Xalqaro Qizil kitob: Hayvonlar. Xalqaro Qizil kitobni kim yuritadi
Uzoq 1902 yil. Parij, butun dunyo biologlarining kongressi, qushlarni himoya qilish dolzarb masala. Uzoq hisobotlardan so’ng, birinchi marta sayyoramizning bioxilma-xilligini muhofaza qilish to’g’risida qaror qabul qilindi va zamonaviy Qizil kitobning ajdodiga aylangan Qushlarni saqlash bo’yicha xalqaro konventsiya imzolandi.
QIZIL KITOBGA KIRITILGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR VA ULARNING TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»
Noyob o‘simliklar / ferula / acanthophyllum / herba adonidis / lagochilus inebrians / barg / gul / meva / xom-ashyo / damlama / teri kuyishi / oshqozon-ichak kasaliklari / vitamin yetishmovchiligi / vitaminlar / steroidlar / alkaloidlar / saponinlar. / Rare plants / ferula / acanthophyllum / herba adonidis / lagochilus inebrians / leaf / flower / fruit / raw materials / tincture / skin burns / gastrointestinal diseases / beriberi / vitamins / steroids / alkaloids / saponins.
Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — T. Isaqov, I. Esonova
So’ngi yillarda insonlar sog‘lig‘iga alohida eʼtibor berishi, salomatlik sirlaridan xabardorligi ortishi, qarigan va surunkali kasalliklarga chalingan insonlar immun tizimini faollashtirish uchun tabiiy vositalarni afzal ko‘rishi, tabiiy vositalarning mutloq zararsizligi va foydasi ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarga investitsiyalar hajmining va xalqaro bozorlardagi dorivor o‘simliklarga bo‘lgan talabning keskin ortishiga sabab bo‘ldi. Mamlakatimizda dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirishga, xususan tabiiy boyliklardan samarali va unumli foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekistonda uchraydigon noyob dorivor o‘simliklar, ularning soni, dorivorlik xususiyati, ularning tibbiyotda qo‘llanilishi va saqlab qolish chora tadbirlari haqida malumotlar berilgan.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по наукам о Земле и смежным экологическим наукам , автор научной работы — T. Isaqov, I. Esonova
SHIFOBAXSH O’SIMLIK NOMLARINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI
LAMIACEAE OILA VAKILLARINING BIZ BILGAN VA BILMAGAN DORIVORLIK XUSUSIYATLARI
NUROTA TUMANIDA UCHROVCHI KOVRAK O’SIMLIGINING XUSUSIYATLARI
FARG‘ONA VODIYSIDA TARQALGAN YALPIZDOSHLAR (LAMIACEAE) OILASI TURLARNING SHIFOBAXSH VA DORIVOR BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
O’ZBEKISTONDA TARQALGAN QURTANA (SISYMBRIUM L.) TURKUMI TURLARINING BOTANIK TAVSIFI VA AHAMIYATI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
MEDICINAL PLANTS WICH INCLUDED IN THE RED BOOK AND THEIR USE IN MEDICINE
In recent years, people’s special attention to health, increased awareness of the secrets of health, the preference for natural remedies to activate the immune system of the elderly and those suffering from chronic diseases, the absolute safety and benefits of natural remedies have increased the amount of investment in scientific research in this area and caused a sharp increasing demand for medicinal plants in international markets. In our country, great importance is attached to the development of medicinal and spice plants, especially to the efficient and productive use of natural resources. This article provides information about the unique medicinal plants found in Uzbekistan, their quantity, medicinal properties, their use in medicine and conservation measures.
Текст научной работы на тему «QIZIL KITOBGA KIRITILGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR VA ULARNING TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI»
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
QIZIL KITOBGA KIRITILGAN DORIVOR O’SIMLIKLAR VA ULARNING
TIBBIYOTDA QO’LLANILISHI Isaqov Tohirjon Tursunboy o’g’li
Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Assistant Esonova Iroda Usmon qizi
Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti, talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.7295168
Anotatsiya. So’ngi yillarda insonlar sog’lig’iga alohida e ‘tibor berishi, salomatlik sirlaridan xabardorligi ortishi, qarigan va surunkali kasalliklarga chalingan insonlar immun tizimini faollashtirish uchun tabiiy vositalarni afzal ko’rishi, tabiiy vositalarning mutloq zararsizligi va foydasi ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarga investitsiyalar hajmining va xalqaro bozorlardagi dorivor o’simliklarga bo’lgan talabning keskin ortishiga sabab bo’ldi.
Mamlakatimizda dorivor va ziravor o’simliklarni rivojlantirishga, xususan tabiiy boyliklardan samarali va unumli foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Ushbu maqolada O’zbekistonda uchraydigon noyob dorivor o’simliklar, ularning soni, dorivorlik xususiyati, ularning tibbiyotda qo’llanilishi va saqlab qolish chora tadbirlari haqida malumotlar berilgan.
