Unsurul Maoliy Kaykovus «Qobusnoma»
Kaykovus, avvalo, inson do’stsiz bo’lgandan ko’ra, birodarsiz bo’lgani durustdir, deydi. Kishining do’sti qancha ko’p bo’lsa, aybi shuncha sir tutiladi va fazilati ko’payadi. Kaykovus qiyinchiliklarda hamdard, tayanch bo’ladigan, sadoqatli, ta’magir, hasadchi bo’lmagan, aqlli, ilmli, muruvvatli kishilarni do’st tutish mumkin, deb ta’kidlaydi. SHuningdek, do’st bilan dushmanni ajrata bilish, dushman oldida o’zini ojiz ko’rsatmaslik, kuchli dushman va xiyonatchi, chaqimchi, sir ochuvchi do’stdan saqlanishni maslahat beradi. U quyidagi xislatlarni har bir kishi o’zida tarkib toptirishni ta’kidlaydi. Bular: o’zidan zo’r kishi bilan urushmaslik, hasadchi kishi bilan birga jamoat o’rtasida o’tirmaslik, nodon bilan munozara qilmaslik; riyokor, ikkiyuzlamachi kishi bilan do’st bo’lmaslik; yolg’onchi kishi bilan muomala qilmaslik; baxil bilan suhbatda bo’lmaslik; dushman kishi bilan sharob ichmaslik; xotinlar bilan bir yerda ko’p o’tirmaslik; kishilarga sir aytmaslik; biror kishi aybingni aytsa, shu aybni yo’qotishga harakati kilish, biror kishini ortiqcha maqtash yoki ortiqcha yomonlamaslik, muhtoj bo’lgan odamni hojatini chiqarish, kechirimli bo’lish, kichiklarga mehribon bo’lish; bir ishni ikki kishiga buyurmaslik, ya’ni sheriklik ish qilmaslik kabi hayotiy tavsiyalardir.
Qobusnoma kitobi haqida
Китоб маҳсулотларининг характеристикалари, етказиб бериш шартлари, ташқи кўриниши ва ранги ҳақидаги маълумотлар фақат маълумот учун мўлжалланган ва жойлаштирилган пайтда мавжуд бўлган энг сўнгги маълумотларга асосланади.
Электрон китоб
Эътибор беринг “Сотиб олинган китоблар қандай ўқилади?” бўлими билан танишиб чиқинг!
Буюртма бериш учун, авторизациядан ўтинг
Дўстларизга тавсия этинг
- Аннотация
- Мундарижа
- Фикр ва мулоҳазалар
«Qobusnoma» Sharq xalqlari orasida ma’lum va mashhur. Shul bois, bu durdona asar ko‘p marotaba nashr etilgan. Oldingi nashrlarda parvardigori olamni tanimoq, Haq Taoloning shukrguzarligi, ne’matlarga shukr qilmoq hamda payg‘ambarlar xilqatiga bag‘ishlangan boblar tushirib qoldirilgan edi. Aziz kitobxon! «Qobusnoma» (XI) asari tarjimasi tabdilining to‘ldirilgan mazkur nashri o‘zbek tilida e’lon qilingan va biz kitobxonlarimizning talab-istaklarini inobatga olib, uni qaytadan nashrga tayyorladik. Kitob sizu bizni o‘z taqdirimiz ustida jiddiy o‘ylashga undaydi.
- Муқаддима
- Мавъизатномаи Кайковус
- БИРИНЧИ БОБ. Парвардигори оламни танимоқ зикрида
- ИККИНЧИ БОБ. Пайғамбарларнинг хилқати зикрида
- УЧИНЧИ БОБ. Ҳақ таолонинг шукргузарлиғи зикрида
- ТЎРТИНЧИ БОБ. Неъматларға шукр қилмоқ зикрида
- БЕШИНЧИ БОБ. Ота ва она ҳақини билмак зикрида
- ОЛТИНЧИ БОБ. Ҳунар афзунлиғи била баланд қадр ва олий табъ бўлмоқ зикрида
- ЕТТИНЧИ БОБ. Сухандонлик била баланд мартабали бўлмоқ зикрида
- САККИЗИНЧИ БОБ. Ануширавон пандларин ёд олмоқ зикрида
- ТЎҚҚИЗИНЧИ БОБ. Қарилик ва йигитлик сифати зикрида
- ЎНИНЧИ БОБ. Тамкин шарофати ва таом тартибининг баёни
- ЎН БИРИНЧИ БОБ. Шароб ичмак зикрида
- ЎН ИККИНЧИ БОБ. Меҳмон олмоқ ва меҳмон бўлмоқ зикрида
- ЎН УЧИНЧИ БОБ. Мазоҳ қилмоқ, шатранж ва нард ўйнамоқ одобин баёни зикрида
- ЎН ТЎРТИНЧИ БОБ. Ишқ ва унинг одатлари зикрида
- ЎН БЕШИНЧИ БОБ. Нафъ олмоқ зикрида
- ЎН ОЛТИНЧИ БОБ. Ҳаммомга бормоқ зикрида
- ЎН ЕТТИНЧИ БОБ. Ухламоқ ва осуда бўлмоқ зикрида
- ЎН САККИЗИНЧИ БОБ. Шикорга чиқмоқ зикрида
- ЎН ТЎҚҚИЗИНЧИ БОБ. Чавгон ўйнамоқ зикрида
- ЙИГИРМАНЧИ БОБ. Уруш қилмоқ зикрида
- ЙИГИРМА БИРИНЧИ БОБ. Мол жам этмоқнинг зикрида
- ЙИГИРМА ИККИНЧИ БОБ. Омонатни сақламоқ зикрида
- ЙИГИРМА УЧИНЧИ БОБ. Асир сотғун олмоқни(нг) зикрида
- ЙИГИРМА ТЎРТИНЧИ БОБ. Уй ва ер сотиб олмоқ зикрида
- ЙИГИРМА БЕШИНЧИ БОБ. Чаҳорпой (от) сотиб олмоқнинг зикрида
- ЙИГИРМА ОЛТИНЧИ БОБ. Хотин олмоқ зикрида
- ЙИГИРМА ЕТТИНЧИ БОБ. Фарзанд парвариш қилмоқ зикрида
- ЙИГИРМА САККИЗИНЧИ БОБ. Дўст тутмоқ зикрида
- ЙИГИРМА ТЎҚҚИЗИНЧИ БОБ. Душмандин андиша қилмоқ зикрида
- ЎТТИЗИНЧИ БОБ. Афв ва уқубат қилмоқ зикрида
- ЎТТИЗ БИРИНЧИ БОБ. Илм талаби ва қозигарлик зикрида
- ЎТТИЗ ИККИНЧИ БОБ. Тижорат ва бозоргонлик расми зикрида
- ЎТТИЗ УЧИНЧИ БОБ. Тиб илми расми зикрида
- ЎТТИЗ ТЎРТИНЧИ БОБ. Нужум (юлдузлар) ва ҳандаса (геометрия) илми зикрида
- ЎТТИЗ БЕШИНЧИ БОБ. Шоирлик расми зикрида
- ЎТТИЗ ОЛТИНЧИ БОБ. Ҳофиз ва созандалик зикрида
- ЎТТИЗ ЕТТИНЧИ БОБ. Подшоҳга хизмат қилмоқ зикрида
- ЎТТИЗ САККИЗИНЧИ БОБ. Подшоҳга надимлик қилмоқ зикрида
- ЎТТИЗ ТЎҚҚИЗИНЧИ БОБ. Дабирлик ва котиблик зикрида
- ҚИРҚИНЧИ БОБ. Вазирликнинг шарт ва расмлари зикрида
- ҚИРҚ БИРИНЧИ БОБ. Сипоҳсоларлик шартлари ва одатлари зикрида
- ҚИРҚ ИККИНЧИ БОБ. Подшоҳлик шарти ва расми зикрида
- ҚИРҚ УЧИНЧИ БОБ. Деҳқончилик ва бозор пешалари баёни зикрида
- ҚИРҚ ТЎРТИНЧИ БОБ. Жувонмардлик зикрида
- Изоҳлар
Unsurul Maoliy Kaykovus «Qobusnoma»
Kaykovus 412 hijriy yilda (milodiy 1021—1022) tug’ilgan. Uning avlodlari gilon qabilasidan bo’lib, Tabaristonda (hozirda Kaspiy dengizining janubidagi hudud) yashaganlar.
