Qoraqalpoq tili alifbosi
1. Davkarayev N. Ocherki po istorii dorevolyusionnoy karakalpakskoy literatur?. T., 1959.
2. Nurmuxammedov M. Qoraqalpoq adabiyoti tarixi. T. 1978.
3. Tojiboyev A. Sir qo’shiqlari. T. 1970.
4. Berdaq. Tanlangan asarlar. T. 1978.
5. Kaipberganov T. Gumroxlar. Roman. T., 1978.
Qoraqalpoq tili alifbosi
Sitenizin Tavsiyesi: Gönül Mihrabı
Soylu sevdaların kaynağı onda
Aşkı kor ateşle tutuşur canda
Böyle makam az bulunur cihanda
Mukaddes divandır gönül mihrabı.
19-Turkiy Xalqlar Adabiyoti-Qoraqalpoq Adabiyoti
Ayrıntılar Üst Kategori: Özbek Edebiyatı Kategori: Turkiy Xalqlar Adabiyoti (SAMDU) Gösterim: 14909
Qoraqalpoq xalqi tarixda juda murakkab jarayonni bosib o’tgan. Asosan, chorvachilik bilan shug’ullangan qoraqalpoqlar uzoq asrlar ko’chmanchilik hayotini boshidan kechirdi. Ular goh Buxoro, goh Xiva xonliklari tarkibiga kirgan territoriyalarda yashadi. O’zlarining milliy davlatlari faqat XX asrdagina vujudga keldi. Qoraqalpoq xalqi yozuvga asosan XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ega bo’ldi. Shuning uchun ularning adabiyoti tarixi asosan xalq og’zaki ijodi janrlari bo’lgan ertak, qo’shiq va dostonlardan iboratdir. Qoraqalpoq xalqininng “Qirq qiz”, “Alpomish”, “Er qo’shay”, “Mast podsho”, “Shahriyor” singari dostonlari xalq orasida juda mashhurdir. Bundan tashqari, O’rta Osiyo xalqlari og’zaki ijodida mashhur bo’lgan “Oshiq G’arib”, “Yusuf va Zulayxo”, “Oshiq Xamro”, “Toxir va Zuxro”, “Yusuf Axmad” kabi dostonlar ham qoraqalpoq xalqi orasida keng tarqalgan. Bu dostonlarning deyarli barchasida vatanparvarlik, xalqparvarlik motivlari yetakchi o’rinni egallaydi. Bu g’oya ayniqsa “Qirq qiz” dostonida ko’zga yaqqol tashlanadi. Dostonda hikoya qilinishicha, sarkarda Guloyim qirq qiz va xalq bilan birgalikda eron shohi Nodirshoxga hamda qalmoq xoni Surtayga qarshi jang qilib, mardlik va qahramonlik namunasini ko’rsatadilar. Qoraqalpoq xalq og’zaki ijodida turli mavzudagi qo’shiqlar ko’p uchraydi. Shulardan eng ko’p tarqalgani «jaydari qo’shiq» deb ataladigan turidir. Bu qo’shiqlar xalq hayotiningturli tomonlarini qamrab olgan bo’lib, sodda, tushunarli qilib aytilgan. Ayniqsa yoshlar orasida ko’proq tarqalgan bo’lib, unda sevgi – muhabbat mavzusi yetakchilik qiladi.
Anov turgan olmami, anormikan,
Soyasida turgan sevgan yormikan.
Soyasida turgan sevar yor bo’lsa
Ikkimizni qo’shar kunlar bormikan?
Qizil gulni ekdim qizlar ko’rsin deb
Har shoxasi yuz ming alvon bo’lsin deb
O’tganida, ketganda yorim ko’rsin deb
Shul yorning ishqida yurgan kunlarim.
Qoraqalpoq folklorini tekshirgan birinchi tadqiqotchi Ch.Valixonov, Markaziy Osiyo xalqlari ichida eng qo’shiqchi xalq qoraqalpoqlardir. Ulardan keyin turkmanlar turadi, degan edi. Rus folklorshunos olimi A.Belyayev esa qoraqalpoqlarni “Sahro bulbullari” deb atagandi. Haqiqatan ham, turli janrlarda yaratilgan qo’shiqlarda badiiy yuksaklik bilan birga falsafiy teranlik hamoxang bo’lib keladi. Ko’pgina xalq maqollarining mazmuni qo’shiq qilib kuylanadi. Bu qo’shiqlar ma’lum darajada, xalqni to’g’ri va halol yashashda, mehr-muruvatli, diyonatli bo’lishda tarbiya vositasi bo’lib xizmat qilgan. Xalq og’zaki ijodida keng tarqalgan qo’shiq turlaridan «aytishuv»da qo’shiqchilar bir-biri bilan musobaqa qilgan.
Bunda katta va teran ma’noli fikrlarni qisqa, obrazli va qofiyalangan holda savolu javoblarda bayon etish kerak. Ana shunday musobaqalar ishtirokchilarni xalq orasida mashhur qilgan. Qoraqalpoq xalq folklorida juda ko’plab ertaklar mavjud. Ulardan «Yuz og’iz yolg’on aytgan cho’pon», «Qushlar podshosi», «Keksa tuzoqchi», «Qo’rqoq chol», «Yo’lbars mingan qiz» kabilar o’zlarining originalligi, ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Qoraqalpoq xalq folklorida epik dostonlar ham anchagina uchraydi. Bularning ichida «Alpomish», «Koblon» kabilarning boshqa turkiy xalqlar folklorida ham variantlari uchrasa, «Mast podsho», «Qirq qiz» kabi dostonlar faqat qoraqalpoq xalq og’zaki ijodiga mansubdir. Ayniqsa «Qirq qiz» dostoni har tomonlama puxta ishlangan bo’lib, u 25000 misradan iboratdir. Dostonda hikoya qilinishicha, Sarko’p degan shaharda Ollayor nomli boy yashaydi. Uning olti o’g’li va bir Guloyim ismli qizi bor edi. Ana shu qiz 15 yoshga yetganda otasidan o’ziga Miyali degan orolchani so’rab oladi. Unda katta qal’a qurdiradi. Bu qal’aning devorlarini misdan, darvozasini temirdan yasaydi. Guloyim o’ziga 40 qiz tanlab olib, ularni harbiy mashqlarga o’rgata boshlaydi. Chunki qalmoqlar xoni Surtaysha bu yerlarga hujum qilishni rejalashtirib yurgan edi.
