Press "Enter" to skip to content

Diniy adabiyotlar

Shu holatlarni hisobga olib, Prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddi vazirlik va uyushmalarga “Kitob karvoni” loyihasi doirasida badiiy, ma’rifiy, ijtimoiy mavzularda kitoblar chop etish hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarga 1 million nusxadan kam bo‘lmagan miqdorda yetkazib berish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Абу Али Ибн Сино: «Тиб қонунлари» 1, 2, 3, 4, 5-китоблар Toshkentda

Абу Али Ибн Сино: «Тиб қонунлари» 1, 2, 3, 4, 5-китоблар

Narx yangilangan – 29.03.2022

Sotuvchi haqida ma’lumot

MChJ “ASAXIY.UZ”
Toshkent viloyati, Toshkent, Chilonzor tuman, Chilonzor-3 Mavzesi, uy склад
Telefonni ko’rsatish

  • Tavsifi
  • Xarakteristikalar
  • Yetkazib berish

Batafsil tavsif: Абу Али Ибн Сино: «Тиб қонунлари» 1, 2, 3, 4, 5-китоблар

Абу Али ибн Сино «Тиб қонунлари»нинг Биринчи китобида тибнинг назарий масалалари, Иккинчи китобида содда дориларнинг тавсифи ва тиббий таъсири, яъни доришунослик масалалари кўрилган эди.
Асарнинг Учинчи китоби унинг энг катта қисми бўлиб, у одам танаси аъзоларининг касалликлари ташхиси ва муолажасига бағишланган. Унга, ўрта аср тиббий анъанасига кўра, бошдан оёққача бўлган аъзоларда содир бўладиган, ўша даврда маълум кўп касалликлар киритилган.
Учинчи китоб ҳажм жихатидан катта бўлгани учун асарнинг аввалги нашрларида у икки жилдга бўлиб чоп этилган эди, учинчи нашрда ҳам шу шакл сақланди. Зеро, бу нашр «Тиб конунлари» Учинчи китобининг 1979— 1980 йилларда амалга оширилган иккинчи нашри асосида тайёрланди. Учинчи нашрда хам матннинг бўлиниши аввалгисидек қолдирилди, яъни биринчи жилдга I—XII фанлар ва уларга тегишли изохлар, иккинчи жилдга эса XIV-XXII фанлар ҳамда бутун Учинчи китобга тегишли курсаткичлар киритилди.
«Қонун»нинг Учинчи китобини ўзбек тилига таржима қилишда асос қилиб бу асарнинг XII асрда кўчирилган ва Лейденда сақланаётган қўлёзмаси олинган бўлиб (Bibliothecae Academia Lugduno – Batava, Cod. Or 7), бу қўлёзма изоҳларда L сигли билан белгиланган.
«Қонун»нинг олдинги икки китобида қилинганидек, Учинчи китобда ҳам таржима учун ёрдамчи манба сифатида унинг 1877 йилда Булоқ (Миср)да босилган нусхасидан фойдаланилган (бу китоб Б сигли билан белгиланган). Б билан L орасидаги мухим фарқлар изоҳларда кўрсатилган.
Ушбу нашрда изоҳ ва кўрсаткичлар қайта кўриб чиқилди.Китоб ФА-Ф1-027 «Марказий Осиё халқлари ёзма меросини ўрганиш: манбашунослик ва матншунослик тадқиқотлари» фундаментал лойиха доирасида нашрга тайёрланди.

Таржимонлар: А. Расулев, К. Мирзаев, У.И. Каримов, А. Муродов

ISBN 978-9943-5991-6-1
Автор Абу Али Ибн Сино
Язык На узбекском
Надпись Кириллица
Издательство “Шарқ” НМАК
Тип обложки Твердая
Формат бумаги А4
Год издания 2020

Модель: Тиб қонунлари

Diniy adabiyotlar

Qadimdanoq diniy adabiyotlar qimmatli bilim manbayi bo‘lib kelgan. Muqaddas bitiklar badiiy romanlar va hikoyalardan ancha oldin yuzaga kelgan. Bugungi kunda ham diniy yo‘nalishdagi kitoblar ruhiy va axloqiy kamolot manbayi hisoblanadi. Ular turmushdagi qiyinchiliklarni yengishda madad beradi. Ruhoniylar og‘ir hayotiy vaziyatlarda muqaddas bitiklarga murojaat etishni maslahat berishlari bejiz emas. Ulardan donishmandlik va xotirjamlik topish mumkin. Dinga oid har qanday kitob dunyoga yangicha nigoh tashlashga yordam beradi.

