Orbita. U Z
Koreys haykaltaroshi Do-Xo Su yaratgan haykali Olbrayt-Noks Nyu-York tasviriy galareyasi tomoshabinlarini kutib oladi va darhol tasavvurlarini lol qoldiradi. Haykal uzunligi atigi 7 metr, lekin u cheksizdek tuyuladi.
Fizika qonunlariga bo’ysunmaydigan 14 haykal
Butun dunyo bo’ylab va hatto internetda ham – zamonaviy texnologiyalarga salom – ajoyib haykallarni uchratish mumkin. Ularning yaratuvchilari shunchaki barcha tasviriy san’at olamida hukm surgan odatlarni buzishdi qo’yishdi.
«Mo’jizalar mamlakati», Kanada
Ushbu Kalgari haykalining eng zo’r tomoni – bu uning ichida bo’lish! Tashqaridan bu 12-metrli bosh turidagi sim ramka, ichkaridan – ispan haykaltaroshi Xayme Plensa tomonidan o’ylab topilgan butun dunyo.
© Neil Howard
«Karma», AQSH
Koreys haykaltaroshi Do-Xo Su yaratgan haykali Olbrayt-Noks Nyu-York tasviriy galareyasi tomoshabinlarini kutib oladi va darhol tasavvurlarini lol qoldiradi. Haykal uzunligi atigi 7 metr, lekin u cheksizdek tuyuladi.
© Alyx Dellamonica
«Sirli kech», AQSH
Sharpa-shahar Riolitda joylashgan Albert Shukalskiy haykali – bu Leonardo da Vinchi freskasiga qayta ma’no berilgan mualliflik ishi. Mashhur O’lim Vodiysi bilan qurshalgan bu figuralar ayniqsa kechki payt, ichkarisidan maxsus yoritgichlar bilan yoritilganda judayam sirli ko’rinadi.
© Gord McKenna
«Olmoslar», Avstraliya
Rasm o’girilmagan. Yangi Zelandiyalik usta Nil Douson shunaqa haykallar yaratadiki, ular havoda qanday qilib uchgandek turishini so’ramasdan, oldidan o’tib ketish mumkin emas. Buholat esa kam ko’rinuvchan similar orqali yaratiladi.
© russellstreet
Muvozanatlovchi figura, Dubay
Bu bronzadan yaratilgan mo’jiza fizika qonunlariga umuman bo’ysunmaydi. Polshalik usta Yeji Kendzeraning haykallari o’z og’irlik vazni va shamol shiddati ostida burilmaydigan ekanligi – qariyb hamma uchun topishmoqdir.
© Deutsche Bank
Skripkachiga haykal, Gollandiya
Mashhur amsterdamdagi “Stoper”da, shahar hokimiyati va Musiqiy teatr joylashgan shaharda, skripkachi haykalini o’rnatish uchun marmar polni ayamay buzishdi. Bu haykalning muallifi kimligi – haqiqiy sir. Hech bo’lmaganda, shahar hokimiyatida hech kim buni bilmaydi va unga “e’tibor bermaslikka” harakat qilishadi.
© Paul Arps
Tezlik festivalidagi «Porshe» Buyuk Britaniya
Djerri Djuda o’zining ishonib bo’lmas hakallarini xuddi cheksiz fazoga uchib borayotgan avtomobillardan yaratadi. Gudvudda o’tkaziladigan har yillik tezlik Festivali ichida u avtodunyoning eng mashhur brendlari bilan ishlashga ulgurdi.
© Bruno Postle
«Kichrayish va ko’tarilish», Avstraliya
Sidneyda joylashgan Devid MakKrakenning osmonga yo’naltirilgan zinapoyasi o’z siriga ega. Har bir keying zinasi avvalgisidan kichikroq. Shu sababli, unga qaraganda, u cheksizdek tuyuladi.
© Matthew Perkins
«Vaqt muqarrarligi»
Yunon rassomi va haykaltaroshi Adam Martinakis, futuristik virtual tasvir janrida sonli haykallar yaratadi. Ularni faqat internet va chiqarilgan qog’ozlarda ko’rish mumkin. Shu uchun ham bu zamonaviy san’at, u tasvirlab berishning yangi uslublarini ochib bermoqda.
