Press "Enter" to skip to content

Abituriyentlar uchun onlayn testlar

S) Sen otash ichida urasan javlon ,Dushman qolmasin deb sevgan elimda

Ona tili va adabiyot fanidan test savollari va javoblari

A) Lolalar uchun oftob yahshidir, Bolalar uchun odob yahshidir.

B) Ko’m ko’k tog’li yaylovlarda o’tov oqaqrib, yeru ko’kni podalarning shovqin suroni tutdi.

C) O’ziga berilgan aqlsiz tentak bo’lsa, o’zini bezagan xushro’y satangdir.

D) Chor atrofda esardi yellar , Va bog’larda qushlar chiyillar

22. Zidlov bog’lovchilari qo’shma gaplarning qaysi qismida keladi?

A) Birinchi qism boshida

B) Birinchi qism oxirida

C) Ikkinchi qism oxirida

D) Ikkinchi qism boshida

23. -u , (-yu) , -da yuklamalari zidlov bog’lovchilari o’rnida kelganida qo’shma gap qismlari orasida qanday munosabatlar mavjudligini ko’rsatadi?

A) Zidlash va ketma- ketlik

B) Zidlash va tenglik

C) Zidlash va inkor

D) Zidlash va bir paytda bo’lganlik

24. Zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gapni toping

A) Yo’l yurib charchagan Roziq ko’rpaga kirdi-yu, uyquga ketdi

B) Voajab, film namoyishi tugadi-yu, hech kim joyidan qimirlamadi

C) U davra o’rtasiga o’tirdi-da sekin so’zlay boshladi

D) Suni unutmang-ki,yomonlarga yo’ldosh bo’laslik kerak

25. Qaysi hollarda qo’shma gap qismlarini goh…,goh ; dam…, dam; ba’zan… , ba’zan singari boglovchilar bog’lab keladi?

A) Qoshma gap qismlarida voqea –hodisalarning galma- gal ro’y berishini ifodalaganda

B) Qo’shma gap qismlari orasida voqea-hodisalarning faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaganda

C) Voqea hodisalar takror amalga oshirilishini bildirganda

D) Qo’shma gap qismlarda o’xsahtish – qiyoslash unosabati ifodalanganda

26. Ayiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gapni belgilang

A) Jondan ortiq narsa yo’q , lekin do’stlar uchun jonimiz fido

B) Men kuyladim goh dilda qadar , Goh sevinib she’r to’qiyman men

C) Men yoki singlim buvimnikada qolamiz

D) U kim bo’lsa bo’lsin , men esa arxitektor bo’laman

27. Ayiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gapni toping

A) Aka va singil ko’chadagi harakatni goh eshikka chiqib , goh uy derazasidan kuzatishdi

B) Boyagi izg’irin pasaygan, lekin kun sovuq edi

C) Bektemir dam to’xtab , dam xayol surib turgan generalga duch keldi

D) Yo sen ketasan , yo u ketadi

28. Qanday gapga bosh gap deyiladi?

A) Mazmuni izohlanayotgan gap

B) Boshqa gapning mazmunini izohlayotgan gap

C) Ergash gapga tobelangan gap

D) Nisbiy so’zli gap

29. Ergash gapning vazifasi nimadan iborat?

A) Mazmuni izohlanayotgan gap

B) Bosh gapning mazmunini izohlayotgan gap

C) Murakkab qo’shma gapning asosiy qismi

D) Korsatish olmoshi istirok etgan gap

30. Ergashgan qo’shma gap qismlari bilan so’z birikmasi qismlari o’rtasidagi o’xshashlik nimada?

A) Qismlar tarkibida

B) Doimo ergash gapning birinchi kelishida

C) Har ikkalasida ham mazmun asosiy o’rinda emasligida

D) Bog’lovchi vositalarida

31. Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini bildirgan gaplar qaysi ergashtiruvchi bog’lovchilar yordamida bog’lanadi”

32.Qaysi ergashtiruvchi bog’lovchi yordamida qo’shma gap qismlari o’zaro bog’langanda ergash gap bosh gapdan avval keladi?

