Qoʻrqma kitobi
– Yozuvchini yon daftarchasi bo‘ladi. Romanni ilk satrlari o‘sha yon daftarchaga tushgan joylari bordir, balki. Bu balki ko‘pchilikka sir jihatdir. Shu haqida.
Qoʻrqma kitobi
Andijonda oʻtkazilgan uch kunlik xronometraj tadbirlarida savdo tushumlari salkam 120 million soʻmga oshirildi. Bu haqda viloyat davlat soliq boshqarmasining Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻbasi xabar berdi.
Bugungi kunda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun soliq yuki pasaytirilib, imkoniyatlar koʻlami tobora kengaymoqda. Jumladan, yuridik shaxslar uchun yagona ijtimoiy toʻlovning miqdori 12 foiz qilib belgilandi. Shunday yengilliklar yaratilganiga yarasha tadbirkorlik subyektlari belgilangan qonun-qoidalarga amal qilyaptimi?
Ushbu savolga Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan joriy yilning oʻtgan davri mobaynida oʻtkazilgan 292 ta xronometraj tadbirida javob topildi. 150 nafar kishi norasmiy ravishda ishlayotganligi aniqlandi.
Xususan, Oltinkoʻl tumani “Qoʻshtepa saroy” MFY hududida faoliyat yuritayotgan “Mubina grand tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati hisobotlarida 33 nafar xodim ishlayotganligini koʻrsatib kelgan. Tadbir chogʻida korxona 62 nafar ishchisiga “konvert” usulida maosh berib kelayotganligi ayon boʻldi.
“Qoʻshimcha ishchi” oʻrni yaratib, ularni yashirish borasida “Oltinkoʻl universal savdo” markazi ham aslo qolishmagan. Hujjatda 22 nafar xodim bor. Ammo 34 kishi mehnat qilayotganligi aniqlandi.
Non — aziz neʼmat, shuningdek, halollik ramzi hamdir. Uni tayyorlashda yolgʻon, firib aralashtirish — eng katta gunoh. Ittifoq mahallasidagi “Oltinkoʻl non ishlab chiqarish” masʼuliyati cheklangan jamiyati esa halollikdan koʻra, daromad choʻgʻini ustun qoʻydi. Aslida 12 kishi mehnat qilayotgan boʻlsa-da, jamiyat oʻz hisobotlarida faqat 1 nafar xodimni koʻrsatgan xolos. 11 ishchiga “konvert” usulida haq toʻlab kelgan.
— Mana yana bir misol, — deydi Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boʻlim boshligʻi Akromjon Ochilov. — “Anjom” koʻp tarmoqli ishlab chiqarish korxonasi foydani oshirishning ikki yoʻlini oʻylab topgan. Sodda qilib aytganda, davlat byudjetiga tushishi kerak boʻlgan mablagʻlarni ham enidan, ham boʻyidan “urib” kelganligi tadbir davomida aniqlandi. Birinchidan, korxona ishchilari sonini oʻz hisobotlarida 5 nafar deb koʻrsatgan. Aslida esa 23 kishi mehnat qilayotganligi maʼlum boʻldi. Ikkinchidan, naqd pul tushumi ham chakki boʻlmagan. Lekin oʻzini goʻyoki “kamtarona” savdo qilayotgandek tutgan. Bir hafta oldin korxonaning savdo tushumi 100 ming soʻm boʻlgan, tadbir kuni qariyb 50 barobar oshib, 4 million 946,5 ming soʻmni tashkil etdi.
Yana bir qiziq holat. Markazda joylashgan ushbu umumiy ovqatlanish korxonasining toʻlov terminali boʻlmasligi mumkinmi? Oʻz manfaatini ustun qoʻyib, soliqdan qochadiganlar bunga ham chora toparkan. Birovnikini xuddi oʻzinikidek qilib koʻrsatishdan ham tap tortmaydi. Korxonaning toʻlov terminali tekshiruvdan oʻtkazilganda, u yakka tartibdagi tadbirkor Abdulhamid Moʻminovga tegishli ekanligi ayon boʻldi.
Shuningdek, xronometraj tadbirlarida savdo tushumi oʻtgan haftaning mos kunlariga nisbatan “Darvoza savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyati Qoʻrgʻontepa shoxobchasida 5 million 860 ming soʻm, Asaka shoxobchasida 24 million 484 ming soʻm, Izboskan shoxobchasida esa 3 million 695 ming soʻm ortdi.
Umuman olganda, uch kunlik tadbir mobaynida 8 ta tadbirkorlik subyektining savdo tushumlari 122,9 foiz oshib, 119 million 868 ming soʻmni tashkil etishiga erishildi.
Xalqimizda “Oʻgʻridan qoʻrqma, hisob-kitobi notoʻgʻridan qoʻrq” degan gap bor. Qaysi sohada faoliyat olib bormasin, oʻzini hurmat qilgan tadbirkor, avvalo, hisob-kitobini toʻgʻri yuritadi. Shunda oʻzi ham, el ham, mamlakat ham naf koʻradi.
Qoʻrqma kitobi
Javlon Jovliyevning «Qo‘rqma» romanini birinchi o‘qigan kitobxon, roman haqida yozuvchi tan olgan tanqid, asarning film qilinishiga muallifning munosabati va «Qo‘rqma»dan keyingi yoziladigan roman haqida ilk bora batafsil «Xabar.uz»da so‘z boradi.
