Press "Enter" to skip to content

Bola uyquda ko’p terlash sabablari, tashxislash va davolash usullari

Jนdล qลysลr bσlล mลท bลrιbιr sลทι σlลmลท

Qorbobo kiyimi bolalar uchun

Ushbu niklar faqat o’g’il bolalar uchun. Marhamat yoqqanini tanlab ko’chirib oling
Bσřłgîmđα qαđřłα γσłîgîmđα qîđîřmα

bõlѕαηg мαηιĸι γυгαgιм šąņìĸį

ابن محمد يحيى ابن محمد يحيى

ॐMαηΔαηŦσpmα αγß ॐȘαηsιz vαpωё kαγFॐ

Qιzlαทι cჩιґσγι Pαγpσgιmι bιґ pσγι

Кτσ τы ταкαя мσе сеρдцε укραλα

Tьι β мσëм сερΔцε

ßυ γυяαgιм σĻ ѕєηgα ѕσνgα

Vลωε qลγsลr ßσλล Oγίʍgα γσqﻯ εη σλลʍลη

Xσjì δσλα ( αφταrιτєτ ρʀσғιւ )

JυΔα qαγsαr βσλαΜαη βαrιbιr saηι θλαΜαη

ιssυΔα ηικιΜ αγηιβ qσλΔι χΔ

Μυχαδδατυм φαqατ θλλσhgα

JσηιΜ SενgιмιΖ χυrмατι Δυgσηεηι ηθmεrιηι βεεr

ρεαλυςτ σπτυмυςτ нσ нξ ξгσυςτ

Ηαφυг мнε ηυκ υτακ Μηε βςε знαετ

MυχαδδατυΜ αρмσн δθλΔυ

βαbηικ βσsαΜ Ηαм Sαηgα ναfσΔσrΜαη

σĸεη ՁԿ ѕσαт ѕαγτdα

ღ ѕαηι Jσηιмdαη σŕтιq ѕεναмαηυ ღ

ΞMαηι ѕσrαωѕα σdnoΔα βσλαмαηΞ

Eґкαλαηмα σηαωкα vσχτιм γσ sαηι σґαωкα ॐ

ॐI ลm sσrrγ Я нε τβσй lσvε stσrצॐ

εฑđเ ŝฉฑgฉ δσřţ мฉฑđฉ δσř δσŝнqฉ кฉмρσţ

đřนĵδฉ ţฉŝнฉмฉ ฑฉŝţřεฑγฉм γσσ

εεε σηαω Mαη βιLαη σριωιβ sσrαω

ßน ρŗอfiไ Êgลธi 101 qΐz éŗใรลธΐ

qเźĻฉ ŝтσρ δเттฉ นρε χσρ

Vσγ qฉηฉqฉ ฉdฉsι мฉฤ χฉłι βσγdσqanüॐ

кนฑđนźเ δฉδฑเк кεĉнฉŝเ řฉмฉฑţเк

Døδקый мลλьчนใร Пø клนчкê ใรקลсลvчนใร

мαηα мαηđє qιzĻαηι уσqιмтσуι

Qιzlα σzιlα tυωα silαmi γσ dαrαχι tεριmι

Vαααy Ύσqιmτσצ ΎιgιτςҺล ( ทล ﻯลצte)

