Press "Enter" to skip to content

Qog’ozdan oqqush yasash — 2 usuli, jarayon ketma-ketligi, foto video

Sizga kerak bo’ladi: rangli qog’oz, flomasterlar, elim, oddiy qalam, rangli qalam, qaychi.

Qog’ozdan o’yinchoq yasash

Qog’ozdan bolalar bilan o’yinchoq yasash – o’yinchoq va xar hil qiziqarli narsalar yasashning eng oson va tushunarli yo’llari

Qo’llar bilan qog’ozdan xar hil o’yinchoq va narsalar yasash bola mahoratini va ijodiy tasavvurni rivojlantirish uchun juda yaxshi. Qog’oz ekologik toza materialdir, u qulay, arzon va bolalar orasida juda mashhur. Ushbu maqolada biz maktabgacha va maktab yoshdagi bolalar uchun qog’ozli hunarmandchilikni ko’rib chiqamiz.

Qog’ozdan turli xildagi o’yinchoqlar yasasa bo’ladi. Ushbu bo’limda siz bolalar va o’rta yoshdagilar uchun qiziqarli va o’ziga xos qo’lda ishlangan qog’ozdan tayyorlangan xar hil narsalarni topasiz, bu erda taqdim etilgan variantlar mutlaqo barchaga yoqadi. Farzandingiz bilan bizning yosh ustalarimizning muvaffaqiyatlarini kuzatib boring.

Bizning QUVNOQ BOLA USTAXONASIDA qog’ozdan juda ko’p qulay va oson o’yinchoqlar yasash yo’llari bilan tanishib bolangizga o’rgatishingiz mumkin.

Sizga kerak bo’ladi: rangli qog’oz, flomasterlar, elim, oddiy qalam, rangli qalam, qaychi.

DIQQAT: Hech qachon bolalarni kesuvchi va qiruvchi asboblar bilan yolg’iz qoldirmang!

O’quv jarayoni o’yin bilan birlashtiganingiz ma’qul, keyin bola ko’proq qiziqadi va u uchun yangi ma’lumotlarni yaxshi va oson qabul qiladi. Bu, ayniqsa, bulg’usi maktab o’quvchilari va birinchi sinf o’quvchilari uchun to’g’ri keladi.

Qog’ozdan samolyot yasash

Bolalarga qog’ozdan eng ko’p yasaydigan o’yinchoq bu albatt samolyot bo’lsa kerak. Birinchi navbatta samolyotni qog’ozdan yasashning eng oson yo’lini ko’rib chiqamiz.

Qog’ozdan kuchukcha va boshqa hayvonlar o’yinchoqlar yasash

Bolalarga qog’ozdan xar hil hayvonlar yasash ularning qo’l motorikasi va aqliy faoliyatini yanada rivojlantiradi. Ota – onalariga esa bolalari bilan foydali mashg’ulot bilan shug’ullanishning yana bi imkoniyatidir.

Kuchukcha

Tulki

Qog’ozdan Tulkicha yasash uchun sizga sariq yoki to’q sariq rang qog’oz va qora flomaster kerak buladi.

Baliqcha

Qog’ozdan Oq’ Q’ush – o’yinchoq yasash oson yo’li

Qor bobo – qog’ozdan o’yinchoq yasash

Yangi Yilga ajoyib fikr – qog’ozdan Qorbobo yasab uni archa tagiga qo’yishingiz mumkin.

Qog’ozdan gul yasash

1 thought on “Qog’ozdan o’yinchoq yasash”