JAVLON JOVLIYeV – 1991 yil, 24 iyulda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tug‘ilgan.
2010-2014 yillar O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining «San’atshunoslik-jurnalistikasi» bo‘limida tahsil olgan.
Birinchi kitobi 2019 yilda «Ikki qalb uchrashuvi» nomi bilan chop etilgan. Hikoyalari rus, ingliz, turk va qardosh tillarga tarjima qilingan.
Yosh yozuvchini ilk bor keng kitobxonlar davrasida mashhur qilgan «Buxoro, Buxoro. », «Lobar, Lobar, Lobarim mening» kabi hikoyalaridir.
«Qo‘rqma» romani haqida:
- Roman 2020 yilning avgust oyida yozib, tugallandi.
- Roman 2021 yilning fevral oyida «Asaxiy Books» kompaniyasida 3 ming nusxada nashrdan chiqdi va 21 kunda sotib bo‘lindi.
- Roman o‘zbek zamonaviy adabiyotining bestselleriga aylandi.
- Romanning ikkinchi nashri 2 ming nusxada chop etildi.
- Roman 2021 yilning may oyida Afg‘onistonning «Oltin qalam» mukofotiga sazovor bo‘ldi.
- Shu yili roman muallifi Yozuvchilar Uyushmasiga a’zo bo‘ldi.
- «Qo‘rqma» romani uchun Javlon Jovliyevga «Tahsin» mukofoti berildi.
- Yoshlar ishlari agentligi kitobning viloyatlar bo‘ylab taqdimotini o‘tkazib berdi.
- Qashqadaryoda bo‘lib o‘tgan Yoshlar festivalida viloyat hokimi tomonidan 30 million so‘mlik sertifikat topshirildi.
- Javlon Jovliyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «Kelajak bunyodkori» Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
– Assalomu alaykum! Siz va sizning «Qo‘rqma» romaningiz bugun «Xabar.uz» saytining «110 metr balandlikda» loyihasi mehmoni.
– Vallaykum assalom, rahmat!
– «Qo‘rqma» romani yuzasidan juda ham ko‘p suhbatlar, fikr-mulohazalar bo‘ldi va hammasi o‘ziga xos, hammasi o‘ziga xos talqinda. Lekin bizning bugungi suhbatimiz maqsadi va o‘ziga xosligi shundan iborat bo‘ladiki, «Qo‘rqma» romaniga «10+1 fakt» uslubiyatida yondashamiz. Ya’ni, biz romanga 10 ta fakt va bonus bitta qo‘shilgan fakt talqinida nigoh tashlaymiz, shu rakursda suhbatni olib boramiz.
– Roman g‘oyasi qanday tug‘ilgandi va qancha muddatda yozildi?
– Roman g‘oyasi talabalik paytimda tug‘ilgan. Bu romandagi asosiy qahramonlar – talabalar. O‘zim talaba bo‘lgan paytimda, Germaniyada o‘qigan talabalar haqida eshitib qolganman. Aynan qayerda desak, o‘zim tahsil olgan bugungi O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining «Talabalar yotoqxonasi»da. Aynan o‘sha joydagi muhit, odamlar, o‘qishga bo‘lgan intilish, talabalar ko‘zidagi ko‘p mudroqlik, umidsizlik va katta-katta g‘oyalarni ko‘pincha yo‘qligi, ta’limdagi muammolar kitobni yozishimga menga katta turtki bo‘lgan. O‘sha kuni, bu asar g‘oyasini yozish fikri kelgan kun bir daqiqa ham uxlolmaganman. Chunki, xayolimda o‘sha talabalar va o‘zimga bo‘lgan savollar: «Men o‘zim nimaga intilayapman? O‘zimni kamchiliklarim?» Avvalo, bu roman o‘zimga savol nuqtai nazaridan yozilgan.
Roman 2016 yillarda ma’lumot, axborot yig‘ish, tarixiy hujjatlarni o‘rganish bilan boshlandi va 2020 yilda, 4 yil davomida yozib, tugatilgan.
– Yozuvchini yon daftarchasi bo‘ladi. Romanni ilk satrlari o‘sha yon daftarchaga tushgan joylari bordir, balki. Bu balki ko‘pchilikka sir jihatdir. Shu haqida.
– Albatta, ilk, birinchi qoralamalar bo‘ladi. Qoralamalarni siz eng yaqin turgan narsaga yozib qoldirasiz. Cho‘lpon o‘zining papiroslari qutisiga yozib qoldirgan. Menda esa yotoqxonada o‘zimni bir yon daftarcham bo‘lardi. Unda har xil narsalar qoralanib, tartib bilan tuzilmagan edi. Va xuddi o‘sha yon daftarchaga romanni ilk sahifalari yozilgan. Keyinchalik, qayta-qayta o‘chirilib, qayta-qayta sayqallanib, saqlangan. Eng muhimi, roman mening kichkinagina, mitti netbukimda yozilgan. Juda eski edi, lekin juda qadrdon. Netbukni 2011 yil sotib olganman. Shundan beri hozirgacha uni avaylab, asrayman.
– Roman qayerlarda yozildi?