ты моя игрушка gฉмε σνεř девушка

Δα Я ңę kруτσú ңσ Зα сλσßα στβечαю

Yล XนLiGลท ZลTø M นﻯนLMลท

Я ταк ภюδ ภю тéßя Δåжε pαмεσ β ωóке

Hozirgi paytda кåмina sayтdå

ॐღÐฉ Я бฉбңนќ ңσ λюбλю τσλьќσ еéღॐ

QเZLล XลZเLลWmeLล Sevเß QøLลSLล

ՏęvgαฑԺαฑ Çσλα ιçჩgαฑ ყαxՏჩιrσ

Зล mεδค жนзทь σm gลʍ эmо πρо mεδค ʍลʍ

KσzLลRιทGล QลRลP LลBLลRιท σPVσLลМลN

Տενgลηιოι եลωลsลოลო Сσλลηι եลωσσოιოลη

Şéναmαท ძęძίmί șěναmαท

Vαqτ kεใลdι qαγтiwιмι γιgใลb sσґεsลท

Мฉʍฉ τσλIรσ τεδด λюδλю

Տσrry թґσfιlε CLσsεɗ

Qízímí Úxĺátúvìŕ Ňíќímí Úxĺátmá Fáqát xÐ

Qιzιm chιrσσσylι bσmαsαyαm vαfσlι bσsιn

SєvυrαMαη ĐαXυע α υעŁαηMιMαη ηιXxυעα

ツSαN MαN υcυη τυGαρ βőGαη κiησsαη

Qιzlαทι cჩιґσγι Pαγpσgιmι bιґ pσγι xD

mαήι εχτιγσt QιL Ðugoทεทι σgrι τυτmα

Sεƙιηrσσσ qฉrฉ σσσ sενιδ qσλฉsฉη

Jนdล qลysลr bσlล mลท bลrιbιr sลทι σlลmลท

Жนβý ķρลςนβσ δρลτβε ςπลςนδσ

OsmσNGα InTιlGuncHα JσYnσMσzGα EgιL

στα σηαm υchυη γαωαγαpmαη

Vσγ qฉηฉqฉ ฉdฉsι ოฉฤ χฉłι βσγdσოฉηน

Տαη σzιηι omαgιη mαη σzιm Տαηι σใαmαη

ॐ SαNSiz MαnGα MαααZzα ॐ

MαηΔαη Ŧσpmα αγß Șαηsιz vαpωё kαγF

Տpσηтო öZιηcHα ZörՏαη Özι ηαтuri Qöγsan

Oηąm yιglαмαsαla ßαs мαηgα sεvgi kεrεмαs

I ใﻩνε γﻩυ ลใใลh(ﷲ)

Uγlαηѕαм ԿО Kυη σdησgα Kιгмιмαη

Voγ şhirin βola εkaηDιβ Øpurмα εkrαηiηi

ฑเkเмเ นχĻฉţsεฑ qเźเฑเ นχĻฉţฉмฉฑ

Jนdล qลysลr bσlล mลท bลrιbιr sลทι σlลmลท

Śαη τεητεηι βαrιβιr Sεvaman シ

Ύσqιmեσץ Ύιgιե cҺα

Sαηι ωυηchακι γαχωι κσrαmαη ( ﺭיי)

