Qon bosimi yuqori insonlarga tavsiya etiladigan 4 ta mahsulot
Yuqori arterial qon bosimi qon tomirlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi, chunki ular qisqa vaqt davomida birdan torayadi. Juda kuchli bosimda esa ba’zi qon tomirlar bardosh bera olmay yoriladi va ichki qon ketish kuzatiladi. Gemorragik infarkt elastikligi yo’qolgan va sinuvchanlikka moyil bo’lgan tomirlar joylashgan a’zolarda sodir bo’ladi.
Qon bosimi oshishi (gipertoniya) — sabablari, belgilari, tasnifi, davolash
Qon bosimi oshishi yoxud gipertoniya — bugungi kunda yurak-tomir tizimining eng keng tarqalgan kasalliklaridan biri hisoblanadi. Kasallik arterial qon bosimining ko’tarilishi bilan namoyon bo’ladi va ko’pincha uning ko’rsatkichi 140/90 dan oshib ketadi.
Yurak-tomir kasalliklari sohasidagi ko’plab ekspertlarning fikricha, gipertoniya ko’pincha qon aylanishi buzilishlari natijasida sodir bo’ladi. Yurak yetishmovchiligi ham uning sababchilari ro’yxatiga kiradi. Mazkur kasallik bemorlarda ikkilamchi kasalliklar rivojlanishiga turtki bo’lishi mumkin, masalan insult, yurak xuruji.
Yuqori arterial qon bosimi qon tomirlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi, chunki ular qisqa vaqt davomida birdan torayadi. Juda kuchli bosimda esa ba’zi qon tomirlar bardosh bera olmay yoriladi va ichki qon ketish kuzatiladi. Gemorragik infarkt elastikligi yo’qolgan va sinuvchanlikka moyil bo’lgan tomirlar joylashgan a’zolarda sodir bo’ladi.
Gipertoniya kasalligi haqida
Gipertoniya— qon tomirlarning nerv-funksional faoliyati buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallikdir. Kasallik asosan 40 yoshdan kattalarda uchraydi, lekin so’nggi yillarda yoshlarda ham tez-tez kuzatilishi qayd qilinmoqda. Gipertoniyadan ayollar ham, erkaklar ham bir xil aziyat chekishadi. Bu kasallik yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan kasallangan odamlar ichida etakchi o’lim sabablaridan hisoblanadi.
Necha o’n yilliklar davomida olimlar bu kasallikni o’rganish bilan band. Tadqiqotlarga ko’ra, gipertoniya sayyoramizdagi nogironlikning asosiy sabablaridan biridir. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, qon bosimi oshganda birinchi yordam kech ko’rsatilsa, bemorlarning ahvoli juda og’irlashishi, hatto o’lim kuzatilishi ham mumkin.
Qon bosimi oshishi belgilari va alomatlari
Gipertoniyaning asosiy alomati — bu miya tomirlarining spazmi va torayishi tufayli bosh og’rig’idir. Shuningdek, ko’pincha quloqlarda shovqin, ko’rish o’tkirligining susayishi, holsizlik, uyquning buzilishi, bosh aylanishi, boshda og’irlik hissi, yurak urishining tezlashishi namoyon bo’ladi. Bu alomatlar kasallikning erta bosqichida seziladi. Keyinchalik yurakning uzoq vaqt davomida zo’riqib ishlashi tufayli yurak yetishmovchiligi yuzaga keladi.
Bundan tashqari, ko’plab bemorlarda quyidagi belgilar uchraydi:
Gipertoniya kelib chiqishi sabablari
Kasallikning rivojlanish sababi uzoq vaqt davomida stress va tushkunlik holatida yurish, tez-tez psixologik zo’riqshlardir. Ko’pincha bularni doimiy emotsional taranglikni talab etadigan ish faoliyati keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, miya chayqalishiga uchragan bemorlarda ham kasallik rivojlanishi xavfi yuqori bo’ladi. Irsiy moyillik ham sabablar qatorida: agar kishining avlodida bu kasallik uchragan bo’lsa, unda ham ushbu kasallik rivojlanishi xavfi bir necha barobarga ortadi.
Kasallik rivojlanishiga ta’sir o’tkazuvchi omillardan asosiysi — bu kamharakat turmush tarzidir. Yosh o’tib borgani sari insonlarda ateroskleroz rivojlanishi mumkin, bu o’zgarish fonida qon bosimining oshishi esa vaziyatni yanada jiddiylashtirib yuboradi. Bu hayot uchun o’ta xavfli hisoblanadi, chunki toraygan qon tomirlar orqali miya, yurak, buyraklarning bir qismiga qonning bormay qolishi yoki yetarli bormasligi kuzatiladi. Agar qon tomir devorlarida tromb va xolesterin to’planmalari bo’lsa, ular kuchli bosim vaqtida ajralib, kapillyar qon tomirlarda tiqilib, qon o’tishiga to’sqinlik qilishi mumkin. Bu holda miokard infarkti yoki insult yuzaga keladi.
