Islomning asosiy manbalari
Hadislarni saqlab, kelajakka yetkazuvchilar birinchi navbatda sahobalar-payg’ambarning qarindoshlari, do’stlari, yordamchilar va shogirdlari, ularning vafotidan keyin asosan Madinada yashab kelganlar hisoblanganlar.
Дешам: Бензема сказал мне, что завершил карьеру в сборной Франции. Рассказывать или нет о причинах — его право
– Я потерял очередного очень важного игрока. Карим расстроен, потому что этот чемпионат мира много значил для него. Он сказал мне, что он мёртв. Диагноз, поставленный нашим врачом совпадал с тем, что ему поставили в Мадриде. В лучшем случае он мог вернуться к тренировкам не ранее 10 декабря. Я сказал ему: “Карим, не торопись”. Когда я проснулся, он уже уехал. Это его решение, я его понимаю и уважаю. Он подтвердил мне своё решение завершить международную карьеру. Не спрашивайте меня почему. Рассказывать или нет о причинах — его право.
Напомним, нападающий мадридского “Реала” Карим Бензема был включен в окончательную заявку сборной Франции на чемпионат мира 2022 года в Катаре, однако перед самым началом турнира стало известно о травме форварда, из-за которой он должен был пропустить большую часть турнира. По сообщениям различных инсайдеров, нападающий мог успеть восстановиться после повреждения только к началу решающих матчей на мундиале. Сам Бензема принял решение покинуть сборную Франции, аргументировав свое решение желанием предоставить место в заявке на мировое первенство одному из здоровых и молодых футболистов. Несмотря на это, Дешам оставил Бензема в заявке на турнир, хотя форвард “Реала” не сыграл за трехцветных ни одного матча. Карим Бензема официально не объявлял о завершении карьеры в сборной Франции.
Источник: Le Parisien
Подписывайтесь на новости футбола от Rusfootball.info в Telegram, Яндекс.Новостях и Дзене. Все главные и интересные новости тут
Islomning asosiy manbalari
Qur’on so’zi arabcha, «qiroat qilish», ya’ni o’qish fe’lidan olingan bo’lib, «o’quv» yoki «o’qish» ma’nosini bildiradi. Ko’p dinlarda, ular vujudga kelgan davr tushunchasiga xos ravishda bularni «yozuv» yoki «yozuvlar» (masalan: xristian dinida «pisaniye» yoki «svyashennoye pisaniye») deb atash odat bo’lgan. Bunga o’xshash nomlar islomda ham Qur’onga nisbatan keng qullanilgan. Masalan, «Kalomi Alloh» (Alloh so’zi), «Kalom ash-sharif» (Muqaddas so’z), «Mushaf ash-sharif» (Muqaddas yozuv bu yerda «mushaf» yozuv ma’nosida) va h.k.
qur’oni Karimning oyat va suralari Muhammad payg’ambar davrlarida og’zaki qabul g’ilinib, yoddan talaffuz qilinar edi. Uning Qur’on shaklida matnini to’plash va kitob shakliga keltirish Muhammad payg’ambardan so’ng amalga oshirilgan.
Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) nozil bo’lgan oyatlarni kelgusida bir mukammal mushabi sharif sifatida keltirish uchun sahobai kiromlardan to’rt kishini – Ali ibn Abu Tolib, Muoviya ibn Abu sufyon, Ubay ibn Ka’ab, Zayd ibn Sobitni o’zlariga kotib qilib olgan ekanlar. Sahifalarni jam qilish va to’liq bir kitob shakliga keltirish harakati janobi payg’ambarimiz alayhissalom vafotlaridan keyin Abu Bakr Siddiq xalifaligi davridan boshlangan. Bu harakat ikkinchi xalifa hazrati Umar davrlarida davom etib, hazrati Usmon ibn Affon xalifalik zamonlarida tugallangan. qur’on sura va oyatlarini to’plash, tartibga solish Zayd ibn Sobitga topshirilgan. U o’zi va payg’ambarga yaqin bo’lgan ishonchli kishilar yoddan bilgan matnlarni to’plab ko’chirgan. 651 yili to’zilgan bu to’plam «mashaf», ko’pincha «Usmon mushafi» nomi bilan yuritilgan. Yangi tuplamning asl nusxasi Madinada qoldirilgan undan uch nusxa ko’chirilib, Kufa, Basra, Damashq shaharlariga yuborilgan. Usmon mushafi muqaddas yozuv sifatida tasdiqlanib, rasmiy ravishda e’tirof etilgan. Bulardan bittasi O’zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanmoqda.
