Press "Enter" to skip to content

Quron kitob o’rganish

Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу Quron O Qishni O Rganish в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию қурон ўқишни ўрганиш 1 дарс Аъузуни ўрганамиз Quron O Qishni O Rganish 1 Dars A Uzuni O Rganamiz длительностью 23.69 MB, размер файла 18 мин.

Қуръони Карим (сўзма-сўз‪)‬ 4+

Қуръони каримнинг ўзбек тилидаги маъноларини электрон “сўзма-сўз” таржимасидан баҳраманд бўлинг!

Алҳамдулиллаҳ, охирги йилларда халқимиз Қуръони карим, ҳадиси шариф, фиқҳ каби диний илмларга қизиқиши ортиб бормоқда. Халқимизда соф Ислом динимиз таълимотларини ўрганишга бўлган қизиқиш зиёдалашгани аломатларини айни дамда китоб дўконларимизда сотиб олинаётган адабиётлар ҳажмидан, уламоларимизга берилаётган динимизга оид саволларнинг ортганидан ҳам билса бўлади. Шунингдек Қуръони карим ва ҳадиси шариф бўйича мамлакатимизда ўтказилаётган турли мусобақа ва тадбирлар ҳам юрдошларимизнинг миллий, маънавий ва диний илдизларимизга эҳтироми ва эҳтимоми сабабидан экани хайрлидир, албатта. Ушбулардан келиб чиқиб, биз ҳам ожизона уринишларимиз ила сиз азизларга Қуръони каримнинг ўзбек тилидаги маъноларини электрон “сўзма-сўз” таржимасини тайёрлаб тақдим этишга жазм қилдик.
Ҳозирда Фотиҳа, Бақара ва Оли Имрон сураларини тайёрладик. Дуоларингизда эслаб туришингизни ўтинган ҳолда, қолган қисмларини ҳам тайёрлаб, сиз азизларга тақдим қилиш ҳаракатидамиз. Ушбу таржимамизга шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳнинг “Қуръони карим ва ўзбек тилидаги маънолари таржимаси” китобларини асос қилиб олдик.

Quron kitob o’rganish


Qur’on tartili
Bismlahir Rohmanir Rohim

Birinchi dars

Reja:
1. Tartil ilmining asoslari
2. Tovush.
3. Nutq tovushlari.
4. Undosh va unli tovushlar.
5. Harf.
6. Ovoz haqida so‘z.
Tayanch so‘zlar va atamalar