O‘zbekistondagi e’tiqodlar haqida qisqacha

Aksariyat davlatlarning dunyoviy yo‘nalishda ekaniga va texnologik taraqqiyotga qaramasdan, mamlakat hayotida din muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. Aholining katta qismi islomga e’tiqod qiladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat ahlining 89 foizi musulmonlardir. Har bir iymonli kishi Qur’on xarid qilishdan iftixor tuyadi. Ushbu islomiy kitob ko‘pincha ajdodlardan avlodlarga qoldiriladi. Ammo O‘zbekistonda boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilar ham yashaydi. Mamlakat aholisining taxminan 4 foizi pravoslav mazhabidagi nasroniylar hisoblanadi. Bular asosan immigrantlar – ruslar, ukrainlar, beloruslardir. Yana 3 foizi esa lyuteranlar, baptistlar, yettinchi kun adventistlari, katoliklar va boshqalardir. Aholining juda kam qismi yahudiylik va buddizmga e’tiqod qiladi.

O‘zbekiston bozorida turli dinlar va mazhablar haqida turfa kitoblar taqdim etilgan. Biroq hamisha ham shunday bo‘lmagan: sho‘rolar tuzumida e’tiqod ta’qib ostida bo‘lgan. Ko‘plab muqaddas qadamjolar buzilgan edi. Pravoslav va islom adabiyoti kamyob edi, chunki ko‘pincha badiiy asarlar chop etilardi. Bu borada vaziyat 1950-yillardan keyin o‘zgara boshlagan. Ibodatgohlar qurilgan va ta’mirlangan, yangi diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan, pravoslav hamda islomiy kitoblar nashr etilgan va hokazo.

Butun dunyodan kelgan diniy adabiyotlar Asaxiy internet-do‘konida

Asaxiy katalogida taqdim etilgan dinga oid kitoblarni bir nechta toifaga bo‘lish mumkin:

  • Islomiy adabiyot – bosh muqaddas matn Qur’oni karim hisoblanadi. U musulmonlar aqidasi va huquqining asosiy g‘oyalarini o‘z ichiga olgan. Islomning asosiy kitobi 114 ta suradan iborat. Ulardan ayrimlari yirik, ba’zilari esa atigi bir nechta oyatdan tashkil topgan. Islomdagi ahamiyatiga ko‘ra ikkinchi adabiyot – Hadislar hisoblanadi. Unda payg‘ambar Muhammad (S.A.V) haqidagi naqllar aks etgan. Islomiy bitiklarning asosiy tili – arabcha. Biroq boshqa tillardagi islomiy adabiyotlarni ham topish mumkin.
  • Nasroniy adabiyoti – O‘zbekistonda uning bir nechta konfessiyalari rasman ro‘yxatdan o‘tgan: pravoslav, katolik, lyuteranlik va boshqalar. Mazkur e’tiqodning bosh bilim manbayi – Bibliya. Mazkur to‘plam Qadimiy Ahd hamda Yangi Ahd qismlaridan tashkil topgan.
  • Buddizm adabiyoti – O‘zbekistonda mazkur dinning bittagina tashkiloti ro‘yxatdan o‘tgan. Uning asosiy muqaddas bitigi esa Tripitaka hisoblanadi.
  • Iudaizm adabiyoti – mazkur e’tiqod egalari uchun bosh diniy adabiyot Tanah hisoblanadi. Mazkur bitikni yahudiylar Bibliyasi deb ham atashadi. U uchta bo‘limdan iborat – Tavrot, Neviim va Ktuvim. Mazmuniga ko‘ra ko‘p jihatdan nasroniylarning Qadimiy Ahd kitoblari bilan bir xil.

Din haqidagi kitoblarning boshqa tasniflari

Umuman olganda, dinlarga oid adabiyotlarni klassik hamda bolalar kitoblariga ajratish mumkin. Masalan, pravoslavlik bilan tanishuv bolalar Bibliyasidan boshlanadi. Unda syujetlar maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan. Bu kabi nashrlarning asosiy o‘ziga xosligi – chiroyli rasm-bezaklardir. Qur’onni esa tahrirlash mumkin emas, tarjimalari odatda izohlar bilan beriladi. Islomiy adabiyotlar dunyoning ko‘plab tillarida tarqalmoqda:

  • arab tilida;
  • o‘zbek tilida;
  • ingliz tilida;
  • rus tilida;
  • tojik tilida;
  • turk tilida;
  • fransuz tilida;
  • ispan tilida.

Shu tariqa, siz islomiy adabiyotlarni o‘zingiz egallagan har qanday tilda o‘qiy olasiz. Nashrlar yordamida esa nafaqat aqidani yanada chuqur o‘rganishingiz, balki xorijiy tilni ham yaxshiroq o‘zlashtira boshlashingiz mumkin.

