baholashga imkon beruvchi maʼlumotlar toʻplanib, yangi Qizil kitob 2003-yilda chop etildi. Qizil kitobning soʻnggi nashriga sut emizuvchilarning — 24, qushlarning — 51, sudralib yuruvchilarning — 16, baliqlarning — 18, halqali chuvalchanglarning — 3, mollyuskalarning — 15, boʻgʻimoyoqlilarning — 62 turi va kenja turi kiritilgan.
Oʻzbekiston faunasi va florasining baʼzi turlari Xalqaro Qizil kitobda ham oʻz aksini topgan. Unda har bir tur uchun alohida sahifa ajratilgan boʻlib, unda mazkur oʻsimlik yoki hayvon turining oʻzbekcha, ruscha, lotincha (ilmiy) nomlari, ularning sistematik oʻrni, qisqacha morfologik tavsifi, tarqalishi, yashash muhiti, tabiatdagi soni, koʻpayishi, areali va sonining oʻzgarishi sabablari, muhofaza qilish choralari va boshqalar bayon etilgan.
Qizil kitobga kiritiladigan hayvon va oʻsimlik turlari boʻyicha taklifni ilmiy tekshirish muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari, ayrim olimlar tavsiya qilishi mumkin. Muhofaza qilinishi natijasida oʻz arealini qaytadan tiklagan va yoʻqolib ketish xavfi tugʻilmaydigan oʻsimlik va hayvon turlari Qizil kitobdan chiqariladi. Qizil kitobga kiritilgan turlar davlat qonuni asosida muhofaza qilinadi; uni buzgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Dunyoga dong‘i ketgan lola va sallagullar, qimmatbaho o‘simlik-yetmak, dorivor o‘simlik bozulbang kabilar keyingi yillarda keskin kamayib ketdi. Bir qancha turlar yo‘qolib ketish holatiga kelib qoldi. Aholining tabiatga noto‘g‘ri munosabati ham o‘simliklarning kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa shahar va qishloqlar atrofida qizil lola, sallagul, shirach va shunga o‘xshash nafis gulli o‘simliklar juda kamayib ketgan.
Tabiatga, o‘simliklar dunyosiga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lishiga chek qo‘yish, tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ko‘paytirish hammamizning asosiy burchimizdir. O‘zbekiston musaqillikka erishgach, atrof-muhitni, hayvonot va o‘simliklar dunyosini muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratildi.
1992 yil 9 dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, 2004 yil 3 dekabrda “Muhofaza etiladigan tabiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunlar, 2016 yil 21 sentyabrda “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, 2018 yil 16 aprelda esa “O‘rmon haqida”gi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi.
Bu qonunlar barcha o‘simlik turlarini saqlab qolish, ularni asrab avaylash va muhofaza qilishda muhim hujjat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida Qizil kitob ilk bor 1979 yilda taʼsis etilgan. Mazkur Qizil kitobga nabotot olamining kamyob, yo‘qolib ketishi xavfi ostidagi turlari haqidagi maʼlumotlar kiritilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad, jamoatchilik va davlat idoralari eʼtiborini tabiat muhofazasi masalalariga jalb etishdan va turlar genoofondini saqlab qolishga ko‘maklashishdan iborat edi. Qizil kitobning 1984 yilgi nashriga O‘zbekiston florasining yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan 163 ta turi kiritilgan. Bu turlarning taqdiri respublika mutaxassislari, olimlari mutassil shug‘ullanib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida olib borilgan kuzatishlar ayrim o‘simlik turlarining soni va maydoni ancha kengayganligini ko‘rsatmoqda.
