Press "Enter" to skip to content

Qizil morfi kitobi skachat pdf

PS: Pdf qo’llanma pullik(14ming)
@nega_ozgardim

Quran e Karim

WHERE WE ARE NOW. WE WATCH THE ENTIRE DRAMA. * THAT IS OUR LIVES. WE WATCH THE ILLUSION. WITH. UNBEARABLE COMPASSION .

QuraneKarim with Urdu Translation by Maulana Fateh Muhammad Jalandhri

1,080 Pages · 2009 · 12.71 MB · 7,677 Downloads · Indonesian
hح h >. QuraneKarim with Urdu Translation by Maulana Fateh Muhammad Jalandhri Quran– .

Al-Quran-Al-Karim

970 Pages · 2010 · 8.55 MB · 2,428 Downloads
(the pious and righteous persons who fear. Al-Quran-Al-Karim Al-Quran-Al-Karim abu saad ww .

Islam Holy Quran Coran Kuran Koran Arabic Arab Islamic Sunna Moslem Muslim – Persian Iran Language Kuran Coran Quran

928 Pages · 2016 · 30.61 MB · 15,657 Downloads · Indonesian · New!
Islam Holy Quran Coran Kuran Koran Arabic Arab Islamic Sunna Moslem Muslim – Persian Iran Language .

QuraneKarim with Urdu Translation by Maulana Fateh Muhammad Jalandhri

1,080 Pages · 2009 · 12.71 MB · 612 Downloads · Indonesian
hح h >. QuraneKarim with Urdu Translation by Maulana Fateh Muhammad Jalandhri Quran– .

This QuranQuran in English

345 Pages · 2012 · 1.29 MB · 7,461 Downloads
From the Quran: “When you read the Quran, seek refuge with God from Satan the outcast. He has .

Quran in English

668 Pages · 2015 · 6.45 MB · 72,489 Downloads
Quran. ClearQuran. ARABIC. ENGLISH. Page 2. QURAN. ARABIC. ENGLISH. Translation by Talal Itani .

Learning Arabic Language of the Quran

488 Pages · 2012 · 11.77 MB · 68,485 Downloads

Arabic grammar he or she begins to understand the. Learning Arabic Language of the Quran Kalamullah.Com .

THE GLORIOUS QURAN – Translated Quran

466 Pages · 2012 · 9.43 MB · 6,277 Downloads
Abdullah Yusuf Ali. The Meaning of the Glorious Quran. THE GLORIOUS QURAN www.IslamicBulletin.org .

The Holy Quran English Translation of The Meanings and Commentary – King Fahd Printing Complex – Yusuf Ali Translation 1991

2,146 Pages · 2016 · 128.82 MB · 52,805 Downloads · New!
The Holy Quran (Holy Book)published in Madinah 1991, KSA2146pp The Holy Quran English Translation .

How To Sell Yourself

206 Pages · 1999 · 2.41 MB · 384,533 Downloads

Lustberg, Arch. How to sell yourself : winning techniques for selling yourself— your .. These days good written commu .

Load more similar PDF files

PDF Drive investigated dozens of problems and listed the biggest global issues facing the world today. Let’s Change The World Together

  • Editor’s Picks
  • Most Popular
  • Academic & Education
  • Art
  • Biography
  • Business & Career
  • Children & Youth
  • Environment
  • Fiction & Literature
  • Health & Fitness
  • Lifestyle
  • Personal Growth
  • Politics & Laws
  • Religion
  • Science & Research
  • Technology

Qizil morfi kitobi skachat pdf

Kanalga android tizimidagi mobil qurilmalar uchun apk shakldagi kitoblar va turli xildagi foydali dasturlarni joylab boramiz.

About
Blog
Apps
Platform

Android kitoblar
10.4K subscribers
Matematik formulalar [@kitoblar_apk].apk

�� “Matematik formulalar”