– Yosh yozuvchilar uchun doim joy masalasi muammo bo‘ladi. Chunki, bu roman ham yotoqxonada o‘z umrini boshlangan bo‘lsa, keyinchalik, turli xil ijaraxonalarga ko‘chib o‘tdi. 9 qavatli «Oilaviy yotoqxona»ning 8-qavatida istiqomat qilar ekanman, uning kichik bir bo‘lmasi bo‘lib, romanning katta qismi o‘sha kichkinagina bo‘lmada yozildi. O‘sha paytda tartibsizroq holdagi bo‘lma edi, lekin o‘sha joy tinch edi. O‘sha yerda romanning katta qismi – asosiy qismini yozdim. Pandemiya paytida qishloqqa yo‘l oldim va romanni oxirgi nuqtasi Qashqadaryo bo‘ylarida, tug‘ilib o‘sgan qishlog‘imda qo‘yildi.
Jarayonlar juda qiziq bo‘lgan. Yo‘llarda ham hatto, yozishdan o‘zimni to‘xtata olmaganman. Netbuk kichkina bo‘lganligi sababli joy tanlamaydi. Shunday holat bo‘lganki, bir kuni men tamaddixonda ham yozishga tutinib, butkul kirishib ketdim. 5-6 soat tinmay yozib, ishladim va o‘sha kuni qattiq shamollab qolganimni ham eslayman. Chunki, juda sovuq o‘tib ketgandi.
Avvalo, yozuvchi uchun bir tinch, issiq joy juda muhim. Chunki, xayollari jamlanishi kerak. Xayolni chalg‘itadigan har xil narsalar bo‘lmasligi zarur. Tashqarida hayot gurillaydi, lekin siz umringizda ko‘rmagan taqdirlar bilan yashashga mahkumsiz. Kichkinagina xonalarda katta hayotga chiqadigan qahramonlar yaratiladi. Kichkinagina bo‘lmalardan sizning qahramonlaringiz butun dunyoga tarqaladi.
9 qavatli yotoqxonaning 8-qavatida yashasam, erta tongdan yozishni boshlardim, bu jarayon to oqshom 22:00gacha davom etar, tahrirlar bilan tunggi soat 2:00 gacha cho‘zilib ketardi. Faqat yozayotgan qahramonlaringizni o‘ylayversangiz, tushingiz ham, o‘ng hayotingiz ham xuddi shularga aylanib qoladi. Ular atrofingizda yurgandek bo‘ladi. U payt oila qurmagandim, o‘zim yolg‘iz turardim. Deraza yoniga chiqqanimda, xuddi o‘sha talabalar turgandek bo‘laverardi xayolimda. Atrofimni o‘rab olgandek, umidsiz paytingizda, bu belgilar, fikrlar sizga umid bag‘ishlaydi. Ya’ni, qayta-qayta ishlashga, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikka, siz yozayotgan narslar kimgadir kerakligini bildirib turadi.
Chunki o‘sha talabalar vatan uchun, millat uchun jon berib, shunchaki unutilib ketishga arzimaydigan qahramonlar. Ularni eslab, yod etishimiz, juda-juda muhim. Birinchi sezgim – ularni ruhi shod bo‘lganligini anglaganman. Eng muhimi, ular doim ko‘z oldimda edi. Yozolmayotgan, qiynalayotgan lahzalar, xato qilasiz qator-qator. Tushkunlikka tushib qolgan shunday paytlaringiz o‘sha qahramonlar sizga shivirlab turgandek, sokin bir musiqa chalib turgandek yoki o‘zining dardini aytib turgandek gavdalanadi. Bu kuch va ishonch beradi.
Men har safar biror joydan ko‘chayotganimda, yozuv stolimda katta bir hislar qolib ketayotganini his qilib turaman. Bir turk yozuvchisining «Uylar bu – joy emas, uylar tuyg‘ulardir!», degan fikri bor. Ya’ni, har bir uyda insonni tuyg‘ulari qolib ketadi. Farzandini ilk qadami, bolaligi. U uydan ketishi mumkin, lekin aynan tuyg‘ulari shu joyda qolib ketadi. Roman ruhiyati ham yotoqxona, ijara uylar va qishloqlardan kechib, aralash tuyg‘ular bilan yaralgan.
– Romanni ilk bor o‘qigan kitobxon?
– Gogol o‘z asarlarini o‘qishga ilk bora xonasida ishlaydigan farroshlar, atrofidagi oddiy odamlarga berib ko‘rgan. Yozuvchini uning asarini bu qatlam qanday qabul qilishlari qiziqtirgan. Keyinchalik, asarini do‘sti va ziyolilarga ilinib, ularning ham mulohazalariga quloq tutgan. Romanimni ilk o‘qiganlar – mening yaqin do‘stlarim. Men shunday o‘ylaymanki, bu roman yozilishini qo‘ya turing, uni o‘qishni o‘zi ham katta bir mehnat. Hali qo‘lyozma, hali muvaffaqiyati ta’minlanmagan bir narsa. Asarni ilk o‘quvchisiga berar ekansiz, bu unga malol kelmasligi haqida ham mas’uliyatli o‘ylovda bo‘lasiz. Va eng birinchi o‘quvchi sizga ishonch ham beradi. Eng birinchi o‘quvchini gapi sizni sindirib ham yuborishi ham mumkin. Men bu borada ko‘p o‘ylab, romanni birinchi bor o‘qishga shoir do‘stimiz Najmiddin Ermatovga yubordim. «Qo‘rqma» ilk variantini ilk bor o‘qigan kitobxon shu inson bo‘ladi. Do‘stim kitobni bir haftada o‘qib tugatganidan so‘ng, biz u bilan bir manzilga otlanganimiz sababli, avtobusda ko‘rishdik va men uning roman haqidagi fikrlari bilan qiziqdim. U hayrat ila javoban: roman juda yaxshi ekanligi, vatanparvarlik, millat mavzusidagi eng yaxshi roman bo‘lganligini aytib, bu roman sizning yuzingizni yorug‘ qiladi, deya ko‘nglimni ko‘targandi. O‘yladimki, do‘stim meni ko‘nglimni o‘ylab, shunday shunday iltifot ko‘rsatyati deb. Undan keyin ham romanni qayta-qayta ishladim va boshqalarga ham o‘qishga berdim. Ma’lum bir qahramonlarni kamchiliklarini aytishdi va ularni tuzatishga harakat qildim.