Masalan, anzur va Suvorov piyozlari oldingi holatiga kelmagan bo‘lsa-da, maʼlum darajada ko‘paydi. Eng kamyob o‘simliklardan sanalgan Minkvis teziumi turlarining soni 7 tadan 17 tagacha ortdi. Qurama tizmasida kamyob o‘simliklardan hisoblangan Korovin shirachi o‘simligining mavjudligi aniqlandi. Ayni vaqda ayrim o‘simlik turlarining soni keskin qisqarib ketdi. Omonqara o‘simligi, Pskom piyozi, Margarita marmaragi kabilar shular jumlasidandir. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz florasiga mansub yana 138 turdagi o‘simlikni Qizil kitobga kiritish lozimligini ko‘satmoqda. 1998 yil maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik turlarining soni 301 tani tashkil etgan bo‘lsa, yangi nashrdan 48 oilaga mansub 313 tur o‘simlik o‘rin oladi.
Qizil kitobga kiritilgan o‘simlik turlariga Tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan tasnifga binoan kamyoblik darajasiga ko‘ra 4 ta maqom (status) beriladi.
1. Yo‘qolgan yoki yo‘qolib ketganligi ehtimoldan yiroq emas. Bir necha yillar davomida tabiatda uchratilmagan, lekin yig‘ib olish qiyin bo‘lgan ayrim joylardagina yoki madaniy sharoitda saqlab qolish ehtimoli mavjud bo‘lgan turlar.
2. Yo‘qolib ketish arafasida turgan. Yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan, saqlab qolinishi uchun maxsus muhofazani talab etadigan turlar.
3. Kamyob. Maʼlum kichik maydonlardagina o‘ziga xos sharoitlarda saqlab qolingan, ammo tez yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar.
4.Son jihatdan kamayib borayotgan. Soni va tarqalgan maydonlari maʼlum vaqt ichida tabbiy sabablarga ko‘ra yoki inson omili taʼsiri ostida kamayib ketayotgan turlar. Ayni vaqtda, bunday o‘simliklarni har tomonlama nazoratga olish talab etiladi.
Qizil kitobning mazkur yangi nashri mutaxassislar, davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlari oldiga qo‘riqxonalar va buyurtmaxonalarni kengaytirish, yovvoyi o‘simliklar sotishni taqiqlash, xomashyo uchun yig‘iladigan o‘simliklarni terish uchun litsenziyalar joriy etish kabi bir qancha dolzarb masalalarni qo‘yadi. O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirok etgan taqdirdagina ijobiy samara beradi. Barcha yakdillik bilan harakat qilsagina, nabotot olamining bebaho boyliklarini saqlab qolishga, ularni asrab-avaylab, munosib ravishda kelgusi avlodlarga qoldirishga erisha olamiz. Qizil kitobga kiritilgan dorivor o‘simliklar juda ko‘pdir .
Qizil kitob bu o‘simliklar xavf ostida ekanligini bildiradi. Aholining tabiatgako‘rsatayotgan noto‘g‘ri ta‘siri tufayli nafaqat o‘simliklar balki hayvonlarga salbiydir. Dorivor o‘simliklar ham hozirgi kunda juda kamyob hisoblanadi. Dunyoga dong‘i ketgan qimmatbaho o‘simliklarimizdan yemak, bozulbang, bo‘ymodoron, baliqko‘z, shirach, oq parpi , suv qalampiri , yov- voyi sallagul, ermon, ermon shuvog‘i, zaytun,choy kabi birqancha dorivor o‘simliklar Qizil kitob ga kiritilgan. Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklardan biri ekma piyoz. Bu o‘simlik ko‘p yillik o‘t bo‘lib, selluloza, protein, Mg, P, Fe, Na, Ca, K moddalari A, B1,B2, B3, C , PP vitaminlari mavjud Piyoz bakteriyalarga hamda infeksiyalarga qarshi vositadir. Piyoz suvi tarkibida fitonsit tabiiy bakteriyalarga qarshi moddalar bor. U xolesterol miqdorini kamaytiradi, yurakni mustaxkamlaydi va saroton xastaligini oldini oladi. Piyozli maxsulotlar kunlik istemoli saroton xastaligiga chalinishni kamaytiradi. Qizil kitobg kiritilgan dorivor o‘simliklardan biri qora smorodina . Uning mevalari tarkibida B, P vitaminlari, A protamine, qand moddasi , pektin moddalari , fosfor kislotasi , efir moyi,Kguruh vitamin, karotin moddalari mavjud. Qora smorodina mevalari diabet paydo bo‘lishining oldin olish xususiyatiga ega. Turli kasalliklarda darmonsiz bo‘lib qolgan organizmni qo‘llashda qo‘llaniladi. Qora smorodina saraton xastaliklari, yurak va qontomir xastaliklaridan himoyalovchi, ko‘zning o‘tkirligini uzoq vaqt saqlashga yordam beruvchi xususiyatlari borligi ham aniqlangan. Uning barg va mevalari buyrakdagi toshlarni chiqarib tashlashda jigar va nafas olish yo‘llari xastaliklarida foydalaniladi. Smorodina mevasini iste‘mol qilish ateskleroz kasalligida juda katta foyda beradi. Uning suvi anginani da‘volashda qo‘llaniladi
Qora smorodina mevalaridan tayyorlangan qaynatmalar kamqonlik , gipertoniya xastaligi , milklarning qonashi , oshqazon va o‘n ikki barmoq ichak yarasi, gastrit kabi kasalliklarda ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Turli toshmalar va teri kasalliklarida barglari qaynatilib, vanna qilinadi. Qora smorodina saraton va yurak-qon tomir kasalliklari xavfining oldini oladi, aqliy qobiliyatning susayishiga va keksayishga qarshilik qiladi. Bundan tashqari u qandli diabet xastaligini yengillashtirish, ko‘zning o‘tkirlashishi va ko‘rish qobiliyatining kuchli bo‘lishiga yordam beradi.
Do’stlaringiz bilan baham:
O‘zbek dorivor o‘simliklari
81867 “Dori-darmonlarni tabiatdan o‘rganing, inson izlayotgan narsani u allaqachon yaratgan ” (Abu Ali ibn Sino) O‘zbekiston o‘simlik dunyosi juda boy va rang-barangdir. Cho‘l va dashtlar, tog‘lar va adirlar, pasttekisliklar va daryo deltalari yonma-yon joylashib ajoyib manzara hosil qiladi. Bu aql bovar qilmaydigan bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo aslida Markaziy Osiyoning qo‘shni mintaqalari bilan taqqoslaganda, O‘zbekistonning tog‘laridagi maydon birligiga nisbati bo‘yicha o‘simliklar soni bir necha baravar ko‘p. Mamlakatning boy o‘simlik dunyosida olti mingdan ortiq turli xil o‘simliklar mavjud, ular orasida dorivor o‘simliklar ham bor. Bunday o‘tlar ekologik toza bo‘lib oziq-ovqat, aromatik va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi. O‘simlik materiallarini kompleks qayta ishlash barcha zamonaviy qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi, uning doirasida ishlab chiqarishning barcha xalqaro sifat standartlariga javob beradigan ekstraksiya, tozalash, konsentratsiya, standartlashtirish amalga oshiriladi. O‘zbekistonda eng keng tarqalgan dorivor o‘simliklar rayhon (bazilik), kashnich (koriander), arpabodiyon, yalpiz, sebarga hisoblanadi. Yovvoyi o‘simliklarni tekisliklarda va tog‘larda topish mumkin, shuningdek, bozorlar va dorixonalarda sotib olish mumkin. Mahalliy