Press "Enter" to skip to content

Qiziqarli badiiy kitoblar

Hazrat Navoiy asarlarining komil inson tarbiyasida o‘rni beqiyos. Bu zotning qoldirgan merosi xalqimiz uchun bitmas-tuganmas ma’naviy xazinadir. Bu kitobga biz Alisher Navoiyning eng mashhur gazallarini yig’ishga harakat qildik. Undagi she’rlar Sizni yana bir bor rom etishi, shubhasiz.

Qiziqarli badiiy kitoblar

Абу Райҳон Беруний

Sab`ai Sayyor
Janrlar
Teglar
Eng ko’p o’qiladigan adabiyotlar
Ikki eshik orasi
Kichkina shahzoda

Sent-Ekzyuperi, Antuan de

Математика 6
Adabiyot fanidan majmua Ensiklopediya qo’llanma
Ufq

Ishq aro vasling tilab

Hazrat Navoiy asarlarining komil inson tarbiyasida o‘rni beqiyos. Bu zotning qoldirgan merosi xalqimiz uchun bitmas-tuganmas ma’naviy xazinadir. Bu kitobga biz Alisher Navoiyning eng mashhur gazallarini yig’ishga harakat qildik. Undagi she’rlar Sizni yana bir bor rom etishi, shubhasiz.

Alisher Navoiy g’azallarida hazil-mutoyiba

Ushbu kitobga Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-ma`oniy” devonlariga kirgan g’azallardagi hazil-mutoyiba ruhidagi baytlar jamlangan. Zarur o‘rinlarda baytlar qiyin so’zlar lug’ati hamda izohlar bilan ta’minlangan. Aruz vaznining mukammalligi va jozibasini namoyish etish hamda baytlarni ifodali o‘qishni qulaylashtirish maqsadida maxsus belgilar vositasida rukn va hijolar ajratilgan.

Kitob bugungi avlodni buyuk shoirning tabarruk merosidan bahramand etishday xayrli maqsadga xizmat qiladi, deb umid bildiramiz.

Devon

Zahiriddin Muhammad Bobur

O’zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, mashhur davlat arbobi, atoqli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur qoldirgan ilmiy, tarixiy va adabiy meros uzoq asrlar davomida butun dunyo tadqiqotchilarining diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda. Xususan, uning badiiy nasrning ham yetuk namunasi hisoblanishga loyiq “Boburnoma” asari keng shuhrat qozongan bo‘lib, qator xorijiy tillarga tarjima qilingan va turli mamlakatlarda bir necha bor nashr etilgan.

1983 yilda afg‘onistonlik olima Shariqa Yorqin Kobul shahrida “Devoni Zahiriddin Muhammad Bo-bur”ning nashrini amalga oshirdi. Olima ilgarigi barcha nashrlarga suyangan holda Bobur she’riy merosini devon shaklida tartibga keltirib, ayrim chalkashliklar va nuqsonlarga barham berdi.

O’quvchilarga taqdim etilayotgan ushbu kitob ana shu nashrlar asosida tayyorlangan.

Bobur Hindistonda

Ingliz tarixchisi va tarjimoni Uilyam Erskinning “Bobur hukmronligi davridagi Hindiston tarixi» asari noyob tadqiqot namunasi bo’lib. muallif mazkur asarida Bobur va boburiyar sulolasining Hindiston tarixi hamda Hindiston yarim orolidagi madaniy hayotning shakllanishida tutgan o‘rni haqida xolis fikr yuritadi.

Boburiylar sulolasi

Risola tariximizning eng yorqin, shu bilan birga kam o‘rganilgan sahifalaridan hisoblangan Temuriylar sulolasi tarixining bir qismini yoritishga bag‘ishlangan. Ma’lumki, mazkur sulola dunyodagi umummusulmon sulolalari ichida eng uzoq umr ko’rgan, katta tarixiy davrni qamrab olgan sulola hisoblanadi.

Agar Amir Temur hukmronligi 1370 yildan boshlangan bo’lsa, undan keyingi Temuriylar avlodi “ota-bola” zanjirini hosil qilib, bu zanjirning eng oxirgi halqasi bo‘lmish Sirojiddin Bahodirshoh II Hindistondagi Boburiylar davlatida 1857 yilda inglizlar tomonidan taxtdan chetlatilgan. Bir so‘z bilan aytganda, bu sulola salkam 500 yil hukmronlik qilgan.

Keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan ushbu risola zikr etilgan sulolaning bir qismi bo‘lmish Boburiylar avlodiga bag‘ishlanib, Zahiriddin Muhammad Boburdan Sirojiddin Bahodirshoh II gacha bo‘lgan ba’zi tarixiy voqealarni qamrab olgan.

MyKitob.Uz

Yozg‘uchidan Modomiki, biz yangi davrga oyoq qo‘ydik, bas, biz har bir yo‘sunda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o‘xshash dostonchiliq, ro‘monchiliq va hikoyachiliqlarda ham yangarishg‘a, xalqimizni shu zamonning «Tohir-Zuhra»lari, «Chor darvesh»lari, «Farhod-Shirin» va «Bahromgo‘r»lari bilan tanishdirishka o‘zimizda majburiyat his etamiz. Yozmoqqa niyatlanganim ushbu — «O‘tkan kunlar», yangi zamon ro‘monchilig‘i bilan tanishish yo‘lida kichkina bir tajriba, yana to‘g‘risi, bir havasdir. Ma’lumki, har bir ishning ham yangi — ibtidoiy davrida talay kamchilik-lar bilan maydong‘a chiqishi, ahllarining yetishmaklari ila sekin-sekin tuzalib, takomulga yuz tutishi tabiiy bir holdir. Mana shuning daldasida havasimda jasorat etdim, havaskorlik orqasida kechaturgan qusur va xatolardan cho‘chib turmadim. Moziyg‘a qaytib ish ko‘rish xayrlik, deydilar. Shunga ko‘ra mavzu’ni moziydan, yaqin o‘tkan kunlardan, tari-ximizning eng kirlik, qora kunlari bo‘lg‘an keyingi «xon zamonlari»dan belguladim. Abdulla Qodiriy (Julqunboy)