Kalit so’zlar: Noyob o’simliklar, ferula, acanthophyllum, herba adonidis, lagochilus inebrians, barg, gul, meva, xom-ashyo, damlama, teri kuyishi, oshqozon-ichak kasaliklari, vitamin yetishmovchiligi, vitaminlar, steroidlar, alkaloidlar, saponinlar.
ЛЕКАРСТВЕННЫЕ РАСТЕНИЯ, ЗАНЕСЕННЫЕ В КРАСНУЮ КНИГУ, И ИХ
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ В МЕДИЦИНЕ
Аннотация. В последние годы особое внимание людей к здоровью, повышение осведомленности о секретах здоровья, предпочтение натуральных средств для активизации иммунной системы людей пожилого возраста и страдающих хроническими заболеваниями, абсолютная безвредность и польза натуральных средств увеличили количество инвестиций в научные исследования в этой области и вызвало резкое увеличение спроса на лекарственные растения на международных рынках.
В нашей стране большое значение придается развитию лекарственных и пряных растений, особенно эффективному и продуктивному использованию природных ресурсов. В данной статье представлена информация об уникальных лекарственных растениях, встречающихся в Узбекистане, их количестве, лечебных свойствах, применении их в медицине и мерах по сохранению.
Ключевые слова: эндемические растения, ferula, acanthophyllum, herba adonidis, lagochilus inebrians, лист, цветок, плод, сырье, настойка, ожоги кожи, желудочно-кишечные заболевания, авитаминоз, витамины, стероиды, алкалоиды, сапонины.
MEDICINAL PLANTS WICH INCLUDED IN THE RED BOOK AND THEIR USE IN
Abstract. In recent years, people’s special attention to health, increased awareness of the secrets of health, the preference for natural remedies to activate the immune system of the elderly and those suffering from chronic diseases, the absolute safety and benefits of natural remedies have increased the amount of investment in scientific research in this area and caused a sharp increasing demand for medicinal plants in international markets.
In our country, great importance is attached to the development of medicinal and spice plants, especially to the efficient and productive use of natural resources. This article provides
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
information about the unique medicinal plants found in Uzbekistan, their quantity, medicinal properties, their use in medicine and conservation measures.
Key words: Rare plants, ferula, acanthophyllum, herba adonidis, lagochilus inebrians, leaf, flower, fruit, raw materials, tincture, skin burns, gastrointestinal diseases, beriberi, vitamins, steroids, alkaloids, saponins.
O’zbekiston florasi juda boy bolib, guli osimliklarning 4500 turi malum, ularning 577 taga yaqini dorivor o’simlilardir. Shulardan 120 tasidan hozirgi kunda tibbiyotda keng qo’llanilib kelinmqda. O’zbekistonda tarqalgan
o’simliklarning 10-12% muhofaza qilishga muhtoj o’simlilar xisoblanadi. So’ngi yillarda bu o’simliklardan nato’g’ri foydalanish va ayovsiz yig’ib olinishi va qarovsiz qolganligi sababli turlar soni kamayib, yo’qolib ketish arafasiga kelib qolgan. Bunday o’simliklarni himoyalash maqsadida O’zbekiston Respublikasi qizil kitobi tasis etilgan bo’lib,bu kitobga 4ta kategorya bo’yicha o’simlilar kiritiladi. O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobi 1984-yilgi birinchi nashrida 163 tur o’simlik kiritilgan bo’lsa, 1998-yildagi nashrida bu o’simliklar soni 301taga yetdi. So’ngi 2019-yildagi yangi nashirda bu raqamlar 314taga yetdi. Bundan ko’rinib turibdiki, so’ngi yillarda hududimizdagi o’simliklarning maydonlari va turlari kamayib bormoqda. So’ngi o’n yillik natijalar shuni ko’rsatdiki O’zbekiston hududida muhofazaga muhtoj yana 138 o’simlik turlari aniqlandi. O’zbekiston respublikasi fanlar akademyasining izlanishlari natijasida O’zbekistonda uchraydigon chiroyli gullari bilan dunyoga mashxur lola va sallagullarning piyozlari bilan ayovsiz o’rib olinishi natijasida turlar soni keskin kamayib ketganligi aniqlandi. Xalq tabobatida va tibbiyotda keng qo’llaniladigon qimmatbaxo dorivor o’simliklar xisoblangan yetmak, buzulbang, kovrak, shirinmiya, kovul kabi o’simlar soni ham homashyo bazasi ham sezilarli kamaydi. Bundan tashqari Buxoro otostegiyasi, yirik giliostrovskiya, Minkivits teziumi kabi relikt turlar yo’qolib ketish arafasiga kelib qoldi.
METOD VA METODOLOGIYA
Dorivor o’simliklardan olinadigon moddalar hozirgi payitgacha suniy ravishda sintezlanmagan bo’lib, faqat tabiiy usulda o’simliklardan ajratib olish mumkin. Bunday o’simliklarning sonining kamayishi esa farmakalogiya homashyo bazasida kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Insonlarning o’simliklardan nato’g’ri foydalanishi natijasida esa bunday o’simliklar tobora kamayib bormoqda. Qizil kitobning yangi nashrida 20 dan ortiq dorivor o’simliklar turlari kiritilgan bo’lib, ularning hammasi ham tarkibi jihatdan juda foydali hisoblanadi. Ularning taribida efir moylari, alkaloidlar, karotinlar flavanoidlar, kumarinlar va bacha turdagi vitaminlar mavjud.