Matematik fanini o‘rganuvchilar uchun maxsus dastur

O‘qish san’ati

O‘qish sa’nati – bu hech qanday tashqi yordamsiz oʻqiladigan materialda aks etgan belgilar ustida ishlash bilan aqlning mustaqil ravishda oʻz-oʻzini yuqori darajaga olib chiqishidir. Aql kamroq tushunishdan koʻproq tushunish holatiga o’tadi. Bu jarayonni sodir etadigan mahoratli operatsiyalar oʻqish san’atini tashkil qiluvchi amaliyotlardir.
Oʻqishda o’z aqliy sa’y-harakatlaringiz bilan kamroq tushunishdan ko’proq tushunish holatiga oʻtish jarayoni xuddi baron Myunxauzenning oʻz quloqlaridan tortib, oʻzini botqoqdan chiqarib olishiga o’xshash, aqlning o’zini o’zi shakllantirish va yuqori darajaga olib chiqa olish jarayonidir. Bu jarayonni xuddi shunday tasvirlash mumkin. Bu oʻta mushkul jarayon. Albatta, buning uchun oldingiga nisbatan ancha faol o’qish talab qilinadi va unda nafaqat koʻp sonli amaliyotlarni bajarish zarur, balki ularni bajarishda yanada koʻproq mahorat va ko’nikma ham namoyish qilish kerak. Qolaversa, odatda, mushkulroq sanalgan, yaxshiroq oʻquvchi talab qiluvchi matnlar, avvalo, shunday oʻqish mahoratini talab qiladi va bunga arziydi.

�� Mortimer Adler. “Kitoblar qanday o‘qiladi”

Forwarded from Nega o’zgardim?

��O’zgaramiz kitoblar bilan” marafoni 5-bosqichni boshlash arafasida.

��Ilmiy suhbatlar
��Manfaatli kitoblar
��Kitob tahlillari
��Ahil jamoamiz ko‘magi bilan o‘zingiz uchun yangi ufqlarni kashf etishga tayyormisiz?

Biz jamoamiz bilan xizmatingizga shaymiz, siz-chi oʻzgarishga, oʻzingizni isloh qilishga tayyormisiz?

O‘z kasbining usta mutaxassislari, jamiyatimizning oldi kishilari suhbatlaridan bahramand bo‘lish imkonini qo‘ldan boy bermang!

Marafonda ishtirok etish shartlari:

1⃣ @nega_ozgardim telegram kanaliga obuna boʻling
2⃣ Ushbu postni 3 ta telegram kanaliga yoki guruhiga yuboring. ( Egasidan ruxsat olib)
3⃣ Postni yuborganingiz tasvirlangan screenshotni @ozgaramiz_qabuli ga yuboring va maxsus link bilan ishtirokchiga aylaning

❗️Qabul 20-fevralgacha davom etadi.

PS: Pdf qo’llanma pullik(14ming)
@nega_ozgardim

�� Somerset Moem: Oy va sariq chaqa

Uilyam Somerset Moem — buyuk ingliz yozuvchisi, XX asrning mumtoz adibi degan sharafli nom egasi. XIX asr oxirida ijodini boshlagan yozuvchi yarim asrdan ko’proq davom etgan faoliyati davomida o’lmas asarlar yaratdi. 1919-yilda yozilgan “Oy va sariq chaqa” romani haqiqatdan ham uning shox asarlaridan biri bo‘lib, asar muallifi o‘tkir nigohi orqali ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan hayotiy voqelikni badiiy talqinda ochib bergan. Shu bilan birga, voqea ichida voqeaning rivojlanib borishi, asar qahramoni Charlz Striklendning qirq yoshidan keyin rassomlikka mukkasidan ketishi, u va uning do‘stlari atrofida kechgan insoniy munosabatlar, mo‘yqalam sohibining fojiaviy qismati o‘quvchini chuqur falsafiy mushohadaga undaydi, hayot haqidagi tasavvurini boyitadi.