– Roman haqida eng original fikr-mulohaza bildirgan kitobxon?
– Kitob sizni qo‘lingizdan ketganidan keyin, unga turli xil fikrlar bildirilishi tabiiy. Chunki, endi u, xalqning mulkiga aylanadi. Kimgadir yoqadi, kimgadir yoqmaydi. Eng original fikr menga bugungi kunda Italiyada o‘qiyotgan bir talaba qizdan kelgan. U o‘zi ham xuddi shunday talaba ekanligi, o‘zi ham vatandan uzoqda ekanligi, bunda men o‘zimni ko‘rdim va o‘sha qizlar menda yashayotganligini angladim, deb ijtimoiy tarmoq orqali noma yo‘llagan. Ismi Bonu edi. Men bilan ijtimoiy tarmoq orqali bog‘lanib, qahramonlarni o‘ldirib qo‘yibsiz, ammo, men tirikman. Ular menda yashayotganligini his qildim, dedi. Bu menga juda ta’sir qilgan. Ishonsangiz, kitob orqali mingdan ortiq maktub olganman. Yozma, ijtimoiy tarmoq orqali elektron maktublar. Ularni ko‘pi ajoyib fikrlar bilan to‘la. Bittasi aytadiki, men tushimda ko‘rib, gaplashib chiqdim o‘sha talabalar bilan deb. Yana biri, Lolani juda qiynab qo‘yibsiz, Lolaga nisbatan adolatsizlik qilibsiz, deydi. Boshqa birovi esa o‘sha qahramonga o‘zini o‘xshatganini aytadi. Kitobxonlardan «Siz men haqimda yozgansiz. » kabi fikrlar juda ko‘p bo‘ldi. Ya’ni, hamma qahramonni o‘ziga yaqin ko‘rishi, o‘ziga yaqin tanishi, qahramonlarni o‘zining atrofida deb bilishi, juda katta gap.
– Agar roman «Qo‘rqma» deb nomlanmaganda, yana qanday boshqa nom bilan atalishi mumkin edi?
– Bor edi boshqa variantlar ham. «Milliyat» degan so‘z bor edi. Millatni uyg‘otuvchi, millatni asl o‘zligini anglatuvchi ma’noda. Qator variantlar borasida izlanib, nom bo‘yicha ustozlar, adabiyotshunos olimlar bilan va oilaviy, yaqinlarimiz bilan qator-qator muhokamalar qildik. Cho‘lponni bir misralari bor: «Haqiqatni ko‘zlaridan qo‘rqaman!» degan. Ya’ni, haqiqatni ko‘zlari juda boshqacha. Haqiqatga hamma ham tik boqa olmaydi. Adabiyotshunos Nodira Ofoqova ham Cho‘lponni shu satrlarini menga jo‘natdi va biz oxirida «Qo‘rqma» degan so‘zni romanga nom sifatida tanladik. Sababi, bugun uchun ham 100 yil oldin jaddidlarimiz aytib ketgan: «Uyg‘on! Tur! Uxlama!» chorlovlari ahamiyatlidir. Bugun xalqni ma’lum bir qismi albatta, ziyoli bo‘ldi, ta’lim oldi. Bir asr avval aytilgan chorlov bizga ichimizdagi bor g‘ujurimizni, ya’ni bor imkoniyatlarimizni ishga solish uchun qo‘rqmaslik kerakligini eslatib turadi. Bu qo‘rquv faqatgina ma’lum bir tashqi ta’sirlar yoki siyosatdan emas, ichki qo‘rquv – o‘ziga ishonchsizlik, o‘zini kamsitish, o‘zining imkoniyati, kuchlarini to‘g‘ri baholay olmaslik, avvalo, insonni o‘zidan. Millatimizga o‘rnashib qolgan stereotiplardan qo‘rqmaslik va millatni yangilashga chorlov mazmunida, qolaversa, davlat miqyosida ham, inson miqyosida ham, shaxs miqyosida ham aytilgan hitob bo‘lishi uchun biz shu so‘z kerakligini his qilib, romanni aynan «Qo‘rqma» deb nomladik.
– «Qo‘rqma» haqida siz tan olgan tanqid?
– O‘z davrining barcha asarlariga yaxshi fikrlar ham, yomon fikrlar ham, tanqidlar ham bo‘lgan. «Qo‘rqma»ni juda ko‘p tanqid qilganlar ham bo‘ldi. Uning uslubini, undagi fikrlarni to‘la-to‘kis sharhlagan va boshqacha sharhlagan odamlar ham bo‘ldi. Ularning deyarli ko‘piga men o‘z fikrimni bildirganim yo‘q. Chunki, bu hammani o‘z fikri va hamma o‘z shaxsiy fikrida qolgani ma’qul.
