Press "Enter" to skip to content

Qiziqarli matematika kitoblar

17. Yo’lda ketma-ket qator qilib 10 ta ustun o’rnatilgan. Har bir ustundan keyingisigacha bo’lgan masofa 10 metrdan. Sportchi 1-ustundan 10-ustungacha yetib bordi va yana 1- ustunga qaytib keldi. Sportchi qancha yo’l bosgan?

Matematikadan mantiqiy savollar va masalalar javobi bilan

Matematika fanidan juda qiziqmisollar, boshqotirma masalalar, aniq va chalg’ituvchi savollar. Qo’lingizga ruchka va qog’oz olib o’qishni boshlang.

Matematika bilan shug‘ullanish to‘g‘ri va izchil fikrlashga, mulohaza yuritishga o‘rgatadi. Matematika bizni ortiqcha qayta-qayta sanashlardan xalos etadi, ma’lum narsa yordamida ilgari noma’lum bolgan narsalarni topishimizga yordam beradi. Quyida sizlar uchun matematika faniga oid mantiqiy savollar, qiziqarli boshqotirmalar, jumboqli misollarni to’plab e’tiboringizga havola etmoqdaman. Ba’zi savollar matematik aniqlikka asoslangan bo’lsa, ba’zilari mantiqiydir. Hurmatli o’quvchi, sizning bilimingizga ishonaman, javobni ko’rishdan avval albatta o’zingizni sinab ko’rasiz. Shunday qilsangiz aqlingiz charxlanadi, zehningiz yanada o’tkirlashadi.

1. Daraxtning 4 ta shoxi bor, har bir shoxida yana 4 tadan shoxchalari bor, bu shoxchalar ham yana 4 tadan mayda shoxchalarga bo’lingan va ularni har birida bittadan olma bor, barcha olmalar sonini hisoblang.

Savolning javobi

2. Ilhom bozordan 1 kg. lik tarvuz olib keldi. Tarvuz 99% suvdan iborat edi. Ilhom tarvuzni quyoshda unutib qoldirdi va keyin tarvuz 98% suvdan iborat bo’lib qoldi. Savol: quyoshda qolib ketgandan keyin tarvuzning og’irligi necha kg bo’lgan?

Savolning javobi

3. 1 ta bakteriya 1 sekundda 2 taga ko’payadi. O’sha 1 ta bakteriyani bir bonka (idish)ga solganimizda 1 soatda liq to’ldi. Qancha vaqtda bakteriya Bonka (idish)ni yarmiga keladi?

Savolning javobi
59 minut 59 sekundda bonka yarim bo’ladi, 1 sekunddan keyin esa 2 taga ko’payib bonka to’ladi.

4. Sinfda 30 ta o’quvchi o’qiydi. Ulardan 20 tasi rus tilini biladi. 18 tasi ingliz tilini biladi. Savol: nechtasi har ikkala tilni biladi?

Savolning javobi
12 ta rus, 10 ta ingliz, 8 har ikki tilni biladi.

5. Uzunligi 36 metr bo’lgan chitni sotuvchi har qaysi xaridorga 3 metrdan sotdi. Savol: sotuvchi chitni necha marta kesgan?

Savolning javobi
1+2+8=11 marta kesilgan

6. Men bir son o’yladim. Uning yarmiga choragini qo’shsak , 18 hosil bo’ladi. Savol: Men qanday son o’ylabman?

Savolning javobi

7. Onasi Ahmadga 4 litr suv olib kelishni tayinladi. Lekin onasi unga faqat ikkita idish berdi, ulardan biri 3 litrlik, ikkinchisi 5 litrlik edi. Ahmad bu idishlar yordamida 4 litr suv o’lchashi mumkinmi? Ahmadga yordam bering.