Kitobning formati

Nashrlar faqat mazmuniga ko‘ragina farqlanmaydi. Kitoblar har xil formatda bo‘lishi mumkin. Bu jihatiga ko‘ra kitoblar ikki toifaga ajratiladi:

  • Yumshoq muqovali – uning asosiy afzalliklari narxi pastroq hamda vazni yengilroq ekanidir. Bunday nashrlarni yoningizda olib safarga chiqish, ularni samolyotda, poyezdda, avtobusda o‘qish qulay. Ular ko‘pincha ixcham o‘lchamda bo‘ladi, shuning evaziga qo‘l yuklari orasida ko‘p joy olmaydi.
  • Qattiq muqovali – bunday jild nashrning xizmat muddatini uzaytiradi. Shuningdek, u chiroyli yasatilgan bo‘lishi mumkin; bu esa Qur’on yoki Bibliyani kutubxonangizning haqiqiy bezagiga aylantiradi. Lekin bunday format qimmatroqqa tushadi.

Asaxiy do‘konidan siz istalgan yo‘nalishdagi diniy adabiyot namunalarini topa olasiz. To‘lovning turli usullari mavjud – naqd pulda, naqd pulsiz, onlayn usulda, bank kartasi orqali. Mamlakat bo‘ylab yetkazib berish bir necha kun ichida amalga oshiriladi. Toshkentda esa tovarni buyurtma kunining o‘zidayoq qo‘lga olishingiz ham mumkin.

“Bu millatning kitob o‘qimasligi kimga kerak?” – 28 yashar nashriyot rahbari bilan suhbat

Kitob o‘qish – inson tafakkurining ozuqasidir. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ham o‘z nutqlarida bir necha ta’kidlagan.

“Kitob o‘qigan, o‘zini ustida ishlagan odamda qanot bo‘ladi. U befarq bo‘lmaydi. Uning kuchi bilimida bo‘ladi. Shuning uchun hech kimni pisand qilmaydi. “Kattalar”ga xushomad qilmaydi. Uning bilimi bor, ilmi bor. Mana nima uchun kitob o‘qinglar deymiz. Kitob o‘qisangiz savol berishni bilasiz”, degan edi davlat rahbari.

Prezident tomonidan kitob mutolasi muhimligi, yoshlar, rahbarlar orasida buni targ‘ib qilish lozimligi haqida ko‘p bora aytildi, aytilmoqda. Davlat rahbari tomonidan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning bittasi aynan kitobxonlikka qaratilgan bo‘lib, u yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Ammo, davlat rahbarining topshiriqlari, qabul qilinayotgan hujjatlar, otashli nutqlarning amaliy natijasi qanday? Amalda ham bu talablarga javob beradigan qonunlar ishlayaptimi?

Xabaringiz bor, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi normalari joriy yil 1 aprelidan boshlab kuchga kiradi. Unda kitob sanoati ijtimoiy jihatidan dolzarb va strategik soha bo‘lishiga qaramay, boshqa bizneslar qatori soliqqa tortilishi belgilanmoqda.

QALAMPIR.UZ mavzuning dolzarbligi bois ushbu masala yuzasidan tegishli mutaxassislar bilan intervyular tashkil qilishni boshladi.
Bu safargi suhbatdoshimiz “Davr press” nashriyot-matbaa uyi asoschilaridan biri Doniyorxon To‘raxonov bo‘ldi.

NOQONUNIY “KONTRAFAKT”CHILAR

— Ayni vaqtda mamlakatimizda kitob sanoati qay holatda?
— Prezident Shavkat Mirziyoyev e’tibor qaratgandan so‘ng, soha ikki qadam oldinga ketdi. Buni tan olish kerak, albatta. O‘zbek tilidagi badiiy-adabiy kitob bazasiga 100ga yaqin yangi kitoblar qo‘shildi. Odamlarda qandaydir uyg‘onish bo‘ldi. Odamlarda “Kitob turganda nega men bolalarimga mashina olib berishim, to‘yini qilib berishim, eng zo‘r kiyimlarni olib berishim kerak? Avvalo, ularga ilm berish kerak-ku”, degan fikr paydo bo‘ldi. Lekin, ishonch bilan ayta olamanki, natija Prezidentimiz xohlagan darajada emas.

