Tasqara qushini o‘ldirgan ovchilar qidirilmoqda
Lochinlar oilasiga mansub yirtqich qush. Itolgi – ancha yirik lochin bo‘lib, shumkardan kichikroq, ammo sapsandan yirikroqdir. Boshqa ko‘plab yirtqich qushlardagi kabi Itolgining modasi nariga qaraganda taxminan uchdan bir qismga yirikroq, og‘irligi 1200 grammgacha bo‘lishi mumkin. Nar Itolgilarning maksimal og‘irligi 900 grammdan oshmaydi. Itolgi shumkardan nozikroq anatomik tuzilishi hamda kichikroq o‘lchamlari bilan farq qiladi.
Itolgi (Falco Cherrug)
DIQQAT! O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QIZIL KITOBIGA KIRITILGAN! 3(NT): Himoyasi zaifga yaqin bo‘lgan tur. XTMQI (EN) Qizil ro‘yxatiga kiritilgan, CITES II ilovasiga kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasida Qizil kitobga kiritilgan yirtqich qushlar muhofazasiga alohida e’tibor qaratiladi. Itolgini noqonuniy ovlash, boqish, sotib olish, saqlash, tashish, yuborish va sotish, shuningdek Itolgi kontrabandasi uchun jinoiy javobgarlik tayinlangan.
Lochinlar oilasiga mansub yirtqich qush. Itolgi – ancha yirik lochin bo‘lib, shumkardan kichikroq, ammo sapsandan yirikroqdir. Boshqa ko‘plab yirtqich qushlardagi kabi Itolgining modasi nariga qaraganda taxminan uchdan bir qismga yirikroq, og‘irligi 1200 grammgacha bo‘lishi mumkin. Nar Itolgilarning maksimal og‘irligi 900 grammdan oshmaydi. Itolgi shumkardan nozikroq anatomik tuzilishi hamda kichikroq o‘lchamlari bilan farq qiladi.
O‘zbekistonda uchraydiganItolgi kamdan-kam uyalaydi, u asosan bir joyda yashaydi va past tog‘li landshaftlarni ma’qul ko‘radi. Qishda ularning soni shimoliy hududlardan uchib kelgan qushlar hisobidan biroz oshadi. Itolgilarning soni hamma joyda kam.
Itolgining ozuqasini asosan mayda sut emizuvchilar – qumsichqonlar, yumronqoziqlar, tipratikanlar, qo‘shoyoqlar tashkil etadi; kamdan-kam hollarda ko‘k kaptar, kaklik, kamenka, to‘rg‘ay kabi qushlar; agama, yumaloqbosh kabi reptiliyalar va hatto hashoratlar uchraydi. Turli-tuman usullarni va turning yuqori darajadagi plastikligini namoyon etgan holda yerda ham, havoda ham ov qiladi.
Ko‘p hollarda burgut, kurgannik va jo‘rchilarning eski uyalarini egallagan holda qoyalarning o‘yiq joylarida, tuproqli jarliklarning teshiklari va karnizlarida, cho‘l tepaliklarida, qarg‘aning bo‘sh yotgan uyalaridan foydalangan holda elektr uzatish liniyalarining ustunlarida uyalaydi. O‘z uyasini quruq shox-shabbalar va butalarning novdalari bilan ta’mirlaydi, uyaning o‘ziga hayvonlar junini, sug‘ur va yumronqoziqning quruq terisi parchalari bilan to‘shaydi. Moda Itolgi to‘q qo‘ng‘ir dog‘larga ega 3-5 ta qizil-qo‘ng‘ir tuxum qo‘yadi va ularni bir oy davomida bosib o‘tiradi. Nar Itolgi bu paytda modani boqadi. Jo‘jalarni mayda qushlar va kemiruvchilar bilan oziqlantirishadi. Jo‘jalar bir yarim oylik paytdan ucha boshlaydi.
Itolgi azaldan lochin ovi uchun eng yaxshi qushlardan biri sanaladi. Butun dunyo lochinbozlari uning ov qilish sifatlarini va odamga sadoqatini qadrlaydi. Itolgi juda chidamli qush bo‘lib, u bilan iqlim sharoitlari qattiq bo‘lgan cho‘llarda, ochiq dashtlarda hamda tekisliklar va adirlarda ov qilish mumkin.
1. O‘zbekiston Respublikasining Qizil Kitobi: II jild. Hayvonlar, Toshkent: Chinor ENK, 2009 y. 2. Meklenbursev R.N., Sagitov A.K., Kashkarov D.Yu., Mitropolskiy O.V., Fotteler E.R., Tretyakov G.P., Ostapenko M.M., Nazarov A.P. O‘zbekiston qushlari, 1 jild. Toshkent: «Fan» O‘zbekiston SSR. 1987.
Tasqara qushini o‘ldirgan ovchilar qidirilmoqda
Xalqaro CITES ro‘yxati hamda O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan tasqara qushi o‘ldirilgan, deya xabar qildi Ekologuz Telegram-kanali. Kanal o‘lik qushni ko‘tarib olgan ikki ovchi suratini e’lon qildi, biroq holat qayerda va qachon sodir bo‘lgani noma’lum.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi hodisa yuzasidan tergov boshlanganini ma’lum qildi.
Tasqara qushini ovlash taqiqlangan bo‘lib, bu tur tog‘ qo‘riqxonalarida va milliy bog‘larda himoya ostiga olingan.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, ekologiya-patrul xizmati bilan birgalikda qush tutilgan joy va suratdagi shaxslarning shaxsini aniqlamoqda.
Jinoyat kodeksining 202-moddasiga ko‘ra, Qizil kitobga kiritilgan hayvon yoki o‘simlik turlarini yo‘q qilish — 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Qizil kitobga kiritilgan o‘simlik va hayvonot dunyosining noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlariga yetkazilgan zararning o‘rni besh baravar miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo qo‘llanilmaydi.
- # ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
- # noqonuniy ovchilik
- # qizil kitob
- # tasqara qushi
Ўзбекистонда «Қизил китоб»га киритилган қушлар савдосига чек қўйилди
Ўзбекистонда «Қизил китоб»га киритилган итолғи қушларининг ноқонуний савдосига чек қўйилди, деб хабар беради Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза давлат қилиш қўмитаси.
Фото: Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза давлат қилиш қўмитаси
Қайд этилишича, 9 сентябрь куни Давлат экология қўмитаси ва ичики ишлар ходимлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбир давомида 7 дона итолғи («Falco cherrug») қушларининг ноқонуний савдосига чек қўйилган.
«Куни кеча ушбу қушлар Давлат экология қўмитаси, Фанлар академияси Зоология институти ходимлари ва «Tugan Falconry Club» жамияти вакиллари иштирокида Тошкент вилоятидаги дашт кенгликларига қўйиб юборилди», — дейилади хабарда.
Маълумот учун, итолғи қуши Ўзбекистоннинг «Қизил китоби»га, йўқ бўлиб кетиш хавфи остида турган ёввойи фауна ва флора турлари билан халқаро савдо қилиш (CITES) Конвенцияси II иловасига ва Халқаро табиатни муҳофаза қилиш иттифоқи (МСОП) «Қизил китоб»ига киритилган.
Аввалроқ Наманганда «Қизил китоб»га киритилган балиқлар овлангани, Сирдарёда «Қизил китоб»га киритилган лочинларни 280 млн сўмга сотмоқчи бўлганлар ушлангани тўғрисида хабар берилганди.
“Bugun.uz” янгиликларини “Telegram”да кузатиб боринг