A) Sabab-maqsad boglovchilari

B) Qiyoslash-chog’ishtirish bog’lovchilari

C) Faqat sabab boglovchilari

D) Shart ergashtiruvchi boglovchilari

33. Bu masalani sinfda keng muhokama qilamiz , toki boshqa qaytarilmasin

Berilgan qo’shma gap qismlari o’zaro qaysi ergashtiruvchi bog’lochilar yordamida bog’langan?

A) Maqsad ergastiruvchi bog’lovchilari

B) Sabab ergashtiruvchi bog’lovchilari

C) Shart ergashtiruvchi bog’lovchilari

D) Qiyoslash-chog’ishtiruv ergashtiruvchi bog’lovchilari

34. “Deb” so’zi yordamida bog’lanadigan ergash gaplarning kesimi qanday shaklda bo’ladi?

A) II shaxs buyruq mayli shklida

B) III shaxs shart mayli shaklida

C) I shaxs buyruq mayli shaklida

D) III shaxs buyruq mayli shaklida

35.Ergashgan qo’shma gap qismlari “deb” so’zi yordamida bog’lansa , ergash gaplar qanday ma’noni ifodalaydi?

A) Sharti,natija ma’nosini

B) Maqsad va sabab ma’nosini

C) Holat ma’nosini

D) Daraja- miqdor ma’nosini

36. Deb so’zi yordamida hosil bo’lgan ergashgan qo’shma gapda ergash gapning o’rnini belgilang

A) Bosh gapdan oldin keladi

B) Bosh gapdan keyin keladi

S) Bosh gap o’rtasida keladi

D) Ushbu gap tarkibida ergash gap qatnashmaydi

37. Bosh gap tarkibida ko’rsatish olmoshlari ishtirok etganda , uning kesimi qanday shaklda bo’ladi?

A) Shart mayli shaklida

B) Uchun ko’makchisi shaklida

C) –ki yuklamasi shaklida

D) III shaxs buyruq mayli shaklida

38. Ko’rsatish olmoshlari qaysi gapning tarkibida qo’llanadi.

A) Ergash gapning tarkibida

B) Bosh gapning tarkibida

C) Teng huquqli sodda gaplar tarkibida

D) Kesim ergash gap tarkibida

39. Qaysi qatordagi ergashgan qo’shma gap tarkibiga ko’rsatish olmoshini o’rnatish mumkin?

A) Siz Hindistonda neni ko’rgan bo’lsangiz, shularning hammasini jam etib , bir kitob yozmog’ingiz darkor

B) Kim harakat qilsa , u baraka topadi

S) Sen otash ichida urasan javlon ,Dushman qolmasin deb sevgan elimda

D) Odam borki , odamlarning naqshidir, Odam borki , hayvon andin yaxshidir

40. Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplarda ergash gap tarkibida qanday olmoshlar ishtirok etadi?

41. Qoshma gap tarkibida qanday so’zlar nisbiy so’zlar sanaladi?

A) Deb , go’yoki so’zlari va uchun ko’makchisi

B) Kim? Nima? so’roq olmashlari

C) Sabab va maqsad ma’nosidagi so’zlar

D) So’roq va ko’rsatish olmashlari

42. Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gap berilgan qatorni belgilang

A) Qayerda ahillik bo’lsa , u yreda yutuq bor

B) Shuni sezdimki , oila a’zolari bir-biri bilan ittifoq ekan

C) Shu narsa aniqki, tarixini yaxshi bilmagan odam oxir-oqibat qul sifatida kn kechiradi

D) Qizig’i shundaki , shu ko’rinishiga ovozi muloyim edi

43.Kesimi bosh kelishik shaklidagi olmosh bilan ifodalanmagan kesim ergash gapni toping

A) Endi sizlarga muborak topshiriq shuki , har biringiz alohida-alohida ketasiz

B) Toleim shulki , jahonda bir guliston tanladim

C) Muhammad Yusuf ijodining o’ziga xos xususiyati shundaki, u juda oson o’qiladi

D) Buning natijasi shu bo’ldiki , To’laganning qanshariga musht tushurdi

44.Kesim ergash gapli qo’shma gapni toping

A) Shunisi esimdaki , qo’limdagi toshni kuchim boricha otdim

B) Gap shundaki , Tursunali aka bu institut bilan to’rt yil ishlashga kelishgan

C) Kechqurun maktabga kelganda, kechaning tantanali qismi tugagan edi

D) Og’iz va tilning bezagi to’g’ri so’zdir , to’g’ri so’z-la tilingni beza

45.Kesim ergash gaplar bosh gapga qanday bog’lovchi vosita yordamida bog’lanadi?