Qur’on – islomning asosi, diniy marosimlar dasturi bo’lishi bilan birga axloqiy da’vat, huquqiy me’yorlarni, marosim va an’analarni, millionlab inson hayoti va yashash tarzining eng muhim jihatlarini o’zida mujassamlashtirgan yozuvdir. Uning oyatlari ommaviy va xususiy marosimlarda, namoz, davlat va oila bayramlarida, kundalik hayotga aloqador turli anjumanlarda o’qilgan. Bu yozuvdagi juda ko’p so’z va iboralar, tilidan va millatidan qat’i nazar, islomni qabul qilgan xalqlarning adabiy tiliga, kundalik muomala tiliga asrlar davomida singib ketgan.
Qur’on jahon adabiyotining o’ziga xos bir yodgorligidir. U Sharq xalqlarining ijtimoiy va ma’naviy rivojiga ulkan ta’sir ko’rsatgan butun bashariyatning madaniy merosi qatoriga kiradi.
Qur’oni Karim suralarining to’planishi va mushaf qilinishi. Qur’on islomning muqaddas kitobi sifatida «Allohning mo’jizali kalomi bo’lib, Muhammadga vahiy orqali tushgan, Tilovoti ibodat hisoblanuvchi kitob» deb tavsiflanadi.
Rivoyatlarga ko’ra, Qur’on sura va oyatlari Muhammadga parcha-parcha tarzida vahiy qilib borilgan; bu vahiyning birinchi bayoni «Laylatul qadr» kechasi boshlanib, uning vafotigacha, ya’ni 23 yil davom etgan deb hisoblanadi. Keyinchalik islomda diniy an’ana buyicha hijradan 12 yil oldin ramazon oyining 27-kuniga o’tar kechasi melodiy hisob bilan 610 yilning 31 iyulidan 1 avgustiga o’tar kechasi deb hisoblanadi. Qur’onni vahiy qilishning boshlanishi to’g’risidagi tasavvur uning 97- «al-Qadr» surasida ifodalangan.
Qur’on matnlarining to’planishi, tahrir qilinishi va muqaddas yozuv sifatida e’tirof etilishi Muhammad vafotidan keyin 20-25 yil davomida, dastlabki choriyorlar davrida amalga oshirilgan.
Qur’onning hozirgi nushasidagi 114 ta sura taqqoslab ko’rilsa, Suhufda hammasi 109 ta sura bo’lganligi va birmuncha suralar bo’lmaganligi aniqlangan. Shundan ham ma’lum bo’ladiki, Suhuf tarkibi to’la bo’lmagan.
Hozirgi kunda Islom olamida 4 ta qadimiy Mushaf nusxalarining borligi ma’lum. Ulardan biri madinada saqlanayotgan asl nusxa bo’lib, islom manbalarida u «Imom» nomi bilan tilga olinadi. Ikkinchi nusxa Ka’bada, uchinchi nusxa Qohiradagi Misr milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Turtinchisi, Toshkentda O’zbekistonda xalqlari tarixi muzeyida saqlanib, 1989 yil boshlarida O’zbekiston musulmonlari diniy idorasiga topshirilgan.