Ammo biz Kaykovus haqida batafsil ma’lumotlarga ega emasmiz.
Kaykovus o’z hayoti davomida ko’rgan-bilganlari asosida o’zining buyuk «Qobusnoma» asarini yaratäè. Kitobni u o’g’li Gilonshohga bag’ishlagan. Bu paytda Kaykovus taxminan oltmish yoshlarda edi.
«Qobusnoma» SHarqda, xususan Eronning o’zida ham saqlanib kelayotgan an’anaga ko’ra pand-nasihat tarzida yozilgan bo’lib, mana bir necha asrlardan beri xalqlarni, jumladan yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda, ularni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim qo’llanma bo’lib kelmoqda.
Lekin asarning «Qobusnoma» deb atalishining sababi, uning umuman Qobusga aloqasi haqida eslatilmaydi.
Kitob Eronda sakkiz marta nashr etiladi. Bularning eng mukammali mashhur oli Rizo Qulixon Hidoyat tomonidan 1890—1891 yillarda chop etilgan nashri hisoblanadi. Asar keyinchalik Bombeyda, Isfaxonda Fatxulla ibn Amulla Vali Urduni Baxtiyoriy tomonidan chop etildi.
Bundan tashqari, «Qobusnoma» ko’plab SHarq va G’arb tillariga o’girilib, nashr etilgan. Jumladan, 1432 yilda Merjomak Ahmad ibn Ilyos tomonidan, 1705 yilda Hasan posha Nazmizoda Murtoza tomonidan, 1881 yilda Qozon tatarlari tilida Qayum Nosiriy tomonidan, 1860 yilda Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan o’zbek tiliga, G’arb tillaridan — nemis, frantsuz, ingliz tillariga tarjima qilinib, chop etildi.
Endi bir-ikki og’iz so’z SHamsul-maoliy Qobus haqida. SHamsul-maoliy Qobus o’z davrining fozil kishilaridan bo’lgan. U keng bilim egasi bo’lish bilan birga she’rlar ham yozgan. Hukmdorligi davrida o’z saroyida zamonasining peshqadam olimlari va shoirlarini yig’ib, poytaxti Jurjonni yirik madaniy markazga aylantirgan. Tarixiy manbalarda Qobusning arab tilida yozgan, uchta kitobdan iborat mashhur «Nomalar»i bo’lganligi qayd etiladi. Bular «Kamol al-balag’a» («Suxandonlik kamoloti»), maqol va hikmatlar to’g’risidagi «Al-forida fi-l amsal va-l adab» («Nodir nomalar»), «Risola fi-l iftixor va-l itob» («Tanbeh va maqtov nomalari»)dir.
«Qobusnoma» murakkab yo’lni bosib o’tdi. SHo’ro mafkurasi davrida asarning insonni aqliy, axloqiy tarbiyalashdagi ahamiyati hokim sinf axloqini targ’ib qilish deb baholandi. Kaykovusning Vatan haqidagi, kasb-hunarni ulug’lovchi, bilimlarni egallash haqidagi fikrlari, diniy qarashlari siyosiy nuqtai nazardan qoralanadi. Asarning qimmati faqat uning adabiy-badiiy, til xususiyati va tarixiy jihatlarida deb ta’kidlandi.
Ammo «Qobusnoma» asariga davr va shart-sharoitlar, siyosiy qarashlar ta’sirida qay darajada soya tashlanmasin, bu asar mashhur hind asari «Kalila va Dimna», izom ul-Mulkning «Siyosatnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», YUsuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit turk», Sa’diyning «Guliston», Ahmad YUgnakiyning «Hibat ul-haqoyiq», Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Voiz Koshifiyning «Axloqi muhsiniy», Davoniyning «Axloqi Jaloliy» kabi axloqiy-ta’limiy asarlari bilan bir qatorda SHarq pedagogik fikr taraqqiyotida inson kamolotini shakllantirishda muhim o’rinni egallaydi. Unda SHarq pandnomalaridagi an’anaga binoan va X asrda paydo bo’lgan yoshlar jamoasi juvonmardlik tarbiyasi ifodalanadi.
Muallif juvonmardlik haqida eng oxirgi bobda so’z yuritadi. U odamlarning xislatlarini uch xilga bo’ladi: biri aql, biri rostlik va yana biri juvonmardlikdir. Juvonmardlikni asosini Kaykovus uch narsada deb biladi. Birinchisi, aytgan so’zning ustidan chiqish, ya’ni rostlik; ikkinchisi rostlikka xilof qilmaslik; uchinchisi, xayr ishini ilgari tutish 1 .
Insondagi boshqa barcha xislatlar shu uch narsaga bog’liq, deydi Kaykovus. Juvonmardlik (yoki iyorlik)ning ustunlarini (ruknlari) quyidagilarda deb ko’rsatadi: jasurlik, mardlik, sabr-matonat, va’daga vafo qilmoq, pok dil va pok zabon bo’lmoq; asirlarga ziyon yetkazmaslik, bechora kishilarga madad berib, yomonlarning yomonlig’ini yaxshilardan yiroq tutish, rostgo’ylik, yaxshiga yomonlik qilmaslik, ziyon-zahmatdan saqlash, odamlarga ziyon-zahmat yetkazmaslik. Juvonmard sipohiylar esa sabr-bardosh bilan ish tutishi, kamtarlik va mehmondo’stlik, sahiylik, to’g’rilik, haqshunoslik, pok kiyinish, yaxshi qurollanishi zarurligini qayd etadi.
Mazkur bobda yana juvonmardlik yo’lini tanlagan yoshlarga uch narsadan o’zini: ko’zni yomon nazardan, qo’lni yomon ishdan, tilni yomon so’zdan saqlashni tavsiya etadi.
Uch narsani do’st va dushmanga ochiq tut: uy eshigini, sufra boshini, hamyonning bog’ichini, deydi. So’ng hamma vaqt rostgo’y bo’lish, xiyonat qilmaslik ham juvonmardlikning ko’rinishlaridan, deb biladi. SHuningdek, Kaykovus juvonmardlikning kamolot nuqtasini ko’rsatuvchi mezon deb o’z mol-mulkini o’zganikidan ajrata bilish, xalq mulkiga ta’ma qilmaslik, birovning mol-mulkiga xiyonat qilmaslik, xalqqa yomonlik qilmaslik, qanoatli bo’lish kabilarda deb biladi.