A) Deb so’zi yordamida

B) –ki yuklamasi yodamida

C) –sa shart mayli qo’shimchasimasi bilan

D) Nisbiy so’zlar yordamida

46. Quyida berilgan javoblarga ko’ra qanday holatda ega ergash gap bosh gapdan oldin keladi?

A) Ega ergash gapning o’rni bog’lovchi vositaga bog’liq emas

B) –ki shart mayli vositasida boglanganda

C) Nisbiy so’zlar yordamida bog’langanda

D) chunki , shuning uchun bog’lobvhi vositalari yordamida bog’langanda

47. Ega ergash gapli qo’shma gap berilgan qatorni belgilang

A) Foydasi shuki , odamlar adolat borligiga ishonadi

B) U qarshilik ko’rsatgan edi , Salimni ko’makka chaqirdim

C) Shoirning tovushi shunday qahrli ediki , navkarlar qorqib ketdilar

D) Shunisi ayonki , kitobsiz inson hayoti bo’m-bo’sh

48.Hol ergash gaplar qanday ma’no turlariga bo’linadi?

A) Ayirish va zidlash

B) Sabab , qiyoslash, biriktiruv

C) Payt,o’rin,sabab ,maqsad , shart, miqdor-daraja

D) Shart , miqdor daraja , galma –galllik, natija

49.Berilgan bog’lovchi vositalardan faqat hol ergash gapli qo’shma gapga tegishligini toping

C) –sa shart mayli qo’shimchasi

D) Bo’lsa , esa so’zlari

50.Bilingki, jim turib salomat bo’lish , gapirib malomatga qolishdan afzal. Ushbu gap ergashgan qo’shma gaopning qaysi turiga mansub?

A) Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap

B) To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap

C) Hol ergash gapli qo’shma gap

D) Ega ergash gapli qo’shma gap

51.To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gapni toping

A) Sizni qo’rqib ketmasin deb , kechqurun bezovta qilmadik

B) Kimki taqdirga tan bersa, u hayot to’lqirida g’arq bo’lib ketadi

C) Qizig’i shundaki , shu ko’rinishiga ovozi muloyim edi

D) Kimki bo’lsa dilozor , undan el-u yurt bezor

52. Azamatlar , shunga nihoyatda xursandmanki , qarigan chog’imda cho’lning husnini ochish uchun ter to’kish menga nasib bo’ldi. Usbu gap ergashgan qo’shma gapning qaysi turiga mansub?

A) Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap

B) Hol ergah gapli qo’shma gap

C) To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap

D) Ega ergash gapli qo’shma gap

53.Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplarda bosh gapning aniqlovchisi vazifasida qanday so’zlar keladi?

54. Aniqlovchi ergash gap berilgan qatorni toping

A) Biz istaymizki , barcha ellar bir-biriga yanada yaqinroq bo’lsin

B) Bilim shunday xazinaki, u sarflangan bilan tamom bo’lmaydi

C) Oq , pushti, sarg’ish , qip-qizil gullarga qarab , dilimiz yayraydi

D) U shunday odim tashlab ketdiki , oqibatda unga hech kim yetolmadi

55.Ko’chirma gap bilan muallif gapining o’rni qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) Ko’chirma gap faqat muallif gapidan oldin keladi?