aholi bunday o‘simliklarning moʻjizaviy kuchi haqida oldindan bilishadi. Ular isteʼmol qilinadi, ziravor sifatida ovqatlarga qo‘shiladi, choy damlanadi, dori sifatida ishlatiladi, shuningdek kosmetologiya yo‘nalishida ham qo‘llaniladi. Dorixonalar va kosmetika do‘konlarida siz monoo‘tlardan, maxsus o‘simlik damlamasi, vanna uchun o‘simlik preparatlari, turli xil foydali qo‘shimchalar, efir moylari va boshqalardan xarid qilish mumkin. Har bir mahsulot tarkibida tabiiy minerallar, vitaminlar va biologik faol moddalar mavjud. 1. Rayhon (bazilik) Rayhon yoqimli hid beruvchi o‘simlik bo‘lib, u talabchan emas va deyarli har bir uyda o‘sadi. Dunyo bo‘ylab bu o‘simlik bazilik sifatida tanilgan, ammo O‘zbekistonda bu rayhon deb nomlanadi. Rayhon tabiiy antibiotik bo‘lib, isitma tushirish va bakteriyalarga qarshi kurashuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Qadim zamonlardan beri turli patogenlar keltirib chiqaradigan shamollashni davolashda foydalanilgan. Ushbu o‘simlik tarkibidagi moddalar mushaklarning og‘rig‘ini kamaytiradi, yallig‘lanishni oldini oladi, balg‘amni bronxlar va o‘pkadan olib tashlaydi va yo‘tal va burunning oqishi bilan kurashadi. Bundan tashqari, rayhon parfyumeriya va efir moylarini ishlab chiqarishda faol qo‘llaniladi. Rayhonning bir nechta turlari mavjud va ularning har biri o‘ziga xos taʼmga ega: qizilmiya, limonli, chinnigulli, keng bargli. 2. Kashnich (koriander) Kashnich O‘zbekistonda oson va erkin o‘sadi. O‘simlik mukammal tozalash xususiyatlariga ega. O‘simlik tarkibidagi moddalar tanadan og‘ir metallarni olib chiqish va zararli taʼsirini zararsizlantirishga yordam beradi. Kashnich urug‘lari suvni tozalash uchun ham juda yaxshi qo‘llaniladi. Buning uchun qisqa vaqt ichida suv idishga urug‘lar solingan paketni tashlasangiz bo‘ldi. 3. Arpabodiyon Arpabodiyon mevalari juda foydali. Uning tarkibida saratonga qarshi vosita – anetol, S vitamini, qondagi xolesterin kamaytiradigan oziq to‘qimalar kabi kuchli moddalar mavjud. Bundan tashqari, arpabodiyon stressni kamaytiradi, asab va ovqat hazm qilish tizimlarini tinchlantiradi va shamollash, stomatit va faringit bilan muvaffaqiyatli kurashadi. Arpabodiyon deyarli hech qanday qarshi ko‘rsatmalarga ega emas, shuning uchun u yosh bolalar va homilador ayollarga beriladigan ovqatga bemalol qo‘shiladi. 4. Yalpiz Yalpiz – bu efir moyining tarkibiy qismidir (mentol). Yalpiz choyi oshqozon-ichak traktining buzilishlariga qarshi kurashda samarali vositadir. Yalpiz asab tizimini tinchlantiradi, og‘riqni yengillashtiradi va tanadan ortiqcha suvni olib tashlaydi. 5. Sebarga Sebargani butun O‘zbekiston bo‘ylab topish mumkin, lekin eng muhimi – namligi juda yuqori bo‘lgan joylarda u ko‘proq bo‘ladi. O‘zbekiston hududida bir vaqtning o‘zida bir necha turdagi sebarga o‘sadi, ularning har biri an‘anaviy tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Qizil sebargadan damlamalar tayyorlanadi va taloq kasalliklarida qo‘llaniladi. O‘tloq sebargasi bronxit, yo‘tal, kamqonlik, bezgak, astma uchun ishlatiladi. Oq sebargadan tonik, og‘riq qoldiruvchi va kuch beruvchi dorivor sifatida ishlatiladi.