Savolning javobi

Avval, 3 litrda to’ldirib suv oladi. Bu suvni 5 litrlik idishga soladi. Keyin yana 3 litrlikda to’ldirib suv oladi va 5 litrlikka idishdagi suv ustiga soladi. Shunda 3 litrlik idishda 1 litr suv ortib qoladi. Endi 5 litrlik idishni bo’shatib, Haligi 1 litr suvni 5 litrlik idishga solidi. Va uning ustiga 3 litrlik idishda suv to’ldirib soladi. Shunda 4 litr suv bo’ladi.

8. Uch kishi 30 so’mga tushlik qilishdi. Ular ketishgandan so’ng kafe xo’jayini tushlik narhi 30 so’m emas, 25 so’m ekanligini payqab qoldi va o’sha yerdagi bir yosh bolani qo’liga 5 so’m berib ularning orqasidan jo’natdi. Xurrandalarning har biri o’zlariga 1 so’mdan olishdi va 2 so’mni bolaga qaytarib berishdi. Bundan chiqdiki, har bir kishi tushlik uchun 10 so’mdan emas 9 so’mdan to’lashgan. Ular 3 kishi: 3×9=27, yana 2 so’m bolada: 27+2=29. Savol 1 so’m qayerga g’oyib bo’ldi?

Savolning javobi

Aslida sal chalg’ituvchi topishmoq edi: Xo’randalar 25 so’m tushlik uchun kafe ho’jainiga, 2 so’m bolaga berishgan
3*9-2+5=30
9 — Har bir xo’randa tushlik uchun to’lagan haq, 2 — Boladagi pul, 5 — Xo’jayinning bolaga bergan qaytimi.

9. Beshta 1 yordamida 100 sonini qanday hosil qilish mumkin?

Savolning javobi

10. Bir qurbaqa 30 m quduqdan kunduz 3 metr yuqoriga, kechalari 2 metr pastga harakat etsa, quduqdan necha kunda chiqadi?

Savolning javobi
28 kunda, chunki, oxirgi kuni orqaga harakat qilmaydi.

11. 81 ta bir xil ko’rinishli tangalar bor. Ammo bulardan bittasi qalbaki va u boshqalaridan biroz yengil. Ikki pallali tarozi yordamida 4 marta tortish bilan shu qalbaki tangani topib bering.

Savolning javobi

Buning uchun tangalarni 3 qismga bo’lamiz, 27 tadanga bo’linadi.
1. Ikkita 27ni tarozuga tortib ko’riladi, qaysi biri yengilroq kelsa qidirilayotgan tanga shular orasida bo’ladi, agar og’irligi teng bo’lsa chetga olib qo’yilgan uchinchi 27 ni ichida qidirilayotgan tangalar bor bo’ladi. (Xullas, shu tariqa 1-o’lchashda faqat 1 ta 27 tanlab olinadi)
2. Tanlangan 27 ni ham 3 qismga bo’lamiz va 2 ta 9ni tarozuni ikki pallasiga qo’yib tortamiz, va yuqoridagidek yengilroq qism tanlab olinadi.
3. Tanlangan 9 ni 3 qismga bo’linadi.
4. Qolgan 3 tangani ikkitasi tanlanadi va tarozida tortiladi, yoki biri yengilroq bo’ladi, yoki esa ikkisi teng, chetga olib qo’yilgani esa qidiralayotgan tanga!

12. Bir sutkada soatning minut strelkasi necha marta ustma-ust tushadi.

Savolning javobi

13. Qanday sonni hech qanday matematik amal bajarmasdan cheksizlik belgisiga aylantirish mumkin?

Savolning javobi

14. 5 xonali sondan iborat parol qo’yilgan, Bu parolni ochish uchun necha xil variantda son terish kerak ?

Savolning javobi
99999 xil taxminiy sonni terish kerak (masalan: 00000, 00001, 00002, 00003 …. va hokazo)

15. Qanday soat sutkada ikki marta aniq vaqtni ko’rsatadi?

Savolning javobi
buzuq soat

16. Qanday 3ta sonning yig’indisi ularning ko’paytmasiga teng?

Savolning javobi

17. Yo’lda ketma-ket qator qilib 10 ta ustun o’rnatilgan. Har bir ustundan keyingisigacha bo’lgan masofa 10 metrdan. Sportchi 1-ustundan 10-ustungacha yetib bordi va yana 1- ustunga qaytib keldi. Sportchi qancha yo’l bosgan?