B) Ko’chirma gap faqat muallif gapidan keyin keladi

C) Muallif gapi faqat ko’chirma gap ichida yoki undan keyin keladi

D) Ko’chirma gap muallif gapidan oldin , keyin yoki uning ichida, muallif gapi esa ko’chirma gap orasida kelishi mumkin

56. So’zlashuv uslubining quyidagi turlari mavjud…

Adabiy so’zlashuv va oddiy so’zlashuv

57. Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda ko’chirma gap tarkibidagi undalmaning o’rni o’zlashtirma gapda qanday b o’ladi?

Chiqish kelishigidagi to’;ldiruvchiga aylanadi

58. Rasmiy uslubga xos birliklar berilgan qatorni belgilang

A) “Mazza qildim, shirin kuydan zavqlandim…”

B) “Arizamni yozishdan maqsadim shuki…”

C) Bulutlarning og’ir , qoramtir namati…

D) Kesim gapning markazidir

59. Muayyan nutqiy qolip , qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo’lgan nutqiy uslub qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

60. Nutq usliblari nechaga bo’linadi va ular qaysilar

4 ga – so’zlashuv , ilmiy , badiiy , publisistik

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30
B B C B C D A C C B B C D A C A C B A B D B A B A A A C C A

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Abituriyentlar uchun onlayn testlar!

Abituriyentlar uchun ajoyib yangilik! Yaqidagina abituriyentlar, o‘quvchilar uchun innovatsion test olish tizimi ishlab chiqildi va foydalanuvchilar uchun onlayn tarzda faoliyat yuritmoqda. Keling, ushbu tizim haqida batafsil to‘xtalib o‘tsak.

ABT.uz – abituriyentlar uchun o‘zida 30 000 ga yaqin test savollarini jamlagan bilimlarni testlash tizimidir. O‘z nomidagi Aql–Bilim–Test so‘zlarini faoliyatida mujassam etgan ushbu tizim o‘zida ko‘pgina qulayliklarni taqdim etmoqda. Endilikda abituriyentlar va o‘quvchilar mobil telefon, planshet yoki kompyuter orqali zamonaviy axborot texnologiyalari yutuqlaridan unumli foydalangan holda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga innovatsion usulda tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin. Ya’ni uyda, o‘quv muassasasida, internet kafelarda ABT.uz sayti yordamida bir necha turdagi test sinovlarini topshirishlari va o‘z bilimlarini mustahkamlab borishlari mumkin.

Kelayotgan 1-avgust imtihonlariga tayyorlanishda ushbu innovatsion usuldan ham foydalanib ko‘rsangiz aslo yutqamaysiz, hoziroq tizimdan ro‘yxatdan o‘tgan holda uning imkoniyatlarini sinab ko‘ring. Biz esa tizimning asosiy qulayliklari va boshqa bu kabi tizimlardan ustunliklarini batafsil yoritib beramiz.

Birinchidan, ayni damda tizim bazasi 30 mingtaga yaqin test savollaridan tashkil topgan, bunda kirish imtihonlarida mavjud barcha fundamental fanlar: matematika, fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili, o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, geografiya, informatika fanlaridan turli darajadagi testlar foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Tizim bazasi doimiy ravishda yangi test savollari bilan to‘ldirilib borilmoqda. Yaqin kunlarda rus tili va adabiyoti, fransuz va nemis tillari hamda qardosh tillar (qoraqalpoq, qozoq, tojik, turkman tillari) bo‘yicha ham test savollari ishga tushadi.

Ikkinchidan, tizimda mavzulashtirilgan testlarni topshirishingiz mumkin. Siz o‘zingiz uchun kerak bo‘lgan fanni va mavzuni tanlagan holda 10 tadan 40 tagacha bo‘lgan test savollaridan iborat sinovni xohlagancha topshira olasiz. Bunda foydalanuvchi tomonidan kamida ikki marta to‘g‘ri ishlangan savol foydalanuvchiga qayta taqdim etilmaydi, xato ishlanayotgan test savollari keyingi sinovlarda takroriy beriladi. Bu imkoniyat Sizning biror bir mavzuni chuqur va puxta o‘zlashtirishingizda katta yordam beradi.