Guloyimga sovchilar turli tomondan keladi. U hammaga rad javobini berib, faqat tushida ko’rgan Arslon botirni kutadi. Unga Jurin nomli cho’pon ham oshiq bo’ladi. U ayyorlik bilan qal’aga tushib o’zini Arslon botir deb tanishtiradi. Lekin siri fosh bo’ladi va Guloyim tomonidan jazolanib qal’adan chiqarib yuboriladi. Bu vaqtda Jurinning 100 ta qo’yini bo’ri yeb ketgan bo’ladi. U qarg’aning maslahati bilan Ollayor boy uyiga payg’ambar kiyimida borib, 100 ta qo’yni sadaqaga so’raydi. Shu bilan bo’ri yegan qo’ylarning o’rnini to’ldiradi. Ollayor boy kasal bo’lib otasining qabriga borganida, cho’pon Jurin buni oldindan sezib, qabr ichiga kirib oladi va qizingni Juringa bersang, tuzalib ketasan deydi. Tuy kechasi Jurinni Guloyim sovchi qo’ydirib yurgan yigitlardan biri Sayake o’ldirib ketadi. Shu paytda eronlik Nodirshox Xorazmga hujum qiladi. Botir Arslon va uning singlisi Oltinoy Xorazmning bir chekka viloyatida yashar edi. Nodirshox Oltinoyga uylanmoqchi bo’ladi, lekin rad javobini oladi. Shox Arslon bilan yakka olishuvdan qo’rqib hiylaga o’tadi. Oltinoyni yomon otliq qilmoqchi bo’lib, maston kampirlar orqali turli jodular o’qitib, Oltinoy behush qiladi va akasining chodiriga kechasi yalong’och qilib olib borib qo’yadi. Ertalab Arslon uyg’onib yonida singlisini ko’radi va uni o’ldirmoqchi bo’ladi. Lekin bu hiyla ekanligini sezib, singlisini o’ldirmaydi. Ammo o’zi boshqa tomonlarga bosh olib ketib qoladi. Oltinoy el-yurtni to’plab Nodirshoxga qarshi jang qiladi. Kuchlar teng bo’lmaganligi sababli Nodirshoh g’olib keladi. Yarador bo’lgan Oltinoy asirga tushadi. Shox uni quriqko’l degan joyga yuborib qo’y boqtiradi va shu bilan o’chini olmoqchi bo’ladi. Bu vaqtda qalmoq xoni Surtaysha Chirchiq daryosidan o’tib qoraqalpoqlarga xujum qiladi. Guloyim 40 qizi bilan boshqa tomonlarga sayoxatga ketgan bo’ladi. Qalmoqlar juda ko’p odamlarni o’ldiradi. Ollayorboy ham shu jangda Surtaysha bilan yakka olishuvda halok bo’ladi. Uning olti o’g’li sotqinlik qilib, Surtaysha tomonga o’tib ketadi. Qalmoqlar o’z eliga sotqinlik qilgan bu yigitlarga ishonmaydi va oltovini ham boshini olib tashlaydi. Surtaysha g’olib kelib, ko’p kishilarni qul qilish uchun yurtiga olib ketadi.
Sayoxatdan qaytgan Guloyim o’z elini talangan, yondirilgan holda ko’rib, o’ch olishga ahd qiladi. Shu payt daryo yoqasida kelayotgan Arslon bilan uchrashadi. Bular bir-birini tushida ko’rganligi uchun darrov tanishadi. Avval dushmanni yengib, keyin to’y qilishga kelishib oladi. Qalmoq yurtiga borib, vatandoshlarini tutqunlikdan ozod qiladi. Qalmoq xoni Surtaysha Guloyim bilan yakkama-yakka olishuvda halok bo’ladi. Bu jangda Sarvinoz, O’tbosgan kabi botirlar ham katta qahramonliklar ko’rsatadi. Bular vataniga qaytib kelib, Oltinoyni Nodirshoxning qo’lidan qutqarish uchun jang qiladi. Eroni askarlar butunlay tor-mor qilinadi. Nodirshoh Qoraqum orqali eronga qochib ketayotganda, Arslon tomonidan asirga olinadi. Shunday qilib, mamlakatda osoyishtalik o’rnatiladi. Qoraqalpoqlar, o’zbeklar, qozoqlar, turkmanlardan tashkil topgan yangi davlat tuziladi. Arslon va Guloyimning to’ylari tantanali nishonlanadi.Ko’rinib turibdiki, bu dostonda yurtning jasur farzandlari o’z elining, xalqining ozodligi uchun jonlarini ham fido qiladi. Asarda bosqinchilar qanchalik darajada dahshatli bo’lmasin, birlashgan turk xalqlari har qanday dushmanni yengish mumkin degan g’oya ilgari surilgan. Doston finalida shu joyda yashovchi turkiy qabilalarning yagona birlashgan davlatining tashkil topishi ham bunga misol bo’la oladi. Dostonda turk xalqlarining ayollari ham jasur, qahramon qilib ko’rsatilgan. Ular na faqat o’zlarini, kerak bo’lsa o’z el-yurtini ham himoya qilish qudratiga ega ekanligi ko’rsatilgan.
