Press "Enter" to skip to content

Davlat qo‘riqxonalari qarovsiz, “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlar ovlanyapti” – “Ekoqo‘mita” yana savolga tutilmoqda

Eslatib oʻtamiz, Qizil kitob Oʻzbekiston hududida tabiiy muhitda yashaydigan hayvonlar, oʻsimliklar hamda qoʻziqorinlarning kamyob va yoʻqolib ketish хavfi ostidagi turlari, ularning holati va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar majmui hisoblanadi. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarining nobud boʻlishi, miqdori kamayib ketishi yoki ularning yashash muhiti buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan хatti-harakatlarga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qizil kitobga nimalar kiritiladi

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 26 iyulda 2817-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan «Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi» toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Eslatib oʻtamiz, Qizil kitob Oʻzbekiston hududida tabiiy muhitda yashaydigan hayvonlar, oʻsimliklar hamda qoʻziqorinlarning kamyob va yoʻqolib ketish хavfi ostidagi turlari, ularning holati va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar majmui hisoblanadi. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarining nobud boʻlishi, miqdori kamayib ketishi yoki ularning yashash muhiti buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan хatti-harakatlarga yoʻl qoʻyilmaydi.

Hujjat Qizil kitobda qayd etiladigan hayvonlar va oʻsimliklarga oid ma’lumotlarning turlarini, ularni Qizil kitobga kiritish va undan chiqarish asoslari hamda tartibini, shuningdek Qizil kitobni yuritish chora-tadbirlarini va boshqa masalalarni oʻz ichiga oladi.

Belgilanishicha, Qizil kitob Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan elektron shaklda yuritiladi. Qizil kitobning elektron shakli Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining rasmiy saytida (www.uznature.uz) joylashtiriladi. Shu bilan birga, Qizil kitob 10 yilda kamida bir marta ilmiy-ommabop nashr sifatida chop etiladi.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Qizil kitobga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlaydi, ularni oʻzining saytida joylashtiradi, shuningdek hayvonot va oʻsimlik dunyosidan foydalanuvchilar hamda ushbu sohada davlat nazoratini amalga oshiruvchi tashkilotlarga e’tiboriga yetkazadi.

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 1 avgustdagi 30-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.

Mavzu boʻyicha material:

“Davlat qo‘riqxonalari qarovsiz, “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlar ovlanyapti” – “Ekoqo‘mita” yana savolga tutilmoqda

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi davlat qo‘riqxonalari qarovsiz qoldirilib, mahalliy aholining chorvasi boqilayotganidan hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob hayvonlar taqdiridan xavotirda.

Qo‘mitaga ko‘ra, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazilishi salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.

“Qo‘mitaga muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarga doir qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratni o‘rnatish vazifasi yuklangan. Xo‘sh, qo‘mita muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda muhofaza ishlarini tashkil etish, yuritish bilan bir qatorda, ulardagi mavjud o‘simlik va hayvonot dunyosini ilmiy kuzatib borish hamda ularni saqlab qolish va yanada ko‘payishiga ko‘maklashmoqdami? Bizningcha, muhofaza etiladigan hududlar Ekologiya qo‘mitasi tasarrufida qoladigan bo‘lsa, o‘z-o‘zini boshqarish tizimida ochiqlik va shaffoflik yo‘qoladi. Bu esa mazkur hududlarda olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar ustidan davlat nazoratining yo‘qolishiga olib keladi.

Masalan, Surxon, Hisor, Zomin va Nurota davlat qo‘riqxonalarida muntazam ravishda chorva mollari boqilmoqda. Bundan tashqari, “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob hayvonlarni noqonuniy tarzda ovlash holatlari kuzatilmoqda. Bu borada birgina Rossiya fuqarosi Yevgeniy Shirokovning mashhur ov videosini eslash kifoya”, – deyiladi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati munosabatida.

Ma’lumot uchun, 2019-yil 20-martdagi Prezident qarori bilan Surxon, Zomin, Nurota, Qizilqum, Chotqol biosfera qo‘riqxonalari hamda Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tarkibidan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati hududida Tyan-shan qo‘ng‘ir ayig‘i ovlangan va bu hodisa jamoatchilik orasida “Ekoqo‘mita”ga nisbatan e’tirozlarni keltirib chiqargan edi.

  • Ulashing

Bu video ko’rinishi uchun sizning brauzeringiz JavaScript’ni qo’llab quvvatlashi kerak