Qoraqalpoq tili bayrami
Antarktida kuni
Kun tarixi: 1-dekabr – Qishning ilk kuni. Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan, Vashington AQSh poytaxti deb eʼlon qilingan kun
Har yili qish faslining ilk kunida Butunjahon nevrologlar kuni nishonlanadi. Aynan mana shu kuni Vashington AQSh poytaxti deb eʼlon qilingan, Antarktida kuni taʼsis etilgan.
Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
1989-yilning 1-dekabr kuni qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu til turk tillari oilasining qipchoq guruhiga kiradi. U qozoq va noʻgʻoy tillariga yaqin. Bugungi kunda 400 ming kishidan koʻproq aholi vakillari qoraqalpoq tilida muloqot qiladi. Ushbu tilning shimoli-sharqiy va janubi-gʻarbiy lahjalari mavjud.
Qoraqalpoq yozuvi 1928-yilgacha arab alifbosi asosida yozilgan, keyinchalik lotin alifbosiga oʻtgan. 1940-yilda kirill yozuviga oʻtkazilgan boʻlsa, 1994-yilda lotin alifbosi qaytadan joriy etilgan.
Antarktida kuni
1959-yilning 1-dekabr sanasida 12 ta mamlakat (keyinchalik ularga boshqa davlatlar ham qoʻshilgan) dunyoda hech boʻlmasa bitta tinch qitʼa boʻlishi kerak degan qarorga kelishadi. Bu yerda birorta ham harbiy baza boʻlmasligi kerak edi. Shundan beri har yili 1-dekabr sanasida Antarktida kuni nishonlanadi. Qiziq maʼlumot: Antarktida dunyodagi birorta ham mamlakatga tegishli emas, shuningdek bu yerning oʻz valyutasi bor.
Butunjahon nevrologlar kuni
Bosh miya taxminan 100 milliard neyrondan tashkil topgan. Agar ushbu neyronlar bitta chiziq koʻrinishida terib chiqilsa, uning uzunligi 966 kilometrni tashkil qiladi. Nevrologlar odamning markaziy va periferik asab tizimi kasalliklarini davolaydilar. Har yilning 1 dekabr sanasida nevrologlarning kasb bayrami nishonlanadi.
Vashington AQSh poytaxti deb eʼlon qilingan kun
1800-yilning 1-dekabr kuni Vashington AQShning poytaxti deb eʼlon qilingan. Uni mamlakatning poytaxti boʻlishi uchun atayin qurishgan. Amerika inqilobidan keyin koʻplab shtatlar va shaharlar oʻrtasida AQSh poytaxti aynan ularning hududida boʻlishi uchun kurash boshlangan. Kurashga tinch yoʻl bilan chek qoʻyish maqsadida yangi shahar qurishga qaror qilganlar.
Qurilish joyini AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashington tanlab bergan. Yangi poytaxt hududi Xristofor Kolumb sharafiga Kolumbiya okrugi, shaharning oʻzi esa mamlakatning ilk prezidenti sharafiga Vashington deb atalgan.
- Ulashing
Qoraqalpoq tili bayrami
Bugungi sanada: 3 ta
Bugungi sanada: 2 ta
Bugungi sanada: 3 ta
BUGUN: 16-Fevral, 2023-yil. Payshanba
1-dekabr – Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
Mustaqilligimiz sharofati bilan 1989-yili 1-dekabr qorakalpoq tiliga davlat tili maqomi berilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘zbek tili va qoraqalpoq tili davlat tili sifatida yuritilib kelinmoqda.
Butun dunyo bo‘ylab qoraqalpoqlar 1-dekabr kuni ona tili bayramini nishonlashadi.
Qoraqalpoqlar – turkiy xalq bo‘lib, dunyo bo‘yicha umumiy 800 mingdan ziyodni tashkil qiladi. Millatning nomi qadimda ular kiygan bosh kiyimga borib taqaladi.
Qoraqalpoq tili turk tillar oilasining qipchoq guruhiga kiradi. U qozoq hamda no‘g‘oy tillariga yaqin, shunchalik yaqinki, tadqiqotchilar qoraqalpoq tilini qozoq tilining shevalaridan biri deb ham hisoblashadi. Qoraqalpoq tilida 400 ming atrofidagi kishi gaplashadi. Tilda shimoli-sharqiy va janubi-g‘arbiy lahjalar bor.
Qoraqalpoq yozuvida ham o‘zbek tili yozuvidagi kabi bir necha bosqichlar bo‘lgan. U 1928-yilgacha arab alifbosi asosida yozilgan bo‘lsa, keyin lotin alifbosiga o‘tdi. 1940-yilda kirill yozuviga, 1994-yilda esa yana lotin alifbosini qabul qildi.
