Qogozni ketmaket usullarda buklab maketlar yasash REJA l
Eng pastki qismi 40 va 36 moduldan iborat ikkita halqa ko’rinishida yasaladi. Modullar bo’yin bilan bir xil tarzda biriktiriladi.
Qog’ozdan savatdagi gullar kompozitsiyasini qurish – yasash
Этот курс станет отличным руководством для студентов по технологии.
Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.
Просмотр содержимого документа
«Qog’ozdan savatdagi gullar kompozitsiyasini qurish – yasash»
O`zbekiston Respublikasi
Xalq Ta`lim Vazirligi
Namangan viloyati
Xalq ta`limi Boshqarmasi
Yangiqo’rg’on XTBga
qarashli 22-sonli umumiy o`rta ta`lim
maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Dilafruz Xaydarovaning
1-sinf uchun texnologiya fanidan “Qog’ozdan savatdagi gullar kompozitsiyasini qurish – yasash” mavzusidagi
Ushbu dars ishlanma Yangiqo’rg’on tumanidagi 22-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Xaydarova Dilafruzning ko’p yillik ish faoliyati va tajribasi asosida yozildi .
22-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi.
22-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika – informatika fani o’qituvchisi.
Taqrizchilar:
Yangiqo`rg`on tumani XTB boshlang’ich sinf metodisti
40-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi.
22-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf bo’yicha uslubiy birlashma rahbari.
Ushbu dars ishlanma tuman metodika markazi huzuridagi boshlang’ich sinf bo`yicha o`quv metodika kengashining yig`ilishida ko`rib chiqilib 2020- yil _______ -sonli qarori bilan foydalanishga tavsiya etildi.
T a q r i z
Boshlang’ich sinf o’qituvchilari me’todik qo’llanma sifatida foydalanishlari mumkin . Ushbu dars ishlanma o’quv dasturiga , DTS talablariga mos ravishda yozilgan . Bu dars ishlanmadan boshlang’ich sinf o’qituvchilari Texnologiya darsida foydalanishlari mumkin .
Dars ishlanmani “DTS talablariga mos” loyihasi asosida yaratilgan . Mavzu o’quvchi yoshiga , ongini hisobga olingan holatda , o’quvchilarni yanada qiziqtirish uchun turli хil o’yinlar, Multimediya , elektron darsliklardan foydalanib, AKT dan unumli foydalangan holda bayon qilingan . Ushbu dars ishlanma o’quvchilar bo’shlig’ini to’ldirish uchun darslarda foydalanishga ham tavsiya etiladi.
Ushbu dars ishlanmadan kam tajribali boshlang’ich sinf o’qituvchilari foydalanishlari mumkin .
XAYDAROVA DILAFRUZ
ISROILJANOVNA
Xaydarova Dilafruz Isroiljanovna 1980-yil 16-mayda Yangiqo’rg’on tuman Navkent qishlog’ida ziyoli oilada dunyoga kelgan.
Oilali, 3 nafar farzandi bor. Turmush o’rtog’i muxandis.
1997- yilda Namangan davlat Universitetining boshlang’ich ta’lim va tarbiyaviy ishlar metodikasi bo’limiga o’qishga kirib, 2001 yilda mazkur oliygohni tamomlagan.
Ish faoliyatini 2001- yildan 22-o’rta maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi bo’lib faoliyat boshlagan.
Hozirda mazkur maktabda ish faoliyatini davom ettirmoqda.
Dilafruz ish faoliyati davomida ya’ni,
2010-yilda o’quvchisi matematika fan olimpiadasida tuman bosqichi g’olibi bo’lib ,viloyat bosqichida ishtirok etgan.
