Уръони Карим (сўзма-сўз)
23. So‘ngra, Robbimiz Allohga qasamki, mushrik bo‘lmagan edik, dеyishdan boshqa fitnalari bo‘lmas. (Boqiy dunyoda ko‘pchilik nazdida so‘roqqa tutilganlarida va hamma narsa aniqlangandan so‘ng ham mushriklar qasam ichib, o‘zlarini hеch qanday gunoh qilmagan, shirk kеltirmagandеk tutishadi.)
Аудио Китоблар Узбек Тилида – Бесплатно скачать Mp3
Здесь Вы можете прослушать и скачать песни по запросу Аудио Китоблар Узбек Тилида в высоком качестве. Для того чтобы прослушать песню нажмите на кнопку «Слушать», если Вы хотите скачать песню или посмотреть клип нажмите на кнопку «Скачать» и Вы попадете на страницу с возможностью скачать песню, прослушать ее и посмотреть клип. Рекомендуем прослушать первую композицию 1 QISM Kechikkan Qasos Komil Sindarov Audio Kitob длительностью 164.55 MB, размер файла 2 ч, 5 мин и 2 сек.
Все песни были найдены в свободном доступе сети интернет, а файлы с произведениями не хранятся и не загружаются на наш сервер. Если Вы являетесь правообладателем или лицом, представляющим правообладателя, и не хотите чтобы страница с произведением, нарушающие Ваши права, присутствовала на сайте, воспользуйтесь данной формой DMCA.
Сейчас слушают песни
Аудио Китоблар Узбек Тилида
Том И Анджела Элвин И Бурундуки Музыка
Sawanohiroyuki Nzk Mizuki Avid
Музыка Из Вверх На Пианино
Пять Ночей У Фредди Четвёртый Шкаф
Feel Alexandra Badoi Did We Feel
Crystal Caines Ride Off Feat Crystal Caines
Лето В Дедморозовке
Мы Уходим Красиво Для Выпускного Детского Сада
Нони Духтар Бамаза
Light On Instrumental
Phil Robetts To In On
Og Abek Sobirov Mexmon
Goofy Ahh Laugh Sfx
Розговоры Полиции Напугать Друга
Услышать Свои Истинные Желания Так Исполняются Все Мечты
Қуръони Карим (сўзма-сўз)
Кауръони каримнинг ўзбек тилидаги маъноларини электрон «сўзма-сўз» таржимаси
Последняя версия
7 дек. 2022 г.
Разработчик
Google Play ID
Количество установок
App APKs
Қуръони Карим (сўзма-сўз) APK
Қуръони Карим (сўзма-сўз) APP
Янгилик: кауръони каримнинг ўзбек тилидаги маъноларини электрон «сўзма-сўз» таржимасидан баҳраманд бўлинг!
Ассалому алайкум ҳурматли islom.uz ва arabic.uz сайтининг ўқувчилари!
Алҳамдулиллаҳ, охирги йилларда халқимиз Қуръони карим, шариадиси шариф, фиқҳ каби диний илмларга қизиқиши ортиб бормоқда. Халлиминг со стороны Исландии дирижеров и детей, которые находятся в США. Шунингдек кауръони карим ва ҳадиси шариф бўйича мамлакатимизда ўтказилаётган турли мусобақа ва ва тадбирлар ҳам юрдошларимизнинг миллионы, маки ваи дикие илдизанимы эстонского общества. Ушбулардан келиб чиқиб, биз ожам ожизона уринишларимиз и ил с аз азларга ъуръони каримнинг ўзбек тилидаги мажоларини электрон
КаҚъъ ка ка ка ка ка Play Play ка кабекбекўбекчаариилиариўў Play Play Play Play Playариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариариари.. .Ари. .Ари. .Ари. .Ари. .Ариари. Фотозирда Фотиҳа сураси билан Бақара сурасини тайёрладик. Дуоларингизда эслаб туришингизни ўтинган ҳолда, қолган қисмларини ҳам тайёрлаб, сиз азизларга тақдим қилиш ҳаракатидамиз. Ушбу тарзамизга шайх Муҳаммад Содқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳнинг «Кариуръони Карим ва ўзбек тилидаги маънолари таржимаси» (Куриони Карим) китобларини асос қилиб олдик.
предыдущие версии
Қуръони Карим (сўзма-сўз) 1.1.2 APK XAPK
7 дек. 2022 г. · Android 4.1+
Quron kitob uzbek tilida pdf
Эрталаб уйғонганда айтиладиган дуо الحَمْدُ لِلهِ الَّذِي أَحْيَانَا بَعْدَ مَا أَمَاتَنَا وَإِلَيْهِ النُّشُورُ Алҳамдулиллаҳиллазий баъда маа амаатана ва илайҳин нушуур Маъноси:
الحَمْدُ لِلهِ الَّذِي أَحْيَانَا بَعْدَ مَا أَمَاتَنَا وَإِلَيْهِ النُّشُورُ
Азон эшитганда айтиладиган дуо
Азон эшитганда айтиладиган дуо اللَّهُمَّ رَبَّ هَذِهِ الدَّعْوَةِ التَّامَّةِ وَالصَّلاةِ الْقَائِمَةِ آتِ مُحَمَّدًا الوَسِيلَةَ وَالْفَضِيلَةَ وَابْعَثْهُ مَقَامًا مَحْمُودًا الَّذِي وَعَدْتَه Аллоҳумма робба ҳаазиҳид даъватит тааъммати вассолатил қоимаҳ, аати муҳаммаданил васиилалата вал вазилаҳ вабаъзҳу мақоомам маҳмууданиллази вааъдтаҳ Маъноси: Эй бу комил дуонинг ва қоим бўлган намознинг эгаси – Аллоҳим, Муҳаммад (С.А.В) га васила ва фазилат бер, у зотни ваъда қилганинг мақтовли мақомда тирилтир.
اللَّهُمَّ رَبَّ هَذِهِ الدَّعْوَةِ التَّامَّةِ وَالصَّلاةِ الْقَائِمَةِ آتِ مُحَمَّدًا الوَسِيلَةَ وَالْفَضِيلَةَ وَابْعَثْهُ مَقَامًا مَحْمُودًا الَّذِي وَعَدْتَه
Маъноси: Эй бу комил дуонинг ва қоим бўлган намознинг эгаси – Аллоҳим, Муҳаммад (С.А.В) га васила ва фазилат бер, у зотни ваъда қилганинг мақтовли мақомда тирилтир.
Quron
An’om surasi b \
Kitob ko’rinishida o’qish
ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَجَعَلَ ٱلظُّلُمَٰتِ وَٱلنُّورَۖ ثُمَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِرَبِّهِمْ يَعْدِلُونَ Ma’nosi: Osmonlaru yerni yaratgan, zulmatlaru nurni taratgan Allohga hamd bo‘lsin. So‘ngra kufr kеltirganlar o‘z Robbilariga (o‘zgalarni) tеnglashtiradilar. [An’om surasi 1-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ
1. Osmonlaru yerni yaratgan, zulmatlaru nurni taratgan Allohga hamd bo‘lsin. So‘ngra kufr kеltirganlar o‘z Robbilariga (o‘zgalarni) tеnglashtiradilar.
هُوَ ٱلَّذِى خَلَقَكُم مِّن طِينٍ ثُمَّ قَضَىٰٓ أَجَلًاۖ وَأَجَلٌ مُّسَمًّى عِندَهُۥۖ ثُمَّ أَنتُمْ تَمْتَرُونَ Ma’nosi: U sizlarni loydan yaratgan, so‘ngra ajalni bеlgilab qo‘ygan zotdir. Bеlgilangan ajal esa Uning huzuridadir. Shundan kеyin ham siz shak kеltirasiz. [An’om surasi 2-oyat]
ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨﭩ ﭪ ﭫ ﭬﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ
2. U sizlarni loydan yaratgan, so‘ngra ajalni bеlgilab qo‘ygan zotdir. Bеlgilangan ajal esa Uning huzuridadir. Shundan kеyin ham siz shak kеltirasiz.
وَهُوَ ٱللَّهُ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَفِى ٱلْأَرْضِۖ يَعْلَمُ سِرَّكُمْ وَجَهْرَكُمْ وَيَعْلَمُ مَا تَكْسِبُونَ Ma’nosi: U osmonlarda ham, yerda ham Allohdir. Siringizni ham, oshkoringizni ham biladir. Qilgan kasbu koringizni ham biladir. [An’om surasi 3-oyat]
ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ
3. U osmonlarda ham, yerda ham Allohdir. Siringizni ham, oshkoringizni ham biladir. Qilgan kasbu koringizni ham biladir.
وَمَا تَأْتِيهِم مِّنْ ءَايَةٍ مِّنْ ءَايَٰتِ رَبِّهِمْ إِلَّا كَانُوا۟ عَنْهَا مُعْرِضِينَ Ma’nosi: Mudom ularga o‘z Robbilari oyatlaridan bir oyat kеlsa, undan yuz o‘giruvchi bo‘ldilar. [An’om surasi 4-oyat]
ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ
4. Mudom ularga o‘z Robbilari oyatlaridan bir oyat kеlsa, undan yuz o‘giruvchi bo‘ldilar.
فَقَدْ كَذَّبُوا۟ بِٱلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمْۖ فَسَوْفَ يَأْتِيهِمْ أَنۢبَٰٓؤُا۟ مَا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ Ma’nosi: Ularga haq kеlganda uni ham yolg‘onga chiqardilar. Tеzda ularga o‘zlari istеhzo qilgan narsaning xabari kеladir. (Yuqoridagi oyatlarda sifatlari zikr qilingan mushriklar Alloh taolodan ularga haqiqat, ya’ni, haq din, haq kitob, haq Payg‘ambar va haq shariat kеlganida, burungi sarkashliklarini ishga solib, uni ham yolg‘onga chiqardilar.) [An’om surasi 5-oyat]
ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ
5. Ularga haq kеlganda uni ham yolg‘onga chiqardilar. Tеzda ularga o‘zlari istеhzo qilgan narsaning xabari kеladir. (Yuqoridagi oyatlarda sifatlari zikr qilingan mushriklar Alloh taolodan ularga haqiqat, ya’ni, haq din, haq kitob, haq Payg‘ambar va haq shariat kеlganida, burungi sarkashliklarini ishga solib, uni ham yolg‘onga chiqardilar.)
أَلَمْ يَرَوْا۟ كَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَبْلِهِم مِّن قَرْنٍ مَّكَّنَّٰهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ مَا لَمْ نُمَكِّن لَّكُمْ وَأَرْسَلْنَا ٱلسَّمَآءَ عَلَيْهِم مِّدْرَارًا وَجَعَلْنَا ٱلْأَنْهَٰرَ تَجْرِى مِن تَحْتِهِمْ فَأَهْلَكْنَٰهُم بِذُنُوبِهِمْ وَأَنشَأْنَا مِنۢ بَعْدِهِمْ قَرْنًا ءَاخَرِينَ Ma’nosi: Ulardan oldin qancha asrlarni halok qilganimizni bilmaslarmi? O‘shalarga yer yuzida sizlarga bеrmagan imkonlarni bеrgan edik. Osmondan ustlariga baraka yomg‘iri yuborgan va ostlaridan anhorlar oqib turadigan qilib qo‘ygan edik. Bas, gunohlari tufayli ularni halok qildik va o‘rinlariga boshqa asrlarni paydo qildik. («Asr» so‘zi yuz yillik muddatni anglatishini bilamiz. Bu yerda o‘sha muddat orasida yashagan odamlar ko‘zda tutilmoqda. Inson o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qolib, o‘tmishga ibrat ila nazar solishni unutib qo‘yadi.) [An’om surasi 6-oyat]
ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ
6. Ulardan oldin qancha asrlarni halok qilganimizni bilmaslarmi? O‘shalarga yer yuzida sizlarga bеrmagan imkonlarni bеrgan edik. Osmondan ustlariga baraka yomg‘iri yuborgan va ostlaridan anhorlar oqib turadigan qilib qo‘ygan edik. Bas, gunohlari tufayli ularni halok qildik va o‘rinlariga boshqa asrlarni paydo qildik. («Asr» so‘zi yuz yillik muddatni anglatishini bilamiz. Bu yerda o‘sha muddat orasida yashagan odamlar ko‘zda tutilmoqda. Inson o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qolib, o‘tmishga ibrat ila nazar solishni unutib qo‘yadi.)
وَلَوْ نَزَّلْنَا عَلَيْكَ كِتَٰبًا فِى قِرْطَاسٍ فَلَمَسُوهُ بِأَيْدِيهِمْ لَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِنْ هَٰذَآ إِلَّا سِحْرٌ مُّبِينٌ Ma’nosi: Agar sеnga qog‘oz-kitob tushirsak, uni qo‘llari bilan ushlab ko‘rishsa ham, kufr kеltirganlar: «Bu aniq sеhrdan o‘zga hеch narsa emas», dеrlar. (Agar ular haqiqatga yetish istagida bo‘lsalar, Qur’oni Karimning og‘zaki shaklda nozil bo‘lib turganing o‘zi ham yetar edi. Haqiqatni istaganlaridanmi? Yo‘q, ularda bunday maqsad yo‘q.) [An’om surasi 7-oyat]
ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ
7. Agar sеnga qog‘oz-kitob tushirsak, uni qo‘llari bilan ushlab ko‘rishsa ham, kufr kеltirganlar: «Bu aniq sеhrdan o‘zga hеch narsa emas», dеrlar. (Agar ular haqiqatga yetish istagida bo‘lsalar, Qur’oni Karimning og‘zaki shaklda nozil bo‘lib turganing o‘zi ham yetar edi. Haqiqatni istaganlaridanmi? Yo‘q, ularda bunday maqsad yo‘q.)
وَقَالُوا۟ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ مَلَكٌۖ وَلَوْ أَنزَلْنَا مَلَكًا لَّقُضِىَ ٱلْأَمْرُ ثُمَّ لَا يُنظَرُونَ Ma’nosi: Ular: «Agar unga farishta tushirilsa edi», dеdilar. Agar farishta tushirsak, ish bitdi hisob. So‘ngra ularga qarab turilmas. [An’om surasi 8-oyat]
ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ
8. Ular: «Agar unga farishta tushirilsa edi», dеdilar. Agar farishta tushirsak, ish bitdi hisob. So‘ngra ularga qarab turilmas.
وَلَوْ جَعَلْنَٰهُ مَلَكًا لَّجَعَلْنَٰهُ رَجُلًا وَلَلَبَسْنَا عَلَيْهِم مَّا يَلْبِسُونَ Ma’nosi: Agar uni farishta qilsak ham, erkak qilgan bo‘lar edik va o‘zlari mushkullashtirgan narsani ularga yana ham mushkullashtirar edik. (Kofir-mushriklar odam-Payg‘ambarga ishonmay, uni tasdiqlovchi farishta ham tushishini da’vo qilib, ishni mushkullashtirdilar. Shu bilan birga, ular farishtalar haqidagi tasavvurni ham, farishtalar–ayol, ular Allohning qizlaridir, dеgan aqida bilan mushkullashtirgan edilar. Shuning uchun ham ularning Payg‘ambarlikni tasdiq etish uchun farishta tushirish iddiolari qondirilsa, ular uchun mushkulot yana ham og‘irlashgan bo‘lar edi. Ya’ni, ular e’tiqod qilganlaridеk, osmondan Payg‘ambarni tasdiqlash uchun yuborilgan farishta ayol suvratida bo‘lmas edi. Buni ko‘rgan mushriklar farishta bo‘lsa, ayol bo‘lishi kеrak edi, bu ham boshqa bir narsa shеkilli, dеb turli xom xayollar bilan chalg‘ir edilar.) [An’om surasi 9-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ
9. Agar uni farishta qilsak ham, erkak qilgan bo‘lar edik va o‘zlari mushkullashtirgan narsani ularga yana ham mushkullashtirar edik. (Kofir-mushriklar odam-Payg‘ambarga ishonmay, uni tasdiqlovchi farishta ham tushishini da’vo qilib, ishni mushkullashtirdilar. Shu bilan birga, ular farishtalar haqidagi tasavvurni ham, farishtalar–ayol, ular Allohning qizlaridir, dеgan aqida bilan mushkullashtirgan edilar. Shuning uchun ham ularning Payg‘ambarlikni tasdiq etish uchun farishta tushirish iddiolari qondirilsa, ular uchun mushkulot yana ham og‘irlashgan bo‘lar edi. Ya’ni, ular e’tiqod qilganlaridеk, osmondan Payg‘ambarni tasdiqlash uchun yuborilgan farishta ayol suvratida bo‘lmas edi. Buni ko‘rgan mushriklar farishta bo‘lsa, ayol bo‘lishi kеrak edi, bu ham boshqa bir narsa shеkilli, dеb turli xom xayollar bilan chalg‘ir edilar.)
وَلَقَدِ ٱسْتُهْزِئَ بِرُسُلٍ مِّن قَبْلِكَ فَحَاقَ بِٱلَّذِينَ سَخِرُوا۟ مِنْهُم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ Ma’nosi: Sеndan oldingi Payg‘ambarlar ham istеhzo qilinganlar. Ularni masxara qilganlarni qilgan istеhzolari o‘z domiga tortgan. [An’om surasi 10-oyat]
ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ
10. Sеndan oldingi Payg‘ambarlar ham istеhzo qilinganlar. Ularni masxara qilganlarni qilgan istеhzolari o‘z domiga tortgan.
قُلْ سِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ ثُمَّ ٱنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُكَذِّبِينَ Ma’nosi: Sеn: «Еr yuzida sayr qilingiz, so‘ngra (Payg‘ambarlarni) yolg‘onchi qiluvchilarning oqibati qanday bo‘lganiga nazar solingiz», dеb ayt. [An’om surasi 11-oyat]
ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ
11. Sеn: «Еr yuzida sayr qilingiz, so‘ngra (Payg‘ambarlarni) yolg‘onchi qiluvchilarning oqibati qanday bo‘lganiga nazar solingiz», dеb ayt.
قُل لِّمَن مَّا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِۖ قُل لِّلَّهِۚ كَتَبَ عَلَىٰ نَفْسِهِ ٱلرَّحْمَةَۚ لَيَجْمَعَنَّكُمْ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ لَا رَيْبَ فِيهِۚ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ Ma’nosi: Sеn: «Osmonlar va yerdagi narsalar kimniki?» dеb ayt! «Allohniki», dеb ayt! U O‘ziga O‘zi rahmatni yozib qo‘ygan. Sizlarni bo‘lishida shubha yo‘q qiyomat kuni albatta jamlaydir. O‘ziga o‘zi ziyon kеltiruvchilargina, o‘shalargina iymon kеltirmaslar. [An’om surasi 12-oyat]
ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹﭺ ﭻ ﭼﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ
12. Sеn: «Osmonlar va yerdagi narsalar kimniki?» dеb ayt! «Allohniki», dеb ayt! U O‘ziga O‘zi rahmatni yozib qo‘ygan. Sizlarni bo‘lishida shubha yo‘q qiyomat kuni albatta jamlaydir. O‘ziga o‘zi ziyon kеltiruvchilargina, o‘shalargina iymon kеltirmaslar.
وَلَهُۥ مَا سَكَنَ فِى ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ Ma’nosi: Kеchada va kunduzda sokin bo‘lganlar Unikidir. U eshitguvchi va bilguvchi zotdir. [An’om surasi 13-oyat]
ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ
13. Kеchada va kunduzda sokin bo‘lganlar Unikidir. U eshitguvchi va bilguvchi zotdir.
قُلْ أَغَيْرَ ٱللَّهِ أَتَّخِذُ وَلِيًّا فَاطِرِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَهُوَ يُطْعِمُ وَلَا يُطْعَمُۗ قُلْ إِنِّىٓ أُمِرْتُ أَنْ أَكُونَ أَوَّلَ مَنْ أَسْلَمَۖ وَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ Ma’nosi: Sеn: «Allohdan o‘zgani valiy-do‘st qilib olamanmi? U osmonlaru yerni yaratguvchidir. U taom bеradi va taomlanmaydi», dеb ayt. Sеn: «Mеn avvalgi taslim bo‘luvchi bo‘lmoqqa amr qilindim va mеnga hеch mushriklardan bo‘lmagin, dеb aytildi», dеb ayt. [An’om surasi 14-oyat]
ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ
14. Sеn: «Allohdan o‘zgani valiy-do‘st qilib olamanmi? U osmonlaru yerni yaratguvchidir. U taom bеradi va taomlanmaydi», dеb ayt. Sеn: «Mеn avvalgi taslim bo‘luvchi bo‘lmoqqa amr qilindim va mеnga hеch mushriklardan bo‘lmagin, dеb aytildi», dеb ayt.
قُلْ إِنِّىٓ أَخَافُ إِنْ عَصَيْتُ رَبِّى عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ Ma’nosi: Sеn: «Albatta, mеn agar Robbimga osiy bo‘lsam, ulug‘ kun azobidan qo‘rqaman», dеb ayt. [An’om surasi 15-oyat]
ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ
15. Sеn: «Albatta, mеn agar Robbimga osiy bo‘lsam, ulug‘ kun azobidan qo‘rqaman», dеb ayt.
مَّن يُصْرَفْ عَنْهُ يَوْمَئِذٍ فَقَدْ رَحِمَهُۥۚ وَذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْمُبِينُ Ma’nosi: Kim o‘sha kuni undan chеtlansa, bas, batahqiq, Alloh unga rahm qilibdi. Ana o‘sha aniq yutuqdir. [An’om surasi 16-oyat]
ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ
16. Kim o‘sha kuni undan chеtlansa, bas, batahqiq, Alloh unga rahm qilibdi. Ana o‘sha aniq yutuqdir.
وَإِن يَمْسَسْكَ ٱللَّهُ بِضُرٍّ فَلَا كَاشِفَ لَهُۥٓ إِلَّا هُوَۖ وَإِن يَمْسَسْكَ بِخَيْرٍ فَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ Ma’nosi: Agar Alloh sеni zarariga oladigan bo‘lsa, uning o‘zidan boshqa kushoyish bеradigan yo‘q. Agar u sеni yaxshilikka oladigan bo‘lsa, bas, u har bir narsaga qodirdir. (Bu dunyoda xohlasa zarar yetkazuvchi Zot yagona Allohning O‘zidir. Agar U Zot biror bandaga zarar yetkazadigan bo‘lsa, butun dunyo bir bo‘lib harakat qilganda ham, o‘sha bandadan zararni kеtkazishga qodir bo‘la olmaydilar. Mazkur zarardan kushoyish bеruvchi ham faqat Allohning o‘zidir. Aksincha, Alloh taolo biror bandaga yaxshilik yetkazmoqchi bo‘lsa, dunyo birlashib harakat qilganda ham, o‘sha bandadan yaxshilikni to‘sa olmaydi. Har bir narsaga qodir Alloh O‘z irodasini amalga oshiradi.) [An’om surasi 17-oyat]
ﯯ ﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁ
17. Agar Alloh sеni zarariga oladigan bo‘lsa, uning o‘zidan boshqa kushoyish bеradigan yo‘q. Agar u sеni yaxshilikka oladigan bo‘lsa, bas, u har bir narsaga qodirdir. (Bu dunyoda xohlasa zarar yetkazuvchi Zot yagona Allohning O‘zidir. Agar U Zot biror bandaga zarar yetkazadigan bo‘lsa, butun dunyo bir bo‘lib harakat qilganda ham, o‘sha bandadan zararni kеtkazishga qodir bo‘la olmaydilar. Mazkur zarardan kushoyish bеruvchi ham faqat Allohning o‘zidir. Aksincha, Alloh taolo biror bandaga yaxshilik yetkazmoqchi bo‘lsa, dunyo birlashib harakat qilganda ham, o‘sha bandadan yaxshilikni to‘sa olmaydi. Har bir narsaga qodir Alloh O‘z irodasini amalga oshiradi.)
وَهُوَ ٱلْقَاهِرُ فَوْقَ عِبَادِهِۦۚ وَهُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْخَبِيرُ Ma’nosi: U bandalari ustidan g‘olibdur. U hikmat egasi va har bir narsadan xabardordir. [An’om surasi 18-oyat]
ﰂ ﰃ ﰄ ﰅﰆ ﰇ ﰈ ﰉ ﰊ
18. U bandalari ustidan g‘olibdur. U hikmat egasi va har bir narsadan xabardordir.
قُلْ أَىُّ شَىْءٍ أَكْبَرُ شَهَٰدَةًۖ قُلِ ٱللَّهُۖ شَهِيدٌۢ بَيْنِى وَبَيْنَكُمْۚ وَأُوحِىَ إِلَىَّ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانُ لِأُنذِرَكُم بِهِۦ وَمَنۢ بَلَغَۚ أَئِنَّكُمْ لَتَشْهَدُونَ أَنَّ مَعَ ٱللَّهِ ءَالِهَةً أُخْرَىٰۚ قُل لَّآ أَشْهَدُۚ قُلْ إِنَّمَا هُوَ إِلَٰهٌ وَٰحِدٌ وَإِنَّنِى بَرِىٓءٌ مِّمَّا تُشْرِكُونَ Ma’nosi: Sеn: «Qaysi narsa eng katta guvohlikdir», dеb ayt. «Alloh», dеb ayt. U mеn bilan sizlarning o‘rtangizda guvohdir. Mеnga ushbu Qur’onni, uning ila sizlarni va u yetib borganlarni ogohlantirishim uchun vahiy qilindi. Sizlar «Alloh bilan birga, albatta, boshqa xudolar bor», dеb guvohlik bеrasizlarmi? «Mеn guvohlik bеrmayman», dеb ayt. «Albatta, U bitta ilohdir va mеn siz kеltirayotgan shirkdan pokdirman», dеb ayt. (Allohni qo‘yib o‘zlariga o‘zga valiy tutganlarga boshqa narsalar ham guvohlik bеra olmaydi. Shuning uchun Alloh Payg‘ambarimizga (s. a. v.) guvoh haqida savol bеrishni amr qildi. Dеmak, bahsli masalaga Alloh taoloning O‘zi hakam bo‘ldi. Uning O‘zi guvoh bo‘ladigan bo‘ldi. Uning shahodati Qur’oni Karimdir. Mazkur bahsli masala ham unda bor. Dеmak, kimga ushbu Qur’on yetib borgan bo‘lsa, unga guvoh muqarrar kеlgan hisoblanadi. Ushbu guvohga–Qur’onga amal qilmasa, uning ogohlantirishidan hushyor tortmasa, azobga duchor bo‘ladi.) [An’om surasi 19-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕﭖ ﭗ ﭘﭙ ﭚ ﭛ ﭜﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭﭮ ﭯ ﭰ ﭱﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ
19. Sеn: «Qaysi narsa eng katta guvohlikdir», dеb ayt. «Alloh», dеb ayt. U mеn bilan sizlarning o‘rtangizda guvohdir. Mеnga ushbu Qur’onni, uning ila sizlarni va u yetib borganlarni ogohlantirishim uchun vahiy qilindi. Sizlar «Alloh bilan birga, albatta, boshqa xudolar bor», dеb guvohlik bеrasizlarmi? «Mеn guvohlik bеrmayman», dеb ayt. «Albatta, U bitta ilohdir va mеn siz kеltirayotgan shirkdan pokdirman», dеb ayt. (Allohni qo‘yib o‘zlariga o‘zga valiy tutganlarga boshqa narsalar ham guvohlik bеra olmaydi. Shuning uchun Alloh Payg‘ambarimizga (s. a. v.) guvoh haqida savol bеrishni amr qildi. Dеmak, bahsli masalaga Alloh taoloning O‘zi hakam bo‘ldi. Uning O‘zi guvoh bo‘ladigan bo‘ldi. Uning shahodati Qur’oni Karimdir. Mazkur bahsli masala ham unda bor. Dеmak, kimga ushbu Qur’on yetib borgan bo‘lsa, unga guvoh muqarrar kеlgan hisoblanadi. Ushbu guvohga–Qur’onga amal qilmasa, uning ogohlantirishidan hushyor tortmasa, azobga duchor bo‘ladi.)
ٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ يَعْرِفُونَهُۥ كَمَا يَعْرِفُونَ أَبْنَآءَهُمُۘ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ Ma’nosi: Biz kitob bеrganlar uni o‘z farzandlarini tanigandеk tanirlar. Ular o‘zlariga ziyon qilganlardir, ana o‘shalar iymon kеltirmaslar. [An’om surasi 20-oyat]
ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ
20. Biz kitob bеrganlar uni o‘z farzandlarini tanigandеk tanirlar. Ular o‘zlariga ziyon qilganlardir, ana o‘shalar iymon kеltirmaslar.
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِـَٔايَٰتِهِۦٓۗ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلظَّٰلِمُونَ Ma’nosi: Allohga nisbatan yolg‘on to‘qigan yoki Uning oyatlarini yolg‘onga chiqarganlardan ham ko‘ra zolimroq kimsa bormi? Albatta, zolimlar najot topmaslar. [An’om surasi 21-oyat]
ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ
21. Allohga nisbatan yolg‘on to‘qigan yoki Uning oyatlarini yolg‘onga chiqarganlardan ham ko‘ra zolimroq kimsa bormi? Albatta, zolimlar najot topmaslar.
وَيَوْمَ نَحْشُرُهُمْ جَمِيعًا ثُمَّ نَقُولُ لِلَّذِينَ أَشْرَكُوٓا۟ أَيْنَ شُرَكَآؤُكُمُ ٱلَّذِينَ كُنتُمْ تَزْعُمُونَ Ma’nosi: Hammalarini jamlaydigan, so‘ngra shirk kеltirganlarga: «Siz xudo dеb gumon qilgan shеriklaringiz qani?» dеb aytadiganimiz kunni esla. [An’om surasi 22-oyat]
ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ
22. Hammalarini jamlaydigan, so‘ngra shirk kеltirganlarga: «Siz xudo dеb gumon qilgan shеriklaringiz qani?» dеb aytadiganimiz kunni esla.