Ayrim tadqiqotlarda Qur’onning oxirgi tahriri Umaviylar xonadonidan bo’lgan xalifa Abd al-Malik xukmronlik qilgan davrda (685-705) amalga oshirilgan, degan fikr ham uchraydi. Lekin aslida bu tahrir emas. Shu davrgacha Kur’on matnida arab yozuviga xos bo’lgan qiska unlilarning belgilarigina emas, balki harflarning ustiga va ostiga qo’yiladigan kalta chiziqcha ham amalda bo’lmagan. Bu hol yozuvning o’qilishida qiyinchilik va talaffo’zida nomuvofiqlik tug’dirar edi. Shuning uchun bu davrda Iroq xokimi bo’lgan al-Hajjoj Qur’on matnlarining o’qilishidagi chalkashliklarga xotima berish maqsadida shunday nuqtalar va belgilar qo’yib chiqishni buyurgan. Demaq bu aslida faqat unli harf belgilarini qo’yish bilan bog’liq ish bo’lgan va bu vaqtda Qur’on matniga o’zgartirishlar kiritish imkoniyati bo’lmagan.
Yuqorida ilk manbalar asosida bayon etilgan Qur’on suralarining o’qilish davrlari, ular bilan bog’liq bo’lgan tarixiy voqealar, Muhammad vafotidan keyin suralarning to’planishi va musxaf qilinib, yagona kitob shakliga keltirilishi tafsilotlari bilan tanishgan har bir kitobxon islomshunoslik va qur’onshunoslikning qanday mashshaqatli yullarini bosib o’tganini o’zi tasavvur qilishi va zarur xulosalarni chiqarib olishi mumkin.
Qur’oni Karimning ichki to’zilishi. Qur’onda 114 ta sura, 6226 ta oyat borligi ma’lum.
Arabcha «sura» atamasining Qur’on vujulga kelgan davrdagi lug’aviy ma’nosi devor tiklashda teriladigan g’isht yoki toshning har bir qatorini anglatgan. Binobarin, uni «tizma» ma’nosida tushunish mumkin. Qur’on matnlarida esa «sura» so’zi muayyan ravishda «oyatlar to’plami» (oyatlar tizmasi) ma’nosini beradigan joylar ko’p uchragani sababli, bu atama asosan «oyatlar yig’indisi» ma’nosida tushuniladi.
Suralar Qur’onda o’z mazmuniy izchilligiga yoki o’qilgan vaqtiga, ya’ni xronologik tartibiga qarab emas, balki xajmiga qarab joylashtirilgan. Suralarning xajmi ham har xil: eng katta hajmga ega bo’lgan 2-surada 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina iborat.
Tarixiy voqealar aniqroq ko’zda tutilgan holda Madina davriga oid 24 surani 5 davrga ajratish mumkin.
1 – Madina davri (622 yil oktabrdan 624 yil martigacha), Muhammad Madinaga ko’chib kelgandan makkaliklar bilan birinchi yirik to’qnashuv – Badr jangigacha o’qilgan 4 sura (2, 98, 64, 62) bu davrga kiradi. Bu suralarning o’qilgan davriga mos tartibda joy olganligi shubha uyg’otmaydi.
11 Madina davri (624 yil martidan 625 yil martigacha), Badr jangidan keyin Uhud jangigacha o’tgan bir yil ichida o’qilgan 3 ta surani (8, 47, 3) o’z ichiga oladi.
111 Madina davri (625 yil martidan 627 yil martigacha). Uhud jangidagi mag’lubiyatdan keyin Handaq jangigacha o’tgan 2 yil ichida beshta sura (61, 57, 4, 65, 59) o’qilgan.
1U Madina davri ( 627 aprelidan 630 yil yanvarigacha). Hangg’daq jangidan so’ng Makkaning olinishigacha o’tgan salkam uch yil ichida o’qilgan 8 ta sura (33, 24, 63, 58, 22, 48, 66, 60) shu davrga kiradi.
U Madina davri (630 yil fevralidan 632 yil mayigacha). Makka olingandan keyin Muhammad payg’ambarning vafotigacha utgan 2 yildan ortiqroq davr ichida o’qailagn 4 ta sura (110, 49, 9, 5) shu davrga kiradi.
«Oyat» so’zi faqat Qur’onning o’ziga xos ibora bo’lib, «mo’jiza», «hikmat», «ilohiy alomat, belgi» ma’nolarini anglatadi.