2012-yilda matematika fanidan «Qoldiqli bo’lish» mavzusidagi
dars ishlanmasi, 2014-yilda «Noma’lum bo’linuvchini topish»
mavzusidagi dars ishlanmasi tumanda ommalashdi. 2015-yilda
«So’z turkumlari»mavzusidagi dars ishlanmasi, 2016-yil,,Biz
O’zbekistonda yashaymiz”mavzusidagi dars ishlanmasi,
2017- yilda ,,Gullayotgan daraxt shoxchasi” mavzusidagi dars
ishlanmasi,2018-yil ,,Rangin qorlar” mavzusidagi dars ishlanmasi 2020 – yili “Q tovushi va Q harfi” mustahkamlash mavzusidagi
dars ishlanmasi viloyatda ommalashgan.
Fan. Mehnat 1 – sinf
Mavzu : Qog’ozdan “Savatdagi gullar” kompozitsijyasini qurish va yasash.
Darasning maqsadi.
Talimiy: o’quvchilarga savatdagi gullar kompozitsiyasini yasashni o’rgatish.
Gullar go’zallik elchilari ekanligi haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy : har bir muammoni xush muomilalik, hamjihatlik, hozirjanoblik bilan
bajarish, mehnatsevarlik fazilatlarini tarbiyalash, inson mehnatini
qadrlash haqidagi tasavvurini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash malakalarini,
Ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirish.
FK: 1 o’rgangan ma’lumotlarini kundalik faoliyatida qo’llay olish.
Dars turi : o’quvchilar bilim ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.
Dars uslubi : didaktik o’yin, yasash, tushuntirish, muammoli izlanish.
Dars jihozi : darslik, rangli qog’oz, yelim, kompyuter, tarqatma , blits so’rov.
Darsning borishi :
I. Tashkiliy qism: salomlashish, darsga tayyorgarlikni tekshirish, navbatchi
o’quvchi hisoboti, kun yangiliklari bilan tanishtirish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash. Uyda bajarib kelgan ishlarini, kamchiliklarini tushuntirib baholash.
– Biz o’tgan darsimizda quruvchilik kasbi haqida suhbatlashib, uycha maketini qurish – yasashni o’rgangan edik. Uyga vazifa qilib, uy maketini yasash berilgan edi. Uyda bajarib kelgan ishlaringizni oldingizga tayyorlab qo’ying tekshirib chiqaman. (O’quvchilarni ishlarini ko’rib chiqilib, kamchiliklar tushuntirib baholanadi)
– Bolajonlar hozir darsimiz texnologiya. Darsning shiorini takrorlab olamiz
Mehnat, mehnatning tagi rohat !
– Mehnat haqida maqollar bilasizmi ? Qani aytingchi.
Mehnat qilib topganing, qand – u asal totganing.
Mehnatdan kelsa boylik,
Turmush bo’lar chiroylik.
Yer ota, suv ona, mehnat boylik.
Dam olish daqiqasi .
Oq yo’rgakka o’ragansan o’zing bizni,
Oq yuvib, oq taragansan o’zing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona bo’lib,
Kunimizga yaragansan o’zing bizni.
Adoying bo’lgaymiz seni O’zbekiston
Hech kimga bermaymiz seni O’zbekiston
III. Yangi mavzu bayoni.
Qog’ozdan “Savatdagi gullar” ni qurish – yasash
– Hozir o’lkamizda bahor fasli. Bahor faslida tabiatda qanday o’zgarishlar bo’ladi.
– Bahor fasli uch oydan iborat mart, aprel, may.
– Bahor fasli kelishi bilan atrof olam o`zgacha tus oladi. Quyosh tobora baland ko`tarilib , havo isiy boshlaydi. Birdan yomg`ir yog`ib, quyosh charaqlab chiqadi , kamalak ko`rinadi. Kunlar isib borgan sari daraxt tanasiga suv bilan birga ozuqalar ko`tariladi. Kurtaklar bo`rtib, kattalashib so`ngra gullaydi. Eng birinchi bodom gullaydi , eng oxiri behi , avval barg chiqarib , so`ng gullaydi. – Bahor haqida she`r bilasizmi ?
Qish qahrini so`ndirib,
Ayozdan g`olib kelgan ,
G`ildirak chalib kelgan ,
Kamalak olib kelgan,
Kapalak olib kelgan.