SHuningdek, mazkur bobda Kaykovus aql haqida ham fikr bildirib, inson qobiliyatining bir xil emasligini, inson aqlining tug’ma, ya’ni azaliy aql (tabiiy aql) va kasbiy aql, ya’ni muktasib (o’rgatilgan aql) kabilarga bo’linishini bayon etadi. Kasbiy aqlni donish ham derlar, deydi. Muktasib aqlni o’rganish mumkin, ammo azaliy aqlni o’rganishga yo’llaydi. Kaykovus aql hikma (falsafa) bilan kamol topadi, deb ko’rsatadi. Muktasib aqlning takomillashib borishini, tabiiy aql ham muktasib aqlsiz rivojlanishi mumkin emasligini ta’kidlaydi va fikrlari bilan ta’lim-tarbiyaning ahamiyatiga katta e’tibor berib, insonning kamolga erishishida aqliy shakllantirish g’oyasini ilgari suradi.
- Kaykovus bilim olish haqida.
- Hunar va turli kasb egalari haqida.
- Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.
- Jismoniy yetuklik haqida.
Birinchisiga, ya’ni biror kasb bilan bog’liq ilmlarga tabiblik, munajjimlik, muhandislik, yer o’lchash, shoirlik va boshqalar kiritiladi. Ilmga taalluqli kasblar musiqa asboblari ustasi, hayvonlarni davolovchi, binokorlik va boshqalar bo’lib, har qanday usta bo’lsa ham bu boradagi ilmni bilmasa, hech ish qila olmasligi ta’kidlanadi.
SHuningdek, ilm olish yo’liga kirgan toliblarga ham yo’llanmalar beradi:
Hamma vaqt parhezli va qanoatbaxsh bo’lish, bekorchilikdan o’zini tiyish, doimo shod-xurram va harakatchan bo’lish, kitob o’qishga berilish, ilm yo’lida qayg’u-hasratga berilmaslik, ilmni yodda saqlash uchun takrorlab borish, yod olish, ilmda haqiqat uchun kurashish, taqlid qilmaslik, doimo o’z yonida kitob va boshqa o’quv qurollarini saqlash, oz so’zlab, ko’p tinglash haqida fikr bildiradi. Ilm yo’lida munozaradan cheiknmaslik, lekin uni janjalga aylantirmaslik, isbot va dalillar bilan o’z fikrini bayon qilish zarurligini ta’kidlaydi. YAna u olimning aytgani bilan qilgan ishi bir bo’lishi kerakligi, ilmni chuqur o’rganish, har bir kasb, sohaning bilimdoni bo’lishda doimo kamtar, oqil, xalqparvar, har bir narsani oldindan ko’ra biladigan bo’lish kerakligini ham ko’rsatib o’tadi. Zero, ilmni faqat kitobdan o’rganish bilan cheklanib qolmay, aql, tafakkur bilan hukm chiqarish zarurligini ham ta’kidlaydi. Ana shu talablar asosida u tijorat ilmi, tib ilmi, nujum (yulduzlar) ilmi, handasa (geometriya) ilmi borasida o’z qarashlarini tarbiyalashda ularga ilmu odob o’rgatishlari zarurligi ham ta’kidlanadi.
Kaykovus bilim va aqlning ahamiyatini ulug’lar ekan, uni mol-dunyodan ham yuqori qo’yadi: «Agar molsizlikdan qashshoq bo’lsang, aqldan boy bo’lmoqqa sa’y ko’rguzgilki, mol bila boy bo’lg’andan, aql bila boy bo’lg’on yaxshiroqdur, nedinkim aql bila mol jam etsa bo’lar, ammo mol bila aql o’rganib bo’lmas. Bilg’il, aql bir moldurki, uni o’g’ri ololmas, u o’tda yonmas, suvga oqmas» 1 — deb ta’riflar ekan, inson adabi ham aqlning belgisi, («al-adab-suratil aql») deya xulosa chiqaradi.
Kaykovus jamiyat taraqqiyotida ilm bilan birga kasb-hunarning ham zarurligini ta’kidlaydi: «Agar kishi har qancha oliy nasab va asl bo’lsa-yu, ammo hunari bo’lmasa, u haloyiqning izzat va hurmatidan noumid bo’lur. Ulug’lik aql va bilim biladur, nasl-nasab bila emas. Otni senga ota va onang qo’ymishlar, sen unga g’urra bo’lmag’il . Ammo sen hunar bila bir nomga ega bo’lg’il» 1 . SHuning uchun ham asarda turli kasb egalari ulug’lanadi. Kasb-hunar o’rganishni bilim olish bilan qo’shib olib borishni tavsiya etadi. Fanni amaliyot bilan uzviy aloqada qaraydi. Kaykovusning bu qarashlari o’sha davrning ilg’or qarashlaridan sanaladi.
Asarda munajjimlik, yer o’lchash, musiqa, tibbiyot sohasidagi kasb egalarining faoliyati ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Ayniqsa, tibbiyot ilmiga oid qarashlari Kaykovusning zukko, donishmand, har tomonlama yetuk bilimga ega kishi bo’lganligidan dalolat beradi.
Ayniqsa, uning turli kasb-hunar vakillari haqidagi fikrlari amaliyotga tatbiq etishda o’ta muhimligi bilan diqqatga sazovor. Masalan, «Dabirlik va kotiblik zikrida» bobida yozma nutqni yaxshi egallash, chiroyli yozish va mashq qilishni maslahat beradi. U xat yozishda saj’ga rioya etish, har bir so’zni yoqimli, tushunarli, qisqa yozish, zukko va sezgir bo’lishni ta’kidlaydi. Xattotlikning ulug’ hunar ekanligi, ammo bu hunarda hech qachon soxtalik, pastkashlik qilmaslikni, sir saqlashni tavsiya etadi va bu borada ibratli hikoyatlar keltiradi.
Kasb-hunarga oid uning «Dehqonchilik va bozor peshalari bayoni zikrida» bobi ham diqqatga sazovor.
Tadqiqotchilar shu vaqtgacha Kaykovusni faqat yuqori tabaqa vakillari manfaatini ko’zlagan tarbiyashunos sifatida biryoqlama talqin etdilar. Aslini olganda Kaykovus yuqori tabaqa vakillarini ham ilm, hunar egallashga, mehnat qilishga undagan. Xususan, «Dehqonchilik va bozor peshalari bayoni zikrida» bobida ham u, avvalo, dehqonchilik ilmini egallash, mazkur ishda yerni tarbiya qilish, tezkor va g’ayratli bo’lishni ta’kidlaydi. Boshqa hunarlarni egallashda ham rostgo’y bo’lish, xiyonat qilmaslik, muhtojlarga yordam qilish kabi xislatlarga ega bo’lishga undaydi. Ayniqsa, uning bozor bilan bog’liq kasb-hunar kishilariga bergan o’gitlari qiziqarli. Masalan, u: «Bozor xalqi bila bozori bo’lg’il. Tosh va tarozini rost qilg’il. O’z aqchang haqida ikki dil va ikki hamyon bo’lmag’il. SHeriklaringga xiyonat qilmag’il, har peshakim qilsang, unga hiyla qilmag’il va hamisha hamma ishingni birdek qilg’il. Agar moldor bo’lsang, muhtojga qarz bermoqni g’animat bilg’il», — deb to’g’ri ta’kidlaydi. Bu pandlar ham hukmdorga, ham oddiy fuqaroga bab-baravar zarur bo’lib hisoblanadi. Bu bilan Kaykovus yoshlarda mehnatsevarlikni, mehnatkash insonga hurmat tuyg’usini tarbiyalaydi, jismoniy mehnat bilan ham aqliy mehnat kabi shug’ullanish lozimligini bayon etadi.