Oyatlarning ihajmi ham har xil: ayrim oyatlar bir necha tugal fikrni bildiradigan katta bir jumladan (masalan, 2, 256-oyat-al-kursiy) iborat bo’lgani holda, ayrim oyatlar faqat ikki so’zdan (gapning bir qismidan) gina iborat. Masalan:
Osmon yorilganida.
Yulduzlar (har tomonga) sochilganida. Dengizlar qo’shilib, to’siqlar ochilganida.
Qabrlar ag’darilganda (Qiyomat qoyim bo’lganida).
(Har bir) jon o’zi (dunyoda) qilib o’tgan va qoldirgan (barcha) narsalarni (amallarni) bilur! (82,1-5). Qur’on matni sura va oyatlardan tashqari yana 30 ta «juz» (o’zbekcha «pora»)larga bo’lingan. Shuni
aytish kerakki, pora sura va oyatlarga o’xshab Qur’onning ilk to’zilishi bilan bog’liq emas, balki o’qishda qulaylik tug’dirish uchun keyinchalik Qur’on matnini hajm jihitdan teng bo’lklarga bo’lishdan iborat bo’lgan. Shu sababli eng uzun 2-sura poradan ko’proq bo’lgani holda, oxirgi qisqa suralardan 37 tasi bir porani tashkil etadi.
Qur’on jahondagi ko’p tillarga tarjima qilingan. Uni G’arbiy Yevropa tilllariga tarjima qilish IX asrdan, rus tiliga ag’darish XVIII asrdagi Pyotr I ning tashabbusi bilan boshlangan. 1790 yilda nashr etilgan M.N.Verovkin tarjimasi e’tiborli rus olimlarining fikriga ko’ra, A.S.Pushkinning mashhur «Podrajaniya Koranu» (Qur’onga tatabbu’lar) asariga manba bo’lgan. G.S.Soblukovning arabchadan dastlabki ruscha tarjimasi Qozondan uch marta (1878,1894,1907) nashr qilingan. Qur’onning akademik I.YU.Krachkovskiy rus tiliga qilgan tarjima nusxasi uning vafotidan keyin (1963,1986 yillarda) nashr qilingan.
Hadisi sharif. Arabcha sunna (as-sunna, ko’plikda sunan)-yo’l, yo’nalish, ya’ni «rivoyat», «naql», «xotira», «odat», «an’ana», «hatti-harakat» ma’nolarini anglatadi.
Sunna islomda Qur’ondan keyingi, uni to’ldiruvchi manba, islom islohiyoti va shariatining ikkinchi asosi sifatida e’tirof etilgan. U VII asr o’rtalaridan e’tiboran yig’ila boshlagan. Unda arab xalifaligidagi sinfiy munosabat, ijtimoiy ziddiyatlar, islom mafkurasi doirasidagi ichki kurashlar o’z ifodasini tolpgan. Islomgacha davrdagi Arabistonda bu nom bilan odat tusini olgan ahloqiy-huquqiy yo’l -yo’riqlar majmuasi – Shimoliy Arabistondagi eski jamoaning oddiy huquqlari atalgan. Sinfiy jamiyat va islom vujudga kelgandan so’ng bu eski arab majusiy sunnasi rad etilib, asta – sekin yangisi, musulmon sunnasi bilan almashtiroila boshlangan.
Musulmon sunnalari ko’plab hadislardan tashkil topgan. Hadis so’zining dastlabki ma’nosi (ar. Ko’plikda «ahadis» so’zidan) – «xabar», «hikoya», «bildirish», tor ma’noda – «parcha»(sitata). Rasmiy ma’noda hadis – Muhammad Payg’ambar (s.a.v.) so’zlari va amaliy ishlari haqidagi rivoyatlardir. Bu ma’noda hadis faqat Muhammad Payg’ambar (s.a.v.) so’zlariga nisbatangina ishlatiladi.