Sumalak solib kelgan.
Ko`rkam oyim , marhabo.
- Bahor faslida shamol bo`lib , chaqmoq chaqib , yomg`ir yog`adi. Yomg`ir haqida kim she`r yoki ashula biladi?
Qogozni ketmaket usullarda buklab maketlar yasash REJA l
REJA l l 1. Ish joyini to’g’ri tashkil qilish. 2. Qog’ozdan yasaladigan maketlar xaqida ma’lumot berish. 3 Kasbga yo’naltirish o’yinlarini tashkil etish. 4. Qog’ozni murakkab usullarda buklab maketlar (lola, qadirg’och, savatcha, qurbaqa, ) yasash:
Kerakli materiallari va ish qurollarini tayyorlash
ISH JOYINI TO’G’RI TASHKIL ETISH TALABLARI. O’qituvchi stolning ustiga skater yoki dasturxon yozib, o’ng tomoniga qaychi, yelim uchun cho’tka, chizg’ich, qalam, o’chirg’ich joylashtiriladi. O’quvchini old tomoniga yelim, qiyqimlar uchun quticha va latta joylashtiriladi. O’quvchining chap tomoniga, ish vaqtida xalaqit bermaydigan qilib rangli qog’oz to’plamini, qog’oz to’plamini va kerakli materiallar joylashtiriladi. Ish jarayonida sanitarik-gigienik talablarga va ish qurollaridan foydalanish qoidalariga rioya etish kerak
ISH JOYINI TO’G’RI TASHKIL ETISH
Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari Ish joyini to’g’ri tashkil etilishi Savollarga javob berish Qog’ozdan maketlar yasash Jami 0, 5 -ball 2 -ball 3 -ball
LOLA Lola guli asosan tog’larda o’sadi. Hozirgi kunda xonakilashtirilgan lolalar parniklarda, hovlilarda o’stiriladi. U qizil rangda bo’ladi, gulining o’rtasi qora va sariq rangda bo’ladi. . Uning uzunligi 10 -35 sm gacha bo’ladi. Lola ko’p yillik bo’lib, piyozidan ko’payadi. Lola aprelь-may oylarida ochilib iyunь-iyulь oylarida urug’laydi. Lolaning turlari juda ko’p. (Butkova lolasi, Mixeli lolasi, Farg’ona lolasi, Lemanna lolasi, Fostera lolasi)
QALDIRG’OCH Qaldig’och-bahor elchisi, darakchisi hisoblanadi. U qora rangda bo’ladi. Qaldig’ochning qanotlari uzun, yoysimon, ingichka, ko’zlar katta va keng, panjalari nozik bo’ladi. Qaldirg’och hovlilarning peshtog’iga, ayvonlarga in qurishadi. Inlarini loy va xaslardan tayyorlashadi. Qaldig’ochlar hasharotlar bilan oziqlanadi. U hasharotlarni havoda ushlab oladi. Qaldig’och bitta yoki ikkita bolalaydi. Har yili qurgan iniga qaldirg’ochning bolasi uchib keladi.
SAVATCHA Savatcha ro’zg’or buyumi hisoblanadi. U asosan tol daraxti novdalaridan yasaladi. Undan tashqari plastmassadan, simlardan tayyorlanadi. Savatchalar turli shakllarda va turli ko’rinishlarda bo’ladi. Non savatlar, bozor satatlari, turli bezak savatlari va boshqa turlari mavjud.
QURBAQA Qurbaqa asosan suvda va quriqlikda yashaydi. Qurbaqa yashil, jigarrangda uchraydi. Uning tanasi doimo nam bo’lib turadi. Qurbaqa suvga urug’ qo’yadi va ko’payadi. Uning bolalari soni juda ko’p bo’ladi. Ular itbaliq deb nomlanadi. Eng katta qurbaqa Ya. VA deb nomlanadi, u zaharli hisoblanadi. Qurbaqa turli mamlakatlarda turli ko’rinishlarda uchraydi. U asosan ariq, hovuz bo’ylarida, botqoqlik, to’qayzorlarda yashaydi.