Tartil ilmining asoslari

TARTIL ILMINING ASOSLARI
Ulamolarimiz har bir ilmga kirishdan oldin uning o‘nta asosini bayon qilishni odat qilganlar. Biz ham ushbu an’anaga ko‘ra tartil ilmiga kirishishdan oldin uning asoslari bilan tanishib olsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi, degan umiddamiz.
Ismi:
«Tartil» arabcha so‘z bo‘lib, Qur’onning o‘qilish sifatiga, kayfiyatiga va uni o‘rgatadigan ilmga nisbatan ishlatiladi. Bu ilm yana «tajvid», «tilovat haqqi» kabi nomlar bilan ham atalgan. Biz umumiyroq ma’noni ko‘zlab, mazkur nomni tanladik.
Ta’rifi:
Tartil («rotl» o‘zagidan olingan) so‘zi lug‘atda biror narsani dona-dona qilib terishni anglatadi. Masalan, «rottala kalamahu» so‘z birikmasi «gapini tartil qildi», ya’ni shoshilmay, nutq tovushlarini bir-biridan ajratib, dona-dona qilib, ifodali gapirdi, degan ma’noni anglatadi. Arablar bir-biridan qochmagan, bir-biriga kirishib ham ketmagan, marjondek terilgan tishga nisbatan ham «murottal» – «tartillangan» so‘zini ishlatadilar. Shuningdek, bu so‘z «kuylamoq», «ohangga solmoq» mazmunlariga ham ega.
Istilohda esa u Qur’oni Karimni Alloh taolo nozil qilgan hay’atda, yuqoridagi lug‘aviy ma’nolar dalolat qilgan sifatda shoshilmay, dona-dona qilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan naql qilingan tarzda o‘qishni bildiradi. Keyinroq Qur’onni tartil bilan o‘qishni o‘rgatadigan ilm ham «tartil ilmi» deb nomlangan.
Mavzusi (predmeti):
Qur’on harflari, tovushlari va boshqa qiroat qoidalari.
Asoschisi:
Bu ilmning amaliy asosi vahiydir. Ya’ni, Qur’onni maxsus kayfiyatda o‘qishni Alloh taoloning O‘zi joriy qilgan.
Vahiy farishtasi Jabroil alayhissalom Qur’oni Karimni Alloh taolodan tartili bilan qabul qilgan va Muhammad sollallohu alayhi vasallamning qalblariga aynan shunday nozil qilgan.
O‘z navbatida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham Qur’onni Jabroil alayhissalomdan qanday qabul qilgan bo‘lsalar, xuddi shu tarzda o‘z sahobalariga harfma-harf o‘rgatganlar. Bu muqaddas Kitob sahobai kiromlardan bizgacha yuzlab, minglab ishonchli, mo‘tabar qorilar vositasida hech bir o‘zgarishsiz yetib kelgan.
Ammo uning nazariy qoidalarini ishlab chiqib, alohida fan sifatida shakllantirilishiga kelsak, bu borada birinchi bo‘lib Xalil ibn Ahmad, Sibavayhi kabi arabshunos olimlar bahs yuritganlar. Keyinroq u qiroat ilmi ulamolari tomonidan rivojlantirilib, alohida fan sifatida ajralib chiqqan.
Nisbati:
Tartil ilmi shar’iy ilmlardan hisoblanadi. Bu ilmning boshqa ko‘plab ilmlardan farqi – uni faqat nazariy jihatdan bilish, kitobdan o‘rganish kifoya qilmaydi, balki uni to‘liq o‘zlashtirish uchun mutaxassis qorilardan og‘zaki o‘rganish ham kerak bo‘ladi.
Maqsadi:
Musulmonlarning Qur’oni Karimni to‘g‘ri, go‘zal suratda o‘qiy bilishlarini ta’minlash.
Fazli:
Bu ilm eng sharafli ilmdir. Chunki u borliqdagi eng ulug‘ Kitob ‒ Alloh taoloning kalomi bo‘lmish Qur’oni Karimga bevosita bog‘liqdir. Zotan, ilmning sharafi uning o‘rganadigan mavzusiga qarab belgilanadi.
Unga amal qilishning hukmi:
Tartil ilmi qoidalariga amal qilish borasida kishilar ikki bosqichga bo‘linadilar:
A) Omma musulmonlar.
Har bir musulmon kishi Qur’oni Karimni qo‘lidan kelganicha bexato, ma’nosiga futur yetmaydigan va qiroat durust bo‘ladigan darajada tilovat qila olishi farzi ayn hisoblanadi. Iloji boricha yaxshiroq o‘qishga intilish tavsiya etiladi. Bunga bir qancha oyat va hadislar hamda ulamolarning ijmo’lari dalolat qiladi.
Bu qism tartilning zaruriy qismi hisoblanadi va iste’molda «zaruriy tajvid» deyiladi.
B) Mutaxassislar, qorilar, qiroatdan ta’lim beruvchilar.
Ularga Qur’onni har qanday kattayu kichik, oshkorayu maxfiy xatolardan holi holda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qiroatlariga monand darajada o‘zlashtirish va uni shu tarzda boshqalarga yetkazish farzi ayn bo‘ladi. Chunki ular Qur’oni Karim lafzini avloddan-avlodga naql qilish mas’uliyatidagi kishilar hisoblanadilar.
Tartilning bu qismi tazyiniy, ya’ni ziynatlovchi hisoblanib, «tazyiniy tajvid» deb yuritiladi.
Ulamolarimiz maxfiy qiroat qilganda ham tazyiniy qoidalarga to‘la rioya etish shartmas, deydilar.
Uni o‘rganishning hukmi:
Tartil ilmini o‘rganishda ham kishilar ikki guruhga ajratiladilar:
A) Omma musulmonlar.