Oใใσxηιηg σjιzت تBαηdαsιman

ॡJσηim Δigiท ßir ßσra Sลŋi Տευฉყ եσßσraॡ

кõζhαΔα кσττα вõλgαη Ξ кõζhα βσλαѕι Ξ

ツ βαβΝιΚ n1 ( mυαααχ ραgε xd ) ツ

dσŝţเм นĉhนฑ ĵσฑ ƒเdσ dεţkฉĻฉřgฉ ฉĻνเd

gσ αwαγ γσu αηd dσηt cσmε bαck

β r i ե α η ε ե s

Ξ I ใσvε ณυﻯเc Ξ (Gσ αwαγ PαGε) ιllι βrιταηcHιk ιllι
ΞΞ ฑเкĻฉฑเ đσσσ đฉŝเ м ฉฑเкเđε σฑฉŝเ ΞΞ
вιւʍลşνợγ אลςķεř
Vσγ qฉηฉqฉ ฉdฉsι ოฉฤ χฉłι βσγdσოฉη น(ייﺭ)
ΞTεĻδฉ мฉĵฑนฑ ะмฉฑ qฉγεřdฉdเř ĻฉγĻเΞะ
εřķลւลʍล ợทลฬķล νợҺţιʍ γö ş ลทι öřลฬɠล
dσŝţเм นĉhนฑ ĵσฑ ƒเdσ dεţkฉĻฉřgฉ ฉĻνเdö
ΞMลทล Mลทðè ธลทι βลχτlι Qιlล ðìgลท RลოεΘΞ
Mเsτεґ Gลηgşτεґ oʀιɢιɴαւ ρʀoғιւ
Jนda qลysลr bσlล mลท bลrιbιr s ลทι σlลmลท
şลทđลķลşι mιทţล mลทđล ķลşι вιtţล
Sεεεεทγσσσσʀ ( σғғιcιαl ραgє )
ะ Ύσqιmσצ ツ ΎιgιτςҺล ツ ☾★ ღღ؃ƒιςιαĻღღ ☾★ღღPŗσƒιĻღღ☾★
Ì๓צฉ ทτ ƒล๓ιใעฉ ธє∫ร®ε†
Şενɠเlเşเηเ şҺαχźơძαşเ
ะะะ Kαsקεr δlειd ะะะ
нαηdѕσмε bσγ ☺ + ☻
Mฉฑðε öωฉ qøω Køźเ qøřฉ ωฉχźøð ฉ
░▒▓█► ιﻩνειע ๒ºע ◄█▓▒░
ιﻩνε γﻩυ ฟγ ßลßγ
♦♦ßลd.&.๒oY♦♦‎
βιtﻯβιtﻯ Hιק Hσק Jσηιm mαηι 1tα ‎σק ‎
Ξ ธไวอאřนא řερ ไวιρ ไวอ ρ Ξ Ξ ฑเฑżส Ξ
β r i եαη ε ե s Ξ I ใσvε ณυﻯเc Ξ
(HøZïRgĪ PãYtTà) ((D ø Ñ ï)) ((SāYtÃ))
ŝนmεřЌเ ŝªgª (ºƒƒเcเªļ ρªgε
ฉძřεฑฉĻเฑ cσრƒσσσřძ (řฉρρεř ρฉ gε)
δεŝţ δøγ ( ºƒƒเcเªĻ ρªɠe)))
Ύσqιmեσץ ΎιgιեcҺα
мฉฑฉ мฉĵฑนฑ ʠฉฑเ ĻฉγĻเ
Mιธธтєr ßoყvลçhçhล (Qลŋ ลqลdιr קลGε)
ΞMιѕѕтєr ßαßηιkΞ Rєสใ βﻉŻøﺡι ιττιƒσqςҺιℓส
Kúňdîżî băbňik Kéčhâşi romăńtik
Mฉทฉ мฉทđε öรhฉ Qσґฉ qσรh δσใฉ))
ทน ฟτอ γεﮒไเ χนไเฐสท Ζ สτอ ดนธเไดสท
Đøδþыū mลλьчนใร πø ķлนчķê ใรþลçลвчนใร
7 QลvลłÐฉ Qσłιb kει γυrลĢιMทι pลrchลธι
ңลΎr εήðι QιзฉใσQ
KεĻαqσĻ GυĻιm Jαηηατgα διrgα δσrαრιz
SαN MαN υcυη τυGαρ βőGαη κiησsαη
ΞJσσηιm ιlτιmσธ yσqσl yσqmαyαρธαηΞ
Ťы МσЯ קσЗล Â я ТвOя ДσЗล
๑. Rєαใ βσ’sεη γσηιmΔα τuґ. βσ’mαsεη chσґηιgα suґ.
qøřά qΘώ σќεทi ßลßηīk ďiγiώšά iώøŋრล
sαηsιz ηεgαԺιr ηαfαs xαო yετოαyαpτι
Qížímí šéňšešířĺí áýfoňí bómäšáýám gúĺĺi rómoli bosn
R6molini 6rab druzya tawa ok.
Кőק ξґќαใαήmα ξґšίz qΘקќξτmα γαήα
ÕσO qσσσCεεεE zαγBαααL υJεεεE αJιηα ﺕ
ξrкατσγmαη אαφα qιωεη αrαjλιmαααη αωαγιm
Сkαжυ сßσυณ τεлkαณ τы ณσů δαρаωkα
Mลηล Mลηdε Ợωล ωลxzơdε
ρřσŝţฉ (вʀατνα ғαmιւγ)
Asαbιmgα τεmαsdαn bσr nαr צσdα öצnα
Sεkιฑrσσσ Qฉrẳ ôôô ōρνσſámăń
Oηαω σdησηι ταωα мαη bιlαn γαωα
Šεvgιmιž нυrmลtι đυgσทєทι ทσmεrιทι ßεr
ʓα τβอε גюδגю я τεδε сы ฤα πอ ðαקю
Eshshakka dam bergan Romeo
ηιкιм ѕнαмσĻđα υcнιв кєтđι
Odnoklassnikida servis gruppamiz ok.ru/YurakNolasi bizga qo’shiling biz sizlarni qo’llab quvvatlaymiz

Bola uyquda ko’p terlash sabablari, tashxislash va davolash usullari

Koʻpgina onalarni xavotirga soladigan holat bolakaylarining tunda ko’p terlash holatidir. Albatta, bunday vaziyat juda koʻp uchraydi, bolakayni uxlatib yotqizib qoʻysangiz kiyimchasi va yotoq choyshabining terlash natijasida nam boʻlib qolganligini koʻrasiz.

Ammo, bunday vaziyatda xavotirlanish kerak emas, bolalar uchun bu fiziologik jarayon hisoblanadi. Baʼzida koʻp terlash bolaning qizib ketganligi yoki nerv tizimidagi ayrim muammolar tufayli boʻlishi ham mumkin. Bundan tashqari ter bezlarining juda faol boʻlishi ayrim kasalliklardan darak berishini ham unutmaslik lozim.

Bolalarda uyqu vaqtida koʻp ter ajralishi sababini aniqlash uchun avvalo ular organizmning tuzilishi va fiziologiyasi bilan tanishib chiqish kerak boʻladi.

Bolalarda uyqu vaqtida koʻp terlashi: fiziologik jarayon!

Avvalo, ter ajralishi har qanday yoshdagi inson uchun normal holat ekanligi va organizm shu yoʻl bilan tana haroratini meʼyorda saqlab turishini bilib olish zarur. Bolalarda esa ter bezlari funksiyasining toʻliq ishlamasligi va termoregulyatsiya markazining yaxshi rivojlanmaganligi bois uyqu vaqtida koʻp terlash holati tez-tez uchrab turadi.

Ter bezlarining faol vazifa bajarishi bola hayotining 3-haftasidan boshlanadi. Ammo, toʻliq shakllanishi 5-6 yoshlarda roʻy beradi. Odatda tungi uyqu vaqtida koʻp ter ajralishi 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda kuzatiladi. Bola 4 yoshdan oshgach bunday holat kamdan kam qayd etiladi.

