Uchar yulduzlar. Meteorlar
Bunday ulkan energiyaning qayerdan vujudga kelganligini bilish uchun olimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettiradilar.
«Qiziqarli geografiya»
Bu olam, aniqrog‘i, yer yuzi qanchalar keng bo‘lsa, uning bag‘ridagi sir-sinoatlar ham shunchalik rang-barangdir. Insoniyat ming yillar davomida bu sirlar mamlakatiga safar uyushtiradi, ona Zamin mintaqalarining tabiati, yerosti boyliklarini o‘rganib unda hikmat qidiradi. Ularni aslidek asrash, yanada ko‘paytirish yo‘llarini izlaydi. “Qiziqarli geografiya” deb nom olgan ushbu qo‘llanma ko‘nglida oliyjanob niyatlarini tukkan har bir o‘quvchiga ishonchli hamroh, dastlabki saboqnoma vazifasini bajarishi shubhasiz.
Tuzuvchi: Feruza Nazarova
Nashriyot: «Akademnashr»
Sana: 2020-yil
Hajmi: 64-bet
O‘lchami: 84×108 1/32
ISBN: 978-9943-4098-4-2
Muqovasi: yumshoq
«Qiziqarli geografiya»
- Stock: Мавжуд
- Код: 1196
- Вазни: 0.10кг
- ISBN: 978-9943-4098-4-2
Uchar yulduzlar. Meteorlar
Tun. Osmonda yulduzlar charaqlab turibdi. To‘satdan biror yulduz osmonda yorug‘ iz qoldirib ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, bamisoli uchib ketadi. «Uchar yulduzlar» deb ataluvchi bu hodisa Quyosh sistemasida harakat qilib turadigan mayda-mayda qattiq jismlaming atmosferadan shiddat bilan o‘tishi natijasida vujudga keladi.
«Uchar yulduzlar», ya’ni meteorlar Quyosh sistemasidagi asteroid va kometalarning parchalanishidan hosil bo‘ladi. Meteorlar kosmik fazodan Yer atmosferasiga, havo qatlamiga kirar ekan, havoga ishqalanish natijasida 2000-3000°C gacha qiziydi va yonib yo‘q bo‘lib ketadi. Lekin yirik meteorlar atmosferada yonib ulgurmasdan Yerga tushadi. Yerga tushgan meteor meteorit deb ataladi. Yerga har yili minglab meteorit tushadi; ularning og‘irligi grammning bir necha ulushidan tortib bir necha o‘n, hatto yuz tonnacha kelishi mumkin.
Meteoritlar qayerga tushsa, odatda, shu yeming nomi bilan ataladi. Meteoritlaming tarkibi oddiy tog‘ jinslarini eslatadi, lekin ayrimlari temirdan iborat bo‘ladi.
Yirik meteoritlar juda kam tushadi. Keyingi 100 yil mobaynida yerga ikki marta katta meteorit tushgan, xolos. Shulardan bin — 1908-yil 30-iyunda Rossiyadagi Sibirga tushgan Tungus meteoriti va ikkinchisi — 1947-yil 12-fevralda Vladivostok shahri yaqiniga tushgan Sixote-Alin meteoritidir.
Insoniyat tarixida tengi yo‘q ulkan meteorit 1908-yil 30-iyunda sokin Sibir o‘rmoniga, toshloq Tunguska daryosining o‘ng sohilidagi Vanovar qishlog‘iga tushgan. Shuning uchun u Tungus meteoriti deb atalgan. Meteorit tushgan joy atrofida 60 kilometr kenglikdagi o‘rmonlar kuyib ketgan. Meteorit tushganda hosil bo‘lgan havo to‘lqinlari bug‘u podalari va evenklarning kulbalarini olis-olislarga uloqtirib tashlagan. Meteorit tushgan joydan 900 kilometr uzoqda joylashgan Irkutsk shahrida meteorit zarbidan yer qimirlagan. Meteorit tushgan paytda 650 kilometr uzoqda yashovchi odamlarga to‘p otilgandek ovoz eshitilgan. Hisoblaming ko‘rsatishicha, Tungus meteoritining yerga urilishi natijasida ro‘y bergan portlash Xirosimaga tashlangan atom bombasining portlashidan 1000 barobar kuchli bo‘lgan.
Tungus fojiasi butun dunyoni hayratda qoldirdi. Infratovush to‘lqinlarini hatto Fransiya, Angliya, Germaniya va Yavadagi asboblar ham qabul qilgan. Faqat Rossiyadagina emas, balki ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda ham bir necha kun mobaynida kechalari qizg‘ish shafaq hammayoqni yoritib turgani ko‘pgina olimlarni taajjublantirgan, chunki ular bu vaqtda Tungus meteoriti haqida hali eshitmagan edilar.
