Quroni karim kitobi uzbek tilida skachat
Yana bir qoʻlyozma “Venetsiya solnomasi” deb ataladi. Unda eng zarur tarixiy manbalar jamlangan boʻlib, xususan, XIII asrdan boshlab armanlar Lvovga kelib oʻrnasha boshlagani, shu yerda arman yepiskoplarining kafedrasi, Bibi Maryam cherkovining barpo etilgani haqida ham maʼlumotlar uchraydi.
Суперлига. Бугун иккита ўйин бор
Бугун Ўзбекистон Суперлигаси иккинчи тур ўйинлари давом эттирилади. Кун тартибидан иккита ўйин ўрин эгаллаган.
Мавсумни йирик ҳисобдаги ғалаба билан бошлаган “Навбаҳор” ўз майдонида “Металлург”ни синовдан ўтказади. “Андижон” эса Тошкентда “Сурхон”га қарши майдонга тушади.
- Суперлига
- 2-тур
Бошланмади
Металлург
- Суперлига
- 2-тур
Бошланмади
Фикрлар
- Энг яхшилар
- Сўнгги
- Биринчи
Фикр қолдириш учун авторизациядан ўтинг!
Футбол Яҳёхўжа Улуғхўжаев
Австралия Ўзбекистон учун қай даражада хавфли? Рақиб ўйинини таҳлил қиламиз!
Футбол Шуҳратбек Жўраев
“Бунёдкор”нинг Миржалол Қосимов жамоасига “тиши” ўтмай қолган. ми?
Футбол Зоҳир Тошхўжаев
Шомуродовга хушхабар!
Ўқинг, қизиқ!
Криштиану Роналду Саудия Арабистони чемпионатидаги илк мағлубиятдан кейин нималар деди?
“Ан-Наср”нинг “Ал-Иттиҳод”га қарши ўйинида энг паст балл олган футболчи ким бўлди?
Максим Шацких “Нефтчи”га учралган мағлубиятга батафсил тўхталиб ўтирмади
Қулаётган “Пахтакор”, юксалаётган “Нефтчи” – Суперлига турнир жадвали
А Серия. “Специя” – “Интер”: Асосий таркиблар маълум
Лицензия: №1002. Учредитель: “RENDER SYSTEMS” MCHJ. Адрес редакции: 100047, г. Ташкент, улица Истикбол, 15. Электронная почта: info@sports.uz. Телефон: +998 71 233-78-98 Все услуги лицензированы, товары сертифицированы. При распространении материалов сайта в любой форме гиперссылка на sports.uz обязательна! Копирование материалов сайта без согласования с администрацией ресурса запрещено! Администрация сайта не несёт ответственности за содержание рекламных объявлений, размещенных на сайте.
Turkiyda nashr etilgan birinchi kitob, arman qipchoq tilida yozilgan nasroniy bitiklar – oʻzbek tadqiqotchilarini kutib yotgan noyob manbalar
Arman qipchoq tili, degan jumlani eshitish dafʼatan kishiga erish tuyuladi. Shu bilan birga, oʻzgacha bir qiziqish ham uygʻotadi. Bu til turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub oʻlik til sanaladi. XIV—XV asrlar davomida Qirimda turkiy tilni ona tili sifatida qabul qilgan armanlar gaplashgan. Ularning oʻzlari bu tilni xыpchax tili (խըփչախ դիլի, χïpčaχ tili) tili yoki bizim til, deb atashgan. Bu tilda soʻzlashuvchilar hozirgi Ukraina, Polsha, Moldaviya, Ruminiya hududlarida yashagan. Qipchoqlashgan armanlar nasroniylik diniga eʼtiqod qilgan va Arman apostollik cherkoviga boʻysungan.