Qoraqalpoq tili bayrami
Foto: Пресс-служба президента
Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabrigida «Vatanimizda yashayotgan barcha fuqarolarimiz uchun aziz va qadrli tilga aylanishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etish»ga chaqirdi. Mamlakatda yashayotgan turli millat vakillari va chet elliklar uchun maxsus darslik, lug‘at va qo‘llanmalar, video va audiomateriallar hajmini oshirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarur, dedi u.
Кириллчада На русском языке 20 oktabr 2021, 22:06 Siyosat Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini 21 oktabr — o‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabrikladi .
«Keyingi yillarda mamlakatimizda yangicha ruhda keng nishonlanayotgan bu bayramning alohida fayzi va shukuhi borligini barchamiz yaxshi bilamiz. Ushbu qutlug‘ sanada milliy qadriyatlarimiz gultoji bo‘lgan ona tilimizning tariximiz va taqdirimiz, bugungi hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini, uni rivojlantirish borasida oldimizda turgan dolzarb vazifalarni yanada chuqur his etamiz», — deyiladi tabrikda.
«Til sohasidagi amaliy ishlar sharofati bilan o‘zbek tili nafaqat mamlakatimizda, balki jahon miqyosida ham o‘zining munosib o‘rni va mavqeiga ega bo‘lib bormoqda», — deya ta’kidladi prezident. «O‘zbek tilini yanada rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash borasida oldimizda katta va mas’uliyatli vazifalar turganini barchamiz yaxshi anglaymiz».
«Hozirgi kunda mamlakatimizda yashayotgan turli millat vakillari va chet el fuqarolarida o‘zbek tilini o‘rganishga qiziqish va e’tibor ortib borayotganini hisobga olib, ular uchun maxsus darslik, lug‘at va qo‘llanmalar, video va audiomateriallar hajmini oshirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirishimiz zarur», — deya qayd etdi u.
«O‘zbek tili jonajon Vatanimizda yashayotgan barcha fuqarolarimiz uchun aziz va qadrli tilga aylanishi, uning jozibadorligini oshirish uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etishimiz, bu maqsadda nafaqat ma’naviy, shu bilan birga, moddiy rag‘batlantirish choralarini ham keng qo‘llashimiz darkor. Xususan, tilshunos va lug‘atshunos olimlarimizning, shoir-adiblarimizning ushbu sohadagi mashaqqatli va sharafli mehnatini munosib qadrlash, ularning ilmiy tadqiqotlari, darslik va qo‘llanmalari, kitob va risolalarini davlat buyurtmasi shaklida nashr etish va keng jamoatchilikka yetkazib berish uchun alohida dastur ishlab chiqib, amalga oshirishimiz zarur», — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev davlat tiliga oid barcha ma’lumotlarni o‘zida jamlagan O‘zbek tili milliy korpusini yaratishni tezlashtirish, ona tilimizni Internet global tarmog‘ida ommalashtirish va ushbu makonda mustahkam o‘rin egallashini ta’minlash, dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalarini yaratish ishlarini jadallashtirishni ham dolzarb vazifa sifatida sanab o‘tdi.
Davlat rahbari yaqin kelgusida asosiy vazifasi chet ellarda o‘zbek tili, madaniyati va milliy an’analarimizni keng ommalashtirish, gumanitar aloqalarni mustahkamlashdan iborat bo‘lgan Alisher Navoiy xalqaro instituti faoliyati yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.
Prezident, shuningdek, bugungi kunda mamlakatda 150 ta milliy madaniy markaz ish yuritayotgani, o‘zbek tili bilan birga, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida ommaviy axborot vositalari faoliyat ko‘rsatayotgani, maktablarda ta’lim-tarbiya jarayoni 7 ta tilda olib borilayotgani dunyo amaliyotidagi noyob tajriba ekanini ta’kidlab o‘tdi.
«Yurtimizda chet tillarga ixtisoslashgan hamda o‘quv mashg‘ulotlari xorijiy tillarda o‘tiladigan ta’lim maskanlari soni ortib borayotgani ham shu sohadagi muhim o‘zgarishlar natijasidir», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
«Hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ezgu intilish va harakatlarimiz hal qiluvchi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu yo‘lda milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lgan ona tilimiz, hech shubhasiz, beqiyos kuch-qudrat va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi», — deyiladi tabrikda.
«Газета.uz» 900
- # o‘zbek tili bayrami
- # prezident tabrigi