Press "Enter" to skip to content

Kimgadir kitob sovg‘a qilganmisiz yoki olganmisiz? Ruh, aql uchun darmon bo‘ladigan asarlarni atrofdagilarga ulashishdan charchamaydigan kitobxonlar

“Mutolaa insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi, chunki odam qancha ko‘p bilsa, o‘zini shuncha hurmat qila boshlaydi”, — deb hisoblovchi Madina, ayniqsa uy bekasi sifatida dunyoqarashining torayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ham bugun kitobning o‘rni yanayam muhimligini ta’kidlaydi. Oila, turmushdagi munosabatlarda unga psixologik kitoblar yaxshigina asqatadi.

Qur’oni Karimni yodlash yo‘lidagi qirqta qoida va ko‘rsatmalar

Qur’on yodlash fazilatlari kitobida Qur’oni Karimni yodlashda foyda beradigan 40 qoida va ko‘rsatmalar bayon qilingan. Bu o‘z navbatida Qur’on yod olmoqchi bo‘lgan kishiga ajoyib yo‘llanma bo‘ladi, albatta. Ular ikki qismdan iborat:

Birinchi qism: Qur’oni Karimni va barcha ilmlarni yodlash uchun mutlaq, umumiy, asosiy qoida va shartlar. U oltita qoidani o‘z ichiga oladi:

1. Iltijo.
2. Ixlos.
3. Taqvo.
4. Allohdan qo‘rqish.
5. Allohning Kitobiga amal qilish.
6. Besh vaqt namozga rioya qilish.

Ikkinchi qism: Qur’oni Karimni yodlashga xos bo‘lgan qoida va usullar. Bu qism qolgan o‘ttiz to‘rt qoidani o‘z ichiga oladi. Bu o‘ttiz to‘rtta qoidaning ichida qilinishi lozim bo‘lgan rukn va vojibotlar ham, qo‘shimcha qilinsa, yaxshi bo‘lgan yordamchi vazifalar ham bor.

Qirqta qoida va ko‘rsatmalar quyidagilardan iborat:

Tahajjud paytida Alloh azza va jallaga iltijo qilib yolvorish.
Hifz amaliyotiga xos daftar tutish.
Himmat va g‘ayratni qo‘zg‘atish.
Mohir ustozni tanlab, Qur’onni undan og‘izma-og‘iz o‘rganish va Mushafning o‘zi bilangina cheklanmaslik.
Yodlash uchun munosib joy tanlash.
Amalni Alloh taolo uchun xolis qilish.
Ustozga ham, Mushafga ham birdek odob va ehtiromda bo‘lish.
Qur’oni Karimni unutganga va’da qilingan qattiq va’idlarni his qilish.
Qur’onni yodlagandan keyin unutish gunohi kabiralardandir, deb e’tiqod qilish.
Xato qilgan o‘rinlarni belgilab qo‘yish.
Yodlash uchun eng afzal yosh 5 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan davr.
Bitta nusxadagi Mushaf bilan cheklanish.
Har yili tarovih namozida xatm qilishni va (kundalik) namozlarda o‘qishni lozim tutish.
Kundalik vazifani tayyorlash.
Kundalik takrorni yo‘lga qo‘yish.
Bir-biriga o‘xshash oyatlarni jamlash.
Xatoni yuz marta takrorlash bilan tuzatish.
Yodlash amaliyotidagi atamalar bilan tanishish.
Yodlash uchun munosib vaqtni tanlab, o‘zgarmas, sobit vaqtni qayd qilib olish.
Taqvo qilish va ma’siyatlardan chetlanish.
Takror yodlashning asosidir. Qanchalik ko‘p takrorlansa, shunchalik ko‘proq mustahkamlanadi.
Nafl namozlarda yoddan o‘qish. Nafl namoz va tarovih namozlarida Mushafga qarab o‘qish joiz emasligiga e’tiqod qilish.
Vaqtni tartibga solish.
O‘tirish holati.
Qur’onni yodlayotgan vaqtda ovozni ko‘tarib, jahriy qiroat qilish.
Tartibli silsila va garchi oz bo‘lsa-da, uzmasdan, davomiy tayyorlab borish.
Kundalik yangi darsni belgilangan uslub bilan Fotiha surasi kabi mustahkam yodlash.
Maxfiy va oshkor holda ham Alloh taolodan qo‘rqish.
Qur’on yodlash duosini esdan chiqarmay, takrorlab turish.
Aniqlab olingan xato o‘rinlarda umr davomida yana xato qilish eshigini yopish.
Kunning kamida sakkiz soatini yod olishga sarflash.
Hayz ko‘rgan ayol muroja’ani eshitish, ko‘rish va qalbdan o‘tkazish vositasi ila bajarishi.
Yod olish jarayonida ustozni almashtirmaslik.
Alloh taoloning Kitobiga amal qilish.
Qur’on juda oson, ayni paytda tez qochib ketuvchi dir.
Har kecha Baqara surasining o‘nta oyatini qiroat qilish.
Kunduzgi virdlarni tunda tahajjudda o‘qish.
Besh vaqt farz namozlarni birinchi takbirga yetishish bilan masjidda jamoat bilan o‘qishni tark qilmaslik.
Kunlik shaxsiy tilovat virdida bardavom bo‘lish.
Yodlash amaliyotida va ovozni go‘zallashtirishda yordam beradigan ne’matlarni iste’mol qilish.