Har bir musulmon uchun tartil ilmini Qur’oni Karimni o‘ziga vojib bo‘lgan tarzda o‘qiy olishiga kifoya qilgudek, ya’ni Qur’oni Karimning ma’nosiga futur yetmaydigan, arabiy lafzidan chiqmaydigan darajada bexato qiroat qila olishiga yetarli miqdorda o‘rganishi farzi ayndir. Boshqacha qilib aytganda, taratilning zaruriy qoidalarini bilishi lozim. Buni nazariy bilim orqali o‘zlashtiradimi, amaliy suratda egallaydimi, farqi yo‘q, muhimi ‒ durust qiroat qila olishdir. Bundan ortig‘ini o‘rganishga ular targ‘ib qilinadilar.
B) Mutaxassislar, qorilar, Qur’oni Karimni naql qilish mas’uliyatidagi kishilar.
Ular uchun tartil ilmini o‘z faoliyatlariga yarasha, ya’ni Qur’onni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qiroatlariga muvofiq tarzda o‘qishga va boshqalarga ta’lim berishga yetarli darajada mukammal o‘rganishlari farzdir. Ya’ni ular tartilning tazyiniy qoidalarini ham o‘rganishlari kerak. Shu jihatdan qiroat ilmi farzi kifoya hisoblanadi.
Samarasi:
Qur’oni Karimning har qanday o‘zgarishdan muhofaza qilinishining ta’minlanishi. Qur’onni bexato o‘qish, uni Nabiy alayhissalomning qiroatlariga muvofiq o‘qish, natijada Allohning roziligi va jannatiga erishish.
TOVUSh VA HARF HAQIDA
Qur’on o‘qishni o‘rganar ekanmiz, demak, nutq, talaffuz ustida so‘z boradi. Shunga ko‘ra, Qur’on o‘qish qoidalari va ko‘rsatmalarini yaxshi anglash uchun insonda nutq tovushlari qanday hosil bo‘lishi va shunga bog‘liq ayrim tushunchalar bilan tanishib olish lozim.
Tovush
Tovush biror jismning havo qatlamlarini tebratishi natijasida hosil bo‘ladi. Biz ushbu tebranishdan vujudga kelgan to‘lqinlarni qulog‘imiz yordamida idrok qilishimiz natijasida o‘sha ovozni eshitamiz. Inson bir soniyada yigirmatadan yigirma mingtagacha bo‘lgan tebranishdan vujudga kelgan ovozni idrok qilish qobiliyatiga ega. Ammo ushbu adadlardan kam yoki ko‘p bo‘lgan tebranish bilan hosil bo‘lgan ovozni inson qulog‘i eshita olmaydi.
Ovoz
Inson ovozi tovush paychalarining titrab, havo qatlamlarini tebratishi natijasida hosil bo‘ladi. O‘pkadan chiqayotgan havo nafas yo‘li orqali bo‘g‘izga o‘tadi. Bo‘g‘izda tovush paychalari joylashgan bo‘lib, insonning irodasiga ko‘ra, chiqayotgan havo ta’sirida paychalar titraydi. Natijada tovush hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan tovushni nutq a’zolari qabul qilib oladi.
Nutq tovushlari
Nutq a’zolarining (o‘pka, nafas yo‘li, tovush paychalari, bo‘g‘iz, lak-luk, burun bo‘shlig‘i, til, til osti tog‘ayi, tanglay, tish va lablarning) talaffuz vaqtidagi xarakati natijasida hosil bo‘ladigan tovushlar «nutq tovushlari» deyiladi.
Nutq tovushlarini boshqa tovushlardan farqi shundaki, ular faqatgina so‘z ma’nolarini ifodalash va farqlash uchun xizmat qiladigan tovushlardir.
Undosh va unli tovushlar
Nutq tovushlari ikki katta qismga bo‘linadi: undosh va unli.
Talaffuz vaqtida o‘pkadan kelayotgan havoning nutq a’zolaridan biriga urilishi natijasida hosil bo‘ladigan nutq tovushlari undosh tovushlar deyiladi. Misol uchun, «b» tovushi havoning lablarga urilishi natijasida hosil bo‘ladi.
O‘pkadan kelayotgan havoning og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramasligi natijasida paydo bo‘lgan tovushlar unli tovushlar deb ataladi. Masalan, «a», «i» kabi.
Arab tilida 28 ta undosh va 6 ta (3 ta qisqa va 3 ta cho‘ziq) unli tovush bor.
Harf
Nutq tovushlari yozuvda barcha tillarda ham ma’lum shakllar bilan ifodalanadi. Bu shakllar harflar deb ataladi.
Tovushni harf bilan aralashtirmaslik lozim. Tovushlarni talaffuz qilamiz va eshitamiz, harflarni esa yozamiz, ko‘ramiz va o‘qiymiz. Masalan: «bā» tovushi deganda, ikki labdan hosil bo‘lib, qulog‘imizga chalinayotgan, bizga ma’lum bo‘lgan nutq tovushini, «bā» harfi deganda esa uni yozuvda ifodalovchi shaklni tushunamiz.
Arab tilida 29 ta harf bor. Ular yordamida 31 ta tovush (28ta undosh, 3ta cho‘ziq unli) ifodalanadi.
Ovoz haqida so‘z
Nutq tovushlarini to‘g‘ri, ravon talaffuz etish uchun ovozni to‘g‘ri tasarruf etish lozim. Ovozning to‘g‘ri hosil bo‘lishida nafas olish va chiqarishning ahamiyati katta.
