Qur oni Karim ma nolari tarjimasi / Shayx Abdulaziz Mansur
Keyingi asrlarda Qur’oni karim jahon xalqlarining ko’pgina tillariga tarjima qilindi. Shuningdek, o’zbek tilida ham bir qancha tarjimalar paydo bo’ldi. Endilikda bu jarayon yanada kuchayib borishi tabiiy. Bas, shunday ekan, bu sohada kundan-kunga taraqqiyot sari intilish maqsadga muvofiqdir. Avvalgi tarjimalarda uchragan tarjimalarda uchragan kamchiliklarni takrorlamagan holda, tobora sifatli tarjima va tafsirlarni ta’lif etish yangi ulamolarining sharafli vazifalaridandir.
Quroni karim kitob o’zbek tilida
суралар ва дуолар
Суранинг номи | Саҳифа рақами | Суранинг номи | Саҳифа рақами | |
Фотиха | 1 | Мужодала | 541 | |
Бақара | 1 | Ҳашр | 544 | |
Ол-и Имрон | 49 | Мумтаҳана | 548 | |
Нисо | 76 | Саф | 550 | |
Моида | 105 | Жумъа | 552 | |
Анъом | 127 | Мунофиқун | 553 | |
Аъроф | 150 | Тағобун | 555 | |
Анфол | 176 | Талоқ | 557 | |
Тавба | 186 | Тахрим | 559 | |
Юнус | 207 | Мулк | 561 | |
Ҳуд | 220 | Қалам | 563 | |
Юсуф | 234 | Ал-ҳааққа | 565 | |
Раъд | 248 | Маориж | 567 | |
Иброҳим | 254 | Нуҳ | 569 | |
Ҳижр | 261 | Жин | 571 | |
Наҳл | 268 | Музаммил | 573 | |
Ал-исро | 281 | Муддассир | 574 | |
Қаҳф | 292 | Қиёмат | 576 | |
Марям | 304 | Инсон | 577 | |
Таха | 311 | Вал-мурсалот | 579 | |
Анбиё | 321 | Набаъ | 581 | |
Ҳаж | 331 | Ван-нозиот | 582 | |
Мўминун | 341 | Абаса | 584 | |
Нур | 349 | Таквир | 585 | |
Фурқон | 358 | Инфитор | 586 | |
Шуаро | 366 | Мутаффифун | 587 | |
Намл | 376 | Иншиқоҳ | 588 | |
Қасос | 384 | Буруж | 589 | |
Анкабут | 395 | Ториқ | 590 | |
Рум | 403 | Аъло | 591 | |
Луқмон | 410 | Ғошия | 591 | |
Сажда | 414 | Вал-фажр | 592 | |
Аҳзоб | 417 | Балад | 593 | |
Сабаъ | 427 | Ваш-шамс | 594 | |
Фотир | 433 | Вал-лайл | 595 | |
Ёсин | 439 | Ваз-зуҳа | 595 | |
Ва-ссаффот | 445 | Шарҳ | 596 | |
Сод | 452 | Ват-тийн | 596 | |
Зумар | 457 | Алақ | 597 | |
Ғофир | 466 | Қадр | 598 | |
Фуссилат | 476 | Баййина | 598 | |
Шўро | 482 | Залзала | 599 | |
Зухруф | 488 | Вал-одиёт | 599 | |
Духон | 495 | Ал-қориа | 600 | |
Жосия | 498 | Такосур | 600 | |
Аҳқоф | 501 | Вал-аср | 601 | |
Муҳаммад | 506 | Ҳумаза | 601 | |
Фатҳ | 510 | Фил | 601 | |
Ҳужурот | 514 | Қурайш | 602 | |
Қоф | 517 | Моун | 602 | |
Ваз-зориёт | 519 | Кавсар | 602 | |
Ват-Тур | 522 | Кофирун | 603 | |
Ван-Нажм | 525 | Наср | 603 | |
Қамар | 527 | Таббат | 603 | |
Раҳмон | 530 | Ихлос | 604 | |
Воқеа | 533 | Фалақ | 604 | |
Ҳадид | 536 | Нос | 604 | |
| Ортга | |
Энг кўп ўқилганлар
- Турли савол-жавоблар
- Сеҳр-жоду ва жиндан сақланиш учун
- Намоздан кейинги дуо ва тасбиҳ