XUSh asr qoraqalpoq adabiyoti haqida gap ketganda Jiyan Tog’ay o’g’li nomli baxshini hurmat bilan tilga oladilar. U haqda ayrim ma’lumotlar yetib kelgan, xalos. Chunki bu davrdagi adabiyot asosan og’zaki shaklda bo’lganligi tufayli, yozma asarlar qa’rib yo’q hisobi. Ayrim rivoyatlarda Jiyan shoir haqida ma’lumotlar mavjud. U qo’biz jo’rligida katta-katta dostonlarni qo’shiq qilib aytgan. Bir rivoyatda Jiyan shoir cho’lda ketayotgan paytda, osmondan qo’biz kelib uning oldiga tushadi. Go’yoki bu cholg’u asbobini shoirga tangrining o’zi yuborgan, degan fikrlar aytilgan. Jiyan shoir Qoraqalpoqlarning Mo’ytan degan urug’idan bo’lgan. U «Alpomish», «Qirqqiz», «Mastpodsho» kabi dostonlarni qiyomiga yetkazib aytgan. Uning o’zi yozgan «Toptalgan el» nomli dostoni ham yetib kelgan. Bunda Qoraqalpoqlarning XUSh asrda qozoq xoni Abulxayrxonning hujumidan keyin turli tomonlarga tarqab ketishi, uning azob-uqubatlari hikoya qilingan. Asosiy voqyealar Jiyan shoirning o’z boshidan o’tadi. Shoir Munaim ismli yetim qizni o’z qaramog’iga olib tarbiyalaydi, lekin Erkaboy bu qizni shoirdan tortib olib qo’yadi. Keyin Jiyan shoir ikki ukasi bilan borib Erkaboydan o’ch oladi va qizni qaytarib olib keladi. Xullas, bu shoir qoraqalpoq adabiyoti tarixida birinchi bo’lib mustaqil doston ijod qilgan san’atkordir.XIX asr boshida Qoraqalpoqlar Qozoq xoni Abdulxayrxonga qarshi isyon ko’taradi. Bu kurashda mag’lub bo’lgan qoraqalpoqlarni Sirdaryo bo’ylaridan turli joylarga ko’chirib yuboradilar. Ularning bir qismi Orol bo’yiga, bir qanchasi Farg’ona va Samarqand atroflariga borib joylashadilar. Ana shu azob-uqubatlarni boshidan o’tkazgan shoir Jiyan Jirov o’zining “Darbadar el” nomli dostonini yozgan. Keyinchalik, ya’ni XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Qoraqalpoqlarda Kunxo’ja, Berdaq, Qulmurod, Xojiniyoz kabi shoirlar yetishdi. Bular o’z asarlari bilan yozma adabiyotning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Qoraqalpoq yozma adabiyotining rivojlanishida o’zbek klassik adabiyotining ta’siri ham katta bo’ldi. Ular Navoiy, Mashrab, Ogohiy kabi shoirlardan ijodiy o’rganib asarlar yozgan edi. X1X asrda qoraqalpoqlar Xiva xonligi ixtiyorida bo’ldilar. Bu esa ularning adabiyotida ham o’z aksini topdi. Ko’pgina qoraqalpoq ziyolilari bu davrda Xiva va Buxoro madrasalarida ta’lim oldi. Ular esa asta-sekin arab alifbosida asarlar yoza boshladi. Shuning uchun qoraqalpoq yozma adabiyoti shu paytgacha aytilganidek XX asrda emas, balki X1X asrda shakllangan edi. Bunga misol qilib Kunxo’ja, Ajiniyoz, Berdaq singari shoirlarning ko’rsatishimiz mumkin.
Kunxo’ja shoirning taxallusi bo’lib, uning asl ismi Jiyanmuroddir. 1799 yilda tug’ilib, 1880 yilgacha yashagan. Uning turmushi og’ir kechgan. She’rlarida ota-onadan erta yetim qolgani, yo’qchilik tufayli madrasada bir yil o’qib ketib qolgani haqida ma’lumot beradi. Halq orasida mashhur shoir bo’lib yetishdi. Xiva xoni uni saroyga chaqiradi. Lekin u xonni maqtab emas, xalqning og’ir ahvolini tasvirlab she’r yozgan. Unga xon qarri tuya sovg’a qiladi. Bu tuyani tashlab Kunxo’ja Xivadan chiqib ketadi.
Shoirning «Kim bo’ldim», «Yolchimadim», «Cho’ponlar», «Kun qayda», «Mening bolam» kabi she’rlarida xalqning og’ir turmushi yoritilgan. Shoir o’zini doimo xalq bilan birga hisobladi. Uning «El bilan» she’rida shunday misralar bor.
Osmonga ucharsan bo’lsa qanoting,
Shod bo’larsan, baxtli bo’lsa elating,
Xalqing bilan bo’lsa, maqsad, niyating
Umr sursang doim shunday xalq bilan.
Shoirning «Yoronlar», «Armonda» kabi she’rlarida bu mavzu yanada kengroq tasvirlangan.
Kunxo’janing lirik va yumoristik she’rlari ham anchagina. «Oq qamish», «Arava», «Qizil qum», «Qoratosh» kabi she’rlarida xalq turmushining turli tomonlari aks ettirilgan. Masalan, uning «Arava» she’rida eski aravalarning noqulayligi, taraq-turuq qilib kishini bezovta qilishi, moylab quysa muloyim bo’lib qolishi yozilgan. Bu o’zbek shoiri Muqimiyning «Arava qursin» she’riga o’xshab ketadi, Ikki shoir ham bir davrda yashagan. Ular ijodida bir-biriga o’xshashlik anchagiga topiladi
Xullas, shoir ijodi qoraqalpoq adabiyotining rivojlanishiga katta hissa bo’lib qo’shiladi.
Ajiniyoz Qo’shboy o’g’li (1824-1878) o’ziga to’q oilada dunyoga keldi, eski maktabda o’qib savodini chiqargach, Xivadagi Sherg’ozixon madrasasida ta’lim oldi. Shoir arab, fors tillarini mukammal o’rgangan. O’zbek va turkman mumtoz adabiyoti vakillarining asarlarini chuqur o’zlashtirgan. U o’zbek tilida «Chiqdi jon», «Bu sahar», «Ey, Alip» singari mashhur asarlarini yozgan. Uning eng sevimli shoirlaridan biri turkman adabiyotining asoschisi Maxtumquli bo’lgan. Shoir Maxtumqulining ko’plab she’rlarini qoraqalpoq tiliga mahorat bilan tarjima qilgan, Maxtumqulining «Bo’lmasa» radifli she’ridan ta’sirlanib Ajiniyoz quyidagi satrlarni yozgan edi.
Taxt ustida turgan odil sultonlar
Yer bilan teng bo’lur xalqi bo’lmasa,
Yuraklari ot boshiday botirlar
Bolacha yo’q ot, yorog’i bo’lmasa.
Shoirning biografiyasi ham sarguzashtlarga boy bo’lib o’tgan. U juda ko’p o’lkalarni kezgan, sayohat qilgan. Rossiya imperiyasi qaramog’idagi Orenburg guberniyasida ham ancha vaqt yashagan, degan ma’lumotlar bor.
Ajiniyozni yoshligida bir qizga unashtirib qo’yadi. Lekin u katta bo’lganida unga uylanmay, uning dugonasini yaxshi ko’radi. Shundan keyin unashtirilgan qiz kechasi o’zini daryoga tashlab halok qiladi. Qizning qarindoshlari bu fojiaga aybdor deb Ajiniyozdan katta xun talab qiladi. Qizning o’ligi topilmaydi. Shoir qiz tirik, men uni topaman deb qozoq cho’llariga izlab ketadi. Ikki-uch yil qozoqlar orasida yurib dostonlar aytadi, qo’shiqlar to’qiydi, Ajiniyozning «Bo’z o’tov» dostoni Qoraqalpoq xalqining tarixini kuylovchi asardir. Asarda 1850 yilda Qoraqalpoq xalqining Xiva xonligiga qarshi ko’tarilgan isyoni va bu isyonning shafqatsiz ravishda bostirilishi hikoya qilinadi. Shoir qanchadan_qancha xalqlarning qul qilib sotilganini o’z ko’zi bilan ko’rib, ularning qismatiga kuyunadi. Ajiniyoz «Kerak» nomli she’rida, «Boyga qul kerak, bekka pul kerak, xonga urush kerak, oddiy odamga yaxshi turmush kerak», degan fikrlarni aytadi. Xullas, Ajiniyoz qoraqalpoq xalqining talantli yozuvchisi sifatida tarixda qoldi.
