Quron kitob bilan qasam ichish
Abu Zarr roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa odamga qiyomat kuni Alloh gapirmas, (rahmat) nazari bilan boqmas, ularni (gunohlaridan) poklamas va ular uchun alamli azob bo‘lur», dedilar. «Yo Rasululloh, kim ular – ziyonkor bechoralar?» degan edim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu so‘zni uch bora takrorladilar-da: «Kiyimini uzunligidan yerga sudrab yuruvchi kimsa, yolg‘on qasam bilan molini o‘tqazuvchi, minnat qiluvchi kishi», deya javob berdilar» (Ahmad, Muslim va boshqalar rivoyati).
«Agar falon ishni qilsam, kofir bo‘lay» deya qasam ichish hukmini bilasizmi?
Bir kimsa “Falon ishni qilsam, kofir bo‘lay” deya qasam ichsa, uning hukmi ne bo‘lishi haqida ulamolar ixtilof qilishgan.
Ba’zi ulamolar bundayin qasam ichish lag‘v-bekorchi so‘z bo‘lib, uni aytish sababli qasam yuzaga kelmaydi va bunga hech bir narsa lozim ham bo‘lmaydi deb aytishgan.
Ibn Rushd rahimahulloh aytadi: “Ulamolar agar falon ishni qilsam, Allohga kofir bo‘layin, yoki mushrik bo‘layin, yoki nasroniy, yoki bo‘lmasam yahudiy bo‘layin deya qasam ichsa va so‘ngra o‘sha ishni qilib qo‘ysa, unga kafforat lozim bo‘lishi yoki bo‘lmasligi haqida ixtilof qilishgan.
Imom Molik va imom Shofe’iy rahimahumalloh “Bu kimsaga kafforat lozim bo‘lmaydi va bu so‘z qasam ham emas” deb aytishgan.
Abu Hanifa rahimahulloh esa “Bu so‘z qasam bo‘lib, agar bu kabi qasamni buzib qo‘ysa, unga kafforat lozim bo‘ladi” deb aytgan. Imom Ahmad rahimahulloh ham shunday degan.
Mujtahid imomlarning ixtilofi hurmati bor har bir narsa ila qasam ichish joizmi yoki qasam faqatgina Alloh ismi bilan bo‘ladimi degan mavzuda bo‘lgan”.
“Bidoyatul-mujtahid va nihoyatal-muqtasid”. 1/410.
“Mudavvana”da keltiriladi: Abdurahmon ibn Qosimdan “Agar falon falon ishlarni qilsam, Allohga kofir bo‘lay deya aytsa, imom Molik qavliga ko‘ra bu so‘zi qasam bo‘ladimi?” deb so‘raldi.
Shunda ibn Qosim “Imom Molik bu qasam bo‘lmaydi va to qalbida shu gapiga tasdiq bo‘lmagunicha kofir bo‘lmaydi. Ammo qanday ham yomon ish qilibdi deb aytgan” deya javob berdi.
Shayx Zakariyo Ansoriy rahmatullohi alayh “Manhajut-tullob sharhi”da bunday degan: “Bir kimsa falon ishni qilsam, yahudiy bo‘layin desa yoki shu kabi so‘z aytsa, men Islomdan, Allohdan, U Zotning Rasulidan bezorman deb aytsa va bu so‘zidan razil fe’lidan nafsini uzoq qilishni qasd etsa, bu qasam bo‘lmaydi. Bu so‘zi ila kofir ham bo‘lmaydi.
Bu inson “La ilaha illallohu Muhammadun rasululloh” deb aytsin va tavba-istig‘for qilsin.
Agar ushbu aytganiga o‘zi rozi bo‘lib qilsa, shubhasiz o‘sha zahoti kofir bo‘ladi”.
Imom Haytamiy “Tuhfatul-muhtoj”da va imom Shavkoniy “Naylul avtor”da shu kabi aytishgan.
Ammo bu kimsa qilgan ishidan astoydil nadomat etsa va chin dildan tavba qilsa uning tavbasi qabul bo‘lishidan umid qilinadi.
«Kufr keltirganlarga ayt, agar to‘xtasalar, o‘tgan narsalar mag‘firat qilinur va agar qaytadigan bo‘lsalar, bas, batahqiq, avvalgilarning sunnati o‘tgan» (Anfol surasi, 38-oyat).
Musulmon kimsa uchun kufrga ketishi yonib turgan olovga tushganidan-da qo‘rqinchliroq va dahshatliroqdir. Zotan, iymonning ziddi kufr bo‘lib, kufrning joyi abadiy do‘zaxdir.
Aytayotgan so‘zlarimizga o‘ta ehtiyot bo‘lishimiz, imkon qadar qasamlardan tiyilishimiz lozim.