Ter bezlarining vazifasi faqatgina organizmni sovutish emas, balki organizmda toʻplangan zaharli moddalar, toksinlarni ham ajratib tashlash kabi funksiyasi ham mavjud va bu jarayon nerv tizimi bilan birgalikda amalga oshiriladi.

  • Uyquda ko’p terlash: patologik jarayon
  • Bolaning qizib ketishi
  • Nima uchun bolalar aynan uyqu vaqtida ko’p terlash kuzatiladi?
  • Nerv tizimining kuchli qo’zg’alishi
  • Shamollash kabi kasalliklar
  • Ko’p ter ajralishida nasliy omilning o’rni
  • Uyquda ko’p terlash: jiddiy kasalliklar sababli

Uyquda ko’p terlash: patologik jarayon

Koʻpgina mutaxassislar fikricha bolalarning koʻp terlashiga quyidagilar sabab boʻladi:

  • Xona haroratining yuqori boʻlishi yoki ob havoning issiq boʻlishi natijasida bolaning terlashi;
  • Kun davomida bola emotsional holati, qoʻzgʻaluvchanligi, nerv tizimining taʼsirlanishi tungi vaqtda koʻp terlashga sabab boʻladi;
  • Shamollash kabi holatlarda;
  • Nasliy moyillik.

O‘QING: Bolalarda pnevmoniya kasalligi – sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullari

Koʻp ter ajralishi ayrim kasalliklar natijasida ham roʻy beradi, ular quyidagilar boʻlishi mumkin:

  • Vitamin D yetishmovchiligi va raxit;
  • Apnoe;
  • Qalqonsimon bez funksiyasida kamchiliklar;
  • Jigar va oshqozon ichak tizimidagi muammolar;
  • Yurak-qon tomir kasalliklari;
  • Immun tizimidagi oʻzgarishlar.

Bolaning qizib ketishi

Bola dunyoga kelgach hayotining 3-haftasidan boshlab tashqi muhit haroratiga taʼsirlanishni boshlaydi. Issiq havo bola termoregulyatsiya markazini faollashtiradi. Bola 5-6 yoshgacha boʻlgan davrda issiq havoga juda sezuvchan boʻladi va organizm bunday vaziyatda kuchli qoʻzgʻalishi, ter ajralishi koʻpayishi mumkin.

Nima uchun bolalar aynan uyqu vaqtida ko’p terlash kuzatiladi?

Pediatrlar bu holatni quyidagicha izohlaydilar: bolalarning kunduzgi vaqtda terlashi tez bugʻlanadi, bolalar aynan kun davomida oʻzlarining asosiy energiyalarini sarflaydilar. Tungi vaqtda ham ter bezlari faol ishlab turadi ammo bola oʻzining energiyasini faol sarflamaydi, shu sababli ajralgan ter bugʻlanmaydi, aksincha organizmda toʻplanib qoladi.

Bola koʻp terlashining yana bir sababi bolakayni juda qalin matolar bilan belab tashlashdir. Koʻpgina onalar bolakaylarining sovuq qotib qolishlaridan choʻchib ularni uyqu oldidan juda qalin matolar bilan oʻraydilar yoki mavsumga mos boʻlmagan kiyimchalar kiydiradilar, natijada bolakay organizmi qizib ketadi va koʻp ter ajralishidan aziyat chekadi. Bolakaylarning qizib ketishi va koʻp terlamasliklari uchun quyidagilarga rioya etish lozim:

Bolalar xonasida optimal harorat 18-21 gradusni tashkil etishi, namlik miqdori esa 50-60 % boʻlishi maqsadga muvofiq. Quruq havo ham ter bezlari ishini faollashtirib yuboradi. Bolakay uxlaydigan xonani tez tez shamollatib turish zarur: kun davomida 10-20 daqiqadan 3-4 marotaba.

Bolakaylarni xona haroratiga mos holatda kiyintirish kerak. Kiyim matolari tabiiy boʻlishi va havo oʻtkazishi tavsiya etiladi.

Nerv tizimining kuchli qo’zg’alishi

Bola hayotining 1 yilida nerv tizimi juda qoʻzgʻaluvchan boʻladi. Kun davomida bolakay atrof olamga moslashadi, juda koʻplab emotsiyalar, koʻplab ta’surotlar oladi, yangi yangi qobiliyatlarni oʻrganadi, shu sababli nerv tizimi juda kuchli ishlaydi. Hatto, bolakay tunda uxlayotganda ham uning nerv tizimi faol ishlab turishi mumkin. Bu esa uyqu vaqtida ter ajralishining koʻpayishiga sabab boʻladi.