“Mu’jizalar maydoni” o’yini l “Mu’jizalar maydoni” o’yinida kasb nomlari harflar sonini hisobga olib qog’ozga katakchalar chiziladi. O’ylangan kasb nomi shu katakchalar soni teng kelishi kerak. O’quvchilar katakchalarning soniga qarab harflarni aytishadi. O’qituvchi o’quvchilar aytgan harflarni katakchalarda borligini ko’rsatadi. Keyin o’quvchilar qolgan harflarni ham aytib o’tishadi. Oxirida o’quvchilar kasb nomini topishadi.
QAYCHIDAN FOYDALANISH QOIDALARI l l l l 1. Qaychini belgilangan joyda, belgilangan holatda saqla. 2. Qaychini uchini yuqoriga qilib ushlama. 3. Qaychini ochiq holda qoldirma. 4. Qaychini yurib turganingda ishlatma. 5. Qaychini faqat yopilgan holda uchidan ushlab o’rtog’inga uzat. 6. Qaychini ishlatayotganda kesilishning yo’nalishi va materialni ushlab turgan chap qo’l barmoqlarini kuzatib tur. Yaroqsiz qaychini ishlatma, o’qituvchiga topshir.
Murakkab usullarda buklab maketlar yasash l l «Lola» ko’rsatmali quroli. «Savatcha» ko’rsatmali quroli. «Qaldirg’och» ko’rgazmali quroli «Qurbaqa» ko’rsatmali quroli.
Qog’ozdan oqqush yasash — 2 usuli, jarayon ketma-ketligi, foto + video
Qog’ozdan ajoyib shakllarni yaratishni o’rganib, nafaqat o’zingizga, balki atrofingizdagi odamlarga ham quvonch bag’ishlashingiz mumkin. Kichkina qog’oz parchasi tajribali ustaning qo’lida bamisoli jonlanadi va chiroyli gulga (masalan, atirgul) yoki ushbu maqolada ko’rib chiqiladigan oqqushga aylanadi.
Dastlab sizga bitta kvadrat qog’ozdan oqqush yasashning oddiy usulini taklif qilamiz, so’ngra turli xil qog’ozli modullardan chiroyli oqqush terishni keltirib o’tamiz.
Qog’ozdan oqqush yasash (oddiy origami)
- Kvadrat qog’oz olinadi. Bunda 10 × 10 sm o’lchamdagi kvadrat varaq olish kerak. Kattaroq o’lchamlardagisi ham bo’ladi, asosiysi uning kvadrat bo’lishi.
- Kvadrat diagonal qilib qatlanadi va yana to’g’rilab olinadi (bu diagonal chiziq ko’rinishi uchun kerak).
- Chiqqan diagonal chiziqqa qog’ozning ikkita pastki tomoni bukiladi.
- Shakl boshqa tomonga buriladi va pastki burchaklarni yana bir bor diagonal chiziqqa keltiriladi.
- Olingan shakl o’rtasidan teng ikki qismga bo’linadi: pastki burchagi yuqori burchak bilan tutashtiriladi.
- Ingichka uchining burchagi pastga tomon bukiladi (uzunligi xohishga ko’ra). Bu burchakda oqqushning boshi bo’ladi.
- Endi shakl yuza tomonidan ikkiga qatlanadi.
- Oqqush bo’ynini tepaga, boshi esa oldinga chiqariladi.
- So’nggi navbatda qushning boshiga qo’shimcha shakl beriladi. Ichki qatlamlar ochiladi, mavjud bo’lgan yordamchi chiziqlar bo’ylab qatlanadi. Tumshug’ini shakllantirish uchun uch qismi biroz yuqoriga ko’tariladi.