Mabodo biron bir sabab tufayli qasam lozim bo‘lib qolsa ham kufr va shirk bilan qasam ichmaslik lozim.
E’tibor qilsak, yuqorida biz qavllarini keltirgan ulamolarimiz bayoniga ko‘ra, bir kimsa falon ishni qilsam kofir, mushrik, yahudiy, nasroniy bo‘layin desa va agar rostdan shuni qasdi ila qilsa kofir bo‘lar ekan.
Ammo agar biron yomon ishdan o‘zini tiyish uchun aytib, so‘ngra o‘sha ishni qilib qo‘ysa, qasamxo‘r bo‘lar va kafforat to‘lar ekan.
Alloh taolo istiqomati shariatda rost qilsin.
Quron kitob bilan qasam ichish
Савол: Ҳузуримизга бир ватандошимиз келиб: Қуръон билан қасам ичиш жоиз, деб, Қуръон билан қасам ича бошлади. Биз унга бундай қасам ичмаслик кераклигини айтсак ҳам, насиҳатимизни қабул қилмади. Сизларнинг бу ҳақдаги фикрингиз қандай?
Жавоб: Аллоҳнинг Ўзигагина ҳамдлар, Унинг пайғамбари Муҳаммад ибн Абдуллоҳга, Унинг оиласи ва саҳобаларига салавоту саломлар бўлсин.
Сўнг.
Аллоҳ ва Аллоҳнинг сифатлари билан қасам ичиш жоиздир. Қуръон ҳам Аллоҳнинг каломи бўлиб, Аллоҳнинг сифатларидан биридир. Шу боис Қуръон билан қасам ичиш раводир. Агар мазкур одамнинг мақсади Аллоҳнинг каломи билан қасам ичиш бўлса, бу қасам жоиздир. Агар унинг мақсади Қуръон ёзилган варақ ёки сиёҳлар бўлса, бу жоиз эмасдир. Чунки, варақ ва сиёҳлар махлуқдир ва махлуқлар билан қасам ичилмайди. Бу ҳақда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам: «Ким қасам ичса Аллоҳ (номи) билан қасам ичсин, акси тақдирда жим бўлсин!» – деганлар (Имом Бухорий 2533, Имом Муслим 1646, Термизий 1534, Абу Довуд 3249, Имом Молик «Муваттоъ» 1037, Доримий 2341).
Тавфиқ Аллоҳдандир. Аллоҳ пайғамбаримиз Муҳаммад ибн Абдуллоҳга, Унинг оиласи ва саҳобаларига салавоту саломлар йўлласин.
Илмий Тадқиқотлар ва Фатво Бериш Доимий Қўмитаси, Фатво № 4950.
Раис: Абдулазиз ибн Абдуллоҳ ибн Боз
Аъзолар: Абдуллоҳ ибн Қаъуд ва Абдуллоҳ ибн Ғудайён
عُرضت على السيف خمس مرّات، لا يقال لي: ارْجع عن مذهبك، لكن اسكتْ عمن خالفك، فأقول: لا أسكت. أبو إسماعيل الهروي
Беш мартта қилич остига келтирилдим. Менга: «Йўлингдан қайт», дейилмади. Бироқ: «Сенга хилоф бўлганлардан тилингни тий», (дейилди). Мен эса: «Жим бўлмайман», дедим.
Quron kitob bilan qasam ichish
Alloh taolo aytadi:
«Allohga bergan ahd-paymon va qasamlarini ozgina qiymatga sotib yuboradigan kimsalar uchun oxiratda hech qanday nasiba yo‘qdir. Qiyomat kunida Alloh ularga gapirmaydi, ularga (rahmat nazari bilan) boqmaydi va ularni (gunohlaridan) poklamaydi. Ular uchun alamli azob bordir» (Oli Imron surasi, 77).
Vohidiy (rahmatullohi alayh) aytadilar: «Mazkur oyat Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga yer talashib kelgan ikki kishi xususida nozil bo‘lgan. Da’vogarlardan biri qasam ichmoqchi bo‘lganida, Alloh bu oyatni nozil qilgan va u qasam ichishdan bosh tortib, sherigining haqqi borligiga iqror bo‘lgan edi».
Ash’as roziyallohu anhu aytadilar: «Allohga qasamki, bu oyat men xususimda nozil bo‘lgan. Bir yahudiy bilan oramizda yer bor edi. U mening yerimni o‘ziniki deb da’vo qildi. Uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga boshlab bordim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan: «Daliling bormi?» deb so‘ragan edilar, «Yo‘q», dedim. Yahudiyga: «Qasam ich», degan edilar, men: «Yo Rasululloh, u agar qasam ichsa, mening molim ketadi-ku», dedim. Shunda Alloh azza va jalla: «Allohga bergan ahd-paymon va qasamlarini ozgina qiymatga sotib yuboradigan kimsalar. » deb boshlanuvchi oyatni nozil qildi» (Ahmad, Buxoriy, Muslim rivoyati).