Kovrak-Ferula o’simligi ziradoshlar oilasiga mansub, ko’p yillik o’simlik.Yer yuzida bu o’simlikning 160dan ziyod turi tarqalgan. Bo’yi 1 metrga yetadigon, poyasi tik, yog’on, ichi kovak, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi bargali bandli, 3 bo’lakli, poyadagilari maydaroq,
poyada ketma-ket joylashgan. Gullari soyabon to’pgulda joylashgan. Kovrak monokarp o’simlik bo’lib, 7-8 yilda bir marotaba gullab, urug’ beradi (1-rasm).
Kovrak ildizi tarkibida havoda qotib qoladigon asafetida va efir moylari saqlaydi. Asfetidaning tarkibidan ferfulat kislata, qatron spirtlar, kumarinlar ajratib olingan. Efir moyidan esa sulfidlar, kumarin va boshqa moddalar borligi aniqlangan. Ildiz tarkibida kraxmal ham bor. Kovrak ildizidan olingan yelimdan asab sistemasi kasalliklarida o’pkadagi shamollash astma, ko’k yo’tal, sil, zaxm kasalliklarida foydalaniladi. Kovrakdan tayyorlangan galen pereparatlari esa arterial bosimni pasaytiradi, kapillyar qon tomirlari mo’rtligini bartaraf etadi. Ildizidan tayyorlangan damlama har qanday og’riqni qoldirish xususiyatiga ega. Hozirgi kunda kovrakning ildizi bilan ayovsiz o’rib olinishi natijasida, kovrakning tabiiy tarqalgan xududlari keskin kamayib ketdi. Chunki kovrakning ildizi bilan sug’urib olingan joydan boshqa kovrak unib chiqmaydi bu esa, kovrak o’simligining soni kamayishiga yana bir sabab xisoblanadi.
TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMASI
Etmak – Acanthophyllum chinniguldoshlar oilasiga mansub, ko’p yillik o’simlik. O’zbekistonga bu turkumga mansub 2 ta tur o’simlik tarqalgan. Tog’ va adir yon bag’irlarida
Etmakdan tabobatda balg’am ko’chiruvchi vosita sifatida va imuninetni ko’tarish uchun foydalaniladi (2-rasm)
Adonis-herba adonidis renunculacae oilasiga mansub ko’p yillik o’simlik. Uzunligi 5-20sm ga yetadi. Ildizi qisqa jigarrang tusda bo’ladi. Barglari tuxumsimon, palmasimon, 5 bo’lakka bo’lingan, tuksiz bo’ladi. Gullari poyaning tepasida yakka yaka joylashadi, yirik sariq rangli bo’ladi. Mevasi yong’oq. Aprel may-oylarida gullaydi, mevalari iyun-iyulda pishadi (3-rasm).
Adonis tarkibida yurak glikozidlari mavjud. Pishmagan mevalari va barglari ularga eng boy hisoblanadi. O’simlikning yer ustki qismida K-strofantin, simarin moddalari bor. Ildiz qimida esa K-sprofantin mavjud. Glikozidlardan tashqari bu o’simlikda:
o’sadi. Bo’yi 50 – 80 sm ildizi 2 m churlikkacha boradi buralgan, barglari qaram-qarshi,qalami yoki nashtarsimon. Barg bandi va poyasi tuksiz yoki mayda mayin tuklar bilan qoplangan bo’ladi. Gullari mayda bo’lib, shoxlarining uchki qismida 2tadan bo’lib joylashadi. Gultoji barglari pushti 5ta, changchisi esa 10ta, urug’chisi 1ta. Mevasi bir urugli meva.
2-rasm. Etmak – Acanthophyllum
Etmakning dorivorlik xususiyati ildizida bo’lib,ildizi tarkibida 10-30% saponin moddasi,aglikonogipsogen, 3 malekula ksiloza va 1 malekula glyukuran kislata galaktoza, ramnoza, furoza, arabinoza moddalari borligi aniqlangan.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
va adenin spirit
3-rasm. Adonis-herba adonidis
Adonisdan yurak aksalliklarida keng foydalaniladi. Yurak tezligini sekinlashtirish, sistolni oshirish, diastolni uzaytirish, yurak urish hajmini oshirshda keng foydalaniladi Anzur yoki suvarov piyozi piyozdoshlar oilasiga mansub piyozboshli o’simlik xisoblanadi. Bu o’simlikni Oltoy Tyanshan,
Osiyo tog’larida uchratish mumkin. O’imliknng barglari keng 35-40 sm, uchlari pastga qaragan bo’ladi. O’simlikning balandligi 130sm gacha yetadi, to’pgullari yarim shar yoki sharsimon shaklda bo’ladi. To’pgulining diametiri 10-12 smga yetadi. Gullari pushti-binafsha rangda bo’ladi (4-rasm).