Qipchoq tilida soʻzlashuvchi armanlarning paydo boʻlishi masalasi hozirgacha eng bahsli mavzulardan hisoblanadi. Ayrim manbalarda ularning asli arman emas, balki kelib chiqishi dashti qipchoq bilan bogʻliq turkiylar ekani aytiladi. Tarixiy jihatdan bu fikrning ham yetarli asoslari bor. Manbalarga koʻra, saljuqlarning doimiy hujumlaridan bezor boʻlgan Gurjiston hukmdori Dovud IV 1118-yili Qipchoq elining xoni Atruq bilan ittifoq tuzadi va uning qiziga uylanadi. Shundan soʻng Atruq kartvellarni qoʻriqlash uchun 40 000 xoʻjalikli lashkarini oʻz kuyovining ixtiyoriga yuboradi. Bu odamlar qipchoq tilida soʻzlashgani aniq, ammo ular bu yerga kelguncha nasroniy boʻlganmi yoki yoʻqmi, bu haqda maʼlumotlar uchramaydi. Faqat shunisi aniqki, ular Gurjistonda yashagan davrda nasroniylar qatorida edi. Aynan shu qipchoqlar Gruzin yerlari bilan bir qatorda armanlarning ayrim yerlarini ham saljuqlardan tortib oladi. Dovud IV qipchoqlarning bir qismiga armanlar koʻproq yashaydigan Shiroq oʻlkasini beradi. Armanlar esa ularning iqtisodiy taʼminotini oʻz zimmasiga oladi. Shu tariqa qipchoq turklari arman yozuvini oʻzlashtirgan, arman-grigoryan va arman-apotollik cherkovi taʼsiriga oʻta boshlagan. Shiroq oʻlkasining Artiq tumanida 1940-yillarda ham Qipchoq qishlogʻi va Qipchakavan cherkovi boʻlgan (Mendikulova G. M. Terpkiy vkus kыpchakskogo pisma // Otan tarixы. – 2003, № 2-3. – S. 180). Bu nom keyinchalik Arich qishlogʻi va Arichavan cherkovi deb oʻzgartirilgan.
Moʻgʻullar istilosidan keyin qipchoqlarning koʻpchiligi Oltin Oʻrda tomonlarga qaytib ketgan. Ayrimlari esa Qirim va Sharqiy Yevropaga koʻchishga majbur boʻlgan. Bunga Oltin Oʻrda xoni Brekexonning Misr sultoni Beybars bilan birlashib, Xulaguxonga qarshi olib borgan siyosati sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Chunki Noʻgʻay Botir boshchiligidagi Darband, Shirvon, Shemaxi janglaridan keyin Kavkaz ortidagi siyosiy vaziyat xatarli tus oladi. Oltin Oʻrdaning islomlashishi esa bu yerlarga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmaydi. Natijada koʻpchilik nasroniylar oʻz yashash joylarini oʻzgartiradi.
Ikkinchi versiyaga koʻra esa, XI asrda armanlarning bir qismi Saljuqiylardan qochib Qirimga koʻchib keladi va bu yerda armanlarning ilk koloniyalari paydo boʻla boshlaydi (Dashkevich Ya. R. Armyano-kыpchakskiy yazыk: Etapы istorii // Voprosы yazыkoznaniya – 1983, № 1. – S. 91–107). Maʼlumki, Qirim VII asrdan boshlab xazarlar qoʻl ostiga oʻtgan va bu yerda qipchoq tili koyne vazifasini oʻtagan. Shu oʻrinda yana bir argumentga eʼtiborni qaratsak. Koʻpchilik manbalarda “xazar” soʻzi forscha “ming” degan maʼnoni anglatadigan soʻzdan kelib chiqqani aytiladi. Ammo boshqa bir versiya ham borki, unga koʻra hazar sof turkiy soʻz sanaladi. Ayni soʻz qaraim ivrit tilida קזר – kezer, qipchoqda kezar yoki oʻgʻuzda gazar shaklida qoʻllanilgan. M. Artamonovning fikriga koʻra, boʻ soʻz turkiy kaz yoki kez, yaʼni koʻchmanchi soʻzining koʻplik shaklidir (Artamonov M. I. Istoriya xazar. – Sankt-Peterburg: 2001). Bizningcha, bu fikr ancha haqiqatga yaqinroq, inchunin, butun mintaqaga harbiy-siyosiy taʼsirini oʻtkazib turgan xalqning boshqa tildagi soʻz bilan oʻziga nom berishi mantiqqa ziddir. Qolaversa, q tovushining x ga oʻzgarishi (qan – xan) ham turkiy tillarning va aynan xazarlar tilining leksik xususiyatlariga toʻla mos keladi (quyiga qarang).