Tanqid sizni albatta o‘stirishi kerak. Xolis bo‘lishi kerak! Sizga xizmat qilishi kerak-da. Hayotimizni o‘zi kimgadir, nimagadir xizmat qilishdan iborat – ezgulikka, yaxshilikka. Bir yosh yozuvchiga foydasi bo‘lishi kerak tanqidni. Shunday foydali tanqidlardan biri – Germaniyadagi voqealarga nisbatan aytilgan. Elchilarga «viza»lar olish tartibini xato yozgansiz, aslida, masala Germaniya elchixonasi orqali emas, u yerdagi konsulliklar orqali hal qilinishi kerak edi va yana «viza» olish tartibidagi boshqa kamchiliklarga yo‘l qo‘ygansiz, aslida tartib boshqacha bo‘lgan, degan mazmunda bildirilgandi tanqid. Bu kamchiliklar – real kamchilik va men Germaniyaga bormaganligim uchun ma’lum bir xatolarga yo‘l qo‘yganman. Lekin yozishdan oldin shu masala yuzasidan juda ko‘p o‘rganganman. Aynan shu joyini ko‘zdan qochirganligim, bu, biroz tushunmovchilikka yo‘l qo‘yganligimga sabab bo‘lgan. Lekin juda ko‘p asossiz tanqidlar ham bo‘ldi. Masalan, u yerda ma’lum bir vazirliklar bor, nega aynan o‘sha vazirlik bizda yo‘q, nega unaqa yozilgan kabi iddaoli tanqidlar ham bo‘ldi. Aslida, adabiyot bu, erkin – ijodiy soha. Unda siz aytgan vazirlik ham bo‘lmasligi mumkin. Men albatta, Tashqi ishlar vazirligi deb tirkab, yozib qo‘ymayman-ku. Shartlilik bo‘ladi bunda. Adabiyotga ommaviy axborot vositasi talabini qo‘ymaslik kerak. Gazeta va jurnallarni o‘z vazifasi bor. Adabiyotni vazifasi umuman erkin, bo‘lak.
Qahramonlarim bilan birga Germaniyaga sayohat qilganman. 100 yil oldingi davr va hozirgi davrda ham sayohat qilganman, g‘oyibona. Qahramonlarim bilan birga yurib, bugun men ular o‘qigan joylar, ular borgan manzilgohlarning tarixini va bugunini ko‘rishni xohlayman. Albatta, Germaniyaga safarga borish rejamizda bor. Bu safarni va’da qilgan tashkilotlar ham bor. Xudo xohlasa, albatta, Germaniyaga borish nasib qiladi.
– Romanni boshlanishi va tugallanishi: Tug‘ilish va ma’nan tiriklikka chorlovdan iborat! Romanni qanday boshlash va tugallash bu, eng muhimi. Romanni o‘rtasi-chi, siz qanday ta’riflaysiz?
– Romanni o‘rtasi – juda muhim! Va aynan romanni o‘rtasi huzurbaxsh bo‘ladi. Men uchun shunday. O‘rtasi shunday yoziladi-ki, tabiiy, eng shira, yoqimli jihatlarni aynan o‘sha qismdan topasiz va o‘sha joyda o‘zingiz yashaysiz. O‘sha joyda siz erkin «suzasiz». Boshi, oxiri doim tabiiy ketadi. Roman bo‘lganidan keyin, bu katta narsa. Buni ko‘p o‘ylashingiz kerak. Shunchaki, birinchi hislar bilan ham yozib bo‘lmaydi. Qayta-qayta ishlaysiz.
Roman birinchi varianti muhabbat mavzusi bilan boshlangandi, sevgi bilan boshlangan. Keyingi variantda esa sevgidan ulug‘roq bir kuchga aylanadi. Ya’ni, tug‘ilmoq bu – sevgining ham tug‘ilishi, hayotning tug‘ilishi, insonning shaxs bo‘lib tug‘ila olishi va bu tug‘ilish bizga nimalarni beradi, nimalarni yuklaydi va nimlardan ayiradi? Shu kabi savollarni qo‘yib, qatlamini chuqurroq oldik. Roman yozishda menda shunday bir o‘y bo‘lganki, boshqalarnikiga o‘xshab qolmasligiga intilish. Shuning uchun balki, ko‘pchilikda fikrlar uyg‘otadi roman. Odatiy usullardan, kimdir sizga ochib bergan usullardan qochish. Shu paytgacha bo‘lgan qoliplardan qochish. O‘z so‘zingizni aytishingiz. Mayli, u biroz dag‘al bo‘lishi mumkin, biroz qiyin bo‘lishi mumkin. Lekin albatta, sizni o‘zingizni tasviringiz bo‘lsa, bas! Shuning uchun ham men romanni qayta-qayta ishlaganman. Xatolar bo‘lsa ham, kamchiliklar bo‘lsa ham, hamma-hammasini o‘zimniki sifatida qabul qilaman. O‘zimning tuyg‘ularim sifatida qabul qilaman. Va oxiriga keladigan bo‘lsak, oxiri, meni romanimda tabiiy tugagan. Oxirini hech qachon va hech qanaqasiga o‘zgartira olmaganman. Oxiri doim o‘zini saqlab qolgan. Boshini qayta-qayta ishlaganman. Lekin oxiri mustahkam o‘zini qozig‘ida turgan. Xuddi boshqacha oxiri bo‘lmasligi kerakdek, xuddi shu asarda. Asar shunday qismat bilan yozilgandek yoki tugagandek, shunday xayolimga kelgandek. Shu unga taqdir nasib bo‘lgan.