Tarkibida boshqa piyozli o’simliklarga nisbata bir-necha marta ko’p C vitamini, barglarida esa B va E vitaminlari, steroidlar, alkaloidlar, saponinlar aniqlangan. Bu o’simlik chiroyli bo’lishi bilan birga foydali ham xisoblanadi. Imunitetni oshirish va qon
aylanishini yaxshilash xususiyatiga ega.
Bozulbang-Lagochilus inebrians Lamiaceae oilsiga mansub yarim buta hisoblanadi.
Balandligi 24-60smo’q ildizli, oddiy yoki shoxlangan tukli poyalardan iborat.barglari qarama qarshi, keng tuxumsimon, 3-5ga bo’lingan. Gullari 4-6 tadan barglar qoltig’idan chiqqan yarim halqali boshoqsimon to’pgulda joylashgan, gultojibarglari 5 bo’lakli, ikki labli, pushti. Mevasi senobiy meva, uzunligi 3-4 mm silliq sarg’ish-kulrang yong’oqchadan iborat. May-iyulda gullaydi, mevasi esa avgust-sentyabr oylarida pishib yetiladi (5-rasm).
Bu o’simlk O’zbekistonning Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarining tog’
4-rasm. Anzur yoki suvarov piyozi
5-rasm. Bozulbang-Lagochilus inebrians
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
oldi hududlaring shag’alli tuproqlarda uchratish mumkin. O’tgan asrning 80 yillarida ayoviz o’rib olinishi natijasida, senopapulatsyalari deyarli yoqolib ketgan.
Asosiy xomashyo olinadigon qismi bargi va gullari xisoblanadi, tarkibid to’rt atomli spirtlar bo’lgan lagoxilin, barglarida esa efir moylari 0,03%, taninlar 11-14%, shakar organik kislatlar, vitaminlardan K, C, mikroelementladan esa kalsiy tuzlari mavjud.
Bozulbang gullari va barglaridan tayyorlangan qaynatma damlama va nastoykasi qon ivishini tezlashtiradi qon ketishi to’xtatadi. Bozulbang suvi esa tinchlantiruvchi xususiyatga ega. Bu o’simlik xissiyotni pasaytiruvchi adaptogen xususiyatga ega. Ular ko’z ichi bosimini pasaytiradi, ko’rish o’tkirligini oshiradi. Gemafiliya bilan og’rigan bemorlar bu o’simlik damlamasini iste’mol qilishsa qon ivishi yaxshilanadi, bo’g’imlarda va teri osti to’qimalarida paydo bo’lgan gematomalarni tezroq so’rilishiga yordam beradi.
Omonqora-Ungernia viktor Amaryllis oilasining ko’p yillik piyozboshli o’simligi bo’lib, ildizlari toq jigarrang rangda, 7-12 smgacha chozilib ketadi,barglari ikki qatorli, suvli, silliq chiziqli, uzunligi 20-40 sm, kengigi 1-4 sm, fevral oyining ohirida o’sishni boshlaydi. Gullashi
2-11 tadan gullaydi, gullari sarg’ish pushti rangda, iyul avgust oyida gullaydi mevalari sentyabrda pishadi (6-rasm).
Omonqora o’simligi Hisor tizmasining tog’ yonbag’irlarida toshli, shag’alli tuproqlarda kichik maydonni egallab o’sadi.
Tibbiyotda bu o’simlikning bargidan keng foydalaniladi. Tarkibida alkaloid va galantamin saqlaydi, alkaloidlarda: likorin, hordenin, tasettin, pankratin uchraydi. Bu
6-rasm. Omonqora-Ungernia viktor moddalar barglarida bo’lib asosan barg
rivojlanishining dastlabki bosqichlarida yuqori miqdorda bo’ladi. Asosan barg yig’ib olinadigon muddat 14-25 aprel hisoblanadi, bunda alkaloidlar 0,52% galantamin esa 0,15 % ga yetkan bo’ladi.
Galontamin poliomiolit va polinevrit kasaliklarida, shuningdek sezgir mator nervlarining travmatik shikastlanishida foydalaniladi. Alkaloidlar esa oshqozon ichak kasalliklarida foydali hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkunki, O’zbekiston hududida dorivor o’simliklar ko’p va ularning biz uchun ahamyati juda xam katta. Ammo oxirgi paytlarda bu o’simliklardan noto’g’ri foydalanish va ayovsiz ularni o’rib olish bu o’simliklar soni kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. Yuqoridagi o’simliklar endilikda qizil kitob ro’yhatida ekan ulardan foydalanish mumkin emas. Oldizmida turgan eng muhim vazifa bunday noyob va dorivor o’simliklarni saqalab qolish va sonini ko’paytirish kerak. Ularga kerakli ekologik sharoitni yaratish va ular o’sadigan maydonlarni ko’paytirish va maxsus plantatsiyalarni yaratish lozim. Bu esa bizga farmokologik bazamizdagi xom-ashyolarni ko’paytirish va yana ham tibbiyotimizni rivojlantirishga sharoit yaratadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1. O’zbeisto Respublikasi “Qizil kitobi” 1-tom. 2019 yil.