O‘zbekistonning dorivor o‘simliklari
Оралов, А. (2022). O‘zbekistonning dorivor o‘simliklari. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 284–286. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5337
- APA
- MLA
Абдуманнон Оралов, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Fakultetlararo kafedrasi
Ключевые слова:
Аннотация
Shifobaxsh osimliklar insoniyatga juda qadim zamonlardayoq ma‘lum bolgan. Otgan asrlardan bizga shifobaxsh osimliklarni ta‘rifi va ularni inson salomatligini yaxshilashda qollanilishiga doir kopgina ilmiy asarlar yetib kelgan.
Похожие статьи
taninlar. Ular Rhodiola rosea va undan tayyorlangan
preparatlarni biriktiruvchi, biriktiruvchi ta’m beradi. Oqsillar bilan reaksiyaga kirishuvchi
organik birikmalar. Ular patogen mikroflorani bostiradi, toksinlardan himoya qiladi, shuningdek
shifobaxsh ta’sirga ega. Oltin ildizda 20 foizgacha tanin mavjud.
Antrakinonlar
. Tananing immun tizimining holatini yaxshilaydigan birikmalar Shu bilan
birga, ular laksatif ta’sirga ega.
. Trombozni oldini oladigan organik birikmalar spazmlarni engillashtiradi.
Ular antitumor ta’siriga ega.
Organik kislotalar
. Oltin ildizning tarkibi ularning bir nechtasini o’z ichiga oladi – olma,
limon, amber, oksalat. Ushbu birikmalar organizmdagi biokimyoviy jarayonlarda muhim rol
o’ynaydi. Süksin kislotasi metabolizmni tezlashtiradi, to’qimalarni kislorod va energiya bilan
ta’minlashni yaxshilaydi. Oksalat kislotasi tarkibida kaliy va temir mavjud, ovqat hazm qilish
tizimiga bakteritsid ta’sir ko’rsatadi, oshqozon va oshqozon osti bezining faoliyatini yaxshilaydi.
Kichik dozalarda limon kislotasi ishtahani va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Immunitetni
yaxshilaydi, ichaklarni rag’batlantiradi, bu ayniqsa ich qotish uchun foydalidir.
. Oltin ildizlari tarkibida uning konsentratsiyasi deyarli bir foizga yetadi. Bu
o’simlikka yoqimli hid beradigan uchuvchan suyuqlikdir. Muhim kichik Oltin ildiz murakkab
tuzilishga ega, u 86 komponentdan iborat. Yallig’lanishni bartaraf etish qobiliyatiga ega. Tabiy
antiseptik sifatida ishlatilishi mumkin,yengil analitik ta’sirga ega.
Mikroelementlar
. Kumush, mis, marganes, sink. Oltin ildizlari ayniqsa marganesga boy,
uning tarkibi bir foizga yetishi mumkin. Marganes suyaklarni mustahkamlaydi, qonda qand
darajasini pasaytiradi va antioksidant fermentlarni ishlab chiqarishda ishtirok etadi.
Shunday qilib, Oltin ildiz o`simligining ildizining ekstrakti dorivorlik hususiyati yuqori
va dunyo mamlakatlarida keng miqyosda ishlab chiqarilib, qo`llanilmoqda . Mamlakatimizning
Qoraqolpog`iston Respublikasi Chimboy tumanidan Oltin ildiz o`simligidan faydalanib turli xil
dori vositalari ishlab chiqarilmoqda. Bizning xulosamiz shundan iboratki bu o`simlik sonini
ko`paytirish va bu o`simlikdan aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida uning dorivorlik
hususiyatlaridan foydalanib ishlab chiqarishni jadallashtirish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
4. Zakirov P.K. Myasnikova L. O‗zbeksitonning dorivor o‗simliklari va ulardan foydalanish
istiqbollari. Butkov A.E. dorivor o‗simlmiklari maxalliy sanoat uchun O‗zbeksitonnning xom-
ashyosi.