Savolning javobi

18. Shunday ikki sonni topingki, ularning ko’paytmasi 28 bo’lib, kattasini kichkinaga bo’lganda ham 28 chiqsin!

Savolning javobi

19. Savolim kulcha haqida. Kulchalarni tarqatganda har birimizga 1.5 tadan to’g’ri kelyapti. Lekin Oramizdan 1 kishi kulcha yemasa, har birimizga 2 tadan to’gri keladi. Biz necha kishimiz?

Savolning javobi
Umumiy 4 kishi va 6 ta kulcha bor. 1.5*x=(x-1)*2. 0.5*x=2. x=4

20. To’rtta besh raqami va arifmetik ishoralar yordamida 100 hosil qiling!

Savolning javobi

21. Mahsulotning narhini 50% ga oshirib 50% ga tushirilsa. Bahosi o’zgaradimi?

Savolning javobi
100 so’mlik narsani 50%ga oshiramiz = 150so’m, 150so’mni 50% ga kamaytirsak 75so’m.

22. 1,2,3,4,5 raqamlar orasiga arifmetik amallar ishoralarini shunday qo’yingki natijada 100 hosil bo’lsin!

Savolning javobi

23. Bu sonlarning orasiga to’qqizta plyus yoki minus ishorasini shunday quyingki, ifodaning javobi to’g’ri chiqsin:
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 = 1

Savolning javobi
0-1-2-3-4-5+6-7+8+9=1
yoki
0+1+2+3+4+5-6-7+8-9=1
yoki
0-1+2+3+4+5-6-7-8+9=1

24. Menda 10 sum bor, sizda 15 sum bor. Pulimiz teng bo’lishi uchun necha pul berasiz menga?

Savolning javobi
2,5 sum. Shunda 12,5 = 12,5

25. 12 ta odam bir-biri bilan salomlashganda salomlar soni nechta bo’ladi? (Bitta odamga ikki martta salom berish va o’ziga-o’zi salom berish yo’q)

Savolning javobi
11+10+9+8+7+6+5+4+3+2+1=66

26. Bir quruvchi bir uyni 30 kunda qurib bitirdi. Ikkinchi quruvchi shu uyni 20 kunda qurdi. Ikkala quruvchi baravariga ishlashsa necha kunda uyni bitirishadi?

Savolning javobi
1/30+1/20=1/x x=12kun
yoki (30*20)/(30+20)=12

27. Yilda eng kalta oy qaysi?

Savolning javobi
May — chunki 3ta harfdan iborat

28. Kechadan oldin Murod 17 yosh edi. Keyingi yilda u 20 yoshga kiradi. Bu qanday yuz beradi?

Savolning javobi

Agar bugungi kun 1 yanvar bo’lsa, Murodning tug’ilgan kuni 31 dekabrda. Kechadan oldin (30 dekabr) u 17 yosh edi, kecha (31 dekabr) u 18 to’ldi, shu yil u 19 ga kiradi, keyingi yilda esa 20 yoshni qarshi oladi.

29. Bir odam olma donasini 5 so’mdan sotib olib, uni 3 so’mdan sotgan. Oradan bir qancha vaqt o’tib u millionerga aylangan. U buni qanday uddaladi?

Savolning javobi
U milliarder bo’lgan

30. Oppoq tovuq don cho’qir,
Suv ichadi qorasi .
Necha tovuq bo’ladi,
Qo’shilganda olasi.

Savolning javobi

31. Akasi 12 yosh 7 oylik. U singlisidan 3 yosh 5 oy katta bo’lsa, singlisi necha yoshda?

Savolning javobi
9 yosh 2 oy

32. 7 ta sham yoqishgandi, 2 tasi o’chib qoldi. Nechta sham qoldi?