2. Xamidov A., Nabiyev M., Odilov T. O’zbekiston o’simliklari aniqlagichi. Qo’llanma. -Toshkent: O’qituvchi, 1987.
3. Xolmatov X.X., Odilov T. O’zbekistonning dorivor o’simliklari. Monografiya. – Toshkent: Fan, 1991. 195 b.
Xalqaro Qizil kitob: Hayvonlar. Xalqaro Qizil kitobni kim yuritadi?
XX asrning boshlarida ingliz olimi J. Dyurrel o’xshashlik keltiradi: dunyo – bu o’rgimchak to’ri, agar unga ozgina teginsangiz, u eng yaxshisi titraydi, eng yomoni bo’shliq. Xuddi shunday, inson ham texnik taraqqiyot bilan birga dunyoni silkitib, unda teshiklarni hosil qiladi, ehtimol u yopilmaydi.Avvalo, bu butun sayyoramizdagi flora va faunaga ta’sir qiladi: turli xil hayvonlar turlari, o’simliklar, zamburug’lar yo’q bo’lib ketmoqda, ularning ko’pchiligi allaqachon paleontologik qazishmalar natijasida dunyo hamjamiyatiga ma’lum bo’lgan. Va bizning avlodlarimiz uchun nima qoladi? Ular hayvonot dunyosining avvalgi xilma-xilligini ensiklopediyalardagi rasmlardan va tarixiy ma’lumotnomalardan o’rganishlari kerak bo’ladimi?
Ertami-kechmi, insoniyat atrofdagi tabiatni asrab-avaylash va muhofaza qilish kerakligini anglashi kerak edi. O’simlik va hayvonot dunyosini saqlashga urinish Xalqaro Qizil kitobga olib keldi. Uning yaratilish tarixi juda qiziq.
Qizil kitob qanday yaratilgan
Uzoq 1902 yil. Parij, butun dunyo biologlarining kongressi, qushlarni himoya qilish dolzarb masala. Uzoq hisobotlardan so’ng, birinchi marta sayyoramizning bioxilma-xilligini muhofaza qilish to’g’risida qaror qabul qilindi va zamonaviy Qizil kitobning ajdodiga aylangan Qushlarni saqlash bo’yicha xalqaro konventsiya imzolandi.
Oradan qirq yildan ko’proq vaqt o’tdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin butun dunyo qayta tiklanmoqda. 1948 yil, YuNESKO homiyligida nodavlat tashkilot – Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi – IUCN (IUCN) tashkil etildi. 1949 yildayoq IUCN “nazorat organi” ni yaratdi – Tirik qolgan turlar bo’yicha komissiya.
Asosiy vazifalar
Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi tirik qolgan turlar bo’yicha komissiyaning asosiy vazifalarini belgilab berdi:
- noyob o’simlik turlari, qo’ziqorinlar, hayvonlar holatini o’rganish;
- yo’q bo’lib ketish xavfi yuqori bo’lgan turlarni aniqlash;
- xalqaro shartnomalar, konvensiyalar loyihalarini ishlab chiqish;
- yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan turlarning ro’yxatlarini tuzish;
- yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan turlarning xavfsizligi bo’yicha echimlar taklif qilish.
Maqsad va vazifalarni aniqladik, ammo keyin nima bo’ladi? Va odatdagidek, ularni amalga oshirish kechiktirildi . Deyarli 20 yil o’tdi. 1963 yil, komissiya rahbari Piter Skot, nomi Xalqaro Qizil kitob bo’lgan yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan hayvonlar ro’yxatini tuzishni taklif qiladi. Komissiya a’zolari quyidagi savolni berishdi: “Nega qizil?”, Unga Skott shunday javob berdi: “Qizil rang xavf-xatar rangidir, demak biz bor narsamizdan ham ozishimiz mumkin”.
Yaqinda bo’sh barglar taqvimiga o’xshash ikki jildli birinchi nashr nashr etiladi. Uning tarkibiga qushlarning 312 turi va sut emizuvchilarning 211 turi kiradi. Kitob ma’lum manzillar – olimlar va davlat arboblariga yuborilgan. Folio yaratuvchilari hayvonlar haqidagi ma’lumotlar o’zgarishi mumkinligini oldindan bilishgan, shuning uchun ma’lumotlar yangilanib borishi bilan adresatlarga eski varaqlarning o’rniga yangi varaqlar yuborilgan.
O’zgarishlar va qo’shimchalar: xronologiya
1980 yilgacha Qizil kitob yana uch marotaba qayta nashr etildi: formati o’zgartirildi, jildlar soni ko’paydi, turlar to’g’risidagi ma’lumotlar o’zgardi (4-nashrda 13 ta qayta tiklangan hayvon turlari paydo bo’ldi) va tuzilishi o’zgargan.
