Qoraqalpoq tili 30 yoshda
Oʻzbekiston hududida qoraqalpoq tilida gaplashuvchilar (qizil)
1-dekabr – Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
Qoraqalpoq tili – oltoy tillar oilasi turkiy tillar guruhining qipchoq shoxobchasiga mansub. Fonetikasi qozoq va no‘g‘ay tillariga, lug‘at tarkibi esa o‘zbek tiliga yaqin turadi.
Qoraqalpoq tili asosan Qoraqalpog‘istonda, shuningdek, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qozog‘iston va Turkmanistonning qo‘shni hududlarida, Rossiya Federatsiyasi va Afg‘onistonda tarqalgan.
1989-yili 1-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengashi sessiyasida qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan. “Oyina.uz” ma’naviy-ma’rifiy portali jamoasi qardosh qoraqalpoq xalqini ushbu qutlug‘ sana bilan chin yurakdan samimiy tabriklaydi.
Ana tilim, sen – basqadan ayırmam,
Sen turǵanda men de ádewir shayırman.
Sonsha qatal súrginlerde joǵalmay,
Bul kúnlerge jetkenińe qayılman.
Ona tilim, sen – hammadan ayirmam,
Sen bor ekan, men ham katta shoirman.
Shuncha qattol surgunlarda yo‘qolmay,
Bu kunlarga yetkaningga qoyilman.
Qoraqalpoq tili 30 yoshda!
1 dekabr – qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan Nukus garnizoni Ma`naviyat va ma`rifat markazida Shimoli-g`arbiy harbiy okrug hamda Qoraqalpog`iston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “Ona tilim – jonu dilim” nomli ma`naviy-ma`rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni harbiy okrugning tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi bo`limi boshlig`i mayor Lochinbek Rasulov ochib berdi. Shundan keyin Qoraqalpog`iston Yozuvchilar uyushmasi adabiy konsultanti Amirlan Seydin qoraqalpoq xalqining kelib chiqish tarixi va tili to`g`risida ma`ruza bilan ishtirok etib, qoraqalpoq tilida ijod qilgan shoiru yozuvchilarning asarlaridan parchalar o`qib berdi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining bir guruh talabalari tomonidan tayyorlangan she`riy chiqishlar, Nukus shahridagi 22-sonli bolalar musiqa va san`at maktabi xalq cholg`ularining kamer orkestri jamoasi tomonidan o`zbek, qoraqalpoq va jahon milliy kuy va qo`shiqlari tomoshabinlar diqqatiga havola etildi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi o`zining boy tarixi, milliy madaniyati va san`ati, shuningdek, o`z ona tilini uzoq asrlar davomida saqlab qolgan xalqlar qatoriga kiradi. 1989 yil, bundan roppa-rosa 30 yil muqaddam qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilib, har yili 1 dekabr sanasi keng nishonlanib kelinadi. Harbiylar va ularning oila a`zolari, muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida bo`lib o`tgan ushbu tadbir qoraqalpoq tiliga nisbatan bildirilgan yuksak ehtiromning namunasi bo`ldi.
Shimoli-g`arbiy harbiy okrug matbuot xizmati
Qoraqalpoq tili
Qoraqalpoq tili — turkiy tillar qatoriga kiradi. Qoraqalpoq tilida gaplashuvchilar soni 1 mlnga yaqin. Qoraqalpogʻiston Respublikasida istiqomat qiluvchi qoraqalpoq xalqining ona tilidir. Qoraqalpoq tili — Oʻzbekiston Respublikasining tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasining rasmiy tilidir. Bu toʻgʻrisida maxsus qonun chiqarilgan. Qonunda qoraqalpoq tili Qoraqalpogʻistonning barcha hududida davlat tili sifatida foydalanishga imkon berilgan.
Oʻzbekiston hududida qoraqalpoq tilida gaplashuvchilar (qizil)
Qoraqalpoq tili — turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan; qozoq va noʻgʻay tillari bilan birgalikda qipchoq tillarining qipchoqnoʻgʻay guruhchasini tashkil etadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining davlat tili (oʻzbek tili bilan birga). Asosan, Qoraqalpogʻistonda, shuningdek, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qozogʻiston va Turkmanistonning unga qoʻshni hududlarida, Rossiya Federatsiyasi va Afgʻonistonda tarqalgan. Qoraqalpoq tilida soʻzla-shuvchilarning umumiy soni 883 ming kishidan iborat (oʻtgan asrning 90-yillary oʻrtalari). Qoraqalpoq tili, asosan, 2 ta: shimoli-sharqiy va janubi-gʻarbiy lahjalarga boʻlinadi; bu lah-jalar fonetik jihatdan oʻzaro farqlanadi. Adabiy Qoraqalpoq tili 20-asrning 1-yarmida shimoli-sharqiy lahja asosida shakllangan.