XIII asrdan boshlab esa bu yerlar Oltin Oʻrdaning Qirim ulusiga aylantirilgan. Natijada ikki asrlik bilingvizm armanlarning qipchoq tiliga oʻtishiga olib keladi. Nemis tarixchisi Dirk Xyorderning fikricha, “Qirim armanlari garchi mahalliy tatar tilini qabul qilib, uni arman yozuvida kodifikatsiyalagan boʻlsa-da, diniy eʼtiqodi va milliy oʻzligini saqlab qolgan (Dirk Hoerder. Cultures in Contact: World Migrations in the Second Millennium. – Duke University Press, 2002. – P. 175). Arman qipchoqlari Qirimdan tashqari yana Qora dengizning shimoliy hududlari va Polshada ham istiqomat qilgan. Ammo tarix silsilalari ularning saqlanib qolishiga imkon bermagan. Turli urushlar va qatagʻonlar tufayli boshqa millatlar bilan aralashib ketgan. Qirimdagi arman-qipchoqlar esa Yekaterina II ning farmoni bilan 1778–79 yili Don daryosining qoʻyi etagiga koʻchirib oʻtkaziladi. Shuning uchun Rostov armanlarining qiyofasida qipchoqlarga xos xususiyatlar koʻproq koʻzga tashlanadi.
Hozirgi kunda Arman qipchoq tilida soʻzlashuvchilar qolmagan boʻlsa-da, bu til haqida yetarlicha maʼlumot berishi mumkin boʻlgan yozma yodgorliklar saqlantyu qolgan. Bu manbalar asosan XVI–XVII asrlarda yaratilgan boʻlib, jami soni 112 tani tashkil qiladi. Bitiklar qatorida hozirgi Ukraina hududida joylashgan Kamenes-Podolskiy armanlarining sud jarayonlari aks etgan dalolatnomalar, Lvov armanlari diniy (Injil asosida olib boriladigan) sudining fuqarolikni qayd etish, kassa va tugʻilganlik haqidagi dalolatnomalari kitoblari bor.
Polsha va Usmonli turklarning Setsor jangi (1620–1621) hamda 1621-yili Rech Pospolitiya va Usmonli turklar oʻrtasida kechgan Xotin urushi voqealari bayon qilingan “Kamenes solnomasi” ham saqlangan. Bu manba Avageres Ovanes tomonidan yozib boshlangan va oʻgʻli Gigorom hamda nevaralari Akop va Avksent tarafidan davom ettirilgan.
Yana bir qoʻlyozma “Venetsiya solnomasi” deb ataladi. Unda eng zarur tarixiy manbalar jamlangan boʻlib, xususan, XIII asrdan boshlab armanlar Lvovga kelib oʻrnasha boshlagani, shu yerda arman yepiskoplarining kafedrasi, Bibi Maryam cherkovining barpo etilgani haqida ham maʼlumotlar uchraydi.
“Polsha ulusi solnomasi” deb nomlangan yana bir yilnomada XIV–XVI asrlarda Polshada yashagan qipchoqlar haqida hikoya qilinadi. Armanlarning eng yirik ilohiyotshunosi, tarixchisi ruhoniy Mxitar Gosha yozgan “Tore bitigi” (“Sudebnik”), yaʼni diniy qonun va qoidalar jamlanmasining qipchoq tilidagi tarjimasi ham muhim ahamiyatga ega. Mazkur qonunlar kitobi 1519-yili Polsha qiroli Sigizmund tomonidan tasdiqlangan va sudlarda foydalanish uchun ruxsat berilgan. Unda arman-qipchoqlarning eʼtiqodiy masalalari bilan birga qipchoq tili leksikasiga oid koʻplab soʻzlar ham saqlanib qolgan.