– Romanda sizga qarshi chiqqan epizod yoki holat?
– Izmimdan chiqib ketgan qahamonlardan biri – bosh qahramon. U juda sarkash odam. Xayoli har joyda yuradi. Tuyg‘ulari, xayoli, amallari har joyda tarqoq. U menga umuman bo‘ysunmadi! Ya’ni, u erkin! Balki u, ichimdagi Javlondir. Balki u, atofimdagi odamlardir, balki tariximiz, balki kelajagimizdir. O‘sha qahramon sizga bo‘ysunmay harakat qildi, erkin harakat qildi, u hatto, romanda ham o‘zini yozayotgan yozuvchiga ham bo‘ysunishni istamaydigan qahramon. Shuning uchun ham uni atrofimizdan qidirish, balki xatodir. Uni qalbimizdan qidirishimiz kerak. Menga ko‘p savol berishadi, bosh qahramon kim o‘zi, deb. Sizmisiz deb? Yo‘q, meni o‘zim o‘quvchiga kerak emasman. Ikkinchisi, Lola obrazi haqida. Oddiy, qishloqda tug‘ilgan qiz. Keyin Germaniyaga o‘qishga ketadi. Yigitga bo‘lgan oxiridagi ishi va bunga ko‘pchilik norozilik bildirdi. Nimaga qizlarni bunaqa tasvirlagansiz, deb. Mana shu qahramon ham sizga bo‘ysunmay harakat qiladi. Bu uning taqdir tomon ketib borayotganligi, taqdir shunga boshlab borayotganligi, hayotni qonunlari uni shu yo‘lga solib qo‘yganligini ko‘rsatadi. Siz uni to‘la-to‘kis boshqara olmaysiz. Sizni hamma tomoningiz o‘rab tashlangan paytda, hayotni mazmunini ham anglamaysiz. Yoki biror-bir mashina haydab ketayotganingizda, mana shu tezlikdan oshirma desa, qimirlama desa, siz juda kuchli mas’uliyat, qiyinchilik bilan ulovni boshqarasiz. Ya’ni, azob bilan qadam tashlaysiz. Erkin bo‘lolmaysiz! Bunday asar, bunday hayot hech kimga qiziq ham emas, buni o‘qigan odam ham biqiqlikka uchrab qoladi. Shuning uchun qahramonlarim doim erkin bo‘lishini istayman. O‘zim ham shu tarafdoriman. O‘zim ham shunday yashashni istayman, shunday yashashga harakat qilaman! Erkin, aynan bir joyga bog‘liq bo‘lmagan holda. Birovga mute bo‘lmagan holatda. Qahramonim ham shunday – erkin yashaydi, erkin fikrlaydi va o‘z qismatini shunday yashab o‘tadi.
Bosh qahramonni amakilari borki, ota-bobolari xoinlik qilgani uchun ularni oilasi qismat ularga yuklaganidek, shunday parokanda bo‘lib borayapti. Qahramonni ular bilan munosabati asnosida qabristonga borib, mol-mulk talashayotgan akalari, amakilari uchun «Endi sizlarning bosh ko‘tarib yurishga hollaring yo‘q. Sizlar endi o‘lgan insonsizlar, ochiq mozorlar bor, ochiq qabrlar bor!» deya yettita qabr qaziydi: Chunki otani unutib, ya’ni, bir vatanni unutib, unga xiyonat qila boshlagan, faqat mol-mulk uchun sevadigan inson xuddi ochiq mozorlardek yashayotgandek. Ochiq mozorlar tayyorlab borayotgandek o‘ziga. Boylik, nafsni quli bo‘lib, hech bir manfaatsiz yashayotgan odamlar juda ko‘p. Ularga bir ishoraki, ochiq mozorlar kutib turibdi, siz, o‘zi o‘lgan odamsiz, aslida. Tuyg‘ularsiz, katta-katta maqsadlarsiz, faqat o‘zini o‘ylab yashashlik bu, jisman inson sifatida yo‘q bo‘lish. Va u vafot etadi tugaydi uni umri, missiyasi. Qahramon esa men uchun erkin yashaydi. Nimadir qilmoqchi bo‘ladi, nimanidir o‘zgartirmoqchi bo‘ladi, qayerlargadir boradi. Turli muhitlarda yashaydi. To‘rtta talaba. Unga sherik talabalar ham xuddi shunday muhitda yashaydi. Ular bilan bo‘lgan munosbatlarda ham juda ko‘p qiynalganman. Atrofdagi qizlarga bo‘lgan munosbatida ham. Ko‘pchilik o‘sha tomonlariga ham e’tiroz bildirdi. Aynan o‘shanaqa toifa qizlar atrofida bo‘lganligi uchun ham, asarga o‘sha qizlar ko‘chirilgan. Ular hayotdagi e’tiqodlari umuman yo‘q, biror narsaga qiziqishi yo‘q, biror narsaga intilishi bo‘lmagan odamlar. Shuning uchun qizlar obrazi kiritilgan. Bu shunchaki, sun’iy kiritimagan, hammasi maqsadli ravishda mohiyatga olib boradi. Agar biror joyda zilzila bo‘lsa yoki bitta odam is gazidan o‘lsa, bu haqida adabiyotchilardan ko‘ra, saytlar ertaroq e’lon qilib, yaxshiroq yetkazadi. Buni yozish adabiyotni vazifasi emas. Adabiyot is gazidan, shunday o‘lishdan qo‘rqib yashayotgan odamlar haqida yozadi. Ya’ni, shular, shu vahimalar bilan yashayotgan, ochlik vahimasi bilan yashayotgan, ruhiy yolg‘izlik bilan yashayotgan, internetga bog‘lanib qolib, o‘zini yolg‘iz his qilayotgan yoshlar, kattalar, otasiz qolgan bolalarni umumiy obraz sifatida manzarlarini ko‘rsatadi. Adabiyot bilan xabarni vazifasi albatta, shunda ajralib turadi.