Hadis-Islomda Qur’ondan keyingi muqaddas manba hisoblangan. Bunda Muhammad Payg’ambar (s.a.v.) ning hayoti, faoliyati va ko’rsatmalari, uning diniy, ahloqiy dasturlari ham o’z ifodasini topgan. Muhammad Payg’ambar (s.a.v.) biror gap aytgan yoki ma’lum ishni qilib ko’rsatgan bo’lsa, yohud boshqalarning qilayotgan ishini ko’rib, uni man etmagan bo’lsa, shu uch holatning har biri hadis deb atalavergan. Ma’lumki, hadislarda islom ahkomlari, ya’ni farz, vojib, sunnat, mustahab, halol, harom, makruh, muboh kabi amal turlaridan tashqari ahloq-odobga doir dasturlar talqin etiladi. Unda xalq orasida keng tarqalgan ahloq-odobga oid maqol, qimmatli hikmatli gaplar ham qamrab olingan.
Hadislarda ibodatning tartib qoidalari va ularni astoidil bajarishga da’vat etish bilan birga insoniy fazilatlar keng tashviq qilingan, insoniylik sha’niga dog’ tushiradigan razil hatti-harakatlar keskin qoralangan. Shuning uchun ham islomning ilk tarqalish davridanoq musulmonlar orasida hadislarda juda katta ahamiyat berilgan. Eshitgan har bir hadisni yanglishmay, asl holicha boshqalarga yetkazishga qat’iy rioya qilingan. Bu to’g’rida Muhammad Payg’ambar (s.a.v.) o’zi musulmonlarni tez-tez ogohlantirib turgan. Hadis mazmuni va iborasini bo’zib yoki o’ziga yangi hadis to’qib tarqatuvchilar qattiq qoralangan. Bunday talabchanlik Muhammad Payg’ambar (s.a.v.) vafotidan ancha keyingacha ham hadislarning sof holda saqlanib turishida imkon bergan.
Hadislar asosan Muhammad Payg’ambar (s.a.v.) vafotidan keyin yozila boshlagan. Islomda Muhammad (s.a.v.)ga Payqambarlik uning 40 (qirq) yoshida nasib bo’lgan, deb hisoblanadi. Shunga ko’ra, Qur’on oyatlari payg’ambar umrlarining oxirigacha, ya’ni 23 yil davomida turli munosabatlar bilan nozil bo’lib turgan. Payg’ambar safdoshlari – sahobalar bu oyatlarni maxsus sahifalarga yozib borganlar, ularning ba’zilari payg’ambarning aytgan so’zi va hatti-harakatlarini ham yoza boshlaganda payg’ambar bu ishni davom ‘ttirishni taqiqlagan va bunga ular Qur’on bilan Sunnani ajratolmay qolishlaridan cho’chishligini sabab qilib ko’rsatgan.
Ilk yozilgan hadislar qatoriga Muhammad Payg’ambar (s.a.v.)ning horijiy o’lkalarga – Vizantiya imperatoriga, Eron shohiga, Misr ham Habashiston hukmdorlariga yo’llagan maktublari ham kiradi. Undan tashqari ko’plab vasiqa va hujjatlar ham bo’lganki, ular ham ilk bor yozilgan hadislardan hisoblanib, ularda islomga da’vat etish, muayyan vazifalarga tayinlash, yer va undan olinadigan soliqlar, imon va tavsiya maktublari, payg’ambarga kelgan xatlarga javoblar o’rin olgan.
Hadislarni saqlab, kelajakka yetkazuvchilar birinchi navbatda sahobalar-payg’ambarning qarindoshlari, do’stlari, yordamchilar va shogirdlari, ularning vafotidan keyin asosan Madinada yashab kelganlar hisoblanganlar.
Umuman «sahoba» so’zi arabcha bo’lib, «suhbat» so’zidan olingandir. Hadislardan biriga ko’ra payg’ambarni ko’rgan, u bilan muloqotda bo’lgan har bir musulmonni «sahobiy» deyilgan. Imom Bo’xoriy ham shu fikrni tasdiqlagan. Ibn Hambal ta’biricha, Payg’ambar bilan bir yil, yo bir oy, yo bir kun va yoki hatto bir soat suhbat etgan, yo bo’lmasa hayotida bir marta bo’lsa hamki uni ko’rgan musulmon kishi sahobalardan hisoblanaveradi.