1927-yilda Rossiya Fanlar akademiyasi L.Kulin boshchiligida ekspeditsiya uyushtirdi. Bu ekspeditsiya meteorit tushgan joyni sinchiklab tekshirdi, o‘rgandi. Shuncha maydondagi o‘rmonlami kuydirib, hammayoqni vayron qilgan kuchni yuz minglab tonna keladigan ulkan jins hosil qilishi mumkin. Ammo bunday katta hajmdagi narsa yerga urilsa, yerni 500 metrcha chuqurlikda o‘yib yuborgan bo‘lur edi. Qizig‘i shundaki, bu yerda hech qanday chuqurlik-krater ham, meteorit bo’lagi ham topilmadi. 1958- va 1959-yillarda shu yerlarda tadqiqot ishlari olib borgan olimlar meteorit tushgan joydan tarkibida kremniy va oltingugurt gazi bo‘lgan mayda zo‘ldirchalar topdilar. Zo‘ldirchalaming hammasi bir joyga yig‘ilsa, umumiy og‘irligi 200 kilogrammdan oshmas edi.
Bunday ulkan energiyaning qayerdan vujudga kelganligini bilish uchun olimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettiradilar.
Akademik G.Petrov 1975-yil 26-fevralda Rossiya Fanlar akademiyasining umumiy fizika va astronomiya bo‘limining ilmiy sessiyasidagi ma’ruzasida «Tungus mo‘jizasi» haqidagi barcha fikrlarni gaz dinamikasi asosida tahlil qilib berdi. U hisob-kitoblar asosida, Tunguskaga tushgan narsa og‘irligi kamida 100 ming tonna bo‘lgan qor va chang-to‘zondan iborat massa, degan fikrga keldi.
1976-yilning yozida Rossiya Astronomiya-geodeziya akademiyasi bilan Ukraina Fanlar akademiyasi hamda Tomsk universiteti «Tungus kosmik jismi tushgan joy»ga kompleks ekspeditsiya uyushtirishdi. Ekspeditsiya rahbari professor N. Vasilyev «Tungus mo‘jizasi» haqida bunday deydi: «1908-yil 30-iyunda mahalliy vaqt bilan ertalab soat yettilar chamasi Yer atmosferasiga kosmik jism yorib kirgan. U 275-295° azimutli trayektoriya bo‘yicha harakatlangan. Kosmik jism Vanovar degan joydan 65 kilometr shimoli g‘arbda osmondayoq parchalangan. Portlashni eslatuvchi bu parchalanish sekundning o‘ndan ikki qismicha vaqt davom etgan. Shu vaqt ichida kosmik jism 18-20 kilometr masofani bosib o‘tgan. Maksimal energiya yer yuzasidan 5 kilometr chamasi balandda ajralib chiqqan. Portlash paytida vujudga kelgan alanga yuzlab kilometrdan ko‘ringan, havo to‘lqini esa 2200 kvadrat kilometr maydondagi o‘rmonni to‘zitib yuborgan. Bu meteoritning tushishi hatto Irkutsk, Toshkent, Tbilisi kabi shaharlarda ham zilzilaga sabab bo‘lgan. Osmonda «kumushsimon bulutlar» hosil qilgan. Shu «bulut»lar tufayli Yeniseydan sharqda to Atlantika okeani sohillarigacha bo‘lgan oraliqda yorug` tun kuzatilgan».
Vahob Rafiqov “Qiziqarli geografiya” “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati Toshkent-2012
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo’lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma’muriga xabarnoma jo’nating.
«Toping-chi?» savollarga javoblar
1. Hindiston geografiyasini birinchi bo‘lib yozgan O`rta Osiyolik buyuk kishilar kim? Ular qaysi asrda sayohat qilgan va qanday asarlar yozgan?
2. Qaysi dengizning qirg‘oqlari yo‘q?
3. O`zi kichkina, ammo uch yarimsharda joylashgan orolni bilasizmi? Qaysi yarimsharlarda?
4. Gollivud shaharchasi qayerda va unimasi bilan shuhrat qozongan?
5. Panama va Suvaysh kanallaridan kemalar o‘tishida qanday farq bor?
6. To‘rtta shaklga e’tibor bering — qaysi yerlar tasvirlangan? Qaysi biri quruqlik, qaysi biri suvlik?
7. Daniya mamlakatini bilasiz, Daniya bo‘g‘ozini-chi?
8. Arabiston yarimoroli hammaga ma`lum. Ammo Arabiston choii qayerda?
9. Boltiq dengizi bilan Baykal ko`lini tarozining ikki pallasiga qo‘yib ko‘ring-chi, qaysi biri og‘ir ekan?
10. Farhod qoyalari va Shirin suvi qayerda?
11. Ikki qit’ada joylashgan davlat qaysi?
12. Beshta dengiz bilan o‘ralgan yarimorolni bilasizmi?
13. O‘rta Osiyoda dengiz sathidan pastroq bo`lgan botiqlar bormi?
14. Toshkentda yilning qaysi sutkasida yarim kun tun, yarim kun kunduzi bo`lishi mumkin?
15. Kun va tun yil bo‘yi bab-barobar bo`lib turishi mumkinmi?
16. «Chiroylidir go‘yo yosh kelin, ikki daryo yuvar kokilin» deb qaysi shoir qaysi she’rida nimalarni tasvirlagan?