- Тилак ва мурод дуолари билан ҳожат намози
- Ихлос сурасининг фазилатлари
- Туш кўриш
- Ҳар куни ўқиладиган дуолар
Qur’oni Karim ma’nolari tarjimasi / Shayx Abdulaziz Mansur
Qur’oni Karim ma’nolari tarjimasi / Қуръони Карим маънолари таржимаси
Translator & Comment: Abdulaziz Mansur
Publisher: Toshkent
Publication date: 2010
Format / Quality: PDF
Size: 4 Mb
Language: Uzbek
Цитата:
TARJIMA HAQIDA
Ma’lumki, Qur’oni karim Alloh taolo tomonidan Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga 23 yil mobaynida sura, oyat tarzida elchi farishta –Jabroil alayhissalom orqali ilohiy vahiy sifatida, arab tilida, og’zaki nozil qilingan. Islom dini ta’limotining asosiy manbalari (Qur’on, Sunnat, Ijmo’, Qiyos)ning birinchisi sanalmish bu Kalomi sharifning til va bayon jihatidan ilohiy mo”jizaligi ham uni arab tilida o’qib, fikr yuritgandagina namoyon bo’ladi. Boshqa har qanday tilga o’girilganda Qur’on tiliga xos xususiyatlar, nazmiy uslub, maftunkor ohang va ruhiy ta’sir o’z kuchini yo’qotadi. Tarjimon har qancha mahoratli, tajribali lug’atga boy bo’lmasin, oyatlarning arabcha holidagi mazmunini boshqa tilda mukammal ifoda eta olmaydi. Bu inkor etib bo’lmas haqiqat.
Arab tilida o’qib anglash esa, hammaning ham imkon darajasida emas. Hatto arablarning o’zlari ham Qur’on oyatlarini to’la tushuna olmasliklarini tan oladilar. Ulug’ sahobalar ham ko’pdan-ko’p oyatlar mazmunida bahslashib, bir yechimga kelisha olmay, Rosul alayhissalomning o’zlaridan so’rab, aniqlab olganlari to’g’risida sahih hadislar mavjud.
Qur’oni karimni boshqa tillarga tarjima qilish harakati ancha qadimdan boshlangan. Ayniqsa, arab bo’lmagan halqlarning islomga kirishlari bu harakatga asosiy sabab bo’lgan. Garchi islom ulamolari oyatlarni har qanday tilda sharhlab tafsir qilishga ruxsat bersalar-da, biroq so’zma-so’z tarjima qilib yozishga mutloqo izn bermaganlar, zero tarjimani yozib qo’yishlik bilan Qur’on mazmuni shundangina iborat degan iddao bo’ladi, deb uning mas’uliyatidan qo’rqqanlar. Shuning uchun ajdodlarimiz merosida o’zbekcha tafsirlar ko’p. Ammo sof ona tilimizdagi tarjimalarni deyarli uchratmaymiz.
Keyingi asrlarda Qur’oni karim jahon xalqlarining ko’pgina tillariga tarjima qilindi. Shuningdek, o’zbek tilida ham bir qancha tarjimalar paydo bo’ldi. Endilikda bu jarayon yanada kuchayib borishi tabiiy. Bas, shunday ekan, bu sohada kundan-kunga taraqqiyot sari intilish maqsadga muvofiqdir. Avvalgi tarjimalarda uchragan tarjimalarda uchragan kamchiliklarni takrorlamagan holda, tobora sifatli tarjima va tafsirlarni ta’lif etish yangi ulamolarining sharafli vazifalaridandir.