Uchinchidan, tizimda blokli testlarni ishlash uchun Virtual imtihon topshirish imkoniyati mavjud. Foydalanuvchi tomonidan tanlangan mutaxassislik va oliy o‘quv yurtiga mos ravishda 3 ta fandan 36 talik, jami 108 ta test savoli 3 soat davomida taqdim etiladi. Bunda abituriyent huddi 1-avgust imtihonlarida bo‘lgani kabi test sinovini topshiradi hamda yakuniy natijalarga ega bo‘ladi. Bu usul abituriyentning kirish imtixonlariga tayyorgarlik darajasini mustaqil baholash uchun qulay vositadir. Tizimda istalgan vaqtda, istalgancha virtual imtihon topshirish imkoniyati mavjud. Virtual imtihonlar uchun 108 ta savoldan iborat blokli testlar doimiy yangilanib, ko‘paytirilib boriladi. Har xil variantlarda test savollarining qaytarilish darajasi juda ham minimal. Ushbu havolani ochish orqali DEMO TEST topshirgan holda virtual imtihon topshirish jarayoni bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

To‘rtinchidan, foydalanuvchi topshirgan testlar va sinov natijalari uning shaxsiy profilida yig‘ilib boriladi. Bu esa uning bilim darajasini monitoring qilish, shaxsiy rivojlanish ko‘rsatgichlarini tahlil qilish va qaysi fanlarda qaysi mavzulardan ko‘rsatgichlari past ekanligini nazorat qilib borish imkoniyatini beradi. Abituriyent o‘z bilimlarini mustahkamlash uchun mavzuli testlar va virtual imtihonlarni qayta topshirgan holda bilimlarini mustahkamlab natijalarni yaxshilab borishi mumkin.

  • test savollari tiniq shriftlarda berilgan;
  • matematik formulalar tushunarli va chiroyli tarzda berilgan;
  • sayt dizayni va rasmli ma’lumotlar TAS-IX hududidan yuklanishi hisobiga tarfikni tejash hamda tizimga tezlikda kirish imkoniyati mavjud;
  • test topshirish oynasida savollar ketma-ket joylashgan, javob varaqasi esa qulay ko‘rinishda;
  • savoldan-savolga o‘tish, javoblarni belgilash jarayonida sahifa qayta yuklanmaydi;
  • natijalar sinxron ravishda foydalanuvchi profiliga saqlanib boriladi;
  • tugallanmay qolgan testlarni ixtiyoriy vaqtda davom ettirish imkoniyati mavjud;
  • saytning mobil versiyasi mavjudligi undan mobil telefonlar va planshetlarda ham foydalanish imkoniyatini taqdim etadi;
  • akkaunt balansini Click va Payme to‘lov tizimlari yordamida to‘ldirish imkoniyati mavjud;
  • test savollarida uchragan imlo va mazmuniy xatoliklar haqida maxsus forma orqali xabar bergan holda Siz qo‘shimcha bonus ballariga ega bo‘lasiz.

Bundan tashqari tizimda yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlari, ulardagi mutaxassisliklar, har bir mutaxassislik uchun kirish imtihonlaridagi fanlar bilan tanishib chiqishi mumkin. Eng asosiysi 2014–2015–2016-yillarda o‘tqazilgan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari qulay shaklda sizga taqdim etiladi. Bu ma’lumotlar yordamida Siz har bir ta’lim tili kesimida grant va kontrakt uchun kirish ballari, o‘rtacha o‘tish ballari, qabul kvotalari, arizalar soni va bitta o‘ringa mos kelgan abituriyentlar soni bilan tanishib chiqishingiz, ularni solishtirish va qulay usulda taqqoslashingiz ham mumkin. Bu qulayliklar Sizga oliy o‘quv yurti va mutaxassislikni ikkilanmay tanlashga katta yordam beradi.

Yaqin kunlarda tizimda bilimdonlarning davriy reytingi, shaxsiy rivojlanish ko‘rsatgichlarining dinamikasi va grafikasi, abituriyentning tanlagan mutaxassislik bo‘yicha mos oliy ta’lim muassasalariga kirish ehtimolligini baholash kabi imkoniyatlar qo‘shiladi. Mobil qurilmalar uchun ABT.uz saytining ilova dasturi ishga tushiriladi.