Jaloliddin hoji domla HAMROQULOV

Manba: azon.uz

Kimgadir kitob sovg‘a qilganmisiz yoki olganmisiz? Ruh, aql uchun darmon bo‘ladigan asarlarni atrofdagilarga ulashishdan charchamaydigan kitobxonlar

Kitobxon har xil bo‘ladi: kimdir faqat o‘zi o‘qishni ma’qul topsa, boshqasi atrofidagilarga ham kitob, taassurot ulashib, mutolaa qilishni xush ko‘radi. Dunyoda ikkinchi toifa ko‘payishi, bir-biriga kitob sovg‘a qiladiganlar soni oshishi uchun har yilning 14-fevral sanasida Xalqaro kitob ulashish kuni nishonlanadi. “Daryo” bayram bahona kitobga sarflangan mablag‘ emas, uni o‘qimaslik qimmatga tushishiga ishonchi komil bo‘lgan turli yoshdagi kasb egalarining bu boradagi fikriga qiziqdi.

Lola Rahmonboyeva, 42 yosh

Turizm va sport vaziri maslahatchisi, matbuot kotibi

Foto: Lola Rahmonboyevaning shaxsiy arxividan

Bugun o‘qish uchun barcha sharoitlar mavjud ekaniga qaramay, mutolaaga qiziquvchilar tobora kamayib borayotgani, kitobning avvalgidek qadri yo‘qligidan taajjubini yashirolmagan Lola Rahmonboyeva talabalik yillari (1997—2003-yillari) Sharqshunoslik instituti (hozirgi universitet)ning kutubxonasida kitobga navbat kutib, soatlab adabiyot o‘qigan damlarini eslaydi.

Inson hayotida hech kimni ko‘rgisi, eshitgisi kelmaydigan damlar bo‘ladi. Ana shunaqa paytlarda kitobdan taskin topadi, deydi u. Qahramonimiz adabiyotlarni gadjetdan dam olish maqsadida o‘qishi, bosma kitob esa asosiy tanlovi ekaniga urg‘u beradi.

U oxirgi marta farzandlariga tuhfa sifatida “Garri Potter” turkum kitoblarini sotib olgan. Tug‘ilgan kunida esa dugonasi unga inson fiziologiyasi va psixologiyasini o‘rganish mavzusiga bag‘ishlangan kitob, Milliy Mass-media fondi esa “Allamjonov aybdor” nomli kitob ulashgan.

“Oxirgi marta Moskvadagi ‘Biblioglobus’ kutubxonasidan 200 dollardan ortiq pulga PR, marketing, biznes, gender, motivatsion mavzulardagi kitoblarni xarid qildim. Insonga motivatsiya beruvchi, uning salohiyatini namoyon qilishga turtki bo‘luvchi kitoblarni sovg‘a qilishni, shu bilan birga, badiiy kitoblarni ham mutolaa qilishni tavsiya etaman, faqat ularni tanlashda insonning qaysi janrni ko‘proq xush ko‘rishini inobatga olish kerak”, — deydi u.