Ayollarda qon bosimi oshishiga sabab menopauza davridagi gormonal o’zgarishlar bo’lishi mumkin. Tuz, yoki aniqrog’i, unda mavjud natriy, shuningdek chekish, alkogolli ichimliklarni suiste’mol qilish, semizlik ham yurak-tomir tizimiga bosim o’tkazadi.
Umumiylashtirib olganda, gipertoniya rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar quyidagilardan iborat:
Gipertonik kriz nima?
Gipertonik kriz — kasallik cho’qqisining namoyon bo’lishidir. Bu holatda qon bosimi tezda ko’tariladi, yuqorida keltirilgan belgilarning hammasi kuzatiladi, bunga qo’shimcha ravishda bemorlarda ko’ngil aynishi, qusish, terlash, ko’zning qorong’ulashishi yuzaga keladi. Bunday krizlar bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Yurak urishi sezilarli darajada tezlashadi, bemorda qo’rquv va hayajon paydo bo’ladi. Bu holatda yonoqlar qizaradi, siydik va najas ajratish nazorati yo’qoladi. Gipertonik kriz ko’pincha kunning ikkinchi yarmida yoki kechqurun yuzaga keladi.
Gipertonik krizning yana bir ko’rinishi uzoq vaqt davomida shakllanadi va u bemorga 4-5 soat, hatto bir necha sutka davomida azob berishi mumkin. Bu holat kasallikning oxirgi bosqichlarida namoyon bo’ladi va arterial qon bosiming ko’tarilishi fonida yuzaga keladi. Bunday vaqtda bemorda miya faoliyatining, xususan nutqning va qo’l-oyoqlarda sezuvchanlikning pasayishi kuzatiladi.
Gipertoniyaga tashxis qo’yish
Bemorga aniq tashxis qo’yish uchun shifokor bir nechta laboratoriya tahlillari va apparat tekshiruvlari o’tkazishi kerak bo’ladi. Tashxisning maqsadi kasallikning bosqichi va gipertoniya darajasini aniqlash hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlar bilan shifokor samarali davolash usulini tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi.,
Kasallikning dastlabki bosqichlari yashirin kechganligi bois, ko’pchilik bemorlar shifokor huzuriga kech tashrif buyurishadi. Kasallikni butunlay davolash juda mushkul hisoblanadi, shuning uchun bemorlar sabr-toqatga ega bo’lishlari kerak, zero kasallik ularga qolgan butun umrlari davomida hamrohlik qilishi mumkin. Shuning uchun kasallikni o’z vaqtida oldini olish, shubhali belgilar paydo bo’lsa shifokor ko’rigidan o’tish zarur.
Uy sharoitida har bir inson o’z qon bosimini muntazam o’lchab turishi kerak, eng optimal ko’rsatkich 120/80 mm sim.ust (quyida birlik deb keltiriladi) ga teng, yoshi kattalar uchun 130/90. Atrof-muhit ta’siri yoki jismoniy faollik natijasida bosim 5-10 birlikka ortishi mumkin. Quyi va yuqori bosim o’rtasidagi juda katta farq ham havotir uchun belgi bo’ladi — odatda bu ko’rsatkich 50 birlikdan oshmasligi kerak. Agar qon bosimining tez-tez o’zgarishi kuzatilsa, shifokor bilan uchrashish tavsiya etiladi.
Gipertoniya bosqichlari
Zamonaviy tibbiyot arterial gipertoniyaning 3 bosqichini farqlaydi:
Qon bosimi ko’tarilishini davolash
Kasallikni davolashda malakali shifokor har bir bemor uchun alohida-alohida dorilar bilan davolash kursini tanlaydi. Ko’p hollarda quyidagi dorilar buyuriladi:
Davolash paytida bemorlar har qanday stress yoki hissiy zo’riqishdan yiroq bo’lganlari ma’qul. Bemorlar ochiq havoda: hovuz atrofida, bog’da, o’rmonda sayr qilishlari tavsiya etiadi. To’g’ri ovqatlanish gipertoniyani muvaffaqiyatli davolashda muhim hisoblanadi.