Inson ruhan tanazzulga yuz tutmasligi, o‘zining yashirin shaxsiyatiyu asl “men”ini yo‘qotib qo‘ymasligi uchun keskin burilish yasashga kuch topishi va qatʼiy qaror qabul qilishiga hech narsa, hatto vaqt ham to‘sqinlik qilmasligi lozim. Ha, hech qachon «endi kech» tamoyiliga aldanib qolmang. Sizni harakatsizlantirib qo‘ygan qobiqlar, zerikarli qonun-qoidalar, omma uchun odatiy bo‘lib qolgan qoliplardan xalos bo‘ling. Eng muhimi, o‘zligingizga qarshi yashamang. Asar nima haqida ekanligini payqagandirsiz?!
Romanning bosh qahramoni qirq yoshli Charlz Striklend asli savdo olami kishisi bo‘lsa-da, o‘zida sanʼatga nisbatan ilohiy kuch mujassam ekanligini avvalboshdan his etardi. Bu yo‘lda u hatto oilasini tashlab, Parijga bosh olib ketadi. Striklend, tom maʼnoda ilohiy qobiliyat sohibi edi, lekin sanʼat undan yaxshigina badal ham talab qiladi. Uning o‘z ayoli va farzandlarini yolg‘izlatib ketishi hamda og‘ir damda ko‘makdosh bo‘lgan qadrdoni Dirk Struve yaxshiliklariga aks taʼsir ko‘rsatishi, ayni paytda Blansh Struve muhabbatiga nisbatan adolatsizligi, uning hayotiga zomin bo‘lishi rassom qismatining naqadar murakkab ekanini ko‘rsatadi.
Striklend instinktlarga bo‘ysunmaydi, u uchun ijtimoiy talablar mutlaqo ahamiyatsiz. Asar davomida qaxramon hech vaqosiz – sariq chaqasiz tasvirlansa-da, ammo hayotining so‘ngida insoniyatga daxldor, mukammal sanʼat asari yaratib ketadi.

Fizika kinematika [@kitoblar_apk].apk

�� “Fizika kinematika”

Fizika fanini o‘rganuvchilar uchun maxsus dastur

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

#Video
�� Bitmas xazina: 2022-yil o’zbek adabiyoti uchun qanday yil bo’ldi?

Bitmas xazinaning yangi soni shu haqida.

Geometriya [@kitoblar_apk].apk

�� “Geometriya”

Geometriya fanini o‘rganuvchilar uchun maxsus dastur

Ehtiyoji millat

Har kim o‘z naf’i va o‘z shaxsiy ishi ila sargardon, umumiy yoinki diniy va milliy ishlarni oyandasi uchun, millatni zamona odamlaridek taraqqiy etmog‘i uchun, xaloyiqni isloh axloqi uchun g‘am tortuvchi va harakat etguvchi yo‘qdir.
Bir karra diqqat qilib, mahalla-kuy va qishloq xalqlariga qaralsun. Avomlik, beilmlik naqadar ko‘paygan.
Biz musulmonmiz. Musulmonlikga ilm lozim, amal lozim. O‘qumoq kerak, nima uchun boshqa millatlarda yuza bir nafar besavod yo‘q ekan, biza yuza bir nafar savodlik yo‘q?
Boshqa millatning yosh bolalari maktabda, lekin bizniki hammollikda va gadoylikda. Boshqa millat ulamosiga tobe’ ekan, bizni ulamo bil’aks avomga tobe’dur? Buning oxiri xarobdur. Yigirma, o‘ttiz sana so‘ngra yana yomonroq bulur, musulmonlik, ilm va odob ila qoim. Millat axloqi, fazl va hunar ila boqiy qolur.

Mahmudxo‘ja Behbudiy
“Samarqand” gazetasi 1913 yil 30 iyul.

Jahon tarixi sanalarda [@kitoblar_apk].apk

�� “Jahon tarixi sanalarda”

Ushbu dasturda jahon tarixiga oid muhim va qiziqarli ma’lumotlar joy olgan.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

#Video #Bugun_kim
�� Advokat va prokuror: qay biri kuchli?
“Bugun kim?”

Mahatma Gandi. “Mening hayotim”

Kitob annotatsiyasida yozilishicha, sotsiologlar Mahatma Gandini Albert Eynshteyndan keyin dunyoning XX asrdagi ikkinchi shaxsi deya eʼtirof etishgan ekan. U Hindiston ozodligi yoʻlida kurash yoʻlboshchisi sifatida ham dong qozongan.

“Mening hayotim” asari muallifning bolalik davrlaridan boshlab 1921-yilgacha boʻlgan voqealarni oʻz ichiga olgan. Gandi ushbu asarga 1925-yil 26-noyabrda soʻzboshi yozgan.

Mutolaa jarayonida meni hayratga solgan ilk voqea tafsiloti Gandining 13 yoshida uylangani boʻldi. Ikki goʻdakning oila qurishi oʻsha davrlardagi biqiq anʼanalar natijasi edi. Toʻgʻri, ular birdaniga er-xotinlik hayotini boshlamagan, kelin besh-olti oylab ota-onasinikida turgan. Biroq yosh Mohandas va ayoli Kasturbay shu paytdan boshlab mustaqil hayotga baribir qadam qoʻygan.