- Isnod (ar. Aynan-«tayanch»), ya’ni shu hadisni yetkazgan kishilarni sanab o’tish;
- Matn, ya’ni hadisning mazmuni.
Hikoya qiluvchilar ro’yxati muntazam bayon etilagn bo’lsa, bu hadis mutassil deyilgan. Birorta nom, ayniqsa ikkinchi nom ya’ni sahoba shogirdi nomi tushirib qoldirilgan bo’lsa, munqati (o’zilgan) deyilgan. Hadis isnodida shogird-tabi’ ko’rsatilgan bo’lib, hadis qaysi sahobadan eshitilganligi noma’lum bo’lsa, unda mursal-«tushirib qoldirilgan» deb nomlangan.
Hadislar VII asr ikkinchi yarmi IX asr oxirlarida yaratilagn hadislarning ko’p qismi xalifalik mamlakatlarida ijtimoiy munosabatlar, tarixiy siljishlar va o’sha davrda shakllangan huquqiy qarashlarni o’zida aks ettirgan. Hadislar ilk o’rta asr davrida xalifalik mamlakatlari ijtimoiy va davlat taraqqiyoti tarixi uchun manba ahamiyatiga egadir.
Shariat manbalari. Fikh ilohiyotning bir sohasi sifatida musulmon huquqshunosligida, shariat qonun – qoidalarini ishlab chiqishda, islom tarixida juda muhim o’rin egallagan. Faqihlarning g’ayrati bilan birin-ketin shariat manbalari ishlab chiqilgan, shariat qanunlari rasmiylashtirilib, uning anchagina tuplamlari to’zilgan. Shariat jamiyatdagi moddiy va ma’naviy hayotning barcha tomonlarini o’z nazorati ostiga olgan edi.
Islom ilohiyoti – kalomning asoschilaridan biri Al-Ash’ariy (873-935) fiqhni «Musulmonlarning muqaddas huquqi» deb atagan edi. Fiqh shariatning g’oyaviy va amaliy qarashlari, tavsifi sifatida taqvodor musulmonning turmush qoidalari bo’lib, islomdagi ijtimoiy qarashlarning asosiga aylanib qolgan.
Mujtahid (arab. – intiluvchi, g’ayrat, harakat qiluvchi) – urta asrlarda islomda ijtihod huquqiga ega bo’lgan, ya’ni mustaqil hukm chiqara oladigan shaxsdir. Sunniylarda diniy huquq mazhablarining asoschilari, shialarda yuqori martabali ruhoniylar va diniy huquqshunoslar mujtahidlar uch darajaga – oliy, o’rta, quyi darajalarga bo’linganlar.
Ijmo’ – (arab.- birdamliq yakdillik bilan qabul qilingan qaror, diniy jamoaning yagona fikri). Qur’on, hadislarda aniq ko’rsatma berilmagan huquqiy masalalarni hal etishda faqih va mujtahidlarning to’planib, yagona fikrga kelgan holda hukm chiqarishi (fatvo berishi). Ijmo’ 3-manbai sifatida muayyan masalalarni hal qilishda oyat ojizlik qila boshlasa, biror hadis sharxlangan. Shu asosda turli-tuman qo’shimcha, og’zaki talqinlar paydo bo’lgan. Buni mashhur ulamolar to’planib, yakdillik chiqargan hukmi deb tushunish kerak. Bu guruh ulamolarning hukmiga asoslanib chiqarilgan fatvolar ilohiy deb ham hisoblanadigan bo’lgan. Ijmo’ning talqiniga quyidagi hadis ham misol bo’la oladi: «Qaysi bir xaqda qirq kishi va undan ziyod odamlar biror ishga guvohlik bersalar, tangri ularning guvohliklarini qabul etadi».