O‘QING: Chaqaloqlarda sariqlik – turlari, sabablari, belgilari va davolash

Bola nerv tizimi zoʻriqishini kamaytirish va ter ajralishini kamaytirishning bir necha usullari mavjud, ular quyidagilar:

  • Kechki vaqtda faol oʻtinlarni va televizor tomosha qilishni kamaytirish, ular oʻrniga kitob oʻqish yoki yengil oʻyinlar oʻynash kerak;
  • Uyqu oldidan toza havoda bolakay bilan biroz sayr qilishga harakat qiling;
  • Bolakayni yengilgina massaj qilish ham bolani tinchlantiradi va uyqusida bezovta boʻlmasligini taʼminlaydi;
  • Uyqu oldidan tinchlantiruvchi xususiyatga ega boʻlgan oʻsimliklar solingan iliq suvda bolakayni choʻmiltiring;

Bola nerv tizimining faol oʻsishi natijasida ham uyqu vaqtida ter ajralishi koʻpayadi, bu normal fiziologik holat hisoblanadi.

Shamollash kabi kasalliklar

Bolakay optimal sharoitda uxlasa ham uyqu vaqtida koʻp terlasa, bun organizmda qandaydir patologik jarayon ketayotganidan darak beradi, koʻpincha shamollash xarakteridagi kasalliklarda shunday holat kuzatiladi.

Koʻp ter ajralishi bola organizmining keraksiz moddalar, toksinlardan tozalashga harakat qilayotganini bildiradi. Bundan tashqari shamollash jarayoni yuqori tana harorati, yoʻtal, nafas olish qiyinligi, holsizlik bilan namoyon boʻlishi yoki yashirin kechishi ham mumkin – bunda onalar bolalarida faqatgina koʻp ter ajralishi sezadilar xolos.

Agar siz bolangiz uyqu vaqtida koʻp terlashining sababini biror bir kasallik bilan bogʻlasangiz yoki shunga shubha qilsangiz darhol shifokorga murojaat eting. Holatni yengillashtirish uchun shunchaki bolakayga koʻproq suyuqlik ichiring.

Ko’p ter ajralishida nasliy omilning o’rni

Organizmning koʻp ter ajratishi nasldan naslga juda kam holatlarda beriladi. Agar bolakayda koʻp ter ajralishi sababi genetik darajada belgilangan boʻlsa, bolada kunning har qanday qismida ko’p terlash kuzatilishi mumkin, faqatgina uyqu vaqtida emas. Bunday vaziyatda holatni yengillashtirish uchun ter ajralishini koʻpaytiruvchi omillarni bartaraf etish zarur:

  • Bolakay bilan faol harakat talab etmaydigan oʻyinlar oʻynash;
  • Bolani stress holatlarga tushmasligini taʼminlash;
  • Dorivor oʻtlar solingan suvda bolani choʻmiltirish (romashka, kalendula, qirqboʻgʻim va boshqalaar).

Uyquda ko’p terlash: jiddiy kasalliklar sababli

Kam holatlarda ammo shunday boʻlsada, uchrab turadigan vaziyat – bola uyquda koʻp terlashiga sabab jiddiy kasalliklar boʻlishi mumkin. Patologiyani faqatgina shifokor aniqlay oladi, bunda koʻp ter ajralishidan tashqari boshqa simptomlar ham yuzaga chiqadi.

O‘QING: Bolalarda tish chiqishi – tartibi, muddati va parvarishlash

Vitamin D yetishmovchiligi va raxit kasalligi sababli bolaning koʻp terlashi bilan birga quyidagi belgilar ham yuzaga chiqadi:

  • Ajralgan ter quyuq va oʻziga xos hidga ega boʻladi;
  • Bola ensa sohasida soch toʻkilishi kuzatiladi (“taqa bosh”);
  • Bolakay doimo notinch va qoʻzgʻaluvchan boʻladi;
  • Bola uyqu vaqtida tez-tez uygʻonib ketadi.

Bolada ko’p terlash bilan birgalikda yuqorida sanab oʻtilgan belgilar ham kuzatilayotgan boʻlsa darhol shifokorga murojaat eting, davo muolajalari oʻz vaqtida boshlanmasa bolakay nogiron boʻlib qolishi ham mumkin.

Apnoe kabi patologik holat bola hayotiga xavf soladi. Bunday vaziyatda bolada quyidagi belgilar ham namoyon boʻladi:

  • Bolakay uyqu vaqtida qaltirab ketadi;
  • Bola uyqu vaqtida kuchli nafas oladi va xurrak otadi;
  • Uyquning buzilishi va har xil tushlar koʻrishi;
  • Kun davomida bolaning holsiz boʻlishi, bola eʼtiborini bir joyga jamlay olmasligi;

Yurak-qon tomir tizimi bilan bogʻliq kasalliklar quyidagi belgilar bilan namoyon boʻladi:

  • Sovuq ter ajralishi;
  • Hansirash;
  • Qoʻllarning sovuq boʻlishi.

Baʼzida koʻp ter ajralishi qalqonsimon bez faoliyatining buzilishidan darak beradi va quyidagi belgilar kuzatiladi:

  • Ishtahaning pasayishi;
  • Yurak urishining tezlashishi;
  • Tez charchab qolish va holsizlik;
  • Bola kayfiyatining oʻzgaruvchanligi;
  • Tungi vaqtda tez-tez siyib qoʻyish;
  • Qovoqlar pirillashi.