Berdimurod Qarg’aboy o’g’li Berdaqning qoraqalpoq adabiyoti taraqqiyotidagi roli nihoyatda kattadir. U 1827 yili Muynoq shahrida tug’ilgan. Yoshligida yetim qolib, og’ir kunlarni boshidan kechirgan. Eski maktab va boshlang’ich madrasa ta’limini olgan. Yoshligidan she’riyatga qiziqadi, do’mbira chertib, she’r to’qidi, ashula aytdi. U 25 yoshlarida xalq orasida iste’dodli shoir sifatida tanilgan edi. Shoir she’rlarida xalq hayotini haqqoniy aks ettirgan edi. Uning “Xalq uchun”, “Soliq”, “Yoz kelurmi”, “Bo’lgan emas” kabi she’rlarida mehnatkash xalq ommasining hayotidan olingan lavhalar mahorat bilan tasvirlangan. Bunda xalq boshiga tushgan musibatlarning ko’pchiligiga asosiy sababchi amaldorlar ekanligi aytilib, ularning kirdikorlari ayovsiz fosh etilgan. Shoirning “Shajara”, “Xorazm”, “Omongeldi”, “Oydosbiy” va “Axmoq podsho” kabi dostonlari xalq orasida juda mashhur bo’lgan.
Berdaq “Axmoq podsho” nomli dostonida zolim xonlarni qattiq tanqid qildi. Asarda Ahmoq podsho uzoq vaqt farzand ko’rmaydi. Keyin uning Gulim ismli xotini qizli bo’ladi. Podsho esa bundan g’azablanib, xotini va qizini yo’q qilishni buyuradi. Dono cho’ri ayol Zoraning tadbirkorligi tufayli bular omon qoladi. Qizi Gulzor ulg’aygach, otasini borib ko’radi. Axmoq podsho esa o’z qiziga oshiq bo’lib qoladi. Qizi podsho taklifini rad etgach, uni itlarga talatib o’ldirishni buyuradi. Eng vahshiy itlar ham qizga yaqinlashmaydi. Aksincha, ular tilga kirib, podshoni qarg’aydi. Gulzor uzoq vaqt podsho ko’zidan yashirinib, o’rmonda yuradi. Keyin esa kelib Axmoq podshoni o’ldiradi.
Asarning mazmunidan ham ko’rinib turibdiki, xalq boshiga kelayotgan kulfatlarga Axmoq podsholarga o’xshash zolim va benomus hukmdorlar sababchidir.
Xullas, qoraqalpoq xalq klassik adabiyoti nisbatan kechroq yozma adabiyotga ega bo’lgan bo’lsa-da, unda xalq hayotini haqqoniy aks ettiruvchi bir qancha asarlar yaratildi. Bu adabiyotning paydo bo’lishi va shakllanishida xalq og’zaki ijodining roli katta bo’ldi. Ko’pgina qo’shiqlar, latifalar, masallar, ertaklar, dostonlar qoraqalpoq xalqi shoirlari tomonidan kuyga solinib ijro etildi. Xalq shoirlari ham san’atkor, ham yozuvchi sifatida mashhur bo’lgan. Ikkinchidan, qoraqalpoq yozma adabiyotining shakllanishida bevosita o’zbek adabiyotining roli katta bo’ldi. O’zbek xalqi bilan yonma-yon yashagan qoraqalpoq xalqi madaniyatining vakillari Buxoro va Xiva madrasalarida o’qigan edi.
XX asr boshlaridagi qoraqalpoq adabiyotining rivoji ham ancha murakkab yo’ldan bordi. Bu paytda Rossiyada ro’y berayotgan katta ijtimoiy-tarixiy voqyealar qoraqalpoq xalqi hayotiga ham ta’sir qildi. Qoraqalpoq ziyolilari Oktyabr inqilobiga ham turlicha munosabatda bo’ldilar. Ayrimlari Oktyabr inqilobiga umid ko’zi bilan qaradi. Unga bag’ishlab asarlar yozdi. Abbos Dabilov, Hidir Niyoz, Sodiq Nurimbetov singari yozuvchilar esa aksincha xalqning bolsheviklarga qarshi harakatini yoqlab chiqdilar. Qoraqalpoqlar 1930 yilda avtonom respublika bo’lib RSFSR tarkibiga kiritildi. 1936 yilda esa O’zbekiston SSR tarkibiga kiritildi.
Ayapbergan Musayev (1880-1936) yangi qoraqalpoq adabiyotining asoschilaridan biri sanaladi. Uning asarlari ham og’zaki, ham yozma shaklda tarqalgan. U Xorazm dostonchiligining yirik vakillaridan bo’lib, repertuarida «Oshiq G’arib», «Yusuf va Zulayxo», «Shohnoma» kabi dostonlar ham bo’lgan. Kambag’al xalqning og’ir turmushi haqida «Suvchi bola», «Salom», «Qozoqboy» singari she’rlar yozdi. Uning hajviy lirikasida ochko’z eshonlar, poraxo’r amaldorlar, turli tovlamachilar fosh qilingan. Xotin-qizlar ozodligi mavzusi «O’rtoqlar» nomli she’rida yoritilib berilgan. Bu she’rda ko’p xotinlilik kabi illatlar qattiq tanqid qilinadi. U Qoraqalpoq adabiyotida birinchi bo’lib nasriy hikoyalar ham yozgan ijodkordir. A.Musayev bolsheviklarning yolg’on va’dalariga ishonib, ularni ko’plab she’rlarida madh etgan edi.
Shoirning «Xudoybergan» nomli dostonida kambag’al yigit Xudoybergan Xonzoda ismli qizni yaxshi ko’radi. Lekin uning puli yo’q, shuning uchun Xonzodani boshqa bir puldor odam olib ketadi. U sevgilisining orqasidan izlab juda ko’p joylarga boradi. Ana shu voqyealar dostonda butun qoraqalpoq xalqi hayotini tasvirlashga vosita bo’lib xizmat qilgan.