Buxoriy va Muslimlar rivoyat qilishgan hadisda: «Kimki musulmon kishining moli xususida nohaq qasam ichsa, Allohga yo‘liqqanida U zot undan darg‘azab bo‘ladi», deyilgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki (yolg‘on) qasam ichib musulmon kishining haqini o‘ziniki qilib olsa, batahqiq, Alloh unga do‘zaxni vojib qilib, jannatni harom qiladi», dedilar. «Yo Alloh, arzimagan narsa bo‘lsa hammi?» deb so‘rashgan edi, «Butaning bir novdasi bo‘lsa ham», deb javob berdilar (Muttafaqun alayh).
Hafs ibn Maysaraga: «Bu hadis naqadar shiddatli bo‘lmasa?!» deyishgan edi, u kishi: «Alloh taoloning kitobida: «Alloh bergan ahd-paymon va qasamlarini ozgina qiymatga sotib yuboradigan kimsalar. » degan oyat bor emasmi?» dedilar.
Abu Zarr roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa odamga qiyomat kuni Alloh gapirmas, (rahmat) nazari bilan boqmas, ularni (gunohlaridan) poklamas va ular uchun alamli azob bo‘lur», dedilar. «Yo Rasululloh, kim ular – ziyonkor bechoralar?» degan edim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu so‘zni uch bora takrorladilar-da: «Kiyimini uzunligidan yerga sudrab yuruvchi kimsa, yolg‘on qasam bilan molini o‘tqazuvchi, minnat qiluvchi kishi», deya javob berdilar» (Ahmad, Muslim va boshqalar rivoyati).
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Gunohi kabiralar – Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish va yolg‘on qasam ichish», dedilar» (Buxoriy, Nasoiy, Termiziy rivoyati).
Yolg‘on qasam o‘z sohibini bu dunyoda gunohga, u dunyoda esa do‘zaxga botiradi.
Fasl
Alloh azza va jalladan boshqa narsa bilan qasam ichish ham gunohi kabira hisoblanadi. Masalan, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam, farishtalar, Ka’ba, osmon, suv, hayot, omonat, jon, bosh va shu kabi narsalar bilan qasam ichish mumkin emas.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Alloh sizlarni otalaringiz bilan qasam ichishdan qaytaradi. Kimki qasam ichmoqchi bo‘lsa, Alloh nomi bilan qasam ichsin yoki jim bo‘lsin», degan (Buxoriy, Muslim rivoyati).
Boshqa bir sahih hadisda esa: «Bas, kimki qasam ichmoqchi bo‘lsa, faqat Alloh nomi bilan qasam ichsin yoki sukut saqlasin», deyilgan.
Abdurahmon ibn Samura roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tog‘utlar bilan ham, ota-bobolaringiz bilan ham qasam ichmanglar», dedilar» (Muslim rivoyati).
Tog‘utlar – shayton va but-sanamlar.
Burayda roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimda-kim omonat bilan qasam ichsa, u bizdan emas», dedilar» (Abu Dovud rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki qasam ichib: «Men Islomdan begonaman», desa va u agar yolg‘on gapirgan bo‘lsa ham, rost gapirgan bo‘lsa ham, aytganidekdir. Agar gapi rost bo‘lsa, u Islomga sira salomat holida qaytmaydi», dedilar (Abu Dovud, Nasoiy rivoyati).
Ibn Umar roziyallohu anhu bir kishining: «Ka’baga qasamki», deganini eshitib qolib: «Allohdan boshqaning nomi bilan qasam ichma. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim Allohdan boshqaning nomi bilan qasam ichsa, kufr yoki shirk keltiribdi», deganlarini eshitganman», dedilar.
Ayrim ulamolar mazkur hadisdagi: «Kufr yoki shirk keltiribdi» jumlasini mubolag‘a deb tafsir qilishgan. Bu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning: «Riyoning ozginasi ham shirkdir» hadisi shariflariga monanddir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki qasam ichib turib: «Lot va Uzzoga qasamki» deb yuborsa, u darhol: «La ilaha illalloh» desin», deganlar. (Buxoriy, Muslim rivoyati).
Ayrim sahobalar Islomga endi kirgan vaqtlarida, tillari o‘rganib qolgani uchun shunday qasam ichib yuborar edilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ularga o‘zlari bilmagan holda aytib yuborgan so‘zlariga kafforat bo‘lishi uchun darhol: «La ilaha illaloh», deyishni buyurar edilar. Tafviq Allohdan.