Mutolaaga ko‘proq vaqt ajratishni xohlashi, lekin bo‘sh vaqti kamligi sabab kechqurun yoki safar chog‘i yo‘l davomida kitob o‘qishga harakat qilishini aytgan Rahmonboyeva oxirgi o‘qigan kitoblaridan “Qirolichaning yurishi” (Uolter Tevis), “Shikoyatsiz dunyo” (Uill Bouen), “Sam sebe brend” (Garri Bekvit), “Qumdagi ayol” (Kobo Abe), “Menga dengiz haqida so‘zlab ber” (Elchin Safarli)ni tavsiya etadi.

Dinara Dultayeva

Dinara&Co. nashriyoti asoschisi

Foto: Dinara Dultayevaning shaxsiy arxividan

“Bolaligimga nazar tashlasam, kunlarim kitobsiz o‘tmagan ekan. Hozirda badiiy kitob bilan bir qatorda biznes haqidagi kitobni ham o‘qib boraman. Bu jarayon men uchun ham meditatsiya, ham xayollarni jamlash, o‘z ustimda ishlashning eng yaxshi usuli, qolaversa, ma’naviy ozuqa beruvchi jarayon. Odam ovqatlandimmi, deb savol berish bilan birga bugun miyamni oziqlantirdimmi, deb ham o‘ylab ko‘rishi kerak” , — deya Dinara Dultayeva rivojlanishi tezlashib ketgan dunyoda o‘tirib kitob o‘qishga nisbatan hashamat deb ta’rif beradi.

So‘nggi marta Yangi yil arafasida kitob ulashgan suhbatdoshimiz bir vaqtlar kitob do‘konlaridan qanday kitoblar borligini ro‘yxatini olib, xodimlarga bittadan kitob tanlash imkoniyatini bergani va sovg‘a qilganini aytadi.

“Har oyligidan kitob olib, kutubxonasini boyitadigan dugonalarim bor. Fikrimcha, bu juda yaxshi sarmoya”, — deydi u. Dinara sovg‘a qilishda uyalib o‘tirmasdan eng yaxshi ko‘rgan kitob va muallif haqida so‘rashning yomon tarafi yo‘q, degan fikrda.

Uning aytishicha, kitob do‘konlaridan sovg‘a sertifikatlarini olib berish ham yaxshi usul. Kimningdir taqdirini o‘zgartirib yuborishi mumkinligi sabab ham kitob eng yaxshi sovg‘adir.

“O‘z nashriyotimizning kitoblarini, xususan, ‘10 reasons to visit Uzbekistan’ va ‘Ipak imperiyasi’ nomli kitoblarni doimiy ravishda sovg‘a qilib turamiz”, — deydi Dinara.

Qiziqishidan kelib chiqib tanlov qilish kerakligini ta’kidlaydigan Dultayeva me’mor do‘stiga amerikalik antiutopiya asarlari bilan tanilgan Ayn Rendning “Manba” degan kitobini sovg‘a qilganini eslaydi.

“Kitobdan pul ayamayman. Masalan, xorijga borganda 600-1000 dollargacha pul sarflab, O‘zbekistonga olib kelish uchun kitoblar sotib olishim mumkin. Badiiy adabiyotlar uchun o‘rtacha 200 mingdan 400 minggacha, juda o‘ziga xos bo‘lsa, 50 dollar sarflashim mumkin”, — deb ma’lum qilgan Dinara “10 reasons to visit Uzbekistan”ni o‘qib ko‘rishni tavsiya qiladi.

Ma’lumot uchun: Markazi Britaniyada joylashgan Global English Editing kompaniyasi 2021-yilda aholisi eng ko‘p kitob o‘qigan mamlakatlar bo‘yicha ro‘yxat e’lon qilgan. Unga ko‘ra, aholisi mutolaaga hafta davomida 10 soat-u 42 daqiqa ajratadigan Hindiston reytingda yetakchi deb topilgan. Kitob o‘qishga eng ko‘p vaqt sarflanadigan 10 ta o‘lkaning oltitasi Osiyo, to‘rttasi esa Yevropa mamlakatlari ekani aniqlangan. Reytingda O‘zbekiston nomi uchramaydi. Natijalarga ko‘ra, bosma kitoblarga bo‘lgan talab audio va elektron variantlarga nisbatan ko‘proq ekani, dunyo aholisining 35 foizi koronavirus tufayli ko‘proq kitob mutolaaga sho‘ng‘igani oydinlashgan.