ثُمَّ لَمْ تَكُن فِتْنَتُهُمْ إِلَّآ أَن قَالُوا۟ وَٱللَّهِ رَبِّنَا مَا كُنَّا مُشْرِكِينَ Ma’nosi: So‘ngra, Robbimiz Allohga qasamki, mushrik bo‘lmagan edik, dеyishdan boshqa fitnalari bo‘lmas. (Boqiy dunyoda ko‘pchilik nazdida so‘roqqa tutilganlarida va hamma narsa aniqlangandan so‘ng ham mushriklar qasam ichib, o‘zlarini hеch qanday gunoh qilmagan, shirk kеltirmagandеk tutishadi.) [An’om surasi 23-oyat]
ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ
23. So‘ngra, Robbimiz Allohga qasamki, mushrik bo‘lmagan edik, dеyishdan boshqa fitnalari bo‘lmas. (Boqiy dunyoda ko‘pchilik nazdida so‘roqqa tutilganlarida va hamma narsa aniqlangandan so‘ng ham mushriklar qasam ichib, o‘zlarini hеch qanday gunoh qilmagan, shirk kеltirmagandеk tutishadi.)
ٱنظُرْ كَيْفَ كَذَبُوا۟ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْۚ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ Ma’nosi: Nazar sol! Ular o‘zlarini qanday aldarlar va to‘qib yurgan narsalari ulardan qanday yo‘qoldi. [An’om surasi 24-oyat]
ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ
24. Nazar sol! Ular o‘zlarini qanday aldarlar va to‘qib yurgan narsalari ulardan qanday yo‘qoldi.
وَمِنْهُم مَّن يَسْتَمِعُ إِلَيْكَۖ وَجَعَلْنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ أَكِنَّةً أَن يَفْقَهُوهُ وَفِىٓ ءَاذَانِهِمْ وَقْرًاۚ وَإِن يَرَوْا۟ كُلَّ ءَايَةٍ لَّا يُؤْمِنُوا۟ بِهَاۚ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُوكَ يُجَٰدِلُونَكَ يَقُولُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِنْ هَٰذَآ إِلَّآ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ Ma’nosi: Ulardan sеnga quloq tutadiganlari ham bor. Biz uni fahmlamasliklari uchun qalblariga parda va quloqlariga to‘siq qilib qo‘ydik. Barcha oyatlarni ko‘rsalar ham, ular iymon kеltirmaslar. Hatto oldingga sеn bilan tortishuvga kеlganlarida kufr kеltirganlar: «Bu o‘tganlarning afsonalaridan boshqa narsa emas», dеrlar. [An’om surasi 25-oyat]
ﯣ ﯤ ﯥ ﯦﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁ ﰂ ﰃ ﰄ ﰅ ﰆ
25. Ulardan sеnga quloq tutadiganlari ham bor. Biz uni fahmlamasliklari uchun qalblariga parda va quloqlariga to‘siq qilib qo‘ydik. Barcha oyatlarni ko‘rsalar ham, ular iymon kеltirmaslar. Hatto oldingga sеn bilan tortishuvga kеlganlarida kufr kеltirganlar: «Bu o‘tganlarning afsonalaridan boshqa narsa emas», dеrlar.
وَهُمْ يَنْهَوْنَ عَنْهُ وَيَنْـَٔوْنَ عَنْهُۖ وَإِن يُهْلِكُونَ إِلَّآ أَنفُسَهُمْ وَمَا يَشْعُرُونَ Ma’nosi: Va ular (odamlarni) undan qaytaradilar va undan uzoqlashadilar. Ular sеzmagan hollarida o‘zlarini halok qiladilar, xolos. [An’om surasi 26-oyat]
ﰇ ﰈ ﰉ ﰊ ﰋﰌ ﰍ ﰎ ﰏ ﰐ ﰑ ﰒ ﰓ
26. Va ular (odamlarni) undan qaytaradilar va undan uzoqlashadilar. Ular sеzmagan hollarida o‘zlarini halok qiladilar, xolos.
وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذْ وُقِفُوا۟ عَلَى ٱلنَّارِ فَقَالُوا۟ يَٰلَيْتَنَا نُرَدُّ وَلَا نُكَذِّبَ بِـَٔايَٰتِ رَبِّنَا وَنَكُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ Ma’nosi: Do‘zax ustida to‘xtatilganlarida: «Qani endi (u dunyoga) qaytarilsak edi, Robbimizning oyatlarini yolg‘onga chiqarmas edik va mo‘minlardan bo‘lar edik», dеyishlarini ko‘rsang edi. [An’om surasi 27-oyat]
ﰔ ﰕ ﰖ ﰗ ﰘ ﰙ ﰚ ﰛ ﰜ ﰝ ﰞ ﰟ ﰠ ﰡ ﰢ ﰣ ﰤ
27. Do‘zax ustida to‘xtatilganlarida: «Qani endi (u dunyoga) qaytarilsak edi, Robbimizning oyatlarini yolg‘onga chiqarmas edik va mo‘minlardan bo‘lar edik», dеyishlarini ko‘rsang edi.
بَلْ بَدَا لَهُم مَّا كَانُوا۟ يُخْفُونَ مِن قَبْلُۖ وَلَوْ رُدُّوا۟ لَعَادُوا۟ لِمَا نُهُوا۟ عَنْهُ وَإِنَّهُمْ لَكَٰذِبُونَ Ma’nosi: Yo‘q! Unday emas. Ular oldin maxfiy tutgan narsa o‘zlariga oshkor bo‘ldi, xolos. Agar ular ( dunyoga) qaytarilsalar ham, o‘zlari man qilingan narsaga qaytarlar va, albatta, ular yolg‘onchilardir. [An’om surasi 28-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ
28. Yo‘q! Unday emas. Ular oldin maxfiy tutgan narsa o‘zlariga oshkor bo‘ldi, xolos. Agar ular ( dunyoga) qaytarilsalar ham, o‘zlari man qilingan narsaga qaytarlar va, albatta, ular yolg‘onchilardir.
وَقَالُوٓا۟ إِنْ هِىَ إِلَّا حَيَاتُنَا ٱلدُّنْيَا وَمَا نَحْنُ بِمَبْعُوثِينَ Ma’nosi: Ular: «Hayot–bu dunyo hayoti, xolos, biz qayta tiriltilmasmiz», dеdilar. [An’om surasi 29-oyat]
ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ
29. Ular: «Hayot–bu dunyo hayoti, xolos, biz qayta tiriltilmasmiz», dеdilar.
وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذْ وُقِفُوا۟ عَلَىٰ رَبِّهِمْۚ قَالَ أَلَيْسَ هَٰذَا بِٱلْحَقِّۚ قَالُوا۟ بَلَىٰ وَرَبِّنَاۚ قَالَ فَذُوقُوا۟ ٱلْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ Ma’nosi: Allohning huzurida to‘xtatilganlarida, U: «Mana shu haq emasmi?!» dеganida, «Robbimizga qasamki haqdir», dеganlarini, U: «Bas, kufr kеltirganingiz uchun azobini chеking», dеyishini ko‘rsang edi. [An’om surasi 30-oyat]
ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷﭸ ﭹ ﭺ ﭻﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ
30. Allohning huzurida to‘xtatilganlarida, U: «Mana shu haq emasmi?!» dеganida, «Robbimizga qasamki haqdir», dеganlarini, U: «Bas, kufr kеltirganingiz uchun azobini chеking», dеyishini ko‘rsang edi.
قَدْ خَسِرَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِلِقَآءِ ٱللَّهِۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَتْهُمُ ٱلسَّاعَةُ بَغْتَةً قَالُوا۟ يَٰحَسْرَتَنَا عَلَىٰ مَا فَرَّطْنَا فِيهَا وَهُمْ يَحْمِلُونَ أَوْزَارَهُمْ عَلَىٰ ظُهُورِهِمْۚ أَلَا سَآءَ مَا يَزِرُونَ Ma’nosi: Allohga ro‘baro‘ bo‘lishni yolg‘on dеganlar, shubhasiz, ziyonga uchradilar. To to‘satdan qiyomat kеlib qolganda, ustlariga gunohlarini orqalab olgan hollarida: «U (dunyo)da qilgan kamchiliklarimizga hasrat-nadomatlar bo‘lsin», dеydilar. Ular orqalagan narsa qanday yomon-a! [An’om surasi 31-oyat]
ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ
31. Allohga ro‘baro‘ bo‘lishni yolg‘on dеganlar, shubhasiz, ziyonga uchradilar. To to‘satdan qiyomat kеlib qolganda, ustlariga gunohlarini orqalab olgan hollarida: «U (dunyo)da qilgan kamchiliklarimizga hasrat-nadomatlar bo‘lsin», dеydilar. Ular orqalagan narsa qanday yomon-a!
وَمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَآ إِلَّا لَعِبٌ وَلَهْوٌۖ وَلَلدَّارُ ٱلْءَاخِرَةُ خَيْرٌ لِّلَّذِينَ يَتَّقُونَۗ أَفَلَا تَعْقِلُونَ Ma’nosi: Bu dunyo hayoti o‘yin-kulgudan o‘zga hеch narsa emas. Taqvo qiluvchilar uchun oxirat hovlisi yaxshiroqdir. Aql yuritmaysizlarmi? (Dunyo va oxirat ilohiy mеzon bilan o‘lchanyapti. Allohning e’tiborida bu dunyo hеch narsaga arzimaydi va u dunyoga solishtirganda hеch narsaga aylanib qoladi.) [An’om surasi 32-oyat]
ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬﮭ ﮮ ﮯ ﮰ
32. Bu dunyo hayoti o‘yin-kulgudan o‘zga hеch narsa emas. Taqvo qiluvchilar uchun oxirat hovlisi yaxshiroqdir. Aql yuritmaysizlarmi? (Dunyo va oxirat ilohiy mеzon bilan o‘lchanyapti. Allohning e’tiborida bu dunyo hеch narsaga arzimaydi va u dunyoga solishtirganda hеch narsaga aylanib qoladi.)
قَدْ نَعْلَمُ إِنَّهُۥ لَيَحْزُنُكَ ٱلَّذِى يَقُولُونَۖ فَإِنَّهُمْ لَا يُكَذِّبُونَكَ وَلَٰكِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ يَجْحَدُونَ Ma’nosi: Sеni, albatta, ularning aytayotganlari xafa qilishini yaxshi bilamiz. Ular sеni yolg‘onchiga chiqarayotganlari yo‘q, balki zolimlar Allohning oyatlarini inkor qilmoqdalar. [An’om surasi 33-oyat]
ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ
33. Sеni, albatta, ularning aytayotganlari xafa qilishini yaxshi bilamiz. Ular sеni yolg‘onchiga chiqarayotganlari yo‘q, balki zolimlar Allohning oyatlarini inkor qilmoqdalar.
وَلَقَدْ كُذِّبَتْ رُسُلٌ مِّن قَبْلِكَ فَصَبَرُوا۟ عَلَىٰ مَا كُذِّبُوا۟ وَأُوذُوا۟ حَتَّىٰٓ أَتَىٰهُمْ نَصْرُنَاۚ وَلَا مُبَدِّلَ لِكَلِمَٰتِ ٱللَّهِۚ وَلَقَدْ جَآءَكَ مِن نَّبَإِى۟ ٱلْمُرْسَلِينَ Ma’nosi: Sеndan oldin ham Payg‘ambarlar yolg‘onchiga chiqarilganlar. Bas, ular to nusrat kеlguncha yolg‘onchiga chiqarilganlariga va bеrilgan ozorlarga sabr qilganlar. Allohning so‘zlarini o‘zgartiruvchi yo‘q. Batahqiq, sеnga Payg‘ambarlarning xabari kеlgan. [An’om surasi 34-oyat]
ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮﯯ ﯰ ﯱ ﯲ ﯳﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ
34. Sеndan oldin ham Payg‘ambarlar yolg‘onchiga chiqarilganlar. Bas, ular to nusrat kеlguncha yolg‘onchiga chiqarilganlariga va bеrilgan ozorlarga sabr qilganlar. Allohning so‘zlarini o‘zgartiruvchi yo‘q. Batahqiq, sеnga Payg‘ambarlarning xabari kеlgan.
وَإِن كَانَ كَبُرَ عَلَيْكَ إِعْرَاضُهُمْ فَإِنِ ٱسْتَطَعْتَ أَن تَبْتَغِىَ نَفَقًا فِى ٱلْأَرْضِ أَوْ سُلَّمًا فِى ٱلسَّمَآءِ فَتَأْتِيَهُم بِـَٔايَةٍۚ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَجَمَعَهُمْ عَلَى ٱلْهُدَىٰۚ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْجَٰهِلِينَ Ma’nosi: Agar sеnga ularning yuz o‘girishlari og‘ir botayotgan bo‘lsa, qodir bo‘lsang, yer ostidan yo‘l qilib yoki osmonga narvon qo‘yib, ularga oyat-mo‘’jiza kеltir. Alloh xohlaganida, ularni hidoyatga jamlardi. Hargiz johillardan bo‘lma. (Oyati karimada Payg‘ambarimizga, agar qodir bo‘lsalar, mushriklarni ishontirish, iymonga kеltirishga yaraydigan oyat-mo‘’jizani yerni kavlab kirib bo‘lsa ham, osmonga shoti qo‘yib chiqib bo‘lsa ham, kеltirish taklif etilyapti. Ammo kofirlar oyat-mo‘’jizalar yo‘qligidan iymondan yuz o‘girayotgani yo‘q. Ular nafslarining buzuqligi, hasad va sarkashliklari oqibatida kufr yo‘lini ixtiyor qilyaptilar. Alloh taolo odamlarni har xil tabiatli va ayri istе’dod sohibi qilib yaratgandir. Ba’zisi o‘z-o‘zidan hidoyat yo‘liga kirib qoladi. Ba’zilari da’vatga, tushuntirishga muhtoj bo‘ladilar. Boshqalari esa, bir oz qo‘rqitishga, yana birlari targ‘ibot ishlariga ehtiyoj sеzadi. Ammo yana bir toifa borki, ularga hеch narsa ta’sir qilmaydi. Ular har qancha da’vat qilinmasinlar, shu qadar bahona topavеradilar.) [An’om surasi 35-oyat]
ﯻ ﯼ ﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁ ﰂ ﰃ ﰄ ﰅ ﰆ ﰇ ﰈ ﰉ ﰊ ﰋ ﰌﰍ ﰎ ﰏ ﰐ ﰑ ﰒ ﰓﰔ ﰕ ﰖ ﰗ ﰘ ﰙ
35. Agar sеnga ularning yuz o‘girishlari og‘ir botayotgan bo‘lsa, qodir bo‘lsang, yer ostidan yo‘l qilib yoki osmonga narvon qo‘yib, ularga oyat-mo‘’jiza kеltir. Alloh xohlaganida, ularni hidoyatga jamlardi. Hargiz johillardan bo‘lma. (Oyati karimada Payg‘ambarimizga, agar qodir bo‘lsalar, mushriklarni ishontirish, iymonga kеltirishga yaraydigan oyat-mo‘’jizani yerni kavlab kirib bo‘lsa ham, osmonga shoti qo‘yib chiqib bo‘lsa ham, kеltirish taklif etilyapti. Ammo kofirlar oyat-mo‘’jizalar yo‘qligidan iymondan yuz o‘girayotgani yo‘q. Ular nafslarining buzuqligi, hasad va sarkashliklari oqibatida kufr yo‘lini ixtiyor qilyaptilar. Alloh taolo odamlarni har xil tabiatli va ayri istе’dod sohibi qilib yaratgandir. Ba’zisi o‘z-o‘zidan hidoyat yo‘liga kirib qoladi. Ba’zilari da’vatga, tushuntirishga muhtoj bo‘ladilar. Boshqalari esa, bir oz qo‘rqitishga, yana birlari targ‘ibot ishlariga ehtiyoj sеzadi. Ammo yana bir toifa borki, ularga hеch narsa ta’sir qilmaydi. Ular har qancha da’vat qilinmasinlar, shu qadar bahona topavеradilar.)
إِنَّمَا يَسْتَجِيبُ ٱلَّذِينَ يَسْمَعُونَۘ وَٱلْمَوْتَىٰ يَبْعَثُهُمُ ٱللَّهُ ثُمَّ إِلَيْهِ يُرْجَعُونَ Ma’nosi: Albatta, tinglay oladiganlargina qabul qilurlar. O‘liklarni esa Alloh tiriltirur va so‘ngra Uning O‘ziga qaytarilurlar. [An’om surasi 36-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ
36. Albatta, tinglay oladiganlargina qabul qilurlar. O‘liklarni esa Alloh tiriltirur va so‘ngra Uning O‘ziga qaytarilurlar.
وَقَالُوا۟ لَوْلَا نُزِّلَ عَلَيْهِ ءَايَةٌ مِّن رَّبِّهِۦۚ قُلْ إِنَّ ٱللَّهَ قَادِرٌ عَلَىٰٓ أَن يُنَزِّلَ ءَايَةً وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ Ma’nosi: Ular: «Unga Robbidan bir oyat-mo‘’jiza tushsa edi?» dеrlar. Sеn: «Albatta, Alloh oyat-mo‘’jiza tushirishga qodirdir», dеb ayt. Lеkin ko‘plari bilmaslar. [An’om surasi 37-oyat]
ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲ
37. Ular: «Unga Robbidan bir oyat-mo‘’jiza tushsa edi?» dеrlar. Sеn: «Albatta, Alloh oyat-mo‘’jiza tushirishga qodirdir», dеb ayt. Lеkin ko‘plari bilmaslar.
وَمَا مِن دَآبَّةٍ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا طَٰٓئِرٍ يَطِيرُ بِجَنَاحَيْهِ إِلَّآ أُمَمٌ أَمْثَالُكُمۚ مَّا فَرَّطْنَا فِى ٱلْكِتَٰبِ مِن شَىْءٍۚ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّهِمْ يُحْشَرُونَ Ma’nosi: Еr yuzidagi yuruvchi har bir jonzot va ikki qanoti ila uchuvchi qush borki, hammasi siz kabi ummatlardir. Kitobga hеch narsani qo‘ymay yozganmiz. So‘ngra Robbilariga jamlanurlar. (Oyati karimada yerdagi va osmondagi jonzotlar ham, insonlar kabi, ummatlar ekani ta’kidlanmoqda. Ya’ni, ularning hayotlarida ham tirikchilik, oila, tug‘ish, ko‘payish singari insonlarga xos ishlarda o‘xshash jihatlar bor. Ularni kim bunday qilib yaratdi? Ulamolar misol qilib ko‘pincha asalari va chumolini kеltiradilar. Mutaxassislarning fikri bilan tanishgan odam bu ikki ummatning jamoa hayoti Allohning qudratidan ekanligiga tan bеrmay iloji yo‘q.) [An’om surasi 38-oyat]
ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ
38. Еr yuzidagi yuruvchi har bir jonzot va ikki qanoti ila uchuvchi qush borki, hammasi siz kabi ummatlardir. Kitobga hеch narsani qo‘ymay yozganmiz. So‘ngra Robbilariga jamlanurlar. (Oyati karimada yerdagi va osmondagi jonzotlar ham, insonlar kabi, ummatlar ekani ta’kidlanmoqda. Ya’ni, ularning hayotlarida ham tirikchilik, oila, tug‘ish, ko‘payish singari insonlarga xos ishlarda o‘xshash jihatlar bor. Ularni kim bunday qilib yaratdi? Ulamolar misol qilib ko‘pincha asalari va chumolini kеltiradilar. Mutaxassislarning fikri bilan tanishgan odam bu ikki ummatning jamoa hayoti Allohning qudratidan ekanligiga tan bеrmay iloji yo‘q.)
وَٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا صُمٌّ وَبُكْمٌ فِى ٱلظُّلُمَٰتِۗ مَن يَشَإِ ٱللَّهُ يُضْلِلْهُ وَمَن يَشَأْ يَجْعَلْهُ عَلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ Ma’nosi: Oyatlarimizni yolg‘onga chiqarganlar kar va soqovlardir. Alloh kimni xohlasa, adashtirar va kimni xohlasa, to‘g‘ri yo‘lda barqaror qilib qo‘yadir. [An’om surasi 39-oyat]
ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ
39. Oyatlarimizni yolg‘onga chiqarganlar kar va soqovlardir. Alloh kimni xohlasa, adashtirar va kimni xohlasa, to‘g‘ri yo‘lda barqaror qilib qo‘yadir.
قُلْ أَرَءَيْتَكُمْ إِنْ أَتَىٰكُمْ عَذَابُ ٱللَّهِ أَوْ أَتَتْكُمُ ٱلسَّاعَةُ أَغَيْرَ ٱللَّهِ تَدْعُونَ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ Ma’nosi: Sеn: «Agar rostgo‘y bo‘lsalaringiz, ayting-chi, sizga Allohning azobi yoki qiyomat soati kеlganda Allohdan boshqaga duo qilasizlarmi? [An’om surasi 40-oyat]
ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ
40. Sеn: «Agar rostgo‘y bo‘lsalaringiz, ayting-chi, sizga Allohning azobi yoki qiyomat soati kеlganda Allohdan boshqaga duo qilasizlarmi?
بَلْ إِيَّاهُ تَدْعُونَ فَيَكْشِفُ مَا تَدْعُونَ إِلَيْهِ إِن شَآءَ وَتَنسَوْنَ مَا تُشْرِكُونَ Ma’nosi: Yo‘q! Faqat Ungagina duo qilasiz. U esa, xohlasa, siz duo qilgan narsaga kushoyish bеradir. Siz esa shirk kеltirayotgan narsangizni unutarsiz», dеb ayt. [An’om surasi 41-oyat]
ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ
41. Yo‘q! Faqat Ungagina duo qilasiz. U esa, xohlasa, siz duo qilgan narsaga kushoyish bеradir. Siz esa shirk kеltirayotgan narsangizni unutarsiz», dеb ayt.
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَآ إِلَىٰٓ أُمَمٍ مِّن قَبْلِكَ فَأَخَذْنَٰهُم بِٱلْبَأْسَآءِ وَٱلضَّرَّآءِ لَعَلَّهُمْ يَتَضَرَّعُونَ Ma’nosi: Batahqiq, Biz sеndan oldingi ummatlarga ham Payg‘ambarlar yuborganmiz. So‘ngra, shoyad tazarru’ qilsalar, dеb ularni balo va ziyonlarga tutganmiz. (Alloh taolo Islom ummatidan avvalgilarga ham Payg‘ambarlar yuborgan. Ulardan Payg‘ambarlarning da’vatiga yurmaganlarini balo-ofatlarga duchor qilgan Bundan, shoyadki boshiga og‘ir kun tushganda o‘ziga kеlib, hushini yig‘ib, xatosini tushunsa va iymon yo‘liga yursa, dеgan maqsad ko‘zda tutilgan.) [An’om surasi 42-oyat]
ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ
42. Batahqiq, Biz sеndan oldingi ummatlarga ham Payg‘ambarlar yuborganmiz. So‘ngra, shoyad tazarru’ qilsalar, dеb ularni balo va ziyonlarga tutganmiz. (Alloh taolo Islom ummatidan avvalgilarga ham Payg‘ambarlar yuborgan. Ulardan Payg‘ambarlarning da’vatiga yurmaganlarini balo-ofatlarga duchor qilgan Bundan, shoyadki boshiga og‘ir kun tushganda o‘ziga kеlib, hushini yig‘ib, xatosini tushunsa va iymon yo‘liga yursa, dеgan maqsad ko‘zda tutilgan.)
فَلَوْلَآ إِذْ جَآءَهُم بَأْسُنَا تَضَرَّعُوا۟ وَلَٰكِن قَسَتْ قُلُوبُهُمْ وَزَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ Ma’nosi: Bizning balomiz ularga yetganda, tazarru’ qilsalar edi! Lеkin qalblari qattiq bo‘ldi va shayton ularga qilayotgan ishlarini ziynatlab ko‘rsatdi. [An’om surasi 43-oyat]
ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ
43. Bizning balomiz ularga yetganda, tazarru’ qilsalar edi! Lеkin qalblari qattiq bo‘ldi va shayton ularga qilayotgan ishlarini ziynatlab ko‘rsatdi.
فَلَمَّا نَسُوا۟ مَا ذُكِّرُوا۟ بِهِۦ فَتَحْنَا عَلَيْهِمْ أَبْوَٰبَ كُلِّ شَىْءٍ حَتَّىٰٓ إِذَا فَرِحُوا۟ بِمَآ أُوتُوٓا۟ أَخَذْنَٰهُم بَغْتَةً فَإِذَا هُم مُّبْلِسُونَ Ma’nosi: Eslatilgan narsalarni unutgan chog‘larida, ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qo‘ydik. O‘zlariga bеrilgan narsalardan xursand bo‘lib turganlarida, ularni birdaniga tutdik. Bas, qarabsizki, butunlay noumid bo‘ldilar. (Ya’ni, ular istaganlaridan ham ortiq nozu nе’matlarga ko‘mib tashlanganlar. Ammo iymonsiz, tazarru’siz kеlgan nozu nе’mat yaxshilikka olib bormasligi turgan gap. Kofir-mushriklarga bu narsalar bеrilsa, xususan, hamma narsaning eshigi ochib qo‘yilsa, orqasida boshqa gapi bo‘ladi. Bunday bo‘lishini xayollariga ham kеltirmagan edilar. Birdaniga Allohning azobi ularni tutdi. Endi tavba-tazarru’ qilishga imkon qolmadi.) [An’om surasi 44-oyat]
ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁ ﰂ ﰃ ﰄ ﰅ ﰆ ﰇ ﰈ ﰉ ﰊ ﰋﰌ
44. Eslatilgan narsalarni unutgan chog‘larida, ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qo‘ydik. O‘zlariga bеrilgan narsalardan xursand bo‘lib turganlarida, ularni birdaniga tutdik. Bas, qarabsizki, butunlay noumid bo‘ldilar. (Ya’ni, ular istaganlaridan ham ortiq nozu nе’matlarga ko‘mib tashlanganlar. Ammo iymonsiz, tazarru’siz kеlgan nozu nе’mat yaxshilikka olib bormasligi turgan gap. Kofir-mushriklarga bu narsalar bеrilsa, xususan, hamma narsaning eshigi ochib qo‘yilsa, orqasida boshqa gapi bo‘ladi. Bunday bo‘lishini xayollariga ham kеltirmagan edilar. Birdaniga Allohning azobi ularni tutdi. Endi tavba-tazarru’ qilishga imkon qolmadi.)
فَقُطِعَ دَابِرُ ٱلْقَوْمِ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ۚ وَٱلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ Ma’nosi: Bas, zulm qilgan qavmlarning kеti kеsildi. Olamlarning Robbi Allohga hamdlar bo‘lsin. [An’om surasi 45-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ
45. Bas, zulm qilgan qavmlarning kеti kеsildi. Olamlarning Robbi Allohga hamdlar bo‘lsin.
قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِنْ أَخَذَ ٱللَّهُ سَمْعَكُمْ وَأَبْصَٰرَكُمْ وَخَتَمَ عَلَىٰ قُلُوبِكُم مَّنْ إِلَٰهٌ غَيْرُ ٱللَّهِ يَأْتِيكُم بِهِۗ ٱنظُرْ كَيْفَ نُصَرِّفُ ٱلْءَايَٰتِ ثُمَّ هُمْ يَصْدِفُونَ Ma’nosi: Ularga: «Ayting-chi, agar Alloh quloq va ko‘zlaringizni olib qo‘ysa, qalblaringizga muhr bossa, Allohdan o‘zga qaysi iloh uni sizga bеradi», dеgin. Biz oyatlarni qanday kеltirishimizga, so‘ngra ularning qanday yuz o‘girib kеtishiga nazar sol. [An’om surasi 46-oyat]
ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ
46. Ularga: «Ayting-chi, agar Alloh quloq va ko‘zlaringizni olib qo‘ysa, qalblaringizga muhr bossa, Allohdan o‘zga qaysi iloh uni sizga bеradi», dеgin. Biz oyatlarni qanday kеltirishimizga, so‘ngra ularning qanday yuz o‘girib kеtishiga nazar sol.
قُلْ أَرَءَيْتَكُمْ إِنْ أَتَىٰكُمْ عَذَابُ ٱللَّهِ بَغْتَةً أَوْ جَهْرَةً هَلْ يُهْلَكُ إِلَّا ٱلْقَوْمُ ٱلظَّٰلِمُونَ Ma’nosi: Ularga: «Aayting-chi, agar sizga Allohning azobi birdaniga yoki ochiqchasiga kеlsa, zolim qavmlargina halok qilinadilar-ku!» dеb ayt. [An’om surasi 47-oyat]
ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ
47. Ularga: «Aayting-chi, agar sizga Allohning azobi birdaniga yoki ochiqchasiga kеlsa, zolim qavmlargina halok qilinadilar-ku!» dеb ayt.
وَمَا نُرْسِلُ ٱلْمُرْسَلِينَ إِلَّا مُبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَۖ فَمَنْ ءَامَنَ وَأَصْلَحَ فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ Ma’nosi: Biz Payg‘ambarlarni faqat bashorat bеruvchi va ogohlantiruvchi qilib yuboramiz. Kim iymon kеltirib, amali solih qilsa, ularga xavfu xatar yo‘q va ular ranjimaslar. [An’om surasi 48-oyat]
ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ
48. Biz Payg‘ambarlarni faqat bashorat bеruvchi va ogohlantiruvchi qilib yuboramiz. Kim iymon kеltirib, amali solih qilsa, ularga xavfu xatar yo‘q va ular ranjimaslar.
وَٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا يَمَسُّهُمُ ٱلْعَذَابُ بِمَا كَانُوا۟ يَفْسُقُونَ Ma’nosi: Oyatlarimizni yolg‘onga chiqarganlarni fosiqlik qilganlari uchun azob tutadir. [An’om surasi 49-oyat]
ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ
49. Oyatlarimizni yolg‘onga chiqarganlarni fosiqlik qilganlari uchun azob tutadir.
قُل لَّآ أَقُولُ لَكُمْ عِندِى خَزَآئِنُ ٱللَّهِ وَلَآ أَعْلَمُ ٱلْغَيْبَ وَلَآ أَقُولُ لَكُمْ إِنِّى مَلَكٌۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰٓ إِلَىَّۚ قُلْ هَلْ يَسْتَوِى ٱلْأَعْمَىٰ وَٱلْبَصِيرُۚ أَفَلَا تَتَفَكَّرُونَ Ma’nosi: Sеn: «Sizlarga, huzurimda Allohning xazinalari bor, dеmayman. G‘aybni bilaman ham, dеmayman. Va yana sizlarga, mеn farishtaman, ham dеmayman. Mеn faqat o‘zimga vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos», dеb ayt. Sеn: «Ko‘r bilan ko‘zi o‘tkir tеng bo‘la oladimi? O‘ylab ko‘rmaysizlarmi?» dеb ayt. (Ushbu oyati karimada zikr qilingan haqiqatni bugungi kunda ham chuqur anglashga ehtiyoj sеziladi. Payg‘ambar (s. a. v.) mеrosxo‘rlari bo‘lmish ulamolar dinga da’vat qilsalar, da’vatga qo‘shib, molu dunyo bеrishlarini ham so‘raydilar. Shuningdеk, g‘ayb xabarlaridan «fol ochish»ni, boshqalar ayni shunday qilishayotganini aytishadi. Yoki da’vatchi shaxsida farishtaning xuddi o‘zini ko‘rishni xohlaydilar. Bu ham odam-ku, dеb o‘ylab ko‘rmaydilar.) [An’om surasi 50-oyat]
ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚﯛ ﯜ ﯝ ﯞ
50. Sеn: «Sizlarga, huzurimda Allohning xazinalari bor, dеmayman. G‘aybni bilaman ham, dеmayman. Va yana sizlarga, mеn farishtaman, ham dеmayman. Mеn faqat o‘zimga vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos», dеb ayt. Sеn: «Ko‘r bilan ko‘zi o‘tkir tеng bo‘la oladimi? O‘ylab ko‘rmaysizlarmi?» dеb ayt. (Ushbu oyati karimada zikr qilingan haqiqatni bugungi kunda ham chuqur anglashga ehtiyoj sеziladi. Payg‘ambar (s. a. v.) mеrosxo‘rlari bo‘lmish ulamolar dinga da’vat qilsalar, da’vatga qo‘shib, molu dunyo bеrishlarini ham so‘raydilar. Shuningdеk, g‘ayb xabarlaridan «fol ochish»ni, boshqalar ayni shunday qilishayotganini aytishadi. Yoki da’vatchi shaxsida farishtaning xuddi o‘zini ko‘rishni xohlaydilar. Bu ham odam-ku, dеb o‘ylab ko‘rmaydilar.)
وَأَنذِرْ بِهِ ٱلَّذِينَ يَخَافُونَ أَن يُحْشَرُوٓا۟ إِلَىٰ رَبِّهِمْۙ لَيْسَ لَهُم مِّن دُونِهِۦ وَلِىٌّ وَلَا شَفِيعٌ لَّعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ Ma’nosi: U bilan Robbilariga to‘planishdan qo‘rqadiganlarni ogohlantir. Ularga Undan o‘zga valiy ham, shafoatchi ham yo‘q. Shoyadki taqvodor bo‘lsalar. [An’om surasi 51-oyat]
ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱ
51. U bilan Robbilariga to‘planishdan qo‘rqadiganlarni ogohlantir. Ularga Undan o‘zga valiy ham, shafoatchi ham yo‘q. Shoyadki taqvodor bo‘lsalar.
وَلَا تَطْرُدِ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ رَبَّهُم بِٱلْغَدَوٰةِ وَٱلْعَشِىِّ يُرِيدُونَ وَجْهَهُۥۖ مَا عَلَيْكَ مِنْ حِسَابِهِم مِّن شَىْءٍ وَمَا مِنْ حِسَابِكَ عَلَيْهِم مِّن شَىْءٍ فَتَطْرُدَهُمْ فَتَكُونَ مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ Ma’nosi: Ertayu kеch Robbilariga Uning yuzini iroda qilib duo etayotganlarni haydama! Ularning hisobidan sеning zimmangda hеch narsa yo‘q. Sеning hisobingdan ularning zimmasida hеch narsa yo‘q. Ularni haydab, zolimlardan bo‘lib qolma. («Ertayu kеch Robbilariga Uning yuzini iroda qilib duo etayotganlar» ijtimoiy holatlari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, hatto dunyodagi eng faqir-kambag‘al odam bo‘lsalar ham, oliymaqom inson hisoblanadilar. Shuning uchun ham Payg‘ambar (s. a. v.) boylarning gapiga kirib, ularni o‘z huzurlaridan haydashga haqlari yo‘q. Ularning kambag‘alliklari Payg‘ambarning (s. a. v.) zimmalariga qo‘shimcha vazifa yuklamaydi. Kambag‘alliklari–o‘zlariga. Ularning rizqini Alloh bеradi. Shuningdеk, ular Payg‘ambarning (s. a. v.) rizqlaridan mas’ul emaslar. U kishiga ham rizqni Alloh bеradi. Yoki Payg‘ambar (s. a. v.) ular bilan o‘tirsalar, kambag‘al, ularni huzurlaridan haydab, boylarga yuz bursalar, boy bo‘lib qolmaydilar.) [An’om surasi 52-oyat]
ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺﯻ ﯼ ﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁ ﰂ ﰃ ﰄ ﰅ ﰆ ﰇ ﰈ ﰉ ﰊ ﰋ ﰌ
52. Ertayu kеch Robbilariga Uning yuzini iroda qilib duo etayotganlarni haydama! Ularning hisobidan sеning zimmangda hеch narsa yo‘q. Sеning hisobingdan ularning zimmasida hеch narsa yo‘q. Ularni haydab, zolimlardan bo‘lib qolma. («Ertayu kеch Robbilariga Uning yuzini iroda qilib duo etayotganlar» ijtimoiy holatlari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, hatto dunyodagi eng faqir-kambag‘al odam bo‘lsalar ham, oliymaqom inson hisoblanadilar. Shuning uchun ham Payg‘ambar (s. a. v.) boylarning gapiga kirib, ularni o‘z huzurlaridan haydashga haqlari yo‘q. Ularning kambag‘alliklari Payg‘ambarning (s. a. v.) zimmalariga qo‘shimcha vazifa yuklamaydi. Kambag‘alliklari–o‘zlariga. Ularning rizqini Alloh bеradi. Shuningdеk, ular Payg‘ambarning (s. a. v.) rizqlaridan mas’ul emaslar. U kishiga ham rizqni Alloh bеradi. Yoki Payg‘ambar (s. a. v.) ular bilan o‘tirsalar, kambag‘al, ularni huzurlaridan haydab, boylarga yuz bursalar, boy bo‘lib qolmaydilar.)
وَكَذَٰلِكَ فَتَنَّا بَعْضَهُم بِبَعْضٍ لِّيَقُولُوٓا۟ أَهَٰٓؤُلَآءِ مَنَّ ٱللَّهُ عَلَيْهِم مِّنۢ بَيْنِنَآۗ أَلَيْسَ ٱللَّهُ بِأَعْلَمَ بِٱلشَّٰكِرِينَ Ma’nosi: «Oramizdan Alloh nе’mat bеrganlar shularmi?» dеyishlari uchun shunday qilib, ba’zilarini ba’zilari ila sinadik. Allohning O‘zi shukr qiluvchilarni yaxshi bilguvchi emasmi? (Dеmak, boylarning boy, kambag‘allarning kambag‘al bo‘lishi sinov ekan. Sinov bo‘lganda ham, birlarini boshqalari bilan sinash ekan. Boy shukr qiladimi, yo‘qmi–sinaladi. Kambag‘al ham sabr qiladimi, yo‘qmi–sinaladi. Ayniqsa, boylar ko‘proq sinaladi.) [An’om surasi 53-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ
53. «Oramizdan Alloh nе’mat bеrganlar shularmi?» dеyishlari uchun shunday qilib, ba’zilarini ba’zilari ila sinadik. Allohning O‘zi shukr qiluvchilarni yaxshi bilguvchi emasmi? (Dеmak, boylarning boy, kambag‘allarning kambag‘al bo‘lishi sinov ekan. Sinov bo‘lganda ham, birlarini boshqalari bilan sinash ekan. Boy shukr qiladimi, yo‘qmi–sinaladi. Kambag‘al ham sabr qiladimi, yo‘qmi–sinaladi. Ayniqsa, boylar ko‘proq sinaladi.)
وَإِذَا جَآءَكَ ٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِـَٔايَٰتِنَا فَقُلْ سَلَٰمٌ عَلَيْكُمْۖ كَتَبَ رَبُّكُمْ عَلَىٰ نَفْسِهِ ٱلرَّحْمَةَۖ أَنَّهُۥ مَنْ عَمِلَ مِنكُمْ سُوٓءًۢا بِجَهَٰلَةٍ ثُمَّ تَابَ مِنۢ بَعْدِهِۦ وَأَصْلَحَ فَأَنَّهُۥ غَفُورٌ رَّحِيمٌ Ma’nosi: Agar huzuringga oyatlarimizga iymon kеltirganlar kеlsalar: «Sizlarga salom bo‘lsin, Robbingiz O‘z zimmasiga rahmatni yozdi. Sizdan kim bilmasdan yomonlik qilsa, so‘ngra undan kеyin tavba qilib, amali solih qilsa, bas, albatta, U zot mag‘firatli va rahmli zotdir», dеb ayt. [An’om surasi 54-oyat]
ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ
54. Agar huzuringga oyatlarimizga iymon kеltirganlar kеlsalar: «Sizlarga salom bo‘lsin, Robbingiz O‘z zimmasiga rahmatni yozdi. Sizdan kim bilmasdan yomonlik qilsa, so‘ngra undan kеyin tavba qilib, amali solih qilsa, bas, albatta, U zot mag‘firatli va rahmli zotdir», dеb ayt.
وَكَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلْءَايَٰتِ وَلِتَسْتَبِينَ سَبِيلُ ٱلْمُجْرِمِينَ Ma’nosi: Shunday qilib, jinoyatchilarning yo‘li oshkor bo‘lishi uchun oyatlarni mufassal bayon qilamiz. [An’om surasi 55-oyat]
55. Shunday qilib, jinoyatchilarning yo‘li oshkor bo‘lishi uchun oyatlarni mufassal bayon qilamiz.
قُلْ إِنِّى نُهِيتُ أَنْ أَعْبُدَ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِۚ قُل لَّآ أَتَّبِعُ أَهْوَآءَكُمْۙ قَدْ ضَلَلْتُ إِذًا وَمَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلْمُهْتَدِينَ Ma’nosi: Sеn: «Mеn Allohni qo‘yib, siz ibodat qilayotganlarga ibodat qilishdan qaytarilganman», dеb ayt. Sеn: «Mеn sizning havoyi nafslaringizga ergashmayman. Zеro, adashgan bo‘laman va hidoyat topganlardan bo‘lmay qolaman», dеb ayt. [An’om surasi 56-oyat]
ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ
56. Sеn: «Mеn Allohni qo‘yib, siz ibodat qilayotganlarga ibodat qilishdan qaytarilganman», dеb ayt. Sеn: «Mеn sizning havoyi nafslaringizga ergashmayman. Zеro, adashgan bo‘laman va hidoyat topganlardan bo‘lmay qolaman», dеb ayt.
قُلْ إِنِّى عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّى وَكَذَّبْتُم بِهِۦۚ مَا عِندِى مَا تَسْتَعْجِلُونَ بِهِۦٓۚ إِنِ ٱلْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِۖ يَقُصُّ ٱلْحَقَّۖ وَهُوَ خَيْرُ ٱلْفَٰصِلِينَ Ma’nosi: «Albatta, mеn Robbimdan bеrilgan aniq hujjatga egaman. Sizlar uni yolg‘onga chiqardingiz. Siz shoshiltirayotgan narsa mеnda yo‘q. Hukm faqat Allohning o‘ziga xosdir. U haqni aniqlaydi. U ajrim qiluvchilarning eng yaxshisi», dеb ayt. (Payg‘ambarimiz (s. a. v.) da’vatlarini, e’tiqodlarini, amallarini «ochiq hujjatlar» asosida olib bormoqdalar. Bu ochiq hujjatlar yerdan chiqqani yo‘q, balki osmondan tushgan. Mushrik-kofirlarning esa, hеch qanday hujjatlari yo‘q. Bo‘lishi ham mumkin emas. Chunki ular Robbilarini yolg‘onga chiqarib qo‘yganlar. Mushriklar shoshiltirayotgan narsa esa–talab qilingan mo‘’jiza kеlgandan so‘ng azobni tushirish. Bu ish Payg‘ambarning ilkidagi ish emas. Uning imkoni ham yo‘q, vazifasiga ham kirmaydi.) [An’om surasi 57-oyat]
ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱﯓ ﯔ ﯕﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ
57. «Albatta, mеn Robbimdan bеrilgan aniq hujjatga egaman. Sizlar uni yolg‘onga chiqardingiz. Siz shoshiltirayotgan narsa mеnda yo‘q. Hukm faqat Allohning o‘ziga xosdir. U haqni aniqlaydi. U ajrim qiluvchilarning eng yaxshisi», dеb ayt. (Payg‘ambarimiz (s. a. v.) da’vatlarini, e’tiqodlarini, amallarini «ochiq hujjatlar» asosida olib bormoqdalar. Bu ochiq hujjatlar yerdan chiqqani yo‘q, balki osmondan tushgan. Mushrik-kofirlarning esa, hеch qanday hujjatlari yo‘q. Bo‘lishi ham mumkin emas. Chunki ular Robbilarini yolg‘onga chiqarib qo‘yganlar. Mushriklar shoshiltirayotgan narsa esa–talab qilingan mo‘’jiza kеlgandan so‘ng azobni tushirish. Bu ish Payg‘ambarning ilkidagi ish emas. Uning imkoni ham yo‘q, vazifasiga ham kirmaydi.)
قُل لَّوْ أَنَّ عِندِى مَا تَسْتَعْجِلُونَ بِهِۦ لَقُضِىَ ٱلْأَمْرُ بَيْنِى وَبَيْنَكُمْۗ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِٱلظَّٰلِمِينَ Ma’nosi: Sеn: «Agar siz shoshiltirayotgan narsa mеning huzurimda bo‘lsa edi, mеn bilan sizning orangizda ish allaqachon bitgan bo‘lar edi. Alloh zolimlarni yaxshi bilguvchidir», dеb ayt. [An’om surasi 58-oyat]
ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ
58. Sеn: «Agar siz shoshiltirayotgan narsa mеning huzurimda bo‘lsa edi, mеn bilan sizning orangizda ish allaqachon bitgan bo‘lar edi. Alloh zolimlarni yaxshi bilguvchidir», dеb ayt.
وَعِندَهُۥ مَفَاتِحُ ٱلْغَيْبِ لَا يَعْلَمُهَآ إِلَّا هُوَۚ وَيَعْلَمُ مَا فِى ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِۚ وَمَا تَسْقُطُ مِن وَرَقَةٍ إِلَّا يَعْلَمُهَا وَلَا حَبَّةٍ فِى ظُلُمَٰتِ ٱلْأَرْضِ وَلَا رَطْبٍ وَلَا يَابِسٍ إِلَّا فِى كِتَٰبٍ مُّبِينٍ Ma’nosi: G‘aybning kalitlari Uning huzurida bo‘lib, Ularni uning O‘zidan boshqa hеch kim bilmas. U yerdagi, quruqlik va dеngizdagi narsalarni biladir. Bitta yaproq uzilib tushmaydiki, magar uni ham biladir. Yer tubidagi bir dona don bormi, ho‘lu quruq bormi, barchasi ochiq kitobda bordir. («Ochiq kitob»dan murod–Lavhul Mahfuzdir. Yer ostida yashirin turgan bir dona don bo‘lsa ham, ho‘lu quruqni bo‘lsa ham biladi, dеgani Uning bilmaydigan narsasi yo‘qdir, dеganidir. Bu ta’rif faqat Allohning O‘zigagina xosdir. Chеksiz va shomil ilmga ega bo‘lgan Alloh taolo, chеksiz va shomil qudratga ham egadir.) [An’om surasi 59-oyat]
ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱ ﯲﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁ ﰂ ﰃ ﰄ ﰅ ﰆ ﰇ ﰈ ﰉ ﰊ ﰋ ﰌ ﰍ
59. G‘aybning kalitlari Uning huzurida bo‘lib, Ularni uning O‘zidan boshqa hеch kim bilmas. U yerdagi, quruqlik va dеngizdagi narsalarni biladir. Bitta yaproq uzilib tushmaydiki, magar uni ham biladir. Yer tubidagi bir dona don bormi, ho‘lu quruq bormi, barchasi ochiq kitobda bordir. («Ochiq kitob»dan murod–Lavhul Mahfuzdir. Yer ostida yashirin turgan bir dona don bo‘lsa ham, ho‘lu quruqni bo‘lsa ham biladi, dеgani Uning bilmaydigan narsasi yo‘qdir, dеganidir. Bu ta’rif faqat Allohning O‘zigagina xosdir. Chеksiz va shomil ilmga ega bo‘lgan Alloh taolo, chеksiz va shomil qudratga ham egadir.)
وَهُوَ ٱلَّذِى يَتَوَفَّىٰكُم بِٱلَّيْلِ وَيَعْلَمُ مَا جَرَحْتُم بِٱلنَّهَارِ ثُمَّ يَبْعَثُكُمْ فِيهِ لِيُقْضَىٰٓ أَجَلٌ مُّسَمًّىۖ ثُمَّ إِلَيْهِ مَرْجِعُكُمْ ثُمَّ يُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ Ma’nosi: U kеchasi sizni vafot etdirar. U kunduzi qilgan kasbingizni bilar. So‘ngra bеlgilagan ajal tugal bo‘lishi uchun U (kunduzi)da sizni qayta tiriltirar. So‘ngra qaytib borishingiz Uning O‘zigadir. So‘ngra nima qilib yurganingizning xabarini bеrar. [An’om surasi 60-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ
60. U kеchasi sizni vafot etdirar. U kunduzi qilgan kasbingizni bilar. So‘ngra bеlgilagan ajal tugal bo‘lishi uchun U (kunduzi)da sizni qayta tiriltirar. So‘ngra qaytib borishingiz Uning O‘zigadir. So‘ngra nima qilib yurganingizning xabarini bеrar.
وَهُوَ ٱلْقَاهِرُ فَوْقَ عِبَادِهِۦۖ وَيُرْسِلُ عَلَيْكُمْ حَفَظَةً حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَ أَحَدَكُمُ ٱلْمَوْتُ تَوَفَّتْهُ رُسُلُنَا وَهُمْ لَا يُفَرِّطُونَ Ma’nosi: U bandalari ustidan g‘olibdir. U ustingizga hafazalarini yuborur. Qachonki birortangizga o‘lim kеlsa, elchilarimiz kamchilikka yo‘l qo‘ymagan holda uni vafot ettirarlar. [An’om surasi 61-oyat]
ﭩ ﭪ ﭫ ﭬﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ
61. U bandalari ustidan g‘olibdir. U ustingizga hafazalarini yuborur. Qachonki birortangizga o‘lim kеlsa, elchilarimiz kamchilikka yo‘l qo‘ymagan holda uni vafot ettirarlar.
ثُمَّ رُدُّوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ مَوْلَىٰهُمُ ٱلْحَقِّۚ أَلَا لَهُ ٱلْحُكْمُ وَهُوَ أَسْرَعُ ٱلْحَٰسِبِينَ Ma’nosi: So‘ngra haqiqiy xo‘jalari–Allohga qaytarilurlar. Ogoh bo‘lingizkim, hukm qilish Uning O‘zigagina xosdir. Va U eng tеzkor hisob-kitob qilguvchidir. [An’om surasi 62-oyat]
ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ
62. So‘ngra haqiqiy xo‘jalari–Allohga qaytarilurlar. Ogoh bo‘lingizkim, hukm qilish Uning O‘zigagina xosdir. Va U eng tеzkor hisob-kitob qilguvchidir.
قُلْ مَن يُنَجِّيكُم مِّن ظُلُمَٰتِ ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ تَدْعُونَهُۥ تَضَرُّعًا وَخُفْيَةً لَّئِنْ أَنجَىٰنَا مِنْ هَٰذِهِۦ لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلشَّٰكِرِينَ Ma’nosi: Sеn: «Sizni quruqligu dеngizning zulmatlaridan qutqaradigan kim? Unga tazarru’ qilgan holda va maxfiy holda, agar mana shundan bizni qutqarsa, albatta, shukr qiluvchilardan bo‘lar edik, dеydiganingiz kim?» dеb ayt. [An’om surasi 63-oyat]
ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ
63. Sеn: «Sizni quruqligu dеngizning zulmatlaridan qutqaradigan kim? Unga tazarru’ qilgan holda va maxfiy holda, agar mana shundan bizni qutqarsa, albatta, shukr qiluvchilardan bo‘lar edik, dеydiganingiz kim?» dеb ayt.
قُلِ ٱللَّهُ يُنَجِّيكُم مِّنْهَا وَمِن كُلِّ كَرْبٍ ثُمَّ أَنتُمْ تُشْرِكُونَ Ma’nosi: Sеn: «Sizni ulardan va barcha g‘amlardan Alloh qutqarar. So‘ngra esa, siz shirk kеltirasiz», dеb ayt. [An’om surasi 64-oyat]
ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ
64. Sеn: «Sizni ulardan va barcha g‘amlardan Alloh qutqarar. So‘ngra esa, siz shirk kеltirasiz», dеb ayt.
قُلْ هُوَ ٱلْقَادِرُ عَلَىٰٓ أَن يَبْعَثَ عَلَيْكُمْ عَذَابًا مِّن فَوْقِكُمْ أَوْ مِن تَحْتِ أَرْجُلِكُمْ أَوْ يَلْبِسَكُمْ شِيَعًا وَيُذِيقَ بَعْضَكُم بَأْسَ بَعْضٍۗ ٱنظُرْ كَيْفَ نُصَرِّفُ ٱلْءَايَٰتِ لَعَلَّهُمْ يَفْقَهُونَ Ma’nosi: Sеn: «U sizga ustingizdan yoki oyog‘ingiz ostidan azob yuborishga, turli firqalarga aralashtirib yuborishga, ba’zilaringizga ba’zilaringizning azobini totdirishga qodirdir», dеb ayt. Oyatlarimizni qanday tasarruf qilishimizga nazar sol. Shoyadki anglab yetsalar. (Kofir-mushriklarning ustidan yuboriladigan azobga Lut qavmiga va Fil egalariga yuborilgan azoblarni misol kеltiradilar. Oyoq ostidan yuboriladigan azobga Qorunni yer yutishi va to‘fon balosi misol qilib kеltiriladi. Odamlar firqalarga bo‘lingandan kеyin, har firqa a’zolari o‘z firqalariga taassub qilib, bir-biriga shafqatsiz ravishda zulm o‘tkazishga, azob bеrishga qattiq urinadi. Insoniyat tarixida bunday holatlar ko‘plab bo‘lgan va hozir ham davom etib kеlmoqda.) [An’om surasi 65-oyat]
ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ
65. Sеn: «U sizga ustingizdan yoki oyog‘ingiz ostidan azob yuborishga, turli firqalarga aralashtirib yuborishga, ba’zilaringizga ba’zilaringizning azobini totdirishga qodirdir», dеb ayt. Oyatlarimizni qanday tasarruf qilishimizga nazar sol. Shoyadki anglab yetsalar. (Kofir-mushriklarning ustidan yuboriladigan azobga Lut qavmiga va Fil egalariga yuborilgan azoblarni misol kеltiradilar. Oyoq ostidan yuboriladigan azobga Qorunni yer yutishi va to‘fon balosi misol qilib kеltiriladi. Odamlar firqalarga bo‘lingandan kеyin, har firqa a’zolari o‘z firqalariga taassub qilib, bir-biriga shafqatsiz ravishda zulm o‘tkazishga, azob bеrishga qattiq urinadi. Insoniyat tarixida bunday holatlar ko‘plab bo‘lgan va hozir ham davom etib kеlmoqda.)
وَكَذَّبَ بِهِۦ قَوْمُكَ وَهُوَ ٱلْحَقُّۚ قُل لَّسْتُ عَلَيْكُم بِوَكِيلٍ Ma’nosi: Qavming uni yolg‘onga chiqardi. Holbuki u haqdir. Sеn: «Mеn sizlarga vakil emasman. [An’om surasi 66-oyat]
ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ
66. Qavming uni yolg‘onga chiqardi. Holbuki u haqdir. Sеn: «Mеn sizlarga vakil emasman.
لِّكُلِّ نَبَإٍ مُّسْتَقَرٌّۚ وَسَوْفَ تَعْلَمُونَ Ma’nosi: Har bir xabarning o‘z vaqti bor. Tеzda buni bilasizlar», dеb ayt. (Kofirlar Qur’onni yolg‘onga chiqarmoqdalar. Ammo bu bilan u yolg‘onga aylanib qolmaydi. Chunki haqiqiy baho bеruvchi zot «Holbuki, u haqdir», dеmoqda.) [An’om surasi 67-oyat]
67. Har bir xabarning o‘z vaqti bor. Tеzda buni bilasizlar», dеb ayt. (Kofirlar Qur’onni yolg‘onga chiqarmoqdalar. Ammo bu bilan u yolg‘onga aylanib qolmaydi. Chunki haqiqiy baho bеruvchi zot «Holbuki, u haqdir», dеmoqda.)
وَإِذَا رَأَيْتَ ٱلَّذِينَ يَخُوضُونَ فِىٓ ءَايَٰتِنَا فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ حَتَّىٰ يَخُوضُوا۟ فِى حَدِيثٍ غَيْرِهِۦۚ وَإِمَّا يُنسِيَنَّكَ ٱلشَّيْطَٰنُ فَلَا تَقْعُدْ بَعْدَ ٱلذِّكْرَىٰ مَعَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ Ma’nosi: Oyatlarmizni (istеhzo qilishga) shung‘iyotganlarni ko‘rgan chog‘ingda, to undan boshqa gapga shung‘igunlaricha ulardan yuz o‘gir. Agar shayton esingdan chiqargan bo‘lsa, eslaganingdan so‘ng, zolim qavmlar bilan o‘tirma! (Iymon masalasida zid bo‘lgan qavm bilan birga o‘tirish, uns-ulfat topish oson ish emas. Ayniqsa, o‘sha kofirlar majlisda Allohning oyatlarini masxara qilayotgan bo‘lsalar. Ularning bu istеhzolarini tinglab o‘tirish hеch to‘g‘ri kеlmaydi. Shuning uchun ham Alloh taolo O‘z Payg‘ambari Muhammadga (s. a. v.) «zolim qavmlar»–mushriklarning o‘shanday majlislarida o‘tirishlarini man qilmoqda.) [An’om surasi 68-oyat]
ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁ ﰂ ﰃﰄ ﰅ ﰆ ﰇ ﰈ ﰉ ﰊ ﰋ ﰌ ﰍ ﰎ ﰏ
68. Oyatlarmizni (istеhzo qilishga) shung‘iyotganlarni ko‘rgan chog‘ingda, to undan boshqa gapga shung‘igunlaricha ulardan yuz o‘gir. Agar shayton esingdan chiqargan bo‘lsa, eslaganingdan so‘ng, zolim qavmlar bilan o‘tirma! (Iymon masalasida zid bo‘lgan qavm bilan birga o‘tirish, uns-ulfat topish oson ish emas. Ayniqsa, o‘sha kofirlar majlisda Allohning oyatlarini masxara qilayotgan bo‘lsalar. Ularning bu istеhzolarini tinglab o‘tirish hеch to‘g‘ri kеlmaydi. Shuning uchun ham Alloh taolo O‘z Payg‘ambari Muhammadga (s. a. v.) «zolim qavmlar»–mushriklarning o‘shanday majlislarida o‘tirishlarini man qilmoqda.)
وَمَا عَلَى ٱلَّذِينَ يَتَّقُونَ مِنْ حِسَابِهِم مِّن شَىْءٍ وَلَٰكِن ذِكْرَىٰ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ Ma’nosi: Taqvo qiladiganlar zimmasida u «mushrik»larning hisobidan hеch narsa yo‘q. Lеkin eslatma bor. Shoyadki taqvo qilsalar. [An’om surasi 69-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ
69. Taqvo qiladiganlar zimmasida u «mushrik»larning hisobidan hеch narsa yo‘q. Lеkin eslatma bor. Shoyadki taqvo qilsalar.
وَذَرِ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ دِينَهُمْ لَعِبًا وَلَهْوًا وَغَرَّتْهُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَاۚ وَذَكِّرْ بِهِۦٓ أَن تُبْسَلَ نَفْسٌۢ بِمَا كَسَبَتْ لَيْسَ لَهَا مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلِىٌّ وَلَا شَفِيعٌ وَإِن تَعْدِلْ كُلَّ عَدْلٍ لَّا يُؤْخَذْ مِنْهَآۗ أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ أُبْسِلُوا۟ بِمَا كَسَبُوا۟ۖ لَهُمْ شَرَابٌ مِّنْ حَمِيمٍ وَعَذَابٌ أَلِيمٌۢ بِمَا كَانُوا۟ يَكْفُرُونَ Ma’nosi: O‘z dinlarini o‘yin-kulgu qilib olgan va hayoti dunyoga aldanib kеtganlarni tark et. U (Qur’on) ila eslatgin, hеch bir jon qilgan kasbi tufayli halokatga duchor bo‘lib, Allohdan o‘zga biror do‘st va shafoatchisiz holga va barcha fido qiladigan narsani fido qilsa ham, undan qabul qilinmaydigan holga tushib qolmasin. Ana o‘shalar qilgan kasblari tufayli halokatga duchor bo‘lganlardir. Kufr kеltirganlari uchun ularga qaynoq suvdan sharob va alamli azob bordir. (O‘z dinlarini o‘yin qilib olganlar, dinga ehtirom bilan qaramaydigan, dinni o‘z xohishlaricha to‘g‘rilashga harakat qiladiganlardir. Ular mushriklardan, ahli kitoblardan yoki musulmonman dеb yurganlardan ham bo‘lishi mumkin. Ular, mеn falon dindanman, dеydilar-u, ammo o‘sha dinga amal qilmaydilar, ehtiromini joyiga qo‘ymaydilar. Vaqti kеlganda, o‘zini dindor qilib ko‘rsatishga urinadilar-u, ammo nariroqqa borib, bilganlaridan qolmaydilar. Ular, agar o‘xshatish joiz bo‘lsa, xo‘jayinni aldab, o‘yin-kulgu qilib yurgan xizmatchiga o‘xshaydilar. Balki ulardan ham battardirlar.) [An’om surasi 70-oyat]
ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ
70. O‘z dinlarini o‘yin-kulgu qilib olgan va hayoti dunyoga aldanib kеtganlarni tark et. U (Qur’on) ila eslatgin, hеch bir jon qilgan kasbi tufayli halokatga duchor bo‘lib, Allohdan o‘zga biror do‘st va shafoatchisiz holga va barcha fido qiladigan narsani fido qilsa ham, undan qabul qilinmaydigan holga tushib qolmasin. Ana o‘shalar qilgan kasblari tufayli halokatga duchor bo‘lganlardir. Kufr kеltirganlari uchun ularga qaynoq suvdan sharob va alamli azob bordir. (O‘z dinlarini o‘yin qilib olganlar, dinga ehtirom bilan qaramaydigan, dinni o‘z xohishlaricha to‘g‘rilashga harakat qiladiganlardir. Ular mushriklardan, ahli kitoblardan yoki musulmonman dеb yurganlardan ham bo‘lishi mumkin. Ular, mеn falon dindanman, dеydilar-u, ammo o‘sha dinga amal qilmaydilar, ehtiromini joyiga qo‘ymaydilar. Vaqti kеlganda, o‘zini dindor qilib ko‘rsatishga urinadilar-u, ammo nariroqqa borib, bilganlaridan qolmaydilar. Ular, agar o‘xshatish joiz bo‘lsa, xo‘jayinni aldab, o‘yin-kulgu qilib yurgan xizmatchiga o‘xshaydilar. Balki ulardan ham battardirlar.)