Bolakayda uyqu vaqtida ter ajralishining koʻpayishi va qoʻshimcha belgilarning namoyon boʻlishi shifokorga murojaat etish uchun yetarlicha sabab boʻla oladi.

Bolakay salomatligi va hayoti muhim ahamiyatga ega boʻlgan vaziyatda hech qachon mustaqil ravishda uy sharoitida davo muolajalarini oʻtkazishga urinmang!

Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu – Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.

Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.

Chaqaloq parvarishi — qoidalari, tavsiyalar, oylik go’dak parvarishi asoslari, muolajalar

Ba’zi yosh onalar chaqaloq bilan uyda yolg’iz qolishganda haqiqiy vahimaga tushishadi. Bunday vaziyatga yo’liqmaslik uchun, homiladorlik paytidayoq onalar tug’ruqxonadan chiqishganidan keyin yangi tug’ilgan chaqaloq parvarishi qanday olib borilishi va nimalar qilish kerakligini aniq bilishlari, tasavvur qilishlari kerak.

  • 1 Chaqaloq parvarishi asoslari va zaruriy muolajalar
    • 1.1 Chaqaloqni ertalab yuvintirish
    • 1.2 Go’dak tagini yuvish
    • 1.3 Taglikni almashtirish
    • 1.4 Kindik yarasiga ishlov berish
    • 1.5 Go’dak parvarishi: cho’miltirish texnikasi
    • 1.6 Chaqaloqni yo’rgaklash
    • 1.7 Chaqaloqni to’g’ri emizish texnikasi

    Chaqaloq parvarishi asoslari va zaruriy muolajalar

    Yangi tug’ilgan chaqaloqning terisi juda nozik, zaif va sezgir bo’ladi, shuning uchun terini noto’g’ri parvarishlash ko’pincha tezda uning infektsiyalanishiga va infektsion-yallig’lanishli kasalliklari rivojlanishiga olib keladi.

    Kichkintoylarda terining eng ko’p yallig’lanishi — yo’rgakli dermatitidir (qizarib, achishi), lekin agar teri ta’sirlanishiga infektsiya ham qo’shilsa, vezikulopustuyloz (yiringli toshmalar, ko’pincha issiqlik toshishi, yo’rgakli dermatitga stafilokokk infektsiyasi qo’shilishi fonida teri qatlamlari, bo’yin, dumbada rivojlanadi), po’rsildoq yara (pemfigus, ko’plab yiringli elementlar paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi va gavda, oyoq-qo’llar terisi va yirik teri qatlamlarida turli toshmalar paydo bo’ladi) kabi kasalliklar yuzaga kelishi mumkin.

    Jiddiy davolashni talab etadigan bunday noxushliklardan qochish uchun, chaqaloq terisi parvarishi qoidalariga rioya qilish kerak.

    Chaqaloqni ertalab yuvintirish

    Ertalab go’dakni yuvintirish (yuzini yuvish, ko’zi, burni, quloqlarni tozalash) kerak. Yangi tug’ilgan chaqaloqning burun yo’llari juda tor bo’ladi va burundan nafas olishning buzilishi uchun juda kam miqdordagi shilliq yoki qobiq to’planishi yetarli sanaladi. Shuning uchun, onaning vazifasi — chaqaloq burnini har kuni tozalab turishdir. Kichkintoyning ko’zlari ham kundalik parvarishni talab qiladi. Agar gigiena qoidalariga rioya qilinmasa, konyuktivit — ko’z shilliq qavatining yallig’lanishi rivojlanishi mumkin, bunda ko’z shox pardasining qizarishi, uyqudan keyin kipriklar «yopishib» qolishi, ko’zning ichki burchagida ajralmalar ajralishi kuzatiladi.

    Elementar gigiena qoidalariga rioya qilmaslik chaqaloqlar dakriosistiti — tug’ilish vaqtigacha burun-ko’z yosh yo’lining to’liq ochilmasligi va infektsiya qo’shilishi oqibatida ko’z yosh xaltasining yallig’lanishi rivojlanishiga turtki bo’lishi mumkin.

    Go’dak tagini yuvish

    O’g’il bolalar jinsiy olat boshchasini butunlay qoplab turadigan teri qatlami — chekka kertmak bilan tug’iladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda chekka kertmak toraygan bo’ladi, bu fiziologik fimoz deb ataladi va bola 3-5 yoshga yetganida o’z-o’zodan o’tib ketadi. Chekka kertmak ichida maxsus ajralma ishlab chiqaradigan yog’ bezlari mavjud. Agar ona go’dak tagini yetarlicha tez-tez yuvib turmasa, chekka kertmak ostida bakteriyalar to’planishi mumkin, ular o’z navbatida jinsiy olat boshchasi yallig’lanishi — balanopostit rivojlanishiga sabab bo’ladi.