Oqqushning modulli turi
Bu usulda qog’ozdan turfa rangli, chiroyli oqqush yasash mumkin. U xonaga bezak sifatida qo’yilishi yoki sovg’a sifatida ishlatilishi mumkin. Jarayon o’ta murakkab emas, biroq shakl ko’plab modullardan (elementlardan) iboratligi sababli nisbatan ko’proq vaqt talab qiladi.
Ish modullarni yasab olishdan boshlanadi. Ularni bir-biriga kiritish orqali shakl hosil qilinadi. Ulash davomida elementlarni yelimlamasa ham bo’ladi, chunki ishqalanish kuchi shaklning to’kilib ketishiga yo’l qo’maydi. Shunday bo’lsada, imkon qadar ularni yelimlab yopishtirishga harakat qilish kerak. Bu holda oqqushni bemalol o’yinchoq sifatida ishlatish va biroz kuch ta’sirida to’kilib tushishidan qo’rqmaslik mumkin bo’ladi.
Modullardan iborat bunday oqqush yasash uchun sifatli qog’oz olish lozim. Ingichka qog’ozlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Yasash ketma-ketligi
Modul to’rtburchak oq yoki rangli qog’ozdan shakllantiriladi. To’g’ri to’rtburchak tomonlari taxminan 1 : 1,5 nisbatda bo’lishi kerak. Kerakli to’rtburchaklarni olish uchun A4 formatidagi ofis qog’ozini 4 ta teng qismlarga bo’lish kifoya.
Agar A4 formatdagi varaqning bo’yi va eni to’rtta teng bo’lakka bo’linib, ajratilgan chiziqlar bo’ylab kesib olinsa, unda o’lchami taxminan 53 × 74 mm bo’lgan to’rtburchaklar olinadi. Agar eni 4 qismga, bo’yi esa 8 qismga bo’ladigan bo’lsa, u holda 37 × 53 mm o’lchamdagi to’rtburchaklar hosil bo’ladi.
Uchburchak modul qanday tayyorlanadi
- To’rtburchak yuza tomoni bilan stolga qo’yiladi va ikkiga buklanadi.
- So’ng o’rta chizig’ini aniqlab olish uchun yana bir marta o’rtasidan ikkiga bukib olinadi.
- Chetlari o’rtaga qarata qatlanadi.
- So’ng teskari qilinadi.
- Burchaklari bukiladi (yuqori uchburchak va qatlanadigan burchak orasida ozroq joy qoldirish muhim ahamiyatga ega).
- So’ng pastki qismi yuqoriga ko’tariladi.
- Nihoyat shakl uchburchak qilib bukiladi.
- Modul tayyor. Uning ikkita cho’ntagi va 2 burchagi mavjud.
Hajmli shakllarni bir-biriga turli usullar bilan kiritish mumkin. Ulardan biri quyidagi rasmda keltirilgan.
Oqqush shaklini yig’ish
Oq rangli oqqush yaratish uchun 1 ta qizil va 458 ta oq modul olish kerak bo’ladi. Ammo turfa ranglisi chiroyliroq deb hisoblanishi sababli, quyida aynan shu turini yaratish ketma-ketligi keltiriladi. Kerak bo’ladigan modullar:
- Qizil — 1 dona;
- Pushti — 136;
- To’q sariq — 90;
- Sariq — 60;
- Yashil — 78;
- Moviy — 39;
- Ko’k — 36;
- Binafsharang — 19.
Uchta pushti modul quyidagi tarzda o’rnatiladi.
Bitta modulning cho’ntaklariga boshqa ikkita modulning burchaklari joylashtiriladi.
Yana ikkita modul oliandi va xuddi shu tarzda birinchi guruhga qo’shiladi. Shunday qilib, ichki va tashqi qatordan iborat dastlabki halqa terib chiqiladi. Tashqi qatorda modullar uzun tomoni bilan pastga qarata joylshtiriladi, ichki qatorda esa kalta tomoni bilan.
Har bir qator 30 ta moduldan iborat. Halqa har bir elementni qo’l bilan ushlab turgan holda tuzib chiqiladi. Zanjirning uchlari oxirgi modul bilan tutashtiriladi.