O‗ZBEKISTON DORIVOR O‗SIMLIKLARI
O‗ralov Abdumannon Iskandarovich
OʻzMU Jizzax filiali Fakultetlararo kafedrasi katta o‗qituvchisi
Annotatsiya:
Shifobaxsh o‗simliklar insoniyatga juda qadim zamonlardayoq ma‘lum
bo‗lgan. O‗tgan asrlardan bizga shifobaxsh o‗simliklarni ta‘rifi va ularni inson salomatligini
yaxshilashda qo‗llanilishiga doir ko‗pgina ilmiy asarlar yetib kelgan.
Kalit so‗zlar:
Shifobaxsh o‗simliklar, glikozid, efir moy, flavonoid, kumarin
Hozirgi kunda respublikamizda o‗simlik dunyosini muhofaza qilish va resurslaridan
oqilona foydalanishga katta e‘tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‗nalishda amalga oshirilgan dasturiy
chora-tadbirlar asosida, jumladan, o‗simlik dunyosi ob‘ektlarini inventarizatsiyalash va
kadastrini yuritishning yagona tizimi yaratildi, iqtisodiy ahamiyatga ega turlarning resurslari
baholandi, yetishtirish usullari takomillashtirildi, ex situ va in situ sharoitlarida ko‗paytirishning
usullari ishlab chiqildi. O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar
strategiyasida «. atrof-muhit va genofondga ta‘sir etayotgan muammolarni bartaraf etish»
vazifalari belgilab berilgan.
Shuni ham nazarda tutmoq joizki, dorivor o‗simliklardan olinayotgan dori-darmonlar
kimyoviy sun‘iy ravishda olinadigan preparatlarga nisbatan afzalligi bilan ajralib turadi.
O‗simliklardan tarkib topgan dori-darmonlar deyarli asoratsiz hisoblanadi. Mamlakatimizda
shifobaxsh dorivor o‗simliklar mahsulotlarini sanoat va tabobat uchun yetishtirib beradigan
maxsus ixtisoslashtirilgan xo‗jaliklar yil sayin ko‗payib bormoqda. Shuningdek, respublikamizda
uchramaydigan, endilikda tabiatimizga moslashtirilayotgan yoki Yer sharining boshqa floristik
oblastlaridan introduksiya qilinayotgan va iqlimlashtirilayotgan dorivor o‗simliklarni o‗rganish
sohasida ham olimlar ko‗pgina ishlar qildilar va bu izlanishlar davom ettirilmoqda [1,3].
Ma‘lumki, dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori
vositalarining taxminan 50% dorivor o‗simliklar xom-ashyosidan tayyorlanmoqda. Ayniqsa
yurak-qon tomir kasaliklarining davolashda va profilaktikasi uchun foydalaniladigan dorivor
preparatlarning 77%, jigar va oshqozon-ichak kasalliklarini profilaktikasi va davolashda
foydalaniladigan dorivor preparatlarning 74%, balg‗am ko‗chiruvchi dorilarning 73%, qon
to‗xtatuvchi dorilarning 60% dorivor o‗simliklar xom-ashyosi asosida ishlab chiqarilmoqda.
Hozirgi paytda MDH mamlakatlarida 20000 ga yaqin o‗simlik turlari o‗sadi, ularning 30%
O‗zekiston florasida uchraydi.
Respublikamizda ro‗yxatda o‗tgan va biokimyoviy tarkibi o‗rganilgan 600 turga yaqin
yovvoyi holda o‗sadigan dorivor o‗simliklar mavjuddir. Ularning aksariyati tog‗ o‗rmonlarida
tarqalgan. Ushbu dorivor o‗simliklarning 230 turining xom-ashyosi farmatsevtika sanoati
ehtiyojlari uchun tayyorlanadi, ko‗pchiligi madaniylashtirilgan holda yetishtiriladi va ularning
xom-ashyosi asosida 254 xilga yaqin dorivor preparatlar tayyorlanadi.