20-30 yillardagi tarixiy voqyealarga atab «O’razboy», «Toshqin», «Mo’ynoq» kabi she’rlar yozgan. Shoir ijodi yangi qoraqalpoq adabiyotining shakllanishida muhim rol o’ynadi.
20-30 yillar qoraqalpoq adabiyotida poeziyada yozilgan asarlar ko’pchilikni tashkil etgan. Bu yillarda adabiyotga J.Oymirzayev, X.Axmetov, A.Matyoqubov, A.Begimov singari yoshlar kirib keldi. Bular o’sha davrda ham jurnalist, ham yozuvchi sifatida faoliyat ko’rsatdi. Bu davr qoraqalpoq adabiyotining asosiy mavzusi mehnatkash xalqning baxtli hayotini ko’rsatish bo’ldi. Eskilik va yangilik o’rtasidagi kurash, qishloq xo’jaligini kollektivlashtirish kabi temalarda ko’plab asarlar yaratildi. 20-30 yillarda qoraqalpoq adabiyotida ko’plab kichik hajmli she’rlar va nasriy parchalar yaratilishi bilan birga, katta hajmdagi dostonlar ham yozildi. J.Oymirzayevning “Jumagul”, “Kurash”, M.Doriboyevning “Xoljon”, “Oyimjamol”, A.Begimovning “Kurash farzandi” dostonlari yozildi.
Qoraqalpoq jadid adabiyotining vakillaridan biri Sayfulg’abit Majitov (1969-1938) Qozon guberniyasida tug’ilib, keyinchalik Mo’ynoqqa kelib yashagan. Savodli, ziyoli kishi bo’lganligidan bo’lisga mirzolik qilgan. Qoraqalpoq folklori bilan qiziqib, ko’p qo’shiqlarini, dostonlarni birinchilardan bo’lib yozib olgan. U Ajiniyozning «Bo’z o’tov» nomli dostonini yozib olib, darsliklarga kiritgan. 1928 yili «Qoraqalpoq adabiyoti namunalari» nomli kitob chiqardi. Bunga ko’plab xalq maqollari, yozma adabiyotidan namunalar kiritilgan edi. S.Majitov Qo’ng’irot shahriga ko’chib kelib, yangi jadid tipidagi maktab ochdi. Shu maktabda o’zi o’qituvchilik qildi, darsliklar yozdi. O’zbek ma’rifatparvar shoiri So’fizoda bilan yaqin munosabatda va hamkorlikda bo’lgan. S.Majitov qoraqalpoq jadid adabiyotining yirik vakillaridan bo’lib yetishdi. U Oktyabr o’zgarishidan keyin ham maorif ishlarida jonbozlik ko’rsatgan. S.Majidov, K.Avazov bilan birgalikda birinchi qoraqalpoq «Alifbo» kitobini yozgan kishi. U «O’qish kitobi», «Kattalar uchun o’qish kitobi» kabi darsliklar ham yozgan. «Erkin qoraqalpoq» gazetasida mas’ul kotib bo’lgan ishlagan.
Uning ijodi ijtimoiy hayot voqialari bilan chambar-chas bog’liq. Dastlab Shuro hukumatini maqtab she’rlar yozgan. Masalan, «Ozodlik tongi» she’rida bolsheviklarning qoraqalpoq xalqiga erk va ozodlik bergani kuylangan. Shoir yer islohati, xotin-qizlar ozodligi mavzularida ham ko’plab she’rlar yozgan. «Amudaryo», «Salom, dehqon bobo», «Ikkinchi qurultoyga», «Ayollarga» kabi she’rlari bunga misol bo’ladi. U yoshlarni bilim olishga undab «Yoshlarga», «Qizlarga», «Kel o’qishga», «Hunar» kabi she’rlarini yozgan. Bu she’rlar ko’proq nasixat tarzda yozilgani bilan ajralib turadi.
S.Majitov qoraqalpoq bolalar adabiyotining asoschisi sifatida «Alima nimaga xursand», «Assalom», «Shodligimning sababi» kabi ko’plab she’rlar yozdi. U birinchi tarjimonlar qatorida I.Kirilovning 20 ga yaqin masallarini, A.Kolsov, A.Izmaylov she’rlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan. Ayniqsa Firdavsiy «Shohnoma»sidagi «Suxrob» dostonini qoraqalpoqchaga o’girgani unga katta shuhrat keltirdi. L.Tolstoyning «Ikki savdogar», «Bo’ri va turna», «Burgut va xo’roz», «Yolg’onchi», «Bilimdon bola» singari hikoyalarini ham mahorat bilan tarjima qilgan.
S.Majitovning o’zi ham «Ota va o’g’il», «Kambag’al Do’snazar», «Shodlik», «Mulla va yosh qiz», «Meros» kabi hikoyalar ijod qilgan. Uning «Suyun va Sara», «Qulmurat», «O’n to’qqizlar» singari romanlari ham bor.
U Qoraqalpoq dramaturgiyasining asoschisi sifatida «Dars», «Ernazar Olako’z», «Bog’dagul», «Bibigul», «Gulim va Tayman» kabi pyessalar yozgan. «Gulim va Tayman» dramasida gulim nomli qizning Jiylibek ismli boyga berilishi, lekin u sevgan yigiti Tayman bilan nikoh kechasi qochib ketishi, Jiylibek Gulimning o’rniga uning singlisi Oyimni olib ketishi, keyin esa Gulimning o’zi boyga kelishi kabi voqialar hikoya qilinadi. Asar oxirida bosh qahramonlar vafot etadi.
Xullas, S.Majitov qoraqalpoq adabiyotining eng katta vakillaridan biri sanaladi.
Urush yillari qoraqalpoq adabiyotida ham boshqa xalqlar adabiyoti singari jangovor mavzularda ko’proq asarlar yaratildi. J.Oymirzayev “Yerboy Botir”, “Mening do’stlarim”, D.Nazirbekovning “Ikki qahramon” kabi dostonlarida urushda jasorat ko’rsatgan jangchilar obrazi tasvirlangan.
Naim Davqarayev (1905 – 1953) qoraqalpoq adabiyotining yirik vakili bo’lib, uning ijodi 20- yillarning oxirlarida hikoyalar yozish bilan boshlangan. U Olmota va Orenburgdagi oliy o’quv yurtlarida ta’lim oldi. Qoraqalpoqiston hukumatida mas’ul vazifalarda ham ancha vaqt ishladi. Olim sifatida uning katta ilmiy merosi bor. XIX asr qoraqalpoq adabiyoti mavzuida doktorlik dissertasiyasini yoqladi.