Fikr bildirish Javobni bekor qilish

  • Navro’z haqida she’rlar
  • Bayramlar haqida she’rlar to’plami
  • Vatan haqida she’rlar
  • Bolalarga rasm chizishni o’rgatamiz
  • Bolalar uchun ertaklar
  • Bolalar ustaxonasi ” Quvnoq Bola “ga
  • Qog’ozdan o’yinchoq yasash ” Javohir Jumanazarov “ga
  • Bolalar chizgan rasmlar ” Bekbulat Jumanaliyevich Urazov “ga
  • Bolalar chizgan rasmlar ” Иззат “ga
  • Malikalar – bo’yash uchun rasmlar ” Ozoda “ga
  • Bolajonlar va ota-onalar uchun sayt
  • BOLALAR UCHUN ERTAKLAR
  • Bolalar uchun ijod
  • Bolalar ustaxonasi
    • Bolalar chizgan rasmlar
    • Bolalar uchun rasm chizishni o’rgatish
    • Bolalarga ranglash uchun rasmlar
      • Avtomobillar – bo’yash uchun rasmlar
      • Hayvonlar – bo’yash uchun bolalarga rasmlar
      • Malikalar – bo’yash uchun rasmlar
      • Mushukchalar – bo’yash uchun rasmlar
      • Super qahramonlar – bo’yash uchun o’g’il bolalarga rasmlar
      • AGNIYA BARTO SHE’RLARI
      • Kichkina Xo’jayin (baby boss) – multfilm onlain
      • Masha va ayiq onlain
      • Smeshariki
      • Xonqizining sarguzashlari (Lady Bug)
      • Navro’z haqida she’rlar
      • Bayramlar haqida she’rlar to’plami
      • Vatan haqida she’rlar
      • Bolalarga rasm chizishni o’rgatamiz
      • Bolalar uchun ertaklar
      • Home
      • Bolalar uchun ijod
        • Topishmoqlar
        • She’rlar
        • Ertaklar
        • Bolalarga ranglash uchun rasmlar
        • Qog’ozdan o’yinchoq yasash
        • Bolalar uchun rasm chizishni o’rgatish
        • Bolalar chizgan rasmlar

        Copyright © 2021 Quvnoq Bola – site for kids | Powered by Quvnoqbola

        Manage Cookie Consent
        Saytimizni va xizmatlarimizni yaxshilash maqsadida cookiedan foydalanamiz
        Functional Functional Always active

        The technical storage or access is strictly necessary for the legitimate purpose of enabling the use of a specific service explicitly requested by the subscriber or user, or for the sole purpose of carrying out the transmission of a communication over an electronic communications network.

        Preferences Preferences

        The technical storage or access is necessary for the legitimate purpose of storing preferences that are not requested by the subscriber or user.

        Statistics Statistics

        The technical storage or access that is used exclusively for statistical purposes. The technical storage or access that is used exclusively for anonymous statistical purposes. Without a subpoena, voluntary compliance on the part of your Internet Service Provider, or additional records from a third party, information stored or retrieved for this purpose alone cannot usually be used to identify you.

        Marketing Marketing

        The technical storage or access is required to create user profiles to send advertising, or to track the user on a website or across several websites for similar marketing purposes.

        Qog’ozdan oqqush yasash — 2 usuli, jarayon ketma-ketligi, foto + video

        Qog’ozdan ajoyib shakllarni yaratishni o’rganib, nafaqat o’zingizga, balki atrofingizdagi odamlarga ham quvonch bag’ishlashingiz mumkin. Kichkina qog’oz parchasi tajribali ustaning qo’lida bamisoli jonlanadi va chiroyli gulga (masalan, atirgul) yoki ushbu maqolada ko’rib chiqiladigan oqqushga aylanadi.

        Dastlab sizga bitta kvadrat qog’ozdan oqqush yasashning oddiy usulini taklif qilamiz, so’ngra turli xil qog’ozli modullardan chiroyli oqqush terishni keltirib o’tamiz.

        Qog’ozdan oqqush yasash (oddiy origami)

        1. Kvadrat qog’oz olinadi. Bunda 10 × 10 sm o’lchamdagi kvadrat varaq olish kerak. Kattaroq o’lchamlardagisi ham bo’ladi, asosiysi uning kvadrat bo’lishi.
        2. Kvadrat diagonal qilib qatlanadi va yana to’g’rilab olinadi (bu diagonal chiziq ko’rinishi uchun kerak).
        3. Chiqqan diagonal chiziqqa qog’ozning ikkita pastki tomoni bukiladi.
        4. Shakl boshqa tomonga buriladi va pastki burchaklarni yana bir bor diagonal chiziqqa keltiriladi.
        5. Olingan shakl o’rtasidan teng ikki qismga bo’linadi: pastki burchagi yuqori burchak bilan tutashtiriladi.
        6. Ingichka uchining burchagi pastga tomon bukiladi (uzunligi xohishga ko’ra). Bu burchakda oqqushning boshi bo’ladi.
        7. Endi shakl yuza tomonidan ikkiga qatlanadi.
        8. Oqqush bo’ynini tepaga, boshi esa oldinga chiqariladi.
        9. So’nggi navbatda qushning boshiga qo’shimcha shakl beriladi. Ichki qatlamlar ochiladi, mavjud bo’lgan yordamchi chiziqlar bo’ylab qatlanadi. Tumshug’ini shakllantirish uchun uch qismi biroz yuqoriga ko’tariladi.