Kaykovusning «Qobusnoma» asarida yoshlar tarbiyasida — juvonmardlik talablaridan eng muhimi — axloq tarbiyasi deb ko’rsatiladi. U yoshlarda insonga nisbatan insoniy munosabatda bo’lish, adolatlilik, samiylik, saxiylik kabi xislatlarni tarkib toptirishni istaydi va asarning boshidan oxirigacha ana shu ezgu maqsadni amalga oshirishga harakat qiladi. Ko’rinib turibdiki, Kaykovus qarashlarida inson tarbiyasi omili muhim o’rin tutadi.
U axloqlilikning birinchi belgisi, suxandonlik deb biladi. U (suxango’ylik) notiqlikda rost so’zlash kerakligini ta’kidlaydi. U so’zlarni to’rt xilga bo’lgani kabi odamlarni ham to’rt xilga bo’ladi. Birinchi xil kishilar ko’p narsani biladi va yana bilgisi kelaveradi. Bular olimlar bo’lib, ularga bo’ysunish kerak, deydi. Ikkinchisi, bilmagan narsasini bilishga harakat qiladi, ular qobil kishilar bo’lib, bunday kishilarga o’rgatish kerak. Uchinchisi, bilganini ham bilmaydi, uyquda yashagandek, ularni «uyg’otish» kerak. To’rtinchisi, bilmaydi va bilmaganini tan olmaydi. Bular johil kishilar bo’lib, ulardan qochish kerak, deydi.
So’zlarning esa birinchi xili bilinmaydi va aytilmaydi; ikkinchisi aytiladigan va biladigan; uchinchisi ham bilinadi, ham bilishga zarurati yo’q, ammo aytsa bo’ladi. To’rtinchisi, bilinadigan va aytiladigan. Eng yaxshisi, to’rtinchisi, ya’ni bilinadigan va aytiladigani deydi. So’zlaganda andishalik bo’lish, sovuq so’zlik bo’lmaslik, kam gapirish, kamtarlik, maqtanmaslik, birovning so’zini diqqat bilan eshitish odoblarini ta’kidlaydi.
Uning axloqiy o’gitlari kitobda ota-ona haqqini bilish bilan boshlanadi. Unda Kaykovus «Qur’on» va «Hadislar»dagi talablardan kelib chiqqan holda o’zining nuqtai nazarini bayon qiladi: «O’z farzanding sening haqingda qanday bo’lishini tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bo’lg’il, nedinkim sen ota-onang haqida nima ish qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, chunki odam mevaga, ota-ona daraxtga o’xshaydir» 1 .
Kaykovus oilada otaning vazifasi va burchiga alohida ahamiyat beradi. Farzand tug’ilganda avvalo unga yaxshi ot qo’yish, undan so’ng aqlli va mehribon murabbiyga topshirish, o’qitish, ulg’aya boshlaganda kasb va hunar o’rgatish, harbiy ish bilan tanishtirish, so’ng suvda suzishni o’rgatish kerak, deydi. Kaykovus otaning burchi yana o’z farzandlariga nisbatan qattiqqo’l bo’lishini talab etadi. Lekin bolalarni jazolashni otaning o’zi emas, murabbiy tomonidan bajarilishini istaydi. CHunki otaning o’z qo’li bilan farzandini jazolashi unda adovat hissini paydo qiladi, deydi. Lekin otadan farzand hayiqib tursin, agar u hayiqmasa, ota-onani xor qiladi, deydi.
Kaykovus ota-onaning yana bir muhim vazifasi farzand balog’atga yetgach, o’g’il bo’lsa uylantirib, qiz bo’lsa uzatib, o’z burchini ado etishi kerak, deb ko’rsatadi. Ayniqsa qiz bola tarbiyasiga e’tibor berish, unga g’amxo’rlik qilish kerakligini alohida qayd etadi: «Agar qizing bo’lsa, uni mastura doyalarga topshirg’il, toki yaxshi parvarish qilg’aylar va kattaroq bo’lg’andin so’ng muallimga topshirg’il . Balog’atga yetgandan so’ng harakat qilib erga berg’il, unga shafqat va marhamat ko’rguzg’il, nedinkim qiz otaning asiri bo’lur» 2 .
Kaykovusning hayotida xulq-odob qoidalariga qanday rioya etish haqidagi, yoshlarni adolatparvar, insonparvar, saxovatli, qanoatli, muruvvatli bo’lishi haqidagi qarashlari, ayniqsa diqqatga sazovor. Ular yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi qarama-qarshilik asosida bayon etilgan:
«Ey farzand, yaxshilik qil va qilg’on yaxshilikdan hargiz pushaymon bo’lmag’il. Bir kishiga bir yaxshilik qilsang, ko’rgilki, yaxshilik qilg’on vaqtda u kishiga naqadar rohat yetg’on bo’lsa, sening ko’nglingga ham undan ziyodroq shodlik va xurramlik yetishur. Agar kishiga yomonlik qilsang, unga naqadar ranj yetsa, sening ko’nglingga ham ul miqdor tanglik yetishur. Demak, bu jahonda yaxshilik va yomonlik mukofoti, albatta, yetgusidur» 3 .
Kaykovusning kundalik turmushdagi xulq-odob qoidalariga oid fikrlari asarning «Majoz (hazil-mazah) qilmoq, shatranj (shaxmat), nard o’ynamoq zikrida», «SHikorga (ovga) chiqmoq zikrida», «CHavgon o’ynamoq zikrida», shuningdek, ovqatlanish, dam olish, hammomga borish, mehmondorchilik, sharob ichishga bag’ishlangan boblarida bayon qilingan bo’lib, hozirgi paytda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Bunday xulq-odob qoidalari inson kamolotini ko’rsatuvchi sevgi va muhabbat, do’st tanlash va dushmandan saqlanish masalalarida ayniqsa, namoyon bo’ladi. «Ishq va uning odatlari zikrida» bobida Kaykovus ishqda yanglishmaslikni, latif ta’b bo’lishni manzur ko’radi.