Agar Siz yoki farzandingiz, do‘stlaringiz abituriyent sifatida kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan bo‘lsa, ushbu tizimni sinab ko‘rishni tavsiya etamiz. Xususiy repititorlar, tayyorlov kurslari va o‘quv markazlarini hamkorlikka taklif etamiz.

Reklama huquqi asosida

Qoraqalpoq tili va adabiyoti testlar

Nukus davlat pedagogika instituti – O‘zbekistonning shimoliy hududidagi eng qadimiy oliy o‘quv yurtlaridan bo‘lib, u 1934-yili o‘sha vaqtdagi poytaxt hisoblangan To‘rtko‘l shahrida tashkil qilingan.

Uzoq yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi sahosi uchun kadrlar tayyorlab kelgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasining deyarli barcha taniqli davlat arboblari, jumladan, xalq xo‘jaligi, madaniyat va fan arboblari turli yillarda institutda tahsil olgan. Institutning aksariyat bitiruvchilari O‘zbekistonning turli viloyatlarida, shuningdek, Turkmaniston, Qozog‘iston va chet davlatlarda faoliyat yuritmoqda.

1976-yil Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti bazasida Nukus davlat universiteti tashkil etilgan. 1991-yilda qayta tashkil etilgan Nukus davlat pedagogika instituti esa O‘zbekistonda pedagogik kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini yuksaltirish borasida taraqqiy etayotgan yangi yondashuvning o‘ziga xos bir ko‘rinishidir.

FAKULTETLAR

Tarix fakulteti

Filologiya fakulteti

Tabiatshunoslik fakulteti

Jismoniy tarbiya fakulteti

Fizika-matemetika fakulteti

Maktabgacha ta’lim fakulteti

Boshlang‘ich ta’lim fakulteti

Qoraqalpoq tili va adabiyoti fakulteti

OLIYGOH JOYLASHUVI

TA’LIM YO‘NALISHLARI

ONA TILI VA ADABIYOT

ONA TILI VA ADABIYOT

ONA TILI VA ADABIYOT

ONA TILI VA ADABIYOT

ONA TILI VA ADABIYOT

ONA TILI VA ADABIYOT

ONA TILI VA ADABIYOT

ONA TILI VA ADABIYOT

ONA TILI VA ADABIYOT

ONA TILI VA ADABIYOT

ONA TILI VA ADABIYOT

ONA TILI VA ADABIYOT

ONA TILI VA ADABIYOT

ONA TILI VA ADABIYOT

ONA TILI VA ADABIYOT

ONA TILI VA ADABIYOT

ONA TILI VA ADABIYOT

ONA TILI VA ADABIYOT

O‘TISH BALLARI

O’quv yillari

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish kodi Ta’lim tili Qabul rejasi Soni O‘rtacha tanlov