        Oqqushning modulli turi

        Bu usulda qog’ozdan turfa rangli, chiroyli oqqush yasash mumkin. U xonaga bezak sifatida qo’yilishi yoki sovg’a sifatida ishlatilishi mumkin. Jarayon o’ta murakkab emas, biroq shakl ko’plab modullardan (elementlardan) iboratligi sababli nisbatan ko’proq vaqt talab qiladi.

        Ish modullarni yasab olishdan boshlanadi. Ularni bir-biriga kiritish orqali shakl hosil qilinadi. Ulash davomida elementlarni yelimlamasa ham bo’ladi, chunki ishqalanish kuchi shaklning to’kilib ketishiga yo’l qo’maydi. Shunday bo’lsada, imkon qadar ularni yelimlab yopishtirishga harakat qilish kerak. Bu holda oqqushni bemalol o’yinchoq sifatida ishlatish va biroz kuch ta’sirida to’kilib tushishidan qo’rqmaslik mumkin bo’ladi.

        Modullardan iborat bunday oqqush yasash uchun sifatli qog’oz olish lozim. Ingichka qog’ozlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.

        Yasash ketma-ketligi

        Modul to’rtburchak oq yoki rangli qog’ozdan shakllantiriladi. To’g’ri to’rtburchak tomonlari taxminan 1 : 1,5 nisbatda bo’lishi kerak. Kerakli to’rtburchaklarni olish uchun A4 formatidagi ofis qog’ozini 4 ta teng qismlarga bo’lish kifoya.

        Agar A4 formatdagi varaqning bo’yi va eni to’rtta teng bo’lakka bo’linib, ajratilgan chiziqlar bo’ylab kesib olinsa, unda o’lchami taxminan 53 × 74 mm bo’lgan to’rtburchaklar olinadi. Agar eni 4 qismga, bo’yi esa 8 qismga bo’ladigan bo’lsa, u holda 37 × 53 mm o’lchamdagi to’rtburchaklar hosil bo’ladi.

        Uchburchak modul qanday tayyorlanadi

        1. To’rtburchak yuza tomoni bilan stolga qo’yiladi va ikkiga buklanadi.
        2. So’ng o’rta chizig’ini aniqlab olish uchun yana bir marta o’rtasidan ikkiga bukib olinadi.
        3. Chetlari o’rtaga qarata qatlanadi.
        4. So’ng teskari qilinadi.
        5. Burchaklari bukiladi (yuqori uchburchak va qatlanadigan burchak orasida ozroq joy qoldirish muhim ahamiyatga ega).
        6. So’ng pastki qismi yuqoriga ko’tariladi.
        7. Nihoyat shakl uchburchak qilib bukiladi.
        8. Modul tayyor. Uning ikkita cho’ntagi va 2 burchagi mavjud.

        Hajmli shakllarni bir-biriga turli usullar bilan kiritish mumkin. Ulardan biri quyidagi rasmda keltirilgan.

        Oqqush shaklini yig’ish

        Oq rangli oqqush yaratish uchun 1 ta qizil va 458 ta oq modul olish kerak bo’ladi. Ammo turfa ranglisi chiroyliroq deb hisoblanishi sababli, quyida aynan shu turini yaratish ketma-ketligi keltiriladi. Kerak bo’ladigan modullar:

        • Qizil — 1 dona;
        • Pushti — 136;
        • To’q sariq — 90;
        • Sariq — 60;
        • Yashil — 78;
        • Moviy — 39;
        • Ko’k — 36;
        • Binafsharang — 19.

        Uchta pushti modul quyidagi tarzda o’rnatiladi.

        Bitta modulning cho’ntaklariga boshqa ikkita modulning burchaklari joylashtiriladi.

        Yana ikkita modul oliandi va xuddi shu tarzda birinchi guruhga qo’shiladi. Shunday qilib, ichki va tashqi qatordan iborat dastlabki halqa terib chiqiladi. Tashqi qatorda modullar uzun tomoni bilan pastga qarata joylshtiriladi, ichki qatorda esa kalta tomoni bilan.