Binobarin, shu jarayonni davom ettirishdek mas’uliyatni zimmamizga olar ekanmiz, bunda mutlaqo xato nuqsonlar yo’q, degan fikrdan yiroqmiz. Beayb-Parvardigor.
Yangi tarjimaning o’ziga hos hususiyatlari asosan quyidagilardan iborat:
1. Tarjima hanafiylik mazhabiga muvofiq holda tayyorlandi. Boshqa mazhablar bilan qiyosiy tafsirlar izohda ko’rsatib borildi.
2. Oyatlar mazmunini imkoni boricha so’zma-so’z ifodalashga harakat qilindi. Qo’shimcha, yordamchi so’z va iboralar qavs ichida berildi.
3. Murakkabroq va sharhga muhtoj oyatlarga sahifa ostida izoh berildi.
4. Amalda bo’lib kelgan kirill yozuv qoidalariga rioya qilindi. Ya’ni 1990 yillardan boshlab, asosan diniy adabiyotlarda buzila boshlagan imlolar tiklandi. Masalan: Iso, imon, rab, rasul, sahih, Arafot, salavot kabi arabchadan o’tib qolgan so’zlarni ba’zilar arab talaffuziga moslashtirmoqchi bo’lishib, keyingi paytda Iyso, iymon, Robb, Rosul, sahiyh, Arofat, solavat shaklida yozishga o’tgan edilar. Vaholanki, umumiy urfda chet so’zlar qaysi tilga ko’chib o’tsa, o’tgan so’z o’sha tilning tovush va imlo qoidalariga bo’ysunishi lozim. Qur’on oyatlari qiroatida yoki arabcha jumla tarkibida talaffuz etilgandagina tajvidga rioya etilishi kerak bo’ladi. Agar biz arabchadan o’tgan barcha so’zlarni tajvidga binoan yozadigan va talaffuz etadigan bo’lsak, kitobxonlarning o’qishi va anglashiga katta qiyinchiliklar tug’dirib qo’yamiz.
Eng muhimi, mushafning ushbu tarjimasida juda omonatdorlik bilan, ya’ni arabchada qanday bo’lsa, o’zbekchada ham o’sha mazmunni to’la saqlab qolishga harakat qilindi. Biror maqsadda bo’rttirish yoki o’zgartirish kabilardan xoli.
So’zimiz intihosida aziz kitobxonlardan bandai ojizning sahvlarinima’zur tutishlarini, tarjima to’g’risidagi o’z fikr mulohazalarini bildirgudek bo’lsalar, mamnuniyat bilan qabul etib, keyingi nashrlarda ularni inobarga olishimizni bildiramiz.
Abdulaziz Mansur
Foydalanilgan adabiyotlar
1. “Madorikut-tanzil va haqoiqut-ta’vil” nomli tafsir. Mufassir: Abul-barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud an-Nasafiy al-Hanafiy (vafoti 701h.). Stambul nashri. 1324 h.
2. “Bahrul-ulum” tafsiri. Mufassir: Abul-lays Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad as-Samarqandiy (vafoti 375 h.). Bayrut nashri. 1993 y.
3. “Anvorut-tanzil va asrorut ta’vil” tafsiri. Mufassir: Qoziy Nosiruddin Abu Said Abdulloh ibn Umar al-Bayzoviy ash-Shofeiy (vafoti 685 h.). Stanbul nashri. 1324 h.
4. “Lubobut-ta’vil fi maonit-tanzil” tafsiri. Mufassir: Alouddin Ali ibn Muhammad ibn Ibrohim al-Bag’dodiy as-Sufiy ash-Shofeiy (Xozin). Vafoti 735 h. Stanbul nashri. 1324 h.
5. “Jomeul-bayon an ta’vili oyil-Qur’on” nomli tafsir. Mufassir: Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy (vafoti 310 h.). Bayrut nashri. 1988 y.