30-yillarda N.Davqorayev o’z davridagi o’zgarishlarga bag’ishlab bir qancha she’rlar ham yozdi. Lekin uning sevimli janri hikoya bo’lganligi uchun nasrda ko’proq ijod qildi. «Partizanlar», «Internatda» kabi hikoyalari urushga qadar bo’lgan qoraqolpoq adabiyotining eng yaxshi asarlaridan edi.
40-yillar adib ijodida front mavzuida yozilgan «O’limlarni yengib» hikoyasi xarakterlidir. Bunda Brudkov nomli uchuvchining qahramonliklari ko’rsatilgan. «Jasorat» nomli hikoyasida esa urushda qahramonlik ko’rsatgan qoraqalpoq yigiti Sobirboyning boshidan o’tganlari aks ettirilgan.
N.Davqorayev qoraqalpoq adabiyotidagi birinchi muzikali dramaning, ya’ni «Alpomish»ning ham muallifidir. U qoraqalpoq mumtoz adabiyotining ham yirik bilimdoni sifatida Berdaq, Ajiniyoz. Kunxo’ja kabilar ijodini chuqur tahlil qilgan. Darsliklar, monografiyalar yozgan. «Alpomish», «Qirq qiz», «Qoblon» kabi dostonlar haqida ham mukammal ilmiy ishlarni amalga oshirgan.
Dramaturgiya janri qoraqalpoq adabiyotida asosan urushdan oldingi davrlarda shakllandi. Ayniqsa bu janrning taraqqiy etishida A.O’tepovning roli katta bo’ldi. Birinchi qoraqalpoq dramasi ham A.O’tepovning “O’z tengini topgan qiz” nomli dramasi bo’lib hisoblanadi. Keyinchalik A.Begimov “Xotira” nomli dramasida qoraqalpoq xalqining ayanchli o’tmishini aks ettirib berdi. A.O’tepov “Ko’zbo’yamachi vakil”, “900 gramm”, “Saidmurod dangasa” singari hajviy dramalar yozdi. Urush yillari J.Oymirzayev “Leytenant Elmurodov”, “O’g’il”, S.Xo’janiyozov “Bizning qahramon” singari dramatik asarlarini yaratdi. M.Doriboyev, N.Davqorayevlarning tarixiy mavzudagi dramalari ham ancha mashhur bo’ldi. Urushdan so’nggi davrda J.Oymirzayevaning “Amudaryo qirg’oqlarida” nomli dramatik asari yaxshi baholandi.
Jo’lmirza Oymirzayev To’rtko’l pedtexnikumida o’qib yurgan paytlari she’r mashq qila boshladi. Uning dastlabki she’rlari targ’ibot xarakteridagi she’rlar bo’lib, o’z davridagi o’zgarishlarga bag’ishlangan edi. Bunga misol qilib Mayakovskiy an’analari ruhida yozilgan «Poyezd» nomli she’rini ko’rsatish mumkin. Shoir juda ko’plab dostonlar yozgan. Uning 30-yillarda yozgan «Bizning kuchimiz», «O’n besh yil ichida», «Jumagul» kabi poemalarida o’ziga xos tipik qahramonlar obrazi berilgan. «Muxbirning jasorati» poemasida Satibek ismli muxbir Yigitning xarakteri ko’rsatilgan. «Misr» nomli dostonda esa chet el mavzusi yoritilgan. Urush yillarida J.Oymirzayev bir qancha she’rlar («G’alaba marshi», «Ajdodlar nomi bilan», «Leytinantning qasami»), «Mening o’rtoqlarim» nomli poema, «Orol qizi» (A.Shomuratov bilan hamkorlikda) «Oygul Obad», «Kolya», «Leytenant Elmuratov» kabi dramatik asarlar ham yozdi.
Urushdan keyin «Mening botirlarim», «Yerboy» «Sarvinoz va Qahramon» singari dostonlar shoirga katta shuhrat keltirdi. Uning «Yetim yuragi» nomli qissasi avtobiografik xarakterga ega. J.Oymirzayev «Amudaryo qirg’oqlarida», «Odamlarga muhabbatim» kabi romanlar ham yozdi. «Oygul–Obod», «Berdaq», «Ravshan», «Jonginam doktor», «Hayot bulog’i» singari pyesalar yozib qoldirgan.
Umuman olganda, J.Oymirzayev qoraqalpoq adabiyotining ko’pgina janrlarida asarlar yozib, o’zidan o’chmas iz qoldirdi.
Qoraqalpoq adabiyotining yirik vakili To’lepbergan Kaipberganov serqirra ijodkor bo’lib, u turli adabiy janrlarda muvaffaqiyat bilan ijod qilib kelmoqda.
Yozuvchi dastlab poeziya bilan shug’ullandi. Keyin esa hikoyalar yozishga havas qo’ydi. Uning «Bloknot so’zlaydi» nomli birinchi hikoyalar to’plami 1961 yilda e’lon qilindi. Keyin u «Sekretar», «Muallimga raxmat» kabi qissalarini yozdi. Bu Ch.Aytmatovning «Birinchi muallim» qissasiga o’xshatib yozilgan bo’lib, qoraqalpoq ovullarida ma’rifat tarqatgan birinchi o’qituvchilarning hayotiga bag’ishlangan edi.
Keyinchalik esa uning «So’nggi hujum» nomli birinchi romani e’lon qilindi. Bunda 20-30-yillardagi tarixiy voqialarga munosabat bildirilgan edi. Lekin yozuvchiga shuxrat keltirgan uning tarixiy romanlari bo’ldi. To’lepbergan Kaipberganov qaroqalpoq xalqi tarixi aks etgan «Qaroqalpoq qizi» nomli ikki kitobdan iborat romanida XIX asr va XX asrning birinchi yarmidagi xalq hayotini ko’rsatishga harakat qilgan. Romanda Jumagul Zaripova obrazi orqali butun qoraqalpoq ayollarining ayanchli qismati ko’rsatilgan.
60-yillarda yozuvchining «Uyqusiz tunlar», «Sovuq tomchi» kabi qissalari yozildi. Bu asarlar ikkinchi jahon urushi davridagi qoraqalpoq xalqi hayotiga bag’ishlangan.