Ovqatlanish tartibi
Avvalo, kundalik ratsiondan «yomon» xolesterin va ko’p miqdorda tuz saqlagan mahsulotlarni chiqarib tashlash kerak. Ularga:
Tandirdan uzilgan yangi non o’rniga bir-ikki kun turgan nonni iste’mol qilish foydalidir. Kundalik ratsionga servitamin, minerallarga boy bo’lgan va kasallikka qarshi kurashishga yordam beruvchi mahsulotlardan ko’proq kiritish kerak. Ularga:
Qon bosimi yuqori insonlarga tavsiya etiladigan 4 ta mahsulot
Qon bosimining ko‘tarilishiga biz iste’mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida bo‘lgan natriy salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Boshqa bir mineral — kaliy esa uni zararsizlantirishga yordam beradi. Surunkali yuqori qon bosimi borlarga iloji boricha ko‘proq kaliyga boy taomlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. The Voice nashri qon bosimi yuqori insonlarga tavsiya etiladigan mahsulotlar haqida ma’lumot berdi.
Yog‘siz pishloq
Ushbu foydali mahsulot qomatga zarar bermaydi, yurak faoliyatini normallashtiradi, qon tomirlarini kengaytiradi va kalsiy, magniy va kaliyning ajoyib manbai hisoblanadi. Yaxshi natijaga erishish uchun yog‘siz pishloqni muntazam ravishda iste’mol qilish kerak: kuniga 100 gramm porsiya pishloq yetarli bo‘ladi.
Qizil bulg‘or qalampiri
Shirin, qarsillaydigan qizil bulg‘or qalampirini iste’mol qiling. Bulg‘or qalampirida ko‘p miqdorda C vitamini mavjud, shuning uchun gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarga iloji boricha bu mahsulotni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Kuniga ikkita yaxshi pishgan sabzavotni iste’mol qilish qon bosimini normallashtirishga yordam beradi.
Losos balig‘i
Omega-3 yog‘ kislotalarining yuqori miqdori tufayli bu mazali baliq yuqori qon bosimini kamaytirishga samarali yordam beradi. Iloji boricha tez-tez losos balig‘ini iste’mol qilishga harakat qiling: haftasiga 3 marta 100-150 grammdan baliq iste’mol qilinsa, qon bosimi normal darajada saqlanib turadi.
Suli yormasi
Shifokorlar gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarga har kuni ertalab suli yormasini iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Suli yormasining foydali jihatlarini tadqiqotlar tasdiqlangan: u organizmni kuchli antioksidant bo‘lgan selen bilan mukammal ta’minlaydi.
Qon bosimi yuqori insonlarga tavsiya etilgan 4 mahsulot
Qon bosimining ko‘tarilishiga biz iste’mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida bo‘lgan natriy salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Boshqa bir mineral — kaliy esa uni zararsizlantirishga yordam beradi.
Surunkali yuqori qon bosimi borlarga iloji boricha ko‘proq kaliyga boy taomlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. The Voice nashri qon bosimi yuqori insonlarga tavsiya etiladigan mahsulotlar haqida ma’lumot berdi.
Qizil bulg‘or qalampiri — Shirin, qarsillaydigan qizil bulg‘or qalampirini iste’mol qiling. Bulg‘or qalampirida ko‘p miqdorda C vitamini mavjud, shuning uchun gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarga iloji boricha bu mahsulotni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Kuniga ikkita yaxshi pishgan sabzavotni iste’mol qilish qon bosimini normallashtirishga yordam beradi.
Yog‘siz pishloq — Ushbu foydali mahsulot qomatga zarar bermaydi, yurak faoliyatini normallashtiradi, qon tomirlarini kengaytiradi va kalsiy, magniy va kaliyning ajoyib manbai hisoblanadi. Yaxshi natijaga erishish uchun yog‘siz pishloqni muntazam ravishda iste’mol qilish kerak: kuniga 100 gramm porsiya pishloq yetarli bo‘ladi.
Suli yormasi — Shifokorlar gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarga har kuni ertalab suli yormasini iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Suli yormasining foydali jihatlarini tadqiqotlar tasdiqlangan: u organizmni kuchli antioksidant bo‘lgan selen bilan mukammal ta’minlaydi.
Losos balig‘i — Omega-3 yog‘ kislotalarining yuqori miqdori tufayli bu mazali baliq yuqori qon bosimini kamaytirishga samarali yordam beradi. Iloji boricha tez-tez losos balig‘ini iste’mol qilishga harakat qiling: haftasiga 3 marta 100-150 grammdan baliq iste’mol qilinsa, qon bosimi normal darajada saqlanib turadi.
Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin
So‘nggi yuklangan mavzular
Ko‘p o‘qilgan mavzular
Bo‘limlardan birini tanlang