1988 yildan 1998 yilgacha Xalqaro Qizil kitob nashr etildi – tahdid qilingan turlarning Qizil ro’yxati deb nomlangan hayvonlar ro’yxati. 10 yil ichida 5 ta shunday ro’yxat nashr etildi. Ular Qizil kitobga o’xshash, ammo butunlay boshqacha formatga, turlarning boshqa tasnifiga ega. Shunday qilib, ro’yxat ikki blokdan iborat bo’lib, ular taksonlarga bo’linadi. Shunisi qiziqki, taksonlardan biriga asirlikda omon qolgan hayvonlar turlari kiradi.
Ham ro’yxatlar, ham Xalqaro Qizil ro’yxat IUCN va Butunjahon atrof-muhit monitoringi markazi tomonidan amalga oshiriladi (Kembrij, Buyuk Britaniya). IUCN homiyligida minglab noyob turlar bo’yicha komissarlar axborotni tahlil qilish, ma’lumotlarni yozib olish va kitoblarni nashr etish bilan shug’ullanadilar. Aynan ularning mehnati tufayli biz qaysi hayvonlarning himoyaga muhtojligini bilamiz va qaysi hayvonlarni, afsuski, biz sayyoramizda hech qachon ko’rmaymiz.
Tashqi ko’rinish
Xalqaro Qizil kitob nimaga o’xshaydi? Bu biroz kamalakni eslatuvchi juda qiziqarli tom: qopqoq yorqin qizil rangga ega va bo’limlari turli xil ranglarda (qizil, qora, oq, yashil, sariq, kulrang). Ko’p odamlar Qizil kitob qaerda saqlanayotgani to’g’risida savolga egalar. Yaxshiyamki, bu ochiq manbali nashr, shuning uchun uni har qanday yaxshi kutubxonada topishingiz mumkin.Ba’zi tabiat ixlosmandlari buni shaxsiy kitob arsenalida olishni afzal ko’rishadi.
Endi har bir bo’lim haqida batafsilroq gaplashamiz. Xalqaro Qizil kitob hayvonlari to’g’risidagi ma’lumotlar shartli ravishda olti qismga bo’linadi:
- yo’q bo’lib ketgan turlar;
- yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan va noyob hayvonlar;
- tezda yo’q bo’lib ketadigan turlar;
- kichik turlar;
- kam o’rganilgan turlar;
- himoyaga muhtoj bo’lmagan hayvonlar.
Buning yordamida u yoki bu hayvon haqida ma’lumot topish oson.
Kodlash turlari
Qizil kitobning har bir bo’limi vakillari o’zlarining kodlashlariga ega.
Tomning qora sahifalarida yo’q bo’lib ketgan hayvonlar (EX) va tabiatdagi yo’q bo’lib ketgan hayvonlar (EW) mavjud; qizil sahifalar – zaif (VU) va juda xavfli (CR) turlari; sariq sahifalar – yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan turlar (VN); oq sahifalar – zaif holatga yaqin turlar (NT); kulrang sahifalar – kam o’rganilgan turlar (CD); yashil sahifalar – Eng kam tahdid qilingan turlar (LC).
Xalqaro Qizil kitobda yana qanday ma’lumotlar mavjud? Hayvonlarning fotosuratlari. Tabiiyki, kitob sahifalarida biologik ma’lumotlar yonida tasvirlangan turlarning fotosurati mavjud (yo’q bo’lib ketgan hayvonlar bundan mustasno, ularning tashqi qiyofasi grafik yoki kompyuter grafikasi yordamida qayta tiklanadi).
Xalqaro Qizil kitob shunday ko’rinishga ega. Unda tasvirlangan hayvonlar xilma-xildir. Ilmiy taraqqiyot bilan bog’liq holda, ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanadi, yangi turlar qo’shiladi va ba’zi hayvonlar tabiatni muhofaza qilish harakatlari tufayli maqomini o’zgartiradilar. Va bu yaxshi yangilik!
Qizil kitobning mintaqaviy nashrlari
Xalqaro Qizil kitob haqida gapirganda, uning o’xshashlari borligini ta’kidlash kerak: masalan, Ukrainaning Xalqaro Qizil kitobi yoki Rossiyaning Xalqaro Qizil kitobi. Bunday nashrlarda mavjud bo’lgan hayvonlar, ko’rsatilgan hududlarda yashaydi (yoki bir marta yashagan).
Ma’lum bo’lishicha, Qizil kitobning mintaqaviy nashrlarida ushbu tur haqida xalqaro ma’lumotdan farqli o’laroq, batafsilroq ma’lumotlar mavjud. Bu haqiqat mintaqalarda, avvalambor, ularning soni va xilma-xilligi global miqyosdan sezilarli darajada farq qiladigan ma’lum bir hududga xos bo’lgan hayvonot dunyosiga qaratilganligi bilan bog’liq. Shuning uchun ma’lumotlar yanada chuqurroq tahlil qilinadi va muntazam ravishda yangilanadi.
Shuningdek, mintaqaviy kitoblar dizayni bilan xalqaro versiyasidan farq qiladi, faqat qizil muqovasi o’zgarishsiz qoladi.