Kitob sanoatida muammolar juda ko‘p. Qiynaydigan masalalardan biri – o‘zbek kitob bazasi. Tarixan olib qaraganda bizda kitob boyligi juda buyukdir. Afsuski, faqat o‘sha bazadan foydalanamiz. Yangi baza yo‘q. Tohir Malik, Abdulla Oripov kabi ko‘p yozuvchilar bilan gaplashganman. Hozirgi yosh yozuvchilar bilan gaplashganda so‘raymiz: “Qanday asar yozgansiz?”. Lotin Amerikasida bo‘lib o‘tgan voqea bo‘yicha detektiv asar yozganini aytadi. Gonorar va boshqa masalalarda kelishamiz. Muammo boshlanadi. Kitoblarni tarqatishdagi mexanizmlarda muammoga duch kelamiz. Kitobxon ko‘p bo‘lsa, kitob sotib foyda olasiz. Foydani yozuvchi va nashriyot ko‘radi, odatda. Nashriyot tushgan mablag‘ga yangi loyihalarni amalga oshiradi. Siz bozorga yangi kitob chiqarsangiz, ba’zi gaplar quloqqa chalinishni boshlaydi: “falonchi joyda o‘sha kitobni arzonroq narxda ko‘rdik”.

Har bir kitobni bosib chiqarishda o‘z standartlari bo‘ladi. Shu bo‘yicha chiqarsangiz, o‘ziga yarasha mablag‘ talab qiladi. Bu kitob narxiga ta’sir qiladi. Ba’zi noqonuniy faoliyat yurituvchi “kontrafaktchi”lar o‘g‘rincha kitobni bosib chiqarmoqda. Tabiiyki, xarajat qilmagani uchun bu ularga arzonga tushmoqda va kitoblari ham arzon sotilmoqda.

MUALLIFLIK HUQUQINING HIMOYASIZLIGI

Kitob sanoati tadbirkori Doniyorxon To‘raxonov kitob savdosida intellektual mulk himoyasi talab darajasida emasligini aytmoqda.

— Kontrafakt holatlarga duch kelsak, bu haqda tegishli huquqni muxofaza qiluvchi organlarga murojaat qilamiz. Ular ma’lum muddatda ko‘rib chiqib, qonuniy javob berishini aytishadi. Bu chuqur ma’noli gap – “qonuniy ko‘rib chiqamiz”. So‘ngra, qonunbuzarlik isbotlanmagani aytiladi. Chunki, qonunchilikda bu masalada aniq mexanizm ishlab chiqilmagan.

Nashriyotlarni haq-huquqini himoya qiladigan platforma shakllanmagan. Agar birorta bosmaxonada qalbaki pul bosilayotgani aniqlansa, darrovda chorasi ko‘riladi. Intellektual mulk bo‘yicha kitob bosuvchilar huquqi buzilsa, bunga jiddiy e’tibor berilmaydi. Achinarli holat. Mutasaddilar shikoyatingizni chiroyli qilib qaytarib yuborishadi. Bitta murojaatimiz bilan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti shug‘ullanyapti. Rahmat ularga. Biz hamma ma’lumotni o‘zimiz taqdim etyapmiz. 1,7 milliard so‘mlik loyihadan 1,2 milliard so‘m zarar ko‘rganmiz.

NASHRIYOTLARNING ASL HOLATI

— Mamlakatda nashriyotlar holati qanday?
— Masalan, Tojikistondan oldindamiz. Ular Turkiyadan nashr qilib olib kelishadi. Qirg‘izistonda esa hamma nashriyotlar bankrot holatida, chunki Xitoydan arzon narxda kitoblar kirib kelmoqda. Rossiyada 2008 yilda 3-4 ming atrofida kitob do‘kon bo‘lgan. Ruslar juda katta kitob bazasiga ega. Agar ularning kitoblarini bir yo‘lakka tersak, 100 kilometrdan ortadi. Bu Ginness rekordlar kitobida qayd etilgan. Lekin soha 2016 yildan boshlab Rossiyada uch marta qisqargan. Sabab: soliqlar, kitob sanoatiga bo‘lgan imtiyozlar yo‘q qilinishi, yuqoridagi “kontrafaktchi”lar. O‘tgan yil hisobiga ruslar 55 milliard rubl zarar ko‘rgan. Hozirgi vaqtda Rossiya hukumati qat’iy choralar ko‘rmoqda. Kitob do‘konlari uchun ajratilgan yerlarga soliq imtiyozlari, ijara haqiga imtiyozlar berilgan. Bu Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan alohida ta’kidlandi. Odamlar yig‘iladigan ijtimoiy hududlarda kitob do‘koni bo‘lishi shart qilib belgilandi.