Toʻy masalasi soʻnggi yuz yillikda xalqimizning ogʻriqli muammolaridan biri boʻlib kelyapti. Hindlarning toʻy tashvishlariga nazar tashlagan kishi bizning toʻylarimiz bilan juda koʻp uyqash jihatlari borligini payqaydi.

Gandi Angliyadan oʻqishni tugatib kelgach, faoliyatini endi boshlagan paytlari bir oʻngʻaysiz vaziyatga tushadi. Uning akasi Poʻrbandar hokimiga kotib va maslahatchi boʻlib ishlagan, soʻng notoʻgʻri maslahat berdi degan ayblov bilan ishdan olingandi. Akaning ishi unga qarshi kayfiyatda boʻlgan siyosiy agentga kelib tushadi. Gandi Angliyada bu amaldor bilan tanishgan, doʻstona munosabatda edi. Akasi ana shu tanish-bilishlikdan foydalanib, agentga bir ogʻiz aytib qoʻyishini iltimos qiladi. U zamonlarda koʻp ishlar tanish-bilish yordamida bitar ekan-da, qarang. Mohandas bu taklifga koʻnmaydi, tartib-qoidaga koʻra ariza bering, shikoyat qiling, deydi. Lekin akasi bu gapdan xafa boʻlib, toʻnini teskari kiyadi. Xullas, oxiri rozi boʻladi. Biroq tanish amaldor Gandining gaplarini juda sovuq qarshi oladi. Mohandas esa gapirishda davom etadi, dalillar keltirmoqchi boʻladi. Oxir-oqibat amaldor xizmatkoriga aytib, eski tanishini quvib soladi. Aslida davlat xizmatchisi oʻzini nomunosib tutgandi, Gandi uni sudga berishi ham mumkin edi. Lekin u haqoratlarga chidaydi.

Koʻpchiligimiz shu singari holatga tushgan boʻlsak kerak. Yaqinlar, doʻstlar va ayniqsa begonalar uchun oʻrinli-oʻrinsiz iltimoslar qilib, hurmat-izzatni toʻkish yaramaydi. Mutlaqo. Gandining bu hikoyasi bizga bu borada jiddiy hayotiy saboq beradi.

Mutolaa jarayonida meni hayratga solgan, biroz erishroq tuyulgan holatlarga ham duch keldim. Mahatma Gandi har qanday sharoitda oʻz hayotiy prinsiplariga qatʼiy amal qilishga intiladi. Eng ogʻir, kishi gʻururini yerga toptab tashlaydigan vaziyatlarda ham quyushqondan chiqmaydi, ogʻir-vazmin va mushohadali yoʻl tutadi. Balki uning beqiyos muvaffaqiyati siri ana shundadir.

Gandi boshqa din va eʼtiqod vakillariga chuqur hurmatda boʻlgan. U dunyo dinlarini qiyoslab oʻrganadi, turli eʼtiqod va qarashlarga oʻta bagʻrikenglik bilan munosabatda boʻladi.

Agar u Islom dini va Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam haqidagi birlamchi manbalarni oʻqiganda qanday taʼsirlanardi ekan, deb oʻyladim. Soʻng sof qalbli va adolatparvar kishining munosabati ham adolatli va samimiy boʻlardi, degan toʻxtamga keldim.

Eʼtiborimni tortgan jihatlardan yana biri Gandining oʻta tejamkorlik, kamxarjlik bilan hayot kechirganidir. U oʻz dini anʼanalari va onasiga bergan vaʼdasiga muvofiq goʻsht yeyishdan voz kechadi. Oʻtxoʻrlik bilan cheklanmay, sut ham ichmay qoʻyadi. Ogʻir kasal boʻlib, oʻlim bilan yuzma-yuz turgandagina xotini va shifokorining qiyin-qistovi bilan majburan echki suti ichadi. Garchi u sigir suti ichmaslikka qaror qilgan boʻlsa-da, echki suti ichgani uchun oʻzini kechirmaydi. Qasamimga shaklan amal qildim, mohiyatan buzdim, deb hisoblaydi. Bu hol boshqacha dunyoqarashli odamga gʻayrioddiy tuyulishi aniq. Lekin Gandining hayot tarzi va tutumi haqida yaqqol tasavvur beradi. U kundalik turmushda ham, ijtimoiy hayotda ham oʻz qarashlarida sobit edi.

Xullas, bu kitobni oʻqib, tafakkur hududingiz ancha kengayadi, deb oʻylayman.

Orif Tolib