6. “Tafsirul-Qur’onil-azim”. Mufassir: Abul-fido al-Hofiz Ibn Kasir ad-Dimashqiy (vafoti 774 h.). Bayrut nashri. 1988 y.
7. “Imlou mo manna bihir-Rahmon” tafsiri. Mufassir: Muhibbuddin Abul-baqo al-Ukbariy az-zarir al-hanbaliy (538-616h.). Misr nashri. 1306 h.
8. “Azvoul-bayon fi izohil-Qur’on bil-Qur’on” tafsiri. Mufassir: Muhammad Amin ibn Muhammad Muxtor al-Jakaniy ash-Shanqitiy (vafoti 1393 h.). Qohira nashri. 1988 y.
9. “As’ila val-ajviba” kitobi. Muallif: Muhammad ibn Abi Bakr ibn Abdulqodir ar-Roziy, “Muxtorus-sihoh” muallifi.
10. “Sahihul-Buxoriy” – Kitobut-tafsir.
11. “Al-hidoya” kitobi. Muallif: Burhonuddin Abul Hasan Ali ibn Abi Bakr ibn Abdiljalil ar-Roshidoniy al-Marg’inoniy (tavalludi 1123m. vafoti 1197mG’593 h.)
12. “Ta’vilotu Ahlis-Sunna” qo’l yozma kitobi. Muallif: Abu Mansur Moturidiy (vafoti 333 h.G’ 944 m.)
13. “Mabohis fi ulumil-Qur’on”. Muallif: Mannoul Qatton. Bayrut nashri, 1980y.
14. “Kitobut-Tibyon fi odobi hamalatil-Qur’on”. Muallif: Muhyiddin Yahyo ibn Sharaf an-Navaviy (vafoti 676 h.). Qohira nashri. 1307 h.
15. “Kanzul-ibod” sharhi. Matn muallifi: Shihobuddin as-Suhravardiy ash-shofiiy (tavalludi 587 hG’ 1191m.) Shorih: Ali ibn Ahmad al-G’uriy al-hanafiy.
16. “Maal-Qur’onil-karim”. Muallif: Shayx Jodul-haq Ali Jodul-haq (Shayxul Azhar). Qohira nashri. 1991 y.
Цитата:
TARJIMON HAQIDA
Shayh Abdulaziz Mansur 1944 yilda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanidagi Mindon qishlog‘ida Eshon Huvaydoyi Chimyoniy – shoir Huvaydo sulolasiga mansub dehqon oilasida tavallud topgan.
O‘rta maktabni bitirgach, sovet armiyasida xizmat qiladi.
Imom Buxoriy nomli Toshkent Islom Instituti hamda Sudan Demokratik respublikasidagi “Ummu Durmon” Islom Universitetlarida tahsil olgan.
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasida turli lavozimlarda xizmat qilgan.
1998 yildan 2000 yilgacha O‘zbekiston Prezidentining Din ishlari bo‘yicha maslahatchisi, 2000-2006 yillarda esa Toshkent Islom Universitetining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimlarida ishlagan.
2006 yildan hozirga qadar O‘zbekiston Musulmonlari diniy idorasi raisining o‘rinbosari.
2001 yilda uning tarjimasida birinchi marta nashr etilgan Qur’oni Karim hozirda Qur’on ma’nolarining o‘zbek tilidagi asosiy nusxasi hisoblanadi.
Bundan tashqari olim “Ming bir hadis”, “Aqoidi Tahoviya”, “Fiqhi akbar”, “Aqoidi Nasafiya” hamda “Unvonul-bayon” kabi manba’larni arabcha aslidan o‘zbek tiliga o‘girgan.
Shayh Abdulaziz Mansur badiiy ijod bilan ham shug‘ullanadi.
Uning she’r va muhammaslari respublika matbuotida e’lon etilgan.