Endi yo’q bo’lib ketish arafasida turgan va Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar dunyosining eng hayratlanarli shaxslari haqida to’xtalamiz.
Xalqaro Qizil kitob: Amur yo’lbarsi (Panthera tigris altaica)
Qizil kitobdagi Amur yo’lbarsi (Ussuri) Rossiyaning shimoliy qismida kichik tur (VU) sifatida belgilangan. Hatto 100 yil oldin ham bu hayvonlar soni minglab edi, ammo ovchilik sanoati tufayli aholi keskin kamayishni boshladi. Bugungi kunda Amur yo’lbarsining soni deyarli 500 kishiga etadi.
Ushbu tur mushuklar oilasining tayganing qattiq iqlimiga moslashgan kam sonli vakillaridan biridir . Ushbu pastki ko’rinishning o’ziga xos xususiyati qorin bo’shlig’idagi besh santimetr yog ‘qatlami bo’lib, mushuk haddan tashqari past haroratga toqat qilishiga imkon beradi.
Xalqaro Qizil Kitob: Hayvonlar – Snow Leopard (Panthera uncia)
Snow leopard (irbis, snow leopard) – Markaziy Osiyoning tog’li hududlarida yashovchi yirik mushuk. 20-asrning boshlariga qadar qor qoplonlari mo’yna savdosining muhim bo’g’ini edi. Bugungi kunda qor qoplilariga ov qilish taqiqlangan, hayvon haqida ma’lumot Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. Qor qoplonlari yo’qolib ketish xavfi ostida (EN).
Visayan urushli cho’chqa (Sus cebifrons)
Visayan urushli cho’chqa dunyoda faqat ikkita orolda – Panay va Negrda (Filippin arxipelagi) yashaydi. Xaotik ov tufayli bu cho’chqalar soni 60 yil ichida 80% ga kamaydi! 1998 yildan buyon Visayan urushqoq cho’chqasi Xalqaro Qizil kitob bilan himoyalangan.Hayvonlar xavf ostida deb hisoblanadi (EN).
Dog’li marsupial marten (Dasyurus maculatus)
Dog’li marsupial suvoroni (yo’lbars mushuk) uning nomini suvoru mushukka o’xshashligidan olgan. Bugungi kunda, bu sersuv tur Avstraliyaning qirg’og’idagi ikkita izolyatsiya qilingan populyatsiyada yashaydi (shimol – Kvinslend, sharqiy – janubiy Kvinslenddan Tasmaniyaga). Marsupial martenslar to’g’risidagi ma’lumotlar Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. Ushbu turdagi hayvonlar zaif holatga (NT) yaqin maqomga ega.
Yupqa tishli arra (Pristis microdon)
Kichik tishli arra (pylon stingray) – Tinch okeani va Hind okeanining qirg’oq suvlari aholisi. Asirlikda umr ko’rish davomiyligi 7 yoshdan oshmaydi. Qizil kitobda, arra tishi “juda xavfli” (CR) maqomiga ega.
Burma burni burunli maymun (Rhinopithecus strykeri)
Burma burni maymun (Striker rinopitekasi) tur sifatida olimlarga 2010 yildagina ma’lum bo’ldi. Ushbu maymun turi faqat Birmaning shimolida yashaydi. Primat o’z nomini kashf etuvchisi va burunning g’ayrioddiy tuzilishi tufayli oldi – rinopitekning burun teshiklari ochildi. Shunga o’xshash anatomik xususiyat tufayli Birma maymuni yomg’ir paytida hapşırır – burunga tomchi suv kiradi. 2012 yilda allaqachon Birma maymuni Qizil kitobga kiritilgan, bu holat – yo’q bo’lib ketish arafasida (CR). Bugungi kunda dunyoda Burma burni maymunining 300 ga yaqin shaxsi mavjud.
Bizning eng yaqin qarindoshimiz bu orangutan (Pongo)
Orangutan yog’ochli antropoid maymuni, uning DNKsi tuzilishi inson DNKiga eng yaqin. Sumatran va Kalimantan orangutanlari ajralib turadi (o’lchamdagi farq shundaki, Kalimantan orangutanlari kattaroqdir). Aholining kamayishiga sabab yomg’ir o’rmonlarining kesilishi (orangutanlarning yashash joylari) va brakonerlikdir.
Sumatran orangutan Qizil kitobga kiritilgan, holati – yo’q bo’lib ketish arafasida (CR); Kalimantan orangutaniga “zaif turlar” (VU) maqomi berilgan. Hayvonot bog’lari va qo’riqxonalar tufayli ushbu tur saqlanib qolishiga hali ham umid bor.
Kaspiy muhri (Phoca caspica)
Kaspiy muhri (Kaspiy muhri) Kaspiy dengizining shimoliy qismi va Ural o’rtasida ko’chib yuradi. Hatto 100 yil oldin ham muhrlar soni bir milliondan ortiq odamni tashkil etgan bo’lsa, bugungi kunda ularning soni 100 mingga yaqinlashmoqda. Sabablari: ommaviy brakonerlik, suvning ifloslanishi, iqlim o’zgarishi. Kaspiy tamg’asi yo’q bo’lib ketish arafasida bo’lgan tur sifatida Qizil kitobga kiritilgan (EN).