Hojiakbar Hamidov, 25 yosh

Yashnobod tuman tez tibbiy yordam bo‘limining chaqiruv shifokori, Toshkent tibbiyot akademiyasining onkologiya kafedrasi magistranti

Foto: Hojiakbar Hamidovning shaxsiy arxividan

Kasbi shifokor bo‘lgan Hojiakbar Hamidov tibbiyotga oid kitoblarni ko‘p o‘qiydi. Savollariga javobni asosan shulardan izlaydi.

Hojiakbar so‘nggi marta 2021-yili hamkasbiga asli Mixail Bulgakovning hayoti asosida yozilgan “Yosh shifokorning qaydi” (Zapis yunogo vracha) nomli kitobini sovg‘a qilganini aytadi. So‘nggi marta o‘tgan yili tavallud kunida Uinston Cherchillning 3 tomli “Ikkinchi Jahon urushi” (The Second World War) kitoblarini sovg‘a sifatida qabul qilgan suhbatdoshimiz bilim chirog‘i hisoblangan kitobning tuhfa etilishidan doim mamnunligini yashirmaydi.

“Kitob sotib olishga sarflanadigan muayyan summani ayta olmayman, negaki ushbu mablag‘ insonning o‘zi uchun sarmoya, sarmoya esa qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha foyda keltiradi”, — deya shifokor do‘stimiz eng avval o‘zbek klassik asarlari, jahon adabiyoti va avtobiografik kitoblarni ulashishni tavsiya qiladi.

Madina Nigmatullayeva, 23 yosh

Teleboshlovchi, aktrisa, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti talabasi va uy bekasi

Foto: Madina Nigmatullayevaning shaxsiy arxividan

“Mutolaa insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi, chunki odam qancha ko‘p bilsa, o‘zini shuncha hurmat qila boshlaydi”, — deb hisoblovchi Madina, ayniqsa uy bekasi sifatida dunyoqarashining torayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ham bugun kitobning o‘rni yanayam muhimligini ta’kidlaydi. Oila, turmushdagi munosabatlarda unga psixologik kitoblar yaxshigina asqatadi.

So‘nggi marta singlisi va qaynsinglisi uchun “Mahzun bo‘lma”, “Boy ota, kambag‘al ota” kitoblarini sotib olgan Madinaga Instagram’da blogi borligi uchun ham tez-tez kitob do‘konlaridan turli adabiyotlar sovg‘a sifatida kelib turadi. Tesla asoschisi Ilon Maskning onasi May Maskning tarjimayi holi, “Yaxshi rafiqa”, “Islomda oila” kabi adabiyotlar sovg‘a qilinganini yashirmaydi.

“Farzandlarga ko‘proq kitob o‘qish o‘rgatilsa, kitob ulashsak va sovg‘aga olganda quvonsak, nomiga emas, astoydil o‘qisak, jamiyat rivojlanadi. Ammo, afsuski, kitobga hurmat emas, aksincha nafrat yoki tushunmaslik bilan qaraydiganlar hali ham bor, bilishmaydiki, vaqt o‘tib birgina kitob o‘qigan inson yuzlab odamlarni boshqarishi mumkin”. — deydi u.

Madina miyaga sarmoya bo‘lgani, yillar o‘tib meva berishiga ishongani uchun ham o‘zi uchun qiziq bo‘lgan kitoblardan pul ayamasligi, yaqin orada 2 ta kitobni 400 ming so‘mdan ko‘proqqa xarid qilganini qo‘shimcha qiladi.

Ulashish uchun qanday kitoblarni tavsiya qilasiz, degan savolga u bugungi kunda mo‘may daromad keltiradigan sohalar hisoblangani sabab ham biznes, SMM, psixologiya, IT bilan bog‘liq adabiyotlarni olish kerak, ular kelajak uchun yordam, deb javob berdi.

Shohida Eshonboboyeva, 48 yosh

San’atshunos-jurnalist, kinoshunos, “O‘zbekiston” ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy jurnali bosh muharriri

Foto: Shohida Eshonboboyevaning shaxsiy arxividan

Bosma kitoblarni bolalik va yoshlik damlarni eslatishi, unutilayozgan hislarni uyg‘otishi bilan qadrli, deb hisoblovchi Shohida Eshonboboyeva kutubxonalarda topilmaydigan, xorijiy, yetishish mushkul kitoblarni elektron variantda o‘qish mumkinligi, audio variantlarni esa istagan vaqtda eshitish afzalligiga urg‘u beradi.