«Ey farzand, to kishining ta’bi latif bo’lmag’uncha oshiq bo’lmag’usidir, nedinkim ishq beshak ta’bi latiflikdin paydo bo’lur. Har narsaki, ta’bi latiflikdan paydo bo’lsa, u beshak latif bo’lur. SHul vajdankim, latif ta’bdin latiflik tug’ilur . »
«G’aliz ta’b va yalqov kishi hech vaqt oshiq bo’lmas», — deb haqiqiy oshiqqa xos his-tuyg’ularni ifodalaydi. U oshiqlikda ehtiyot bo’lishga undaydi. «O’zingni saqlag’il va oshiqlikdan parhez qil,» — deydi. U ishq dardiga mubtalo bo’lish jarayonini shunday ta’riflaydi: «. avval bir zebo suratni ko’rgusidur, undir so’ng ko’ngulga pisand (ma’qul) tushgusidir. Ko’ngulga pisand tushg’ondin so’ng ta’b unga moyil bo’lur, ko’ngil uning suratini taqozo qilur», — deb birinchi ko’rganda «Uni (ma’shuqani) yana bir ko’rmoq ta’birida» bo’ladi, ikkinchi marta «ko’ngling havosi g’olib» bo’ladi, uchinchi marta ko’rganda «ixtiyorni qo’lingdan berursan», — deydi. SHuning uchun ham oshiq o’zini qo’lga olishi kerakligi, «aqlni ko’ngulga muakkal (vakil etilgan)» qilib, o’zga narsalar bilan mashg’ul bo’lsa, ishq dardidan asta-sekin xalos bo’lishi mumkinligini uqtiradi. U ayniqsa, keksalarning hamda poshoh-hukmdorlarning keksalik davrida oshiqlikdan o’zini tiyish zarurligini alohida ta’kidlaydi. Demak, Kaykovus sevgini insoniy tuyg’u sifatida ta’riflasa ham undan o’zini tiyish yo’llarini bayon etadi, lekin har bir yosh boshiga ishq savdosi tushganda har qanday nasihatga itoat eta olmasligini ham qayd etib, shuni ko’rsatadi:
«Bas, agar oshiq bo’lsang shundoq kishiga bo’lgilki, ul ma’shuqlikka loyiq bo’lsin, Batlimus va Aflotundek kishi bo’lmasa va YA’qubning o’g’li YUsufdek sabohati (husni) bo’lmasa ham, bir oz malohati bo’lsun. Ammo bir joyga mehmon bo’lsang, ma’shuqangni o’zingga hamroq qilib olib bormog’il. Agar olib borsang, begonalar qoshida uning bila mashg’ul . Ñåíèíã êo’çèíããà u har qancha yaxshi ko’rinsa ham o’zgalarning ko’zig’a shu miqdor yomonroq ko’rinur» 1 .
Kaykovus yuksak axloqlilikning yana bir tarkibiy qismi do’stlik deb biladi va do’st tutmoq odobi haqida fikr bayon etar ekan, uning asosiy talablarini talqin etadi.
Kaykovus, avvalo, inson do’stsiz bo’lgandan ko’ra, birodarsiz bo’lgani durustdir, deydi. Kishining do’sti qancha ko’p bo’lsa, aybi shuncha sir tutiladi va fazilati ko’payadi. Kaykovus qiyinchiliklarda hamdard, tayanch bo’ladigan, sadoqatli, ta’magir, hasadchi bo’lmagan, aqlli, ilmli, muruvvatli kishilarni do’st tutish mumkin, deb ta’kidlaydi. SHuningdek, do’st bilan dushmanni ajrata bilish, dushman oldida o’zini ojiz ko’rsatmaslik, kuchli dushman va xiyonatchi, chaqimchi, sir ochuvchi do’stdan saqlanishni maslahat beradi. U quyidagi xislatlarni har bir kishi o’zida tarkib toptirishni ta’kidlaydi. Bular: o’zidan zo’r kishi bilan urushmaslik, hasadchi kishi bilan birga jamoat o’rtasida o’tirmaslik, nodon bilan munozara qilmaslik; riyokor, ikkiyuzlamachi kishi bilan do’st bo’lmaslik; yolg’onchi kishi bilan muomala qilmaslik; baxil bilan suhbatda bo’lmaslik; dushman kishi bilan sharob ichmaslik; xotinlar bilan bir yerda ko’p o’tirmaslik; kishilarga sir aytmaslik; biror kishi aybingni aytsa, shu aybni yo’qotishga harakati kilish, biror kishini ortiqcha maqtash yoki ortiqcha yomonlamaslik, muhtoj bo’lgan odamni hojatini chiqarish, kechirimli bo’lish, kichiklarga mehribon bo’lish; bir ishni ikki kishiga buyurmaslik, ya’ni sheriklik ish qilmaslik kabi hayotiy tavsiyalardir.
Bulardan ko’rinib turibdiki, Kaykovus do’stlikni insonning kamolotini ko’rsatuvchi axloqiy xislatlardan biri sifatida talqin etgan.
Kaykovus «Qobusnoma» asarida jismoniy tarbiyaga ham katta ahamiyat bergan. Zero, Kaykovus asarini muvonmardlar tarbiyasiga bag’ishlar ekan, ularning eng avvalo jismonan sog’lom bo’lib kamolga yetishini alohida ta’kidlaydi.
Buni biz asardagi «SHikorga chiqmoq zikrida», «Urush qilmoq zikrida», «CHavgon o’ynamoq zikrida», Sipohsolarlik shartlari va odatlari zikrida» va boshqa boblarda ko’ramiz.
Kaykovus, avvalo har bir tartibli, aqlli kishi o’z vaqtini to’g’ri taqsimlashi va undan to’g’ri foydalanishini tavsiya etadi: «Hushmand (aqlli) kishilar o’zlarining har bir ishlariga aniq vaqtni tayin etibdurlar. Ular kecha va kunduzning yigirma to’rt soatini o’z ishlariga taqsim qilibdurlar. Bir ishni yana bir ishdan farq etib, unga vaqt, had (chegara) va andoza (o’lchov) paydo qilibdurlar, toki ishlar bir-biriga aralashmag’ay» 1 .
Kaykovus bir kecha-kunduzni shunday taqsim etadi: sakkiz soati ibodatga, sakkiz soati ishratga va ruhni tozalamoqqa va sakkiz soatni mana shu o’n olti soat davomida qiynalg’on a’zolarga orom bermakka tayin etmoq kerakdur, toki a’zo harakat takallufidin osuda bo’lsin 2 .
Inson salomatligida to’g’ri va oqilona ovqatlanish ham katta ahamiyatga ega. Bunga Kaykovus alohida bob ajratgan. U bir kecha-kunduz ikki mahal — erta tong va peshinda ovqatlanishni tavsiya etadi. Kechki ovqatni esa tavsiya etmaydi. U ohista, shoshilmasdan, hamtovoqlari bilan suhbatda bo’lib, ularning luqmasga boqmasdan ovqatlanishni ma’qul ko’radi.
Kaykovus inson o’z tanining toza, pokiza bo’lishiga ham e’tibor berishi kerak, deydi. Uning «Hammomga borish zikrida», «Uxlamoq va osuda bo’lmoq zikrida», «Tamkin sharofatining va taom tartibining bayoni» kabi boblarida uxlamoq, yemoq-ichmoq, hammomga bormoq qoidalari asosida yoshlarga jismoniy-axloqiy tarbiya asoslari singdirilgan.
Demak, Kaykovusning «Qobusnoma» asari XI asrda yuzaga kelgan yirik tarbiyaviy asardir. Bunda o’sha davrga xos har bir yosh egallashi zarur bo’lgan aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan bog’liq faoliyat turlari: otda yurish, merganlik, suvda suzish, harbiy mashqlar san’ati, ifodali o’qish, hattotlik san’ati, she’r yoza olish, musiqiy bilimga ega bo’lish, shatranj va nard o’yinini bilish kabilar ham o’z ifodasini topgan.
Kaykovusning katta xizmati shundaki, u yoshlarni hayotga tayyorlashda ularni har tomonlama kamolga yetkazishning nazariy masalalarini amaliy faoliyatga tatbiqi nuqtai nazaridan ifodalashi bilan hamma zamonlarda, har qanday tuzumda ham o’z qimmatini yo’qotmadi va amaliy hayot dasturi sifatida o’z o’rniga ega bo’ldi.