Diniy-huquqiy mazhablar. Hanafiya (Imomi A’zam) mazhabi. Bunga Abu Hanifa (taxallusi Imomi A’zam – buyuk imom – 699-767) asos solgan. U eng yirik huquqshunoslardani biri bo’lib, shariat huquqini tartibga solgan, qiyosan tatbiq etgan, istihson tartib usulini (manbalar asosida chiqarish mumkin bo’lgan xulosa yoki hukmlardan musulmonlar jamoasi uchun maqbulrog’ini qabul qilib) ishlab chiqqan, mahalliy xalq huquq-qoidalarini – odatni shariat bilan kelishtirib qullanishni joriy etgan huquqshunoslikdan oqilona foydalanish unsurlarini kiritgan.
Hanafiya mazhabi sunniylik yo’nalishiga mansub bo’lgan musulmonlarning 47 foizini o’z ichiga oladi. Hozir ham Respublika tuprog’idagi sunniylarning oila, nikoh, taloq va boshqa masalalarda shu mazhabga tayanadilar. Molikiya mazxabi asoschisi Molik ibn Onas (713-795) «Ashob al-Hadis» (Hadis tarafdorlari) oqimining yirik namoyondasi bo’lib, Muhammad davridagi diniy huquq tartibini ёqlab chiqqan. O’zining «Al-Muvatto’» (Ommaviy, Barchaga tushunarli) asarida Qur’on va Sunnani aqlga asoslangan holda talqin qilishga qarshi chiqqan. U muhofazakor ilohiyotchi faqihlardan biri edi. Bu mazhab tarafdorlari o’zlarining nomo”tadilligi bilan ajralib turardi. Ular hanafiylarga nisbatan qiyosiy qo’llashda ancha chek qo’yishardi. Ammo o’zlarining istisloh qoidalari bilan hanafiyaning istihsoniga yaqin turardilar. Hozirgi davrda Molikiya mazhabi Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan bo’lib, sunniylikdagi musulmonlarning 27 foizini tashkil etadi.
Shofi’iy mazhabi. Uning asoschisi imom ash-Shofi’iy (767-820) kuchli ilohiyotchi faqihlardan biri bo’lgan; Makkada yashagan, Yamanda qozilik qilgan. Ali avlodlari bilan yaqinlashganligi uchun 803 yilda qamoqqa olingan. Avf etilganidan so’ng Misrga kelib, Molikning shogirdi sifatida faoliyat boshlagan. 810 yildan Bog’dodda o’z ta’limotini targ’ib qilgan. Uning «Kitob al-umm» tuplami islom huquqini an’anaviy tartib-qoidalar bilan bog’lashga qaratilgan, fiqh asoslariga to’la tavsif berib, ijmo’dan foydalanishga alohida e’tibor qilingan.
Suriya va Misrda shakllangan bu mazhab hozirgi vaqtda IndoneziyaYU Sharqiy Afrikaning ba’zi mamlakatlarida, janubiy arab sultonliklari musulmonlari orasida tarqalgan bo’lib, sunniylikdagi musulmonlarning 17 foizini tashkil etadi.
Hanbaliya mazhabi. Uning asoschisi imom Ahmad Hanbal ibn Xilol ibn Asad az -Zuxayliy al-shayboniy 780 yili Bog’dodda tug’ilib, shu yerda 855 yil vafot etgan. Hadis to’plash niyatida Suriya, Hijoz Yaman, Kufa va Basraga ko’a sayohat qilgan va 40 mingdan ortiq hadisni jam etgan oyati jildlik «Musiad al-Imom Ahmad» (imom Ahmadni tayanchi) asarini yaratgan. U mustahkam e’tiqodli sunniylik nuqtai nazaridan xalifa Ma’mun davrida davlat dini bo’lmish mu’taziylikka qarshi kurashgani uchun bir necha bor qamalgan va jazolangan. Uning huquq tartiboti o’ta torligi, diniy masalalarda Qur’on va Sunnaga qattiq rioya qilishligi, erkin fikr yuritish va talqin etishga, har qanday yangilikka qarshiligi, shariat tartib-qoidalariga rioya etishda qat’iy mutaassibligi bilan ajralib turardi.
X asrda Eronda, XI- XV asrlarda Suriya va Falastinda Hanbaliyaning izdoshlari bo’lgan. XVIII asrga kelib, ibn Hanbal ta’limoti hozirgi saudiya Arabistonidagi vahobiylarning shakllanishiga asos solgan. U yerda Hanbaliyaning ilk islomga xos qonunlari hozir ham amalda.