Savolning javobi
2 ta, qolganlari erib ketadi

33. Toshkentdan Samarqand tomon poyezd yo’lga chiqdi. U belgilangan vaqtdan yarim soatga kech qoldi. Samarqanddan Toshkent tomon ham poyezd yo’lga chiqdi, u jadvaldagidan 10 daqiqaga kech yo’lga chiqdi. Har ikki poyezd bir-biri bilan uchrashgan vaqtda qaysi poyezd Toshkentga yaqinroq bo’ladi?

Savolning javobi
Poyezdlar har ikki shahardan bir xil masofada uzoqlikda bo’lishadi.

34. Devorning uzunligi 20 metr va balandligi 3 metr bo’lib, og’irligi 3 tonna. Uni qo’shimcha qurilmalarsiz qanday ag’darish mumkin?

Savolning javobi

Hisob-kitoblarga ko’ra, bu devorning qalinligi 2 santimetrdan oshmaydi, demak uni qo’lda itarsak ham ag’anaydi.

35. It 10 metrlik ipga boylangan, ammo u 300 metrga ketib qoldi. Qanday qilib?

Savolning javobi
It ustunga boylanmagan edi

36. Quyon ikki oyog’ida turganda 5 kg kelsa 4 oyog’ida tursa necha kg keladi?

Savolning javobi

37. Bitta tayoqning 2 ta uchi bo’lsa, 1 yarimta tayoqning nechta uchi bo’ladi?

Savolning javobi

38. Bir bola ko’chadan 1 so’m pul topib oldi, agar ko’chaga 2 ta bola chiqsa necha so’m topib olardi?

Savolning javobi

39. Qayin daraxtining 8 ta shoxi bor, har bir shoxida 8 tadan shoxcha, har bir shoxchada yana 8 tadan shoxcha bor va har bir shoxchada 8 tadan olma bo’lsa, hammasi bo’lib nechta olma bor?

Savolning javobi
Qayin olma solmaydi

40. Bitta birga bitta uch
Yopishibdi qolibdi,
Har ikkisi sarflab kuch,
Bitta bosh harf bo’libdi?

Savolning javobi

41. Siz musobaqada ishtirok etmoqdasiz va ikkinchi o’rinda yugurayotgan kishidan o’zib ketdingiz. Siz hozir nechanchi o’rindasiz?

Savolning javobi

Siz ikkinchi yugurayotgan kishidan o’zib ketdingiz va uni o’rnini egalladingiz, demak siz ikkinchi o’rindasiz

42. Bita va koptok 1,10 dollar turadi. Bita koptokka qaraganda 1 dollardan qimmatroq turadi. Koptok qancha turadi?

Savolning javobi

5 sent. Agar koptok 5 sent bo’lsa, bita esa 1 dollardan qimmatroq bo’lsa, u 1,05 dollar turadi. Ularning qiymati 1,10 dollarga teng bo’ladi

43. Ikki xonali sonning raqamlar yig’indisi eng katta bir xonali songa teng. O’nlar xonasidagi raqam esa, bu yig’indidan 2 ga kam. Shu sonni toping.

Savolning javobi

44. To’la kvadratni (butun sonning kvadrati) 3 ga bo’lganda qanday qoldiq qolishi mumkin?

Savolning javobi

45. Sarvar o’yinchoq askarlarni o’ynayapti. Dastlab o’yinchoqlarni juft-juft qilib joylashtirishga urindi, ammo bitta ortib qoldi. So’ngra Sarvar o’yinchoqlarni 3 tadan joylashtirmoqchi bo’ldi. Unda ham bitta o’yinchoq ortib qoladi. Agar u 4 tadan, 5 tadan, 6 tadan joylashtirmoqchi bo’lsa ham bitta ortib qoladi. Oxiri 7 tadan safga joylashtirishga erishdi. Agar Sarvardagi o’yinchoqlar soni 1000 tadan kam bo’lsa, unda nechta o’yinchoq bo’lishi mumkin?