Bosma kitoblarni esa agar haqiqatan imkon bo‘lsa, tinch, shoshmasdan o‘qilsa, kishiga xotirjamlik hadya etishini qo‘shimcha qiladi.

“Oxirgi marta o‘tgan yili rahmatli onamga Alixonto‘ra Sog‘uniyning ‘Tarixi Muhammadiy’ asarini sovg‘a qilgandim. O‘qib chiqishga ulgurmadilar… Menga ham kitob sovg‘a qilib turishadi. Bu ko‘pincha ilm ahlining yangi nashrdan chiqqan kitobi bo‘ladi”.

Bolaligida kitob eng yaxshi sovg‘a, deb biladigan Shohida Eshonboboyeva o‘z vaqtida kerakli kitob uchun bir necha bor maoshidan bo‘lib-bo‘lib to‘laganini yaxshi eslaydi.

“Sharqshunos V.V.Bartoldning kitobi edi. Hozir internetdan ayrim bebaho kitoblarni bepul ko‘chirib olish mumkinligi mo‘jiza”.

Kinoshunos psixologik, oxirgi yillarda og‘izga tushgan mashhur yozuvchilarning kitoblarini o‘qishni istashiga qaramay, boshqalarga mumtoz badiiy asarlarni tavsiya qiladi. Uning fikricha, xalq og‘zaki ijodidan tortib Alisher Navoiy, Bobur, Fuzuliy, Bedil, Sa’diy va Hofiz Sheroziy, XX asrning o‘zbek va boshqa xalqlar yozuvchilarining ijod namunalari, jahon adabiyotidan Gyote, Gyugo, Tolstoy, Dostoyevskiy, Drayzer, Remark asarlari — hozirgi kunda ularni o‘qishga vaqt topgan, sabr va qunt qilganlardan baxtliroq inson yo‘q.

Isfandiyor Burgutboyev, 25 yosh

Jurnalist, Turkiyaning Anadolu universiteti magistranti

Foto: Isfandiyor Burgutboyevning shaxsiy arxividan

Ko‘pchilik kitob haqiqatan inson hayotining muhim qismi ekaniga ishonishini ta’kidlaydigan Isfandiyor mutolaa qilishni ruhiy ehtiyojni qondirish bilan taqqoslaydi.

“Masalan, tishingiz og‘riganda shifokorga borganingizdek, ruhingizdagi ba’zi bo‘shliqlarni ham kitob bilan to‘ldira olishingiz mumkin. Men uchun ham mutolaa doimiy terapiyadir. Shu bois oyiga eng kamida 3 ta kitob o‘qishga harakat qilaman”, — deydi u.

Bosma adabiyotmi yoki elektron, degan savolga avvalroq birinchisi deb javob berishi mumkinligini aytgan suhbatdoshimiz bugun ikkisiga ham moslashganini qo‘shimcha qiladi.

Shu yil boshida onasiga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ijtimoiy odoblar” va “Mo‘minning umr safari” kitoblarini sovg‘a qilgan talaba o‘tgan yili qarindoshidan Qur’oni Karimning O‘zbekistonda chop etilgan va juda chiroyli ishlangan nusxasini hadya sifatida olgani, ammo yaqin vaqt ichida kimdandir sovg‘a tariqasida kitob olmagani va bu xafa bo‘lishga arzigulik ekanini aytib, kuyunadi.

Suhbatdoshimiz insonlarning bir-biriga kitob sovg‘a qilishi ortida, aslida, ma’rifat yotishi, lekin ana shu kitob ochilmasa va o‘qilmasa, uning foydalilik darajasi kamayishiga ishonchi komil ekanini bildiradi: “Birortasiga kitob sovg‘a qilsangiz, bir haftadan keyin albatta o‘sha kitobni o‘qidingmi, deb so‘rashni odat qiling va o‘qiting”.

Shu yil yanvarida kitoblarga 300 ming sarflagan. Bundan hayratlangan sotuvchi boshqa bir adabiyotni unga sovg‘a tariqasida bergan.