Keyingi yillarda ko‗pchilik mamlakatlarda, shu jumladan, O‗zbekiston Respublikasida
ham farmatsevtika sanoatini jadallik bilan rivojlanishi kuzatilmoqda, shu sababli ham
farmatsevtika korxonalarning dorivor o‗simliklar xom-ashyosiga bo‗lgan talabni keskin ortishiga
sabab bo‗lmoqda.
Shuni ta‘kidlash lozimki, tabiiy holda o‗suvchi dorivor o‗simliklar zaxiralarining
chegaralanganligi tufayli kelgusida farmatsevtika sanoati korxonalarning dorivor o‗simliklar
xom-ashyosiga bo‗lgan talabini qondirish, asosan, dorivor o‗simliklar yetishtirish orqali amalga
oshirilishi mumkin.
Hozirgi paytda Respublikamizda yiliga o‗rtacha 850 tonna dorivor o‗simliklar xom-
ashyosi tayyorlanmoqda, uning 51 % dorivor preparatlar ishlab chiqarish uchun, 42 % oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun va 7 % texnik xom-ashyo olish uchun ishlatiladi.
Dorivor o‗simliklar ta‘sir etuvchi moddalari tarkibiga qarab – alkaloidli, glikozidli, efir
moyli, vitaminli o‗simliklarga ajratiladi. Farmakologik ko‗rsatkichlariga qarab – tinchlantiruvchi,
og‗riq qoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga ta‘sir qiluvchi, markaziy nerv tizimini
qo‗zg‗atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqa dorivor o‗simliklar guruhlariga ajratiladi.
Dorivor o‗simliklarni madaniy holda ko‗paytirish maqsadida 132,2 gektar maydonga
(rejaga nisbatan 101,5 foiz) 28 turdagi (o‗tgan yilning shu 10 davrida 130 ga maydonda 25 tur)
dorivor o‗simliklar ekildi. Tizimdagi o‗rmon xo‗jaliklarida rejadagi 303 tonna dorivor
o‗simliklar xom ashyosi tayyorlandi.
Yer yuzida dorivor o‗simliklarning 10-12 ming turi bor. 1000 dan ortiq o‗simlik
turlarining kimyoviy, farmokologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. O‗zbekistonda dorivor
o‗simliklarning 577 turi mavjud. Shulardan hozirgi vaqtda 250 turi ilmiy tabobatda ishlatilmoqda
[5-6].
Dorivor o‗simliklarning organizmga ta‘siri ularning tarkibidagi birikmalarning miqdoriga
bog‗liq. Bu birikmalar o‗simlikning har xil qismlarida turli miqdorda to‗planadi. Dori
tayyorlashga o‗simlikning kerakli qismlari turli muddatlarda yig‗iladi. Masalan, po‗stloq, kurtak
erta bahorda, barg o‗simlik gullashi oldidan yoki gullaganda, gullari to‗la ochilganda, meva va
urug‗lari pishganda, yer osti organlari (ildizi, ildizpoyasi va piyozi) erta bahorda yoki kech kuzda
olinadi.
Dorivor o‗simliklarning ta‘sir etuvchi moddasi-alkoloidlar, turli glikozidlar
(antroglikozidlar, yurakka ta‘sir etuvchi glikozidlar, saponinlar va b.), flavonoidlar, kumarinlar,
oshlovchi va boshqa shilliq moddalar. Efir moylari, vitaminlar, smolalar va boshqa birikmalar
bo‗lishi mumkin. Ko‗p o‗simliklardan mikroorganizm va viruslarni yo‗qotadigan antibiotiklar va
fitonsidlarga boy preparatlar tayyorlanadi. Odatda bir guruhga xos o‗zaro yaqin kimyoviy
birikmalar bir oila yoki turkumga mansublarda uchraydi, shu bilan birga ba‘zi kimyoviy
birikmalar bir-biriga yaqin bo‗lmagan, turli oilaga mansub o‗simliklar tarkibida ham bo‗lishi
mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. To‗xtayev B., Axmedov E., Yodgorov Z. Dorivor o‗simliklar: introduksiya va
plantasiyalar tashkil etish. O‗zbekiston Milliy universitetining 100 yilligi va biologiya fanlari
doktori, professor K.S. Safarovning ilmiy va pedagogik faoliyatiga bag‗ishlangan ―O‗simliklar
introduksiyasi: yutuqlari va istiqbollari‖ mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman Materiallari.