Ahmad YUgnakiy «Hibat ul-haqoyiq».
Qoraxoniylar hukmronligi davrida yaratilgan ta’limiy-ahloqiy asarlardan yana biri Ahmad YUgnakiyning “Hibat-ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar armug’oni”) asaridir. Asar mazmunini ham mazkur davrning ijtimoiy-siyosiy, diniy, axloqiy hamda iqtisodiy masalalar, ularning o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar mohiyati borasidagi qarashlar tashkil etadi.
“Hibat ul-haqoyiq” asari To’g’rul qilich Sipohsolorbekning nomiga atab yozilgan. Asarning yozilgan vaqti taxminan XII asr boshlariga to’g’ri kelishi alohida ta’kidlanadi 1 .
Ahmad YUgnakiyning hayoti va faoliyati borasida ma’lumot beruvchi manbalar juda kam. Mavjud ma’lumotlar ham asar mazmunidan keltirilgan dalillardangina iborat.
Alloma “Hibat ul-haqoyiq” asarining so’ngida o’zi haqida quyidagi ma’lumotlarni bayon etadi:
Adib Ahmad otim, adab, pand so’zim,
So’zum munda qolur, borur bo’ o’zim.
Adibning yeri oti YUgnak erur,
Safoliq ajab yer ko’ngullar yorur.
Otasi oti Mahmud YUgnakiy,
Adib Ahmad o’g’li, yo’q ul hech shakli.
YUqorida keltirilgan misralar mazmunidan “Hibat ul-haqoyiq” asarining muallifi Ahmad, otasining ismi Mahmud ekanligi, shuningdek, adib YUgnak nomli maskanda tavallud topganligi anglanadi. «YUgnak» nomli manzil (shahar yoki qishloq)ning qayerda joylashganligi to’g’risida aniq ma’lumotga ega emasmiz. Bu xususida Ahmad YUgnakiy va uning asari mohiyati yuzasidan tadqiqotlar olib borgan olimlar bir qator fikrlarni ilgari suradilar. CHunonchi, YE.E.Bertelsning fikricha, ushbu maskan Farg’ona vodiysida mavjud bo’lgan bo’lsa, V.V.Bartoldning nuqtai nazariga ko’ra, bu manzil Samarqand viloyati hududlarida joylashgan tumanlardan biriga tegishlidir.
Ahmad YUgnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari yuzasidan tadqiqot olib borgan hamda mazkur asarni nashrga tayyorlagan olim Q.Mahmudov tarixiy manbalar, xususan, Ibn Xavqal va Arat Rahmatiy Ibnul YAqub tomonidan yaratilgan asarlarda bayon etilgan fikrlarga tayangan holda «YUgnak» so’zi qadimda «Arnoq», «Arnak» kabi shakllarda ham yozilganligi, Arnoq va Arnak nomli maskan Samarqand shahri yaqinida joylashgan bir qatorda qayd etilganligini ishonch bilan ta’kidlaydi.
Bizga qadar asarning beshta nusxasi yetib kelgan. Ulardan uchtasi to’liq holda saqlanib qolgan bo’lsa, qolgan ikki nusxasida esa ayrim parchalargina saqlangan. Asarning to’liq holda saqlangan nusxalari XY va XIY asrlarda Hirot va Istambul shaharlarida Abdurazzoq Baxshi tomonidan ko’chirilgan. Asarning Istambul nusxasida ko’chirilgan sana sifatida 1480 yil qayd etilgan. Ayni vaqtda asarning to’liq nusxalari Turkiya davlatida joylashgan kutubxonalarda, to’liq bo’lmagan nusxasi esa Berlin shahrining kutubxonalaridan birida saqlanadi.
Asar 1915-1916 hamda 1925 yillarda Istambul shahrida Najib Osim tomonidan chop etilgan. Aynan mana shu nashr asosida 1951 yilda Arat Rahmatiy tomonidan ham nashr qilingan. “Hibat ul-haqoyiq” asari yuqori darajada badiiy, filologik hamda pedagogik qiymatga ega bo’lganligi bois keyingi yillarda ham uni qayta nashr etilishiga nisbatan ehtiyoj yuzaga keldi. Ana shu ehtiyojning samarasi sifatida 1971-1972 yillarda Q.Mahmudovning sa’yi-harakatlari tufayli Toshkent shahrida, 1980 yilda Pekin shahrida hamda 1984 yilda Olmaota shaharlarida chop etilgan.
Ahmad YUgnakiyning mazkur asari bir oz qisqartirilgan holda 1986-1987 yillarda Toshkent shahrida, ayrim to’plamlar tarkibida nashrdan chiqarildi.
YUsuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari kabi Ahmad YUgnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari ham Qoraxoniylar hukmronligi davrida mamlakatning ma’naviy hayot darajasini ko’tarishga ulush qo’shish maqsadida yozilgan. Asar mazmun jihatidan didaktik xarakterga ega. Asarning mundarijasi ana shundan darak beradi.
Asar o’n to’rt bobdan iborat bo’lib, mazkur boblar o’zida 256 bayt hamda 512 misrani mujassam etgan. Dostonning dastlabki to’rt bobi an’anaga ko’ra muqaddima bo’lib, beshinchi hamda o’n to’rtinchi boblarda asosiy g’oyalar ifoda etiladi. Mazkur boblarda asosan bilimning ahamiyati, jaholatning zarari, til odobi, dunyoning foniyligi, saxovat, kamtarlik, baxillik hamda insonlarga xos bo’lgan boshqa xislatlar, ularning xususiyatlari borasida so’z yuritiladi.
Ahmad YUgnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida ham markaziy o’rinni inson shaxsi, uning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, shuningdek, shaxsni kamolotga etishuvini ta’minlash masalasi turadi. “Hibat ul-haqoyiq” asarining birinchi bobidayoq ilm manfaati, ilmsizlik va jaholatning zarari haqida fikr bildiriladi. Ilmli va ilmsiz kishini bir-biri bilan taqqoslash asosida ilm-ma’rifatning afzalligi, uning inson uchun qay darajada foydali ekanligini ochib berar ekan, Ahmad YUgnakiy bilimli insonni qimatbaho dinorga, bilimsiz kishini esa qimmatsiz ilikka o’xshatib, er kishining ko’rki aql, deya ta’kidlaydi. Ilmli inson o’z ilmi bilan mashhur bo’lib, nomi o’chmagani holda, ilmsiz kishi garchi tirik bo’lsada, nomi o’lik ekanligini e’tirof etadi. Alloma bilim egallash kishini yuksaklarga ko’tarsa, ilmsizlik tubanlikka tomon yetaklashiga alohida urg’u beradi. Bu boradagi fikr quyidagi misralarda o’zining yorqin ifodasini topgan:
Bilik birla bili(i) nur saodat yo’li,
Bilik bil saodat yo’lini bula.
(Bilim bilan saodat yo’li ochiladi, shunga ko’ra ilmli bo’l, baxt yo’lini izla).
Baholik dinar ul bilimlik kishi,
Bu johil biliksiz bahosiz bishi.
(Bilimli kishi (qimmat) baholik dinordir, ilmsiz johil kishi qimmatsiz yemish (meva)dir.