    Biroq diqqat qiling: gigienik muolajalar jarayonida chekka kertmakni siljitmaslik kerak, chunki bu jinsiy olat boshchasi va chekka kertmakning bir-biriga birikib ketishiga olib kelishi mumkin. Bolani bunday noxushliklardan himoya qilish uchun, chaqaloqni har safar hojat chiqarganidan keyin yuvib turish kerak, agar hojat chiqarish bo’lmasa, har 2-3 soatda.

    Ushbu gigiena qoidalari qizlarga ham tegishlidir. Yangi tug’ilgan qizlar jinsiy a’zosi tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari shundaki, jinsiy lablar qinga kirish qismini yaxshi qoplamaydi va qin ishqoriy muhitga ega, bu esa infektsiyani osonlik bilan kirishiga yordam beradi. Bundan tashqari, qizlarda siydik chiqarish kanali (uretra) juda kalta, agar gigiena qoidalariga rioya qilinmasa, u yerga patogen mikroorganizmlar kirishi mumkin, yallig’lanish osonlikcha yuqoriga ko’tariladi va chaqaloqda uretrit (siydik yo’llarining yallig’lanishi), sistit (qovuqning yallig’lanishi) rivojlanadi.

    Go’dakni jo’mrak suvi ostida yuvishda qo’rqmaslik uchun yaxshisi oldindan jarayonning nazariyasini o’rganib olish, hatto qo’g’irchoqda amaliyot o’tkazib ko’rish mumkin.

    Taglikni almashtirish

    Birinchi qarashda, taglikni almashtirishni hech qanday qiyin tomoni yo’q, ayniqsa, ushbu amaliyotni tajribali ona yoki bolalar hamshirasi bajarsa. Biroq, birinchi marta taglikni almashtirishga urinib ko’rish yosh onaga qiyin bo’lishi mumkin, natijada, bolada taglik bo’lsa-da, uning kiyimlari namlanadi. Va tajriba bo’lmasa, ona o’zini va chaqaloqni bulg’amasdan, defakatsiyadan keyin tagliklarni yechib olishi ancha qiyin bo’ladi.

    Kindik yarasiga ishlov berish

    Yangi tug’ilgan chaqaloqqa g’amxo’rlik qilishda kindik yarasi alohida e’tiborni talab qiladi. Bitib ketmagan kindik yarasi parvarish qilish qoidalariga rioya qilinmaganda nafaqat kindikning infektsiyalanishiga (omfalit), balki infektsiyaning qon va organizm to’qimalariga tarqalishiga (sepsis) ham olib kelishi mumkin. Kindik yarasiga har kuni to u to’liq yopilib ketmagunicha va unga ishlov berilganda ajralma chiqishi to’xtamagunicha ishlov berish kerak. Qoida tariqasida, kindik yarasi hayotning 10-19-kuniga kelib butunlay bitib ketadi.

    Go’dak parvarishi: cho’miltirish texnikasi

    Chaqaloqni cho’miltirish — bolalar parvarishi qoidalarining eng muhim gigienik muolajalardan biridir va bolaning yengil chiniqishini ta’minlaydi. Go’dakni har kuni cho’miltirish kerak. Cho’miltirish bolani shuningdek yallig’lanishli teri kasalliklaridan chaqaloqni himoya qiladi, ular esa chaqaloq davridagi bolalarda eng tez-tez uchib turadigan kasalliklardan biri. Bu chaqaloqning teri va shilliq qavatining to’siq vazifalari yetilmaganligi, bakterial infeksiyaga chidamliligining pastligi bilan bog’liq.

    Teri tozaligiga alohida e’tibor berilishi kerak, chunki chaqaloqlarda terining tashqi qatlami (epidermis) kattalarnikiga qaraganda yupqa va ifloslanishga ancha sezgirroq bo’ladi. Bundan tashqari, kichik bolalarda epidermis va dermis (terining asosiy qatlami) o’rtasidagi birikish bo’shroq bo’ladi va terining bunday tuzilishi infektsiyaning tezroq tarqalishiga sabab bo’ladi. Shuningdek, teri orqali, to’g’rirog’i, organizmning ter bezlari orqali ma’lum modda almashinuvi mahsulotlar chiqarib tashlanadi. Cho’milish jarayoni onaga ham, bolaga ham noqulaylik tug’dirmasligi uchun, ko’p narsani oldindan tayyorlab olish kerak: kerakli hamma narsani tayyorlash, o’z o’rniga qo’yish, xonada to’g’ri haroratni ta’minlash, cho’milish uchun tog’oracha va aftobadagi suvning haroratini me’yorga keltirish. Agar barcha harakatlar algoritmlarni oldindan ko’rib chiqsangiz, bola erkin haraktlanishi uchun uni qanday to’g’ri ushlash kerakligini bilsangiz, yanada yaxshi bo’ladi, shuningdek xavfsizlik qoidalarini esdan chiqarmaslik kerak.