Toshkent, 2018.
2. М.Д. Тургунов, В.П. Печеницын, Н.Ю. Бешко, Д.А. Абдуллаев, Уралов А.И.
Биологические особенности редких видов семейства Iridaceae Juss. флоры Узбекистана в
условиях ex situ Acta Biologica Sibirica, 2019, 5(2), P.17-22.
3. Ibragimov A.Yu. Shifobaxsh ne‘matlar. – Toshkent: Navro‗z nashriyoti, 2016.
4. To‗xtayev B.Yo., Mahkamov T.X., To‗laganov A.A. Dorivor va ozuqabop o‗simliklar
plantasiyalarini tashkil etish va xom-ashyosini tayyorlash bo‗yicha yo‗riqnoma. – Toshkent,
2015.
5. Уралов А.И., Печеницын В.П.
Доклады АН РУз. 2015. 74-77 с.
6. Ҳожиматов Қ., Оллоѐров М. Ўзбекистоннинг шифобахш ўсимликлари ва уларни
муҳофаза этиш. – Т.: Фан нашриѐти, 1988.
GIDROPEREETERIFIKASIYA JARAYONI ASOSIDA MARGARIN SANOATI
YOG‘INI OLIB UNI MARGARIN ISHLAB CHIQARISHDA QOʻLLASH TADQIQOTI
Oʻrinova Shaxnoza
, Achilova Sanobar
Sobirova Nodira
Raximov Dilshod
Urganch davlat universteti ―Oziq –ovqat texnologiyasi‖
kafedrasi oʻqituvchisi
Urganch davlat universiteti ―Oziq –ovqat texnologiyasi‖ kafedrasi
katta o‘qituvchisi
Toshkent kimyoviy texnologiyasi instituti
―Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi‖ kafedrasi v.b. dotsent
Annotatsiya:
gidropereeterifikatning margarin uchun xom-ashyo sifatida mos keluvchi ko‘rsatkichlarini
Библиографические ссылки
To’xtayev В.. Axmedov E., Yodgorov Z. Dorivor o’simliklar: introduksiya va plantasiyalar tashkil etish. 0‘zbekiston Milliy universitetining 100 yilligi va biologiya fanlari doktori, professor K.S. Safarovnmg ilmiy va pedagogik faoliyatiga bag’ishlangan “O’simliklar introduksiyasi: yutuqlari va istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman Materiallari. Toshkent, 2018.
М.Д. Тургунов. В.П. Печеницын, Н.Ю. Бешко, Д А. Абдуллаев. Уралов А.И. Биологические особенности редких видов семейства Iridaceae Juss. флоры Узбекистана в условиях ex situ Acta Biologica Sibirica. 2019. 5(2), P.17-22.
Ibragimov A.Yu. Shifobaxsh ne’matlar. – Toshkent: Navro’z nashriyoti. 2016.
To‘xtayev B.Yo., Mahkamov T.X., ToTaganov A.A. Dorivor va ozuqabop o’simliklar plantasiyalarini tashkil etish va xom-ashyosini tayyorlash bo’yicha yo’riqnoma. – Toshkent, 2015.
Уралов А.И., Печеницын В.П. Зависимость семенной продуктивности луковичных видов Allium L. от количества листьев на генеративном побеге. Доклады АН РУз. 2015. 74-77 с.
Хожиматов К – Оллоёров М. Узбекистоннинг шифобахш усимликлари ва уларни мухофаза этиш. – Т.: Фан нашриёти. 1988.