17. Osiyo qit’asining eng markaziy nuqtasi (geografik markazi) qayerda?
18. Qush bo`lsa ham ucholmaydi. Ular qanday qushlar, qayerlarda yashaydi?
19. Ikki qit’a «qurshovida qolgan» orol qaysi?
JAVOBLAR
1. Hindiston geografiyasini tasvirlagan 0‘rtaosiyolik olim va sayyohlar ko‘p. Ulardan eng buyuklari: Abu Rayhon Beruniy XI asrda Hindistonda bo‘lgan, «Hindiston» nomli tarixiy-geografik asar yozgan. Abdurazzoq Samarqandiy XV asr boshlarida Hindistonga elchi bo`lib borgan. «Hindiston safamomasi» nomli asar yozgan. Zahiriddin Muhammad Bobur XVI asr boshida Hindistonda bo`lgan va «Boburnoma» tarixiy geografik asarini yozgan. Zokirjon Furqatning Hindistondan yuborgan xatlari ma`lum. O‘zbek olimlaridan Muxtor Ashrafiy, 0‘zbek Rustamov, Ziyoviddin Akramov vaboshqalar Hindiston shaharlari, tabiati va urf-odatlari to‘g‘risida qiziqarli kitoblar yozishgan.
2. Odatda, okeanning bir chekkadagi ma`lum bo`lakchasi dengiz deyiladi. Uning ikki-uch tomon qirg‘og‘i bo`ladi. Lekin dunyoda shunday birdan bir havza borki, uning haqiqatan ham qirg‘oqlari yo‘q. Bu — Atlantika okeani g’arbidagi Sargasoo dengizidir.
3. Chukotka dengizidagi Vrangel oroli (u mashhur dengizchi F.P.Vrangel nomi bilan atalgan) uch yarimsharda joylashgan: shimoliy yarimsharda, sharqiy va g‘arbiy yarimsharlar chegarasida, chunki 180-meridian kesib o‘tgan.
4. Gollivud-Amerika Qo’shma Shtatlarining g‘arbida, Los-Anjeles shahrining chekkasidagi kinostudiyalar shaharchasi AQSH kinosan’atining markazi
5. Panama kanalida shlyuzlar va kameralar bor, kemani vagonchalar tortib sudraydi. Suvaysh kanalida shlyuzlar yo‘q, kemalar bir tekis suzib yuradi.
6. To‘rtta shaklning ikkitasi orol, ikkitasi ko`l — Balxash va Baykal, Novaya Zemlya va Saxalin.
7. Daniya bo‘g‘ozi (Datskiy proliv) Daniya mamlakatining o‘zidan qariyb ikki yarimming kilometr pastda, Grenlandiya bilan Islandiya oraligidadir.
8. Arabiston yarimorolining o‘zidagi cho`llar Nefud, Rub al-Xoliy deb ataladi. Arabiston choii esa MisrArab respublikasi zaminida, Qizil dengizining g‘arbiy sohilida.
9. Boltiq dengizining maydoni (386000 km.kv) Baykal ko`lining maydonidan (32000 km.kv) 13 marta katta, ammo ancha sayoz. Baykal esa juda chuqur, shu sababli suv hajmi deyarli baravar.
10. Farhod qoyalari va Shirinsoy Sirdaryo bo‘yida, Bekobod shahri yaqinida.
11. Turkiya Respublikasi Osiyo va qisman Yevropada joylashgan.
12. Boltiq yarimoroli beshta dengiz bilan o‘ralgan: Adriatika, Ioniya, Egey, Marmar va Qora dengiz.
13. 0‘rta Osiyoda dengiz sathidan pastroq bo`lgan botiqlar (xaritada minus belgisi bilan ko‘rsatiladi) — Qorag‘iyo (—132 m), Qoplonqir (-70 m), Sariqamish(-45 m).
14. Toshkentda yiliga ikki marta — 21-mart va 23-sentabrda, ya’ni butun yer sharida kun-tun teng vaqtida kunduzi bilan tun baravar bo`ladi.
15. Ekvatorda yil bo‘yi kun-tun bab-barobar — deyarli 12 soat kunduzi, 12 soat kechasi. Soat 6 da kun chiqadi, kech 6 da botadi.
16. Hamid Olimjonning «O‘zbekiston» she’rida Amudaryo va Sirdaryo zar kokilga o‘xshatilgan.
17. Osiyo qit’asining geografik markazi Qizil shahrida (Tuva AR).
18. Tuyaqush va pingvinlar ucholmaydi. Tuyaqushlar Afrikada (straus), Janubiy Amerikada (nandu) va Avstraliyada (emu) yashaydi. Ularucholmasa ham tez yuguradi. Pingvinlar Antarktida qirg‘oqlarida bemalol suzib yuradi.
19. Novaya Zemlya orolini Barens dengizi (Yevropaga qaraydi) va Kara dengizi (Osiyoga qaraydi) o‘rab turadi.
Manba: “Qiziqarli geografiya” Vahob Asomovich Rafiqov
«Sharq» nashr iyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi
Bosh tahririyati Toshkent-2010
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo’lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma’muriga xabarnoma jo’nating.