Nafasni doimo burundan qorin bo‘shlig‘iga olib, og‘izdan chiqarish kerak. Shunda nafas sig‘imi (bazasi) kengayadi va ovoz erkin, to‘la hosil bo‘ladi. Nafasni ko‘krakka olish ovozni qiynaydi va buzadi. Buning belgisi ‒ nafas olganda to‘sh ko‘tariladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, ovoz bo‘g‘izdagi tovush paychalari deb atalmish cho‘ziluvchan muskullarning o‘pkadan kelayotgan havo ta’sirida tebranishi natijasida hosil bo‘ladi. Dastlabki paydo bo‘lgan tovush zaif va hech qanday sifatsiz, jarangsiz bo‘ladi. So‘ng halqum, burun va og‘iz bo‘shlig‘idagi a’zolarga urilib, qaytib, ularning qaytargichlari ta’sirida ma’lum tus va kuch kasb etadi, natijada rang-barang, jarangdor va kuchli ovoz hosil bo‘ladi. Ovozni ishlatishda ana shu qonuniyatni nazarda tutish lozim.
Ovozning sifati asosan uning yo‘nalish darajasiga bog‘liq. Burundan chiqqqan ovoz xunuk, yoqimsiz bo‘ladi. Bu holatda o‘qish dimog‘da o‘qishdir. Tovush faqat qattiq tanglaydan chiqqanda, ya’ni tovush paychalaridan ko‘ra tanglayning ishtiroki faollashib ketganda rangsiz «oq tovush», ya’ni shang‘illagan tovush hosil bo‘ladi. Bu turdagi ovoz chidamsiz, sifatsiz va zerikarli ovoz hisoblanadi. Yumshoq tanglaydan chiqib, qattiq tanglayga tegib o‘tgan tovush jarangdor, yoqimli sanalib, bunda tovush paychalarining harakati erkin, faol bo‘ladi. Mana shu to‘g‘ri va chidamli ovozdir.
Demak, to‘g‘ri tovushning vujudga kelishi uchun ovozni tovush paychalarida keragicha hosil qilib, so‘ng yumshoq tanglayga yo‘naltirish lozim. Buning uchun nafasni qorin bo‘shlig‘iga olib, nutqa a’zolari tomon erkin chiqarish kerak. Ba’zan ovozni ochish uchun tovushni biroz do‘rillatib, yo‘g‘onroq chiqarishga harakat qilish ham mumkin. Bunday mashg‘ulot tongda, uyqudan uyg‘onganda bajarilsa, yanada foydalidir.
Sof ovoz sohibi bo‘lishni orzu qilgan kishilar tovush yo‘llarini shamollashdan saqlashlari lozim. Tomoq yallig‘lanib turganida uni ko‘p ishlatish ovoz boylamlarining urinib, shikastlanib qolishiga olib keladi. Ovozni noto‘g‘ri balandlikda, ortiqcha kuch bilan ishlatish ham ovoz muskullarining o‘ziga xos bo‘lmagan holatda ishlashiga sabab bo‘ladi.
Ovozni buzadigan holatlardan yana biri, uni g‘ayritabiiy ishlatishdir. Masalan, asli yo‘g‘on bo‘lgan ovozni majburlab, beo‘xshov ingichkalatish yoki aslida unchalik baland bo‘lmagan ovozni ko‘taraman deb, noo‘rin baqirish ana shunday noto‘g‘ri tasarruflardandir.
Yosh bolalar va o‘smir yoshdagilarga ko‘p va qattiq baqirishdan saqlanishlari, ovozlarini jiddiy ehtiyot qilishlari tavsiya etiladi. Chunki ularning tovush hosil qilish a’zolari nozik va hali yetilmagan bo‘ladi.
Muhtaram muallimlar o‘quvchilarining ovozlarini qanday boshqarayotganlarini, unga bo‘lgan munosabatlarini kuzatib, me’yorga solib turishlari va ovozni buzadigan omillarga yo‘l qo‘yishlarining oldini olishlari kerak.
Ovozni me’yorga keltirish bir-ikki mashq qilish bilan emas, balki ovozni muntazam to‘g‘ri ishlatish bilan amalga oshiriladi. Ovozni to‘g‘ri hosil qilish ayniqsa halqumda aytiladigan tovushlarni oson va to‘la o‘zlashtirishda katta ahamiyatga ega.
Ovoz va nafasni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida maxsus qo‘llanmalar va mashg‘ulotlar ham bor. Biz imkoniyatimizdan kelib chiqib, bu to‘g‘rida biroz to‘xtaldik, xolos. Qiziqqan kishilar tegishli manbalarga murojaat qilib, bilimlarini takomillashtirsalar, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ovoz yozuvidan qanday foydalanish kerak?
Avval o‘rganiladigan dars matnini kitobdan bir qator o‘qib olasiz. Keyin esa og‘zaki darsni tinglaysiz. Ulardagi ta’limot va mulohazalarni yaxshi fahmlab olganingizdan so‘ng mashqlar ustida shug‘ullanishga kirishasiz. Ishni mashg‘ulotni eshitishdan boshlaysiz. Bunda avval tovushning yohud kalima yoki jumlaning aytilishiga e’tibor bilan quloq solasiz, uni yaxshi anglab olganingizdan so‘ng, berilgan vaqtdan foydalanib, siz ham unga ergashgan holda galma-gal talaffuz qilishga o‘tasiz. Buni ham muvaffaqiyatli o‘zlashtirganingizdan keyin o‘zingiz mustaqil ravishda muntazam mashq qilaverasiz va agar imkoni bo‘lsa, o‘rganganlaringizni ustoz ko‘rigidan o‘tkazib olasiz.
1-topshiriq:
Quyidagi savollarga javob bering:
Tartil deganda nimani tushunasiz?
Tartil ilmining yana qaysi nomlarini bilasiz?
Tirtil ilmining asoslari deganda nimalarni tushundingiz?
– Tovush va ovoz haqida nimalarni tushundingiz?
– Nutq tovushlari bilan boshqa tovushlarning farqi nimada?
– Nutq tovushlari qanday hosil bo‘ladi?
– Undosh va unli tovushlar qanday farqlanadi?
– Arab tilida nechta undosh va nechta unli tovush bor?
– Tovush bilan harfning qanday farqi bor?
Arab harflari nechta va ular nechta tovushni ifodalaydi?

Энг кўп кўрилган

Фойдали ҳаволалар

© Ўзбекистон мусулмонлари идораси Қашқадарё вилоят вакилиги расмий сайти
© nasafziyo.uz 2020.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган.
Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.

БИЗ БИЛАН БОҒЛАНИШ:
Email: info@nasafziyo.uz
Telefon: +99(875) 220-06-32

МАНЗИЛИМИЗ:
Ўзбекистон, Қашқадарё, Қарши, 100180

Quron O Qishni O Rganish – Бесплатно скачать Mp3

Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу Quron O Qishni O Rganish в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию қурон ўқишни ўрганиш 1 дарс Аъузуни ўрганамиз Quron O Qishni O Rganish 1 Dars A Uzuni O Rganamiz длительностью 23.69 MB, размер файла 18 мин.

Все песни были найдены в свободном доступе сети интернет, а файлы с произведениями не хранятся и не загружаются на наш сервер. Если Вы являетесь правообладателем или лицом, представляющим правообладателя, и не хотите чтобы страница с произведением, нарушающие Ваши права, присутствовала на сайте, воспользуйтесь данной формой DMCA.

Сейчас слушают песни

Quron O Qishni O Rganish

Copyright ©Gtxmusic.com 2023
All Rights Reserved

Почта для жалоб и предложений: [email protected]

Слушайте и скачивайте бесплатно mp3 музыку. Популярная и свежая музыка всегда доступна для скачивания бесплатно!