Shariat joriy etgan tartib va qoidalar. 1. Farz (arab.-majburiyat) diniy-huquqiy kategoriya bo’lib, bevosita Qur’onda qayd etilgan, har bir musulmon qanday bo’lmasin bajarishi majbur shart bo’lgan qat’iy talab, tartib-qoidalardir.
2.Mandub (arab.- tavsiya etilgan) – diniy-huquqiy kategoriya sifatida bajarsa lozim va savob deb tavsiya etiladigan, lekin majbur va gunoh bo’lmagan harakatlar (masalan, qurbonliq mavlud, majburiy bo’lmagan namozlarni o’qish va e’tiqof, xayr-ehson va hokazolar). Bular diniy nuqtai nazaridan yaxshi va maqtovga sazovor, oxiratda taqdirlanadi, ammo ijro etmagan taqdirda mas’uliyat talab etilmaydi.
3.Muboh. (arab. – umumiy, hech kimga taaluqli bo’lmagan)- shariat kategoriyasi bo’lib, tor ma’noda ijozat beriladigan barcha hatti-harakatlar. Ijrosi rag’batga yoki mukofotga sazovor bo’lmasa ham, gunoh hisoblanmaydigan, u dunyoda taqdirlanmaydigan, inson hayoti va turmush tarzi bilan bog’liq bo’lgan oddiy xatti-harakatlar (ovqatlanish, uxlash, o’yin-kulgu, uylanish, dam olish va h.k.). bu kategoriya joiz kategoriyasi kabi majburiy deb ham hisoblanmagan, ularni bajarish ham taqiqlanmagan.
4.Makruh (arab. – rad etilgan, qoralangan, nomaqbul) – qat’iyan taqiqlanmagan, ammo nomaqbul hisoblangan va rad etilgan xatti-harakatlarni ifodalovchi shariat kategoriyasidir. Diniy e’tiqod nuqtai nazaridan nokeraq nomaqbul, ammo qat’iyan rad etilmagan. Bu taqiqlarni buzganlik uchun jinoyat yoki gunoh hisobida jazolanmaydi, imonni saqlash uchun jinoyat, makruh ishlarni qilmaslik lozim, ammo bu dunyoda ham, u dunyoda ham jazoga tortilmaydi.
5.Mazhura – yoki harom (arab.- man etilgan, saqlanadigan narsa) musulmonlar uchun qat’iy taqiqlangan xatti-harakat, muomala, qiliq, fikr, xayol, e’tiqod, narsalar, yeyish man etilgan oziq-ovqat va boshqalar.
Musulmonlar xulq-atvori, muomala va yurish-turishini chegaraga oluvchi shariatning 5 kategoriyasida diniy-huquqiy mazmun mujassamlashgan. Uning amri, ahloqiy-marosimiy taqiqlari jinoiy va fuqarolik huquqi qonunlar bilan aynan ma’nolarda ishlatilgan, ya’ni diniy gunoh jinoiy va huquqiy gunohlardan farq qilmaydi. Islom ta’limotida nimaiki halol deb hukm qilingan bo’lsa, bu narsa inson uchun foydali ekanligi, agar xarom deyilgan bo’lsa zararli ekanligi musulmon xalqlarining tarixiy tajribasi, turmush tarzida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
- Qur’oni Karim. Abdulaziz Mansur tarjimasi. Mas’ul muxarrir Hamidulla Karomatov.-T.: 2001.
- Al-Buxoriy. Hadis 1-4 jaldlar.-T.: 1991-1997.
- Abu Iso at-Temuriy. Sahihi Termiziy.-T.: 1993.
- Muhammad payg’ambar tarixi.-T.:1993.
- Muxtasar. Shariat qoidalariga qisqacha sharh.-T.: Cho’lpon, 1994.
- Abdurahmon Qoya. Islom axloqi.-T.: 1997.
- O’zbekistonda islom dini. Mustaqillik izohli lug’ati.-T.:1998.