To’lepbergan Kaipberganovning «Qoraqalpoq dostoni» nomli trilogiyasi qoraqalpoq xalqining badiiy tarixi bo’lib hisoblanadi. Yozuvchi bunda hali hyech kim badiiy tadqiq qilmagan XVIII asr tarixiy voqyealarini tasvirlashaga harakat qildi. Birinchi kitob “Mamanbiy afsonasi” deb nomlangan. Qoraqalpoq xalqi qabilalari ichidagi nizolar, qozoq xoni Abulxairning hukmi, xalqning Rossiyaga qo’shilish uchun qilgan harakatlari bu romanda o’z aksini topgan. Roman qahramoni Mamanbiy tarixiy shaxs, u xalqni birlashtirish, uni turli bosqinchilardan himoya qilish uchun bor kuchi va iste’dodini sarf qildi. Romanda Murod-shayx, Irisqul-biy, Esankeldi, Olmagul, Omonliq kabi turli xarakterdagi qahramonlar obrazi ham muvaffaqiyatli chiqqan. Romanning «Baxtsizlar», «Gumrohlar» nomli kitoblari ham katta mahorat bilan yozilgan.
Yozuvchi keyingi yillarda «Sahro bulbuli» nomli dramatik asar yozdi. Bu asar qoraqalpoq adabiyotining asoschisi, mashhur ma’rifatparvar shoir Berdaq hayotiga bag’ishlangan.
To’lepbergan Kayipberganov ijodi Qoraqalpoq adabiyotining cho’qqisi hisoblanadi, desak xato bo’lmaydi. Uning asarlari ko’plab chet tillarga tarjima qilingan. U Muxtor Avezov, Oybek, B. Karboboyev singari ijodkorlar bilan bir safda turadi. Unga keyingi yillarda adabiyotda ko’rsatgan xizmatlari uchun «O’zbekiston qahramoni» unvoni berildi.
50-60 yillar qoraqalpoq adabiyotida bir qancha baquvat prozaik asarlar yaratildi. A.Begimovning “Baliqchining qizi”, J.Oymirzayevning “Kamekboyning qilmishlari”, X.Seitovning “Mashaqqatli baxt” romanlari bunga misol bo’la oladi.
Qoraqalpoq adabiyotining buyuk namoyandasi Ibrohim Yusupov 1929 yilda Chimboy tumanida tug’ilgan. U Nukus pedagogika institutini tamomlab, o’sha yerda adabiyotdan dars berdi. Keyin «Amudaryo» jurnalida muxarrir bo’lib ishladi, ilmiy ishlar bilan shug’ullandi. Uning dastlabki she’ri 1946 yilda matbuotda e’lon qilingan edi. Shoirning «O’ylar», «Yetti davon», «Ilhom» kabi she’riy to’plamlari; «O’rtoq Muallim», «San’atkor qismati», «Akasiya gullagan joyda», «To’maris», «Qoraqalpoq haqida rivoyat» singari dostonlari va ko’plab dramatik janrdagi asarlari XX asr qoraqalpoq adabiyoti rivojiga katta hissa bo’lib qo’shildi.
I.Yusupov «Qiziqchi Umirbek» nomli komediya yozib, unda xalq latifalaridagi Umirbek obrazi orqali jamiyatda uchrab turadigan turli illatlarni tanqid qildi.
«To’maris» dostonida shoir qadimgi afsonaning syujetini kengaytirib, unga bugungi kunning ham muhim muammolarini qo’shib ajoyib asar yaratgan. Ma’lumki, qoraqalpoq folklorida ayollar obrazi ko’tarinki ruxda kuylangan. Bunga misol qilib «Qirq qiz» dostonini ko’rsatish mumkin. Shoir «To’maris» dostonida ana shu an’anani mahorat bilan davom ettirgan.
Keyingi yillar qoraqalpoq adabiyoti bir qancha yosh talantlar bilan boyidi. Ular turli adabiy janrlarda ko’plab asarlar e’lon qildi. Bularga T.Kaipberganovning “Qoraqalpoq qizi” diologiyasini, “Qoraqalpoq dostoni” trilogiyasini, T.Najimovning “Qizilqum og’ushida” , A.Bekimbetovning “Nomus”, “Hayot yo’lida”, Q.Sultonovning “Ajiniyoz” kabi roman va povestlarini ko’rsatish mumkin.
Poeziya sohasida xalq yozuvchisi I.Yusupovning ijodi katta ahamiyat kasb etadi. Uning “Yetti davon”, “Yurak qo’rini yurak oladi”, U.Xo’janazarovnig “Yillarim”, T.Saidjonovning “Muhabbatnoma” kabi she’riy asarlari ham tanqidchilikda yuqori baholandi.
Keyingi yillar qoraqalpoq adabiyotida dramatik janrning rivojlanishi ko’zga tashlanadi. Zamonaviy va tarixiy mavzuda ko’pgina asarlar yaratildi. I.Yusupovning “San’atkor taqdiri”, “Xushchaqchaq Umirbek”, U.Xo’janiyozovning “Nozanin qiz”, T.Sayitjonovning “Qora ko’zli go’zal”, “Abu rayhon Beruniy”, J.Oymirzayevaning “Ravshan” nomli dramalari yaratildi.
O’zbek va qoraqalpoq xalqlari azaldan bir-biri bilan qondosh xalq sifatida yaqin bo’lib kelgan. Bu do’stlik ularning adabiyotida ham o’z aksini topgan. Xalq og’zaki ijodida ham har ikki xalqqa tegishli asarlar anchagina uchraydi. Keyingi yillarda ko’pgina badiiy adabiyot namunalari o’zbek tiliga tarjima qilindi. Mustaqillik davriga kelgach, bu adabiy aloqalar yanada kengayib va takomillashib bormoqda.