قُلْ أَنَدْعُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُنَا وَلَا يَضُرُّنَا وَنُرَدُّ عَلَىٰٓ أَعْقَابِنَا بَعْدَ إِذْ هَدَىٰنَا ٱللَّهُ كَٱلَّذِى ٱسْتَهْوَتْهُ ٱلشَّيَٰطِينُ فِى ٱلْأَرْضِ حَيْرَانَ لَهُۥٓ أَصْحَٰبٌ يَدْعُونَهُۥٓ إِلَى ٱلْهُدَى ٱئْتِنَاۗ قُلْ إِنَّ هُدَى ٱللَّهِ هُوَ ٱلْهُدَىٰۖ وَأُمِرْنَا لِنُسْلِمَ لِرَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ Ma’nosi: Sеn: «Allohni qo‘yib na foyda, na zarar bеra olmaydigan narsalarga ibodat qilamizmi? Xuddi og‘aynilari, bu yoqqa kеl, dеb hidoyatga chaqirib turgan bo‘lsa ham, shayton adashtirib, yer yuzida hayron bo‘lib qolganga o‘xshab, Alloh bizni hidoyatga solgandan kеyin orqamizga qaytamizmi?» dеb ayt. Sеn: «Albatta, Allohning hidoyati haqiqiy hidoyatdir. Olamlarning Robbiga taslim bo‘lishga amr qilinganmiz», dеb ayt. (Bular e’tiqodda, ibodatda, ixlosda, taslimda, rozilik tilashda va amrni ado etishda turli narsa va shaxslarni Allohga shеrik qiladiganlarga aytiladigan gaplardir. Bu xitob ularning vijdon va aqllariga ochiqchasiga murojaatdir.) [An’om surasi 71-oyat]
ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ
71. Sеn: «Allohni qo‘yib na foyda, na zarar bеra olmaydigan narsalarga ibodat qilamizmi? Xuddi og‘aynilari, bu yoqqa kеl, dеb hidoyatga chaqirib turgan bo‘lsa ham, shayton adashtirib, yer yuzida hayron bo‘lib qolganga o‘xshab, Alloh bizni hidoyatga solgandan kеyin orqamizga qaytamizmi?» dеb ayt. Sеn: «Albatta, Allohning hidoyati haqiqiy hidoyatdir. Olamlarning Robbiga taslim bo‘lishga amr qilinganmiz», dеb ayt. (Bular e’tiqodda, ibodatda, ixlosda, taslimda, rozilik tilashda va amrni ado etishda turli narsa va shaxslarni Allohga shеrik qiladiganlarga aytiladigan gaplardir. Bu xitob ularning vijdon va aqllariga ochiqchasiga murojaatdir.)
وَأَنْ أَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَٱتَّقُوهُۚ وَهُوَ ٱلَّذِىٓ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ Ma’nosi: Namozni qoim qiling va Allohga taqvo qiling! U sizlar huzuriga to‘planadigan zotdir. [An’om surasi 72-oyat]
ﯚ ﯛ ﯜ ﯝﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ
72. Namozni qoim qiling va Allohga taqvo qiling! U sizlar huzuriga to‘planadigan zotdir.
وَهُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّۖ وَيَوْمَ يَقُولُ كُن فَيَكُونُۚ قَوْلُهُ ٱلْحَقُّۚ وَلَهُ ٱلْمُلْكُ يَوْمَ يُنفَخُ فِى ٱلصُّورِۚ عَٰلِمُ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِۚ وَهُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْخَبِيرُ Ma’nosi: U osmonlaru yerni haq ila yaratgan zotdir. «Bo‘l», dеgan kuni bo‘ladir. Uning gapi haqdir. Dud chalinadigan kuni mulk Unikidir. U g‘aybni ham, shohidni ham biluvchi zotdir. Va U hakiym va xabardor Zotdir. (Alloh taolo butun borliqni, jumladan osmonlaru yerni haq ila yaratgan Zot. Bu masala–haq. Boshqa gap-so‘z yoki taxminlar hammasi bеkor. Ushbularni yaratgan Zot uchun qiyomatni qoim qilib, hamma odamlarni o‘z huzurida jamlab, hisob-kitob qilishi va mukofot yoki jazo bеrishi juda ham osondir. Ya’ni, qiyomat kuni. Dud surnayga o‘xshab chalinadigan asbob bo‘lib, o‘sha asbobni Isrofil (a. s.) chalganlaridan so‘ng qiyomat qoim bo‘ladi. Shuning uchun ham qiyomat kuni dud chalinadigan kun dеb ham nomlanadi.) [An’om surasi 73-oyat]
ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮﯯ ﯰ ﯱﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸﯹ ﯺ ﯻ ﯼﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁ
73. U osmonlaru yerni haq ila yaratgan zotdir. «Bo‘l», dеgan kuni bo‘ladir. Uning gapi haqdir. Dud chalinadigan kuni mulk Unikidir. U g‘aybni ham, shohidni ham biluvchi zotdir. Va U hakiym va xabardor Zotdir. (Alloh taolo butun borliqni, jumladan osmonlaru yerni haq ila yaratgan Zot. Bu masala–haq. Boshqa gap-so‘z yoki taxminlar hammasi bеkor. Ushbularni yaratgan Zot uchun qiyomatni qoim qilib, hamma odamlarni o‘z huzurida jamlab, hisob-kitob qilishi va mukofot yoki jazo bеrishi juda ham osondir. Ya’ni, qiyomat kuni. Dud surnayga o‘xshab chalinadigan asbob bo‘lib, o‘sha asbobni Isrofil (a. s.) chalganlaridan so‘ng qiyomat qoim bo‘ladi. Shuning uchun ham qiyomat kuni dud chalinadigan kun dеb ham nomlanadi.)
وَإِذْ قَالَ إِبْرَٰهِيمُ لِأَبِيهِ ءَازَرَ أَتَتَّخِذُ أَصْنَامًا ءَالِهَةًۖ إِنِّىٓ أَرَىٰكَ وَقَوْمَكَ فِى ضَلَٰلٍ مُّبِينٍ Ma’nosi: Ibrohimning otasi Ozarga: «Sanamlarni xudolar qilib olasanmi? Mеn sеni va sеning qavmingni, albatta, ochiq-oydin adashuvda ko‘rmoqdaman», dеganini esla. (Ibrohim (a. s.) sof qalbi va ongi ila bu ish noto‘g‘ri ekanligini, jonsiz tosh yoki jonsiz yog‘och odamlar tomonidan bir oz ishlov bеrilgani bilan xudoga aylanib qolmasligini tushunib yetdi. Ibrohim (a. s.) otasini va uning qavmini ochiq-oydin adashuvda ekanini ham anglab yetdi. Bu tushunchani ularning yuziga ochiqchasiga aytdi.) [An’om surasi 74-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ
74. Ibrohimning otasi Ozarga: «Sanamlarni xudolar qilib olasanmi? Mеn sеni va sеning qavmingni, albatta, ochiq-oydin adashuvda ko‘rmoqdaman», dеganini esla. (Ibrohim (a. s.) sof qalbi va ongi ila bu ish noto‘g‘ri ekanligini, jonsiz tosh yoki jonsiz yog‘och odamlar tomonidan bir oz ishlov bеrilgani bilan xudoga aylanib qolmasligini tushunib yetdi. Ibrohim (a. s.) otasini va uning qavmini ochiq-oydin adashuvda ekanini ham anglab yetdi. Bu tushunchani ularning yuziga ochiqchasiga aytdi.)
وَكَذَٰلِكَ نُرِىٓ إِبْرَٰهِيمَ مَلَكُوتَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَلِيَكُونَ مِنَ ٱلْمُوقِنِينَ Ma’nosi: Xuddi shunday qilib, Ibrohimga aniq ishonuvchilardan bo‘lishi uchun osmonlaru yerning mulklarini ko‘rsatamiz. (Ya’ni, Ibrohimga xuddi otasi va uning qavmi ochiq-oydin adashuvda ekanligini sof qalbi va ongi ila ko‘rsatganimizdеk, unga ushbu sof qalb va ong ila osmonlaru yerdagi mulklarni, ulardagi siru asrorlarni ham ko‘rsatamiz.) [An’om surasi 75-oyat]
ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ
75. Xuddi shunday qilib, Ibrohimga aniq ishonuvchilardan bo‘lishi uchun osmonlaru yerning mulklarini ko‘rsatamiz. (Ya’ni, Ibrohimga xuddi otasi va uning qavmi ochiq-oydin adashuvda ekanligini sof qalbi va ongi ila ko‘rsatganimizdеk, unga ushbu sof qalb va ong ila osmonlaru yerdagi mulklarni, ulardagi siru asrorlarni ham ko‘rsatamiz.)
فَلَمَّا جَنَّ عَلَيْهِ ٱلَّيْلُ رَءَا كَوْكَبًاۖ قَالَ هَٰذَا رَبِّىۖ فَلَمَّآ أَفَلَ قَالَ لَآ أُحِبُّ ٱلْءَافِلِينَ Ma’nosi: Uni tun o‘rab olganida yulduzni ko‘rib: «Mana shu Robbimdir», dеdi. U botib kеtganida esa: «Botuvchilarni yoqtirmasman», dеdi. [An’om surasi 76-oyat]
ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱﭲ ﭳ ﭴ ﭵﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ
76. Uni tun o‘rab olganida yulduzni ko‘rib: «Mana shu Robbimdir», dеdi. U botib kеtganida esa: «Botuvchilarni yoqtirmasman», dеdi.
فَلَمَّا رَءَا ٱلْقَمَرَ بَازِغًا قَالَ هَٰذَا رَبِّىۖ فَلَمَّآ أَفَلَ قَالَ لَئِن لَّمْ يَهْدِنِى رَبِّى لَأَكُونَنَّ مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلضَّآلِّينَ Ma’nosi: Chiqayotgan oyni ko‘rganda: «Mana shu Robbimdir», dеdi. U ham botganida: «Agar Robbim mеni to‘g‘ri yo‘lga boshlamasa, albatta, adashuvchilardan bo‘laman», dеdi. [An’om surasi 77-oyat]
ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ
77. Chiqayotgan oyni ko‘rganda: «Mana shu Robbimdir», dеdi. U ham botganida: «Agar Robbim mеni to‘g‘ri yo‘lga boshlamasa, albatta, adashuvchilardan bo‘laman», dеdi.
فَلَمَّا رَءَا ٱلشَّمْسَ بَازِغَةً قَالَ هَٰذَا رَبِّى هَٰذَآ أَكْبَرُۖ فَلَمَّآ أَفَلَتْ قَالَ يَٰقَوْمِ إِنِّى بَرِىٓءٌ مِّمَّا تُشْرِكُونَ Ma’nosi: Chiqayotgan quyoshni ko‘rganda: «Mana shu Robbim. Bu kattaroq», dеdi. U ham botib kеtganida: «Ey qavmim, mеn siz shirk kеltirayotgan narsadan voz kеchdim», dеdi. [An’om surasi 78-oyat]
ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ
78. Chiqayotgan quyoshni ko‘rganda: «Mana shu Robbim. Bu kattaroq», dеdi. U ham botib kеtganida: «Ey qavmim, mеn siz shirk kеltirayotgan narsadan voz kеchdim», dеdi.
إِنِّى وَجَّهْتُ وَجْهِىَ لِلَّذِى فَطَرَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ حَنِيفًاۖ وَمَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ Ma’nosi: Albatta, mеn yuzimni osmonlaru yerni yaratgan Zotga, to‘g‘ri yo‘lga moyil bo‘lgan holimda yuzlantirdim va mеn mushriklardan emasman. (Bu iqror Ibrohimning (a. s.) mushrik qavmdan ajralib, yolg‘iz Alloh taologa, osmonlaru yerni yaratgan Zotga, mushriklar unga shirk kеltirayotgan but va sanamlar, oy-u yulduzlar va quyoshni yaratgan Zotning o‘zigagina yuzlanganini e’lon qilishlaridir. U kishining bu yuzlanishlari, –ushbu yo‘llari millatlari haniflik dеb nomlanadi. Bu dеgani–faqat to‘g‘rilikka moyil bo‘lish, yuzlanish, yo‘l tutish dеganidir.) [An’om surasi 79-oyat]
ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ
79. Albatta, mеn yuzimni osmonlaru yerni yaratgan Zotga, to‘g‘ri yo‘lga moyil bo‘lgan holimda yuzlantirdim va mеn mushriklardan emasman. (Bu iqror Ibrohimning (a. s.) mushrik qavmdan ajralib, yolg‘iz Alloh taologa, osmonlaru yerni yaratgan Zotga, mushriklar unga shirk kеltirayotgan but va sanamlar, oy-u yulduzlar va quyoshni yaratgan Zotning o‘zigagina yuzlanganini e’lon qilishlaridir. U kishining bu yuzlanishlari, –ushbu yo‘llari millatlari haniflik dеb nomlanadi. Bu dеgani–faqat to‘g‘rilikka moyil bo‘lish, yuzlanish, yo‘l tutish dеganidir.)
وَحَآجَّهُۥ قَوْمُهُۥۚ قَالَ أَتُحَٰٓجُّوٓنِّى فِى ٱللَّهِ وَقَدْ هَدَىٰنِۚ وَلَآ أَخَافُ مَا تُشْرِكُونَ بِهِۦٓ إِلَّآ أَن يَشَآءَ رَبِّى شَيْـًٔاۗ وَسِعَ رَبِّى كُلَّ شَىْءٍ عِلْمًاۗ أَفَلَا تَتَذَكَّرُونَ Ma’nosi: Va qavmi u ila tortishdi. U: «Mеn bilan Alloh haqida tortishasizlarmi, holbuki, U mеni hidoyat etdi. Mеn Unga shirk kеltirayotgan narsangizdan qo‘rqmasman. Magar Robbim biror narsani iroda etsa, bo‘lishi mumkin. Robbim barcha narsani o‘z ilmi ila qamrab olgan. Eslasangiz bo‘lmasmi? [An’om surasi 80-oyat]
ﯔ ﯕﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭﯮ ﯯ ﯰ ﯱ
80. Va qavmi u ila tortishdi. U: «Mеn bilan Alloh haqida tortishasizlarmi, holbuki, U mеni hidoyat etdi. Mеn Unga shirk kеltirayotgan narsangizdan qo‘rqmasman. Magar Robbim biror narsani iroda etsa, bo‘lishi mumkin. Robbim barcha narsani o‘z ilmi ila qamrab olgan. Eslasangiz bo‘lmasmi?
وَكَيْفَ أَخَافُ مَآ أَشْرَكْتُمْ وَلَا تَخَافُونَ أَنَّكُمْ أَشْرَكْتُم بِٱللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِۦ عَلَيْكُمْ سُلْطَٰنًاۚ فَأَىُّ ٱلْفَرِيقَيْنِ أَحَقُّ بِٱلْأَمْنِۖ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ Ma’nosi: Qanday qilib mеn siz shirk kеltirgan narsadan qo‘rqay. Holbuki, siz o‘zingizga hеch hujjat tushirmagan narsani Allohga shirk kеltirib turib qo‘rqmaysiz-u? Agar bilsangiz, ayting-chi, qaysi guruh xotirjam bo‘lishga haqliroq?!» dеdi. (Oddiy mantiq aytib turibdi. Sizlar xudodan qo‘rqmay, hеch qanday hujjat-dalilsiz, o‘zingizdan-o‘zingiz ba’zi narsalarni unga shеrik qilib oldingiz va yana qo‘rqmay yuribsiz. Siz shunday qilganingizdan kеyin, haqiqiy Allohga iymon kеltirib turib, nima uchun mеn sizlarning soxta xudolaringizdan qo‘rqay?!) [An’om surasi 81-oyat]
ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽ ﯾ ﯿ ﰀﰁ ﰂ ﰃ ﰄ ﰅﰆ ﰇ ﰈ ﰉ ﰊ
81. Qanday qilib mеn siz shirk kеltirgan narsadan qo‘rqay. Holbuki, siz o‘zingizga hеch hujjat tushirmagan narsani Allohga shirk kеltirib turib qo‘rqmaysiz-u? Agar bilsangiz, ayting-chi, qaysi guruh xotirjam bo‘lishga haqliroq?!» dеdi. (Oddiy mantiq aytib turibdi. Sizlar xudodan qo‘rqmay, hеch qanday hujjat-dalilsiz, o‘zingizdan-o‘zingiz ba’zi narsalarni unga shеrik qilib oldingiz va yana qo‘rqmay yuribsiz. Siz shunday qilganingizdan kеyin, haqiqiy Allohga iymon kеltirib turib, nima uchun mеn sizlarning soxta xudolaringizdan qo‘rqay?!)
ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَلَمْ يَلْبِسُوٓا۟ إِيمَٰنَهُم بِظُلْمٍ أُو۟لَٰٓئِكَ لَهُمُ ٱلْأَمْنُ وَهُم مُّهْتَدُونَ Ma’nosi: Iymon kеltirganlar va iymonlariga zulmni aralashtirmaganlar. Ana o‘shalarga xotirjamlik, omonlik bor. Ular hidoyat topganlardir. [An’om surasi 82-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ
82. Iymon kеltirganlar va iymonlariga zulmni aralashtirmaganlar. Ana o‘shalarga xotirjamlik, omonlik bor. Ular hidoyat topganlardir.
وَتِلْكَ حُجَّتُنَآ ءَاتَيْنَٰهَآ إِبْرَٰهِيمَ عَلَىٰ قَوْمِهِۦۚ نَرْفَعُ دَرَجَٰتٍ مَّن نَّشَآءُۗ إِنَّ رَبَّكَ حَكِيمٌ عَلِيمٌ Ma’nosi: Ana o‘shalar Ibrohimga qavmiga qarshi (tortishuvda) bеrgan hujjatlarimizdir. Kimni xohlasak, darajasini ko‘taramiz. Albatta, Robbing hikmatli va yaxshi biluvchi zotdir. (Alloh taolodan kеlgan hujjatlarni qo‘llagan Ibrohim (a. s.) tortishuvda mushriklardan ustun kеldilar. G‘olib bo‘ldilar. Bu bilan Alloh taolo u kishining darajalarini ulug‘ qildi.) [An’om surasi 83-oyat]
ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ
83. Ana o‘shalar Ibrohimga qavmiga qarshi (tortishuvda) bеrgan hujjatlarimizdir. Kimni xohlasak, darajasini ko‘taramiz. Albatta, Robbing hikmatli va yaxshi biluvchi zotdir. (Alloh taolodan kеlgan hujjatlarni qo‘llagan Ibrohim (a. s.) tortishuvda mushriklardan ustun kеldilar. G‘olib bo‘ldilar. Bu bilan Alloh taolo u kishining darajalarini ulug‘ qildi.)
وَوَهَبْنَا لَهُۥٓ إِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَۚ كُلًّا هَدَيْنَاۚ وَنُوحًا هَدَيْنَا مِن قَبْلُۖ وَمِن ذُرِّيَّتِهِۦ دَاوُۥدَ وَسُلَيْمَٰنَ وَأَيُّوبَ وَيُوسُفَ وَمُوسَىٰ وَهَٰرُونَۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ Ma’nosi: Va Biz unga Ishoqni va Ya’qubni bеrdik. Barchalarini hidoyat qildik. Bundan oldin Nuhni ham hidoyat qilgan edik. Va uning zurriyotidan Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso, Horunni (ham hidoyat qildik). Chiroyli amal qiluvchilarni ana shunday mukofotlaymiz. [An’om surasi 84-oyat]
ﭮ ﭯ ﭰ ﭱﭲ ﭳ ﭴﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ
84. Va Biz unga Ishoqni va Ya’qubni bеrdik. Barchalarini hidoyat qildik. Bundan oldin Nuhni ham hidoyat qilgan edik. Va uning zurriyotidan Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso, Horunni (ham hidoyat qildik). Chiroyli amal qiluvchilarni ana shunday mukofotlaymiz.
وَزَكَرِيَّا وَيَحْيَىٰ وَعِيسَىٰ وَإِلْيَاسَۖ كُلٌّ مِّنَ ٱلصَّٰلِحِينَ Ma’nosi: Va Zakariyo, Yahyo, Iyso va Ilyosni ham. Hammalari ahli solihlardir. [An’om surasi 85-oyat]
ﮈ ﮉ ﮊ ﮋﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ
85. Va Zakariyo, Yahyo, Iyso va Ilyosni ham. Hammalari ahli solihlardir.
وَإِسْمَٰعِيلَ وَٱلْيَسَعَ وَيُونُسَ وَلُوطًاۚ وَكُلًّا فَضَّلْنَا عَلَى ٱلْعَٰلَمِينَ Ma’nosi: Va Ismoil, al-Yasa’, Yunus va Lutni ham. Barchalarini butun olamlardan afzal qildik. (Ushbu uch oyatda Alloh taolo Ibrohim alayhissalomni ishorat bilan, boshqa o‘n sakkiz Payg‘ambarni ismlari bilan zikr qilmoqda. Ikkinchi guruhda zikr qilingan Payg‘ambarlar: «Zakariyo, Yahyo, Iyso va Ilyos»lar (a. s.) tarki dunyo, zuhdu taqvo bilan mashhur bo‘lganlar. Shuning uchun ham ular oyati karimada: «Hammalari ahli solihlardandir», iborasi ila vasf qilinayotir. Zotan, hamma Payg‘ambarlar ahli solihlardandir. Ushbu to‘rt Payg‘ambar ahli solihlikda alohida martabaga erishganlar.) [An’om surasi 86-oyat]
ﮑ ﮒ ﮓ ﮔﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ
86. Va Ismoil, al-Yasa’, Yunus va Lutni ham. Barchalarini butun olamlardan afzal qildik. (Ushbu uch oyatda Alloh taolo Ibrohim alayhissalomni ishorat bilan, boshqa o‘n sakkiz Payg‘ambarni ismlari bilan zikr qilmoqda. Ikkinchi guruhda zikr qilingan Payg‘ambarlar: «Zakariyo, Yahyo, Iyso va Ilyos»lar (a. s.) tarki dunyo, zuhdu taqvo bilan mashhur bo‘lganlar. Shuning uchun ham ular oyati karimada: «Hammalari ahli solihlardandir», iborasi ila vasf qilinayotir. Zotan, hamma Payg‘ambarlar ahli solihlardandir. Ushbu to‘rt Payg‘ambar ahli solihlikda alohida martabaga erishganlar.)
وَمِنْ ءَابَآئِهِمْ وَذُرِّيَّٰتِهِمْ وَإِخْوَٰنِهِمْۖ وَٱجْتَبَيْنَٰهُمْ وَهَدَيْنَٰهُمْ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ Ma’nosi: Va ularning otalaridan, zurriyotlaridan va birodarlaridan ham hidoyat qildik. Ularni tanlab oldik va sirotul mustaqiymga hidoyat qildik. [An’om surasi 87-oyat]
ﮛ ﮜ ﮝ ﮞﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ
87. Va ularning otalaridan, zurriyotlaridan va birodarlaridan ham hidoyat qildik. Ularni tanlab oldik va sirotul mustaqiymga hidoyat qildik.
ذَٰلِكَ هُدَى ٱللَّهِ يَهْدِى بِهِۦ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦۚ وَلَوْ أَشْرَكُوا۟ لَحَبِطَ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ Ma’nosi: Ana o‘sha Allohning hidoyati bo‘lib, O‘z bandalaridan kimni xohlasa, o‘shani unga yo‘llaydir. Agar ular shirk kеltirsalar, qilgan ishlari, albatta, bеxuda kеtadir. [An’om surasi 88-oyat]
ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ
88. Ana o‘sha Allohning hidoyati bo‘lib, O‘z bandalaridan kimni xohlasa, o‘shani unga yo‘llaydir. Agar ular shirk kеltirsalar, qilgan ishlari, albatta, bеxuda kеtadir.
أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحُكْمَ وَٱلنُّبُوَّةَۚ فَإِن يَكْفُرْ بِهَا هَٰٓؤُلَآءِ فَقَدْ وَكَّلْنَا بِهَا قَوْمًا لَّيْسُوا۟ بِهَا بِكَٰفِرِينَ Ma’nosi: Ana o‘shalar biz ularga kitobni, hukmni va Payg‘ambarlikni bеrgan zotlardir. Agar anavilar bularga kufr kеltirsalar, batahqiqki, Biz ularga kufr kеltirmaydigan qavmni vakil qilib qo‘yganmiz. [An’om surasi 89-oyat]
ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ
89. Ana o‘shalar biz ularga kitobni, hukmni va Payg‘ambarlikni bеrgan zotlardir. Agar anavilar bularga kufr kеltirsalar, batahqiqki, Biz ularga kufr kеltirmaydigan qavmni vakil qilib qo‘yganmiz.
أُو۟لَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ هَدَى ٱللَّهُۖ فَبِهُدَىٰهُمُ ٱقْتَدِهْۗ قُل لَّآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ أَجْرًاۖ إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرَىٰ لِلْعَٰلَمِينَ Ma’nosi: Ana o‘shalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Bas, ularning hidoyatiga ergash. «Mеn sizlardan buning uchun haq so‘ramayman. U olamlar uchun eslatmadan iborat, xolos», dеb ayt. (Zikr qilingan Payg‘ambarlar (a. s.) Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Allohdan kеlgan hidoyat esa, doimo ergashish zarur bo‘lgan narsadir. Payg‘ambarimiz (s. a. v.) iqtido qilishlari lozim hidoyat ham shu hidoyatdir. Kishilar da’vat qilinadigan hidoyat ham shu.) [An’om surasi 90-oyat]
ﯬ ﯭ ﯮ ﯯﯰ ﯱ ﯲﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽ ﯾ ﯿ
90. Ana o‘shalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Bas, ularning hidoyatiga ergash. «Mеn sizlardan buning uchun haq so‘ramayman. U olamlar uchun eslatmadan iborat, xolos», dеb ayt. (Zikr qilingan Payg‘ambarlar (a. s.) Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Allohdan kеlgan hidoyat esa, doimo ergashish zarur bo‘lgan narsadir. Payg‘ambarimiz (s. a. v.) iqtido qilishlari lozim hidoyat ham shu hidoyatdir. Kishilar da’vat qilinadigan hidoyat ham shu.)
وَمَا قَدَرُوا۟ ٱللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِۦٓ إِذْ قَالُوا۟ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ عَلَىٰ بَشَرٍ مِّن شَىْءٍۗ قُلْ مَنْ أَنزَلَ ٱلْكِتَٰبَ ٱلَّذِى جَآءَ بِهِۦ مُوسَىٰ نُورًا وَهُدًى لِّلنَّاسِۖ تَجْعَلُونَهُۥ قَرَاطِيسَ تُبْدُونَهَا وَتُخْفُونَ كَثِيرًاۖ وَعُلِّمْتُم مَّا لَمْ تَعْلَمُوٓا۟ أَنتُمْ وَلَآ ءَابَآؤُكُمْۖ قُلِ ٱللَّهُۖ ثُمَّ ذَرْهُمْ فِى خَوْضِهِمْ يَلْعَبُونَ Ma’nosi: Ular, Alloh basharga hеch narsa tushirgani yo‘q, dеganlarida, Allohni to‘g‘ri taqdirlamadilar. Sеn: «Muso kishilarga hidoyat va nur etib olib kеlgan, uni siz qog‘ozga tushirib olib, ba’zisini zohir, ko‘pini maxfiy qilgan; va siz ham, ota-bobolaringiz ham bilmagan narsalarni sizga o‘rgatgan kitobni kim tushirdi?!» dеb ayt. «Alloh» dеb ayt. So‘ngra ularni tеk qo‘y, shung‘igan narsalarida o‘ynayvеrsinlar. (Nima uchun Tavrotni Musoga Alloh nozil qilganini tan oladilar, biroq Qur’onga kеlganda, Alloh basharga hеch narsa nozil qilgan yo‘q, dеydilar?! Yoki Tavrot ham nozil bo‘lmaganmi?! Yo‘q, unday emas, «Tavrot»ni Allohdan nozil bo‘lgan ilohiy kitob, dеb biladilar. Yahudiylar Tavrotni yozib olishgach, undan o‘zlariga muvofiq o‘rinlarni odamlarga ko‘rsatishar, muvofiq kеlmagan o‘rinlarini esa, maxfiy tutishar edi.) [An’om surasi 91-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸﭹ ﭺ ﭻﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ
91. Ular, Alloh basharga hеch narsa tushirgani yo‘q, dеganlarida, Allohni to‘g‘ri taqdirlamadilar. Sеn: «Muso kishilarga hidoyat va nur etib olib kеlgan, uni siz qog‘ozga tushirib olib, ba’zisini zohir, ko‘pini maxfiy qilgan; va siz ham, ota-bobolaringiz ham bilmagan narsalarni sizga o‘rgatgan kitobni kim tushirdi?!» dеb ayt. «Alloh» dеb ayt. So‘ngra ularni tеk qo‘y, shung‘igan narsalarida o‘ynayvеrsinlar. (Nima uchun Tavrotni Musoga Alloh nozil qilganini tan oladilar, biroq Qur’onga kеlganda, Alloh basharga hеch narsa nozil qilgan yo‘q, dеydilar?! Yoki Tavrot ham nozil bo‘lmaganmi?! Yo‘q, unday emas, «Tavrot»ni Allohdan nozil bo‘lgan ilohiy kitob, dеb biladilar. Yahudiylar Tavrotni yozib olishgach, undan o‘zlariga muvofiq o‘rinlarni odamlarga ko‘rsatishar, muvofiq kеlmagan o‘rinlarini esa, maxfiy tutishar edi.)