Savolning javobi

46. Sinfda 35 o’quvchi bor. Ulardan 20 tasi matematika to’garagiga, 11 tasi biologiya to’garagiga qatnashadi. 10 tasi esa hech qaysi to’garakga qatnashmaydi. Nechta o’quvchi ham biologiya, ham matematika to’garagiga qatnashadi?

Savolning javobi

47. Sayyohlar guruhi chet ellar bo’ylab sayohatga chiqishdi. Ulardan 28 kishi ingliz tilini, 13 kishi frantsuz tilini, 10 kishi nemis tilini, 8 kishi ingliz va fransuz tilini, 5 kishi frantsuz va nemis tilini, 6 kishi ingliz va nemis tilini, ikki kishi uchchala tilni xam biladi, 41 kishi yuqoridagi uchta tildan hech birini bilmaydi. Sayyohlarning umumiy sonini toping.

Savolning javobi

48. 6- sinf o’quvchilari 2 ta masala yechishdi. Dars oxirida Shokir Qosimovich to’rtta ro’yxat tuzdi: 1 — birinchi masalani yechganlar, 2 — faqat bitta masala yechganlar, 3 — kamida bitta masala yechganlar, 4 — ikkala masalani yechganlar. Ro’yxatlardan eng uzuni qaysi? Ikkita ro’yxat tarkibi bo’yicha ustma-ust tushishi mumkinmi? Agar mumkin bo’lsa, qaysilari?

Savolning javobi
3- royxat eng uzun, 2- va 3-

49. Qiz bola o’zining ismidagi har bir harf o’rniga uning alifbodagi tartib raqamini qo’ydi va 1114111 sonini hosil qildi. Qizning ismi nima?

Savolning javobi

50. Idishda oq va qora sharlar bor. Undan bitta qora shar olsak, idishdagi oq va qora sharlar soni teng bo’ladi. Bitta oq sharni olsak, qora sharlardan ikki marta kam oq sharlar qoladi. Idishda nechta oq va nechta qora shar bor?

Qiziqarli_matematik_jumboqlar.pdf

1 . Bir nuqtadan o’tuvchi ikki to’g’ri chiziqdan hosil bo’lgan geometrik shakl.

2. Ikki nurdan hosil bo’lgan geometrik shakl.

3. Bir nuqtadan chiquvchi ikki nurdan hosil bo’lgan geometrik shakl.

To’g’ri javob.

Bir nuqtadan chiquvchi ikki nurdan hosil bo’lgan geometrik shaklga burchak deyiladi .

Yoyiq burchak deb nimaga aytiladi?

1. Tomonlari to’gri chiziqni tashkil qiluvchi burchak

2. Kesishuvchi to’g’ri chiziqlar orasidagi burchak

3. Burchak uchidan chiquvchi nur.

To’g’ri javob .

Tomonlari to’g’ri chiziqni tashkil qiluvchi burchak

Qanday burchak to’g’ri burchak deyiladi ?

1. 180 ga teng bo’lgan burchak .

2. 90 ga teng bo’lgan burchak.

3. 90 dan katta bo’lgan burchak .

To’g’ri javob .

90 ga teng bo’lgan burchakka to’g’ri burchak deyiladi .

O’tkir burchak deb nimaga aytiladi ?

1. To’g’ri burchakdan katta burchak .

2. To’g’ri burchakdan kichik burchak.

3 . To’g’ri burchakka teng burchak.

To’g’ri javob .

To’g’ri burchakdan kichik

O’tmas burchak deb nimaga aytiladi ?

1. To’g’ri burchakdan katta burchak .

2. To’g’ri burchakdan kichik burchak.

3 . To’g’ri burchakka teng burchak.

To’g’ri javob .

To’g’ri burchakdan katta