O‘tish ballari
Davlat granti To‘lov shartnoma Davlat granti To‘lov shartnoma

O‘TISH BALLARI

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish kodi Ta’lim tili Jami Davlat granti To‘lov shartnoma
1 Matematika o`qitish metodikasi 5110100 o’zb 34 10 24
2 Matematika o`qitish metodikasi 5110100 rus 11 3 8
3 Matematika o`qitish metodikasi 5110100 qor 42 13 29
4 Matematika o`qitish metodikasi 5110100 qoz 13 4 9
5 Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi 5110200 o’zb 26 6 20
6 Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi 5110200 rus 15 5 10
7 Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi 5110200 qor 34 9 25
8 Kimyo o`qitish metodikasi 5110300 o’zb 26 6 20
9 Kimyo o`qitish metodikasi 5110300 rus 15 5 10
10 Kimyo o`qitish metodikasi 5110300 qor 34 9 25
11 Biologiya o`qitish metodikasi 5110400 o’zb 26 6 20
12 Biologiya o`qitish metodikasi 5110400 rus 15 5 10
13 Biologiya o`qitish metodikasi 5110400 qor 34 9 25
14 Geografiya o`qitish metodikasi 5110500 o’zb 20 6 14
15 Geografiya o`qitish metodikasi 5110500 rus 11 4 7
16 Geografiya o`qitish metodikasi 5110500 qor 29 10 19
17 Tarix o`qitish metodikasi 5110600 o’zb 17 5 12
18 Tarix o`qitish metodikasi 5110600 rus 11 3 8
19 Tarix o`qitish metodikasi 5110600 qor 22 7 15
20 Informatika o`qitish metodikasi 5110700 o’zb 17 5 12
21 Informatika o`qitish metodikasi 5110700 rus 11 3 8
22 Informatika o`qitish metodikasi 5110700 qor 22 7 15
23 Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 5110800 o’zb 13 3 10
24 Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 5110800 qor 27 7 20
25 Pedagogika va psixologiya 5110900 o’zb 33 8 25
26 Pedagogika va psixologiya 5110900 rus 20 5 15
27 Pedagogika va psixologiya 5110900 qor 47 12 35
28 Musiqa ta’limi 5111100 o’zb 30 5 25
29 Musiqa ta’limi 5111100 qor 50 10 40
30 O`zbek tili va adabiyoti 5111200 o’zb 100 30 70
31 Ona tili va adabiyoti: turkman tili va adabiyoti 5111300 turkman 25 10 15
32 Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti 5111301 rus 75 10 65
33 Ona tili va adabiyoti: qoraqalpoq tili va adabiyoti 5111302 qor 100 30 70
34 Ona tili va adabiyoti: qozoq tili va adabiyoti 5111305 qoz 20 5 15
35 Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti o`zga tilli guruhlarda 5111306 rus 20 5 15
36 Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti o`zga tilli guruhlarda 5111307 rus 30 5 25
37 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 5111400 o’zb 45 10 35
38 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 5111400 rus 25 5 20
39 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 5111400 qor 80 15 65
40 Milliy g`oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 5111600 o’zb 16 6 10
41 Milliy g`oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 5111600 qor 24 9 15
42 Boshlang`ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish 5111700 o’zb 27 7 20
43 Boshlang`ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish 5111700 rus 20 5 15
44 Boshlang`ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish 5111700 qor 40 10 30
45 Boshlang`ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish 5111700 qoz 20 5 15
46 Boshlang`ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish 5111700 turkman 13 3 10
47 Maktabgacha ta’lim 5111800 o’zb 27 7 20
48 Maktabgacha ta’lim 5111800 rus 25 5 20
49 Maktabgacha ta’lim 5111800 qor 48 13 35
50 Defektologiya (faoliyat turlari bo`yicha) 5111900 o’zb 20 5 15
51 Defektologiya (faoliyat turlari bo`yicha) 5111900 qor 40 10 30
52 Jismoniy madaniyat 5112000 o’zb 25 10 15
53 Jismoniy madaniyat 5112000 rus 20 5 15
54 Jismoniy madaniyat 5112000 qor 35 10 25
55 Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti yo`nalishi bo`yicha) 5112001 o’zb 15 5 10
56 Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti yo`nalishi bo`yicha) 5112001 qor 25 10 15
57 Mehnat ta’limi 5112100 o’zb 25 5 20
58 Mehnat ta’limi 5112100 qor 35 10 25

Umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash joriy etiladi

Sertifikat berish uchun talabgordan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari (334 500 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.

“Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar joriy etiladi:

  • 2020 yil 1 dekabrdan bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi;
  • 2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda OTM bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi.

Umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash quyidagi muddatlarda joriy etiladi:

  • 2020 yil 1 dekabrda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha;
  • 2021 yil 1 fevralda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha;
  • 2022-2024 yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha.

Sertifikat berish uchun test savollari Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan tuziladi.

Qaror bilan Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga muvofiq, sertifikat berish Davlat test markazi tomonidan to‘lov asosida amalga oshiriladi.

Sertifikat berish uchun talabgordan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari (334 500 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.

Sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga beriladi.

Sertifikat test sinovidan ijobiy natijaga erishgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida Davlat test markazi direktorining buyrug‘i asosida elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.