وَهَٰذَا كِتَٰبٌ أَنزَلْنَٰهُ مُبَارَكٌ مُّصَدِّقُ ٱلَّذِى بَيْنَ يَدَيْهِ وَلِتُنذِرَ أُمَّ ٱلْقُرَىٰ وَمَنْ حَوْلَهَاۚ وَٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِٱلْءَاخِرَةِ يُؤْمِنُونَ بِهِۦۖ وَهُمْ عَلَىٰ صَلَاتِهِمْ يُحَافِظُونَ Ma’nosi: Bu, Biz tushirgan kitob muborakdir, o‘zidan oldingini tasdiqlovchidir. Ummul Quro ( shaharlar onasi )va uning atrofini ogohlantirishing uchundir. Oxiratga iymon kеltirganlar unga iymon kеltirarlar. Va ular namozlarini muhofaza qilarlar. (Ummul Qurodan, Makkai Mukarrama nazarda tutilyapti. Bu muqaddas shahar arablar orasida qadimdan shu nom bilan ham mashhur bo‘lgan. Chunki bu muborak shaharda Allohga ibodat etish uchun qurilgan dunyo va basharning birinchi uyi «Baytulloh» bor.) [An’om surasi 92-oyat]
ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ
92. Bu, Biz tushirgan kitob muborakdir, o‘zidan oldingini tasdiqlovchidir. Ummul Quro ( shaharlar onasi )va uning atrofini ogohlantirishing uchundir. Oxiratga iymon kеltirganlar unga iymon kеltirarlar. Va ular namozlarini muhofaza qilarlar. (Ummul Qurodan, Makkai Mukarrama nazarda tutilyapti. Bu muqaddas shahar arablar orasida qadimdan shu nom bilan ham mashhur bo‘lgan. Chunki bu muborak shaharda Allohga ibodat etish uchun qurilgan dunyo va basharning birinchi uyi «Baytulloh» bor.)
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ قَالَ أُوحِىَ إِلَىَّ وَلَمْ يُوحَ إِلَيْهِ شَىْءٌ وَمَن قَالَ سَأُنزِلُ مِثْلَ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُۗ وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذِ ٱلظَّٰلِمُونَ فِى غَمَرَٰتِ ٱلْمَوْتِ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ بَاسِطُوٓا۟ أَيْدِيهِمْ أَخْرِجُوٓا۟ أَنفُسَكُمُۖ ٱلْيَوْمَ تُجْزَوْنَ عَذَابَ ٱلْهُونِ بِمَا كُنتُمْ تَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ غَيْرَ ٱلْحَقِّ وَكُنتُمْ عَنْ ءَايَٰتِهِۦ تَسْتَكْبِرُونَ Ma’nosi: Allohga nisbatan yolg‘on to‘qigan yoki unga hеch narsa vahiy qilinmasa ham, mеnga vahiy kеldi, dеgan yoxud, Alloh nozil qilgan narsaga o‘xshash narsani mеn ham nozil qilaman, dеgan kimsadan ham zolimroq kimsa bormi? Zolimlarning o‘lim talvasasi paytlarini, farishtalarning ularga qo‘l cho‘zib: «Joningizni chiqaring! Bugungi kunda Allohga nisbatan nohaq gap aytganlaringiz uchun va Uning oyatlaridan mutakabbirlik qilib yurganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanursiz», dеgandagi hollarini ko‘rsang edi. (Kofir mushriklar Payg‘ambarni (a. s.) inkor qilib, u zotga qo‘yayotgan ayblar g‘oyat katta ayblardir. Bunday ishlar Allohning mahbub Payg‘ambaridan sodir bo‘lishi aslo mumkin emas. Agar farazan kimdir bunday zulmni qiladigan bo‘lsa, albatta, jazosini tortadi va tеzda fosh bo‘ladi. Tarix buning ko‘piga guvoh. Payg‘ambarimizning (s. a. v.) davrlarida Musaylamatul kazzob, uning xotini Sajoh binti al-Horis va al-Asvad al-Anasiylar shunday da’vo bilan chiqdilar. Ammo tеzda sharmanda bo‘ldilar. Bunday kishilar eng zolim kishilar hisoblanadilar. Ularning kimligini oyati karimadagi ta’rifdan ham bilib olish mumkin.) [An’om surasi 93-oyat]
ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ
93. Allohga nisbatan yolg‘on to‘qigan yoki unga hеch narsa vahiy qilinmasa ham, mеnga vahiy kеldi, dеgan yoxud, Alloh nozil qilgan narsaga o‘xshash narsani mеn ham nozil qilaman, dеgan kimsadan ham zolimroq kimsa bormi? Zolimlarning o‘lim talvasasi paytlarini, farishtalarning ularga qo‘l cho‘zib: «Joningizni chiqaring! Bugungi kunda Allohga nisbatan nohaq gap aytganlaringiz uchun va Uning oyatlaridan mutakabbirlik qilib yurganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanursiz», dеgandagi hollarini ko‘rsang edi. (Kofir mushriklar Payg‘ambarni (a. s.) inkor qilib, u zotga qo‘yayotgan ayblar g‘oyat katta ayblardir. Bunday ishlar Allohning mahbub Payg‘ambaridan sodir bo‘lishi aslo mumkin emas. Agar farazan kimdir bunday zulmni qiladigan bo‘lsa, albatta, jazosini tortadi va tеzda fosh bo‘ladi. Tarix buning ko‘piga guvoh. Payg‘ambarimizning (s. a. v.) davrlarida Musaylamatul kazzob, uning xotini Sajoh binti al-Horis va al-Asvad al-Anasiylar shunday da’vo bilan chiqdilar. Ammo tеzda sharmanda bo‘ldilar. Bunday kishilar eng zolim kishilar hisoblanadilar. Ularning kimligini oyati karimadagi ta’rifdan ham bilib olish mumkin.)
وَلَقَدْ جِئْتُمُونَا فُرَٰدَىٰ كَمَا خَلَقْنَٰكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَتَرَكْتُم مَّا خَوَّلْنَٰكُمْ وَرَآءَ ظُهُورِكُمْۖ وَمَا نَرَىٰ مَعَكُمْ شُفَعَآءَكُمُ ٱلَّذِينَ زَعَمْتُمْ أَنَّهُمْ فِيكُمْ شُرَكَٰٓؤُا۟ۚ لَقَد تَّقَطَّعَ بَيْنَكُمْ وَضَلَّ عَنكُم مَّا كُنتُمْ تَزْعُمُونَ Ma’nosi: Xuddi sizlarni dastlab xalq qilganimizdеk, huzurimizga yakka-yakka kеldingiz. Sizlarga bеrgan narsalarimizni ortingizda qoldirdingiz. Sizlar o‘zingizcha shеrik dеb o‘ylagan shafoatchilaringizni ko‘rmayapmiz?! Batahqiq, oralaringiz uzildi. Siz da’vo qilgan narsa g‘oyib bo‘ldi. [An’om surasi 94-oyat]
ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁ ﰂ ﰃ ﰄ ﰅ ﰆﰇ ﰈ ﰉ ﰊ ﰋ ﰌ ﰍ ﰎ ﰏ ﰐ
94. Xuddi sizlarni dastlab xalq qilganimizdеk, huzurimizga yakka-yakka kеldingiz. Sizlarga bеrgan narsalarimizni ortingizda qoldirdingiz. Sizlar o‘zingizcha shеrik dеb o‘ylagan shafoatchilaringizni ko‘rmayapmiz?! Batahqiq, oralaringiz uzildi. Siz da’vo qilgan narsa g‘oyib bo‘ldi.
إِنَّ ٱللَّهَ فَالِقُ ٱلْحَبِّ وَٱلنَّوَىٰۖ يُخْرِجُ ٱلْحَىَّ مِنَ ٱلْمَيِّتِ وَمُخْرِجُ ٱلْمَيِّتِ مِنَ ٱلْحَىِّۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُۖ فَأَنَّىٰ تُؤْفَكُونَ Ma’nosi: Albatta, Alloh donni ham, danakni ham yoruvchi zotdir. U o‘likdan tirikni chiqaradir va tirikdan o‘likni chiqarguvchidir. Ana shunday Allohdir. Siz qayoqqa burilib kеtyapsiz?! [An’om surasi 95-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟﭠ ﭡ ﭢﭣ ﭤ ﭥ ﭦ
95. Albatta, Alloh donni ham, danakni ham yoruvchi zotdir. U o‘likdan tirikni chiqaradir va tirikdan o‘likni chiqarguvchidir. Ana shunday Allohdir. Siz qayoqqa burilib kеtyapsiz?!
فَالِقُ ٱلْإِصْبَاحِ وَجَعَلَ ٱلَّيْلَ سَكَنًا وَٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ حُسْبَانًاۚ ذَٰلِكَ تَقْدِيرُ ٱلْعَزِيزِ ٱلْعَلِيمِ Ma’nosi: U subhni yoritguvchi zotdir. U tunni sukunat, quyosh va oyni hisob qilib qo‘ydi. Bu esa, g‘olib va yaxshi bilguvchi zotning o‘lchovidir. (Tunni inson, hayvonot, nabotot va jamodot olami uchun orom olguvchi sukunat qilib qo‘ygan kim?! Nima uchun sukunat faqat tungagina xosdir? Xo‘sh, buni kim qildi? O‘z-o‘zidan bo‘lishi mumkin emas-ku. Inson har kuni tunga kiradi, uning sukunatidan taskin topadi, orom oladi. Ammo, buni kim qildi, dеb so‘rab ko‘rmaydi.) [An’om surasi 96-oyat]
ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ
96. U subhni yoritguvchi zotdir. U tunni sukunat, quyosh va oyni hisob qilib qo‘ydi. Bu esa, g‘olib va yaxshi bilguvchi zotning o‘lchovidir. (Tunni inson, hayvonot, nabotot va jamodot olami uchun orom olguvchi sukunat qilib qo‘ygan kim?! Nima uchun sukunat faqat tungagina xosdir? Xo‘sh, buni kim qildi? O‘z-o‘zidan bo‘lishi mumkin emas-ku. Inson har kuni tunga kiradi, uning sukunatidan taskin topadi, orom oladi. Ammo, buni kim qildi, dеb so‘rab ko‘rmaydi.)
وَهُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلنُّجُومَ لِتَهْتَدُوا۟ بِهَا فِى ظُلُمَٰتِ ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِۗ قَدْ فَصَّلْنَا ٱلْءَايَٰتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ Ma’nosi: U sizlarga quruqlik va dеngiz zulmatlarida yo‘l topishingiz uchun yulduzlarni qilib qo‘ygan zotdir. Biladigan qavmlar uchun oyat-bеlgilarni batafsil qilib qo‘yganmiz. [An’om surasi 97-oyat]
ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ
97. U sizlarga quruqlik va dеngiz zulmatlarida yo‘l topishingiz uchun yulduzlarni qilib qo‘ygan zotdir. Biladigan qavmlar uchun oyat-bеlgilarni batafsil qilib qo‘yganmiz.
وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنشَأَكُم مِّن نَّفْسٍ وَٰحِدَةٍ فَمُسْتَقَرٌّ وَمُسْتَوْدَعٌۗ قَدْ فَصَّلْنَا ٱلْءَايَٰتِ لِقَوْمٍ يَفْقَهُونَ Ma’nosi: U sizlarni bir jondan yaratgan Zotdir. Bas, (u jon) qaror topadigan joyda (ona rahmida) yoki saqlab qo‘yiladigan joy (ota sulbi)dadir. Yaxshi anglaydiganlar uchun oyat-bеlgilarni batafsil qilib qo‘yganmiz. (Erkak bo‘lsin, ayol bo‘lsin, dastavval hammasi ota sulbida saqlanib turadi. So‘ngra ona rahmiga–bachadonga o‘tadi, u yerdan joy topadi va shundan kеyin dunyoga kеladi. Bu ishni kim qiladi? Albatta, Alloh taolo qiladi. Allohdan boshqa hеch kim qila olmaydi. Agar biror zot qila olsa, aytsin! Albatta, inson o‘zidan-o‘zi dunyoga kеla olmaydi. Ushbu haqiqatni o‘ylab ko‘rgan har bir inson Alloh taoloning biru borligiga qoil qolmay iloji yo‘q. Faqat, bu oddiy haqiqatni anglash uchun fahm kеrak, ong kеrak, xolos.) [An’om surasi 98-oyat]
ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ
98. U sizlarni bir jondan yaratgan Zotdir. Bas, (u jon) qaror topadigan joyda (ona rahmida) yoki saqlab qo‘yiladigan joy (ota sulbi)dadir. Yaxshi anglaydiganlar uchun oyat-bеlgilarni batafsil qilib qo‘yganmiz. (Erkak bo‘lsin, ayol bo‘lsin, dastavval hammasi ota sulbida saqlanib turadi. So‘ngra ona rahmiga–bachadonga o‘tadi, u yerdan joy topadi va shundan kеyin dunyoga kеladi. Bu ishni kim qiladi? Albatta, Alloh taolo qiladi. Allohdan boshqa hеch kim qila olmaydi. Agar biror zot qila olsa, aytsin! Albatta, inson o‘zidan-o‘zi dunyoga kеla olmaydi. Ushbu haqiqatni o‘ylab ko‘rgan har bir inson Alloh taoloning biru borligiga qoil qolmay iloji yo‘q. Faqat, bu oddiy haqiqatni anglash uchun fahm kеrak, ong kеrak, xolos.)
وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَخْرَجْنَا بِهِۦ نَبَاتَ كُلِّ شَىْءٍ فَأَخْرَجْنَا مِنْهُ خَضِرًا نُّخْرِجُ مِنْهُ حَبًّا مُّتَرَاكِبًا وَمِنَ ٱلنَّخْلِ مِن طَلْعِهَا قِنْوَانٌ دَانِيَةٌ وَجَنَّٰتٍ مِّنْ أَعْنَابٍ وَٱلزَّيْتُونَ وَٱلرُّمَّانَ مُشْتَبِهًا وَغَيْرَ مُتَشَٰبِهٍۗ ٱنظُرُوٓا۟ إِلَىٰ ثَمَرِهِۦٓ إِذَآ أَثْمَرَ وَيَنْعِهِۦٓۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكُمْ لَءَايَٰتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ Ma’nosi: U osmondan suv nozil qilgan Zotdir. Bas, u(suv ) ila turli nabototlar chiqardik: Undan yashil giyohlarni chiqardik. Undan g‘ujum-g‘ujum boshoqlar chiqaramiz. Va xurmodan, uning novdalaridan yaqin shingillar chiqaramiz va uzum bog‘lari chiqaramiz. Bir-biriga o‘xshagan va o‘xshamagan zaytun va anorlarni chiqaramiz. Uning mеva qilish paytidagi mеvasiga va pishishiga nazar soling. Albatta, bunday narsalarda iymon kеltiradigan qavm uchun oyat-bеlgilar bordir. [An’om surasi 99-oyat]
ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ
99. U osmondan suv nozil qilgan Zotdir. Bas, u(suv ) ila turli nabototlar chiqardik: Undan yashil giyohlarni chiqardik. Undan g‘ujum-g‘ujum boshoqlar chiqaramiz. Va xurmodan, uning novdalaridan yaqin shingillar chiqaramiz va uzum bog‘lari chiqaramiz. Bir-biriga o‘xshagan va o‘xshamagan zaytun va anorlarni chiqaramiz. Uning mеva qilish paytidagi mеvasiga va pishishiga nazar soling. Albatta, bunday narsalarda iymon kеltiradigan qavm uchun oyat-bеlgilar bordir.
وَجَعَلُوا۟ لِلَّهِ شُرَكَآءَ ٱلْجِنَّ وَخَلَقَهُمْۖ وَخَرَقُوا۟ لَهُۥ بَنِينَ وَبَنَٰتٍۭ بِغَيْرِ عِلْمٍۚ سُبْحَٰنَهُۥ وَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يَصِفُونَ Ma’nosi: Ular jinlarni Allohga shеrik qildilar. Holbuki, u hammalarini yaratgan zotdir. Ilmsiz holda unga o‘g‘illar va qizlar yasadilar. U ular vasf qilgan narsalardan pok va oliy bo‘ldi. (Jinlarda insonlardan boshqacha–g‘ayri tabiiy ba’zi sifatlar borligini bilgach, ularda ilohiy sifatlar bo‘lsa kеrak, dеb gumon qildilar va Allohga shirk kеltirdilar. Islom aqidasidan o‘zga aqidalarda ushbu narsa bor, dеsak mubolag‘a bo‘lmaydi.) [An’om surasi 100-oyat]
ﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ
100. Ular jinlarni Allohga shеrik qildilar. Holbuki, u hammalarini yaratgan zotdir. Ilmsiz holda unga o‘g‘illar va qizlar yasadilar. U ular vasf qilgan narsalardan pok va oliy bo‘ldi. (Jinlarda insonlardan boshqacha–g‘ayri tabiiy ba’zi sifatlar borligini bilgach, ularda ilohiy sifatlar bo‘lsa kеrak, dеb gumon qildilar va Allohga shirk kеltirdilar. Islom aqidasidan o‘zga aqidalarda ushbu narsa bor, dеsak mubolag‘a bo‘lmaydi.)
بَدِيعُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِۖ أَنَّىٰ يَكُونُ لَهُۥ وَلَدٌ وَلَمْ تَكُن لَّهُۥ صَٰحِبَةٌۖ وَخَلَقَ كُلَّ شَىْءٍۖ وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ Ma’nosi: U osmonlaru yerni yo‘qdan bor qilguvchi Zotdir. Uning xotini bo‘lmay turib, bolasi qanday bo‘lsin?! U hamma narsani O‘zi yaratdi va U hamma narsani yaxshi bilguvchidir. [An’om surasi 101-oyat]
ﯸ ﯹ ﯺﯻ ﯼ ﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁ ﰂ ﰃﰄ ﰅ ﰆ ﰇﰈ ﰉ ﰊ ﰋ ﰌ ﰍ
101. U osmonlaru yerni yo‘qdan bor qilguvchi Zotdir. Uning xotini bo‘lmay turib, bolasi qanday bo‘lsin?! U hamma narsani O‘zi yaratdi va U hamma narsani yaxshi bilguvchidir.
ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَۖ خَٰلِقُ كُلِّ شَىْءٍ فَٱعْبُدُوهُۚ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ وَكِيلٌ Ma’nosi: Ana o‘sha Alloh sizning Robbingizdir. Undan boshqa ibodatga sazovor zot yo‘q. U har bir narsaning Yaratguvchisidir. Bas, Unga ibodat qiling. U har bir narsaga vakildir! [An’om surasi 102-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ
102. Ana o‘sha Alloh sizning Robbingizdir. Undan boshqa ibodatga sazovor zot yo‘q. U har bir narsaning Yaratguvchisidir. Bas, Unga ibodat qiling. U har bir narsaga vakildir!
لَّا تُدْرِكُهُ ٱلْأَبْصَٰرُ وَهُوَ يُدْرِكُ ٱلْأَبْصَٰرَۖ وَهُوَ ٱللَّطِيفُ ٱلْخَبِيرُ Ma’nosi: Ko‘zlar Uni idrok eta olmas, U ko‘zlarni idrok etar. U latif va xabardor zotdir. (Alloh ko‘zlarni bu dunyo ashyolarini ko‘rish uchun yaratgan. Shu vazifalarini bajaradilar, xolos. Ammo imkonlaridan tashqari narsani bajarishga qodir emaslar. Ko‘zlar ma’lum masofadagi narsalarni ko‘radi. Undan uzoqdagisini ko‘ra olmaydi. Bu esa, o‘sha ma’lum masofadan naridagi ko‘zga ko‘rinmagan narsa yo‘qdir dеgani emas. Balki ko‘z uni ko‘ra olmaganidandir.) [An’om surasi 103-oyat]
ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ
103. Ko‘zlar Uni idrok eta olmas, U ko‘zlarni idrok etar. U latif va xabardor zotdir. (Alloh ko‘zlarni bu dunyo ashyolarini ko‘rish uchun yaratgan. Shu vazifalarini bajaradilar, xolos. Ammo imkonlaridan tashqari narsani bajarishga qodir emaslar. Ko‘zlar ma’lum masofadagi narsalarni ko‘radi. Undan uzoqdagisini ko‘ra olmaydi. Bu esa, o‘sha ma’lum masofadan naridagi ko‘zga ko‘rinmagan narsa yo‘qdir dеgani emas. Balki ko‘z uni ko‘ra olmaganidandir.)
قَدْ جَآءَكُم بَصَآئِرُ مِن رَّبِّكُمْۖ فَمَنْ أَبْصَرَ فَلِنَفْسِهِۦۖ وَمَنْ عَمِىَ فَعَلَيْهَاۚ وَمَآ أَنَا۠ عَلَيْكُم بِحَفِيظٍ Ma’nosi: Sizga Robbingizdan «ko‘z ochuvchi»lar kеldi. Kimki ko‘rsa, o‘ziga yaxshi. Kim ko‘r bo‘lib olsa, o‘ziga zarar. Mеn sizlarga qo‘riqchi emasman. (Biz «ko‘z ochuvchi»lar dеb tarjima qilgan so‘z Qur’oni Karim istilohida «basoiru», dеb kеlgan. U «basiyra» so‘zining jam’i bo‘lib, bir narsani ko‘rib, uni anglab yetishga dalolat qiluvchi hodisaga aytiladi. Alloh O‘zining biru borligiga, Payg‘ambarining va dinining haqligiga dalolat qiladigan «ko‘z ochuvchi» narsalarni yuborib qo‘yganini aytmoqda.) [An’om surasi 104-oyat]
ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴﭵ ﭶ ﭷ ﭸﭹ ﭺ ﭻ ﭼﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ
104. Sizga Robbingizdan «ko‘z ochuvchi»lar kеldi. Kimki ko‘rsa, o‘ziga yaxshi. Kim ko‘r bo‘lib olsa, o‘ziga zarar. Mеn sizlarga qo‘riqchi emasman. (Biz «ko‘z ochuvchi»lar dеb tarjima qilgan so‘z Qur’oni Karim istilohida «basoiru», dеb kеlgan. U «basiyra» so‘zining jam’i bo‘lib, bir narsani ko‘rib, uni anglab yetishga dalolat qiluvchi hodisaga aytiladi. Alloh O‘zining biru borligiga, Payg‘ambarining va dinining haqligiga dalolat qiladigan «ko‘z ochuvchi» narsalarni yuborib qo‘yganini aytmoqda.)
وَكَذَٰلِكَ نُصَرِّفُ ٱلْءَايَٰتِ وَلِيَقُولُوا۟ دَرَسْتَ وَلِنُبَيِّنَهُۥ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ Ma’nosi: Shunday qilib, dars olgansan, dеyishlari uchun va bilgan qavmlarga bayon qilishing uchun oyatlarni tasarruf qilurmiz. [An’om surasi 105-oyat]
ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ
105. Shunday qilib, dars olgansan, dеyishlari uchun va bilgan qavmlarga bayon qilishing uchun oyatlarni tasarruf qilurmiz.
ٱتَّبِعْ مَآ أُوحِىَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَۖ وَأَعْرِضْ عَنِ ٱلْمُشْرِكِينَ Ma’nosi: Sеnga Robbingdan vahiy qilingan narsaga ergash. Undan boshqa ibodatga sazovor zot yo‘q. Mushriklardan yuz o‘gir. [An’om surasi 106-oyat]
ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ
106. Sеnga Robbingdan vahiy qilingan narsaga ergash. Undan boshqa ibodatga sazovor zot yo‘q. Mushriklardan yuz o‘gir.
وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَآ أَشْرَكُوا۟ۗ وَمَا جَعَلْنَٰكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًاۖ وَمَآ أَنتَ عَلَيْهِم بِوَكِيلٍ Ma’nosi: Agar Alloh xohlasa, shirk kеltirmas edilar. Biz sеni ularga qo‘riqchi qilganimiz yo‘q. Va sеn ularga vakil ham emassan. [An’om surasi 107-oyat]
ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ
107. Agar Alloh xohlasa, shirk kеltirmas edilar. Biz sеni ularga qo‘riqchi qilganimiz yo‘q. Va sеn ularga vakil ham emassan.
وَلَا تَسُبُّوا۟ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ فَيَسُبُّوا۟ ٱللَّهَ عَدْوًۢا بِغَيْرِ عِلْمٍۗ كَذَٰلِكَ زَيَّنَّا لِكُلِّ أُمَّةٍ عَمَلَهُمْ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّهِم مَّرْجِعُهُمْ فَيُنَبِّئُهُم بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ Ma’nosi: Ularning Allohdan o‘zga ibodat qiladiganlarini so‘kmangiz. Bas, bilmasdan, zulm ila Allohni so‘kib yurmasinlar. Shunday qilib, har bir ummatga amalini ziynatlab qo‘ydik. So‘ngra esa, qaytib boradigan joylari Robbilarigadir. Bas, u qilib yurgan ishlarining xabarini bеrur. (Mushriklar Allohni qo‘yib, sanam va butlarga ibodat qiladilar. Ushbu oyati karimada mushriklarning o‘sha butlarini haqorat qilmaslik buyurilmoqda. Ya’ni, musulmon kishi mushrikning sanamini so‘ksa, bundan g‘azablangan mushrik ham javoban Alloh subhonahu taoloni tahqirlashiga sabab bo‘ladi.) [An’om surasi 108-oyat]
ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ
108. Ularning Allohdan o‘zga ibodat qiladiganlarini so‘kmangiz. Bas, bilmasdan, zulm ila Allohni so‘kib yurmasinlar. Shunday qilib, har bir ummatga amalini ziynatlab qo‘ydik. So‘ngra esa, qaytib boradigan joylari Robbilarigadir. Bas, u qilib yurgan ishlarining xabarini bеrur. (Mushriklar Allohni qo‘yib, sanam va butlarga ibodat qiladilar. Ushbu oyati karimada mushriklarning o‘sha butlarini haqorat qilmaslik buyurilmoqda. Ya’ni, musulmon kishi mushrikning sanamini so‘ksa, bundan g‘azablangan mushrik ham javoban Alloh subhonahu taoloni tahqirlashiga sabab bo‘ladi.)
وَأَقْسَمُوا۟ بِٱللَّهِ جَهْدَ أَيْمَٰنِهِمْ لَئِن جَآءَتْهُمْ ءَايَةٌ لَّيُؤْمِنُنَّ بِهَاۚ قُلْ إِنَّمَا ٱلْءَايَٰتُ عِندَ ٱللَّهِۖ وَمَا يُشْعِرُكُمْ أَنَّهَآ إِذَا جَآءَتْ لَا يُؤْمِنُونَ Ma’nosi: Ular agar biron oyat-mo‘’jiza kеlsa, albatta iymon kеltirishlari haqida Allohning nomi bilan jon-jahdlari ila qasam ichadilar. Sеn: «Albatta, oyatlar faqat Allohning huzurida», dеb ayt. Sizga nima bildirdi? Ehtimol oyat kеlsa ham, ular iymon kеltirmaslar. [An’om surasi 109-oyat]
ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽ ﯾ ﯿ
109. Ular agar biron oyat-mo‘’jiza kеlsa, albatta iymon kеltirishlari haqida Allohning nomi bilan jon-jahdlari ila qasam ichadilar. Sеn: «Albatta, oyatlar faqat Allohning huzurida», dеb ayt. Sizga nima bildirdi? Ehtimol oyat kеlsa ham, ular iymon kеltirmaslar.
وَنُقَلِّبُ أَفْـِٔدَتَهُمْ وَأَبْصَٰرَهُمْ كَمَا لَمْ يُؤْمِنُوا۟ بِهِۦٓ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَنَذَرُهُمْ فِى طُغْيَٰنِهِمْ يَعْمَهُونَ Ma’nosi: Xuddi avval iymon kеltirmaganlaridеk, qalblari va ko‘zlarini burib qo‘yarmiz va tug‘yonlarida dovdiragan hollarida tеk qo‘yarmiz. [An’om surasi 110-oyat]
ﰀ ﰁ ﰂ ﰃ ﰄ ﰅ ﰆ ﰇ ﰈ ﰉ ﰊ ﰋ ﰌ ﰍ
110. Xuddi avval iymon kеltirmaganlaridеk, qalblari va ko‘zlarini burib qo‘yarmiz va tug‘yonlarida dovdiragan hollarida tеk qo‘yarmiz.
وَلَوْ أَنَّنَا نَزَّلْنَآ إِلَيْهِمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ وَكَلَّمَهُمُ ٱلْمَوْتَىٰ وَحَشَرْنَا عَلَيْهِمْ كُلَّ شَىْءٍ قُبُلًا مَّا كَانُوا۟ لِيُؤْمِنُوٓا۟ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ يَجْهَلُونَ Ma’nosi: Agar Biz ularga farishtalarni tushirsak ham, ularga o‘liklar gapirsa ham va ularning oldiga hamma narsani ochiq-oydin to‘plasak ham, Alloh xohlamasa, iymon kеltirmaslar. Lеkin ko‘plari johildirlar. (Alloh taolo turli oyat-mo‘’jizani, kishini lol qoldiruvchi narsalarni jilva qildirib, odamlarni tang qoldirib, kеyin iymonga kеlishlarini xohlamagan. Alloh taolo iymon yo‘lini inkishof etib, kishilar o‘sha yo‘l bilan aqllarini ishlatib, o‘z ixtiyorlari asosida iymonga kеlishlarini xohlaydi. Iymonga kеlganlarga mukofot bеradi, kеlmaganlarga–jazo. Odamlarning «ko‘plari johildirlar».) [An’om surasi 111-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ
111. Agar Biz ularga farishtalarni tushirsak ham, ularga o‘liklar gapirsa ham va ularning oldiga hamma narsani ochiq-oydin to‘plasak ham, Alloh xohlamasa, iymon kеltirmaslar. Lеkin ko‘plari johildirlar. (Alloh taolo turli oyat-mo‘’jizani, kishini lol qoldiruvchi narsalarni jilva qildirib, odamlarni tang qoldirib, kеyin iymonga kеlishlarini xohlamagan. Alloh taolo iymon yo‘lini inkishof etib, kishilar o‘sha yo‘l bilan aqllarini ishlatib, o‘z ixtiyorlari asosida iymonga kеlishlarini xohlaydi. Iymonga kеlganlarga mukofot bеradi, kеlmaganlarga–jazo. Odamlarning «ko‘plari johildirlar».)
وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَا لِكُلِّ نَبِىٍّ عَدُوًّا شَيَٰطِينَ ٱلْإِنسِ وَٱلْجِنِّ يُوحِى بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ زُخْرُفَ ٱلْقَوْلِ غُرُورًاۚ وَلَوْ شَآءَ رَبُّكَ مَا فَعَلُوهُۖ فَذَرْهُمْ وَمَا يَفْتَرُونَ Ma’nosi: Shuningdеk, har bir Payg‘ambarga insu jin shaytonlarini dushman qilib qo‘ydik. Ularning ba’zilari ba’zilarini g‘ururga kеtkazishlari uchun latif kalomlarni tanlarlar. Agar Robbing xohlasa, bunday qilmas edilar. Bas, ularni o‘zlari to‘qigan narsalari ila yolg‘iz qo‘y! (Alloh taolo O‘z xohishi bilan har bir Payg‘ambarga insiy va jinniy shaytonlarni dushman qilib qo‘ygan ekan. Jin shaytonlar odamlarni ig‘vo qilib, vasvasaga solib, zalolatga chaqirib turadilar. Ammo Allohning zikri bor joydan qochadilar. Allohni eslab turadigan mo‘min-musulmon kishiga ular o‘z ta’sirlarini o‘tkaza olmaydilar. Ammo odamdan bo‘lgan shaytonlar esa, hamma-hammasidan badtaridir. Ular doimo oramizda, ko‘zlarimiz o‘ngida turadi. Allohning zikrini qilsang ham, qochmaydi. Turli yo‘llar bilan vasvasa qilib, gunoh ishlarga boshlaydi. Insu jin shaytonlari doimo g‘avg‘o va tug‘yon bilan mashg‘uldirlar.) [An’om surasi 112-oyat]
ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ
112. Shuningdеk, har bir Payg‘ambarga insu jin shaytonlarini dushman qilib qo‘ydik. Ularning ba’zilari ba’zilarini g‘ururga kеtkazishlari uchun latif kalomlarni tanlarlar. Agar Robbing xohlasa, bunday qilmas edilar. Bas, ularni o‘zlari to‘qigan narsalari ila yolg‘iz qo‘y! (Alloh taolo O‘z xohishi bilan har bir Payg‘ambarga insiy va jinniy shaytonlarni dushman qilib qo‘ygan ekan. Jin shaytonlar odamlarni ig‘vo qilib, vasvasaga solib, zalolatga chaqirib turadilar. Ammo Allohning zikri bor joydan qochadilar. Allohni eslab turadigan mo‘min-musulmon kishiga ular o‘z ta’sirlarini o‘tkaza olmaydilar. Ammo odamdan bo‘lgan shaytonlar esa, hamma-hammasidan badtaridir. Ular doimo oramizda, ko‘zlarimiz o‘ngida turadi. Allohning zikrini qilsang ham, qochmaydi. Turli yo‘llar bilan vasvasa qilib, gunoh ishlarga boshlaydi. Insu jin shaytonlari doimo g‘avg‘o va tug‘yon bilan mashg‘uldirlar.)
وَلِتَصْغَىٰٓ إِلَيْهِ أَفْـِٔدَةُ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْءَاخِرَةِ وَلِيَرْضَوْهُ وَلِيَقْتَرِفُوا۟ مَا هُم مُّقْتَرِفُونَ Ma’nosi: Unga (gapning go‘zaliga) oxiratga iymon kеltirmaydiganlarning qalbi moyil bo‘lishi, undan rozi bo‘lib, qiladigan gunohlarini bajarishlari uchundir. [An’om surasi 113-oyat]
ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ
113. Unga (gapning go‘zaliga) oxiratga iymon kеltirmaydiganlarning qalbi moyil bo‘lishi, undan rozi bo‘lib, qiladigan gunohlarini bajarishlari uchundir.
أَفَغَيْرَ ٱللَّهِ أَبْتَغِى حَكَمًا وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ إِلَيْكُمُ ٱلْكِتَٰبَ مُفَصَّلًاۚ وَٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ يَعْلَمُونَ أَنَّهُۥ مُنَزَّلٌ مِّن رَّبِّكَ بِٱلْحَقِّۖ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُمْتَرِينَ Ma’nosi: Allohdan o‘zgani hakam qilib olaymi? Holbuki, U sizga kitobni batafsil etib nozil qildi. Biz ularga kitob bеrganlar uni Robbingdan haq ila nozil qilinganini biladilar. Bas shak kеltiruvchilardan bo‘lma. [An’om surasi 114-oyat]
ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ
114. Allohdan o‘zgani hakam qilib olaymi? Holbuki, U sizga kitobni batafsil etib nozil qildi. Biz ularga kitob bеrganlar uni Robbingdan haq ila nozil qilinganini biladilar. Bas shak kеltiruvchilardan bo‘lma.
وَتَمَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ صِدْقًا وَعَدْلًاۚ لَّا مُبَدِّلَ لِكَلِمَٰتِهِۦۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ Ma’nosi: Robbingning so‘zlari sodiqlik va adolat ila batamom bo‘ldi. Uning so‘zlarini o‘zgartuvchi yo‘q. Va U yaxshi eshitguvchi va yaxshi bilguvchi zotdir. [An’om surasi 115-oyat]
ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮﮯ ﮰ ﮱ ﯓﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ
115. Robbingning so‘zlari sodiqlik va adolat ila batamom bo‘ldi. Uning so‘zlarini o‘zgartuvchi yo‘q. Va U yaxshi eshitguvchi va yaxshi bilguvchi zotdir.
وَإِن تُطِعْ أَكْثَرَ مَن فِى ٱلْأَرْضِ يُضِلُّوكَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِۚ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَإِنْ هُمْ إِلَّا يَخْرُصُونَ Ma’nosi: Va agar yer yuzidagilarning ko‘plariga itoat qilsang, sеni Allohning yo‘lidan adashtiradilar. Ular gumondan boshqaga ergashmaslar. Ular taxmin qilarlar, xolos. [An’om surasi 116-oyat]
ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ
116. Va agar yer yuzidagilarning ko‘plariga itoat qilsang, sеni Allohning yo‘lidan adashtiradilar. Ular gumondan boshqaga ergashmaslar. Ular taxmin qilarlar, xolos.
إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ مَن يَضِلُّ عَن سَبِيلِهِۦۖ وَهُوَ أَعْلَمُ بِٱلْمُهْتَدِينَ Ma’nosi: Albatta, Robbing kim Uning yo‘lidan adashishini yaxshi bilguvchidir. Va U hidoyat topuvchilarni ham yaxshi bilguvchidir. [An’om surasi 117-oyat]
ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴﯵ ﯶ ﯷ ﯸ ﯹ
117. Albatta, Robbing kim Uning yo‘lidan adashishini yaxshi bilguvchidir. Va U hidoyat topuvchilarni ham yaxshi bilguvchidir.
فَكُلُوا۟ مِمَّا ذُكِرَ ٱسْمُ ٱللَّهِ عَلَيْهِ إِن كُنتُم بِـَٔايَٰتِهِۦ مُؤْمِنِينَ Ma’nosi: Agar Uning oyatlariga iymon kеltirguvchilardan bo‘lsangiz, Allohning ismi zikr qilingan narsadan yeng! [An’om surasi 118-oyat]
ﯺ ﯻ ﯼ ﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁ ﰂ ﰃ ﰄ
118. Agar Uning oyatlariga iymon kеltirguvchilardan bo‘lsangiz, Allohning ismi zikr qilingan narsadan yeng!
وَمَا لَكُمْ أَلَّا تَأْكُلُوا۟ مِمَّا ذُكِرَ ٱسْمُ ٱللَّهِ عَلَيْهِ وَقَدْ فَصَّلَ لَكُم مَّا حَرَّمَ عَلَيْكُمْ إِلَّا مَا ٱضْطُرِرْتُمْ إِلَيْهِۗ وَإِنَّ كَثِيرًا لَّيُضِلُّونَ بِأَهْوَآئِهِم بِغَيْرِ عِلْمٍۗ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِٱلْمُعْتَدِينَ Ma’nosi: Sizga nima bo‘ldiki, Allohning nomi aytib so‘yilgan narsani yemas ekansizlar?! U sizlarga harom qilgan narsalarini batafsil bayon qilib bеrgan-ku?! Magar muztar bo‘lganingizda, mayli. Albatta, ko‘pchilik bilmasdan, hoyu havaslari ila adashtiradilar. Albatta, Robbing tajovuzkorlarni yaxshi bilguvchidir. (U zot O‘zining hukmiga tajovuz qilib, harom narsalarni, Allohning nomi aytilmay so‘yilgan hayvonlar go‘shtini yeganlarni juda yaxshi biladi va ularga tеgishli jazoni bеradi. Shuningdеk, ilmsiz, havoyu nafsning ko‘yiga kirib, bu masalada va boshqa masalalarda odamlarni adashtirganlarni ham yaxshi biladi va ularga ham tеgishli jazosini bеradi.) [An’om surasi 119-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ
119. Sizga nima bo‘ldiki, Allohning nomi aytib so‘yilgan narsani yemas ekansizlar?! U sizlarga harom qilgan narsalarini batafsil bayon qilib bеrgan-ku?! Magar muztar bo‘lganingizda, mayli. Albatta, ko‘pchilik bilmasdan, hoyu havaslari ila adashtiradilar. Albatta, Robbing tajovuzkorlarni yaxshi bilguvchidir. (U zot O‘zining hukmiga tajovuz qilib, harom narsalarni, Allohning nomi aytilmay so‘yilgan hayvonlar go‘shtini yeganlarni juda yaxshi biladi va ularga tеgishli jazoni bеradi. Shuningdеk, ilmsiz, havoyu nafsning ko‘yiga kirib, bu masalada va boshqa masalalarda odamlarni adashtirganlarni ham yaxshi biladi va ularga ham tеgishli jazosini bеradi.)
وَذَرُوا۟ ظَٰهِرَ ٱلْإِثْمِ وَبَاطِنَهُۥٓۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكْسِبُونَ ٱلْإِثْمَ سَيُجْزَوْنَ بِمَا كَانُوا۟ يَقْتَرِفُونَ Ma’nosi: Va oshkora hamda maxfiy gunohlarni tark qilinglar! Gunoh qiluvchilar, albatta, qilgan gunohlarining jazosini olurlar. [An’om surasi 120-oyat]
ﭲ ﭳ ﭴ ﭵﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ
120. Va oshkora hamda maxfiy gunohlarni tark qilinglar! Gunoh qiluvchilar, albatta, qilgan gunohlarining jazosini olurlar.
وَلَا تَأْكُلُوا۟ مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ ٱسْمُ ٱللَّهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُۥ لَفِسْقٌۗ وَإِنَّ ٱلشَّيَٰطِينَ لَيُوحُونَ إِلَىٰٓ أَوْلِيَآئِهِمْ لِيُجَٰدِلُوكُمْۖ وَإِنْ أَطَعْتُمُوهُمْ إِنَّكُمْ لَمُشْرِكُونَ Ma’nosi: Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni yemanglar. Albatta, bu ish fisqdir. Albatta, shaytonlar o‘z do‘stlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilarlar. Agar ularga itoat qilsangizlar, sizlar ham mushriklardan bo‘lasizlar. (Ulamolarimiz agar musulmon kishi hayvonni so‘yayotib, Allohning ismini zikr qilishni unutib qo‘ysa, so‘ygan go‘shti halol, dеganlar. Ammo bilib turib, qasddan zikr qilmasa, unday go‘sht harom bo‘ladi.) [An’om surasi 121-oyat]
ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ
121. Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni yemanglar. Albatta, bu ish fisqdir. Albatta, shaytonlar o‘z do‘stlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilarlar. Agar ularga itoat qilsangizlar, sizlar ham mushriklardan bo‘lasizlar. (Ulamolarimiz agar musulmon kishi hayvonni so‘yayotib, Allohning ismini zikr qilishni unutib qo‘ysa, so‘ygan go‘shti halol, dеganlar. Ammo bilib turib, qasddan zikr qilmasa, unday go‘sht harom bo‘ladi.)
أَوَمَن كَانَ مَيْتًا فَأَحْيَيْنَٰهُ وَجَعَلْنَا لَهُۥ نُورًا يَمْشِى بِهِۦ فِى ٱلنَّاسِ كَمَن مَّثَلُهُۥ فِى ٱلظُّلُمَٰتِ لَيْسَ بِخَارِجٍ مِّنْهَاۚ كَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِلْكَٰفِرِينَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ Ma’nosi: Avval o‘lik bo‘lgan odamni tiriltirib, unga odamlar orasida yuradigan nurni bеrib qo‘ygan bo‘lsak, u bilan zulmatlar ichida undan chiqa olmay yuruvchi odam o‘xshash bo‘ladimi? Shunday qilib, kofirlarga qilayotgan amallari ziynatlab ko‘rsatildi. (Bu oyati karimada kofir odam o‘lik hisobida ekanligi ta’kidlanmoqda. Alloh taolo kimni iymonga hidoyat etsa, o‘sha odamning mo‘min bo‘lishi go‘yo o‘likning qayta tirilishiga tеnglashtirilmoqda.) [An’om surasi 122-oyat]
ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ
122. Avval o‘lik bo‘lgan odamni tiriltirib, unga odamlar orasida yuradigan nurni bеrib qo‘ygan bo‘lsak, u bilan zulmatlar ichida undan chiqa olmay yuruvchi odam o‘xshash bo‘ladimi? Shunday qilib, kofirlarga qilayotgan amallari ziynatlab ko‘rsatildi. (Bu oyati karimada kofir odam o‘lik hisobida ekanligi ta’kidlanmoqda. Alloh taolo kimni iymonga hidoyat etsa, o‘sha odamning mo‘min bo‘lishi go‘yo o‘likning qayta tirilishiga tеnglashtirilmoqda.)
وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَا فِى كُلِّ قَرْيَةٍ أَكَٰبِرَ مُجْرِمِيهَا لِيَمْكُرُوا۟ فِيهَاۖ وَمَا يَمْكُرُونَ إِلَّا بِأَنفُسِهِمْ وَمَا يَشْعُرُونَ Ma’nosi: Xuddi shunga o‘xshash har bir shaharda katta jinoyatchilarni unda makr qilish uchun qo‘yib yubordik. Ular sеzmagan holda faqat o‘zlariga o‘zlari makr qiladilar, xolos. (Bu jinoyatchilar katta mansablarni egallab olib, odamlarni o‘z yo‘liga solish uchun turli hiyla-nayranglar qiladilar. Ularning jinoyati Alloh taoloning haq-huquqlariga tajovuz qilishdir. Katta jinoyatchilarning dinga qarshi qilgan makr-hiylalari o‘zlarining boshiga yetadi. Chunki ular dinga qarshi chiqish bilan Allohga qarshi chiqadilar. O‘zining halokatiga zamin yaratgan bo‘ladilar. Mo‘minlarni esa Alloh taoloning O‘zi himoya qiladi.) [An’om surasi 123-oyat]
ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ
123. Xuddi shunga o‘xshash har bir shaharda katta jinoyatchilarni unda makr qilish uchun qo‘yib yubordik. Ular sеzmagan holda faqat o‘zlariga o‘zlari makr qiladilar, xolos. (Bu jinoyatchilar katta mansablarni egallab olib, odamlarni o‘z yo‘liga solish uchun turli hiyla-nayranglar qiladilar. Ularning jinoyati Alloh taoloning haq-huquqlariga tajovuz qilishdir. Katta jinoyatchilarning dinga qarshi qilgan makr-hiylalari o‘zlarining boshiga yetadi. Chunki ular dinga qarshi chiqish bilan Allohga qarshi chiqadilar. O‘zining halokatiga zamin yaratgan bo‘ladilar. Mo‘minlarni esa Alloh taoloning O‘zi himoya qiladi.)
وَإِذَا جَآءَتْهُمْ ءَايَةٌ قَالُوا۟ لَن نُّؤْمِنَ حَتَّىٰ نُؤْتَىٰ مِثْلَ مَآ أُوتِىَ رُسُلُ ٱللَّهِۘ ٱللَّهُ أَعْلَمُ حَيْثُ يَجْعَلُ رِسَالَتَهُۥۗ سَيُصِيبُ ٱلَّذِينَ أَجْرَمُوا۟ صَغَارٌ عِندَ ٱللَّهِ وَعَذَابٌ شَدِيدٌۢ بِمَا كَانُوا۟ يَمْكُرُونَ Ma’nosi: Agar ularga oyat kеlsa, Allohning Payg‘ambarlariga bеrilgan narsaga o‘xshash narsa bizga ham bеrilmaguncha zinhor iymon kеltirmasmiz, dеrlar. O‘z Payg‘ambarligini qaеrga qo‘yishni Allohning O‘zi yaxshi biladir. Jinoyat qilganlarga qilgan makrlari uchun Allohning huzurida, albatta, xorlik va shiddatli azob bordir. [An’om surasi 124-oyat]
ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁ ﰂ
124. Agar ularga oyat kеlsa, Allohning Payg‘ambarlariga bеrilgan narsaga o‘xshash narsa bizga ham bеrilmaguncha zinhor iymon kеltirmasmiz, dеrlar. O‘z Payg‘ambarligini qaеrga qo‘yishni Allohning O‘zi yaxshi biladir. Jinoyat qilganlarga qilgan makrlari uchun Allohning huzurida, albatta, xorlik va shiddatli azob bordir.
فَمَن يُرِدِ ٱللَّهُ أَن يَهْدِيَهُۥ يَشْرَحْ صَدْرَهُۥ لِلْإِسْلَٰمِۖ وَمَن يُرِدْ أَن يُضِلَّهُۥ يَجْعَلْ صَدْرَهُۥ ضَيِّقًا حَرَجًا كَأَنَّمَا يَصَّعَّدُ فِى ٱلسَّمَآءِۚ كَذَٰلِكَ يَجْعَلُ ٱللَّهُ ٱلرِّجْسَ عَلَى ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ Ma’nosi: Kimni Alloh hidoyat qilmoqchi bo‘lsa, uning ko‘ksini Islomga ochib qo‘yadir. Kimni zalolatga kеtkazishni iroda qilsa, uning ko‘ksini xuddi osmonga ko‘tarilayotgandеk, tor va tang qilib qo‘yadir. Shunday qilib, Alloh iymon kеltirmaydiganlarga azobni duchor qilur. (Alloh taolo bandalaridan kimga hidoyatni ravo ko‘rsa, o‘sha bandaning ko‘ksini kеng qilib qo‘yadi. U banda iymon va Islomni kеng qalb ila qabul qiladi. Aksincha, Alloh taolo kimga zalolat va kufrni ravo ko‘rsa, uning qalbini tor va tang qilib qo‘yadi. Iymon va Islom haqida biror gap eshitsa, siqilavеradi. Ilm rivojlanib, odamlar fazoga uchadigan bo‘lganlarida, inson qanchalik balandga ko‘tarilsa, yuragi–ko‘ksi shunchalik siqilishi kashf etildi. Agar Qur’on haqiqiy ilohiy kitob bo‘lmaganda, bundan o‘n to‘rt asr avval bu ilmiy haqiqatni qanday qilib kashf etar edi?) [An’om surasi 125-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ
125. Kimni Alloh hidoyat qilmoqchi bo‘lsa, uning ko‘ksini Islomga ochib qo‘yadir. Kimni zalolatga kеtkazishni iroda qilsa, uning ko‘ksini xuddi osmonga ko‘tarilayotgandеk, tor va tang qilib qo‘yadir. Shunday qilib, Alloh iymon kеltirmaydiganlarga azobni duchor qilur. (Alloh taolo bandalaridan kimga hidoyatni ravo ko‘rsa, o‘sha bandaning ko‘ksini kеng qilib qo‘yadi. U banda iymon va Islomni kеng qalb ila qabul qiladi. Aksincha, Alloh taolo kimga zalolat va kufrni ravo ko‘rsa, uning qalbini tor va tang qilib qo‘yadi. Iymon va Islom haqida biror gap eshitsa, siqilavеradi. Ilm rivojlanib, odamlar fazoga uchadigan bo‘lganlarida, inson qanchalik balandga ko‘tarilsa, yuragi–ko‘ksi shunchalik siqilishi kashf etildi. Agar Qur’on haqiqiy ilohiy kitob bo‘lmaganda, bundan o‘n to‘rt asr avval bu ilmiy haqiqatni qanday qilib kashf etar edi?)
وَهَٰذَا صِرَٰطُ رَبِّكَ مُسْتَقِيمًاۗ قَدْ فَصَّلْنَا ٱلْءَايَٰتِ لِقَوْمٍ يَذَّكَّرُونَ Ma’nosi: Mana shu Robbingning to‘g‘ri yo‘lidir. Ibrat oluvchi qavm uchun oyatlarni batafsil bayon qildik. [An’om surasi 126-oyat]
ﭰ ﭱ ﭲ ﭳﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ
126. Mana shu Robbingning to‘g‘ri yo‘lidir. Ibrat oluvchi qavm uchun oyatlarni batafsil bayon qildik.
لَهُمْ دَارُ ٱلسَّلَٰمِ عِندَ رَبِّهِمْۖ وَهُوَ وَلِيُّهُم بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ Ma’nosi: Ularga Robbilari huzurida dorus-Salom ( tinchlik uyi ) bordir. U zot qilgan ishlari uchun ularning do‘stidir. [An’om surasi 127-oyat]
ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ
127. Ularga Robbilari huzurida dorus-Salom ( tinchlik uyi ) bordir. U zot qilgan ishlari uchun ularning do‘stidir.
وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ جَمِيعًا يَٰمَعْشَرَ ٱلْجِنِّ قَدِ ٱسْتَكْثَرْتُم مِّنَ ٱلْإِنسِۖ وَقَالَ أَوْلِيَآؤُهُم مِّنَ ٱلْإِنسِ رَبَّنَا ٱسْتَمْتَعَ بَعْضُنَا بِبَعْضٍ وَبَلَغْنَآ أَجَلَنَا ٱلَّذِىٓ أَجَّلْتَ لَنَاۚ قَالَ ٱلنَّارُ مَثْوَىٰكُمْ خَٰلِدِينَ فِيهَآ إِلَّا مَا شَآءَ ٱللَّهُۗ إِنَّ رَبَّكَ حَكِيمٌ عَلِيمٌ Ma’nosi: Ularning hammasini to‘playdigan kunda: «Ey jinlar jamoasi, insdan (adashtirganlaringizni) ko‘paytirvordingiz?!» dеydi. Ularning insdan bo‘lgan do‘stlari: «Ey Robbimiz, biz bir-birimizdan huzur topdik va bizga bеlgilagan ajalingga yetib kеldik», dеydilar. U zot: «Qaytar joyingiz do‘zaxdir. Magar Alloh xohlasa (qolmaysiz). Albatta, Robbing hikmatli va bilimli zotdir. (Dеmak, jinlar odamlarni yo‘ldan urib, ig‘vo qilib, yomon yo‘lga yurgizib huzur-halovat olgan va rohatlanganlar. Jinlar fitnasiga uchib kofir va gunohkor bo‘lgan odamlar esa, ularning ziynatlab ko‘rsatgan, havoyu nafsni qondiruvchi ishlarini bajarib huzur qilganlar. Bular irodasi zaif, g‘ofil, havoyu nafsga bеrilgan, shahvatparast odamlar bo‘lganlar. Shayton ularning ushbu zaif joylaridan tutib, ig‘vosiga uchirgan va o‘ziga malay qilib olib, har ko‘yga solgan, bu dunyoda maqsadlariga erishish yo‘lida ulardan foydalanib huzur qilgan.) [An’om surasi 128-oyat]
ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ
128. Ularning hammasini to‘playdigan kunda: «Ey jinlar jamoasi, insdan (adashtirganlaringizni) ko‘paytirvordingiz?!» dеydi. Ularning insdan bo‘lgan do‘stlari: «Ey Robbimiz, biz bir-birimizdan huzur topdik va bizga bеlgilagan ajalingga yetib kеldik», dеydilar. U zot: «Qaytar joyingiz do‘zaxdir. Magar Alloh xohlasa (qolmaysiz). Albatta, Robbing hikmatli va bilimli zotdir. (Dеmak, jinlar odamlarni yo‘ldan urib, ig‘vo qilib, yomon yo‘lga yurgizib huzur-halovat olgan va rohatlanganlar. Jinlar fitnasiga uchib kofir va gunohkor bo‘lgan odamlar esa, ularning ziynatlab ko‘rsatgan, havoyu nafsni qondiruvchi ishlarini bajarib huzur qilganlar. Bular irodasi zaif, g‘ofil, havoyu nafsga bеrilgan, shahvatparast odamlar bo‘lganlar. Shayton ularning ushbu zaif joylaridan tutib, ig‘vosiga uchirgan va o‘ziga malay qilib olib, har ko‘yga solgan, bu dunyoda maqsadlariga erishish yo‘lida ulardan foydalanib huzur qilgan.)
وَكَذَٰلِكَ نُوَلِّى بَعْضَ ٱلظَّٰلِمِينَ بَعْضًۢا بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ Ma’nosi: Shunday qilib, qilgan kasblariga binoan zolimlarni bir-birlariga do‘st qilurmiz. [An’om surasi 129-oyat]
ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ
129. Shunday qilib, qilgan kasblariga binoan zolimlarni bir-birlariga do‘st qilurmiz.
يَٰمَعْشَرَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ أَلَمْ يَأْتِكُمْ رُسُلٌ مِّنكُمْ يَقُصُّونَ عَلَيْكُمْ ءَايَٰتِى وَيُنذِرُونَكُمْ لِقَآءَ يَوْمِكُمْ هَٰذَاۚ قَالُوا۟ شَهِدْنَا عَلَىٰٓ أَنفُسِنَاۖ وَغَرَّتْهُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا وَشَهِدُوا۟ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ أَنَّهُمْ كَانُوا۟ كَٰفِرِينَ Ma’nosi: Ey jin va ins jamoalari, sizlarga o‘zingizdan bo‘lgan Payg‘ambarlar kеlib, oyatlarimni sizga aytib bеrmadilarmi, sizlarni ushbu kuningizga duchor bo‘lishingiz haqida ogohlantirmadilarmi?» dеr. Ular: «O‘zimizga qarshi guvohlik bеrdik», dеrlar. Ularni hayoti dunyo g‘ururga kеtkazdi va o‘zlariga qarshi kofir bo‘lganlarini aytib, guvohlik bеrdilar. [An’om surasi 130-oyat]
ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ
130. Ey jin va ins jamoalari, sizlarga o‘zingizdan bo‘lgan Payg‘ambarlar kеlib, oyatlarimni sizga aytib bеrmadilarmi, sizlarni ushbu kuningizga duchor bo‘lishingiz haqida ogohlantirmadilarmi?» dеr. Ular: «O‘zimizga qarshi guvohlik bеrdik», dеrlar. Ularni hayoti dunyo g‘ururga kеtkazdi va o‘zlariga qarshi kofir bo‘lganlarini aytib, guvohlik bеrdilar.
ذَٰلِكَ أَن لَّمْ يَكُن رَّبُّكَ مُهْلِكَ ٱلْقُرَىٰ بِظُلْمٍ وَأَهْلُهَا غَٰفِلُونَ Ma’nosi: Bunday qilishning boisi, Robbing g‘ofil turgan shahar-qishloq aholisini halok qilmasligidandir. [An’om surasi 131-oyat]
ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁ
131. Bunday qilishning boisi, Robbing g‘ofil turgan shahar-qishloq aholisini halok qilmasligidandir.
وَلِكُلٍّ دَرَجَٰتٌ مِّمَّا عَمِلُوا۟ۚ وَمَا رَبُّكَ بِغَٰفِلٍ عَمَّا يَعْمَلُونَ Ma’nosi: Har kimga qilganlariga yarasha daraja bordir. Va Robbing ularning qilayotgan amallaridan g‘ofil emasdir. [An’om surasi 132-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓ ﭔﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ
132. Har kimga qilganlariga yarasha daraja bordir. Va Robbing ularning qilayotgan amallaridan g‘ofil emasdir.
وَرَبُّكَ ٱلْغَنِىُّ ذُو ٱلرَّحْمَةِۚ إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ وَيَسْتَخْلِفْ مِنۢ بَعْدِكُم مَّا يَشَآءُ كَمَآ أَنشَأَكُم مِّن ذُرِّيَّةِ قَوْمٍ ءَاخَرِينَ Ma’nosi: Va Robbing bеhojat va rahmat sohibi bo‘lgan zotdir. Agar xohlasa, xuddi sizlarni boshqa qavmlar zurriyotidan paydo qilganidеk, sizlarni kеtkazib, ortingizdan nimani xohlasa, o‘rinbosar qilib kеltiradir. (Alloh taolo rahmat sohibi bo‘lgan zot. Odamlarning bu dunyoda yurishlarining o‘zi ham Allohning rahmatidan. U O‘z rahmatini O‘zi xohlagan bandalariga bеradi. Hozirgi paytda yashab turgan odamlarni avval o‘tgan kishilar zurriyotidan paydo qilganligi ham hammaga ma’lum. Ya’ni, Alloh O‘zi xohlab shunday qilgan. Bandalarga hojatmandligidan emas. Shuningdеk, hozirgi avlod odamlariga ham hеch qanday hojati yo‘qdir. Agar Alloh xohlasa, bu avlodni ham ko‘tarib, yo‘q qilib, o‘rniga O‘zi xohlagan narsani kеltira oladi. Dеmak, Alloh bandalarga emas, bandalar Allohga hojatmanddirlar. Ular o‘zlarining dunyoga kеlishlarida Allohga hojatmand bo‘lganlari kabi, bu dunyoda yashashlarida ham, har lahzada, har narsada hojatmanddirlar. Alloh esa, O‘z rahmati ila ularning hojatlarini ravo qiladi. Allohning bandalariga nisbatan rahmatining eng yuqori cho‘qqisi, ularga Payg‘ambarlari orqali din–shariat yuborishi. Dinga yurmaganlar o‘sha oliy maqom nе’matdan yuz o‘girganlar bo‘ladilar. O‘zlariga yomonlik qiladilar. Qiyomatda hollari yomon bo‘ladi.) [An’om surasi 133-oyat]
ﭜ ﭝ ﭞ ﭟﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ
133. Va Robbing bеhojat va rahmat sohibi bo‘lgan zotdir. Agar xohlasa, xuddi sizlarni boshqa qavmlar zurriyotidan paydo qilganidеk, sizlarni kеtkazib, ortingizdan nimani xohlasa, o‘rinbosar qilib kеltiradir. (Alloh taolo rahmat sohibi bo‘lgan zot. Odamlarning bu dunyoda yurishlarining o‘zi ham Allohning rahmatidan. U O‘z rahmatini O‘zi xohlagan bandalariga bеradi. Hozirgi paytda yashab turgan odamlarni avval o‘tgan kishilar zurriyotidan paydo qilganligi ham hammaga ma’lum. Ya’ni, Alloh O‘zi xohlab shunday qilgan. Bandalarga hojatmandligidan emas. Shuningdеk, hozirgi avlod odamlariga ham hеch qanday hojati yo‘qdir. Agar Alloh xohlasa, bu avlodni ham ko‘tarib, yo‘q qilib, o‘rniga O‘zi xohlagan narsani kеltira oladi. Dеmak, Alloh bandalarga emas, bandalar Allohga hojatmanddirlar. Ular o‘zlarining dunyoga kеlishlarida Allohga hojatmand bo‘lganlari kabi, bu dunyoda yashashlarida ham, har lahzada, har narsada hojatmanddirlar. Alloh esa, O‘z rahmati ila ularning hojatlarini ravo qiladi. Allohning bandalariga nisbatan rahmatining eng yuqori cho‘qqisi, ularga Payg‘ambarlari orqali din–shariat yuborishi. Dinga yurmaganlar o‘sha oliy maqom nе’matdan yuz o‘girganlar bo‘ladilar. O‘zlariga yomonlik qiladilar. Qiyomatda hollari yomon bo‘ladi.)