Bugungacha yetib kelgan arman-qipchoq yodgorliklarining asosiy qismini diniy mazmundagi kitoblar tashkil qiladi. Ular orasida Zaburning 16 nusxasi, ibodat tartiblari va duolar toʻplamlari, vaʼz kitoblari bor. Arman-qipchoq tiliga oid 5 ta lugʻat va bir nechta izohli lugʻatlar ham Zabur, Tavrot va Injilni oson oʻqish uchun tuzilgan. 1618-yili Lvovda Ovannes Karmadanens tomonidan arman qipchoq tilida chop etilgan “Algʻish Bitiki”ning yagona nusxasi Niderlandiyaning Leyden universiteti kutubxonasida saqlanadi. Zamonaviy bosmaxonada turkiy tilda nashr etilgan birinchi kitob – “Algʻish Bitiki” oddiy nasroniylar foydalanadigan duolar majmuasidir.
Andreya Torosovich “Falsafa toshi sirlar” kitobida turli sohadagi tajribalarini arman-qipchoq tilida bayon qilgan. Misol uchun, yashil rangli atirgul, danaksiz shaftoli va olxoʻrini qanday yetishtirish haqida qimmatli maʼlumotlar yozib qoldirgan.
Arman qipchoq tili leksikasi boʻyicha Andrey Grakavesning tahlillari va tavsiflari ishonchliroq. U bu tilni gʻarbiy qipchoq tillari, xususan, qaraim, qirimchaq, qirimtatar, urum tillariga yaqinligini taʼkidlagan. Ammo shunday boʻlsa-da, lisoniy oʻziga xos xususiyatlar ham bor. Unlilar soni 9 tani tashkil qiladi (a, ӓ, ye, ы, i, o, ӧ, u, ӱ); q tovushi x tarzida qoʻllanadi. Soʻz boshidagi undoshlar jarangsiz talaffuz qilinadi (tash, kel). Ң (ng) harfi saflangan (miң, seniң); portlovchi affiksal g, q (xaytmaga, bermӓgӓ, satmaxqa, tӧlӓmӓxqӓ) tovushlari mavjud; ch, sh va affikslar oldidagi l tovushi turgʻun (xachlar, ishlӓr); unlilarning davomli tarzda yumshoq va lab orqali ohangdosh talaffuz qilinishi koʻzga tashlanadi. Morfologiyasida joʻnalish kelishigida ka, -qӓ, -ga, -gʻӓ qoʻshimchalari; olmoshlarda maңa, saңa, aңar soʻzlari; feʼlning noaniq formasida -maga, -mӓgʻӓ, -ma, -mӓ; feʼl nomida -gan, -gʻӓn qoʻshimchalari ishlatiladi. Maylda -gay, -gʻӓy affikslari qoʻllanadi (qudagʻay, qiragʻay, kungay). Hozirgi zamon -ыyыr, -iyir, ravishdoshlar -gыncha, -ginchӓ, -mыncha, -minchӓ, -gachox, -gӓchox qoʻshimchalari bilan shakllantiriladi (Garkaves A. N. Kыpchakskiye yazыki: kumanskiy i armyano-kыpchakskiy. – Alma-Ata: Nauka, 1987. – S. 130–136).
Arman qipchoq tiliga oʻgʻuz tillaridan ham juda koʻp soʻzlar oʻzlashgan. Misol uchun, uy – ev, u – ol, kabi – kibi shaklida talaffuz qilinadi. Aka-uka, ogʻa-ini oʻrniga xardash (qardash) qoʻllangan. Otlarga egalik qoʻshimchalarining qoʻshilishida ham turk tilining odatiy xususiyatlari koʻzga tashlanadi. Ari – ariim (begunohman), arisin (begunohsan). Gaplarning tuzilishida turk tilining xarakterli jihatlari seziladi: Soʻrdim ki, ne yerlisiz? Ayttilar ki, Kameneslibiz! Bu, albatta, Usmonli turklarining Qora dengiz arealidagi mutlaq ustunligi bilan bogʻliq. Qolaversa, gagauz xalqi bilan baqamti yashash ham bunga oʻz taʼsirini oʻtkazgan boʻlishi mumkin.