© Adam Martinakis /3d visual
«Fil uchun tortishish kuchining xususiyatlari»
Daniel Frimanning sayohatchi haykali hatto Parijning Fontenblo qasrida bo’lishga ham ulgurdi. Buni muallif, o’zining fil o’z burnida yerdan 18 metr balandlikda muvozanatni saqlay olabilishi nazariyasiga bag’ishlab yaratgan.
© Jean-Pierre Dalbéra
«Qochoq», Yunoniston
Yunonlik “Dromeas”ni Afinada ko’rish mumkin. Xohishiy tomondan u harakatda degan hissiyot tug’iladi. Bubuyuk figurani son jihatdan aqlga sig’mas, tim-yashil shishalardan yaratgan haykaltarosh ismi – Kostas Varostos.
© G Da
Suv osti haykaltaroshlari, Meksika
Dunyoning turli chetidagi butun suv osti parklari – bu haykaltarosh Djeyson Teylorning ishi. Ko’rgazma bilan odatiy selfi qilish uchun harakat qilib va akvalangga ega bo’lishgato’g’ri keladi.
© Scuba Catalog
«Ali va Nino», Gruziya
Tamara Kvesitadzeni ushbu notiq haykalni yaratishga ilhomini keltirgan narsa bu, 2 sevishganlar voqeasidir. Figuralar doimiy harakatdadir – avval bir-biriga qarab, bir butun bo’lib birlashishadi, va keyinchalik, muqarrar ajralishda bir-biridan uzoqlashadi.
Noyob Yer gipotezasi
Biz Koinotdagi yagona ongli hayot vakili bo‘lsak kerak.
Yerdagi hayot bir necha muhim va nozik omillarning o‘ta muvaffaqiyatli uyg‘unligi, xuddi, favqulodda omadli baxtli tasodif singari moslik natijasida vujudga kelgan. Masalan, Oyning mavjudligi ham beqiyos o‘ringa ega – deyiladi “Noyob Yer” gipotezasiga ko’ra.
Noyob Yer gipotezasiga qarama-qarshi gipoteza «xashaki Yer gipotezasi» deyiladi. Unga ko‘ra, Yer Koinotdagi eng oddiy (xashaki) bir o‘rtamiyona sayyora bo‘lib, unga alohida maqom va tus berish kerak emas deyiladi. Ushbu ikki nazariyaning oltin o‘rtaligini ko‘zlovchi boshqa ilmiy dalillarning esa sanog‘i yo‘q. Demak, biz yoki o‘ta noyob hayot shaklimiz va yoki, biz singari hayot shakli Koinot bo‘ylab istalgancha topiladi va shu sababli, biz singari hayot shakli o‘ta xashaki, oddiy hayot shakli xolos.
Yangilаndi: 22.04.2021 12:23
Snelliusning sindirish qonuni
15.02.2020 10:21 Muzaffar Qosimov Maqolalar – Qiziqarli fizika
Snelliusning sindirish qonuni
Snellius qonuni nurning (yoki, boshqa to‘lqinlarning) bir muhitdan ikkinchisiga o‘tishidagi sinishi, yoki, boshqacha aytganda, yo‘nalishini o‘zgartirishini bayon qiladi. Masalan, yorug‘lik nuri havo orqali o‘tib kelib, shishaga tushganda, u sinadi va yo‘nalishini o‘zgartiradi. Nur yo‘nalishining o‘zgarishi, ushbu muhitdagi to‘lqin tezligining farq qilishi bilan bog‘liqdir. Siz Snellius qonunini juda oddiy tajriba orqali tekshirib ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun, shaffof shisha stakandagi suvga qalamni solib qo‘yib, yon tomondan qarasangiz, qalam sizga sinib qolgandek ko‘rinadi.