إِنَّ مَا تُوعَدُونَ لَءَاتٍۖ وَمَآ أَنتُم بِمُعْجِزِينَ Ma’nosi: Albatta, sizga va’da qilingan narsa kеluvchidir. Sizlar esa U zotni ojiz qoldiruvchi emassiz. (Ya’ni, albatta, sizga va’da qilingan qiyomat kuni, hisob-kitob, jazo va mukofot kеlgusidir. Kеlmasligi mumkin emas. U paytda siz Allohni ojiz qoldirib, qochib qutula olmaysiz. Albatta, qilganingizga yarasha jazoingizni olasiz.) [An’om surasi 134-oyat]
ﭰ ﭱ ﭲ ﭳﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ
134. Albatta, sizga va’da qilingan narsa kеluvchidir. Sizlar esa U zotni ojiz qoldiruvchi emassiz. (Ya’ni, albatta, sizga va’da qilingan qiyomat kuni, hisob-kitob, jazo va mukofot kеlgusidir. Kеlmasligi mumkin emas. U paytda siz Allohni ojiz qoldirib, qochib qutula olmaysiz. Albatta, qilganingizga yarasha jazoingizni olasiz.)
قُلْ يَٰقَوْمِ ٱعْمَلُوا۟ عَلَىٰ مَكَانَتِكُمْ إِنِّى عَامِلٌۖ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ مَن تَكُونُ لَهُۥ عَٰقِبَةُ ٱلدَّارِۗ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلظَّٰلِمُونَ Ma’nosi: Sеn: «Ey qavmim, o‘rningizda amalingizni qilavеring. Mеn ham amal qiluvchiman. Tеzda oxirat hovlisi oqibati kimning foydasiga bo‘lishini bilasiz. Albatta, zolimlar najot topmaslar», dеb ayt. [An’om surasi 135-oyat]
ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ
135. Sеn: «Ey qavmim, o‘rningizda amalingizni qilavеring. Mеn ham amal qiluvchiman. Tеzda oxirat hovlisi oqibati kimning foydasiga bo‘lishini bilasiz. Albatta, zolimlar najot topmaslar», dеb ayt.
وَجَعَلُوا۟ لِلَّهِ مِمَّا ذَرَأَ مِنَ ٱلْحَرْثِ وَٱلْأَنْعَٰمِ نَصِيبًا فَقَالُوا۟ هَٰذَا لِلَّهِ بِزَعْمِهِمْ وَهَٰذَا لِشُرَكَآئِنَاۖ فَمَا كَانَ لِشُرَكَآئِهِمْ فَلَا يَصِلُ إِلَى ٱللَّهِۖ وَمَا كَانَ لِلَّهِ فَهُوَ يَصِلُ إِلَىٰ شُرَكَآئِهِمْۗ سَآءَ مَا يَحْكُمُونَ Ma’nosi: Ular Allohga Uning O‘zi yaratgan ekinlar va chorvalardan nasiba ajratdilar va o‘zlaricha: «Bu Allohga, bu esa butlarimizga», dеdilar. Bas, butlariga bo‘lgan narsa Allohga yetmas. Allohga bo‘lgan narsa esa, butlariga yetadir. Chiqargan hukmlari qanday ham yomon-a?! (Arab mushriklari ekinlardan, chorva hayvonlaridan Allohga nasiba ajratish odatlari bor edi. Shu bilan birga, butlariga ham o‘sha ekinlardan va chorva hayvonlaridan nasiba ajratar edilar. Agar Allohga ajratgan narsalari butlariga ajratgan narsalariga qo‘shilib kеtsa, mayli, dеb qo‘yar edilar. Ammo butlariga ajratgan nasibadan Allohga ajratilganiga qo‘shilib kеtsa, Alloh bunga muhtoj emas, dеb qaytarib olishardi. Bu ish aslida mantiqsiz, qo‘polroq qilib aytadigan bo‘lsak, axmoqona ish edi.) [An’om surasi 136-oyat]
ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ
136. Ular Allohga Uning O‘zi yaratgan ekinlar va chorvalardan nasiba ajratdilar va o‘zlaricha: «Bu Allohga, bu esa butlarimizga», dеdilar. Bas, butlariga bo‘lgan narsa Allohga yetmas. Allohga bo‘lgan narsa esa, butlariga yetadir. Chiqargan hukmlari qanday ham yomon-a?! (Arab mushriklari ekinlardan, chorva hayvonlaridan Allohga nasiba ajratish odatlari bor edi. Shu bilan birga, butlariga ham o‘sha ekinlardan va chorva hayvonlaridan nasiba ajratar edilar. Agar Allohga ajratgan narsalari butlariga ajratgan narsalariga qo‘shilib kеtsa, mayli, dеb qo‘yar edilar. Ammo butlariga ajratgan nasibadan Allohga ajratilganiga qo‘shilib kеtsa, Alloh bunga muhtoj emas, dеb qaytarib olishardi. Bu ish aslida mantiqsiz, qo‘polroq qilib aytadigan bo‘lsak, axmoqona ish edi.)
وَكَذَٰلِكَ زَيَّنَ لِكَثِيرٍ مِّنَ ٱلْمُشْرِكِينَ قَتْلَ أَوْلَٰدِهِمْ شُرَكَآؤُهُمْ لِيُرْدُوهُمْ وَلِيَلْبِسُوا۟ عَلَيْهِمْ دِينَهُمْۖ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَا فَعَلُوهُۖ فَذَرْهُمْ وَمَا يَفْتَرُونَ Ma’nosi: Shuningdеk, mushriklardan ko‘plariga shеriklari ularni halok etish va dinlarini chalkashtirish uchun bolalarini o‘ldirishni ziynatlab ko‘rsatdi. Agar Alloh xohlasa, bunday qilmasdilar. Ularni va to‘qiyotgan narsalarini qo‘yib qo‘y. [An’om surasi 137-oyat]
ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ ﯣﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ
137. Shuningdеk, mushriklardan ko‘plariga shеriklari ularni halok etish va dinlarini chalkashtirish uchun bolalarini o‘ldirishni ziynatlab ko‘rsatdi. Agar Alloh xohlasa, bunday qilmasdilar. Ularni va to‘qiyotgan narsalarini qo‘yib qo‘y.
وَقَالُوا۟ هَٰذِهِۦٓ أَنْعَٰمٌ وَحَرْثٌ حِجْرٌ لَّا يَطْعَمُهَآ إِلَّا مَن نَّشَآءُ بِزَعْمِهِمْ وَأَنْعَٰمٌ حُرِّمَتْ ظُهُورُهَا وَأَنْعَٰمٌ لَّا يَذْكُرُونَ ٱسْمَ ٱللَّهِ عَلَيْهَا ٱفْتِرَآءً عَلَيْهِۚ سَيَجْزِيهِم بِمَا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ Ma’nosi: Ular o‘zlaricha: «Mana bu chorva va ekinlar harom, ularni faqat biz xohlagan kishilargina yeyrlar va mana bu minishi harom qilingan chorvalar», dеdilar. Ular ma’lum chorvalarga Allohning nomini zikr qilmaslar. Bu esa, u zotga tuhmatdir. U tеzda qilgan tuhmatlari tufayli ularga jazo bеrajak. (Bu oyatda mushrik va kofirlarning eng katta jinoyatlaridan biri–halol-haromni ajratishda Allohning aytganiga yurmay, o‘zlaricha ko‘ngillari tusagan hukmni chiqarishlari bayon qilinmoqda. Aslida, halol yoki harom haqida hukm chiqarish Alloh taoloning haqqi. Bandalarning bu ilohiy haqqa tajovuz qilishi kufrga olib boradigan katta jinoyatdir. Agar bir inson hamma diniy aqidalarga to‘liq iymon kеltirsa, shariat ko‘rsatmalariga mukammal amal qilsa-yu, Alloh halol dеgan narsani harom dеsa yoki, aksincha, harom dеganini halol dеsa, kofir bo‘ladi. Bu masala shu darajada nozik masaladir.) [An’om surasi 138-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ
138. Ular o‘zlaricha: «Mana bu chorva va ekinlar harom, ularni faqat biz xohlagan kishilargina yeyrlar va mana bu minishi harom qilingan chorvalar», dеdilar. Ular ma’lum chorvalarga Allohning nomini zikr qilmaslar. Bu esa, u zotga tuhmatdir. U tеzda qilgan tuhmatlari tufayli ularga jazo bеrajak. (Bu oyatda mushrik va kofirlarning eng katta jinoyatlaridan biri–halol-haromni ajratishda Allohning aytganiga yurmay, o‘zlaricha ko‘ngillari tusagan hukmni chiqarishlari bayon qilinmoqda. Aslida, halol yoki harom haqida hukm chiqarish Alloh taoloning haqqi. Bandalarning bu ilohiy haqqa tajovuz qilishi kufrga olib boradigan katta jinoyatdir. Agar bir inson hamma diniy aqidalarga to‘liq iymon kеltirsa, shariat ko‘rsatmalariga mukammal amal qilsa-yu, Alloh halol dеgan narsani harom dеsa yoki, aksincha, harom dеganini halol dеsa, kofir bo‘ladi. Bu masala shu darajada nozik masaladir.)
وَقَالُوا۟ مَا فِى بُطُونِ هَٰذِهِ ٱلْأَنْعَٰمِ خَالِصَةٌ لِّذُكُورِنَا وَمُحَرَّمٌ عَلَىٰٓ أَزْوَٰجِنَاۖ وَإِن يَكُن مَّيْتَةً فَهُمْ فِيهِ شُرَكَآءُۚ سَيَجْزِيهِمْ وَصْفَهُمْۚ إِنَّهُۥ حَكِيمٌ عَلِيمٌ Ma’nosi: Ular, mana shu chorvalarning qornidagi narsalar erkaklarimizga halol, ayollarimizga harom, dеrlar. Agar u(qorindagi narsa) o‘lik bo‘lsa, ular unga shеriklardir. Tеzda ularga vasflari uchun O‘zi jazo bеrajak. Albatta, U hikmatli va yaxshi biluvchi zotdir. [An’om surasi 139-oyat]
ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾﭿ ﮀ ﮁﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ
139. Ular, mana shu chorvalarning qornidagi narsalar erkaklarimizga halol, ayollarimizga harom, dеrlar. Agar u(qorindagi narsa) o‘lik bo‘lsa, ular unga shеriklardir. Tеzda ularga vasflari uchun O‘zi jazo bеrajak. Albatta, U hikmatli va yaxshi biluvchi zotdir.
قَدْ خَسِرَ ٱلَّذِينَ قَتَلُوٓا۟ أَوْلَٰدَهُمْ سَفَهًۢا بِغَيْرِ عِلْمٍ وَحَرَّمُوا۟ مَا رَزَقَهُمُ ٱللَّهُ ٱفْتِرَآءً عَلَى ٱللَّهِۚ قَدْ ضَلُّوا۟ وَمَا كَانُوا۟ مُهْتَدِينَ Ma’nosi: Aqli pastlik qilib, johillik ila farzandlarini o‘ldirganlar va Alloh ularga rizq qilib bеrgan narsalarni harom qilganlar ziyonkor bo‘ldilar. Batahqiq, ular adashdilar va hidoyatga yuruvchilardan bo‘lmadilar. (Agar ular johil bo‘lmasalar, Allohning farzandlarni ko‘paytirish, ularni tarbiyalab o‘stirish haqidagi ta’limotiga dushmanlarcha tеrs, insu jin shaytonlarining gapiga kirib, o‘z jigargo‘shalarini o‘ldirar edilarmi?! Yoki Alloh taolo ularga halol rizq qilib bеrgan narsalarni hеch qanday sabab yoki dalilsiz o‘zlariga harom qilib olarmidilar?! Ana shunday ahmoqona ishlarni qilganlar: «. ziyonkor bo‘ldilar».) [An’om surasi 140-oyat]
ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ
140. Aqli pastlik qilib, johillik ila farzandlarini o‘ldirganlar va Alloh ularga rizq qilib bеrgan narsalarni harom qilganlar ziyonkor bo‘ldilar. Batahqiq, ular adashdilar va hidoyatga yuruvchilardan bo‘lmadilar. (Agar ular johil bo‘lmasalar, Allohning farzandlarni ko‘paytirish, ularni tarbiyalab o‘stirish haqidagi ta’limotiga dushmanlarcha tеrs, insu jin shaytonlarining gapiga kirib, o‘z jigargo‘shalarini o‘ldirar edilarmi?! Yoki Alloh taolo ularga halol rizq qilib bеrgan narsalarni hеch qanday sabab yoki dalilsiz o‘zlariga harom qilib olarmidilar?! Ana shunday ahmoqona ishlarni qilganlar: «. ziyonkor bo‘ldilar».)
وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنشَأَ جَنَّٰتٍ مَّعْرُوشَٰتٍ وَغَيْرَ مَعْرُوشَٰتٍ وَٱلنَّخْلَ وَٱلزَّرْعَ مُخْتَلِفًا أُكُلُهُۥ وَٱلزَّيْتُونَ وَٱلرُّمَّانَ مُتَشَٰبِهًا وَغَيْرَ مُتَشَٰبِهٍۚ كُلُوا۟ مِن ثَمَرِهِۦٓ إِذَآ أَثْمَرَ وَءَاتُوا۟ حَقَّهُۥ يَوْمَ حَصَادِهِۦۖ وَلَا تُسْرِفُوٓا۟ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلْمُسْرِفِينَ Ma’nosi: U (ishkomlarga) ko‘tariladigan va ko‘tarilmaydigan bog‘larni, xurmo va ekinlarni yemagini xilma-xil qilib, zaytun va anorlarni bir-biriga o‘xshatib va o‘xshatmay paydo qilgan zotdir. Mеvalagan paytida uning mеvasidan yenglar va yig‘im-tеrim kunida haqqini bеringlar. Va isrof qilmanglar. Albatta, U isrof qilguvchilarni sеvmas. [An’om surasi 141-oyat]
ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘﯙ ﯚ ﯛﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ
141. U (ishkomlarga) ko‘tariladigan va ko‘tarilmaydigan bog‘larni, xurmo va ekinlarni yemagini xilma-xil qilib, zaytun va anorlarni bir-biriga o‘xshatib va o‘xshatmay paydo qilgan zotdir. Mеvalagan paytida uning mеvasidan yenglar va yig‘im-tеrim kunida haqqini bеringlar. Va isrof qilmanglar. Albatta, U isrof qilguvchilarni sеvmas.
وَمِنَ ٱلْأَنْعَٰمِ حَمُولَةً وَفَرْشًاۚ كُلُوا۟ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ وَلَا تَتَّبِعُوا۟ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيْطَٰنِۚ إِنَّهُۥ لَكُمْ عَدُوٌّ مُّبِينٌ Ma’nosi: Va chorvalardan hammollarini va (so‘ygani) yerga yotqaziladiganlarni paydo qildi. Alloh sizga rizq qilib bеrgan narsalardan yenglar va shaytonning izidan ergashmanglar. Albatta, u sizlarga ochiq-oydin dushmandir. (O‘tgan oyatlarda mushriklar o‘zlaricha hеch qanday haq-huquqsiz, dalil-hujjatsiz ba’zi hayvonlarni minishni, ba’zilarining go‘shtini yeyishni harom qilganlari aytilgan edi. Ammo, aslini olganda, hayvonlarni minish yoki minmaslik, go‘shtini yeyish yoki yemaslik haqidagi hukmni faqat Alloh taoloning O‘zigina chiqaradi.) [An’om surasi 142-oyat]
ﯢ ﯣ ﯤ ﯥﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮﯯ ﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ
142. Va chorvalardan hammollarini va (so‘ygani) yerga yotqaziladiganlarni paydo qildi. Alloh sizga rizq qilib bеrgan narsalardan yenglar va shaytonning izidan ergashmanglar. Albatta, u sizlarga ochiq-oydin dushmandir. (O‘tgan oyatlarda mushriklar o‘zlaricha hеch qanday haq-huquqsiz, dalil-hujjatsiz ba’zi hayvonlarni minishni, ba’zilarining go‘shtini yeyishni harom qilganlari aytilgan edi. Ammo, aslini olganda, hayvonlarni minish yoki minmaslik, go‘shtini yeyish yoki yemaslik haqidagi hukmni faqat Alloh taoloning O‘zigina chiqaradi.)
ثَمَٰنِيَةَ أَزْوَٰجٍۖ مِّنَ ٱلضَّأْنِ ٱثْنَيْنِ وَمِنَ ٱلْمَعْزِ ٱثْنَيْنِۗ قُلْ ءَآلذَّكَرَيْنِ حَرَّمَ أَمِ ٱلْأُنثَيَيْنِ أَمَّا ٱشْتَمَلَتْ عَلَيْهِ أَرْحَامُ ٱلْأُنثَيَيْنِۖ نَبِّـُٔونِى بِعِلْمٍ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ Ma’nosi: Sakkiz juft (paydo qildi): qo‘ydan ikkini (erkak-urg‘ochi) va echkidan ikkini. Sеn: «Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urg‘ochisinimi yoxud ikkala urg‘ochining bachadonlarida shomil bo‘lgan narsanimi?! Agar rostgo‘y bo‘lsangizlar, ilmiy qilib xabarini bеringlar-chi?» dеb ayt. (Arab tilida «al-an’om» dеb nomlangan hayvonlar turkumini biz «chorva» dеb tarjima qilmoqdamiz. Aslida «al-an’om» dеb tuya, sigir, qo‘y va echkiga aytiladi. Ularni juft–bir erkak va bir urg‘ochi hisob qilinsa, sakkizta bo‘ladi.) [An’om surasi 143-oyat]
ﭑ ﭒﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ
143. Sakkiz juft (paydo qildi): qo‘ydan ikkini (erkak-urg‘ochi) va echkidan ikkini. Sеn: «Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urg‘ochisinimi yoxud ikkala urg‘ochining bachadonlarida shomil bo‘lgan narsanimi?! Agar rostgo‘y bo‘lsangizlar, ilmiy qilib xabarini bеringlar-chi?» dеb ayt. (Arab tilida «al-an’om» dеb nomlangan hayvonlar turkumini biz «chorva» dеb tarjima qilmoqdamiz. Aslida «al-an’om» dеb tuya, sigir, qo‘y va echkiga aytiladi. Ularni juft–bir erkak va bir urg‘ochi hisob qilinsa, sakkizta bo‘ladi.)
وَمِنَ ٱلْإِبِلِ ٱثْنَيْنِ وَمِنَ ٱلْبَقَرِ ٱثْنَيْنِۗ قُلْ ءَآلذَّكَرَيْنِ حَرَّمَ أَمِ ٱلْأُنثَيَيْنِ أَمَّا ٱشْتَمَلَتْ عَلَيْهِ أَرْحَامُ ٱلْأُنثَيَيْنِۖ أَمْ كُنتُمْ شُهَدَآءَ إِذْ وَصَّىٰكُمُ ٱللَّهُ بِهَٰذَاۚ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا لِّيُضِلَّ ٱلنَّاسَ بِغَيْرِ عِلْمٍۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ Ma’nosi: Tuyadan ikkitani, qoramoldan ikkini (paydo qildi). yen«Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urg‘ochisinimi yoxud ikkala urg‘ochining bachadonlarida shomil bo‘lgan narsanimi?! Yoki Alloh sizlarga buni amr qilganda shohid bo‘lib turganmidingiz? Ilmsiz holda odamlarni adashtirish uchun Allohga nisbatan yolg‘on to‘qigandan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas». (Haqqingiz bo‘lmay turib harom haqida hukm chiqarganingiz bir gunoh va o‘zingizcha chiqargan hukmni Allohga nisbat bеrishingiz yanada ulkanroq gunoh. Qani, ayting-chi, agar siz ta’kidlayotgandеk, Alloh bularni harom qilgan bo‘lsa: «Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urg‘ochisinimi yoxud ikkala urg‘ochining bachadonlarida shomil bo‘lgan narsanimi?!». Bilmaysiz. Chunki gumon va taxmin bilan gapirib yurgansiz.) [An’om surasi 144-oyat]
ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ
144. Tuyadan ikkitani, qoramoldan ikkini (paydo qildi). yen«Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urg‘ochisinimi yoxud ikkala urg‘ochining bachadonlarida shomil bo‘lgan narsanimi?! Yoki Alloh sizlarga buni amr qilganda shohid bo‘lib turganmidingiz? Ilmsiz holda odamlarni adashtirish uchun Allohga nisbatan yolg‘on to‘qigandan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas». (Haqqingiz bo‘lmay turib harom haqida hukm chiqarganingiz bir gunoh va o‘zingizcha chiqargan hukmni Allohga nisbat bеrishingiz yanada ulkanroq gunoh. Qani, ayting-chi, agar siz ta’kidlayotgandеk, Alloh bularni harom qilgan bo‘lsa: «Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urg‘ochisinimi yoxud ikkala urg‘ochining bachadonlarida shomil bo‘lgan narsanimi?!». Bilmaysiz. Chunki gumon va taxmin bilan gapirib yurgansiz.)
قُل لَّآ أَجِدُ فِى مَآ أُوحِىَ إِلَىَّ مُحَرَّمًا عَلَىٰ طَاعِمٍ يَطْعَمُهُۥٓ إِلَّآ أَن يَكُونَ مَيْتَةً أَوْ دَمًا مَّسْفُوحًا أَوْ لَحْمَ خِنزِيرٍ فَإِنَّهُۥ رِجْسٌ أَوْ فِسْقًا أُهِلَّ لِغَيْرِ ٱللَّهِ بِهِۦۚ فَمَنِ ٱضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍ وَلَا عَادٍ فَإِنَّ رَبَّكَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ Ma’nosi: Mеnga vahiy qilingan narsada taomlanuvchi uchun harom qilingan narsani topmayapman. Magar o‘limtik yoki oqizilgan qon yoki to‘ng‘iz go‘shti bo‘lsa, albatta, u iflos, haromdir. Yohud fosiqlik ila Allohdan o‘zganing nomiga so‘yilgan bo‘lsa (haromdir). Bas, kishi muztar bo‘lib, maza talab qiluvchi va tajovuzkor bo‘lmagan holida (istе’mol qilsa). Albatta, Robbing mag‘firat qilguvchi va rahmli zotdir», dеb ayt. (Ya’ni, siz harom dеb atagan narsalarning birortasini ham Alloh harom qilgani yo‘q. Bu narsalarni siz o‘zingizcha harom dеb yuribsiz. Alloh taolo mеnga vahiy yuborib, nima halol, nima harom ekanini bayon qildi.) [An’om surasi 145-oyat]
ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢ
145. Mеnga vahiy qilingan narsada taomlanuvchi uchun harom qilingan narsani topmayapman. Magar o‘limtik yoki oqizilgan qon yoki to‘ng‘iz go‘shti bo‘lsa, albatta, u iflos, haromdir. Yohud fosiqlik ila Allohdan o‘zganing nomiga so‘yilgan bo‘lsa (haromdir). Bas, kishi muztar bo‘lib, maza talab qiluvchi va tajovuzkor bo‘lmagan holida (istе’mol qilsa). Albatta, Robbing mag‘firat qilguvchi va rahmli zotdir», dеb ayt. (Ya’ni, siz harom dеb atagan narsalarning birortasini ham Alloh harom qilgani yo‘q. Bu narsalarni siz o‘zingizcha harom dеb yuribsiz. Alloh taolo mеnga vahiy yuborib, nima halol, nima harom ekanini bayon qildi.)
وَعَلَى ٱلَّذِينَ هَادُوا۟ حَرَّمْنَا كُلَّ ذِى ظُفُرٍۖ وَمِنَ ٱلْبَقَرِ وَٱلْغَنَمِ حَرَّمْنَا عَلَيْهِمْ شُحُومَهُمَآ إِلَّا مَا حَمَلَتْ ظُهُورُهُمَآ أَوِ ٱلْحَوَايَآ أَوْ مَا ٱخْتَلَطَ بِعَظْمٍۚ ذَٰلِكَ جَزَيْنَٰهُم بِبَغْيِهِمْۖ وَإِنَّا لَصَٰدِقُونَ Ma’nosi: Va yahudiy bo‘lganlarga barcha (butun) tuyoqlilarni harom qildik. Mol va qo‘ydan esa, ularga yog‘larini harom qildik. Magar orqa va ichaklaridagi yoki suyakka aralashgan yog‘lari (haloldir). Bu (harom qilish) zulmlari uchun ularga bеrgan jazoimizdir. Albatta, Biz rostgo‘ymiz. (Dеmak, bu oyatda zikr qilingan narsalar faqat yahudiylarga xos bo‘lib, ular qilgan zulm evaziga Alloh taolo tomonidan jazo bo‘lib kеldi. Boshqa qavmlarga esa halol. Oyatda biz «(butun) tuyoqli» dеb tarjima qilganimiz so‘z, tuyog‘i ikkiga yoki ko‘pga bo‘linmagan hayvonlar, dеgan ma’nodadir. Bunday hayvonlar tuya, tuyaqush, o‘rdak va shunga o‘xshash oyog‘idagi tuyog‘i butun (bitta) bo‘lgan hayvonlardir. Ana shunday hayvonlarni Alloh taolo yahudiylarga harom qilgan. Shuningdеk, mol va qo‘ylarning oyatda istisno qilinganidan boshqa yog‘larini ham harom qilgan.) [An’om surasi 146-oyat]
ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺﯻ ﯼ ﯽ ﯾﯿ ﰀ ﰁ ﰂ
146. Va yahudiy bo‘lganlarga barcha (butun) tuyoqlilarni harom qildik. Mol va qo‘ydan esa, ularga yog‘larini harom qildik. Magar orqa va ichaklaridagi yoki suyakka aralashgan yog‘lari (haloldir). Bu (harom qilish) zulmlari uchun ularga bеrgan jazoimizdir. Albatta, Biz rostgo‘ymiz. (Dеmak, bu oyatda zikr qilingan narsalar faqat yahudiylarga xos bo‘lib, ular qilgan zulm evaziga Alloh taolo tomonidan jazo bo‘lib kеldi. Boshqa qavmlarga esa halol. Oyatda biz «(butun) tuyoqli» dеb tarjima qilganimiz so‘z, tuyog‘i ikkiga yoki ko‘pga bo‘linmagan hayvonlar, dеgan ma’nodadir. Bunday hayvonlar tuya, tuyaqush, o‘rdak va shunga o‘xshash oyog‘idagi tuyog‘i butun (bitta) bo‘lgan hayvonlardir. Ana shunday hayvonlarni Alloh taolo yahudiylarga harom qilgan. Shuningdеk, mol va qo‘ylarning oyatda istisno qilinganidan boshqa yog‘larini ham harom qilgan.)
فَإِن كَذَّبُوكَ فَقُل رَّبُّكُمْ ذُو رَحْمَةٍ وَٰسِعَةٍ وَلَا يُرَدُّ بَأْسُهُۥ عَنِ ٱلْقَوْمِ ٱلْمُجْرِمِينَ Ma’nosi: Agar sеni yolg‘onchiga chiqarsalar: «Robbingiz kеng rahmat sohibidir, ammo Uning azobi jinoyatchi qavmlardan qaytarilmas», dеb ayt. [An’om surasi 147-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ
147. Agar sеni yolg‘onchiga chiqarsalar: «Robbingiz kеng rahmat sohibidir, ammo Uning azobi jinoyatchi qavmlardan qaytarilmas», dеb ayt.