Agar dorixonalar ko‘p bo‘lsa, kasallar ko‘p bo‘ladi. Agar kitob do‘kon ko‘p bo‘lsa, kitobxonlar soni ortadi. Olam shunday mexanizm bilan yaratilgan. Odam kitob o‘qisa, ruhiyati shakllanadi. Kitob miyadagi ishlamagan to‘qimalarni ishlatadi. Bitta kitobni o‘qib ma’nan ozuqa olsa, u odam olimga teng. Chunki, u endi to‘xtamaydi.

Bizda nashriyotlar yangi kitob nashr qilishga qo‘rqadi. Bitta muallif kitobi turli nashriyotlarda turlicha ko‘rinishda chiqadi. Aytaylik, bitta kitobni tarjima qildingiz va u uchun mutasaddi vazirlikdan ruxsat olishingizning o‘zi alohida muammo. “Asaxiy.uz” elektron savdo do‘koni bor. Shu yigitlarga rahmat. “1984” nomli kitobni tarjima qilishdi, bosib chiqarishdi. Kitob bazasi bitta kitobga boyidi. O‘ylaymanki, hamma nashriyotlar shunday harakat qilsa, 3 yilda o‘zbek kitob bazasi 2 mingdan ortadi.

QQSNI YARATGANLARDA HAM KITOBGA SOLIQ YO‘Q

— Yangi Soliq kodeksida kitob sanoatiga imtiyoz berilmagan. 1 apreldan bu joriy qilinadi. Bu soliq tartibi tufayli bizni kelajakda nimalar kutmoqda?

— Jahon tajribasidan andoza olayotganimiz bizni xursand qiladi, albatta. Lekin achinarli tomoni, o‘sha QQS tizimi bilan ishlaydigan va shu tizimni yaratgan davlatlarda ham kitob sanoatiga soliq yo‘q. Kitob savdosi, ya’ni kitob do‘koni, bosmaxonalar, nashriyotlar ishlashi – bu ijtimoiy soha. Bunday davlatlarda, aksincha, kitob savdosi milliy madaniyat darajasiga olib chiqilgan. Chunki bu jamiyatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri onggiga ta’sir qiladigan soha.

Kitob savdosida taalluqli hamma soliqlarni olib tashlash kerak. Hattoki, aynan kitob ishlab chiqarish uchun zarur xomashyolarga ham imtiyozlar belgilanishi kerak. Kitob bozorini prognoz qiladigan bo‘lsak, kitob narxlari oshadi. Agar bizga aqlli jamiyat kerak bo‘lsa, bu qilayotgan ishimiz o‘z maqsadimizga zid. Bu o‘zi biznesdir balki, lekin mohiyati ijtimoiy soha hisoblanadi.

QQS qo‘yilganidan so‘ng, ko‘pchilik noqonuniy kitob bosishga o‘tib ketishi mumkin. Chunki, bitta kitob bosuvchi uskunada qancha kitob bosayotganini hisoblab chiqishning iloji yo‘q-ku. Bu sohaga soliq bo‘yicha imtiyoz berilishi uchun mexanizm ishlab chiqilishi kerak. Bu esa qo‘shimcha ish. Osongina soliq solib qo‘ya qolishgan. Prezidentimiz amalga oshirayotgan islohotlarni ayrim joylardagi amaldorlar orqaga tortyapti.

Tahririyat: Ma’lumot o‘rnida, Shavkat Mirziyoyev kitob mavzusiga ko‘p bora to‘xtalgan va yaratilgan sharoitlar talab darajasida emasligini aytib tanqid qilgan.

Shu holatlarni hisobga olib, Prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddi vazirlik va uyushmalarga “Kitob karvoni” loyihasi doirasida badiiy, ma’rifiy, ijtimoiy mavzularda kitoblar chop etish hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarga 1 million nusxadan kam bo‘lmagan miqdorda yetkazib berish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Shundan so‘ng, davlatning yuqori mulozimlari orasida #kitobchallenge boshlandi. Bosh vazirdan tortib, agentlik rahbarlari, bo‘lim boshliqlarigacha o‘zi o‘qigan maktabga borib, kutubxonaga kitob taqdim etish boshlandi. Ammo, bu ham uzoqqa bormadi.

Kitob tarqatish, kitobxonlikni targ‘ib qilish ijobiy holatdir. Biroq, kitobning soni kam bo‘lsa va narxi baland bo‘lsa, qanday qilib odamlar, yoshlar kitobxonligini oshirishda maqtana olamiz? Kitob savdosiga kuchli jamiyatga ega, rivojlangan davlatlarda ham soliq imtiyozlari berilgan vaqtda, nega biz Yangi O‘zbekiston davrida aholi ongiga bolta urishimiz kerak?