Press "Enter" to skip to content

Qur oni karim – Mushafi sharif»ning navbatdagi nashri sotuvga chiqdi

Noqonuniy muomalada bo`lgan (ruxsatnomasiz) qurollari mavjud bo`lgan fuqarolarimizdan bunday qurollarni Milliy gvardiyaning nazorat-ruxsat berish faoliyati bo`limlariga topshirishlarini so`raladi.

Quroni karim kitob yuklab olish

Qiyomat Kechasi 1 ujas film Uzbek tilida 2013

Men Bu yerda Bolganman (2022)

Online Tatil (2018)

UMMONDA YOLG’IZ PREMYERA

Darbadar Samuray 4 Final (2021)

Darbadar samuray 2 (2014)

Darbadar Samuray (2012)

Kasal (2022) PremYera

Amerikalik Psihopat (2000)

Xaker Izidan (2022)

HULK 2 (2008)

O’tib ketgan vaqt Avstraliya filmi 2022

Maxluq / Yirtqich (2022) Premyera uzbek tilida

Unutilmas Yangi yil (2022)

TAQDIR HAZILI GOLIVUDDA (2022) PREMYERA

Jinoyatchilar shahri 2 (2022) Janubiy Koreya filmi

O’zlashtirilgan iflos millionlar (2021) Janubiy Koreya filmi

Tuzoqda (2021) Premyera

SINDRELLA ZOLUSHKA UCHUN UCH YONG’OQ PREMYERA (2021)

TOP 10 TOMOSHABINLAR BAHOSI QO’YILGAN FILMLAR

КОММЕНТИРУЕМОЕ

Rapunzel:Yangi tarix (2010)

Rapunzel (2010) Multfilm Uzbek tilida tarjima Kinolar Yuqori Sifatda Skachat HD

krtzvdijjd

Сегодня, 15:17

Tulki va it 2 (2007)

Tulki va it (2007) Uzbek tilida tarjima Kinolar Yuqori Sifatda Skachat HD

isjjveejcs

Сегодня, 15:15

Finnik Uzbek tilida Multfilm (2022)

Finnik (2022) Multfilm Uzbek tilida tarjima Kinolar Yuqori Sifatda Skachat HD.

xgmmmtbemg

Сегодня, 15:15

Техподдерка

Сотрудничество

Реклама на сайте

Правообладателям

© Fullmovi.uz — 2022 Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

«Qur’oni karim – Mushafi sharif»ning navbatdagi nashri sotuvga chiqdi

Erta tongdan «Hilol-nashr» do‘koni yana odamlar bilan gavjum. Do‘kon oldida jonli navbat tashkil qilingan bo‘lib, barcha gali kelganda xaridga kiritilmoqda. Tartibga ko‘ra, bir kishi faqat bir dona kitob sotib olishi mumkin. Jonli navbat tashkil qilishdan asosiy maqsad muqaddas kitobni iloji boricha barchaga yetkazish hamda kitoblar «tadbirkorlar» qo‘liga chiqib, narxlar oshib ketishining oldini olish hisoblanadi.

Kitob sotib olish uchun kelganlar orasida barcha yoshdagi insonlarni ko‘rish mumkin. Ayniqsa, ulug‘ yoshdagi onaxonlarimiz bundan judayam xursand. Xaridorlar soni juda ko‘p, ammo navbat kutib turganlar orasida norozilik bildirayotganlar yo‘q. Barcha nashr qilingan kitob nashriyot do‘konlari, shuningdek, hududlardagi hamkor kitob do‘konlariga ham belgilangan yagona narx – 31 ming so‘mdan sotish sharti bilan tarqatilgan.

Kitob 20 ming nusxada chiqarilgan bo‘lib, nashrning viloyatdagi filiallariga ham yetkazilgan.

Qur’on kirib borgan, o‘qiladigan har bir xonadonga, har bir qalbga Alloh taoloning rahmati va fayz-barakoti yog‘ilib turadi. Alloh taolo Mushafi sharifning navbatdagi adadini barcha yurtdoshlarimizga muborak qilsin!

O`zbekistonda qanday qurolni kim, qaerda olib yurishiga ruxsat berilgan?

Dunyoning ko`plab mamlakatlarida fuqarolarning qurol olib yurishiga ruxsat berilgan. Hatto ayrim mintaqalarda qurol-yarog` oldi-sotdisi bilan shug`ullanuvchi do`konlar ham faoliyat ko`rsatadi. Ma`lumotlarga ko`ra, birgina AQSh fuqarolari o`zini himoya qilish uchun bir yilda 2 milliondan ortiq marta o`q otar qurollardan foydalanar ekan.

Joriy yilning 29 iyul kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan O`zbekiston Respublikasining “Qurol to`g`risida”gi qonuni imzolandi. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur qonun Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilingandan so`ng aholi o`rtasida turli munozaralarga sabab bo`ldi. Ular bu qonun bizga kerakmi, kimlarga qurol bilan muomala qilishga ruxsat beriladi, bu faoliyatni qaysi organ nazorat qiladi, kabi savollar bilan chiqishdi.