– Kitob dizayni muallifi va dizayn mazmuni haqida yozuvchidan sharh?
– Kitobni muqovasiga qarab sotib olishadi, uning mazmuniga qarab baho berishadi, degan gap bor. Kitobni ustiga e’tibor qilsangiz, bir ramziy ma’no yuklangan. Ya’ni, bizni hayotimiz mana bu qorong‘ulikdan iborat, agar biz qo‘rqmasak, o‘qishdan, o‘rganishdan, haqiqatlarga tik boqishdan qo‘rqmasak, ko‘zimizdan botir qushlar uchib chiqadi. Ya’ni, orzular uchib chiqadi. Harakatlar bo‘ladi va umrimiz davomida nimlargadir erishib boramiz. Yuksalib boramiz, parvoz qilib boramiz va mana bu tomon – kitobni orqasidagi oqlik ichra uchayotgan qushlarga borib qo‘shilamiz. Bu qushlar oppoq osmonda parvoz qilib, o‘z orzulariga, oldiga qo‘ygan maqsadlariga yetgan odamlar. Agar biz faqat orzular qilib, ammo, harakat qilmasak yoki va’dalar berib, bajarmasak, maqsadlarmiz maqsadligicha, orzularimiz armonligicha qolib ketaversa, biz o‘zimizni mana shu «qora hayotimiz»da qolib ketaveramiz. Albatta, ko‘zimizdan o‘sha o‘t chaqnab turishi kerak. Biz maqsadlar sari kurashamiz, parvoz qilmoqchi bo‘lsangiz, albatta, siz mehnat qilishingiz kerak.
Kitob muqovasi dizayneri – Orzu A’zam. Avvaldan biz kelishib, niyat qilgandikki, roman yozsam, siz muqovasi dizayni ustida ijod qilib berasiz, degandim. «Asaxiy Books»ni o‘z muqovasoz dizaynerlari bor. Lekin mana shu kitobga Orzu A’zam bilan birga hamkorlikda ishlandi. Kitobni hozirgi ko‘rinishi – bu uning aynan birinchi varianti bo‘lgan va shu variant qabul qilingan. «Asaxiy Books» ni o‘zi ham 5,6 xildan ortiq variantlarini berdi. Lekin hech qaysisi hozirgidek obrazli yechimdan o‘zib, o‘tib ketolmadi va biz shunda to‘xtaldik. Haqiqatni ko‘zlarini bir tomonga qo‘yib, mana shunaqa ko‘rinish ham hatto, urf bo‘ldi Ya’ni, haqiqat ko‘zi bilan jamiyatga qaraylik, degan ma’noda. Kitob mazmuni bilan tanishib chiqqan dizaynerni o‘zidan chiqqan bu g‘oya. Dizaynerlik san’ati ham, juda nozik san’atlardan biri. Seni tiling tasvir etib berolmagan narsani, ular ko‘rsatib bera oladi.
– «Qo‘rqma»ni 100 yil o‘tib, o‘qiydigan kitobxonni qanday tasavvur qilasiz?
– Bu juda nozik savol. Har bir yozuvchi o‘zini asarlarini o‘zidan keyin ham kimdir o‘qishini istaydi. Ya’ni, kitobni umri o‘zining umridan uzoqroq bo‘lishini istaydi. Chexovni «Meni asarlarmini vafotimdan keyin 6 yil o‘tib, birov o‘qishiga ishonmayman» degan gapi bor. Vaholangki, biz Chexov vafotidan 100 yil o‘tgan bo‘lsa-da, hamon uning asarlarini o‘qiymiz. «Qo‘rqma» o‘z umrini o‘zi yashaydi, deb o‘ylayman. Agar asar shunga munosib bo‘lsa, u 100 yildan keyin ham o‘qiladi. Hech qanday bir «ko‘tarish»larsiz, bir majburiyatsizlarsiz. Va 100 yil keyingi avlodga bugungi kun odamlarini va o‘sha odamlardan 100 yil oldingi odamlarni ruhiyatini yetaklab boradi. 100 yillik – 2asrlik tarixni va o‘zi yashatgan asrni yetaklab boradi. Bu o‘rinda katta bir 2 asrlik masofa bo‘ladi 100 yildan keyin. Odamlar ruhiyati, davr manzarasi, o‘sha hayot, o‘sha paytdagi odamlar qahramoni va eng muhimi, «Qo‘rqma» da ko‘tarilgan maqsadlar, orzular amalga oshdimi, qahramonlar 100 yildan keyin erishmoqchi bo‘lgan g‘oyaga erishdimi. Biz mana, ko‘rdik. O‘sha talabalar 100 yil oldin orzu qilgan davlatga, istaklarning ko‘piga to‘laqonli erisholmadik hozir ham. Ular qilgan orzular – hozir ham bor, ya’ni, biz kuchli va qudratli davlat qurmoqchi edik. Biz Germaniya, Yaponiya kabi yashamoqchi edik. Bu hali ham orzu bo‘lib turibdi. Shuning ehtiyojidan ham shu roman yozildi. Ya’ni, 20120 yilda ham xuddi shunday orzular bilan yashamaylik, degan maqsadda yozildi. 100 yildan keyingi o‘quvchi bunga sarhisob bera oladi. Biz hali ham shunaqa ekanmiz, biz hali ham shunday yashayotgan ekanmiz yoki umuman aksincha!