Biliksiz yiliksiz so’ngak tek holi,
Yiliksiz so’ngakka sunulmas elik.
(Ilmsiz iliksiz so’ngak kabi bo’shdir, iliksiz so’ngakka esa qo’l urilmaydi).
Bilim birla o’lim yuqor yo’qladi,
Biliksizlik erni chuqardi qo’di.
(Bilim bilan olim ko’tarildi, ilmsizlik esa kishini tubanlashtirdi) 1 .
YUqorida bildirilgan fikrlardan anglanadiki, Ahmad YUgnakiy bilimli kishilarni mukammal kishilar sanaydi. CHunki bilimlilik barcha yaxshi ishlar va ezguliklarning omili bo’lsa, bilimsizlik johillik yoki razolatga yo’l ochadi.
Ahmad YUgnakiyning “Hibat-ul-haqoyiq” asarida boshqa ta’limiy-axloqiy asarlar kabi insonning barkamol ekanligidan dalolat beruvchi ikkinchi belgi – bu uning xushxulqliligidir, degan g’oya ilgari suriladi. SHuning uchun adib asarda axloqlilikning asosiy mezonlari bo’lgan ijobiy xislatlar va inson qiyofasida ularning qay darajada aks etishi yuzasidan fikr yuritar ekan, tilni tiyish, mol-dunyoga muhabbat qo’yish salbiy fazilat ekanligini alohida ta’kidlab o’tadi. SHuningdek, insonda ushbu xislatlarni shakllanishiga ta’sir etuvchi muhit, shart-sharoitlar, baxillik, jamiyat va atrofdagi kishilarning manfaatlariga zarar yetkazishdan saqlanish, harom va halolni bir-biridan farqlay olish, ularning farzlari haqida to’xtalib o’tadi.
Ahmad YUgnakiyning ta’kidlashicha, insonning ma’naviy-axloqiy qiyofasini ko’rsatuvchi muhim belgilaridan birinchisi til odobidir.
Allomaning fikricha, tilni tiymaslik, huda-behuda so’zlarni aytaverish boshga balo keltiradi. SHu bois u tilni tiyishni, har bir so’zni o’ylab so’zlashni maslahat beradi. Xususan,
Tiling bekta tutg’il tishing sinmasun,
g’oli chiqsa bekta tishing siyur.
YA’ni, tilingni tiy, tishing sinmasin, agar (so’zlab yuborsang) tishing chiqib qolsa, tishingni sindiradi, deya behuda so’zlashning yomon oqibatlari xususida o’z qarashlarini ilgari suradi. Fikrini davom ettirar ekan, Ahmad YUgnakiy quyidagilarni ham ta’kidlab o’tadi:
So’zung bo’shlug’ esma yig’a tut tiling,
Etar boshqa bir kun bu til bo’shlug’i.
YA’ni, so’zingni bo’sh qo’yma, tilingni tiyib tur, erk berilgan til bir kun boshingga yetadi.
Alloma, shuningdek, tilni bo’sh qo’yish aqlli insonning ishi emasligiga ham alohida urg’u beradi:
Xiradliqmu (v) bo’lur tili bo’sh kishi,
Telim boshni yedi bu til so’z bushi.
Mazkur misralarda tili bo’sh, so’zlari kishilarning qalbiga ozor yetkazuvchi kishining aqli yetuk bo’lmasligi, kimningki tili va so’zi bo’sh bo’lsa boshini yeyishi xususidagi fikrlar o’z ifodasini topgan.
Til vositasida kishilarning qalbiga yetkazilgan yaraning bitmasligini alloma quyidagi tarzda bayon etadi:
Hukturma erni tiling bil bu til,
Boshoq tursa butmas butar o’q boshi.
(YA’ni, kishini o’chakishtirma, uning tilini bil, agarda til inson qalbini yaralasa, uning jarohati bitmaydi).
Ahmad YUgnakiy ayni o’rinda tilingni tiy, so’zingni qisqa qil, tiling tiyilsa, o’zing ham saqlanasan, deya tilni tiyish yo’llarini ko’rsatadi. Xususan:
Kudazgil tilingni, kel oz qil so’zung,
Kudazilsa bu til kudazlur o’zung.
Allomaning nuqtai nazariga ko’ra kishida quyidagi ikki holat, ya’ni, haddan ziyod ko’p gapirish va ayni vaqtda yolg’on so’zlash odatlari mavjud bo’lsa, u holda unga nisbatan muruvvat yo’li yopiladi. SHunga ko’ra adib, yolg’on va ko’p so’zlashning oldini olish yo’llarini ko’rsatib berishga urinadi:
YOlg’onchi kishiga mumkin qadar yaqin bo’lmaslik, umr kechirish davrida to’g’rilikka amal qilish, og’iz va tilning bezagi so’z ekanligi, shu bois to’g’ri so’zlash va yolg’on gapirmaslik, to’g’riso’z bo’lish bilan dilni bezash zarurligi to’g’risida fikr yuritar ekan, to’g’ri so’zni asalga, to’g’riso’z insonni esa shifoga qiyos qiladi:
Tili yalg’on ertin yiroq tur teza,
Kechur sen-la umrung ko’nilik uza.
Og’iz til bezagi ko’ni so’z turur.
g’o’ni so’zla so’zni dilingni beza.
g’o’ni so’z asal tek bu yalg’on basal,
Basal yeb achitma og’iz yo asal.
YO yalg’on so’z yigtek ko’ni so’z shifo,
Bu bir so’z o’zagi urulmish masal 1 .
Adib to’g’ri so’zlash bilan birga, sir saqlay olish xislatining ham insonga xos bo’lgan ijobiy fazilatlardan biri deya e’tirof etadi hamda ushbu fazilatni o’zlashtirish xususida bir qator foydali maslahatlarni beradi:
Inson sir saqlanishi lozim deb hisoblagan voqea yoki hodisa yuzasidan hatto do’stga ham gapirmasligi shartligiga alohida urg’u beradi. Zero, kishining o’ziki sir saqlay olmagan ekan, boshqalar ham shunday yo’l tutishi mumkin. Natijada sir atrofdagilarga ayon bo’ladi va uning sirligi qopmasligi alloma tomonidan ishonarli misollar yordamida ochib beriladi 1 . YA’ni:
g’atig’ qizla rozing kishi bilmasin,
So’zungni o’zungga o’kunch kel (a) masun.
Eshim deb inonil sir ayma saqin,
Necha ma inonchliq esh ersa yaqin.
Serib senda rozing singib turmasa,
Serurmu eshingda shuni ked saqin.
Asarning to’rtinchi bo’limi sahovat va baxillik kabi sifatlarning mohiyati hamda ularning oqibatlarini yoritib berishga yo’naltirilgan. Ahmad YUgnakiy ham boshqa mutafakkirlar kabi saxovatni eng ezgu insoniy xislatlardan biri deb biladi. Saxiylar hamma tomondan ulug’lanishi, faqat yaxshi va nuqsonsiz nom qoldirishi mumkinligini ta’kidlar ekan, qo’llar ichida in’om beruvchisi baxtli (qo’l)dir, o’zi olib, boshqalarga bermagan (qo’l) qo’llarning qutsizidir, deydi. Baxillik xislatini esa alloma davolab bo’lmaydigan kasallikka qiyoslaydi.