Arman qipchoq tilini oʻzbeklar tushunadimi?
Arman qipchoq tilini tushunish uchun qipchoq tilining leksikasini va lingvistik xususiyatlarini oʻzlashtirish kifoya qiladi. Albatta, hozir arman (balogir) yozuvini oʻqish qiyin, ammo bu tildagi manbalarning kirilcha versiyalarini topsa boʻladi. 2003-yili Qozogʻistonda “Arman Toʻra bitigining qipchoq-polyak versiyasi va arman-qipchoq sud ishini yurgizish (protsessual) kodeksi” rus va qozoq tillarida nashr etildi (Tore bitigi (Aleksandr Garkaves (rus tili), Gʻayrat Sapargʻaliyev (qozoq tili). – Almata: Deshti qipchaq, Baur, 2003. – S. 792).
Arman qipchoq leksikasi oʻzbek tilining qipchoq lahjasi leksikasiga juda yaqin. Unda qozoq va qoraqalpoq tillaridagi kabi sh tovushining s (tas, bas), ch tovushining sh (sheshe, Shыmkent) tarzida talaffuz qilinishi kuzatilmaydi. Ammo x oʻrniga q tovushi (Hizir – Qidir), z oʻrniga d tovushi (Hizir – Xidir) ishlatiladi. Q oʻrniga x tovushini ishlatish ham kuzatiladi (qipchaq – xipchaq). Bu shuni koʻrsatadiki, ular ham qan soʻzini xan shaklida talaffuz qilgan.
Arman qipchoq tili qipchoq dialekti bazasida shakllangan va y tovushi oʻrniga j tovushi qoʻllanilsa-da, xuddi oʻzbek tilining qipchoq shevalaridagi kabi ayrim soʻzlarda y tovushini oʻzgarishsiz qoʻllash kuzatiladi (yol, yuz). Men, sen, o(l), biz, siz, olar kabi olmoshlar toʻliq qipchoq lahjasidagi kabi talaffuz qilinadi. Oʻgʻil soʻzi ul yoki ogʻlan shaklida, qiz asosan xыz shaklida ishlatiladi.
Arman-qipchoq tilining shakllanishida qipchoq-bulgʻor, qipchoq-oʻgʻuz, qipchoq-noʻgʻoy guruhlarining barchasi ishtirok etgan. Chunki qipchoqlarning katta qismi oʻtroqlashmagan, doimiy tarzda koʻchib yurgan. Qirim esa oʻz davrida poytaxt shaharlardan boʻlgan. Shuning uchun ham bu tilda hamma dialektlarning taʼsiri seziladi.
Arman qipchoq tili qadim qipchoq tilining tarixida maʼlum bir muddat muomalada boʻlgan, maʼlum bir hududda yuksalgan va tanazzulga yuz tutgan tildir. Ammo qipchoq tili tanazzulga yuz tutgan emas. Miloddan avvalgi X asrdan to XIX–XX asrlargacha butun Yevroosiyo va Shimoliy Afrikada koyne vazifasini oʻtagan. Keyinchalik esa oʻz oʻrnini zamonaviy qipchoq tillariga boʻshatib bergan. Oʻzbek tilining qipchoq lahjasi ham qipchoq tillarining markaziy guruhiga kiradi. Shu maʼnoda arman qipchoq tilidagi yodgorliklarning barcha turkiy xalqlar qatorida oʻzbeklar tomonidan ham oʻrganilishi maqsadga muvofiq boʻladi. Zero, mazkur qadim manbalarda bugungi oʻzbek tili lugʻatini boyitish uchun ham manbalar yetarlicha. Ularni oʻzlashtirish uchun esa oʻzbek tilshunoslari arman qipchoq tilini tadqiq qilishni boshlash kerak.
Anvar BOʻRON,
Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi aʼzosi