“R.Kiyosakining ‘Boy ota, kambag‘al ota’, Said Ahmadning ‘Jimjitlik’ romani, Jose Vaskonselosning ‘Azizim po‘rtaxol’i va Omina Shenliko‘g‘lining ‘Imomning maneken qizi’ romanlarini tavsiya qilaman”, — deb fikrlariga yakun yasaydi u.

Munavvar Erkinova, 15 yosh

Olmazor tumanidagi 243-maktabning 10-sinf o‘quvchisi

Foto: Munavvar Erkinovaning shaxsiy arxividan

Kitob barcha yosh toifasi uchun eng a’lo tuhfa, deb hisoblovchi Munavvar ham Madina singari bosma kitoblar tarafdori. U so‘nggi bor buvisiga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Baxtiyor oila”, dugonasiga esa Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” kitobini sovg‘a qilgan.

Shuningdek, o‘tgan hafta kitobsevar dugonasidan “Alfido” (Onur Qoplon) asarini, dushanba kuni ustozidan “Otamdan qolgan dalalar”ni (Tog‘ay Murod), sinfdoshidan esa “Olim yetishtirgan onalar”ni (Murat Tosun) tuhfa sifatida qabul qilgan.

Sovg‘a qilishda odamning dunyoqarashi va istaklarini inobatga olish kerakligini ma’qullaydigan Munavvar endigina kitobxonlar safiga qo‘shilayotgan odamga u uchun zerikarli mavzudagi kitob sovg‘a qilinsa, uni o‘qimay tashlab qo‘yishi hech gap emas, degan fikrda.

“Ayniqsa, tug‘ilgan kunimda kitob berishlarini yaxshi ko‘raman. Kimgadir sovg‘a berish fikrida bo‘lsam, albatta, kitob sotib olaman. Uni xarid qilish uchun uzog‘i yuz ming so‘mgacha, asosan 30-40 ming so‘m sarflayman. Boshqalarga Robert Kiyosakining ‘Boy ota, kambag‘al ota’, Masaru Ibukaning ‘Uchdan keyin kech’ va Stiven Kovining ‘Muvaffaqiyatli insonlarning yetti ko‘nikmasi’ kitoblarini tavsiya qilaman”, — deydi u.

  • “Biznes trenerlarga quloq solishdan ko‘ra ko‘proq o‘qib-o‘rganish kerak”. Sevimli kasbini mustaqil o‘rgangan yoshlar bilan “Xalqaro ta’lim” kunida suhbat
  • “Ijodda vijdonimdan boshqaning oldida hisobdor emasman”. Ijod va ilhom kunida o‘zbekistonlik yosh ijodkorlar bilan suhbat
  • “Sendagi ustun jihatdan manfaati yo‘lida foydalanish do‘stlik emas, shunchaki hamkorlikdir”. Xalqaro do‘stlar kunida do‘stlik haqida suhbatlashamiz

Sovg’alar to’plami Qur’on qalam san’ati 03

Sovg’alar to’plami Qur’on qalam To’plamga arab tilidagi “Qur’on” kitobi, o’qish uchun elektron qalam, musulmon kitoblari – 5 dona kiritilgan. Sovg’alarni o’rashga ishonganlar uchun asl sovg’alar to’plami yaqin kishiga ajoyib va ​​foydali sovg’a bo’ladi. Biz sizning e’tiboringizga har qanday tadbir uchun sovg’a to’plamlari va esdalik sovg’alarining keng turlarini taqdim etamiz. Bu erda siz musulmon dindorlar uchun original va unutilmas sovg’alar to’plamlarini tanlashingiz mumkin. Barcha to’plamlar va individual esdalik sovg’alari sovg’a qutilariga qadoqlangan. Yetkazib berish bepul. O’zingiz ko’rib turganingizdek, biz mijozlarimizga tovarlarni sotib olish uchun eng qulay shart-sharoitlarni taklif etamiz. Bir martalik buyurtma berasizmi yoki doimiy mijozlarimizdan biriga aylanasizmi – biz bilan hamkorlik sizni hech qachon xafa qilmaydi! Bizda juda yaxshi xizmat mavjud – bizning maslahatchilarimiz menejerlari sizga tovar va ularning narxi to’g’risida to’liq ma’lumot beradi!