Ahmad YUgnakiy saxiylikni kamolot belgisi deb tushunadi. Saxiylik xislatiga nisbatan baxillik va ochko’zlik kabi illatlar qarama-qarshi qo’yiladi, boylik to’plab, yemay-ichmay, boshqalarga bermay yashagan kishining mol-dunyosi oxiri do’stga emas, dushmanga buyurishi xususidagi fikrlarni quyidagicha yoritadi:
Taturmas oshin-da tuz do’stina,
Ahmad YUgnakiy kamtarlik ham insonning yetuklik darajasini ko’rsatuvchi belgilardan biri bo’lib, kibrli va xasis bo’lish insonni ruhan tubanlashtiradi, degan g’oyani ilgari suradi.
Kimki kibru havoga berilib, boshqalardan o’zini baland tutsa, uni hech kim hurmat qilmaydi, aksincha, tavoze’li, kamtar va muloyimlik sifatlariga ega bo’lishni esa insonning husni deya hisoblaydi.
U yaxshi xulq-odobni shakllantirish va yomon illatlardan soqit bo’lish yo’llarini ham tavsiya etadi. Masalan, boylik to’plashga mukkasidan ketgan kiishlarga mo’’tadil hayot kechirishni maslahat beradi:
Agar yig’ding ersa umurluq tavor,
Burun boshqa bo’rkni kiyar bosh kerak.
Harislik ma erga yovuz xislat bul,
Harislik so’ngi g’am o’kunch hasrat ul 1 .
Alloma sabr-toqat, qanoat insonga sharaf va xotirjamlik olib kelishiga ishonadi, shu bois u kishilarni sabr-toqatli hamda qanoatli bo’lishga undaydi. Ularni tinchlik va totuvlikda hayot kechirishga chaqiradi:
Balo kelsa sabr et, farrahqa kutib,
Kutib tur farahqa balo-ranj yutup.
Hchar mehnat o’ti, kechar navbati,
g’olur sabr idish savobin tutub.
Ahmad YUgnakiy kishi gunoh qilsa kechirish, g’azab o’tini iloji boricha o’chirish zarur, deydi.
SHoir boshliqlar bilan ehtiyot bo’lib muomalada bo’lish, foydasiz tortishuvlar ulug’larning g’azabini keltirsa, kichiklarning xulqini buzadi, deydi. Xususan:
g’udazgil, ayo do’st, ulug’lar aqin,
Osiqsiz jadal ham mizojtin soqin.
Ulug’larni bushrub senga bu mijoz,
Kichiklarni gustoh qilur bil yaqin.
U kishilarni, ayniqsa, martabaga erishgach, kamtar, samimiy bo’lishga chaqiradi, mavqeini suiste’mol qilmaslikni maslahat beradi:
Ulug’liqqa tegsang yengilma o’zing,
g’oli keysang atlas unutma bo’zing 2 .
(Ulug’likka yetsang yanglishma, agar atlas kiysang, bo’z kiyganingni unutma).
Insonlarga boshchilik qilayotgan amaldor, mansabdor kishilarning o’z mavqelariga yarasha ish tutishlari, kattaga ham, kchikka ham birdek muruvvat ko’rsatishlari, so’zlarini muloyim qilishlari maqsadga muvofiq ekanligiga alohida urg’u beradi:
Ulug’ bo’ldug’ungcha tuzunrak bo’lub,
Ulug’qa, kichikka siliq tut so’zung.
(YA’ni, ulug’liginga yarasha yaxshiroq bo’lib, kattaga, kichikka so’zingni silliq, muloyim qil).
Adib do’st hamda dushmanning farqiga borish, yaxshi kishilarni do’st tutish, badxulq kishilardan uzoqroq yurish, shuningdek, do’st tanlashda xato qilmaslik kerakligini ta’kidlaydi. SHuningdek, doim yaxshi ishlar bilan hamkor bo’lishni, kishining o’zi ham ezgu, ezgu ishlar qilib yashasa, o’zgalardan yaxshilik topishi mumkinligiga urg’u beradi.
Ayo edgu umgon esizlik qilip,
Tikan eylagan er uzum bichmas ul 1 .
(Ey, yomonlik qilib yaxshilikdan umidvor bo’luvchi, tikan izgan (qidirgan) kishi hech vaqt uzum uzmaydi).
Ayrim tadqiqotchilar Ahmad YUgnakiy asarlarida zamondan norozilik kayfiyatlari mavjudligini aytadilar. Lekin adibning asarlaridagi quyidagi misralar mazmuni uning zamondan emas, ba’zi kishilardan, ularning hatti-harakati va xulqidan norozi ekanligini ko’rsatadi. CHunonchi:
Yirarsan zamonangni xalqin qo’dib,
Zamonangni yirma kishisin yir 2 .
(Xalqingni qo’yib zamonangni ayblama, zamonangni emas, balki kishilarni aybla).
SHuning uchun ham alloma kishilarga yaramas ishlar qilmaslik, tinch va farog’atda yashash, halol bo’lish, ochko’z-suq bo’lmaslik, haromdan saqlanish kabi hayotiy pand-nasihatlarni beradi.
Ahmad YUgnakiy ham o’zining insonni kamolga yetkazish borasidagi qarashlari bilan pedagogik fikr taraqqiyotida o’z o’rniga ega. U inson kamolotini to’laqonli namoyon etuvchi “Hibat –ul-haqoyiq” asarida komil insonni shakllantirishning o’ziga xos tizimini yaratdi.
Ahmad YUgnakiy tomonidan asoslangan barkamol insonni shakllantirish tizimi o’zida quyidagilarni aks ettiradi: yuksak darajada nazariy va amaliy bilimlarni egallash, til va so’z odobiga ega bo’lish, shuningdek, o’zida halollik, rostgo’ylik, saxiylik, kamtarlik, qanoatlilik, samimiylik kabi xislatlarni namoyon eta olish, vafodor do’st bo’lish. Allomaning nuqtai nazariga ko’ra o’zgalar sirini saqlay olish, kamgap bo’lish hamda har bir so’zni o’z o’rnida va lozim topilgandagina so’zlash, yuqori mansab yoki mavqega ega bo’lganda kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko’rsata olish kishining obro’siga obro’ qo’shuvchi sifatlar bo’libgina qolmay, ayni vaqtda ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida yuzaga kelish ehtimoli bo’lgan salbiy holatlarning oldini oladi. Insonda baxillik, ochko’zlik, yolg’onchilik, ikkiyuzlamachilik, takabburlik, zolimlik, jaholat, tanballik, shoshqaloqlik, bilimsizlik, sabrsizlik, ko’p gapirish va hokazo kabi xislatlarning mavjudligi esa kishilar o’rtasida adovat, o’zaro urush-janjallarning kelib chiqishida asosiy omil bo’lib xizmat qilishini Ahmad YUgnakiy yuqorida mazmuni xususida so’z yuritilgan asarda alohida qayd etib o’tadi.
Ahmad YUgnakiyning ushbu asari o’ziga xos pedagogik qiymatga ega bo’lib, bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Mazkur asarda ilgari surilgan g’oyalar kishilar, ayniqsa, yoshlarni ma’naviy-axloqiy kamolotga yo’llaydi, ijtimoiy munosabatlar jarayonida yuzaga kelgan ziddiyatlarni ahillik, saxovat hamda hamjihatlik asosida bartaraf etib, adolat o’rnatishga chorlaydi.