Mutaxassislarning fikriga ko`ra, “Qurol to`g`risida”gi qonunni qabul qilishdan maqsad mamlakatimiz hududida qurol va uning o`q-dorilari muomalasi bilan bog`liq munosabatlarni tartibga solish, fuqarolarning hayoti va sog`lig`ini, mulkini himoya qilishga hamda jamoat xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Rahmonovning ta`kidlashicha, qurolga egalik qilish, sotish va quroldan O`zbekiston hududida foydalanish mazkur qonun bilan tartibga solinadi. Misol uchun qurollar uch turga bo`linadi: fuqaroviy qurol, xizmat quroli va jangovar qurol. Fuqaroviy qurol – ov quroli, sport quroli va o`zini o`zi himoya qilish (gaz ballonchalari, mexanik tarqatuvchilar va aerozol, elektroshok uskunalari, uchqun chiqaruvchi qurilmalar) qurollari.

Qonunda qurolni va uning o`q-dorilarini olish huquqiga ega bo`lgan sub`ektlar ro`yxati belgilangan. Maxsus organlar va harbiy tuzilmalar, maxsus xizmat vazifalariga ega bo`lgan, qurol ishlab chiqarish va uni realizasiya qilish, ovchilik va otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug`ullanadigan yuridik shaxslar, qurolni kolleksiyalash yoki ko`rgazmaga qo`yish bilan shug`ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar, O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar ana shu ro`yxatga kiradi.

Fuqaroviy qurollarni sotib olish uchun ruxsatnoma Milliy gvardiya tomonidan uch oy muddatga beriladi. Sport qurollari va o`zini o`zi mudofaa qurollarini sotib olish huquqiga 18 yoshdan oshgan, fuqaroviy ov qurollari va ularning o`q-dorilarini sotib olish huquqiga esa 21 yoshdan oshgan fuqarolar ega bo`ladi.

Fuqaroviy quroliga ega bo`lishning qat`iy tartib va talablari mavjud, istagan kishi uni sotib olish va foydalanish imkoniyatiga ega bo`lmaydi. Shuningdek, birovning nomiga olingan ruxsatnoma bilan boshqa odam qurol yoki o`q-dorilarni sotib ololmaydi. Sotib olingan qurollar esa Milliy gvardiya organlarida 10 kun muddat ichida ro`yxatga olinadi va shundan so`ng fuqaroga uni saqlash va olib yurishga ijozat beriladi.

Milliy gvardiyaga qanday vakolat berilgan? Qurolni ko`cha-ko`yda ko`tarib yurishga ruxsat bormi?

– Qonunning 40-moddasiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o`q-dorilari muomalasi ustidan davlat nazorati Milliy gvardiya organlari tomonidan amalga oshiriladi, – deydi O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi yuridik ta`minlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig`i, adliya polkovnigi Ilhom Turg`unov. – Xususan, fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o`q-dorilari muomalasi sohasida lisenziya va ruxsatnomalar berish, lisenziyalar va ruxsatnomalar talablari hamda shartlariga rioya etilishini tekshirish, qurol va uning o`q-dorilari ishlab chiqariladigan, ta`mirlanadigan, realizasiya qilinadigan, saqlanadigan hamda yo`q qilinadigan joylarda ularni ko`zdan kechirish kabi nazoratlar Milliy gvardiya organlarining vakolatlariga kiradi.

Shuningdek, mazkur yo`nalishda lisenziya va ruxsatnomalar egalari zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash, lisenziyalar va ruxsatnomalar amal qilishini to`xtatib turish, tugatish yoki bekor qilish huquqi ham shu tashkilot zimmasiga yuklanadi.

Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o`q-dorilari muomalasi ustidan davlat nazorati boshqa organlar tomonidan ham o`z vakolatlari doirasida amalga oshirilishi mumkin.

Aholining qurolni ko`cha-ko`yda ko`tarib yurishga ruxsat beriladimi, degan savoliga javob beradigan bo`lsak, qonunda fuqaroviy va xizmat qurolini olib yurish bilan bog`liq cheklovlar belgilangan.

Jumladan, fuqarolarning o`zini o`zi himoya qilish maqsadida fuqaroviy qurolni (bundan o`zini o`zi himoya qilish quroli mustasno), sovuq qurolni hamda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo`lgan, sport va xo`jalik-maishiy maqsadlar uchun mo`ljallangan ashyolarni olib yurishi man etiladi.

Mitinglar, ko`cha yurishlari, namoyishlar va boshqa ommaviy tadbirlar o`tkazilganda, ko`ngilochar va hordiq chiqarish uchun mo`ljallangan joylarda, ta`lim, tibbiyot muassasalarida hamda qurol olib yurish taqiqlangan boshqa jamoat joylarida bo`lgan vaqtda alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta`siridan yoki o`zgacha tarzda mast holda fuqaroviy qurolni olib yurish taqiqlangan.

Shuningdek, jamoat joylarida, jumladan, shahar, shahar shaharlararo va xalqaro transportda qurolni ochiq holda (g`ilofsiz) olib yurish ham mumkin emas.

Shuni alohida ta`kidlash lozimki, qurol bilan sodir etilgan har qanday jinoyat jinoiy javobgarlikni og`irlashtiruvchi holat sifatida baholanadi.

Noqonuniy muomalada bo`lgan (ruxsatnomasiz) qurollari mavjud bo`lgan fuqarolarimizdan bunday qurollarni Milliy gvardiyaning nazorat-ruxsat berish faoliyati bo`limlariga topshirishlarini so`raladi.

Umuman olganda, Milliy gvardiya tizimida olib borilayotgan islohotlar hamda qabul qilinayotgan ushbu davlat organining faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi qonun hujjatlari mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.