        Har bir qator 30 ta moduldan iborat. Halqa har bir elementni qo’l bilan ushlab turgan holda tuzib chiqiladi. Zanjirning uchlari oxirgi modul bilan tutashtiriladi.

        Uchinchi qator 30 ta to’q sariq moduldan iborat bo’ladi. Modullar shaxmat tartibida teriladi. To’rtinchi qator ham 30 ta to’q sariq moduldan iborat bo’lib, xuddi shu tarzda amalga oshiriladi.

        Keyingi navbatda shaklning chetlarini barmoqlaringiz bilan huddi butun halqani ichidan teskari qilmoqchi bo’lgandek qilib ushlang. Quyidagi kabi shakl hosil bo’lishi kerak. Yuqoridan qaraganda stadionga o’xshab ketadi.

        Pastki tarafdan «stadion» shunday ko’rinishda bo’ladi:

        Beshinchi qator 30 ta sariq moduldan iborat. Ular endi yuqoridan kiydiriladi. Modullar oldingisi kabi joylashishiga e’tibor berish kerak.

        Oltinchi qatordan boshlab oqqushning qanotlari shakllantirila boshlaydi. Qushning boshi bo’ladigan tomonni tanlab olish kerak. Shu tomonda bir juft burchaklar belgilab olinadi (ikkita qo’shni moduldan bittadan burchak). Shu burchaklarga qushning bo’yni kiritiladi. Ushbu juft burchaklarining o’ng va chap tomonidan 12 tadan sariq modul kiydiriladi. Ya’ni oltinchi qatorda ikki bo’sh modul qoldiriladi va jami elementlar soni 24 ta bo’ladi.

        Keyingi navbatlarda qanotlar shakllantirilishi davom etiladi. Har bir qavatda modullar soni bittaga kamayib boradi. Ya’ni 7-qator 22 ta yashil moduldan iborat (2 marta 11 tadan); 8-qator — 20 ta yashil modul; 9-qator — 18 ta yashil modul.

        O’ninchi qator — 16 ta moviy rangli modul. 11-qator — shu rangli 14 ta modul.

        12-qator — 12 ta ko’k modul. 13-qator — 10 ta ko’k modul. 14-qator — 8 ta ko’k modul.

        O’n beshinchi qator — 6 ta binafsharang modul. O’n oltinchi qator — 4 ta binafsharang modul. Va eng so’nggi — binafsha rangli 2 ta modul. Qushning qanotlari tayyor. Qanotga uning pastki qismi biroz qavariq, tepa qismi esa botiqroq qilib shakl beriladi.

        Qushning dumi dastlab 5 qatordan boshlanadi va xuddi yuqoridagi kabi har bir qavatda 1 taga kamaytirib boriladi. Bunga jami bo’lib 12 ta yashil va 3 ta moviy rangli modul kerak bo’ladi.

        Oqqushning bo’yin qismini yaratish uchun modullar boshqa usul bilan ulanadi. Bir modulning ikki burchagi boshqa modulning ikki cho’ntagiga kiritiladi.

        Qizil modulga 7 ta binafsha rangli modulni biriktiriladi. Birdan unga kerakli shakl berib ketishga harakat qiling. Agar qushning tumshug’i ikki ajralgan bo’lishini istamasangiz, qizil modulning burchaklarini oldindan yelimlab olishni unutmang.

        Bo’yinga keyingi navbatda 6 tadan moviy, ko’k, yashil va sariq rangli modullarni biriktiriladi, kerakli shakl beriladi.

        Bo’yin ikki qanotlarga yelimlanib qo’shimcha ravishda mustahkamlanadi. Xohishga qarab qushga ko’zlar yopishtirish (yoki chizish) mumkin.

        Eng pastki qismi 40 va 36 moduldan iborat ikkita halqa ko’rinishida yasaladi. Modullar bo’yin bilan bir xil tarzda biriktiriladi.

        Xohishga ko’ra ikkita halqani bir-biriga yopishtirish, shuningdek oqqushniunga yelimlab qo’yish ham mumkin.

        Shunday qilib qog’ozdan yasalgan oqqush tayyor. U uzoq vaqt davomida kishi ko’zini quvontiradi.