Yangilаndi: 13.02.2020 10:31
Relikt nurlanish
08.07.2019 11:31 Muzaffar Qosimov Maqolalar – Qiziqarli fizika
Relikt nurlanish
Relikt nurlanish nurlanishning yana boshqacha bir nomlanishi – mikroto‘lqinli kosmik fon nurlanishi ham deyiladi. Ushbu nurlanishlar butun Koinotni to‘ldirib turadi. Relikt nurlanish bundan 13,7 milliard yil muqaddam sodir bo‘lgan va hozirgi biz bilgan Koinotning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan Ulkan portlashning o‘ta kuchsizlangan, sezilar-sezilmas aks-sadosi hisoblanadi. Koinot yaralgan dastlabki lahzada yuzaga kelgan favqulodda ulkan miqdordagi energiya tashuvchi gamma va rentgen nurlari diapazonidagi elektromagnit nurlanishlarni tashuvchi yuqori energiyali fotonlarning to‘lqin uzunligi vaqt o‘tishi bilan juda ham kattalashib ketdi va hozirga kelib, ushbu to‘lqinlar uzunligi past energiyali mikroto‘lqinlar diapazoniga o‘tib ketgan.
Yangilаndi: 08.07.2019 12:08
Tasviru-tasavvurga sig‘mas miqyos
04.05.2019 17:58 Muzaffar Qosimov Maqolalar – Qiziqarli fizika
Tasviru-tasavvurga sig‘mas miqyos
Musavvir mo‘yqalami uning tasavvuriga kelgan aql bovar qilmas narsalarni ham qog‘ozga tushirishga qodir. Salvador Dali, Pablo Pikasso va ho kazo rassomlar esa nafaqat sof fantaziya va xayolot mahsulini, balki, g‘irt illiyuzion tasvirlarni ham chizib ko‘rsatishgani bilan san’at shinavandalarini lol qoldirishgan. (Xususan, menga ko‘pincha, Dali xuddi o‘z gallyustinatsiyalarini ham qog‘ozga tushiravergandek tuyuladi ).
Lekin, rassomning abstrakt xayoloti u yoqda tursin, ko‘z ongimizda, real voqe’likda bo‘lib turgan ayrim narsalar borki, ularni har qanday mohir rassom ham hech qachon qog‘ozda tasvirlab, ifodalay olmasligi aniq. Shunday narsalardan biri – Quyosh sistemasini barcha sayyoralari bilan birga, real miqyosga nisbatan proporsiyasining qog‘ozda tasvirlash masalasidir. Ishonavering, aynan shu masalani na eng kuchli rassom va na eng kuchli chizmachilik mutaxassisi uddalay olmaydi.
Yangilаndi: 28.09.2019 08:44
Avliyo Elm shu’lasi
01.04.2019 13:02 Muzaffar Qosimov Maqolalar – Qiziqarli fizika
Avliyo Elm shu’lasi
Charlz Davrin dengiz sayohatlarining birida ko‘pchilik dengizchilarni cho‘chitadigan tabiat hodisasi – Avliyo Elm shu’lasiga guvoh bo‘lgan edi. O‘shanda u «Hammayoq olov ichida! Osmonda chaqmoq, kema machtalari ham zangori olov ichida!» – deb xitob qilgan edi. Avliyo Elm shu’lasi haqida ilk yozma ma’lumotlar, eramizning 78-yilida yozilgan «Tabiat tarixi» asarida uchraydi. Unda muallif Gay Piliniy Sekund (Katta Piliniy) O‘rta Yer dengizida suzgan kemalarda uchraydigan shunday tabiat hodisasi haqida eslab o‘tgan.
Qizig‘i shundaki, o‘rta asrlarda dengizchilar Avliyo Elm shu’lasini yaxshilik belgisi, omonlik ishorasi deb bilishgan. Keyinchalik, xususan, Darvin davridagi dengizchilar esa bundan shumlanishgan. Avliyo Elm shu’lasi tinimsiz liqillab turadigan zangori-shaffof tusdagi o‘ynoqi olov ko‘rinishida bo‘ladi va bu holat, bid’atga beriluvchan, irimchi dengizchilar ko‘ziga xuddi o‘ynoqilab turgan arvoh singari ko‘ringan.
Yangilаndi: 18.04.2019 09:56
Mavzuga oid boshqa mаqоlаlаr.
- Teleskoplar: Yerda, ko‘kda va orbitada
- Vakuumdagi yorug‘lik tezligi
- Xoll effekti
- Entropiya? Bu juda oddiy.
Orbital latifalar 🙂 🙂
Kimyo o’qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:
-Boltavoy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?
Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo’lib:
-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!
Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:
-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku.