Qo‘yliq bozori ko‘chiriladi (video)
Shuningdek, ushbu fuqarolar ishi Bektemir tuman ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan va ularga 5−7 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Qoyliq kiyim bozori
Qo‘yliq dehqon bozori va ulgurji savdo bozori buzilishiga norozilik bildirib yo‘lni to‘sib qo‘ygan tadbirkorlarning 5 nafari ma’muriy qamoqqa olindi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ushbu ma’lumotni tasdiqladi.
9 dekabr kuni bozor ko‘chirilishi haqidagi xabarlar ortidan internetda Qo‘yliq bozori avtoturargohiga mashinalar kiritilmayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Lavhalarda bir guruh odamlar bozor oldidagi yo‘lni to‘sishga urinayotganini ko‘rish mumkin.
Bundan so‘ng, vaziyatga ichki ishlar xodimlari aralashgan va holat bartaraf etilgan. Shu bilan birga, yo‘lni to‘sgan fuqarolardan 5 nafari qamoqqa olingan.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan qamoqqa olingan 5 nafar fuqaro MJTKning 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) hamda 201-moddasi (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) bo‘yicha huquqbuzarliklarni sodir etganlikda ayblanib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, ushbu fuqarolar ishi Bektemir tuman ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan va ularga 5−7 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Avvalroq, «Qo‘yliq» dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydonlari boshqa joyga ko‘chirilishi haqida ma’lum qilingan edi. Bu Toshkent halqa yo‘lini kengaytirish va mazkur hududda ko‘prik qurish ishlari bilan bog‘liq ekani aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin «Qo‘yliq» bozori Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanidagi Mexnatobod ko‘chasida joylashgan «FOODCITY» savdo markaziga ko‘chirilishi xabar qilingandi. Ushbu bozorda oziq-ovqat savdosi bilan shug‘ullangan tadbirkorlar markaz hududiga o‘zlari xohlab murojaat qilgan. Bundan tashqari, savdo markazining veb sahifasidagi nomlanishi ham «FOODCITY Yangi Qo‘yliq dehqon bozori»ga o‘zgartirilgan.
Bozor ishchilarining Kun.uz`ga bergan intervyusida bozor ko‘chirilishi mijozlar yo‘qotilishi va savdo-sotiqning tushib ketishi, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi faol sotilayotgan mavsum davrida bu salbiy ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qilgan.
Ular juda yuqori ijara narxidan va binolarning maydonlari kichikligi sabab mahsulotlarni saqlash uchun yetarlicha joy mavjud emasligidan, shuningdek, avtobus va metro yo‘nalishlarining yetishmasligi tufayli bozorga yetib olishda qiyinchiliklar tug‘ulishidan shikoyat qilgan. Savdogarlarning fikricha, ko‘chirilish tufayli ko‘pchilik daromadini yo‘qotadi va mahsulot narxi oshib ketadi.
«Газета.uz» 2 019
- # qo‘yliq bozori
- # toshkent shahar iibb
Qo‘yliq bozori ko‘chiriladi (video)
“Qo‘yliq” dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydoni boshqa manzilga ko‘chiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Poytaxtimizdagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, kommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish va tirbandliklarning oldini olish maqsadida, “Qo‘yliq” dehqon bozori va unga tutash bo‘lgan ulgurji savdo maydoni joylashgan manzilda yo‘l kengayishi va ko‘prik qurilishi ishlari rejalashtirilgan” – deyiladi shahar hokimligi xabarida. Shu bois “Qo‘yliq” dehqon bozori va unga tutash ulgurji savdo maydoni boshqa manzilga ko‘chiriladi.
Xabarga qo‘shimcha sifatida Toshkentning ushbu qismida qilinishi rejalashtirilgan ishlarning umumiy ko‘lami haqida tasavvur beradigan videomaterial va rasmlar berilgan.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati bu boradagi ishlar haqida yana qo‘shimcha ma’lumot berilishini aytmoqda.
- Ulashing
Bu video ko’rinishi uchun sizning brauzeringiz JavaScript’ni qo’llab quvvatlashi kerak