Xulosa sifatida
Odam aql-idrokli jonzotga o’xshaydi, ammo u o’ylamasdan dalalarni, o’rmonlarni yo’q qiladi, “daryolarni orqaga buradi”, ov qilishdan oldin ov qiladi va brakonerlik bilan shug’ullanadi. Bunday beparvo xulq-atvorning natijasi flora va fauna vakillarining yo’q bo’lib ketishi.
“Qizil kitob” nashr etilgandan so’ng, odam atrofdagi tabiatga qanday zarar etkazganiga jamoatchilik e’tiborini qaratdi. Albatta, ba’zi turlar, afsuski, tarix sahifalarida qoladi, ammo kelajak avlodlar uchun saqlanib qoladigan turlari hali ham mavjud.
Turlarning xavfsizligiga beqiyos hissa qo’shadigan barcha hayvonot bog’lari va qo’riqxonalariga rahmat! Ammo shunga qaramay, men Yer yuzidagi har bir inson atrof-muhitni saqlashga hissa qo’shishini juda xohlayman va Qizil kitob muntazam ravishda yashil sahifalar bilan yangilanadi.
Yerliklar! Esingizda bo’lsin: biz uchun hali ham toqat qilayotgan sayyorani himoya qilish, bizni o’rab turgan tabiatni qadrlash va asrab-avaylash juda muhim, Yer yuzidagi har bir jonzot zarur va muhimligini bir daqiqaga ham unutmang! Hayvonlar sayyoradagi bizning qo’shnilarimiz, kiyim va oziq-ovqat emas!
Ўзбекистонда «Қизил китоб»га киритилган ҳайвонларни овлаш қанча туради?
Тошкент вилоятида россиялик овчи Ўзбекистон «Қизил китоб»ига киритилган Тяншан қўнғир айиғини Экология қўмитаси раҳбари рухсати билан отиб ўлдиргани маҳаллий жамоатчиликнинг кенг муҳокамаларига сабаб бўлган эди. Адлия вазирлиги матбуот хизмати Ўзбекистон ҳудудида ёввойи ҳайвонларни ов қилиш ҳақ тўлаш асосида амалга оширилишини эслатиб ўтди.
Ўзбекистонда ов қилаётган Россия фуқароси Евгений Широков. Фото: Овчининг YouTube саҳифасидаги видеодан кадр
Ўзбекистон табиатида учрайдиган ёввойи ҳайвонларни овлаш қоидаси тартибга солинувчи 2020 йил 8 июлда қабул қилинган «Ов қилиш ва овчилик хўжалиги тўғрисида»ги қонунни таҳлил қилган UzNews’нинг ёзишича, мазкур ҳужжат билан ёввойи ҳайвонларни тутишга доир ҳар йилги квота ёввойи ҳайвонларнинг кўп миқдорда тутиладиган турларига, шунингдек, камёб ва оз сонли турларига нисбатан белгиланиши кўрсатилган.
Мазкур квота келгуси йил учун Экоқўмитага жисмоний ва юридик шахслар томонидан ёввойи ҳайвонларни тутишга доир талабномалар киритганлиги асосида белгиланади. Қўмита эса квота лойиҳасини Фанлар академиясига ёввойи ҳайвонларни тутишга доир квота лойиҳаси бўйича хулосани олиш учун жўнатади.
Шундан сўнг Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш давлат қўмитаси 10 декабрга қадар (қўшимча квота учун 10 майга қадар) бўлган муддатда Фанлар академиясининг хулосаси асосида ёввойи ҳайвонларни тутишга доир квоталарни тасдиқлайди ва тегишли тартибда қўмитанинг маҳаллий бошқармаларига юборади. Қўмитанинг ҳудудий органлари эса ҳайвонот дунёсидан фойдаланишга доир рухсатномаларни беради.
«Ов қилиш ва овчилик хўжалиги тўғрисида»ги қонунда, шунингдек, Ўзбекистон «Қизил китоб»ига киритилган камёб ва йўқолиб бораётган сутемизувчилар турлари бўйича алоҳида тўлов миқдорлари белгиланган.
Жумладан, Тяншан қўнғир айиғини илмий, тиббий ва назорат мақсадида тутиш учун ўзбекистонликларга БҲМнинг 80 баравари (14 май ҳолатига кўра, 19,6 миллион сўм), спорт, ҳаваскорлик ва ўлжа олиш мақсадида тутиш учун эса БҲМнинг 100 баравари (24,5 миллион сўм) тўлов белгиланган. Хорижлик фуқароларга эса ушбу ҳайвонни ов қилишнинг барча турлари бўйича тутишга 3 минг доллар миқдорида тўлов белгиланган.
Шундай қилиб, Ўзбекистон «Қизил китоби»га киритилган 2 та Тяншан қўнғир айиғини отиш учун Россия фуқароси Евгений Широковга 2021 йил 3 март куни №400030-сон рухсатнома берилган.