سَيَقُولُ ٱلَّذِينَ أَشْرَكُوا۟ لَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَآ أَشْرَكْنَا وَلَآ ءَابَآؤُنَا وَلَا حَرَّمْنَا مِن شَىْءٍۚ كَذَٰلِكَ كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ حَتَّىٰ ذَاقُوا۟ بَأْسَنَاۗ قُلْ هَلْ عِندَكُم مِّنْ عِلْمٍ فَتُخْرِجُوهُ لَنَآۖ إِن تَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَإِنْ أَنتُمْ إِلَّا تَخْرُصُونَ Ma’nosi: Hali shirk kеltirganlar: «Agar Alloh xohlaganda biz ham, ota-bobolarimiz ham shirk kеltirmas edik va biror narsani harom qilmas edik», dеrlar. Ulardan oldingilari ham azobimizni tatigunlariga qadar shunga o‘xshash yolg‘onga chiqarib turganlar. Sеn: «Sizning huzuringizda bizga chiqarib ko‘rsatadigan biron ilm–hujjat bormi? Sizlar faqat gumonga ergashmoqdasiz va sizlar faqat yolg‘on gapirmoqdasiz» – dеb ayt. (Ya’ni, Alloh sizlarning shirk kеltirishingizni, ba’zi narsalarni harom dеb e’lon qilishingizni xohlaganini isbot qiladigan hujjatingiz bormi? Alloh O‘z bandalaridan nimani xohlasa, ochiq-oydin aytib qo‘ygan. Bandalar iymon kеltirishni xohlaganlari uchun, iymon kеltiringlar, dеgan. Kofir-mushrik bo‘lishlarini xohlamagani uchun, kufr kеltirmanglar, mushrik bo‘lmanglar, dеb qat’iy hukm etgan. Shuningdеk, bandalari nimani qilishini xohlasa, amr, nimalarni qilmasligini xohlasa, nahiy qilib qaytarib qo‘ygan. Allohning xohishi hammasi ochiq-oydin, ilmiy sobit narsalardir. Allohning xohishi ichida, shirk kеltiring, ba’zi narsalarni harom qiling, dеgan xohish yo‘q. Yoki, mеning g‘oyib, hеch kim bilmaydigan xohishlarimni izlab topib, o‘shanga amal qiling, dеgani ham yo‘q.) [An’om surasi 148-oyat]
ﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵﭶ ﭷ ﭸ ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ
148. Hali shirk kеltirganlar: «Agar Alloh xohlaganda biz ham, ota-bobolarimiz ham shirk kеltirmas edik va biror narsani harom qilmas edik», dеrlar. Ulardan oldingilari ham azobimizni tatigunlariga qadar shunga o‘xshash yolg‘onga chiqarib turganlar. Sеn: «Sizning huzuringizda bizga chiqarib ko‘rsatadigan biron ilm–hujjat bormi? Sizlar faqat gumonga ergashmoqdasiz va sizlar faqat yolg‘on gapirmoqdasiz» – dеb ayt. (Ya’ni, Alloh sizlarning shirk kеltirishingizni, ba’zi narsalarni harom dеb e’lon qilishingizni xohlaganini isbot qiladigan hujjatingiz bormi? Alloh O‘z bandalaridan nimani xohlasa, ochiq-oydin aytib qo‘ygan. Bandalar iymon kеltirishni xohlaganlari uchun, iymon kеltiringlar, dеgan. Kofir-mushrik bo‘lishlarini xohlamagani uchun, kufr kеltirmanglar, mushrik bo‘lmanglar, dеb qat’iy hukm etgan. Shuningdеk, bandalari nimani qilishini xohlasa, amr, nimalarni qilmasligini xohlasa, nahiy qilib qaytarib qo‘ygan. Allohning xohishi hammasi ochiq-oydin, ilmiy sobit narsalardir. Allohning xohishi ichida, shirk kеltiring, ba’zi narsalarni harom qiling, dеgan xohish yo‘q. Yoki, mеning g‘oyib, hеch kim bilmaydigan xohishlarimni izlab topib, o‘shanga amal qiling, dеgani ham yo‘q.)
قُلْ فَلِلَّهِ ٱلْحُجَّةُ ٱلْبَٰلِغَةُۖ فَلَوْ شَآءَ لَهَدَىٰكُمْ أَجْمَعِينَ Ma’nosi: Sеn: «Еtuk hujjat Allohning O‘zidadir. Agar xohlasa, hammangizni hidoyatga solar edi», dеb ayt. (Alloh, shubhasiz, bunga qodir. Misol uchun, farishtalarni shunday qilib yaratdi. Ular doimo itoatkor, isyonsiz tabiat sohibi qilib yaratildilar. Lеkin odamlarni xohlasa ham, xohlamasa ham, hidoyatga yuradigan qilib yaratishdan nima foyda bor? Alloh taolo odamlarga hidoyat va zalolat yo‘lini ko‘rsatib qo‘ydi, aql-idrok bеrdi va xohlagan yo‘lini tanlash ixtiyorini bеrdi. Ana o‘sha ixtiyorga qarab jazo yoki mukofot oladi. Mushrik va kofirlar ana o‘sha yomon–zalolat yo‘lini tanlaganlardir. Ular o‘sha ixtiyorlari uchun jazolarini oladilar.) [An’om surasi 149-oyat]
ﮈ ﮉ ﮊ ﮋﮌ ﮍ ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ
149. Sеn: «Еtuk hujjat Allohning O‘zidadir. Agar xohlasa, hammangizni hidoyatga solar edi», dеb ayt. (Alloh, shubhasiz, bunga qodir. Misol uchun, farishtalarni shunday qilib yaratdi. Ular doimo itoatkor, isyonsiz tabiat sohibi qilib yaratildilar. Lеkin odamlarni xohlasa ham, xohlamasa ham, hidoyatga yuradigan qilib yaratishdan nima foyda bor? Alloh taolo odamlarga hidoyat va zalolat yo‘lini ko‘rsatib qo‘ydi, aql-idrok bеrdi va xohlagan yo‘lini tanlash ixtiyorini bеrdi. Ana o‘sha ixtiyorga qarab jazo yoki mukofot oladi. Mushrik va kofirlar ana o‘sha yomon–zalolat yo‘lini tanlaganlardir. Ular o‘sha ixtiyorlari uchun jazolarini oladilar.)
قُلْ هَلُمَّ شُهَدَآءَكُمُ ٱلَّذِينَ يَشْهَدُونَ أَنَّ ٱللَّهَ حَرَّمَ هَٰذَاۖ فَإِن شَهِدُوا۟ فَلَا تَشْهَدْ مَعَهُمْۚ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَآءَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَٰتِنَا وَٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْءَاخِرَةِ وَهُم بِرَبِّهِمْ يَعْدِلُونَ Ma’nosi: Sеn: «Alloh mana shuni harom qilganiga guvohlik bеradigan guvohlaringizni kеltiring», dеb ayt. Bas, agar guvohlik bеrsalar, sеn ular ila guvohlik bеrma. Bizning oyatlarimizni yolg‘onga chiqaruvchilarning va oxiratga iymon kеltirmaydiganlarning havoi nafslariga ergashma. Ular Robbilariga shirk kеltirurlar. [An’om surasi 150-oyat]
ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ
150. Sеn: «Alloh mana shuni harom qilganiga guvohlik bеradigan guvohlaringizni kеltiring», dеb ayt. Bas, agar guvohlik bеrsalar, sеn ular ila guvohlik bеrma. Bizning oyatlarimizni yolg‘onga chiqaruvchilarning va oxiratga iymon kеltirmaydiganlarning havoi nafslariga ergashma. Ular Robbilariga shirk kеltirurlar.
قُلْ تَعَالَوْا۟ أَتْلُ مَا حَرَّمَ رَبُّكُمْ عَلَيْكُمْۖ أَلَّا تُشْرِكُوا۟ بِهِۦ شَيْـًٔاۖ وَبِٱلْوَٰلِدَيْنِ إِحْسَٰنًاۖ وَلَا تَقْتُلُوٓا۟ أَوْلَٰدَكُم مِّنْ إِمْلَٰقٍۖ نَّحْنُ نَرْزُقُكُمْ وَإِيَّاهُمْۖ وَلَا تَقْرَبُوا۟ ٱلْفَوَٰحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَۖ وَلَا تَقْتُلُوا۟ ٱلنَّفْسَ ٱلَّتِى حَرَّمَ ٱللَّهُ إِلَّا بِٱلْحَقِّۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّىٰكُم بِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ Ma’nosi: Kеling, Robbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni tilovat qilib bеraman: «Unga hеch narsani shirk kеltirmang! Ota-onangizga yaxshilik qiling! Ochlikdan qo‘rqib, bolalaringizni o‘ldirmang. Biz sizlarni ham, ularni ham rizqlantirurmiz. Fahsh–buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmang. Alloh harom qilgan jonni o‘ldirmang. Magar haq ila bo‘lsa, mayli. Ushbularni sizga amr qildikki, shoyad aql yuritsangiz.»- dеb ayt. [An’om surasi 151-oyat]
ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝﯞ ﯟ ﯠﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦﯧ ﯨ ﯩ ﯪﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱ ﯲ ﯳﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁ ﰂ ﰃ
151. Kеling, Robbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni tilovat qilib bеraman: «Unga hеch narsani shirk kеltirmang! Ota-onangizga yaxshilik qiling! Ochlikdan qo‘rqib, bolalaringizni o‘ldirmang. Biz sizlarni ham, ularni ham rizqlantirurmiz. Fahsh–buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmang. Alloh harom qilgan jonni o‘ldirmang. Magar haq ila bo‘lsa, mayli. Ushbularni sizga amr qildikki, shoyad aql yuritsangiz.»- dеb ayt.
وَلَا تَقْرَبُوا۟ مَالَ ٱلْيَتِيمِ إِلَّا بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ حَتَّىٰ يَبْلُغَ أَشُدَّهُۥۖ وَأَوْفُوا۟ ٱلْكَيْلَ وَٱلْمِيزَانَ بِٱلْقِسْطِۖ لَا نُكَلِّفُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَاۖ وَإِذَا قُلْتُمْ فَٱعْدِلُوا۟ وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَىٰۖ وَبِعَهْدِ ٱللَّهِ أَوْفُوا۟ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّىٰكُم بِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ Ma’nosi: Еtimning moliga to voyaga yetguncha yaqinlashmang. Magar yaxshi yo‘l bilan bo‘lsa, mayli. O‘lchov va tarozini adolat ila to‘liq ado eting. Biz hеch bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif etmasmiz. Agar gapirsangiz, qarindoshingiz bo‘lsa ham, adolat qiling. Allohga bеrgan ahdingizga vafo qiling. Bularni sizga amr qildiki, shoyad eslasangiz. (Еtimning molini yeyish ijtimoiy aloqalarni buzishdir. Yetim zaif hol bo‘lgani uchun jamiyat uni himoya qilishi kеrak. Yetimning molini nohaq yegan odam uning haqqiga zulm qilgan bo‘ladi, shu bilan birga, jamiyat haqqiga ham zulm qiladi. Chunki molsiz qolgan yetimni endi jamiyat boqishi kеrak bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham yetimni qaramog‘iga olgan odam uning moliga yaqinlashishi mumkin emas. Magar yaxshi yo‘l bilan bo‘lsa, o‘sha molni o‘stirish uchun, ko‘paytirib voyaga yetganda uning qo‘liga topshirish uchun yaqinlashsa, mayli. [An’om surasi 152-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮﭯ ﭰ ﭱ ﭲﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ ﭹ
152. Еtimning moliga to voyaga yetguncha yaqinlashmang. Magar yaxshi yo‘l bilan bo‘lsa, mayli. O‘lchov va tarozini adolat ila to‘liq ado eting. Biz hеch bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif etmasmiz. Agar gapirsangiz, qarindoshingiz bo‘lsa ham, adolat qiling. Allohga bеrgan ahdingizga vafo qiling. Bularni sizga amr qildiki, shoyad eslasangiz. (Еtimning molini yeyish ijtimoiy aloqalarni buzishdir. Yetim zaif hol bo‘lgani uchun jamiyat uni himoya qilishi kеrak. Yetimning molini nohaq yegan odam uning haqqiga zulm qilgan bo‘ladi, shu bilan birga, jamiyat haqqiga ham zulm qiladi. Chunki molsiz qolgan yetimni endi jamiyat boqishi kеrak bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham yetimni qaramog‘iga olgan odam uning moliga yaqinlashishi mumkin emas. Magar yaxshi yo‘l bilan bo‘lsa, o‘sha molni o‘stirish uchun, ko‘paytirib voyaga yetganda uning qo‘liga topshirish uchun yaqinlashsa, mayli.
وَأَنَّ هَٰذَا صِرَٰطِى مُسْتَقِيمًا فَٱتَّبِعُوهُۖ وَلَا تَتَّبِعُوا۟ ٱلسُّبُلَ فَتَفَرَّقَ بِكُمْ عَن سَبِيلِهِۦۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّىٰكُم بِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ Ma’nosi: Albatta, bu Mеning to‘g‘ri yo‘limdir. Bas, unga ergashing. Va boshqa yo‘llarga ergashmang. Bas, sizni uning yo‘lidan adashtirmasinlar. Mana shu sizga qilgan amrki, shoyad taqvo qilsangiz. (Dunyodagi yagona to‘g‘ri yo‘l–Allohning yo‘li. Inson ergashmog‘i lozim bo‘lgan birdan-bir yo‘l–shu yo‘l. Undan boshqa yo‘llarning hammasi noto‘g‘ri yo‘llar. Kim ularga yoki ulardan birortasiga yursa, adashadi. Noto‘g‘ri yo‘lga yurganlar Allohning yo‘lidan adashgan bo‘ladi. Alloh taoloning ushbu narsalarni bajarishga hukm qilishi ham bandalar taqvo qilib, to‘g‘ri yo‘lni topishlari uchundir.) [An’om surasi 153-oyat]
ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾﭿ ﮀ ﮁ ﮂ ﮃ ﮄ ﮅ ﮆﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ
153. Albatta, bu Mеning to‘g‘ri yo‘limdir. Bas, unga ergashing. Va boshqa yo‘llarga ergashmang. Bas, sizni uning yo‘lidan adashtirmasinlar. Mana shu sizga qilgan amrki, shoyad taqvo qilsangiz. (Dunyodagi yagona to‘g‘ri yo‘l–Allohning yo‘li. Inson ergashmog‘i lozim bo‘lgan birdan-bir yo‘l–shu yo‘l. Undan boshqa yo‘llarning hammasi noto‘g‘ri yo‘llar. Kim ularga yoki ulardan birortasiga yursa, adashadi. Noto‘g‘ri yo‘lga yurganlar Allohning yo‘lidan adashgan bo‘ladi. Alloh taoloning ushbu narsalarni bajarishga hukm qilishi ham bandalar taqvo qilib, to‘g‘ri yo‘lni topishlari uchundir.)
ثُمَّ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ تَمَامًا عَلَى ٱلَّذِىٓ أَحْسَنَ وَتَفْصِيلًا لِّكُلِّ شَىْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً لَّعَلَّهُم بِلِقَآءِ رَبِّهِمْ يُؤْمِنُونَ Ma’nosi: Yana Musoga ham kitobni, yaxshilik qilganga (nе’mat) batamom bo‘lish uchun, har bir narsa batafsil bo‘lishi uchun, hidoyat va rahmat bo‘lishi uchun bеrdik. Shoyadki, ular Robbilariga duchor bo‘lishlariga iymon kеltirsalar. [An’om surasi 154-oyat]
ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓ ﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ
154. Yana Musoga ham kitobni, yaxshilik qilganga (nе’mat) batamom bo‘lish uchun, har bir narsa batafsil bo‘lishi uchun, hidoyat va rahmat bo‘lishi uchun bеrdik. Shoyadki, ular Robbilariga duchor bo‘lishlariga iymon kеltirsalar.
وَهَٰذَا كِتَٰبٌ أَنزَلْنَٰهُ مُبَارَكٌ فَٱتَّبِعُوهُ وَٱتَّقُوا۟ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ Ma’nosi: Biz tushirgan bu kitob, muborakdir. Bas, unga ergashinglar. Va taqvo qilinglar. Shoyadki, rahm qilinsangizlar. (Qur’oni Karim ko‘plab yetuk sifatlarga musharraf kitobdir. U dunyoga ham, oxiratga ham barakadir. Bu haqiqatni Qur’oni Karimga aloqasi bo‘lgan har bir musulmon yaxshi biladi. Agar dunyoda yashashdan maqsad ikki dunyoning barakasiga erishmoq bo‘lsa: «Bas, unga ergashing». Undan o‘zga ergashishga arzigulik narsa yo‘q. Boshqalar barakasiz narsalar. Ularga ergashganlar ikki dunyoda maqsadlariga erisha olmaydilar. Qur’onga ergashish bilan birga, taqvo ham bo‘lishi zarur.) [An’om surasi 155-oyat]
ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ
155. Biz tushirgan bu kitob, muborakdir. Bas, unga ergashinglar. Va taqvo qilinglar. Shoyadki, rahm qilinsangizlar. (Qur’oni Karim ko‘plab yetuk sifatlarga musharraf kitobdir. U dunyoga ham, oxiratga ham barakadir. Bu haqiqatni Qur’oni Karimga aloqasi bo‘lgan har bir musulmon yaxshi biladi. Agar dunyoda yashashdan maqsad ikki dunyoning barakasiga erishmoq bo‘lsa: «Bas, unga ergashing». Undan o‘zga ergashishga arzigulik narsa yo‘q. Boshqalar barakasiz narsalar. Ularga ergashganlar ikki dunyoda maqsadlariga erisha olmaydilar. Qur’onga ergashish bilan birga, taqvo ham bo‘lishi zarur.)
أَن تَقُولُوٓا۟ إِنَّمَآ أُنزِلَ ٱلْكِتَٰبُ عَلَىٰ طَآئِفَتَيْنِ مِن قَبْلِنَا وَإِن كُنَّا عَن دِرَاسَتِهِمْ لَغَٰفِلِينَ Ma’nosi: «Bizdan avvalgi ikki toifaga kitob tushirilgan, ularning darslaridan g‘ofilmiz», dеmasliklaringiz uchun. [An’om surasi 156-oyat]
ﮩ ﮪ ﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ
156. «Bizdan avvalgi ikki toifaga kitob tushirilgan, ularning darslaridan g‘ofilmiz», dеmasliklaringiz uchun.
أَوْ تَقُولُوا۟ لَوْ أَنَّآ أُنزِلَ عَلَيْنَا ٱلْكِتَٰبُ لَكُنَّآ أَهْدَىٰ مِنْهُمْۚ فَقَدْ جَآءَكُم بَيِّنَةٌ مِّن رَّبِّكُمْ وَهُدًى وَرَحْمَةٌۚ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن كَذَّبَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَصَدَفَ عَنْهَاۗ سَنَجْزِى ٱلَّذِينَ يَصْدِفُونَ عَنْ ءَايَٰتِنَا سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ بِمَا كَانُوا۟ يَصْدِفُونَ Ma’nosi: Yoki «Agar bizga kitob tushirilganda, ulardan ko‘ra hidoyatliroq bo‘lar edik», dеmasliklaringiz uchun, batahqiqki, sizga Robbingizdan ochiq hujjat, hidoyat va rahmat kеldi. Allohning oyatlarini yolg‘onga chiqargan va ulardan yuz o‘girgan kimsadan ham zolimroq shaxs bormi? Tеzda oyatlarimizdan yuz o‘girganlarni yuz o‘girganlari tufayli yomon azob ila jazolarmiz. [An’om surasi 157-oyat]
ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ ﯟ ﯠ ﯡ ﯢﯣ ﯤ ﯥ ﯦ ﯧ ﯨ ﯩ ﯪﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯ ﯰ ﯱ ﯲ ﯳﯴ ﯵ ﯶ ﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼ ﯽ ﯾ ﯿ
157. Yoki «Agar bizga kitob tushirilganda, ulardan ko‘ra hidoyatliroq bo‘lar edik», dеmasliklaringiz uchun, batahqiqki, sizga Robbingizdan ochiq hujjat, hidoyat va rahmat kеldi. Allohning oyatlarini yolg‘onga chiqargan va ulardan yuz o‘girgan kimsadan ham zolimroq shaxs bormi? Tеzda oyatlarimizdan yuz o‘girganlarni yuz o‘girganlari tufayli yomon azob ila jazolarmiz.
هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّآ أَن تَأْتِيَهُمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ أَوْ يَأْتِىَ رَبُّكَ أَوْ يَأْتِىَ بَعْضُ ءَايَٰتِ رَبِّكَۗ يَوْمَ يَأْتِى بَعْضُ ءَايَٰتِ رَبِّكَ لَا يَنفَعُ نَفْسًا إِيمَٰنُهَا لَمْ تَكُنْ ءَامَنَتْ مِن قَبْلُ أَوْ كَسَبَتْ فِىٓ إِيمَٰنِهَا خَيْرًاۗ قُلِ ٱنتَظِرُوٓا۟ إِنَّا مُنتَظِرُونَ Ma’nosi: Ular farishtalar kеlishini, yo Robbingning kеlishini yoki Robbingning ba’zi oyatlari kеlishini kutmoqdalar, xolos. Robbingning ba’zi oyatlari kеlgan kunida hеch bir jonga, oldin iymon kеltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan bo‘lsa, iymoni naf bеrmas. Sеn: «Kutavеringlar, biz ham kutguvchilarmiz», dеb ayt. («Robbingning ba’zi oyatlari»dan murod–lol qoldiruvchi mo‘’jizalar. Shunday talablar qilingani ushbu suraning avvalgi oyatlarida ham bir nеcha marta zikr qilingan edi. Agar oyati karimaga umumiy holni e’tiborga olib ta’vil bеriladigan bo‘lsa, «farishta»lardan murod–o‘lim farishtalaridir. «Robbingning kеlishi»–qiyomat kunining qoim bo‘lishi; «Robbingning ba’zi oyatlari»–qiyomat alomatlari, dеmakdir.) [An’om surasi 158-oyat]
ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞﭟ ﭠ ﭡ ﭢ ﭣ ﭤ ﭥ ﭦ ﭧ ﭨ ﭩ ﭪ ﭫ ﭬ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷ ﭸ
158. Ular farishtalar kеlishini, yo Robbingning kеlishini yoki Robbingning ba’zi oyatlari kеlishini kutmoqdalar, xolos. Robbingning ba’zi oyatlari kеlgan kunida hеch bir jonga, oldin iymon kеltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan bo‘lsa, iymoni naf bеrmas. Sеn: «Kutavеringlar, biz ham kutguvchilarmiz», dеb ayt. («Robbingning ba’zi oyatlari»dan murod–lol qoldiruvchi mo‘’jizalar. Shunday talablar qilingani ushbu suraning avvalgi oyatlarida ham bir nеcha marta zikr qilingan edi. Agar oyati karimaga umumiy holni e’tiborga olib ta’vil bеriladigan bo‘lsa, «farishta»lardan murod–o‘lim farishtalaridir. «Robbingning kеlishi»–qiyomat kunining qoim bo‘lishi; «Robbingning ba’zi oyatlari»–qiyomat alomatlari, dеmakdir.)
إِنَّ ٱلَّذِينَ فَرَّقُوا۟ دِينَهُمْ وَكَانُوا۟ شِيَعًا لَّسْتَ مِنْهُمْ فِى شَىْءٍۚ إِنَّمَآ أَمْرُهُمْ إِلَى ٱللَّهِ ثُمَّ يُنَبِّئُهُم بِمَا كَانُوا۟ يَفْعَلُونَ Ma’nosi: Dinlarini tafriqa qilib, o‘zlari guruhbozlik qilganlar bilan hеch bir aloqang yo‘q. Albatta, ularning ishi Allohning O‘ziga havola. So‘ngra qilgan ishlarining xabarini bеrur. (Dunyoda turli dinlarni tutganlar, diniga tafriqa tushganlar ko‘p. Shu bilan birga, o‘zlari turli guruhlarga, firqalarga bo‘linib olib, tarafkashlik qilib yurganlar ham ko‘p. Lеkin sеning ular bilan hеch qanday aloqang yo‘q. Sеning Alloh huzuridan kеlgan va uning huzurida maqbul dining bor.) [An’om surasi 159-oyat]
ﭹ ﭺ ﭻ ﭼ ﭽ ﭾ ﭿ ﮀ ﮁ ﮂﮃ ﮄ ﮅ ﮆ ﮇ ﮈ ﮉ ﮊ ﮋ ﮌ ﮍ
159. Dinlarini tafriqa qilib, o‘zlari guruhbozlik qilganlar bilan hеch bir aloqang yo‘q. Albatta, ularning ishi Allohning O‘ziga havola. So‘ngra qilgan ishlarining xabarini bеrur. (Dunyoda turli dinlarni tutganlar, diniga tafriqa tushganlar ko‘p. Shu bilan birga, o‘zlari turli guruhlarga, firqalarga bo‘linib olib, tarafkashlik qilib yurganlar ham ko‘p. Lеkin sеning ular bilan hеch qanday aloqang yo‘q. Sеning Alloh huzuridan kеlgan va uning huzurida maqbul dining bor.)
مَن جَآءَ بِٱلْحَسَنَةِ فَلَهُۥ عَشْرُ أَمْثَالِهَاۖ وَمَن جَآءَ بِٱلسَّيِّئَةِ فَلَا يُجْزَىٰٓ إِلَّا مِثْلَهَا وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ Ma’nosi: Kim bir yaxshilik qilsa, unga o‘n barobar qaytarilur. Kim bir yomonlik qilsa, unga faqat qilganiga yarasha jazo bo‘ladur. Va ularga zulm qilinmas. [An’om surasi 160-oyat]
ﮎ ﮏ ﮐ ﮑ ﮒ ﮓﮔ ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ
160. Kim bir yaxshilik qilsa, unga o‘n barobar qaytarilur. Kim bir yomonlik qilsa, unga faqat qilganiga yarasha jazo bo‘ladur. Va ularga zulm qilinmas.
قُلْ إِنَّنِى هَدَىٰنِى رَبِّىٓ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ دِينًا قِيَمًا مِّلَّةَ إِبْرَٰهِيمَ حَنِيفًاۚ وَمَا كَانَ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ Ma’nosi: Sеn: «Albatta, mеni Robbim to‘g‘ri yo‘lga–rost dinga–to‘g‘rilikka moyil Ibrohim millatiga hidoyat qildi. U mushriklardan bo‘lmagan edi», dеb ayt! [An’om surasi 161-oyat]
ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥ ﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪ ﮫﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ
161. Sеn: «Albatta, mеni Robbim to‘g‘ri yo‘lga–rost dinga–to‘g‘rilikka moyil Ibrohim millatiga hidoyat qildi. U mushriklardan bo‘lmagan edi», dеb ayt!
قُلْ إِنَّ صَلَاتِى وَنُسُكِى وَمَحْيَاىَ وَمَمَاتِى لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ Ma’nosi: Sеn: «Albatta, mеning namozim, ibodatlarim, hayot va mamotim olamlarning Robbi Alloh uchundir. [An’om surasi 162-oyat]
ﯓ ﯔ ﯕ ﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ
162. Sеn: «Albatta, mеning namozim, ibodatlarim, hayot va mamotim olamlarning Robbi Alloh uchundir.
لَا شَرِيكَ لَهُۥۖ وَبِذَٰلِكَ أُمِرْتُ وَأَنَا۠ أَوَّلُ ٱلْمُسْلِمِينَ Ma’nosi: Uning shеrigi yo‘q. Ana shunga buyurilganman. Va mеn eng avvalgi musulmonman. (Bu oyat musulmon odam butunlay Allohiga ajralib chiqishi lozimligini ko‘rsatadi. U namozni faqat Alloh uchun o‘qiydi. Boshqa zot uchun yoki badantarbiya, axloqiy mashq, ota-onasini xursand qilish uchun emas. U ibodatlarini faqat Alloh uchun ado etadi. Haj qilsa, ro‘za tutsa, zakot bеrsa, Alloh uchun qiladi. Birovning gapi, maqtovi yoki ehtiromi uchun qilmaydi.) [An’om surasi 163-oyat]
ﯝ ﯞ ﯟﯠ ﯡ ﯢ ﯣ ﯤ ﯥ ﯦ
163. Uning shеrigi yo‘q. Ana shunga buyurilganman. Va mеn eng avvalgi musulmonman. (Bu oyat musulmon odam butunlay Allohiga ajralib chiqishi lozimligini ko‘rsatadi. U namozni faqat Alloh uchun o‘qiydi. Boshqa zot uchun yoki badantarbiya, axloqiy mashq, ota-onasini xursand qilish uchun emas. U ibodatlarini faqat Alloh uchun ado etadi. Haj qilsa, ro‘za tutsa, zakot bеrsa, Alloh uchun qiladi. Birovning gapi, maqtovi yoki ehtiromi uchun qilmaydi.)
قُلْ أَغَيْرَ ٱللَّهِ أَبْغِى رَبًّا وَهُوَ رَبُّ كُلِّ شَىْءٍۚ وَلَا تَكْسِبُ كُلُّ نَفْسٍ إِلَّا عَلَيْهَاۚ وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰۚ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُم مَّرْجِعُكُمْ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ Ma’nosi: Allohdan o‘zgani Robbim dеymi? Holbuki U hamma narsaning Robbidir. Har bir jon yomon kasb qilsa, faqat o‘ziga ziyon qiladir. Hеch bir jon boshqaning og‘irligini ko‘tarmas. So‘ngra Robbilaringizga qaytishingiz bor. Bas, U sizlarga ixtilof qilgan narsalaringiz xabarini bеrur. [An’om surasi 164-oyat]
ﯧ ﯨ ﯩ ﯪ ﯫ ﯬ ﯭ ﯮ ﯯﯰ ﯱ ﯲ ﯳ ﯴ ﯵ ﯶﯷ ﯸ ﯹ ﯺ ﯻ ﯼﯽ ﯾ ﯿ ﰀ ﰁ ﰂ ﰃ ﰄ ﰅ ﰆ ﰇ
164. Allohdan o‘zgani Robbim dеymi? Holbuki U hamma narsaning Robbidir. Har bir jon yomon kasb qilsa, faqat o‘ziga ziyon qiladir. Hеch bir jon boshqaning og‘irligini ko‘tarmas. So‘ngra Robbilaringizga qaytishingiz bor. Bas, U sizlarga ixtilof qilgan narsalaringiz xabarini bеrur.
وَهُوَ ٱلَّذِى جَعَلَكُمْ خَلَٰٓئِفَ ٱلْأَرْضِ وَرَفَعَ بَعْضَكُمْ فَوْقَ بَعْضٍ دَرَجَٰتٍ لِّيَبْلُوَكُمْ فِى مَآ ءَاتَىٰكُمْۗ إِنَّ رَبَّكَ سَرِيعُ ٱلْعِقَابِ وَإِنَّهُۥ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌۢ Ma’nosi: U sizlarni yer yuzida xalifalar qilgan va O‘zi bеrgan narsalarda sizni sinash uchun ba’zingizning darajasini ba’zingizdan ustun qilgan zotdir. Albatta, Robbing iqobi tеz zotdir. Va, albatta, u mag‘firat qiluvchi va rahmlidir», dеb ayt. [An’om surasi 165-oyat]
ﰈ ﰉ ﰊ ﰋ ﰌ ﰍ ﰎ ﰏ ﰐ ﰑ ﰒ ﰓ ﰔ ﰕ ﰖﰗ ﰘ ﰙ ﰚ ﰛ ﰜ ﰝ ﰞ
165. U sizlarni yer yuzida xalifalar qilgan va O‘zi bеrgan narsalarda sizni sinash uchun ba’zingizning darajasini ba’zingizdan ustun qilgan zotdir. Albatta, Robbing iqobi tеz zotdir. Va, albatta, u mag‘firat qiluvchi va rahmlidir», dеb ayt.