Qoraqalpoq tilining oʻziga xos belgilari: unlilar ohangdoshligi — singarmonizm mavjud, mas, Atlarshmz (otlarimiz). kunler — (kunlar); umumturkiy ch undoshi sh bilan; sh esa s undoshi bilan almashadi, mas, qash (qoch), tas (tosh), bas (bosh). Ayrim soʻzlarda gʻ undoshi oʻrnida v; g undoshi oʻrnida y ishlatiladi, mas, tav (togʻ), tiy (teg) va boshqa Qoraqalpoq tilida, boshqa koʻpchilik turkny tillarda boʻlganidek, umumturkiy soʻzlardan tashqari, arab, eroniy, rus tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham ancha-gina.
Qoraqalpoq tili yozuvi isloh qilingan arab grafikasi asosida 1924-yilda shakllanti-rilgan. 1929—1940-yillarda lotin grafikasiga asoslangan qoraqalpoq yozuvi amalda boʻlgan boʻlsa, 1940-yildan rus grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. 1999-yildan lotin grafikasi asosidagi yozuvga oʻtish ishlari amalga oshirilmoqda.
Qoraqalpoq tili
Qoraqalpoq tili — turkiy tillar qatoriga kiradi. Qoraqalpoq tilida gaplashuvchilar soni 400 mingga yaqin. Qoraqalpogʻiston Respublikasida istiqomat qiluvchi qoraqalpoq xalqining tilidir. Qoraqalpoq tili — Oʻzbekiston Respublikasining tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasining rasmiy tilidir. Bu toʻgʻrisida maxsus qonun chiqarilgan. Qonunda qoraqalpoq tili Qoraqalpogʻistonning barcha hududida davlat tili sifatida foydalanishga imkon berilgan.
Õzbekiston hududida qoraqalpoq tilida gaplashuvchilar (qizil)
Qoraqalpoq tili — turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan; qozoq va noʻgʻay tillari bilan birgalikda qipchoq tillarining qipchoq-noʻgʻay guruhchasini tashkil etadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining davlat tili (oʻzbek tili bilan birga). Asosan, Qoraqalpogʻistonda, shuningdek, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qozogʻiston va Turkmanistonning unga qoʻshni hududlarida, Rossiya federatsiyasi va Afgʻonistonda tarqalgan. Qoraqalpoq tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 425 ming kishidan iborat (oʻtgan asrning 90-yillari oʻrtalari). Qoraqalpoq tili, asosan, 2 ta: shimoli-sharqiy va janubi-gʻarbiy lahjalarga boʻlinadi; bu lahjalar fonetik jihatdan oʻzaro farqlanadi. Adabiy Qoraqalpoq tili 20-asrning 1-yarmida shimoli-sharqiy lahja asosida shakllangan; ungacha qoraqalpoqlar eski oʻzbek adabiy tilidan foydalanishgan.
Qoraqalpoq tilining oʻziga xos belgilari: unlilar ohangdoshligi — singarmonizm mavjud, masalan, Atlarshmz (otlarimiz). kunler — (kunlar); umumturkiy ch undoshi sh bilan; sh esa s undoshi bilan almashadi, masalan, qash (qoch), tas (tosh), bas (bosh). Ayrim soʻzlarda gʻ undoshi oʻrnida v; g undoshi oʻrnida y ishlatiladi, masalan, tav (togʻ), tiy (teg) va boshqalar. Qoraqalpoq tilida, boshqa koʻpchilik turkny tillarda boʻlganidek, umumturkiy soʻzlardan tashqari, arab, eroniy, rus tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina.
Qoraqalpoq tili yozuvi isloh qilingan arab grafikasi asosida 1924 yilda shakllantirilgan. 1929—40 yillarda lotin grafikasiga asoslangan qoraqalpoq yozuvi amalda boʻlgan boʻlsa, 1940 yildan kirill grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. 1999 yildan lotin grafikasi asosidagi yozuvga oʻtish ishlari amalga oshirilmoqda.
Alifbosi [ править | править код ]
Qoraqalpoqlar asosan Lotin alifbosidan foydalanishadi. Hozirgi qoraqalpoq alifbosi:
A a | Á á | B b | C c | Ch ch | D d | E e |
F f | G g | Ģ ģ | H h | I i | Í ı | J j |
K k | L l | M m | N n | Ń ń | O o | Ó ó |
P p | Q q | R r | S s | Sh sh | T t | U u |
Ú ú | V v | W w | X x | Y y | Z z |
Adabiyot [ править | править код ]
- Baskakov N.A.. Каракалпакский язык, t . 1 – 2 , M . – L . , 1951-52;
- Berdimuratov Ye., Hazirgi zaman qaraqalpoq tilinip lsksikologiyasm, Nokis, 1968;
- Baskakov N.A., Введение в изучение тюркских языков, 2-изд., М.. 1969;
- Berdimuratov Ye.. Umarov A.. Bekimbetov P., Каракалпакский язык (фонетика, морфология, синтаксис), Nukis. 1983.
Manbalar [ править | править код ]
- Ethnologue o karakalpakskom yazike (ingl.)
- Anglo — Karakalpakskiy i Russko — Karakalpakskiy onlayn slovari
- Qoraqalpoqcha kirilldan qoraqalpoqcha lotinga oʻgiruvchi