Yaxshi kitob javonlardan javonlarga o‘tadi. Yaxshi kitob yirtiladi, yaxshi kitob chang bo‘ladi, qo‘lma-qo‘l bo‘ladi. Faqat ko‘rgazmalarda turmaydi. Kitoblarim uvadalanib ketishini, o‘qilishini orzu qilaman va keyingi romanlarimizda ham asosiy harakatni shunga qarataman.
– «Qo‘rqma» dan keyingi yoziladigan romaningiz qanday bo‘ladi?
– Albatta, yoziladigan asar haqida oldindan katta gapirish, to‘g‘ri emas. Chunki, hammasi shunga bog‘liqki, ertaga siz o‘sha asarni yoza olasiz yoki yo‘q.
Har qanday asar adabiyotga aylanmaydi. Bugungi o‘quvchi uchun faqat qishloq prozasi yoki oddiy suvchilar muammosi, cho‘l prozasi, fojiaga qurilgan yoki hissiyotlarga qurilgan roman unchalik qiziq emas. Ikkinchi romanim zamonaviy mavzuda bo‘lib, uning qahramonlari bugungi kun odamlari, mana shu xabarlar, axborot dunyosida yashayotgan odamlardir. Yaqinda Amerika, Germaniya zamonaviy adabiyoti bilan yaqindan tanishib chiqdim. «Mana shu 10 yillikda ular qanday asarlar yozgan, qaysi mavzularda yozgan va bugun biz qaysi mavzularda yozayapmiz?» degan savol yuzasidan. Shuning uchun ham yangi yozilajak romanimning qahramonlari – bugungi zamonaviy odamlar bo‘ladi. Qiyinchiliklarda yashayotgan, lekin orzularini saqlab qolayotgan, kurashayotgan odamlar haqida bo‘ladi yangi roman. Bosh qahramoni – qiz obrazi. Niyatim, endilikda xotin-qizlar, ayollar dunyosini ochishga harakat qilamiz.
Navbatdan tashqari savol:
– «Qo‘rqma» romaniga kinoijodkorlar ham qiziqish bildirishmoqda. Romanning umri kinoda davom etishini qanday tasavvvur qilasiz?
– Roman chop etilib, ma’lum bir yutuqlarga erishganidan so‘ng, o‘zbek kinosi ijodkorlari ham unga qiziqish bildirishni boshlashdi va bu borada kinorejissyorlardan qator murojaatlar bo‘layapti. Hali aynan bir kinoijodkorga kitobni ishonib topshirganimiz yo‘q. Chunki, ayrim adabiyotlar bo‘ladi, ularni filmga aylantirishni iloji yo‘q. Men o‘ylaymanki, agar «Qo‘rqma» film bo‘ladigan bo‘lsa, avvalo, o‘sha ikkita shart qo‘yganman va shu shartlarga javob bergan insonga kitobni film qilishga ruxsat berishim mumkin.
Birinchisi, albatta, eng katta sabablardan biri, asar asosida yozilgan ssenariy menga ma’qul kelishi kerak.
Ikkinchisi, kitobni film qilmoqchi bo‘lgan kompaniya yoki studiyaga ma’lum bir mablag‘ evaziga ruxsatimni berishim mumkin. Sababi, bizda mualliflik huquqlari doim buzilib keladi va shu bilan birgalikda asar yozayotgan odamga, umuman, kitobga bo‘lgan hurmatni oshirish, kitobga jiddiy yondashish uchun albatta, o‘zini ma’lum bir shartlari bor va bu shartlarni bajargan insongagina asarni kinoga ko‘chirishga rozilik bildiriladi. Shundagina kitobga jiddiy yondashiladi. Film qilish ruxsati ham katta pulga tushganligini anglagandan so‘ng, ular endi filmni yaxshiroq ishlashga harakat qiladi. Menga bog‘langan hamma rejissyorga o‘sha ikkita shartni aytganman. Ssenariy yaxshi bo‘lsa va yaxshigina mablag‘ evaziga bu kitobni film qilishga ruxsat berishimiz mumkin. Hali tanlov qilganim yo‘q takliflar borasida. Roman film bo‘lsa, kino san’atida ham o‘z umrini yashashiga umid qilaman.
Lobar QOBILOVA suhbatlashdi