Uchinchi qator 30 ta to’q sariq moduldan iborat bo’ladi. Modullar shaxmat tartibida teriladi. To’rtinchi qator ham 30 ta to’q sariq moduldan iborat bo’lib, xuddi shu tarzda amalga oshiriladi.
Keyingi navbatda shaklning chetlarini barmoqlaringiz bilan huddi butun halqani ichidan teskari qilmoqchi bo’lgandek qilib ushlang. Quyidagi kabi shakl hosil bo’lishi kerak. Yuqoridan qaraganda stadionga o’xshab ketadi.
Pastki tarafdan «stadion» shunday ko’rinishda bo’ladi:
Beshinchi qator 30 ta sariq moduldan iborat. Ular endi yuqoridan kiydiriladi. Modullar oldingisi kabi joylashishiga e’tibor berish kerak.
Oltinchi qatordan boshlab oqqushning qanotlari shakllantirila boshlaydi. Qushning boshi bo’ladigan tomonni tanlab olish kerak. Shu tomonda bir juft burchaklar belgilab olinadi (ikkita qo’shni moduldan bittadan burchak). Shu burchaklarga qushning bo’yni kiritiladi. Ushbu juft burchaklarining o’ng va chap tomonidan 12 tadan sariq modul kiydiriladi. Ya’ni oltinchi qatorda ikki bo’sh modul qoldiriladi va jami elementlar soni 24 ta bo’ladi.
Keyingi navbatlarda qanotlar shakllantirilishi davom etiladi. Har bir qavatda modullar soni bittaga kamayib boradi. Ya’ni 7-qator 22 ta yashil moduldan iborat (2 marta 11 tadan); 8-qator — 20 ta yashil modul; 9-qator — 18 ta yashil modul.
O’ninchi qator — 16 ta moviy rangli modul. 11-qator — shu rangli 14 ta modul.
12-qator — 12 ta ko’k modul. 13-qator — 10 ta ko’k modul. 14-qator — 8 ta ko’k modul.
O’n beshinchi qator — 6 ta binafsharang modul. O’n oltinchi qator — 4 ta binafsharang modul. Va eng so’nggi — binafsha rangli 2 ta modul. Qushning qanotlari tayyor. Qanotga uning pastki qismi biroz qavariq, tepa qismi esa botiqroq qilib shakl beriladi.
Qushning dumi dastlab 5 qatordan boshlanadi va xuddi yuqoridagi kabi har bir qavatda 1 taga kamaytirib boriladi. Bunga jami bo’lib 12 ta yashil va 3 ta moviy rangli modul kerak bo’ladi.
Oqqushning bo’yin qismini yaratish uchun modullar boshqa usul bilan ulanadi. Bir modulning ikki burchagi boshqa modulning ikki cho’ntagiga kiritiladi.
Qizil modulga 7 ta binafsha rangli modulni biriktiriladi. Birdan unga kerakli shakl berib ketishga harakat qiling. Agar qushning tumshug’i ikki ajralgan bo’lishini istamasangiz, qizil modulning burchaklarini oldindan yelimlab olishni unutmang.
Bo’yinga keyingi navbatda 6 tadan moviy, ko’k, yashil va sariq rangli modullarni biriktiriladi, kerakli shakl beriladi.
Bo’yin ikki qanotlarga yelimlanib qo’shimcha ravishda mustahkamlanadi. Xohishga qarab qushga ko’zlar yopishtirish (yoki chizish) mumkin.
Eng pastki qismi 40 va 36 moduldan iborat ikkita halqa ko’rinishida yasaladi. Modullar bo’yin bilan bir xil tarzda biriktiriladi.
Xohishga ko’ra ikkita halqani bir-biriga yopishtirish, shuningdek oqqushniunga yelimlab qo’yish ham mumkin.
Shunday qilib qog’ozdan yasalgan oqqush tayyor. U uzoq vaqt davomida kishi ko’zini quvontiradi.