    Chaqaloqni yo’rgaklash

    Ba’zi tug’ruqxonalarda, chaqaloqqa hayotining dastlabki kunlaridan boshlab uydan olib kelingan kiyim-kechaklarni kiydirishga ruxsat beriladi. Shuning uchun ham savol tug’iladi: chaqaloqni to’g’ri yo’rgaklashni o’rganish kerakmi? Ko’plab yangi tug’ilgan chaqaloqlarga katta fazoga moslashish uchun vaqt kerak, shuning uchun yo’rgaklangan holda harakatlardagi ba’zi cheklovlar chaqaloqqa ona qornida bo’lganidagi holatni eslatib turadi. Bunday holatda bola tezda tinchlanib, uxlab qoladi.

    Yo’rgak bola qo’llari va oyoqlari qimirlata olishi va o’zi uchun qulay holatga o’tishini ta’minlaydigan darajada erkin bo’lishi kerak. Erkin yo’rgaklashning ikki turi bor: birinchisida bolaning qo’llari tashqarida qoladi, ikkinchisida — qo’llari bilan birga yo’rgaklanadi. Birinchi haftalarda bolani kechalari qo’llari bilan qo’shib yo’rgaklagan yaxshi, chunki ko’pchilik chaqaloqlar uyqusida qo’llarini silkitib, uyg’onib ketishadi.

    Chaqaloqni to’g’ri emizish texnikasi

    Yosh onaning tug’ruqxonada o’rganishi kerak bo’lgan yana bir vazifasi — chaqaloqni emizishdir. Agar onaning go’dakni emizish bo’yicha tajribasi bo’lmasa, unda hamshira yoki shifokor chaqaloqni ko’krakka qanday qilib to’g’ri joylashtirishni, qaysi holatda oziqlantirish qulay bo’lishini tushuntirishi va ko’rsatishi kerak. Ba’zi ayollarga ona suti (laktatsiya) ishlab chiqarish uchun bir necha kun kerak bo’ladi. Shu kunlarda chaqaloqni imkon qadar tez-tez ko’krakka qo’yib, emishga undash kerak. Bolani to’g’ri uslubda emizish onaga amalda bunga tezroq o’rganib ketishga, shuningdek sut turib qolishi va ko’krakning yorilishlarini oldini olish imkonini beradi.

    Bola parvarishini onalarga kim o’rgatadi?

    Yangi tug’ilgan chaqaloqqa qanday g’amxo’rlik qilishni qayerdan bilib olasiz?

    Ko’pchilik homilador ayollar bo’lajak onalar uchun maktablarga qatnaydi. U yerda tug’ruqqa tayyorgarlik ko’rish va yangi tug’ilgan go’dak parvarishi bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlar kurslari o’tkaziladi. Akusher-ginekolog shifokorlar tug’ruq bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalarga oydinlik kiritadi, onaga ma’lumotlar beradi, pediatrlar esa bo’lajak onalarga yangi tug’ilgan chaqaloqni parvarishlashni, emizishni yo’lga qo’yishni, chaqaloq hayotining dastlabki kunlarida qanday xavfli vaziyatlar yuzaga kelishini va ular bilan qanday kurashish mumkinligini aytib o’tadi.

    Bundan tashqari, yangi tug’ilgan chaqaloq parvarishi haqida yosh ota-onalar uchun maxsus jurnallarda, bola parvarishi bo’yicha kitob va qo’llanmalarda savollarga javob topish mumkin.

    Ammo bo’lajak onaning asosiy yordamchilari, albatta, tug’ruqxonadagi pediatr-hamshira va pediatr shifokor hisoblanadi. Tug’ruqxonani tanlashda, ona va bola birgalikda bo’lishi ta’minlanadigan muassasalarga afzallik berish kerak. Agar tug’ruqdan keyin ona va chaqaloq bitta palatada bo’lsa, birinchi kuni hamshira onaga oylik chaqaloq parvarishi uchun kerak bo’ladigan barcha ko’nikmalarni aytadi va eng muhimi — ko’rsatib beradi, ona esa tajribali murabbiy nazorati ostida «amaliyot» o’tkazish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bola terisini birinchi tozalash muolajalari odatda hamshira tomonidan amalga oshiriladi, keyin bu jarayonni tibbiy xodimlarning nazorati ostida onaning o’zi amalga oshirishga harakat qiladi. Agar ona shifoxonada chaqaloqqa qarash uchun eng muhim gigienik muolajalarni amalga oshirishni o’rgansa, uyga ketganida, muammolar bilan kamdan-kam hollarda to’qnashadi.

    Tug’ruqxonalarda ishlaydigan hamshiralar ko’krak suti bilan emizish borasida katta tajribaga ega bo’lib, kerak bo’lganda, har bir ona ularga maslahat va yordam so’rab murojaat qilishlari mumkin. Ular sut bezlarini shikastlamasdan, ehtiyotkorlik bilan sutni qanday sog’ib olishni ko’rsatadilar, tegishli maslahat beradilar.