1. Davkarayev N. Ocherki po istorii dorevolyusionnoy karakalpakskoy literatur?. T., 1959.
2. Nurmuxammedov M. Qoraqalpoq adabiyoti tarixi. T. 1978.
3. Tojiboyev A. Sir qo’shiqlari. T. 1970.
4. Berdaq. Tanlangan asarlar. T. 1978.
5. Kaipberganov T. Gumroxlar. Roman. T., 1978.
ALIFBO
ALIFBO (Arab Alifbosining boshlang’ich ikki harfi — alif va bo nomidan olingan) — biror tilning yozuviga qabul qilingan va ma’lum an’anaviy tartib berilgan yozuv belgilari (masalan, Arab Alifbosi, lotin Alifbosi) yoki bo’g’in belgilar (masalan, hind Alifbosi — devanagari) majmui. Alifbo miloddan avvalgi 2000-yil oxirlarida qadar. Ugarit va finikiy yozuvi tovush tizimidan kelib chiqqan. Undan ilgari Misr ierogliflari sanoq tizimi mavjud bo’lgan, deb taxmin qilinadi. Turkiy xalqlarning Run va turkiy (uyg’ur) yozuvlari bo’lgan. Ammo, bu o’ziga xos turkiy yozuvlar Alifbosi haqida ma’lumot uchramaydi. Ularga oid harflar jadvali tovush belgilari haqidagi boshqa manbalardagi ma’lumotlar hamda shu yozuv yodgorliklari asosida tuzilgan. Hozirgi harfiy va ba’zan bo’g’in Alifbolari finikiy Alifbosidan, oromiy (Arab, yahudiy), yunon (lotin va hokazo) va boshqa Alifbolardan kelib chiqqan. Arab Alifbosiga — barcha Arab mamlakatlari, shuningdek Eron, Afg’oniston, Pokiston, Sharqiy Turkiston — Shinjon, shuningdek 13-20-asr boshlarida turkiy xalqlar yozuv tizimida; lotin Alifbosiga Amerika, Avstraliya qit’asidagi barcha xalqlar, Yevropaning ko’pchilik xalqlari, Osiyo va Afrikadagi ba’zi xalqlar (Indoneziya, Turkiya va boshqalar) yozuv tizimida; Kirill Alifbosiga — Yevropa, Osiyodagi ba’zi xalqlar yozuv tizimida; hind bo’g’in Alifbosiga — Hindistondagi ko’pgina elatlar yozuv tizimida amal qilingan.
- Bilimingizni test orqali sinang
Telegram kanalimizga a’zo bo’ling
- Sanjar
- Salim
- Saida
- Ro’zigul
- Ro’zimuhammad
Abituriyentlarga ona tili va adabiyoti (o‘zbek, rus va qoraqalpoq) fanidan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati
2020-2021-o‘quv yilida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitilayotgan umumta’lim fanlari bo‘yicha saytda keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati Davlat test markazining Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklariga qilgan murojaatiga javoban mazkur vazirliklardan kelgan xatlar asosida shakllantirilgan.
Ona tili va adabiyoti fanidan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati
O‘zbek tili va adabiyoti
Rus tili va adabiyoti
Qoraqalpoq tili va adabiyoti
Mavzuga doir
Nega O‘zbekistonda ijtimoiy fanlarga qiziquvchilar ko‘proq? – tabiiy va aniq fanlarni qiyinlashtirayotgan sabablar
2023/2024 o‘quv yili bakalavriat qabuli uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi
Mutaxassislik fanlar blokidagi testlar qaysi mavzular boʻyicha tuziladi?
Abduqodir Toshqulov – mafkuralashgan ta’lim, ro‘mol bo‘yicha noqonuniy talab va yotoqxonalar muammosi haqida
DTM mas’uli bu yilgi kirish imtihonlarida savollar darajasi qanday bo‘lishi borasida izoh berdi
Test topshiriqlari soni va baholash mezonlari e’lon qilindi
To‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati uzaytirilishi kutilmoqda
Magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul uchun ruxsat berildi
1. Араб алифбоси
ألِفٌ، بَاءٌ، تَاءٌ، ثَاءٌ، جِيْمٌ، حَاءٌ، خَاءٌ، دَالٌ، ذَالٌ، رَاءٌ، زَايٌ، سِينٌ، شِينٌ، صادٌ، ضادٌ، طَاءٌ، ظَاءٌ، عَينٌ، غَينٌ، فَاءٌ، قَافٌ، كَافٌ، لاَمٌ، مِيمٌ، نونٌ، واوٌ، هاءٌ، يَاءٌ.
Бу ҳарфлар қуйидагича шаклда ёзилади.
ا، ب، ت، ث، ج، ح، خ، د، ذ، ر، ز، س، ش، ص، ض، ط، ظ، ع، غ، ف، ق، ك، ل، م، ن، و، ه، ي.
Ушбу 28 ҳарф араб тили алифбосини ташкил этади. Бу ҳарфлар «Алифбо», «Ҳуруф ҳижоия», «Ҳарфу мабоний» номлари билан юритилади.
Ушбу ҳарфлардан و، ا، ي ҳарфлари баъзи ўринларда қисқа ҳижоияни, баъзи ўринларда узун ҳижоияни кўрсатади.
Масалан, أَب، اِبن، أُخت дегандаги «ا» қисқа ҳижоияни, غاب деганда узунини кўрсатади. Аввалги ҳолда ҳамза, деб исмланиб, сўзнинг ўртасида ёки охирида келганда ء ئ кўринишида ёзилади. Иккинчи ҳолда «алиф мад», деб аталади.
Шунингдек, «و» ҳарфи баъзи вақт қисқа, баъзи вақт узун ҳижоияни кўрсатади. Масалан وَرَقٌ، ثَورٌ деганда қисқа, аммо سُوقٌ، مَحْمُودٌ деганда узун ҳижоияни билдиради. Мана шу узун ҳолатни кўрсатганга «мад вови», дейилади.
Шунингдек, «ي» ҳарфи қайсидир вақтда қисқа ва яна қайсидир вақтда узун ҳижоияни кўрсатади.
Масалан: يَكْتُبُ، بَيْتٌ деганда қисқа, دِيكٌ، جَمِيلٌ деганда узун ҳижоияни билдиради. Ана шу узун ҳижоияни билдирганга «мад йоси», дейилади. Мана шу уч ҳарфнинг барчаси «мад ҳарфлари», яъни чўзувчи ҳарфлар, деб номланади.
Барча сўзлар шу ҳарфлардан ясалади. Биз сўзлашганимизда уларни талаффуз этамиз ва бир-биримиз билан гаплашганимизда ишлатамиз.
Масалан: أَبٌ (ота), أُمٌ (она), أَخٌ (ака, ука), أُختٌ (опа, сингил), اجْتِهَادٌ (ҳаракат қилиш), نَجَاحٌ (муваффақият). Сўз бир ҳарфли, بِسْمِ اللهِ даги بِ (билан) ва ألَمْ نَشْرَحْ لَكَ даги ҳамза أ (-ми?), икки ҳарфли, м: مِنْ (-дан), فِي (-да), уч ҳарфли, м: عِنَبٌ (узум), شَجَرٌ (дарахт), тўрт ҳарфли, м: جَدْوَلٌ (ариқ) ва جَعْفَرٌ (сой), беш ҳарфли, м: سَفَرْجَلٌ (беҳи), олти ҳарфли, м: زَعْفَرَان (заъфарон), гоҳида эса етти ҳарфли бўлади, м: اسْتِفْهَامٌ (сўраш). Сўз ясалганида ҳарфлар сони бундан ошиб кетмайди.